27 daqiqada öqiladi

566 marta körilgan

Muqarrar

Muqarrar

(Hikoya)

“Odam öldirilgan!”

Mahkama xizmatçisi tilidan aytilgan bu söz butkul özga xayolda darvozaxonaga monand uzun kutiş yölagida diltang turgan uç kişini tamoman dovdiratib qöydi. Ular tagiga suv ketişidan zax naq ikkinçi qavatgaça kötarilib zangtus olgan bu köhna dargohga öz yumuşimizga köra keldik, deb xayol qilişgan, şunça yil yaşab jinoyat sodir etişdan mudom özlarini tiyib kelgani bois dastlab xizmatçi şunçaki hazillaşyapti, deb öylaşdi.

– Sovuq hazil qilarkan, – dedi şifokor. U yurak xastaligini davolaşda tengsiz, mahkama boşliği esa zalvorli vazifada bölgani, şu bahona kursida qimirlamay işlagani oqibatida yu­ragini yoğ örab borar, aksiga olib harakatga emas, zahar-zaqqum doriga zör bergandi – huzuriga kirsam, tongda, yaxşisi, qoş qorayganda yugu­ring, boşqa heç iloji yöq, demoqni közlab turgandi doktor. Odatda uni özlari olib ketişar, şu sabab işining, avvalo, özining qadrini yuqori sanab yurardi. Nufuzli kişilar, ayniqsa, mana bu amaldorlar xizmatidan esa böyin tovlamasdi. Tovlab, tovlanib bölmasdi ham.

 – Hali yoş bölsa kerak, – dedi tillarang gardişli közoynagini olib közini işqagança advokat. – Ha, yangi. Uni avval uçratmaganman. Yoşlarning dimoği baland böladi, katta işga ötsa, özlariça şunday dimoğdor bölib qolişadi.

– Ammo-lekin hazillaşayotganga öxşamaydi, – könglidagini aytdi Mujovul – egnida kulrang tön, qölida döppi tutgan, qattiq hayajonda ekanini soqqasining har tomoniga borib kelayotgan qoraçiqlari aytib turardi.

– Hozirgi urf, – dedi advokat beparvo ohangda. Tor darvozaxonada turiş uni asabiylaştirardi, qolaversa, ne bölganda ham qonun-u inson himoyaçisi, manavi döxtir-u allaqanday Mujovulning oldida mulzam bölib ötirişni öziga ep körmayotgandi. – Avval obdon kuttirişadi. Özlarining qadrini oşirişadi. Asabingiz tamom bölgaç, har qanday şartga könib ketaverasiz. Bu eskirgan uslubdan tergovçilar köp foydalanadi. Jinoyatda gumon qilinganni çaqirib, eşi­gi oldida soatlab kuttiradi. Boyagi beçora aybi bölmasa ham papiros çekaverib, öylayverib, adoyi tamom böladi. Keyin tirkalgan aybni ham osongina böyniga oladi-qöyadi. Agar çindan ham jinoyatçi bölsa, uzoqqa bormaydi – birdani­ga foş etiş mumkin.

Unga faqat Mujovul eʼtibor berar, qonun vakilining har sözini astoydil maʼqullab turardi. Doktor esa bir olam işi qolib ketayotganidan alağda, şu sabab bir joyda turolmasdi. Qölini avval şimining, keyin baxmal tusli kostyumi­ning çöntagiga solar, böynini qisib qorday oq köylagining yoqasiga işqardi. Advokatning gaplari uni asabiylaştirayotgandi.

– Sizni yaxşi tanişadi, bir suriştirib körmaysizmi, – dedi u advokatga. – Sörang-çi, nimaga çaqirişibdi? Hammamiz işli odammiz, vaqt ketyapti… Kasallar kutib qoldi…

Qonun vakili bu paytda özini jon-dili bilan eşitişga tayyor odam topilganidan xursand holda ayblanuvçi va tergovçi psixologiyasi haqida gapirardi. “Jinoyatçi bölasizmi-yöqmi, tergovçi işni qöpollikdan boşlaydi. Sensiraydi, sökinadi, haqoratlaydi. Yaʼni… avval ruhan sindiradi. Ğöddayib turgan odamni tilidan uşlaş qiyin-da… Ruhi çökkan odamni esa qayirib olsa böladi. Çöntagingiz töla aqça bölsin – özingizga işonç ortadimi? Ortadi. Sariq çaqan­giz ham bölmasa, bu işonç susayib, muttasillik asnosida hatto yöqolib ketadi. Şunday ahvolga tuşasizki, tergovçi bayon qilgan tafsilotlarni heç narsa bilan inkor etolmaysiz. Şuning uçun içkariga kirsangiz tergovçining bu taxlit muomalasidan hayron ham, xafa ham bölmang. Özingizni bosib, bemalol javob qayta­ring. Menimça, sizda heç qanday gunoh yöq… ”

Mujovul bu damda tinmay “Aslo!.. Zinhor!.. Xudo saqlasin…” deb takrorlardi. Doktorning daʼvatidan oğringan advokat şunçaki odam emasligini körsatib qöyişi kerak edi. Harqalay, doktor işi köpligi vajidan emas, advokatdan köp gapirmay amalda nimadir qilişni talab qilayotgandi.

Qonun vakili bu tor joyda tovuşi kimgaça yetib borişini çamalab kördi. Bu taxlit imoratlar tarhidan ayonki, yaqin örtada heç kim ularni eşitmaydi. Nariroqdagi asosiy binodan tuşib kelib kerakli gapni yetkazişadi. Şuning uçun advokat ayni çoğda çorasiz edi.

– Tuşişsin, keyin aytamiz, – dedi u “Nima, heç kim yöqligini körmayapsizmi?” degan ohangda. – Döxtir köp-ku, kasallar faqat sizga mahtal bölib qolmagandir?

Keyin xuddi qonun vakili ekani esiga tuşib qolganday dafʼatan söradi:

– Nimaga asabiylaşyapsiz özi? Yo…

Doktorning endi çindan ham jahli çiqdi:

– Tilingizga erk beravermang!.. Bilib turibman qanday şubhaga borayotganingizni. Men doktorman, şahardagi birinçi raqamli doktor. Sohamda menga teng keladigani yöq, buni hamma biladi… Meni ayblaşga heç kimning haqi yöq. Ayniqsa, sizning…

Qörs javob advokatni esankiratib qöymadi. Qaytaga xotirjam torttirdi. Har holda kimningdir tizzasi qaltirayaptimi, öşaning böynida bir illat bor.

– Töğri, birinçi raqamli bölişingiz mumkin, – dedi advokat. – Bu degani aybingiz yöq degani emas.

– Qöying, advokat buva, – oraga kirdi Mujovul. – Gumon iymondan ayiradi, deydilar. Çindan ham, bu kişi taniqli döxtir, bunday odamlardan şubha qiliş durust emas.

– Bölmasa nega siz xotirjam turibsiz? – dedi advokat zaxdan nuragan devorga qölini tirab. – Aybingiz yöq, bilasiz. Şuning uçun könglingiz töq.

U gapini davom ettirolmadi:

– Ey, birodar, işim köp dedim-ku. Kasallar kutib qoldi. – Doktor şunday deya kostyumi­ning tugmasini böşatdi. Uning asabiy harakatlari va oldinga turtib çiqqan qorni advokat eʼtiboridan çetda qolmadi. – Yurak kasali bilan öynaşib bölmaydi. Tomoği yo tişi oğrigan odam kutib turar, lekin yurak işning köp-kam­ligiga qarab ötirmaydi. Taqqa töxtaydi.

Mujovul endi doktorni maʼqullay boşladi: “Töğri, har kimning rizqi uzilsa, bunga çora yöq”. Advokatning esa doktor mavzuni çalğitayotganidan xunobi oşardi. Ayni holatda u aybdorni şu yerda aniqlab, özining aybsiz­ligi uçun taraddud körayotganday edi. Mujovul ham buni sezdi va uning qiliqlariga ortiq eʼtibor bermay qöydi.

– Men bir narsaga tuşunmayapman, – dedi ança xotirjam holda doktor. – Mana siz, advokatsiz. Huquq himoyaçisi. Lekin nimaga menga yopişib oldingiz, hayronman. Tergovçi emassiz, sud emassiz. Aybim bölsa, javob berarman. Asabiylaşyapti emiş… Aslida siz köproq jiğibiyron bölyapsiz! Özingizni tutişingiz nomaʼqul iş qilib qöyib, aybini birovga tönkagan yoş bolaning qiliğini esga soladi…

– E-e, aqlingiz joyidami? – dedi pinagini buzgisi kelmay advokat. – Nima deyayotganingizni öylab köryapsizmi? Men şunça yil qonunni örganib keldim, uni buzişni emas. Kim sizga yopişib olibdi? Şunçaki nega asab buzayotganingizga qiziqdim. Şunga şunçami? Xöş, nimaga jahlingiz çiqyapti?

Şu damda şiftdan bir bölak ohak parçasi şip etib yerga tuşdi. Hammaning nigohi unga qadaldi.

– Zaxdan, – dedi advokat. Idora nufuzidan boxabar kişi u joylaşgan bino bu qadar putur topib borayotganiga hayron bölişi tabiiy edi. Mujovul şiftga qararkan, devorni urib kördi. Xuddi şuni kutib turgandek neça asrlardan buyon qulflab taşlanganday va undan heç bir jonzot kirib-çiqmaganday taassurot uyğotuv­çi köhna eşikning oğir ovozi jarangladi va mahkama xodimi çiqib keldi. Mujovul devorga muşt tuşirganimni xodim körmadimikin, deb qölini orqaga yaşirdi. Xodim esa uvalanib ketayotgan devorni teşar darajada tikilib, aynan unga söz qotdi:

– Siz! Men bilan yuring…

Mujovulning rang-tusi öçib, hammaga bir-bir qarab çiqdi. Nimalarnidir piçirlagança xizmatçiga ergaşdi. Qovoği soliq xodim zang­lab asl tusi bilinmay ketgan eşik tutqiçidan uşlagança Mujovulning içkariga ötişini kutdi. Doktorning “Bizni nimaga çaqirişibdi, bilmaysizmi?” degan söroğiga heç qanday javob bermay eşikni qars etib yopdi, yana qum zarralari yoğildi.

“Qumdagi ayol…”. Advokat şu nomdagi kitobni öqigandi, soçi va yelkasi oşa tuşgan zarralar öşa taniş bitiklarni yodiga soldi.

…kutilmagan tasodif bilan biz ham asir tuşgan körinamiz. Faqat asir oluvçi jonon emas, qovoği uyuq xizmatçilar…

Yölakdagi ikkovlon qönğirtob-yaşil tusdagi temir eşik çiqargan zingillagan tovuşga diqqat bölib turişarkan, bu ovoz xuddi Mujovulga öqilgan hukmday jarangladi. Sud jarayonlarida baʼzan, hatto aksar hollarda boy berişga örganib qolgan advokatga bu yomon taʼsir qildi: devorga suyangança xuddi yana yutqazib qöyganday xomuş bölib qoldi.

– Bizga qanday ayb qöyişni bilişmayapti şekilli, – dedi birozdan keyin u hazil qilişga urinib. Uning boyagi beöxşov gumonidan doktorning ğaşligi haliyam tarqamagandi, şu sabab heç narsa demadi.

– Ha, menimça, bizni birozdan keyin qöyib yuborişadi, – gapida davom etdi advokat. – Ang­laşilmovçilik har joyda böladi. Aybimiz yöq, nimasidan qörqişimiz kerak? Mujovulni qarang jim turişini. Kim nima desa maʼqullab turibdi, pismiq. Avval boşdan yoqmagandi menga şu nusxa. Qilğilikni qilib heç narsa bölmaganday turişini köring buni…

Ayni damda esa Mujovul dim va böğiq xonada havo yetmayotgandek pişillab nafas olayotgan xizmatçining çöççaygan oğziga ilhaq qarab turar, qimir etmasdan toşday qotgandi göyo. Semiz xizmatçi oldida uyulib yotgan qoğozlardan boş kötarmay nimanidir astoydil izlardi.

“Bugunlar topolmasa kerak, – öyladi Mujovul. – Bormisan, yöqmisan ham demaydi-ya!..”

Taşqaridagi havoga izğirin ignalari soçib yuborilgan bölsa, xona issiqqina, xodimlar ham köylakçan yurar, ovozi pasaytirilgan televizorda qiyşanglagan gavdalar, bir qaraşda na erkak, na ayolligini bilib böladigan nusxalar göyo dunyo faqat şulardan tarkib topgan kabi bot-bot körinar, qizğiş javonda nomiga taxlangan qalin kitoblar har qanday hukm öziga qarab çiqarilişini bilganday vazmin turardi. Nihoyat izlagani topildi, şekilli, xizmatçining çöççaygan oğzi ikki tomonga qarab kamon şaklida yoyildi, keyin qarşisida qaqqayib turgan kişi öz xonasiga qanday kelib qolganiga tuşunmaganday hayron bölib qaradi.

– Şu desangiz, tuşdan keyin qorin şişib ketadi-da…

Xizmatçining kutilmagan gapi Mujovulni esan­kiratib qöydi. Piçing qilyaptimi, yo kinoyami, tuşunolmadi. Çindan ham, taşvişda turgan odam birovning qorni haqida qanday öylab körsin va nima desin?!

– Bilmasam, taqsir. Köp ötirib işlasangiz kerak-da.

– Şu-da, köp ötiramiz. Boşqa iloj yöq. Manavi qoğozlardan qoçib qutulib bölarmidi? Lekin şu… odamning kuçini olib qöyadi-da. Har ön-ön beş daqiqada divanga çözilmasam bölmay qoldi. Yotsam, bilinmaydi. Ötirsam, belimdan böğzimgaça qattiq bir oğriq bor.

– Unday bölsa, döxtirga körinmasangiz bölmaydi…

– Siz-çi?.. Döxtirmasmisiz?

– Yöq, taqsir…

Xizmatçi çiziqsiz, yaltiroq peşonasini biqqi barmoqlari bilan muloyim silab, ozgina öylandi va dedi:

– Menga döxtir keldi, deyişgandi… Siz nima qilib turibsiz unda?..

– Çaqirişgan ekan… Ançadan beri eşik tagida kutdik, keyin şu yoqqa boşlab kelişdi…

Endi xizmatçining muloyimligi yöqoldi, yuzi qahrli bir tus oldi:

– Ha, bilmaysizlar-a, bilmaysizlar. Qilğiliqni qilib, göyo heç narsadan xabari yöqday tu­rasizlar. Nima, biz begunoh odamni özimizdan özimiz söroqqa tutaveramizmi?

– Yöq-yöq, – hovliqdi Mujovul. U vaziyat çigallaşayotganidan xavotirga tuşib qoldi va boya advokat uqtirganlarini esdan çiqarganini angladi, tiliga tuzukroq söz ham kelaolmadi. Uni muşkul holatdan xizmatçining özi qutqardi:

– Nima iş qilasiz özi?

– Şu… özimizning masjid, qabristonga qarab yuramiz…

– Tutlar kesilib ketdi-a? – söradi xizmatçi. – Şohariqning böyidagi tutlarni aytaman. Bir körganimda içi ğorning oğziday bölib ketgan ekan. Qurisa kerak deb qöygandim.

Xizmatçi bilan suhbat xuddi şaxmat öyiniday edi. Kuttirib-kuttirib, qorni şişganidan söz oçadi, jinoyatda gumon qila turib, masjiddagi tutlarni suriştiradi. Bu yoqda birovning joni böğzida-yu, nafasi halqumidan zörğa ötadigan kimsa qandaydir tutning taşvişini qilib tursa. Tanasi boşqa dard bilmas deganlari şu-da. Har holda u gumondor. Biroq xizmatçining tund qiyofasi sal yorişgani Mujovulga ozgina işonç berdi:

– Yö-öq, u tutlar hali köp yaşaydi… Eskida birovi qöporib taşlayman deb buldozer minib qasd qilgan ekan, deng. Öşa payti tili tortib qolsa-da. Ming yillik tutlar, birovdan oş-non sörayotgani yöq edi, kamiga soya-salqinini ayamasdi. Şu­ning uçun buldozerçiga heç kim­ning yordam bergisi kelmadi. Qayerdandir qoşiq topib, oğziga solişgandi, baribir kor qilmadi…

Buni aytişga aytdi-yu, birdan qayerda va qan­day holda turgani esiga tuşdi. “Ha, öl-a, – dedi içida. – Sendan birov şuni sörayaptimi? Tili tortib ölganmiş, heç kim yordam bermaganmiş. Şuning özi jinoyat-ku… Tiling bo­şingga yetmasa görga edi. Lekin u voqeaga uzoq yillar bölib ketdi, endi nimaga kerak böldiy­kin?.. Bunisi mayli, nimaga mendan şubha qilişyapti? Bir aybim – guvohligimmi…”

Xizmatçi boya topgan qoğozidan köz uzmay – tabiiyki, Mujovulning öylaridan bexabar edi – osoyişta ohangda yana suriştirdi:

– Qabristonda nimalar bölyapti? Har xil gap-sözlar yuribdi…

Şu gapdan keyin Mujovulning mahkamadagilar hamma narsadan xabardor-u, atayin sinab körişayotganiga işonçi komil böldi. Advokat aytganiça bor ekan, bular gapning pöstkallasini aytiş örniga bir beçorani ahmoq qilib ötirişibdi. Bilganini sir tutib, qarşisidagi kişining özini tutişini: dovdiraşi, kalovlanişini kuzatişdan maroq tuyiş faqat şu toifaga xos bölsa kerak.

Mujovul endi amin edi: qilmiş – qidirmiş. Axir, qaçongaça hammaning köziga binoyiday hayot keçirayotganday, jamiyat örnatgan qoidalarga zid yaşamayotganday körinib yurardi? Töğri, qotillik qilmagani aniq, aslini olganda, u odam bölib birovga qöl kötargan zot emas. Xudodan emas, şunçaki odamlardan qörqqani, ularga özining ham hayotda borligini isbotlaş uçun din yölini tutganidan köz yumolmaydi. Şunaqasi ham böladi-ku: ayrimlar Xudodan qörqişi barobarida uning kalomini takrorlab turadiganlardan ham hayiqadi, buni havas yoki hurmat deyiş ham sal qiyinroq, töğriroği, yomon duo qilişlaridan yoki qarğaşlaridan çöçişsa kerak – tuşunmagandan keyin turfa qaraşlar paydo bölaveradi. Oqsuyaklik degan niqob esa möl imkoniyatlarni tuhfa etadi, kimki özini şu narsalar bilan ihotalab olgan yoki buni bot-bot taʼkidlaşni xuş köradimi demak, u hayotda munosib örin topmagan, istaganiga eriş­magan. Hammasi keyin boşlanadi: uç-törtta oyat çala-yarim yodlanadi, davralar töridan joy olinadi, hayotda örnini topganlar, istaganiga erişganlar bilan quda-anda tutiniladi… Bu katta ayb sanalmasligining boisi şundaki, bir odam jamiyatdan ajralib qolmaslik, lozim bölsa, ozgina ustunlikka ega böliş köyida nimadir öylab topsa va bu qonun mezonlari-yu axloqqa zid kelmasa, uni keçiriş mumkin.

“Kulrang-qoramtir bulutlar tarqamagan öşa töpolonli kun juda rasvo böldi, bunday bulutlar odatda yomğir keltirmasligi bois juda yoqimsiz, buyam yetmaganday odamni behol qilib qöyadi. Kökka öqtalgan muşt kabi kallaklangan tutlar oralab quyoş ojiz bir tarzda botarkan, buni lanjlik bilan kuzatib turardim, – öylardi Mujovul. – Yurakni ezadigan bunday kunda nimadir yuz berişi kerakday edi. Aslida öşa jinoyat haqida özim kelib xabar berganim yaxşi ekan. Mana endi tavqingga “odam öldirgan” degan laʼnatni ham ilişmoqçi… Bunday bölarini tuş köribmanmi. Aslida u voqea ham tuşday bir gap.

…Oxirgi vaqtda qabristonda öğirliklar köpa­yib qoldi, kimning bunga qöli boryapti, heç aqlim yetmasdi – qaysi noinsof kelib-kelib ölikmakondan narsa öğirlaydi? Serhaşam marmartoşlar, qurbonlikka deb keltirilgan benuqson qöy-qözi, ehson qilingan pullar boşda oz-oz, vaqt ötib tag-tugi bilan yöqolib qola boşladi. Öğirlikning odamlar endi-endi meni “eşon buva”lay boşlagan paytiga töğri kelganini qarang. Bu zamonda aybdor bölişdan osoni yöq, şuning uçun narsalar yöqolayotgani haqida eşon buvani ogohlantirib qöydim. Töğrisi, keyingi paytda eşonning ham munosabati özgargan, çamasi, bunga tuşum kamaygani sabab edi. “Bilmasam, sizning vazifangiz, qarang, oldini oling!..” dedi u ğudurlab. Qöşni çöpondan daştda yurgan bir itini ijaraga olib, ehson qutisining yaqiniga boğladim. Ammo itning yer tirnab, tiş kerişi ehson qiluvçilarning qadamini uzişini öyla­mabman. Eşonning esa noroziligi battar ortdi: “Es bormi, es, kuçukka balo bormi?!”

Itning örnini özim egalladim, qölim boşqa işda bölsayam, közim, dilim qutida. Ammo keçga borib qutini oçarkanmiz, içi qup-quruq çiqadi. Balki ustomonlar yölini qilib özini pul taşlayotganday körsatib içkaridagi pulni suğurib ketayotgandir, na aybdorni bila olaman, na öylab öyimga yetaman. Eşonning esa tajang­ligi avjiga mingan. Kamiga qutiga qo­rovullik qilgan kunim, marmartoşlarni ömarib ketişadi, toşlarga qarab çiqsam, qöradagi qöy-qözi gum böladi.

Bir muddat avval mozor atrofini devor bilan öraş boşlangan, kattakonlar bir körib ketganidan keyin quriliş negadir töxtagan – balki ularga nimadir yoqmagandir, xudo biladi – oz-moz şağal, ğişt qolib ketgandi. Bitta-yarimta köta­rib ketib, javobgar bölib qolmay deb (har holda bu davlatning mulki!) şu taqir-toşlarni ham qörib çiqdim. Yaqin-örtada şoqolning uvillaşi, bunga javoban qişloq itlarining jörovoz vovullaşi demasa, keça tinç-taşvişsiz edi.

Qum-şağaldan xabar olib, yölni yaqinlatiş köyida mozorni qiyib çiqayotgandim. Dömpaygan qabrlar orasida bir narsa qorayib körinarkan, tanam böylab tomir yoyib bir titroq yugurdi. Kamiga qayerdadir, juda yaqinda it ulidi. Çigirtkaning çirillaşi ham qörqinçli tuyuladi, çumçuq pir etsa, yurak şir etadigan, nainki bu, tars yoriladigan holat. Nogahon xayolimga keça bir kampirni yerga qöyişgani, qorayib köringan narsa yangi qabrning tuproği ekanligi keldi. Tanamdagi qörquv osmonga dovur yetib bordi çamasi bulutlarni yirtib, oy köriniş berdi, şundanmi könglim biroz yorişganday böldi, titroq ham ozgina bosildi. Qoraygan narsa haqiqatan ham, yangi qabr ekaniga özimni işontiriş köyida şu tarafga qarab yurdim.

Oyoqlarim bir-biriga çalişib, görga yaqinlaşarkanman… uning dömpayib körinayotgan tuproğidan odam şaklidagi qora bir şarpa ajralib, mozor darvozasi tomon öqday uçib ötdi. Jon holatda qiçqirib yubordim. Yuragi yorilib ölgan odamlar holatini his etarkanman, bir muddat heç narsani anglolmay, tilim aylanmay qoldi. Odam tuşida köp voqealarni köradi-yu, aslida u bir lahzada ongda köriniş bergan taassurotlar yiğindisi böladi-ku, men ham şu holda edim. Endi öylasam, öşa voqea juda qisqa muddatda bölib ötgan, qörquv sabab uzoqday tuyulgan ekan.

Boyagi şarpa öqday uçib ketarkan, nimagadir qoqilib tuşdi va “he onangni…” deya yerga çözilib qoldi. Birdaniga tanamdagi bor qörquv qayergadir çekindi, çunki orada kulgi, kulgili holat paydo bölgandi. Aslida nega qörqqandim özi? Dastavval, xayolimda gördan murda çiqdi, degan fikr jonlangandi. Yo şarpani jin-alvasti deb öylagandim. “Onangni…” deb sökinyaptimi, bularning heç biri emas.

Nihoyat, öğri qölga tuşgan edi. Oylar davomida tinçimni buzgan, eşon oldida meni öğriga çiqarayozgan, ölikka mansub narsa­lardan, ehson qilingan pullardan hazar qilmaydigan jirkanç kimsa oyoğim ostida osmonga qarab ixrab yotar, tusmolimça, çökib yer bilan deyarli baravar holga kelgan köhna qabrtoşga töqanab, muvozanatini yöqotgandi.

Ğazabdan böğriqib, yoqasidan çangalla­gança zilday gavdasini tortib turğizarkanman, bunça kuç özimga qayerdan kelganiga hayron bir tarzda uning qölida nimanidir mahkam uşlab olganini payqab muştim bilan şu çangalga urib holsizlantirdim. Panjalar oson oçildi, qölimga tekkan şilimşiq narsadan ijirğanib, poyimda latta qöğirçoqday şalvirab turgan kimsaning böynidan battar qisgança uni oy yoruğiga tutib körişga ham hafsala toparkanman, xayolimda yoysimon bu narsa keça kömilgan kampirning oğzidan öpirib olingan tilla tişlar ekani xususidagi fikr yaşinday yarq etdi; seskanib tişni uloqtirgança bu qadar qabihlikdan tap tortmagan, ömarayotgan şunça narsasiga qanoat qilmay endi öliklarni ham bezovta qila boşlagan nusxa bilan közma-köz böldim va… boyagi omburday mustahkam qölim jonsiz bir holda sirğalib tuşdi, göyo içi böşatilgan qopday hilvirab qoldim. Qarşimda… özim… turardim…”

Yana qayta qoğoz titkilaşga tuşgan mahkama xizmatçisi zör berib kerişdi-da, kreslosidan sirğalib sal naridagi divanga çözildi.

– Quriliş nega töxtab qoldi? – söz qotdi u yotgan joyida. – Pulni yeb yuborişgan degan gaplar bor. Siz nima deysiz?

– U işlarga aralaşmadim hisob. Hovlida ozroq qum-şağal qolgan, şunga qarab qöyamiz.

– Ha, heç kim tegayotgani yöqmi? Anavi… telefonni uzatib yuborasizmi…

Xizmatçi öz istagi Mujovul tomonidan bajonidil röyobga çiqarilişini kuzatib, yotgan joyida raqam terarkan, behafsala şiftga, xona devorlariga köz yugurtirardi.

– Ey, menga qaranglar, Mujovulni kim ça­qirgan özi? Birortang yomon tuş körib, is-pis çiqarmoqçimiding?.. Qaranglar-da endi…

Xizmatçi trubkani xuş kayfiyatda joyiga qöyarkan, dedi:

– Bilmaymiz deyişyapti. Nima bölardi, quruvçining işi böyiça çaqirgan-da. Xöp, siz boravering-çi… Lekin befarq bölmanglar öğri-muttahamlarga…

Mujovul taniş yölakdan çiqib borarkan, advokat çetroqda taxlangan eski-tuski taxta bölaklarini yerga yoyib yotib olganiga, doktor­ning esa bir çekkada qunişib ötirganiga közi tuşdi. Doktorning savol ohangidagi qaraşiga “Şunçaki, boşqa masalada çaqirişgan ekan…” – deya javob berdi.

“Doira toraydi, – xayollandi doktor. – Demak, qotillikda ayblanayotgan özi. Bölmasa nega advokat bu qadar xotirjam, dunyoni suv bossa töpiğiga çiqmaydi? Özidan gumon qilişlariga esa asos yöq, şu vaqtgaça biror bemor uning iştirokida ölim topmagan. Faqat…

“Hali hayotdan darak beruvçi yurak zarblarini titroq barmoqlaringda his qilarkansan, bu qöllarda heç qaçon heç kim ölim topmaydi, deya vijdoning oldida içgan qasaming yodingga kelar, ayni damda qoniga bökkan şu yurak egasi bir vaqtlar hayotingni bağişlagan, özli­gingni unuttirgan malak qalbini zabt etganini öylab, turmuşingga tutaşişi lozim riştalar devor oşa boşqa böğotlarni közlagan kadi palaklari singari butkul özga yerlarga tarvaqay­lab ketgani-yu, mana bu yarimjonning nimasi sendan ustun ekanligiga tuşunolmasding, vaholanki, uning bir umr haydovçilikdan boşi çiqmadi, suyukligingga qanday “jannat” yaratib bergani ham Xudoga ayon, mana endi avtohalokatga uçrab uni yarim yölda ojiz va mahzun holda taşlab ketyapti; yillar hukmini ötkaza boşlagan bölsa-da, kimdir xonangga taşlab ketgani – suratda körganing – kelinlik libosida yaşnab turgan suyukliging (uni şu libosda körişni qançalar orzu qilarding!) bilan qöl uşlaşib turgan nusxaning birinçi közga taşlanadigan öşa jingalak soçlari, jarrohlik yoritgiçida yaltirab turgan qoramağiz yuzi hanuz özgarmagan va bu qoramağiz jingalaksoç bilan hisob-kitob oni qaçondir yuz berişini bilarding, orzu-umidlaringni çilparçin qilgan bölişiga qaramay, aynan u hayot pillapoyala­ridan dadil kötarilişingga sababçi ekanidan esa yuz ögirolmaysan, u bois köp xotiralar qalbingda uzilmagan gul orzusi kabi tiniq, pokiza saqlanadiki, bir vaqtlar tut soya solib turgan deraza yonida daraxtdagi marvaridlarga tikilib orzu qilişdan çarçamasding, bugun iqrorsanki, hissiyotdan köra aql ustunlik qilardi senda – butun qişloqni tillarang iforga böyab, sehrli körinişga keltirgan şafaq yolqinini sevgiling bilan mayin şabada kezgan baland tepalikda turib kuzatarkansan, şovullayotgan terakzor böylab oqayotgan şoşqin soy yoqalab velosipedda borayotib uning şamolda yayrayotgan gungurt soçlari yuz-u közingni silab ötarkan, piyozdoğ hidi anqigan tunçökarda tizza qadar keladigan qor uzra yugurib, ilk bora bağringga bosarkansan, baribir, yoring özini baxtli sanaşi uçun hayotda örningni topib, kam-köstsiz muhit yaratiş zarurligini anglab turarding – tut salqinidagi xonadan çiqmay kitoblarga berilganing boisi şu edi, asli munosabatlar çigallaşuviga ham kelajakni haddan köp öylaganing sababmidi: u seni bugun bilan yaşamaslikda ayblardi, köproq vaqtingni unga ajratişing, öynab-kulişingni istardi, ertaga umr yöllari boğlanganda ham şu – qoğozlardan uzila olmasligingdan hadiksirardi balki; nihoyat, öqişga kirib uzoq manzil sari otlanganingda esa uni körmay ketolmasding – ahd-u paymon qiliş, u kutişga, sen unutmaslikka vaʼda berişing kerak edi, bilet tungi poyezdga bölgani uçun kuzning ğamgin nurlari sezila boşlagan, olam puştirang tusda tovlanayotgan bir çoğda taniş majnuntol tomon sekin qadam taşlab borarkansizlar, mutlaqo keraksiz narsalar, keçki poyezdda ketişing, yöl uzoqligi, ijarada emas, yotoqxonada turişing, özing bilmagan öqiş va yana bir balolar haqida poyintar-soyintar gaplar aytib valdirading, “Endi dekabrda körişamiz”, deganingda ham u jim edi, ehtimol, dekabrgaça qança vaqt borligini çamalardi – uning oldida aybdorday sezarding özingni, taşlab ketadi, deb qörqardi u, biroq sen uni emas, u seni taşlab ketdi (balki yuz ögirdi desak töğri bölar), umringda ilk marta uyingdan uzoq, musofirlikda özga manzil-makon, hissiz qiyofalar aro ezilib, buning ustiga uzoq poytaxtda qaçon öqib odam bölişingni kutayotgan muştoq ni­gohlar yöqligini anglab yaşarkansan, ustingdan kulişganiga, heç kimga keraksiz buyumdek axlat qutisiga uloqtirib yuborişgani­ga çidolmasding: buning uçun bir kun afsus çekişlari, hali hammasiga javob berişlariga şubhang yöq edi, göyo barçasi işq-muhabbat mavzusidagi kinolardagidek bölardi: sen öqib, juda boyib ketasan, uzatgan joyga qöling yetadi, maşina, uy, suluv xotin, bir paytlar kelajagingga şubha qilib, pisand etmagan ayol senday odamni kutmaganiga, hayot yöllari boğlanişini istamaganiga ming puşaymon böladi, qay tasodif bilan yuz körişib qolasizlar-u, taqdir ato etgan neʼmatlar u bilan yaşaşdan köra ança yaxşiroqligini taʼkidlagan kabi uning yonidan befarq ötib ketasan; ammo köp marta xayolingdan ötgan bu yakundan biror qanoat tuymaysan: axir, u toğasining qölida ösgan yetim qiz edi, ixtiyor özida emasdi, xohlaganiga, istagan vaqtida turmuşga çiqa olarmidi, eri şirakayf holda birovni turtib yuborgani, keyin yengil­tak ayollarga ilakişib, rözğorni abgor qilganini eşitganingdan keyingina şu haqiqat bilan yuzma-yuz kelding va birinçi marta özingdan uyalding, aynan seni deb yetimlikda ösgan qizning boşidan taşviş arimadi, sen esa öşanda yo öqişni, yo qizni tanlaşing kerak edi, balki uzoq poytaxt, öqiş kutib turar, ammo u kutolmasdi, yangasi-yu toğavaççalarining qoş-qovoğiga qarab ortiq yaşolmasdi, senda qatʼiy qaror bölmaganidan keyin nima qilsin edi, boşdagi qasos öti vaqt ötib, rahmdillik bilan almaşarkan, qaçondir körişsang, tazarru etiş istagi ham yöq emasdi, asli xato sendan ötgani, tavakkal qilişga qodir bölmaganingni aytişga neça bor hozirlangan kunlarning birida oğir jarohat bilan voqea joyiga yaqin kasalxonaga keltirilgan bemorga nazar taşlarkansan, qoni hali qotib ulgurmagan öşa taniş yuz egasini körib, ixtiyorsiz bir tarzda yordamga şoşilding; jarrohlik tiği, kesişlar, apparatlar­ning çiyillaşi, yuqoridan tuşayotgan nur va barmoqlaring har zamonda tegib ketayotgan, soniya sayin hayot unsurlari tugab borayotgan yurak birdaniga avvalgi keçmişlaringni yodga soldi, bir vaqtlar ahmoq bölib qolganing, seni tuflab taşlaşgani fikr-u yodingni zabt etdi, qaroğingda asraganingni qora qoniga belanib yotgan mana bu kimsa toptab xor etgani ğayirligingni battar oşirdi, holbuki, heç qaçon xato qilmaslik haqida xususiy onting bor, boz ustiga döxtirlar orasida birinçi raqamli eding va yuz berajak ölim şuhratingga soya solişi aniq edi, ammo senda hissiyotdan köra aql ustunlik qilişini tevaragingdagi yordamga şay xodimlaring bilişmasdi…”

Devor orasidanmi, pol ostidanmi çiyilla­gan ovoz eşitilar, siçqon yo kalamuşlarning dukurlab çopgani quloqqa çalinardi. Tuynukdan tunday qora qarğalarning bugungi safari qariganini anglatuvçi köngilga xijillik beradigan manzara közga taşlanar, göyo butun olam zulmat qaʼriga singib borardi. Advokat hali u – hali bu tomoniga öngarilgança sotqinlikda ayblanib, mahkumlarni zindondan qutqarişga uringan bobosi haqida tuş körar, benihoya bezovta edi. Birovning tuşiga möralaş naqadar xijolatli bölmasin, bir vaqtlar masjid bölgani odamlar xotirasidan öçib ketgan zindondan qoçiş rejasini tuzgan mahbuslar keçmişi şu qadar qiziq edi. Qatağon yillarida mahbuslar köpayib ketganidan har kameraga ön-ön beşlab odam qamab taşlangan, joy tanqislaşgan çoğlar ular töda-töda otib taşlanar, asli bunga u qadar ehtiyoj ham yöq, köplab mahbuslar oçlikdan sillasi qurib, yo bölmasa kasallikdan ölib ketardi. Hammasi bir vaqtlar tahoratxona bölgan kamera devoridagi tirnalgan, öyilgan minglab bitiklar orasida arab imlosida qon bilan bitilgan “b”, “ş” va “r” harflaridan kimdir maʼno qidirib qolganidan boşlandi. Qaçonlardir ohaklangani odam qöli yetmaydigan şiftga yaqin joylardan körinib turgan devordagi ismlar, xotiralar, orzu-umidlar, kundalik mayda-çuydalar bilan töla keçmişlar orasidagi bu yozuvni şu paytgaça birov “başar” deb öqib mahkumlik insoniyat boşidagi körgilik qabilidagi xulosaga kelgan bölsa, boşqa birov “Başir” degan mahbus şunçaki ismini yozib qöygan, xolos, derdi. Aslida uning qon bilan yozilganini aytmasa, diqqatni tortuvçi aytarli xususiyat közga taşlanmas, köpçilik nohaq ayblangani va endi şu joylarda ölib ketajagini öylab bu kabi mayda narsalar haqida boş qoti­rişga özida majol topolmasdi.

– Çiqiş yöli bu, – dedi ösib ketgan soç-soqol orasida qatʼiy nigohlari börtib turgan mahbus. Kelgan vaqti – ikki oydan buyon lom-mim demagan odamning kutilmagan gapi eʼtiborni tortmay qolmadi. Çamasi, u uzoq öylangandi: balki yozuv sirini, ehtimol qanday qilib bölmasin bu yerdan qoçişni. Har holda u aytgan taxmin devorning şu qismiga uç-tört kişini jamladi. – Mana qarang, “B”ning tepaga qaragan yarim oy qismi – biz ötirgan joy, ostidagi nuqta quyidagi xonaga işora, “s” – unga yondaş, eniga qaragan uç, yöq, ikki yarim kamera, ustidagi uç nuqta yuqoriga qarab yana 3 xona bosib ötiladi, degani… Qiziğ-a? Oxiridagi “r”ning “dumi” – pastga qaragan keskin qayriliş, yaʼni çiqiş yöli. Ilgari bu yerda tahoratxona bölganini hisobga olib suvning çiqiş yöli bilan borsak, işimiz ança yengillaşadi. Şaharda eskidan yer osti yöli bölganini eşitgan bölsangiz kerak, aytib bölmaydi, balki uning qay bir tarmoği şu yerdan ötgandir.

Aslida heç kimning zindonda ölib ketgisi yöq edi, qolaversa, bu tusmol hazilga ham öxşamaydi, hammaning tepasida bir xatar turganda, boşning birikişi oson bölgani kabi lahm kavlab qutulib ketişga heç kim eʼtiroz bildirmadi. Qöşni kameralarda jismoniy oğriqlardan dilni örtaydigan ingraşlar birin-ketin tina boşlagani­da esa işga kirişişdi. Dastlabki uç keçada odam siğadigan kenglikda böy baravar kavlaşdi (ilgari bu yerdan muttasil suv tuşib turgani sabab iş ança oson keçdi, boz mahbuslar ham köp edi), keyingi kunlar öşa arabça harflarga amal qilib quyidagi xona tarafga yöl oçildi. Ön uçinçi kuni tong oqara boşlagan çoğ “s”ga ötildi va şu yerda hammaning hafsalasi pir böldi – kosa-yu qoşiqlar, temir bölaklari bilan yer kavlayotgan mahbuslar qarşisida ança pişiq toş poydevor paydo bölgandi.

– Yöldan adaşdik, – dedi qora teriga botgan bir mahbus. – Möljal teskari olingan, şekilli.

– Töğri ketyapmiz, – dedi işboşi umidsiz­likka berilmay. – Şunça joy oçildi, yomon işlamadik. Balki şu toşdan ötsak, nariyoği oson ketar.

Köpçilik holdan toygandi, boşida işlab dam olganlar kavlangan tuproqni çiqarib xona böylab yoydi-da, eski-tuskilar bilan ustini yopib, uyquga ketişdi. Uyğonişganda (bu orada ölib-netib qolmadimikan degan xayolda soqçi xabar olib ketganidan bexabar edilar) qölida törvasini qöltiqlagança eşik yonidagi burçakka tiqilib olgan kökköz mahbus turar, közining pirpiraşidan bu yerdagilarga özida heç qanday gunoh yöqligini anglatişga urinayotgani sezilardi.

– Qörqmang, bemalol joylaşib olavering, – dedi sönggi kunlarda kamerada öziga xos mavqega ega bölgan işboşi. – Bu yerda jinoyatçi yöq, hammasi özingizga öxşagan odamlar. Muttaham zoti borki, taşqarida, rohat-faroğatda yuribdi.

Kökköz köp kuttirmadi, törga yaqin joyga örnaşdi. Tun çökib göyo uxlagani yotişarkan, aksar hamxonalarda savol paydo böldi: kökközni işga qöşiş kerakmi-yöqmi?! Bir muddat öylangan işboşi: “Boqibeğam körinadi, kavlayveramiz” degandan keyin galma-gal lahmga kirib, toş yönişga tuşişdi. Birov bir enlik, yana kimdir aytgulik natijasiz çiqarkan, tuynuk oçiş naqadar qiyin bölmasin, bir oylardan keyin poydevorning ikki qariç keladigan joyi öyilib qoldi. Avval hafta-ön kunda kameradan murda çiqardi, qutuliş istagi işonç berdimi, harqalay tuynuk oçişga kirişilganidan beri heç kim öliş haqida öylab körmadi. Bu orada kökköz ham ança moslaşib, kamiga hamxonalarining qoçişga urinayotganlaridan voqif bölib oldi. Endi lahm qazuvçilar orasida u ham bor edi, astoydil işlasa-da, bundan biror naf çiqişiga şubha bilan qarardi, tasodif bilan qutulmasak, yer kavlab qoçib ketişimiz dargumon, derdi u. Bir safar qazişga tuşganida (ulkan poydevor yengib ötilgandi), namlikdanmi, ustiga bir zambil tuproq tökilib tuşdi, jonholatda baqirganini eşitgan işboşi uni darhol qutqarib oldi kökköz qaytib yer ostiga tuşmadi.

“R”ning “dumi”ga kelişgan kunlarning birida qöqqisdan kökköz yöqolib qoldi, bir neça soat ötib qaytib kelgaç, heç narsa bölmaganday tutdi özini – odatda mahbusni kameradan yo otib taşlaş, yo boşqa joyga surgun qiliş maqsadida olib çiqişardi, unga baloyam urmagani boşqalarda şubha uyğotdiki, ozod­likka çiqiş ilinji tobora yöqolib borayotgan asabiy mahkum kökközning naq böğziga çang soldi, “Sotqinlik qilişimni istaşyapti… Bir-ikki hamkasblarni suriştirdi, ularni ham qamamoq­çi” degandan keyingina qöyib yubordi. Qöyib yubordi-yu baribir işonmayotganini bildiriş köyida qanşariga öxşatib muşt tuşirdi. Şu damda tergab ötirişga hojat qolmadi: nihoyat qoçiş yöli oçilgandi. Odatdagidek, tuynukdan işboşining gavdasi körinarkan, u hamon jiddiy alfozda turardi, biroq çiqib olgaç, bir çetda muşt yeyişdan qörqib titrab turgan kökközni kötarib oldi va “Yetdik! Qutuldik!” deya sal qolmasa baqirib yuborayozdi. Şu vaqtgaça ölik sukunat kezgan xonadagilar ot ustida mağrur borayotgan muzaffar sarkarda misol his qilardilar özlarini.

Boşda kelişilganidek, birin-ketin hamma özini tartibga ketirişga tuşib ketdi: birov soqol qirtişlagan, kimdir yirtiq kamzulini yamaşga tuşgan, yana biri hayajondan nima qilişni bilmay har tomonga borib keladi. Har holda taşqariga çiqqanda kişining turqi birovni şubhalantirmasligi kerak, qolganiga Xudo – podşo… Kelişilganidek, dastavval işboşi çiqişi kerak edi – ayni damda uning qatʼiyati qayergadir ğoyib bölgan, neça oylab davom etgan mahkumlikdan söng erk bilan röpara kelib hayajonini bosa olmas edi.

Birdaniga eşik taqillab qoldi.

Hammaning rang-quti öçgan, qutuldik, deb öylaşganida juda yomon narsaga tutilgandek edi. Qiyin vaziyatlarda özini qölga olişni biladigan işboşi eşik tirqişidan taşqariga qararkan, körgan manzarasidan lol edi: yölakni töldirib göyo soqçilar qöşini turar, göyo ular qoçişga heç qanaqasiga imkon qoldirmasdi. Işboşi ortiga ögirilib, öljasiga otilgan qoplonday kökközga taşlandi, qolganlar nima bölgani­ga hayron turar, içkaridagi şovqin soqçilarni ham harakatga keltirgan, taqillaşlar kuçaygan, köpaygan edi. Bir neça soniyada eşikni buzib kirişdi, yana birozdan keyin qoçoq-mahkumlar qöli boğliq holda kaltaklar zarbidan sulayib yerda yotar, kökközni oldinroq olib çiqib ketişgandi…

Advokat oilasi tarixiga bobosining şonli ötmişi, zindondan qoçiş yölini topgani haqidagi voqelik bitilgan, bu katta sarmoya evaziga naşr qilingan kitobda ham ifoda etilgandi. Advokat farzandlik burçi sifatida qatağon qurboni bölgan bobosi haqida maqolalar yozar, intervyularida aytgan, tuzum jabrini çekkanlar safida doim u oldingi örinda. Biroq advokatning közi kök ekaniga heç kim eʼtibor bermaydi va kökköz mahbusni faqat ugina tuşlarida körişidan zoti mardumning xabari yöq.

…Kun qaytardagi uyqu bexosiyat böladi, de­yişadi, garçi osmonda ançadan beri quyoş körinmagan bölsa-da, advokatning uyqusi şu vaqtga töğri kelgani bois lohas bir holda uyğondi. Dastlab qayerda ekanini tuşunmaganday turdi, sal narida öylanib turgan döxtirni körib, “odam öldirilgan” degan ayblov bilan özlarini uşlab turişgani xayoliga keldi, Mujovul körinmayotganiga ajablandi. Şu payt qönğirrang eşik oçildi va qölida qoğoz tutgança bu safar xodim qovoği oçiq holda körindi-da, xuşhol ohangda dedi:

– Keçirasizlar. Anglaşilmovçilik bölibdi. Bemalol uyga qaytişlaring mumkin.

Garçi bu xuşxabar bong yangliğ jarang soçişi kerak bölsa-da, doktor mahzun bir alfozda joyida qotib turar, advokat esa xuddi özining xizmati bilan bu dargohdan qutulişgandek “Aytmadimmi sizga”, degança şaxdam qadamlar bilan tutqiçdan uşladi-da, taşqariga çiqdi.

Bekzod ÖKTAM

“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822

Obuna haqida

Izohlar

Hozirça izoh yöq. Birinçi bölib fikringizni yozing.

Siz nima deysiz?

Izoh tahririyat körib çiqqaç, eʼlon qilinadi.

Şu ruknda köp öqilganlar

Barçasi (258)

Suv. Hikoya

– Öz oyoği bilan jildirabgina kelmagan suv suvlik qiladimi?! Ketaman bu Cahroyi kabirdan… ketama-an-n! Dilşod şunday deya örnidan sapçib turdi-yu, derazadan taşqariga termildi. U avval hovlisidagi qovjirab qolgan…

“Eynşteyn jumboği”

Dekabrning asov şamoli tun bağrida özini har yonga urib, böriday uvillaydi. Uylar ham sovuqdan junjikkanday bağridagi çiroqlarini öçirib, şamolga jör bölib, qoranği tun vajohatini yanada orttiradi. Biroq şu imoratlar…

Uluğbek Hamdam. Yöl (falsafiy roman

Men bir ojiz tomçiman, ammo yuragimda ummon soğinçi yaşaydi. Mavlono Rumiy TUŞDAN OLDINGI VOQEA Ovoz keldi! Ovo-o-oz!.. Eşityapsizmi, ğoyibdan bir ovoz keldi! Dunyolarni töldirib emas, yöq, balki yöl kabi uzun, yöl kabi…