I
Toltuşgaça toşqotsam kerak deb öylagan odam, sahar-mardonda uyğonib ketib, öz-özimdan hayron qoldim: boş artilgan şişaday tiniq, oyoq-qöl parday yengil, xuddi kun böyi çaşma böyi maysalariga kömilib yotgan boyvaççaday dumoğ çoq, kayfiyat aʼlo – yarim keçagaça bölgan gurungda çavandozlik qilgan odamga heçam öxşamasdim.
Gurungmisan – gurung böldi-da, öziyam! Qişloq oqsoqollari, ziyolilari, Jumanazar akaning sara qarindoşlari, hokim bobo yetovidagi tuman rahbarlari, toşkentliklar… Alqissa, ön beş bolorli uy odamga liq töldi. Avval, çaq-çaqlaşib ötirdik. Keyin, turli sohalardan gap ketdi. Unça-munça çegaraga siğmas edi suhbat mavzui: bir yoği – tumanli tarix, bir yoği – serhaşam kelajak, yana bir yoği – adabiyot muammolariyu uy-rözğor taşvişlari… Meditsina borasida esa biz kirmagan eşik, biz ötmagan tor köça qolmadi-yov…
Tuman hokimi – buğdoyrang, böyi baland, yelkalari kötarilgan, qoruvli, ovozi dağalroq odam – “qişloqi”day köringani bilan köpni körgan, köp öqigan, serfikr kişi ekan. Qamaşi va Qaşqadaryoda bölayotgan özgarişlar töğrisida köpdan-köp maʼlumotlar eşitdik undan. Jumanazar Beknazarov boşçiligidagi Navröz xususida esa alohida mehr bilan gapirdi:
– Bunday savobli tadbir, respublikani bilmayman-u, ammo Qaşqadaryoda bitta, boşqa joyda yöq! Töğri, xudoga şukur, xayr-ehson sohiblari oz emas – bor. Ammo, sistema yöq, esiga tuşganda qiladi köplar. Jumanazar aka, mana, yigirma yildan oşdi-yov, töğrimi? – deb yonidagilarga tasdiqlatib oldi hokim.
– Har yili köpçilikning duosini oladi. Bunga könikib ketdik. Bunday xayrli yumuş, muhtaram Prezidentimizning “Savob işni har kim qilişi kerak, har kun qilişi kerak!” degan çaqiriğiga munosib javob hamdir.
– Haqqos rost! – deb hadaha hokimning sözini tasdiqladi fikrlarini til bilan emas, köproq harakat bilan tuşuntirişga urinadigan mahalla oqsoqoli. – Jumanazarvoyning yana bir zör odati borki, har kelganda işlari, yutuqlari, natijalari haqida bizga hisob beradi. Eşitdik, bu yilgi ğalabalar ham hazilakam emas, töğrimi? – deb, qani, navbat endi sizga, gapiring, deganday quruqşagan va qizğiş közlarini Jumanazar akaga qadadi-da, tiş kavlaşga kirişdi.
Dasturxonning bu betida – oqsoqolning röparasida devorga suyanib, suhbatni tinglab ötirgan Jumanazar aka joyida bir qözğalib olib, hozir şuning mavridimikan, degan savol nazari bilan tezgina hammaga bir-bir qarab çiqdi-da:
– Töğri-töğri, – dedi göyo uzr aytayotgandek qilib. – Umuman, meditsina nuqtayi nazaridan, işing, hayotingdagi yangiliklar töğrisida yaqinlarga axborot beriş odamga katta kuç beradi, – deb salmoq bilan davom etdi keyin. – Döstlik-birodarlik, taniş-bilişlikda juda katta gap bor. Agar siz döstingizni, birodaringizni, tanişingizni körib qolib turib, içingizda quvonsangiz, sizning organizmingizda endokrin degan aktiv moddalar haddan taşqari sintezlanib, sizga quvonç bağişlaydi. Ana şu quvonç qançalik köproq davom etsa, qançalik köp bölsa, sizning umringiz öşança uzayadi.
Insonning ğam–alamlari, turmuş taşvişlari, çekkan aziyatlari – mana şularning barisini bir joyga jamlasak-da, şundan insonning his-idroklarida şodlik va sevinç onlari neça foizni taşkil qiladi, desak, bu köpi bilan uç-beş protsentga yetişi mumkin. Ollohimiz bunday onlarni ikki-ikki yarim protsentga möljallab, men bandalarimga bir kun ğam yomğiri, bir kun quvonç yomğiri beraman, degan. Döstlar davrasida ötiriş, könglingni ular bilan baham köriş – köz qoraçiğlaringda yarqirab, nurlanib, boyagi şodlik tuyğularini ikki-ikki yarimdan ön foizgaça köpaytirişi mumkin. Dunyoda odamzotga döstlar quvonçidan köra köproq sevinç bağişlaydigan qudrat yöq. Tibbiyot allomalari şuning uçun ham quvonçni hamişa döstlar bilan baham kör, deganlar.
Endi… Hisobotga kelsak, – deb, nimadan boşlasam ekan, deganday, bir pas taraddudlanib turdi-da, keyin yana avvalgidek şiddat bilan davom etdi. – “Tibbiyotda yangi kun” degan jurnal taşkil qildik. Ingliz, rus va özbek tillarida uç oyda bitta çiqadi. 28 ta davlatga tarqatyapmiz. Jurnalimiz Rossiya, Gollandiya, Germaniya kabi öndan ortiq mamlakatlarda tan olindi. Bizga Amerika, Kanada, Yaponiyadagi maşhur olimlardan maqolalar kelyapti. Bu – bir. Ikkinçisi, bizning maqolalar Angliyada, AQŞ, Germaniyada, Kanadada, Yaponiyada eng nufuzli jurnallarda bosilib çiqdi. Öşa jurnallardan, “otziv” deydi-ku, öşalarniyam oldik. Germaniyadan bizga taklif keldiki, maqolalaringizni kattaroq qilib bersangiz, monografiya tarzida çiqarsak, şunga ruxsat bering, degan mazmunda.
– “Qaşqa yörğa”-çi, “Qaşqa yörğa”? “Qaşqa yörğa”yam esdan çiqmasin! – dedi xuddi öz muvaffaqiyatini esga solmoqçi bölganday betoqatlik bilan Qozoqboy aka – taniqli adabiyotşunos olim, professor Qozoqboy Yöldoş. – Bu odam zör qissa yozdi, – deya izohladi keyin. – Mazmuni romandan baland. Topşirdingizmi jurnalga?
– Hmm… “Şarq yulduzi”ga.
– Ot haqidami? – savol berdi kimdir.
– Ha, şunday desayam böladi, – javob berdi Jumanazar aka. Va, atrofdagilarning qiziqişidan ruhlanibmi, gapni olisroqdan boşladi: – Uluğ ajdodlarimiz egar bilan yuganni, uzangini ixtiro qilgan. Uzangi kaşfiyoti şarafiga bobolarimiz özining kam sonli askari bilan duşmanlarining köp sonli qöşinini tor-mor etgan. Bu hatto ingliz tarixçilari tomonidan tan olingan. Ibtidoiy tuzumdan to hozirgi paytgaça bölgan voqealar yozilgan ingliz ensiklopediyasida bobolarimiz töğrisida batafsil maʼlumot berilgan. Men bu ensiklopediyani öqib, rostakamiga hayratda qoldim. Agar öşa gaplarni özimizning olimlar yozganida, e-e, olimlarimiz özimizning bobolarni ança köpirtiribdi-da, köp narsalarni qöşibdi-da, degan xayolga borişim mumkin edi. Lekin ingliz tarixçilari bu narsani yozganidan keyin men unday deya olmayman. Faqat tan olgan, tan olişga majbur bölgan narsasinigina yozadi ular.
– Xullas, qissa ana şunday tarixiy manbalarga suyanib yozilgan, – deb Jumanazar aka nomidan xulosa yasadi Qozoqboy aka. – Hozirdan kafolat berişim mumkin: bu asar öqirmanlarni juda qiziqtiradi.
– Yo falaksan!– deb yubordi halidan beri Jumanazar akaga havas bilan tikilib ötirgan Azim aka – maşhur şoir Azim Suyun. – Amerika hindulari haqidagi kinolarga qarab turib hayron bölardim: nega ot bor-u, uzangi yöq, nega otga sakrab minadi, deb. Gap buyoqda ekan-da? Egar, nöxta, uzangi tarixi özimizning ajdodlar bilan boğliq, deng? Özim ham xuddi şunday bölsa kerak, deb öylab yurardim.
Sizga havasim keladi! – dedi çin köngildan. – Yurtdoşlarga hisob berib turişniyam sizdan örganiş kerak ekan. Töğrimi? – menga yuzlanib fikrini tasdiqlatgan böldi u. – Akaning bu işi, sizu bizga öxşab qişloqdan şaharga borib qolganlar uçun katta saboq. Axir, şaharda nima işlar qilib yurganingni qişloqdoşlaringning barisiyam bilavermaydi-ku! Bundan taşqari, yutuqlaringni eşitsa suyunişadi, qarindoş-uruğlaring ğururlanadi, ota-enang xotirjam böladi.
Men sizday odamlardan bahra olaman, ilhom keladi, qiyoslab bölmaydigan quvonç keladi. Ajoyib va qiyomat odamsiz!
Azim Suyunning bu samimiy sözlari xuddi mening tilimdan aytilayotgandek edi.
Illo, şu lahzalarda men ham içimda: “Jumanazar aka rostakamiga “qiyomat odam” deb öylab turgandim. Uni kuzatgan, deganlarining mağziga zehn solgan kişi “Men juda qisqa umrni qanday ötkazyapman, vaqtim ötkinçi şamollarga behuda sovrilmayaptimi, endi bu yoği nima böladi, bu yoğini foydali yumuşlarga sarflaşim kerak emasmi?” deya öz-özini tergov qilişi, titrab-tipirçilab qolişi va beixtiyor öz taqdiri ustida yanayam çuqurroq öylay boşlaşi ayon haqiqat. Jumanazar akaning yaşaş tarzi kişini nodurust havaslardan tiyilib, ezgulik köçasiga kirişga undaydi; beparvo kun ötkaziş, betamiz hazillardan tiyiliş, saxiy, saxovatli, olijanob bölişga daʼvat etadi. Men bilgan odamlar içida Jumanazar akaçalik insonlarga yaxşilik qilişga intilgan, ularni deb özini ötga-çöqqa urgan inson juda kam”, degan xayollarga botib ötirar edim.
– Biz boşqa tillardan lisonimizga kirib kelgan sözlar töğrisida gapiramiz, boşqa tillarga ötgan özimizning sözlar ham bormi? – deb qoldi qişloq ziyolilaridan biri.
– Juda köp! – bu savolgayam Jumanazar aka birinçi bölib javob berişga oşiqdi. – Ajdodlarimiz bölgan massagetlar, saklar, söğdlar hozirgi Don daryosidan, to hozirgi Çitagaça egalik qilgan. “Çita” degani – mamlakatning çeti, “Don” esa öğiz şevasida, katta daryo degan maʼnoni bildiradi. Hozir ham Xorazmda kanalning kattasi “don” deyiladi. Qozoqboy aka, adaşmayapmanmi?
Qozoqboy aka boş irğab tasdiqlagan böldi-da:
– Eslasangiz, – deb ayrim kuzatuvlarini aytdi. – Şoloxovning “Tinç Don” kitobida, Şoloxov çindan ham buyuk-da, asarning boşida bitta gapni gapiradi: Grigoriy Melixovning otasi zinapoyadan tuşib kelayotganida, uning turkça şalvari şamolda hilpirab turar edi, deydi. Şu ikki kalimaning özida hamma gapni aytgan-qöygan.
Xullas, bu “masala”yam çalakam-çatti “hal” etilganidan keyin, suhbat aylanib-aylanib, allaqayoqdan Kaşpirovskiyga taqalganda, davradagilarning baʼzilari uni zör “köz boyloğiç” desa, boşqalari “yaxşi doktor”, dedi. Masalaga tağin Jumanazar aka oydinlik kiritdi:
– Meditsinada funksional kasallik va organik kasallik degan tuşunça mavjud. Funksional kasalliklar – u mulla böladimi, eşon böladimi, oddiy odam böladimi – agar bemorning ruhiyati soğlomlaştirilsa, tuzalib ketadi. Buning uçun döxtir böliş şart emas. Organik kasalliklarga esa, albatta, döxtir taşxisi, aralaşuvi kerak. Kaşpirovskiy maʼlum darajada bilimli şifokor bölgani tufayli ana şu ilmdan foydalanadi. Kaşpirovskiyning kasbi doktorlik. Inson tuğilgan mahalida 80 foizi suvdan iborat böladi. Masalan, közning 93 foizi suv. Yoş ötgan sayin suvning miqdori kamayib boradi. Qari odamlarda qurib qolişi ham mumkin. Aslida, inson surunkali suv yetişmovçiligidan qiynaladi. Vujudingda suv miqdorini qança köp asrasang, hayoting şunça uzun böladi. Endi eʼtibor qiling. Suv kislorod bilan vodoroddan iborat. Vodorodda portlaş xususiyati mavjud. Portlaydimi, demak, özidan nur çiqaradi. Şuning uçun har bir odamning öz biotogi böladi. Elektrokardiogramma qilişimizning sababiyam şunda. Kopron köylakni kun böyi kiyib yurib, keçqurun qoronğida yeçsang, çitirlab ketadi, “qars-qars” etib uçqunlar saçrayotganini körasiz. Demak, organizmda elektr toki bor. Elektr energiya sizdan çiqyapti. Kuylak uzoqlaşganda qisqa tutaşuv röy beradi. Öşaniçun biotoklar har kimda har xil darajada böladi. Avliyo deyilmiş zotlarda biotoklar miqdori haddan taşqari kuçli bölgan. Barmoği tekkan joyni kuydiriş darajasigaça borgan baʼzilarida. Qança uzoq uşlab tursa, kuyiş darajasi şunça köpayadi. Kaşpirovskiyni meditsinadan xabardor “köz boyloğiç” deyiş mumkin.
Jumanazar akani, u yer-bu yerdagi qisqa, kalta-kulta suhbatlarda körib, eşitib, yaxşi bilaman, deb yurardim. Tungi suhbatlardan keyin, garçand tarixiy voqealarga doir maʼlumotlarida qanaqadir mavhumliklar bölsa-da, u kişidagi qiziqiş va ilmiy salohiyatga havasim keldi.
II
Şularni xayolimdan ötkazgan alpozda bir neça daqiqa közimni yumib yotganimdan keyin, boşimni sal kötarib, törda – körpa-körpaçalarini bizga berib, özlari munğayib qolgan qöştaxmon tagida uzala tuşib yotgan hamxonam – Qozoqboy Yöldoş tomonga köz otdim: yo tavba! Uyğoq ekan, sandalda ötirganday gavdasining yarmini körpaga tiqib, yarmini çiqarib, qunişibgina derazaga tikilib, miq etmay ötiribdi.
Butun gavdam bilan deraza tomon burildim. Burildim-u, yo tavba! Hayratdan közlarim çaqnab ketdi: yulduz – Tong yulduzi şundoqqina oyna ortida, bir hovuç oppoq alangaday yonib turardi!
– Anovuni qarang! – deb yuboribman beixtiyor.
– Möjiza! – dedi Qozoqboy aka. – Boyadan beri tomoşa qilib ötiribman, bolalik paytlarimni eslab. Bu yulduz bizning Mirzaçölda juda baland körinadi.
“Bolalik” sözi, “lop” etib akam bilan somon sotib, rözğor yirtiğiga yamoq topib yurgan kunlarni yodga tuşirdi. Biz: akam va men – ön bir, ön uç yoşli ikki somonpuruş – Tong yulduzi yarim arğamçi kötarilguniça, yölning yarmidan oşgan bölişimiz şart edi. Aks holda, Urgutga yetib borgunça bozor tugab, savdomiz kuyib ketardi. Har yakşanba boraverib-kelaverib ölçab, sanab, yodlab olgan yölda bu yarqiroq yulduz bizga ham hamroh, ham “soat” ediki, vaqt va masofani unga qarab çamalar edik.
Xayolimni yulduz öğirlaganidan bölsa kerak, peşayvon çiroğida lopillab körinayotgan uzun-qisqa soyalarga eʼtibor bermagan ekanman, quloqqa elas-elas eşitilayotgan gangir-gungurdan keyin:
– Supada birovlar yuribdimi? – dedim Qozoqboy akaga qaramay.
– Xastalar, – degan tovuş keldi. – Jumanazar aka keça aytdi-ku, saharlab odamlar keladi, priyom böladi, deb.
Ha-ya, Jumanazar aka şunday devdi – har kelganida bemorlarni qabul qilişini aytuvdi.
Şu gaplardan keyin körpada yotiş istagi söndi, taşqariga çiqib, supada lopillayotgan soya egalarini körgim, gaplaşgim keldi.
Darrov kiyinib, dahlizga ötdim. Bu çorkunjak xona devorlariga tayab qöyilgan yoğoç kursilarda olti-yetti çoğli erkak-ayol röparadagi kökimtir yopiq eşikka tikilib, miq etmay ötirişar edi. “Munça kasalning dardini eşitgunça kun tuş böladi-yov…”, degan öy bilan ayvonga çiqib, uzun taxta-ğöla örindiqlarda turnaday tizilib ötirgan, supa çetida besas kezinayotgan, darvoza tomonda past tovuşda ğönğirlaşib gaplaşayotgan odamlarga qarab turib, hayratim battar köpçidi: voy-vöy, bular bilan bittama-bitta şunçaki gaplaşib çiqişning öziga bir kun yetmaydi-yu, yana, dardiga quloq soliş, davo qidiriş… E-e, qoyi-il!
Hali tong yorişmagan esa-da, uy egalari allaqaçon oyoqqa turgan, uzun supa adoğidagi öçoqda lanğillab olov yonar, ikki ayol öçoq boşida kuymalanar, supa bösağasida – kaltabaqay qari tut qarşisida ayni şu lahzada mening çiqişimni bilganday, bir qölida oftoba, bir qölida kökimtir momiq soçiq uşlagan Olimjon iljayib turar edi.
Olimjon – Jumanazar Beknazarovga kenja uka. Kasbi – jurnalist, xizmat manzili – Özbekiston televideniyesi. Ildizi şu tuproqdan. Hozir esa bola-çaqasi bilan Toşkentda yaşaydi. Ayni çoğda, uyam mehmon – bizga öxşab, professor Jumanazar Beknazarov boşçiligidagi Navröz sayliga kelgan.
Qamayda Jumanazar akaning hovli-joyi yöq, bu uy – ota uyi, hozir örtança ukasi Bahromga tovun. Jumanazar akani qora tortib kelgan mehmon zoti borki, şu hovliga qönadi.
Hovli, ayniqsa, bayramlar arafasida mehmonlar bilan gavjum bölib ketadi. Tevarak-atrofdagi önlab qişloqlarning aholisi Qamayga keladigan professorni ayriça ilhaqlik bilan kutadi. Jumanazar Beknazarov ikki-uç kunlab yurtdoşlari qurşovida böladi, ularning dardiga malham izlaydi. Bu, yaʼni bemorlar bilan uçraşiş, bayramning bir qismi, xolos. Bayram doirasida esa yana köplab savobli tadbirlar ham böladiki, ular töğrisida keyinroq, mavridi kelganda gaplaşamiz…
– Olimjon, doimo odam şunaqa – köp böladimi?– qiziqsindim mis oftobadagi ilmiliq suvda çayinib bölgandan keyin, yuz-qölimni artayotib.
– Avvalgi safar, oçirat köçaga çiqib ketuvdi. Hozir unçamas, lekin hali köplar yölda, qarang, ana, yana kelişdi, – dedi Olimjon darvoza oldida, simyoğoçdagi katta çiroq ostida töxtagan “Damas”ga işora qilib.
Maşinadan bola kötargan bir ayol, soqol-möylovi tekis kuzalgan, tötiburun qariya va peşonasi döng, salqi yuzi biroz şişinqiragan qirq yoşlar atrofidagi barvasta yigit tuşdi. Qoraçopon ustidan belqars-belboğ öragan bu yigit maşinadan çiqa solib: “Oxiri kim?!” deya şunday baland va dağal ovozda söradiki, xuddi ötirganlarning hammasi baravariga qiçqirganday edi.
– Sekinroq-da, bolani qörqitib yubording-ku! – nolindi devorga suyanib ötirgan ayol şovqindan uyğonib, yiğlay boşlagan qölidagi bolasini yupatayotib.
– Bu daggörini bögani şu, qizim, – öğlining befarosatligidan aççiğlanib, uning nomidan keçirim söradi ötirişga joy izlab atrofga alanglayotgan qariya. – Har kun jangşayman, köpçilikni oldida bökirib gapirma, deb. Qayoqda…
Qoraçopon, e, bilmabman, çeça, bizdan ötdi, deb astoydil xijolat çekdi, uzr söray-söray qoronğiga ötdi.
Olimjon allaqayerdan suyançiqsiz stul opkeb, qariyani ötqazdi.
– Baraka top, bolam,
– Olimjonni alqadi çol. Söng ötirganlarga yuzlanib duo qildi: – Hammani dardiga xudo şifo bersin. Döxtir ulimgayam uzun umr, keng feʼl, ketmas davlat bersin, iloyim, bola-çaqasining rohatini körsin.
Şu orada supada Qozoqboy aka paydo böldi. Olimjon uning qöliga suv quygani çopdi. Men bölsam, möysafidni gapga solmoqçi böldim.
– Qayeringiz oğriydi, ota? – dedim yonboşiga çönqayib.
– Heç qayerim! – dedi çol odamni hayron qoldiruvçi xotirjamlik bilan bukçaygan qaddini zöraki rostlab. – Körmayapsanmi, otdayman. Duxtir ulimga rahmatimni aytib, bir duo qilay, dedim.
– Bundan çiqdi, davolanibsiz-da?
Şu payt yana yonimizda paydo bölgan qoraçoponli yigit savolimni eşitib, otasining örniga javob berdi:
– Davolandi! Lekin bu yerda emas. Otamni doktor Beknazarov davoladi, – yigitning ovozi endi ança muloyim edi.
Ota öğliga bir nimalarni mulohaza qilgan alpozda qaraş qilib, keyin menga burilib davom etdi:
– Nekin bizdiki panglagan kasal ekan. Qişda Jumanazarvoy Qamayga kelganida, röpara bölib edim. Kördi, kasalingiz ança çimlagan, Toşkanga bormasangiz bömaydi, maydagana aparasta qilamiz, gijinglab ketasiz, dedi. Örtançi ulim moşiniga mindirib obordi. Aytganiday, sal kunda tuzalib, Qöysintoş mingboşini ayğiriday gidinglab ketdim. Navrözda yana bir uçraşasiz, devdi. Uçray, duo qilay, ham nevaramni bir körsatay deb… Nevaraçam hali mayda – çuvaçak, nekin birpasda kattarganini fahmlamay qolasan, qiz mardum birovning xasmi-ku, hozirdan salomatligiga alhayda qaramasang, erta bir kun puşaymonda kuyib qoliş heç gapmas.
– Nima qilgan?
– Yeganini qusadi, qornida bir gap bor.
– Sizni kasalingiz-çi, özi, nima edi?
– Qar-rilardi kasali, ulim, qar-rilardiki… – otaxon şunday deyayotib, boşini men sari sal-pal egdi-da, ovozini pasaytirib: – Sarani maydasida açişardi, qiynalardim, – dedi-da, labini quloğimga tekizguday yaqinlaştirib yana bir nimalarni şivirladi. Tovuşi olis-olislardan arang eşitilayotgan suvning jildiraşidek şu qadar past ediki, har qança tirişib quloq solmayin, heç nimani anglolmadim. – Şuytib, – davom etdi keyin tovuşini rostlab. – Buni qarangki men bormagan tabib, men uçramagan döxtir qomadi. It körmagan kunlarni kördim. Barisi har xil gap aytadi, har xil dari jozadi – çilğiy naf jöq. E, bu tarafini aytavursam, milliyonlar ketdi-yov. Jumanazarvoy bösa, döxtirxonada joy böşagança, ikki kun uyida obyotdi, otasi tirilib keganday izzat-ikrom körsatdi, bir kapiksiz – teppa-tekin tuzatdi. Mayli, Özbekistonni boşqa jaylarini aytmayin, faqat şu – özimizdi Qamaşini özida yiliga moşina-moşina najaramlar tuzalib, jörtib ketyapti. Içingda nima dardi-kasaling borligini çiraq jaqmay biladi. Manovlardanam, – deb ötirganlarga işora qildi möysafid, – yarim tanga omaydi, baraka topkur. Mundayini şu jayni özida tuzatadi-qöyadi. Qöli parday jengil. Undayroğini Qarşi yo Toşkanga jönatadi. Qarşidayam, Toşkandayam jöralari ziç, aytib, tayinlab qöyadi ota-enangni göri nurga tölgur. Duoga, savobga kömilib juripti. Şundayçikanlar borki, bu dunyo – dunyo böp turipti-da, inim, ha.
Otaxonning yana bir nimalar degisi bor edi, Qozoqboy akaning kelişi suhbatimizni şu yerda uzdi.
– Boboyning boşini galdiratmay, baqa yuring, – dedi tirsagimdan uşlab. – Azim Suyun bet-qölini çaygunça, oyoqyoydi qilib kelamiz.
Azim Suyun, Toşkentdan kelgan yana bir mehmon – Jumanazar akaning şogirdi, tibbiyot fanlari nomzodi Alişer Tojiboyev bilan boşqa xonada tunagan edi.
Köçaga çiqar-çiqmas, orqamizdan laylak yuriş bilan yetib keldi.
Uçovlon har-har joyida çaçilma-kölmak çang qöngan közguday xira yaltirab turgan jim-jit toş köça böylab qişloq çetidagi qirga örladik. Osmon çinniday tiniq, Tong yulduzidan bölak yulduzlar asta-asta sönib, xörozlar qiçqiriği tinib borayotgan azon alagovgum palla edi. Bir kun avvalgi yomğirda artilgan çinniday tomlarning tunukalarida tonggi oq-qönğir yoğdular tovlanardi. Ahyon-ahyonda itlarning hurganini aytmasa, qişloq ahli hali uyquda edi.
Yölda nimalar haqida gaplaşganimiz xotiramda qolgan emas. Ammo qirda turib, qişloqning tunuka-şiferli tomlari, qadrdon va osoyişta daştu dalalari hamda uzoqdagi qir-adirlardan tun pardasi ohista kötarilayotganini tomoşa qilib turganimizda, Azim akaning inja havas bilan:
– Şu çet qişloqdan Jumanazar Beknazarday odam çiqqaniga heç işonging kelmaydi! – deb qöl silkitgani aniq yodimda qolgan.
Yodimda qolganining yana bir sababi – aynan öşanday şirin gumon özimning xayolimdan ham ötganida bölişi mumkin.
Darhaqiqat, Qamay degani, çöl bölib çölga, toğ bölib toqqa öxşamaydigan bir ğöjala makonda qaror topgan, biz turgan tepalikdan sersolib qaragan kişiga, qişloq xuddi oftobda uzala tuşib yotgan bahaybat kölvorga öxşab körinardi.
– Gapingiz qiziq böldi-ku! Nima, sizni qişloğingiz bundan avlomidi? – dedi Azim akaning şoirona hayratidan rohatlangan Qozoqboy aka. Söng meni körsatib, dedi: – Bu oğamniki-çi? Parij emasdir, harholda?
– Şundaylikka şundayku-ya! Faqat, bu – Jumanazar Beknazar degani – baloyi azim-ku! Bilmagan narsasi yöğ-a? – deb saf oldidan ötayotgan sardordek u yoqdan bu yoqqa yura boşladi Azim Suyun. – Keçagi gaplarini qarang? – deb öziga xöp yaraşimli ehtiroslarga kömilib davom etdi şoir. – Hujayralarning öz ongi, öz siyosati, öz tuşunçasi bor emiş. Oltmiş yoşga kirgan hujayralar yigirma yoşli hujayralarni körganda öz-öziga savol berib, men nega unday emasman, dermiş. Keyin, men ham şularday bardam, kuçli bölişim kerak, deb oldinga intilarmiş. Bu tibbiyot nuqtayi nazaridan isbotlangan emiş.
– Abulqosim az-Zahraviy töğrisidagi gaplari şunçaki bilimdonlik emas, – deb davom etdi Azim aka. – Özini köz-köz qiliş ham emas, çin millatparvarning dardi, kuyunişi.
– Men bu alloma haqida eşitmagan ekanman, töğrisi, özimdan uyalib ketdim, – dedim taassufimni yaşirmay. – Eynşteynning nisbiylik nazariyasi, Mendeleyevning davriy jadvali degan yangiliklardan voqif ekanman-u, ammo ajdodlarimiz yaratgan kaşfiyotlarning köpidan xabarim yöq ekan haligaça. Az-Zahraviy bobo Ibn Sinoga zamondoş bölgan, dedi, töğrimi?
– Men ham bu hakimni unça bilmas ekanman, – dedi Qozoqboy aka. Uning ovozida ham xijolatga öxşaş bir nima sezilib turardi. – Dunyo meditsinasida “Pott kasalligi” deyiladigan umurtqa poğonasi sili Persival Pott şarafiga qöyilgan. Vaholanki, az-Zahraviy bu kasallik töğrisida Pottdan 700-yil oldin yozib ketgan ekan. “Katarakta” kasaliniyam birinçi bölib az-Zahraviy topgan ekan. Bulardan taşqari, Jumanazar akaning maʼlumoti böyiça, jarrohlik tarixida ilk bor oqma teşiklarni kuydirib davolaş, qon tomiridan hosil bölgan ösmalarni olib taşlaş, til osti pufagini kesib oliş, tromboflebit deyiladigan tomir kasalini operatsiya qilişniyam az-Zahvariy kaşf etgan ekan. Lekin bu kaşfiyotlarning barisi yevropalik olimlar nomiga ötib ketgani juda açinarli.
– Ayniqsa, anovi, peritonitmidi, qorin pardasining yalliğlanişi, dedi-ku, şu kasallik böyiça uluğ hakimga nisbatan qilingan adolatsizlik menga yomon taʼsir qildi. Xöş, XIX asrgaça Ovröpo jarrohlari bu kasalning davosi yöq deb yurişgan bölsa, Seltsovskiy degan öris jarrohi bir kitobida bu kasalni davolaş yölini dunyoda birinçi bölib 1866-yili Pirogov topdi, deb olamga jar solsa-yu, az-Zahraviy bobo bu donolardan sal kam 850-yil oldin, içaklar jarohati içakdan qilingan ketgut degan ip bilan tikiladi va qorin böşliğiga joylanadi, deb aniq-tiniq körsatib ketgan bölsa, bu haqsizlikka nima deyiş kerak?
– Ibn Sino hazratlariyam ana şunday adolatsizlikka duçor bölgan! – deb yana sardorça yura boşladi Azim aka. Uning işonç va dadil qadam taşlaşi tortinçoq kişilardan emasligini aytib turgandek böladi doimo. – Qovuq bilan peşob çiqariş kanalida toş turib qolganda kuzatiladigan birinçi belgi farang olimi Bryun nomi bilan atalarkan. Aslida esa, undan 900-yil oldin Ibn Sino bu belgini topgan va davolaş yöllarini körsatib, şarhlab bergan. Hatto hozirgi paytga qadar unga bironta yangilik yo izoh qöşilmabdi. Lekin hozirgaçayam heç kim buni Ibn Sino simptomi deb atamaydi. Jumanazar aka kuyunganiday, axir, buning Ibn Sino qalamiga tegişli ekanini farangistonlik olimlar yaxşi bilişgan-ku? Qariyb XIX asr boşigaça “Tib qonunlari” Ovrupodagi tabobat institutlarida asosiy darslik sifatida xizmat qilgan-ku!
Azim Suyun sözlayotganida bir-ikki marta uni bölmoqçi bölganday harakat qilgan Qozoqboy Yöldoş, u pauza qilgan zamonoq, gapga tuşdi:
– Jumanazar aka keça tağin bitta zör gap aytdi: insoniyat xazinasiga birinçi bölib kim nimani hadya etgan bölsa, kimning aql şuʼlasi, tafakkuri eng avval zimistonni yoritgan bölsa, uning huquqini, mualliflik şarafini xalqaro maydonda himoya qilaylik. Har kim özi yaratgan kaşfiyotga egalik qilsin. Bobolarimiz yaratgan kaşfiyotlar ularning nomi bilan atalsin. Eng muhimi, tarixiy haqiqat tiklanadi. Akaning bu gaplarida katta ibrat bor. Aka bu masalada sizu bizga öxşagan qölida qalami borlar ham qöl qovuştirib turmasligi kerak, demoqçi bölayotir.
Bepoyon qir-adirlardan köz olmay turgan Azim Suyun ilkis sergaklandi:
– Çekka, ovloq deymiz-u, aslida undaymas! – dedi u.
– Qozoqboy aka, sizga rahmat, hozirgina örinli dakki berdingiz menga. Kim aytadi bu yerlarni xilvat deb! Özbekistonning beli-ku! Jayhungaça hali qança-qança qişloqlar, şaharlar, boğ-roğlar, dala-daştlar bor. Amudan u yoqdagi mamlakatlarda neça xil millatlar yaşaydi. Qolaversa, huv anovi toğlar etagida sokin bir qişloqda sohibqiron bobomiz Amir Temur hazratlari dunyoga kelgan. Zamonamizning buyuk şoiri Abdulla Oripovni yörgaklagan, quçoğida allalab östirgan Neköz degan qişloqça ham bu yerdan unça uzoq emas. Ha, men boyagi sözimni qaytarib oldim: Jumanazar Beknazar degan hodisot yoruğlikni körgan bu makon ham azal-azaldan avliyolar yurti bölmiş aziz vatanimizning hamma qişloqlariga öxşagan tabarruk manzildir. Men – Yer yuzining yarmini kezib çiqqan odam aytyapti bu gaplarni!
Azim akaning baland pardalardagi falsafiy xulosalari olimlarning şoiri Qozoqboy akani ham ilhomlantirmasligi mumkin emas edi, albatta.
– Gözal! – dedi u quçoğini keng yozib, tiniq va bepoyon havoni quçoqlamoqçi bölganday. – Jahonda Özbekistonday gözal, tört fasli ham bir-biridan maftunkor va boy mamlakat yöq. Yurtimizning har qadami muqaddas, har qariçida önlab avliyolar yotibdi.
Xuddi şu xulosani kutib turganday, etakda Olimjon körindi.
– Ustozlar, çoyga! – dedi u yaqinlaşib.
– Nega sizning kalla akangiznikiday maftunkor emas? – deb hazillaşdi Qozoqboy aka uning kelişgan qaddi-basti, akasinikiday porlab turgan közlari va tortinçoqlik bilan tez-tez jilmayganda yarqirab körinadigan sadafdek oppoq tişlariga zavqlanib qarab.
– Bitta palakda har xil qovun pişadi-da, ustoz! – dedi yer tagidan Qozoqboy akaga qarab kulib turgan Olimjon, qöli bilan oğzini berkitar ekan.
Hazil-huzul nonuşta çoğida ham davom etdi. Çakkiga qorilib, qalampir solingan keskan oşni Jumanazar akasiz içvoldik.
Ana-mana degunça, çoylaşib ötirgan xona mahalla faollari, maktab öqituvçilariyu tuman hokimligidan kelganlar bilan töldi hamki, Jumanazar aka böşamadi. Hamon qabul bilan ovora edi u kişi.
– Endi bizga javob, – dedi mahalla oqsoqoli keskan oşni xörillatib-xörillatib simirib bölganidan keyin, örnidan qözğalib. – Borib, u yoq-bu yoqqa qarab turaylik.
– Boring, odamlar yiğilib qolgandir, döxtir böşaşi bilan men ham mehmonlarni olib, orqangizdan yetib boraman, – dedi maktab direktori.
– Ha, aytganday, – deb eşikdan çiqayotgan joyida yarim burildi oqsoqol. – Senariyni döxtir bilan kelişib oliş esingizdan çiqmasin-a?
– Hoziroq şuni boşlaymiz,– deb direktor kostyumining iç çöntagidan tört buklangan ikki varaq qoğoz çiqardi. – Sizlar köpni körgan odamsizlar, – dedi varaqni tizzasiga qöyib tekislarkan. – Qozoqboy aka, özingiz bir köz taşlang.
Qozoqboy aka:
– Manovi odamning yarim umri vahimali maylislarda ötgan, kiftini keltiradi, – deb direktor uzatgan qoğozlarni menga ötkazib yubordi.
Men:
– Bu masalada Azim akamizdan ötari yöq, – deb Azim Suyunni röpara qildim. Azim aka bir köz yugurtirib yonboşiga uzatdi.
Xullas, şu asno “senariy” aylanib-aylanib yana Qozoqboy akada töxtadi.
Muhokama boşlandi.
– Yilboşini şu reja böyiça ötkazadigan bölsak, tağin bir hafta Qamayda yotarkanmiz-da, – dedi Qozoqboy aka çordona qurvolib. Söng: – Yarmini ixçamlaş kerak, – deb qöliga ruçka olgan edi, direktor:
– Sizlar boşlab bersangiz bas, qolganini özimiz jaydariçasiga davom ettiraveramiz, – dedi “qisqartirmang” deganday şoşilinç izohlab. – Odamlarimiz şu bahona bir yayraydi-da, mehmon. Undan taşqari, kessak, Jumanazar döxtir xafa bölişi mumkin. Axir, u yigirma yildan beri ötkazib keladi bu tadbirni. Qariyalarning boşi osmonga yetadi, duo qiladi, yoşlarning xursand bölişlari-çi?!
“Senariy”, haqiqatan ham, bağoyat uzun va keng kölamli edi. Unga köra, dastlab mehmonlar, yaʼnikim biz birin-ketin maʼruzalar qilişimiz, şeʼrlar öqişimiz kerak; keyin qişloqning yoşi uluğ otaxonu onaxonlariga, söngra 66-maktabning eng aʼloçi öquvçilari va respublikaning turli oliy öquv yurtlarida aʼlo baholarda öqiyotgan qamaylik talabalarga sovğalar topşiriladi. Söngra kam taʼminlangan va muhtoj oilalarga tuhfalar berilişi, undan keyin konsert, muşoira, sumalak, aytişuv, sport musobaqalari, çillik, bazbarak, zuv-zuv, quloq çözma, suyak otar, kuraş, köpkari deydigan qadimgi öyinlar…
Muhokama avjiga çiqqanda, nihoyat, xonaga Jumanazar aka kirib keldi.
Uning mijjalari qizargan, ammo ruhi tetik, kayfiyati har doimgiday baland edi.
– Donişmandlardan biri, dunyodagi eng oğir narsa zerikişdir, degan ekan, – dedi eşikdan kirişi bilan baland ovozda. – Sizlarni zeriktirib qöymadikmi?
– Abu Ali ibn Sino bobomiz jon çiqar paytida: “Biz ölamiz va özimiz bilan birgina narsani olib ketamiz, u ham bölsa: “Biz heç narsani bilmadik!” degan tuyğudir”, degan ekan, – dedi Qozoqboy aka hozirjavoblik bilan. – Biz ham neça ming yillardan beri siz bilan davradoş esak-da, sizni mutlaqo bilmas ekanmiz. Siz bizga öxşaganlar uçun ulkan universitet, butun boşli ensiklopediya, zamonamiz qahramoni ekansiz-ku!
– Maqtov degan holvaytar faqat qizlargamas, bizgayam yoqadi! – deya yayrab-yaşnab kuldi Jumanazar aka. – Ayniqsa, sizday zukko sinçiniki.
– Men hazillaşayotganim yöq! – dedi sinçi. – Professorman deydiganlarning köpi özi tuğilib ösgan qişloğining yölini esidan çiqarib yuborgan – yillab qadam bosmaydi, hamqişloqlarini mensimaydi, davlati siznikidan ön barobar köp, betidan moy tomib turgan esa-da, ming joyiga piçoq ursang, bir tomçi qon çiqmaydi. Aka, ibrat olişimiz şart bölgan xislatlarning hammasi sizda jam ekan.
Qozoqboy aka mehru muhabbat bilan şu sözlarni aytayotganida, mening xayolimga Toşkentning Qorasuv mavzesidagi tört qavatli “dom”ning uçinçi qavatidagi uç xonali uy keldi. Jumanazar aka şu manzilda öğillarini uylantirdi, nevaralar kördi. Şu xonadonda yaşab, doktorlik dissertatsiyasini yoqladi, tibbiyotga doir 300dan ortiq ilmiy maqolalar, 60 ga yaqin ilmiy ixtirolar hamda ratsionalizatorlik takliflarining muallifi böldi.
“Toş balosi”, “Guldek nozik”, “Bolangiz nega bezovta”, “Ona va bola tayançi”, “Qamay dostoni”, “Yoniq yuragim”, “Mehr quyoşi”, “Iztiroblar komida”, “Vatan – yoniq yuragim”, “Manzildan keyingi yöl” kabi qator-qator ilmiy va badiiy asarlar yozib, kitobxonlar yuragidan joy egalladi. “Şuhrat” medaliga sazavor böldi. Televizor va matbuotdagi tibbiyotga oid dolzarb mavzulardagi mazmunli çiqişlari bilan esa butun respublikaga tanildi, hurmat qozondi. Danğillama imoratlar quriş, eng oxirgi rusumdagi maşinalar miniş, har yili Antaliya, Bali degan dunyoga maşhur joylarni aylanib, huzur qilib dam oliş qölidan keladi uniyam. Lekin bunday hoyu havaslardan tiyiladi, odmigina rözğoridan ortganini xayrli yumuşlarga sarflaydi, sarflayotir. Bugun ham, “senariy”dan körinib turibdiki, şu maqsad yölida bir neça million tuhfa qilinadi. Sinçi akamiz aytganidek, zamonamizning çin qahramoni, aslida, şunday insonlar emasmi?!
– Siz tezroq taomlanib oling, vaqt böldi, u yoqda xaloyiq kutib qolmasin, – deb qistadi direktor. Va şu zahoti tösatdan öta muhim gap esiga tuşib qolganday:
– Menga qarang? – dedi Jumanazar akaga. – Nima uçun baʼzi bir ayollar hadeb qiz tuğaveradi? Narigi guzardan ikkitasi: birida uç, birida ikki qiz bilan ajralib ketdi. Ikki quda, ikki qarindoş – bir-birini körsa, tişini ğijirlatadi, yuz körmas bölib ötiribdi.
– Siz bir emas, bir neçta savol berdingiz. – Eşikdan kirgan joyga çökkalayotib şoşilmay javob bera boşladi Jumanazar aka. – Birinçidan, şu narsani yaxşi bilib olişimiz şartki, farzandning öğil yoki qiz bölişi faqat erkakka boğliq. Bu masala hozirgi paytda fan tomonidan aniq isbotlangan. Bu holatni soddaroq qilib tuşuntiradigan bölsam, odam hujayrasining yadro qismida xromatin deb atalgan modda böladi. Hujayra köpayişi oldidan ana şu xromatin alohida tanaçalar hosil qiladi va ular xromasomalar deb ataladi. Xromasomalar insonda 23 juft böladi. Ularning oxirgi bir jufti erkaklarda boşqaça, ayollarda boşqaça böladi. Erkaklarda bu juft ikkita har xil xromosomadan taşkil topadi, ularning biri X, ikkinçisi esa Y xromosoma deb ataladi. Ayollarda Y xromosoma yöq. Uruğlaniş natijasida xromosomalar soni 46taga yetadi. Agar spermatozoidda X xromosoma bölsa, bölajak farzand qiz böladi, agar Y xromosoma bölsa, öğil bola dunyoga keladi. Demak, XX – qiz, XY – öğil bola degani. Bu qonun. Şuning uçun qiz bola tuğilişiyam, öğil bola tuğilişiyam erkakka boğliq. Agar qiz farzanddan keyin yana qiz tuğilsa-yu, uydagilar: bu ayolning içi töla qiz ekan, uyga kemasin, öşayağdan onasinikiga ketavursin, deb xarxaşa qilişsa, yö-öq, oğam, aybni kelindan emas, kuyov töradan izlang, deyiş kerak.
Xonada yengil kulgi kötarildi.
– Endi bir-biriga qarindoş bölgan mahalda naslning nuqsonli bölib tuğilişi va bu holat keyingi naslga berilişi haqida, – davom etdi doktor. – Bu masalada dunyoning hamma olimlari betinim ilmiy izlanişlar, tadqiqotlar olib boryapti. Faqat Özbekistonning özida şu mavzuda yigirmadan ortiq doktorlik va nomzodlik dissertatsiyalari yoqlangan.
Bilasizlar, inson organizmida diyenka, yaʼni riboksin kislotalari deyilmiş kislotalar böladi. Öşalarning har bir aylanasida törtta aminokislotalar bölib, bu aminokislotalar, agarda bir-biriga öxşaş zinapoyalarda joylaşgan bölsa, öşalarda köproq nuqson paydo böladi. Agar ular qançalik begona böladigan bölsa, nogironlik yoki nasl suradigan kasallik öşança kam böladi. Balkim, deyarli bölmaydi. Şuning uçun qarindoş-uruğdan qiz olganda ham qiz bolaning tuğilişi begonalar bilan quda bölgan mahaldagidan 5,2 marta köproq böladi. Oqibatda, hozir siz aytganday, ajraliş tufayli eng yaqin oğaynilar ham yuz körmas bölib ketadi.
– Boşqa savol bölmasin! – dedi direktor davradagilarning bitta-yarimtasi Jumanazar akani yana söroqqa tutib qolmasin degan ohangda. – Odamlar mahtal bölib qoladi.
– Masala menda qolgan bölsa, – dedi Jumanazar aka. – Bitta qorinni köçada yurib ham töydirib ketaveraman.
– Unday bölsa, yölga tuşaylik. Qani, omin!
Hamma şu işorani kutib turgan ekan – baravariga qözğaldik.
Bir köça bölib ketib boryapmiz.
III
Yölda ketib borayotib, negadir, kutilmaganda, bir yilça avval taniqli adib va adabiyotşunos olim, professor Pirmat Şermuhamedov boşçiligida bir guruh adiblar bilan ustozimizning qişloğiga borganimiz va xuddi mana şu köçaga öxşaş köçalarni töldirib uçraşuvlarda yurganimiz esimga tuşib ketdi. Pirmat akamizning bolalardek beğubor kulgisi quloqlarim ostida jaranglab, hazil-huzullarimizga javoban: “qöymaysiz-qöymaysiz…”, deya boş liqillatişlari va hatto ohista-ohista taşlayotgan qadam tovuşlarigaça eşitib-körib turgandek ğalati bölib ketdim. Ustozimiz bu yoruğ dunyoni tark etganidan beri oradan bir yilça vaqt ötdi. Naqadar tez ötar ekan umr deganlari: bugun bor odam – ertaga yöq. U bilan qança voqealar yöq bölib ketadi. Xotiralar, faqat xotiralar qoladi undan.
Pirmat Şermuhamedovga alohida töxtalayotganimning yana bir sababi bor: u kişi – Jumanazar Beknazarovga tuğişgani singari qadrdon oğa edi, öz inisidek suyardi. Bizni, yaʼnikim Jumanazar aka bilan meni taniştirgan ham şu kişi böladi.
Tanişuvimiz tarixi esa mana bunday: ötgan asrning saksoninçi yillari. Bolalar gazetida işlayman. Tahririyat qoşidagi “Yoş qalamkaşlar” tögaragi maşğulotlarini ötkaziş ham bizni zimmada.
Maşğulot ötadigan kunlarning biri edi. Hali bolalar yiğilmagan paytda, xonamizga örta böyli, qirra burun, oq sariqdan kelgan, soçi silliq taralgan, çiroyli kiyimlari öziga yaraşgan öttiz – öttiz beş yoşdagi bir ziyoli kişi şaxdam kirib keldi. (Örni kepqoldi, taqqoslab körişga qulay bölsin uçun, akamning hozirgi körinişi borasida ham ikki oğiz gapiray. Diqqat qiling: böy öşa – örtaça va tik, peşona – keng, burun – qirra, oq-sariq yuzlar – qotma va silliq, salgina oq tuşgan soçlar yigitlarnikidek qalin, egnida kuyovbolalarning tim qora kastyum-şimi, oq kuylagu qizğimtir galstuk uzukdagi közdek libosiga yaraşgan. Örtaça qalinlikdagi qoşlar ostida çaqnab turuvçi möğil közlar öyçan boqadi. Körinişi – serjahl, serğayrat, kuydi-pişdi, qiziqqon odamga tortadi-yu, ammo şoşilmay qadam taşlaşi, har bitta harfni torozida tortib körayotgandek salmoqlab gapirişi buni inkor qiladi va sersalobat odamga aylantiradi. Yetmişga yetayotgan esa-da, ellikdan yuqori yoş berolmaysiz. Lönda qilib aytganda, köngli toza, imoni but odam aslo qarimaydi, degan naqlga tiniq misol.)
Bir suhbatda Pirmat aka: “ Jumanazar haqida gap ketganda, kişi beixtiyor ravişda sergap bölib ketadi, xuddi otasiga “beş”larini tezroq körsatgisi kelgan boladay, suhbatdoşiga uning hamma ibratli fazilatlarini aytgisi keladi. Birini aytsang, ikkinçisi undan ajoyib tuyulaveradi”, degan edi.
Pirmat akaning Jumanazar aka haqida aytgan yana bir gapini hozir yozmasam bölmaydi: “Jumanazar juda şirali, obrazli qilib gapiradi. Öxşatişlarni topadi, juda aniq, sodda, tuşunarli böladi ifodalari. Gohida xiyol çözib yuborgandek tuyulişi ham bor gap. Lekin aylantirib-aylantirib, xuddi yoyilib ketgan iplardan arqon eşganday fikrlarini yana bir nuqtaga jamlaydi. Oçiği, bunçalar otaşin ehtiros va quyuq fikr bilan turtinmay, töxtamay, qoqilmay, öylanib qolmay gapiriş heç birimizning qölimizdan kelmaydi. Qoyil qoladiganim yana şundaki, fikrlari avvaldan bir ipga tizilgan marjon singari eşilib, pişib, navbati bilan, tartibni buzmay oqib kelaveradi”.
Böldi.
Endi – orqaga qaytamiz: kirib keldi. Yonida quyib qöygandek öziga öxşab turgan töqqiz-ön yoşlardagi bola.
– Assa-lo-mu alaykum! – dedi hijjalab va burro qilib. – Siz Abusaid mirzosiz, şundaymi? Bizni huzuringizga Pirmat domla yubordilar. Pirmat Şermuhamedov.
Ismimni buzib yoki çala aytgan, yo bölmasa, qanaqadir sifatlarni qöşadiganlarni yomon köraman: şu nafasdayoq javobini bergim keladi. Ammo bu odamning şaşti, eski tanişlardek özini emin-erkin tutişi taʼsirimi yoki Pirmat Şermuhamedovning nomi örtaga tuşganimi, bilmadim, işqilib, unga qörslik qilolmadim. (Hozirgaça “Abusaid mirzo” deydi, faqat şu kişiga indolmayman, könikib ketdim, şekilli.)
– Mana bu yigitça bizning tönğiçimiz böladi. Oti – Zoir. Jurnalist bölmoqçi. Hozirça bir nimani qotirib taşlagan joyi yöq. Lekin bir-ikkita tarjimasi bor, rusçadan, öqituvdik, Pirmat domlaga maʼqul tuşganday böldi. Gazetada tögarak borliginiyam şu kişidan bildik. Qisqasi-kalom, şu yigitçaga muallimlik qilsangiz, deb oldingizga yetalab kelavurdik. Nima deysiz?
– Nima derdik – tögarakning eşigi xamma uçun lang oçiq, – dedim, garçand örtada Pirmat akadek suyumli ustozim turgan bölsa ham unça xuşlamay.
Xuşlamasligimning yana bir sababi: hali tanişib ulgurmagan odamlarning, tasir-tusur gapirişlari, menga – maqtançoqlik bölib körinadi va ğaşimni keltiradi.
Ammo Qozoqboy akaga öxşaganlar uçun bu holat “bezbet”lik emas, dadillik – odamning öziga bölgan işonçining belgisi hisoblanadi. “Vijdonli, lafzi halol, birovdan tili qisiq joyi bölmagan jasur odamlar heç kimdan çöçimaydi va fikrlarini dadil bayon qiladi, Jumanazar aka ana şunday mardlar toifasidan, – deydi u kişi. – Men şu fikrning tasdiğini köp kördim. Jumanazar akadagi oçiqçasiga va jöşib bahslaşiş xususiyati uning çuqur maʼrifiy bilim egasi ekani bilan izohlanadi. Va, uning tabiatida çaqmoqdek qudratli nimadir borligidan dalolat beradi”.
Nimayam derdik, bir odamni har kim har xil köradi.
Faqat, “çaqmoqdek qudratli nimadir borligi…”ga qöşilib, yana quyidagilarni aytgim keladi: men ham ötgan yillar davomida bu odamning tarix, meditsina, filologiya, şarqşunoslik, astranomiya, qadimşunoslik, botanika va yana boşqa fanlar böyiça bahs va munozaralarda hamişa faol iştirok etgani va boşqalarni oğziga qaratganini köp kuzatdim. Şuning uçun ham Qozoqboy akaning: “U mudroq, behafsala yuraklarga toğu toşlarni gumbirlatib, özaniga siğmaylar ketgan bahorgi sel misoli kirib boradi.
U öz fikridan boşqalarni ham bahramand qiliş yölida heç narsadan qaytmaydi.
Uning sözlari körmagan narsalaringni körişga, bilmagan narsalaringni bilişga undaydi.
U oçilib-soçilib suhbatlaşganida ham, katta minbarlardagi ilmiy munozaralarda ham heç qaçon bosiqlik çegarasidan çiqmaydi, bahs odobini buzmaydi, “ötlab” ketişdan tiyiladi…” deyilmiş fikrlariga yuz foiz qöşilaman.
Ha, mayli. Bular, endi, keyingi gaplar.
Xullas, Zoir şu kundan boşlab, köp qatori maşğulotlarga qatnab yurdi. Ança uquvli, qobiliyatli ekan: hademay gazetada xabarlari, maktab hayotidan yozilgan maqolalari çiqdi, tarjimalari eʼlon qilindi. Ammo, maktabni bitirganidan keyin jurnalist bölmadi – otasining izidan ketdi.
Biz esa, bir yoqda öğli, bir yoqda Pirmat aka bahona turli-tuman sabablar bilan uçraşadigan böldik.
Jumanazar akani birinçi körganimda birorta institutning domlasi bölsa kerak, deb taxmin qilgan edim, uning doktor ekanini keyin bildim. Bir qança taniş-bilişlarim, qarindoş-döstlarim bu odamning qölida davolanib, soğayib ketdi.
Jumanazar aka öşa mahalda Örta Osiyo pediatriya institutida işlar, hali ilmiy darajasi ham yöq, ammo institutdagi obröyi eng eʼtiborli professornikidan kam emasdi.
IV
Bir köça bölib qişloqning kun çiqar betidagi yaşil maysa bilan qoplanayotgan keng sayhonlikka yetdik. Atrof çumoliday odam – yurib bölmaydi. Qamay emas, tuman, butun Qaşqadaryo köçib çiqqanday göyo. Bir neça joyda ötov-çaylalar tiklangan, çaylalarda xonzodalar kabi bezangan biri-biridan gözal kelinçaklar suzilib turibdilar, samavorlar qaynab yotibdi, kaboblarning yoqimli hidi dimoqni qitiqlaydi, qirq quloqli qozonlarda sumalaklar suzilmoqda, köçma magazinlarda savdo-sotiq avjida, baland simdorda ota-bola darbozlar hayratli tomoşalar körsatmoqdalar, karnay-surnay, öyin-kulgi, lakalak bazm avjida. Osmonu falakni töldirib yuborgan son-sanoqsiz varraklar esa xuddi bir töda qaldirğoçlardek goh zuvillab kökka kötariladi, goh şuvillab u yoqdan – bu yoqqa şox taşlaydiki, öşa lahzalarda yeru osmon bolalarning quvnoq qiyqiriğiga tölib ketadi. Nariroqda ot çoptirib yurgan ön-ön beş çoğli ösmirning “hayyo huv”i ularga jör böladi.
Öşa kuni, bunday manzarani köriboq sevinçdan esankiragan har qanday odam kabi biz ham deyarli baravariga: “Voy-vöy!” deb yuborganlarimiz hanuz esimda.
Maydonga yaqin borganimizda bir töda qizlar çopqillab kelib, hammamizga gullar ulaşdi. Teparoqdagi taxta-yoğoçdan yasalgan sahnaga kötarilganimizda esa… böldi qarsak, böldi qarsak!
“Senariy”da belgilanganidek, bayramni Oqguzar mahalla fuqarolar yiğini raisi qisqaça kiriş nutqi bilan oçib, birinçi sözni Toşkentdan kelgan mehmonlarga berdi. Dastlab professor Qozoqboy Yöldoş gapirdi. Keyin Azim Suyun şeʼr aytdi. Men ham bir nimalar dedim. Alişer döxtir “Meniki gapga yöq”, deb sözga çiqmadi. Özimiz bilan olib kelgan kitoblarni – yuztaça bor edi – şu yerning özida maktab kutubxonasiga topşirdik.
Şundan söng qişloqdagi yoşi uluğ nuroniylarga, 66-maktabning Sabina Örolova, Oğabek Maxatov, Rözimurod Dörmonov, Şahlo Ulaşova, Javohir Mixliyev kabi ön olti aʼloçi öquvçisiga va oliy öquv yurtlarida yuqori körsatkiçlar bilan öqiyotgan qamaylik töqqiz talabaga sovğalar topşirildi.
Illo, bu yerda gap masalaning moddiy emas, maʼnaviy jihatdan bebaholigida. Qişloqdoşlarining minnatdorlik sözlarini eşitgan har qanday inson bunga qayta-qayta iqror böladi.
– Xudo xohlasa, katta bölsam, albatta, Jumanazar Beknazarovday vraç bölaman!
– Men Jumanazar Beknazarovday hamma havas qiladigan odam bölişni orzu qilaman. Maktabdayam, institutdayam aʼlo baholarga öqiyman.
Bu sözlar – 66-maktabning törtinçi va beşinçi sinf öquvçilari Suxrob Oçilov va Madina Rahmonovaning orzulari edi. Jumanazar Beknazarovning murğak va beğubor yuraklarga sepgan ezgulik uruğlarining hozirdanoq niş urib, quyoşga tomon intilayotganidan dalolat edi bu. Maydonni töldirib turgan yuzlab katta-kiçik qalblarni tölğantirayotgan mana şu muqaddas tuyğular, vaqti-soati bilan albatta kökaradi, sersoya, serhosil azamat daraxtlarga aylanadi.
V
– Siz Jumanazar akadan qarzdorsiz, – dedi bayramdan qaytayotganimizda Qozoqboy aka xuddi tomdan taraşa tuşganday qilib menga. – Bu odam haqida bir narsa yozişingiz kerak. Ammo oldindan aytib qöyay, – deb davom etdi möylovini çimdib, bir nimalarni öylab va negadir kulimsirab, – Jumanazar Beknazar degan hodisot töğrisida yoziş qiyin: u şiddatkor, jöşqin va otaşin inson. Hayot unga kötarinki va tantanavor ehtiroslarni öta saxiylik bilan vagonlab bergan. Bilasizmi nima, Jumanazar aka birovlarda körgan ijobiy xislatlarning hammasini oşirib körsatadi – maqtaydi. Yomon illatlar yaqiniga bormasin, deb şunday qiladi, hatto bijğigan qalblardagi havoniyam tozalab, nafis va otaşin orzularga töldirib yuboradi, qalblarga öt yoqadi. Arzon mulohozalar girdobiga öralaşmaydi. Uning sözlarini bir marta eşitgan odam maftuni va oşiği bölib qoladi.
Umuman, Jumanazar Beknazarda odamlarga aytadigan, aytmasa bölmaydigan fazilatlar şunçalar köpki, bunday alloma töğrisida bir yoqlama gap aytib qöyiş xavfidan çöçimoq kerak. Töğrisi, faqiringiz bir urinib ham körgan. Uzoq yili, 60 yoşga tölganida, bir maqola yozganman, lekin könglim tölgan emas. Yozmoqçi bölib qalam olsam, desangiz, sözlar hurkitilgan ohu galalaridek tutqiç bermaydi, voqealar ummoni içra adaşib, gangib qolavuraman.
(Manovi öxşaşlikni köring! Menda ham aynan şunday bölgan – Qozoqboy akaning kuni boşimga tuşgan. Men ham bir maqola yozay deb rosa uringanman, bir neça kun öylanib yurganman. Ammo, qaysi voqeadan boşlab, qaysisida tugatişni bilolmay, axiyri, “Doktor Jumanazar Beknazarovning armoni” degan manavi sakkizlikni yoziş bilan könglimni ovutganman:
Oltmiş yoşdan ötib, mundoq qarasam,
Uç mingdan oşibdi jarrohlik işim.
Kimningdir koriga şodsan – yarasang,
Va xasta lablarda körsang tabassum.
Töyu tomoşada ehtirom bisyor,
Şukur, döstlarim köp, köplar taniydi.
Ammo, qani edi, bölmasa bemor,
Men boşqa iş izlab yursam, qaniydi…
– Endi, siz bir urinib köring, – dedi Qozoqboy aka “topşiriq”qa nuqta qöygan bölib. – Balki, hammaga suyumli odamni bor böy-basti bilan tasvirlaş qölingizdan kepqolar.
– Sizdek yozarman uddalamagan işga bizga yöl bölsin! – dedim Qozoqboy akaga “urinib” körganimni bildirmay.
– Haqiqatan ham, yaqinlaring haqida yoziş oson emas, – deb suhbatga qöşildi halidan beri Qozoqboy akaning sözlarini jimgina eşitib kelayotgan Azim Suyun. – Mundoq qarasang, Jumanazar Beknazar haqida heç nima aytilmagandek. Ammo “bir nima” yozmoqçi bölsang, hamma gap aytib bölinganga öxşaydi. Qolaversa, tinib-tinçimas bu ŞAXS – özi töğrisidagi hamma gapni radioyu televideniyedagi çiqişlari, gazetayu jurnallarda eʼlon qilgan maqolayu suhbatlari orqali allaqaçon aytib bölgan.
Şu vajdan “bir nima” yozmoqçi bölganda takrorlar va umumiy tafsilotlar joy oliş xavfi paydo bölişi ayon haqiqat. Unga muhabbat izhori – eng iliq ifodalarimiz yetmay qoladigandek bölaveradi. Umuman, akaning jarrohligi, adibligi töğrisida ança-munça yozuvlar, maqolalar mavjud. Ammo fazilatlarimizga fazilatlar qöşadigan xususiyatlari töğrisida kam yozilgan.
Mana, masalan, u kişidagi xislatlarning özimizga yaqin qirrasi – şoir va yozuvçiligini olib köraylik. Qozoqboy aka, siz – maşhur adabiyotşunos, ayting-çi, men oşirib aytyapmanmi, a?
– Juda töğri, Jumanazar Beknazarni öziga xos fikrçan şeʼriyati, boşqalarga öxşamaydigan yoqimli prozasi bor. Şeʼrlarida ehtirosu tuyğular töfoni bir qadar vazmin va bosiq, şoşqin hayajonlar izga tuşgan. Prozasida aql bilan ijod qilayotgan nasr ustalari singari xotirjam öylab yoziş dunyosiga kirgani sezilib turadi. Ehtiros barobarida zakovat va ilm birinçi planga çiqqanday tuyuladi. Muhimi, yozganda, şunçaki köngil çigilini yoziş uçun qalam uşlamaydi, odamzotning ruhiy holatlarini kavlaştiradi, mungli qatlamlarni topişga intiladi, jimjimabozlik qilmaydi.
Xalqçil soddalik, folklor priyomlariga moyillik ham öz isteʼdodining tabiatidan, sözga sodda bir möjiza deb qaraşidan kelib çiqqan fazilatdir.
Yana, öta kuzatuvçanlik, sezgirlik va tasviriy jihatdan behad gözal bitilgan publitsistik maqolalariyam borki, ularning qimmatiyam unça-munça badiiy asardan kam emas.
– Haligi… “Vatan – yoniq yuragim” dostoni şu kişiniki edi, a? – deb Qozoqboy akaning sözini böldi Azim Suyun. – Esimda qolgani, öz vaqtida ança şov-şuv böluvdi. Favqulodda fikr evrilişlari, kutilmagan taşbehlar, rassomlarga xos tasvirlar köp edi. Yaqinda “Manzildan keyingi yöl” degan kitobi qölimga tuşib qoldi. Ğalati, noanʼanaviy uslubda yozilgan. Real hayot tasvirlari fantastika unsurlari bilan qorişib ketgan ajabtovur asar ekan. Yarmi nasr, yarmi nazm. Ammo har ikkisi bamisoli oltin halqalar kabi ijodkor ğoyasini bus-butun ifodalaşga xizmat qilgan. Şeʼrlardagi tölqinli, dardli misralar, fojialar aro mumtoz olamni orzu qilgan ezgu nurlar elas-elas közga taşlanadiki, bu muallifning zamonaviy adabiy usulda yoza biliş mahoratidan dalolat berib turadi.
– Eʼtibor qilgan bölsangiz, kamina – ana şu kitobga masʼul muharrir, – dedi Qozoqboy aka ğururlanganday bölib. – Asar garçand hammamizning ustozimiz, maşhur alloma Begali Qosimov hayotiga bağişlangan esa-da, unda ilm maşaqqatlarini boşidan keçirgan va keçirayotgan juda köplab zahmatkaş insonlarning taqdirini köriş mumkin.
Azim aka, siz hozir bu asarni “noanʼanaviy” deb töğri aytdingiz, hatto taʼkidlaş mumkinki, bir qadar sirli.
Sirliligi – bu dunyoda yaşab ötgan insonning ikkinçi umri tasvirlanganida. Asarni şunçaki öqib bölmaydi, şunçaki öqigan öqirman yozuvçining maqsadini tuşunmaydi. Bunday asarlarning tagmaʼnosi va asl ğoyasini anglaş, ijodkor fikrining sehri va söz muzikasi jaranglarini qalbdan sezib, uning nafis ohanglar bilan tölib-toşgan jozibasini his qiliş uçun avvaldan bir qadar tayyorgarlik körişdan taşqari, yana sabr bilan, mağzini çaqib-çaqib öqiş kerak böladi. Diqqat qilgan bölsangiz, asarning har sahifasida insonning jöşqin, sertaşviş va notinç hayoti haqida çuqur falsafiy xulosalar bor.
– Asarda şeʼr va musiqa singari içki ohangdorlik ham mavjud. Ona tilimizni aʼlo darajada bilgan va nozik his etgan yozuvçigina şunday muvaffaqiyatga erişadi, – deb uni quvvatladi Azim aka. – Men daryo-daryo sözlar orasidan eng jozibador, kuçli, gözal va öziga eng keraklisini topib tanlaganiga qoyil qoldim. Faqat, janri… Bu dostonmi, povestmi…
– Doston ham, povest ham, roman ham emas, – deya darrov javob berdi Qozoqboy aka. – Yangi janrdagi asar. Avtobiografiya emas, hozirça, insoniyat iztiroblarining quyma jamlamasi, desak ham böladi. Xuddi qadimgi xalq dostonlari singari, unda poeziya bilan proza qöşilib, uyğunlaşib, yangi bir ajoyib janrni vujudga keltirgan.
– Gleb Gorbovskiymidi, şu bölişi kerak, aniq şu, – dedi Azim aka. – Ruslarning şu şoiri, men şeʼriyatni telbalik deb hisoblayman. Şeʼriyat bu – darveşlikdir. U Parvardigorning inʼomi, degan. “Parvardigorning inʼomi” degani rost, lekin telbalik, darveşlik degani bizga öxşaşlarga töğri kelsa kelar-u, – deb bu sözidan özi zavqlanib ketdi-yu, xo-xolab yubordi. – Lekin Jumanazar akaga töğri kelmaydi. – dedi kulib bölgaç. – Jumanazar Beknazar asarlarini öqigan, uni bilgan odam Gorbovskiyning fikrlarini tamomila inkor qilişi turgan gap. Töğri, aka heç qaçon yozuvçilikni daʼvo qilgan emas. U kişi beş mingdan ortiq jarrohlik operatsiyasi qilgan zör jarroh, qarindoş-uruğlariga mehribon, döstlariga sodiq, davragir. Xalqimizga xos donişmandlik, odamşavandalik, ezgulik, olijanoblik tamoyillariga rioya qilib yaşayotgan bunday insonlarni alloma deb uluğlaş lozim. Şuning uçun ham aka, – dedi butun gavdasi bilan men tomon ögrilib.
– Qozoqboy akaning “Bu odam haqida bir narsa yozişingiz kerak”, degan gapini men ham quvvatlayman.
– Ana kördingizmi?! – dedi Qozoqboy aka ruhlanib. – Madomiki, Azim akangizday şoir ham şu fikrda ekan – kasbi-kori şifokorlik bölmiş odamning şoirona qalbi, hayratli tuyğulari haqida tezda bir nima yozmasangiz bölmaydi. Bilib qöying, birovlarning şuhrati şuʼlalaridan nurlanişni öziga ep körmaydigan, asl odamlar hamişa kamyob bölgan.
Kimki bir köngli buzuğning xotirin şod aylagay,
Onça borkim, kaʼba vayron bölsa, obod aylagay, deydilar Navoiy hazratlari. Jumanazar aka şu bugunning özida qança odamning könglini şod aylab, duosini oldi.
– Sözingiz – bizga maʼjun. – dedim itoatkorona.
– Jumanazar aka komil va komron inson, dabdabali hoyu havaslardan tiyilib, “yurak farmoyişi” böyiça hayot keçiruvçilarning timsoli.
– Xudo xohlasa, hammamiz – galalaşib – bir nima yozarmiz…
Töğrisiyam şu-da: vaqti kelib, albatta, Qozoqboy akaning taʼrifi bilan aytganda, “Jumanazar Beknazar degan hodisot” töğrisida nimalardir yoziladi. Agar öşanday “bir nima”ni men yozadigan bölsam, Jumanazar akaga qançalik ehtirom va mehr bilan qaragan va uning xususida nimaiki öylagan bölsam, barisi öşa maqolada ifodalanadi. Bunday maroqli “narsa”ni hozir yozolmayman. Hozir… tasavvurlarim, xulosalarim baayni sirli tuman içida qolganday qorişiq va betizgin.
Gap-gap bilan qişloqqa olib kiruvçi köça boşiga yetganimizda, boya hamqişloqlari qurşovida qolib ketgan Jumanazar aka oppoq “Kaptiva”da orqamizdan yetib keldi.
– Sizlarga rahmat! – deb birma-bir qölimizni siqib çiqdi maşinadan tuşgan zahoti. – Sizlarsiz bayram behad ğarib bölib qolgan bölar edi.
– Bunday yoqimsiz gaplarni qöying. Biz nima qippizki… – qöllarini noçorona yozdi Qozoqboy aka. – Xöş, maqsadga ötaylik, suv omborga ketdikmi?
Jumanazar aka taraddudlandi.
– Sizlarga hamray bölolmayman-ov… – dedi xijolatomuz. – Bahromnikiga tört-beşta hamyurtlar kepqopti. Olisroqdan ekan…
– Judayam vaqtida kelişipti-da, baraka topişsin. Özi, siz bizga ortiqçalik qilayotuvdingiz, – kulgiga oldi masalani darrov ilğagan Qozoqboy aka.
– Ulgursam, izingizdan yetib boraman.
Şofyor “ğir” etib taşlab kelaman, deyişiga qaramay, Jumanazar aka şogirdi Alişer Tojiboyevni yoniga olib, piyoda-piyoda jönadi.
Biz “Kaptiva”ga mindik.
– Bu dunyoda şunday yaşasang-da… – dedi Qozoqboy aka havas bilan Jumanazar akaning ortidan.
Aslida, hozir hammamizning könglimizni çaroğon qilib, nurli şuʼlalar soçib turgan aziz tuyğu ham xuddi şu edi.
Abdusaid KÖÇIMOV,
Özbekiston Respublikasida xizmat körsatgan jurnalist.
1951-yili tuğilgan.
Nizomiy nomidagi Toşkent davlat pedagogika instituti (hozirgi universitet)ning özbek tili va adabiyoti fakultetini tamomlagan.
“Kaşfiyotçi bolalar”, “Mening Özbekistonim”, “Umid daraxtlari”, “Qiyofa”, “Yosuman”, “Baland toğlar”, “Közlarimning qaroğidasan”, “Muhabbat boğlari”, “El suv içgan daryolar” nomli publitsistik, şeʼriy va nasriy kitoblari çop etilgan.
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida


