Jan Batist Molyer hikmatlaridan
Işq domiga tuşgan odam qoyaday mustahkam bölişi zarur.
Nimanidir örganganingni biliş naqadar yoqimli!
*
Ayblamoqçi bölgan odamning şoşilişga haqqi yöq.
*
Biz nafaqat qilgan işimizga, balki qilmagan işimizga ham javobgarmiz.
*
Ğiybatga qarşi dorini butun dunyoni aylanib çiqib ham topib bölmaydi. Töğri yöl – vijdonan yaşaş va mayda gap-sözlarni nazarga ilmaslik.
*
Ahmoqona hayot ahmoqona ölimga olib boradi.
*
Vaqtdan yutgan hamma narsada yutadi.
*
Mulohaza közingni oçadi, ehtiros kör qiladi.
*
Muhabbat köpinça nikohning natijasidir.
*
Hasadçilar öladi, hasad esa – yöq.
*
Iş söz bilan oldinga siljimaydi. Gapiriş emas, harakat qiliş kerak. Muammolarni sözdan köra amallar yaxşiroq hal etadi.
*
Eng çidab bölmaydigan narsa – ahmoqning olimligi.
*
Urfga kirgan nuqsonlar fazilat deb qabul qilina boşlaydi.
*
Şunday odamlar bor: birinçi körganingdayoq senda qiziqiş va hurmat uyğotadi.
*
Odamlar eng begunoh işni ham jinoyatga aylantirişi mumkin.
*
Sözning yarmi aytuvçiga, yarmi tinglovçiga tegişli.
Rus tilidan Orif Tolib tarjimasi
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida


