6 daqiqada öqiladi

335 marta körilgan

“Birov bilmasin…”

Xoliyor Safarov

(Hikoya)

Şahar çekkasida qu­rilayotgan namunali uylarda ustaçilik qilib, tom yopib yurgan aka-uka oylik maoşlarini olgaç, qişloğiga borib kelmoqçi bölib yölga otlanişdi. To işboşidan ruxsat olib, kiyim-keçagini taxlab yölga çiqqunlariça qoronği tuşdi.

– Keç bölib qoldi. Endi qişloqqa taksi bölişi qiyin, – dedi katta. – Undan köra şaharga kirib, Abdulladan bir xabar olib, ertalab çiqib ketsak bölmaydimi?

– Yaxşi aytdingiz, – dedi uka ham gardanini qaşlab. – Xotinning oldiga bir kun keyin borsak, osmon uzilib yerga tuşmaydi. Yozi bilan iş­da bölib, Abdulladan xabar ham olmadik. Şu kunlarda u haligi… nimanidir himoya qilişi kerak edi…

– Ha, gapni olasan-da, – kuldi aka. – Doktorlik­ni himoya qilyapti. Şunga tayyorgarlik körib yuribdi.

– Ha, işqilib-da, – kulib qöydi uka. – Men tuşunmasam…

Aka-uka taksi bilan şahar markaziga kelişdi. Ayni xufton vaqti bölsa ham, hali köçalar tirband, odam gavjum.

– Abdullaning uyiga qay­si avtobus borardi? – söradi aka.

– Aka, kallamda mix bilan bolğa bölsa, avtobusni qayerdan bilaman? – kuldi uka. – Yu­ring-e, haligiga… taksiga ötiramiz.

Maşina töxtatişdi. Aytilgan manzilga yetib kelişgaç, aka ukani turtdi.

– Yur, dökonga kirib, bolalariga ul-bul olaylik.

– Mayli, haligidan ham bitta olaylik, mayda­lab ötiramiz-da, – köz qisib qöydi uka. – Gurung ham qiziydi.

– Işdan çiqdingmi, boşlaysan-da! – Aka öziça tanbeh bergan böldi. – Ol, mayli. Quruq qöl bilan kirmaylik.

Aka-uka ikkita yelimxaltani töldirib, dökondan çiqişdi va kenja ukasining uyiga qarab keta boşlaşdi.

– Abdulla öqib yaxşi qildi-da, – dedi uka özi­ga-özi gapirib, – böl­masa bizga öxşab mix qolib, bolğa bilan barmoqlarini urib yurardi.

– Ha, Xudo ziyoda qilsin. Otam rahmatli hammamizning öqimişli bö­lişimizni orzu qilardi, ammo taqdir ekan-da. Sen bilan menga nasib qilmadi.

– Aka, öqiş deysiz-u, buning ham özi bölmaydi-da. Menga öxşaganlar kitobga qarasa, boşi aylanib, közi tinib ketadi. Şularning jo­niga balli!

Şu payt ularning yonidan bir ayol ikkita maktab yoşidagi bolasi bilan mast erini qarğab ötib ketdi.

– Bu yerdayam senga öxşaganlar bor ekan, – kuldi aka.

– E, qöysangiz-çi! – Uka xijolat tortdi. – Men, men… bilasiz-ku!

– Bilamiz, kelinni körişing bilan “smirno” bölasan.

– Söljaymay, haligi… erkak bölib, tik tura­miz-da, aka!

– Ha, senga gap yöq. Lekin manavinday xotin tuşganida körarding, – aka hozirgina ötib ketgan ayolga işora qildi. – Oldiga solib, zirillatardi!

– Şuning uçun peşonamdan aylanay, deyman-da, aka!

Aka-uka gangir-gungur suhbatlaşib, Abdulla­ning uyiga kelib qolganini sezişmadi. Eşik oçgan kelin – Zarnigor oçiq çehra bilan ularni kutib oldi va mehmonxonaga boşladi.

– Yöq, yöq, mana şu yerda ötiraveramiz, – dedi katta aka oşxonadagi xontaxtaga işora qilib. – Işdan kelyapmiz. Kiyimlarimiz ham rasvo.

– Unday demang, aka. Kiringlar.

– Yöq. Böladi şu yer.

Aka-uka Abdullaning ozğingina, xuddi qattiqroq şamol bölsa yiqilib tuşadigandek qiltiriq, ammo rang-röyi sutga çayilgandek oppoq bölgani uçunmi, nima kiysa yaraşib keta­veradigan qizi va öta odamovi, uyatçan, xömrayib turadigan badqovoq öğli bilan salomlaşib, ularga olib kelgan narsalarini bergaç, ah­vol­la­şiş barobarida kelindan Abdullani söraşdi.

– Ukangiz ikki-uç kundan beri domlanikida. Doktorskiysini yakunlayapti. Kelasi hafta çorşanba kuniga himoyasi. Şunga, ozgina iş qolgan, tugatişim kerak, degandi.

– Haaa… – boş çayqab qöydi katta aka. – Ammo yaxşi qilibdi. Xudoga şukr. Bizning avloddan ham fan doktori çiqsin-da! – U şunday deya çöntagidan bir boğlam pul olib, kelinga uzatdi. – Buni olib qöygin. Lekin men berganimni birov bilmasin. Abdulla kam-köstiga işlatadi.

– Rahmat, aka… – kelin şunday dedi-yu, pulni oldi. – Doim şunday qi­lasizlar.

– Bu yoği bilan işing bölmasin. Bu otamning orzusi edi. Biz öqiy olmadik, endi qölimizdan kelgança Abdullaga yordam beramiz-da.

– Şu, ukam haligi böl­sa, doim undan faxrla­nib yuramiz-da! – dedi örtança aka ham. Ke­yin öz gapidan özi nashʼa qilib, kulib yubordi. – Aka, nimaydi?

– Fan doktori!

– Ha, ukam fan döxtiri bölsa, mening ham armonim yöq! Özim çangga botib işlasam ham u bilan ğururlanaman! Kelin, ma­na buni ham olib qöy­gin… – U ham çöntagidan bir boğlam pul çiqarib, Zarnigorga uzatdi. – Abdulla bilmasin, keyin yangang ham bilmasin!

– Rahmat, aka. Borlaringizga şukr. Şu kunlarda ukangiz xarajat ustida yuribdi. Keça dadam ham kelib ozroq pul berib ketgandi. Nasib bölsa, yaxşi kunlaringizda qay­taraylik.

– Aka-ukaniki bir-birida qolib ketmaydi. Mana, Abdulla mening öğlimni tayyorlab öqişga kiritdi. Endi buning qizi kelaman deb yuribdi. Şunday-da…

– Kelin, Abdulla bugun keladimi? – söradi uka.

– Aniğini bilmayman, aka. Kelmasligiyam mumkin. Çunki ertalabgaça bölsayam işlarni tugatişim kerak degandi. Qani, dasturxonga qaranglar. Hozir ovqat suzib kelaman.

– Şoşma. – Katta aka kelinni töxtatdi-da, ukasiga qaradi. – Abdullaning oldiga boramizmi? Domlasi ikkalasini biror joyga ovqatlanişga olib kiramiz.

– Zör bölardi, – maʼ­qulladi uka. – Telefon qilib qöyaymi?

– Yöq. Syurpriz qilamiz. – Aka şunday deya Zarnigorga yuzlandi. – Domlaning uyi öşami, biz borib, vannaxonasini remont qilib bergandik.

– Ha, öşa uy.

Aka-uka, Abdullaning ustozi yaşaydigan köp qavatli uyni topib borişdi. Törtinçi qavatga çiqib, eşikni taqillatişdi. Içkaridan “Dom­la, sizmi? Eşik oçiq”, degan javob keldi. Bu Abdullaning ovozi edi. Katta aka sekin eşikni oçdi. Ne köz bilan körsinki, Abdulla eski, böyoqqa botgan ki­yimda, boşiga römol boğlab, usto­zining uyini taʼmirlayotgan, devorlarni pardoz qilayotgan ekan.

– Abdulla? – Ukasining ahvolini körib, akalar dami çiqqan şarday bö­şaşib ketdi. – Nima qil­yapsan?

Abdullaning tizzasidan mador ketdi. Boşiga boğlangan römolni yeçib, toza joylari bilan yuz-közlarini artgan böldi.

– Assalomu alaykum… Kelinglar…

Akalar salomga alik oldilarmi-yöqmi, ovozlari çiqmadi. Bir qur uyga nazar soldi. Tört xonali uyning uç xonasi pardozdan çiqqan, yaltirab turibdi. Bir xonasida iş qurollari, böyoq idişlari, qoplar, çiqindilar aralaşib yotibdi.

– Seni haligi… – kiçik aka asabiylaşib, nima deyişni bilmay qoldi. – Kelin seni domlasinikida fan döxtirligi qilyapti, dedi-ku?!

– Otam rahmatli orzu qilgan işing şumi, Abdulla? – katta akaning fiğoni falakka çiqdi. – Seni biz katta domla bölyapti, fan doktori bölyapti deb kerilib yuribmiz-ku?!

– Ilmiy iş ham bölyapti… – Abdulla közlarini olib qoçdi.

– Qanaqasiga? – akalarning battar hayrati oş­di.

– Domla yozyaptilar…

– Domlang yozayotgan bölsa, sen bu yerda nima qilyapsan? Bu domlaning uyi emasmi?

– Ha, domlaning uylari. Birov bilmasin, şunday kelişganmiz… – Abdulla yana boşini kötarolmadi. – Men uyini taʼmirlab beraman, domla ilmiy işimni yozadilar…

– Öl-e, bu kuningdan!.. – Katta akaning qöllari muşt bölib tugildi. – Yana birov bilmasin, deysan…

– Aka, fan döxtirlikni himoya qiliş şun­day böl­sa, – kiçik aka ularga bir qarab oldi, – ikkalamiz ham bir haligi qilib kör­sak bölarkan… Bu­naqa işlarni qiyib yuboraman-ku! Menga birdan propessirlik berişsa kerak…

– Öçir sen ham! Undan köra, yur, bularning ilmiy işlariga xalal bermaylik-da, tinçgina uyga ketaylik. Özimizning aqlimiz yetgan işlarni qilaylik…

Katta aka şunday deya eşikka qarab yurdi. Izidan kiçigi ergaşdi.

– Aka?

Abdullaning nidosi javobsiz qoldi. Aka-uka zinadan bir-bir qadam bosib tuşar ekan, göyo juda pastlaşib, allaqanday tubanlaşib, yelkasidan bir yuk bosib ketayotgandek tuyuldi. Taşqariga çiqişgaç, qoronği tunda şahar köçalari çiroğining yoruğida ketib borişar ekan, aka qattiq öksinar, uka esa hozir körganlaridan lol-u hayron edi.

– Qayerga boramiz? – söradi akasidan.

– Sen Abdullaning uyi­ga kirgin-da, sumkalarni olib çiq. Qişloqqa qaytamiz. Lekin hozir körgan narsangni Zarnigorga aslo ayta körma. Birov bilmasin.

– Tuşundim… Lekin qişloqqaça maşina bö­larmikin?

– Ey, galvars. Yigirma birinçi asrda yaşa­yapmiz! Ukang qanday qilib fan doktori bölayotganini kör­ding-ku. Nahotki, biz yarim keça bitta maşina topib, qişloqqa yetib ololmasak?..

Xoliyor Safarov

 

“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822

Obuna haqida

Izohlar

Hozirça izoh yöq. Birinçi bölib fikringizni yozing.

Siz nima deysiz?

Izoh tahririyat körib çiqqaç, eʼlon qilinadi.

Şu ruknda köp öqilganlar

Barçasi (258)

Suv. Hikoya

– Öz oyoği bilan jildirabgina kelmagan suv suvlik qiladimi?! Ketaman bu Cahroyi kabirdan… ketama-an-n! Dilşod şunday deya örnidan sapçib turdi-yu, derazadan taşqariga termildi. U avval hovlisidagi qovjirab qolgan…

“Eynşteyn jumboği”

Dekabrning asov şamoli tun bağrida özini har yonga urib, böriday uvillaydi. Uylar ham sovuqdan junjikkanday bağridagi çiroqlarini öçirib, şamolga jör bölib, qoranği tun vajohatini yanada orttiradi. Biroq şu imoratlar…

Uluğbek Hamdam. Yöl (falsafiy roman

Men bir ojiz tomçiman, ammo yuragimda ummon soğinçi yaşaydi. Mavlono Rumiy TUŞDAN OLDINGI VOQEA Ovoz keldi! Ovo-o-oz!.. Eşityapsizmi, ğoyibdan bir ovoz keldi! Dunyolarni töldirib emas, yöq, balki yöl kabi uzun, yöl kabi…