16 daqiqada öqiladi

467 marta körilgan

Qulay. Hikoya

Sanjar Tursunov

U hozir tirik bölsa-yu, lekin közlari körmay qolgan, kimdir öqib berayotgan yoki quloği eşitmayotgan-u, boşqa bir kimdir harakatlar bilan tuşuntirayotgan yo hammasidan benasib – bu dunyodan ötib ketgan, tiriklik daryosi qurib, hayot boği vayron bölgan esa-da – baribir iç-içimdan, u mendan xafa emasday, ha, yozdingmi, mixladingmi işqilib, tagi teşikmasmi, deganday bölaveradi va şuning uçun ham uni sizga taniştirişni istadim.

U özining ismini bu şafqatsiz dunyoyu va unda yaşayotgan tanballarga, işyoqmaslarga, tekinxöru pastkaşlarga, boringki, bori odamzodga Qulay deb taniştirdi. Qutlimurod, Qulmurod, Qulfiddin, hatto Qultoy ham demadi. Keyinçalik unga:

“Nega Qulay? Boşqa ism aytsang, sendan birov hujjat sörarmidi?!” deganimda, indamagan, xiyol qisilgan közlarida şöx tabassum öynab, söng qandaydir maʼyuslik, yöq, maʼsumlik akslangan va men, naçora, unga şu ism yoqsa kerak, degan xulosaga kelganman.

Qulay deganda dastlab köz öngimizda qop-qora yigit gavdalanardi. Böyi Rahim kaltaning quloçi bilan ölçansa, bir yarim, Şodi darozning esa bir quloçiga ham yetmas edi. Har holda, yoşi kattalarning Qulay kalta deganini eslasam – u pakana edi. Ölguday çayir, bilaklari zarang daraxtiday qattiq, hamişa bir xil ust-boşda yurar edi: qora, nöxotday soçmalari öziga yaraşgan köylak, ikki tizzasiyu soni oqargan jinsi şim, ança urinib qolgan katta patinka. Uning bor boyligi, Zulpin kampirning deyişiça, dunyosi – ustida edi. Darvoqe, çiroyli tumor va uni böynida tutib turgan zanjiri ham bor edi.

Momoning aytişiça, uning yoşi mendan katta, menga qaraganda beş-olti tut pişiğini köp körgan ekan.

Qiş körpa-yostiğini orqalab, olis-olislarga ketişga çoğlanayotgan, yer tölğoq tutgan xotinday lopillayotgan, osmon yoş bolaning köz yoşiday yoqimli yomğirini zaminga soçayotgan bir paytda Suvqaynarda paydo böldi u.

– Odam ham şunça tussiz böladimi, – degan Nozim bobo keyinçalik köp afsus qilib, – Özi qora bölsayam, içi oq ekan uni, – deya töy-maʼrakalarda gapirib yurganini hamma eşitgan.

– Qop-qora ekanmi? Keçasi yölingdan çiqib qolsa, biror qoraqönğiz deb bosib ötasan, yo yuraging tars yorilib ölasan, – degan ekan Amrillo taksi hiringlab. Taksiçida namak böladimi, debdi kimdir bolaga rahmi kelib.

– Qorami, xunukmi, alvasti yo ajinami, u endi şu yerda – mening uyimda yaşaydi. Ötinimni olib keladi, bedamni öradi, olmamni teradi, – debdi Karim katta xuddi hozir kimdir ilib ketadiganday, biror nima vaʼda qilib aynitadiganday jahllanib.

Karim kattaning nonini birov yarimta qilmadi, boğiga kirib kelayotgan suvni urib qolmadi, bilʼaks, yarim nonni butunga, bir ariq suvni tölib-toşişiga hissa qöşdi – Qulay umumiy mardikorga aylandi. Kimning uyida, boğida, dalasida işi bölsa – ötoqmi, ötinmi, yer ağdarişmi, çakana qöy boqişmi – saratonni issiq demay, qahratonni sovuq demay, berilgan haqni Karim katta qançalik oğrinmay işlatsa, Qulay heç xafa bölmay, jilla qursin, böyin tovlamay odamlarning işini qilib yuraverdi. Ora-sira töy-haşam, bayram, hayit bölib qolsa, unga xudo beradi – töyib ovqatlanadi, öynaydi, içadi va “Heç kimga maʼlum emas, holi parişonim mening”, deb qöşiq boşlab yuboradi. “I-ye, bu qip-qizil artist ekan-ku! Qani, bir qöşiq aytsin!” deya baʼzi hangomatalablar örtakaşga uç-tört söm qistirib, navbat olib berişsa, tap tortmay mikrofonni oladi-da, öşa bir misra qöşiqni takror-takror aytadi. U yoğidan ötsangiz ham, bu yoğidan ötsangiz qöşiğini kuylayveradi, bitta söz qöşmaydiyam, tuşirib ham qoldirmaydi. Tebranib turaveradi. Kuraşlarda ön bor yiqilsa ham yana olişadi. Köpkariga esa… biror marta bölsin borgan emas. Öşa tun, nega köpkariga bir martayam bormaysan, deganimda, otlar tuyoği ostidagi uloqni körsam, titrab ketaman, degan edi.

Endi, yaşirib nima qildim, avvallari u bilan salomlaşişdan or qilganman – ijarğanişmi, mensimaslikmi yoki ha, uni özimga teng köriş u yoqda tursin, gapimga ham ravo körmaganman. Ota-onasining bağrida qorni töq, usti but, uçqur orzular oğuşida ulğayayotgan bizdek ösmirlar qayoqda-yu, u qayoqda?! Lekin…

Lekin özing istagan çiziqdan emas, avvaldan belgilab qöyilgan yöldan yurişingni kim bilibdi, deysiz?

Qişning çillasi edi.

Onamning tobi qoçib, kulçaday bölib olgan, oh ölaman, deydi tölğonib. Otam nima qilarini bilmay, nuqul peşonasining terini artar, singillarim çirqillab yiğlardi. Men bölsam, xuddi böğziga piçoq tortilayotgan qöziçoqday çorasiz – kimga, kimgadir najot nigohi bilan boqaman-u, ammo öşa nigohning ayni damda yöqligi vujudimni muzlatib yuborgandi. Şu çoğ otam taraddudlanib:

– Böldi, böldi! Yiğlamanglar, men hozir döxtirni opkelaman, – dedi.

Göyo hozir otam ketsa, onam ölib qoladigandek, faqat otamgina uni saqlab turayotgandek eşikka otildim:

– Siz ötira turing, men… özim olib kelaman…

Otam, çamamda: qörqmaysanmi, yöl-yölakay Nodir örtoğingni olib ket, dedi. Ammo men yolğiz özim, katta köçadan yugurib borardim.

Kasalxona qişloqning quyruq tomonida bölib, uning keng hovlisi daştga tutaşib ketgan edi. Tun zim-ziyo. Maydalab qor yoğib turar edi. Ikki qadam narini körib bölmas – köp ötganim, yodimda örnaşib qolgani uçungina yöldan qoqilmay odimlardim. Şifoxona bilan bizning mahalla örtasini daryo ajratib turardi. Köprikka yetganimda, bilmadim, negadir oyoqlarim özimga böysunmay qoldi, soçlarimni tikka – xuddi jayraning sixiday bölayotganini ham sezdim-u, beixtiyor yuragim  “şiğ” etdi va bir muddat butun badanim muzlab ketganini his qildim.

Mendan ikki qadam narida – bir juft köz yaşil çiroqday yonib turar edi. Böri! Xayolimga kelgan birinçi söz şu böldi va endi meni tilka-pora qilişini öyladimmi, yo közimga körinib ketdimi, har holda, ado bölgan edim. Göyo oyoq-qölim qotib qolgan-u, faqat köz oldimdan tasvirlargina lip-lip ötib turardi. Esimni taniganimdan to şu kungaça nima qilganim, hatto, nelarni öylaganim ham menga kaftdagiday körinar va eşitganlarim: böri çillada mast bölişi odamni heç ikkilanmay olişiyu bunday paytda kişining tili tanglayida qotib qolişi, bejizga jondorda Azroilning bir tuki bölmaydi, deyişlarini kimdir quloğim ostida şivirlab gapirardi göyo.

Ön olti yillik hayotim bor böy-basti bilan qarşimda turar: kimni  ranjitganim, kimdan xafa bölganim va endi şunday osongina – zim-ziyo tunda yöq bölib ketişim, uyimizni, ota-onam, singillarimni heç qaçon körolmasligim-u, mana şu toğ, daryo, daraxtlar, yöllar, boringki, barça jismlarni uşlolmasligim… Bir gap bilan aytganda, ölim qarşimda, mendan ikki qadam narida turar – hayotni judayam yaxşi körib ketgandim. Tamom, öldim, şörlik onam – onam köz oldimda gavdalandi, mana, meni kutib otam taşqariga çiqib, köçaga bir-ikki qaradi, nega bu keçikdi ekan, deya xavotirga tuşib bir xayoli ortimdan kelmoqçiyam böldi, kep qolar, ora yaqin-ku, dedimi, yana uyga – onamning yoniga borib, “Kelayotgan bölsa kerak, itlar hurayapti”, deganday böldi. Onam esa hozir doktor kelsa, joni orom topib, oğriq bosilayotganday boşini biroz kötarib, singillarimga qarab jilmaygani va ularning endi onam ölmaydi, tuzalib ketadi, degan xayolga borgani-yu, çehralari yorişib, doktorga joy tayyorlagani – ikki qavat körpaça solib, peçkaga olov yoqqani-yu, narigi uydan meva-çeva olib kelganigaça körib turardim. Yana onam meni kutadi, kutaveradi, oradan bir soat, ikki soat, uç soat vaqt ötar, keyin… meni izlab, otam çiqar heç joydan topolmay, uyga borişga yuragi betlamay – köchani aylanib yurar, bir-ikki qöni-qöşnini uyğotar, baribir tonggaça topişolmay, sahar esa köprikning ustidagi qon izlarini körib, kiyimimning yirtiğidan tanib, ana undan keyin qiyomat qoyim bölişini – onam dod deb özini har yonga urişi, otam boşi egik nuqul yuragini çangallaşi, singillarimning çirqillab yiğlaşlari, qişloqdoşlarimdan kim eşitsa, mahzun bölib qolişi-yu, közlarida yoş ğiltillaşi, ön olti yoş-a, hali bola edi-ku, deyişlari – hamma-hammasini körib, eşitib turar edimki, endi gapning rosti, ölimdan qörqmayotgan edim. Men sabab onam tuzalganimi, bilmadim, nimadir menga xotirjamlik berayotgandi. Nima böpti, tuğiliş bu – öliş degani, bugunmi, ertami, qaçon bölmasin, baribir ölar ekanman, mayli, öşa kun hozir ekan, kela qolsin, degandirman-da. Özimni çalğitişmi yoki alahsiraşmi, ehtimol, qattiq qörqqanimdan sezgilarim zaiflaşib, ayni öşa lahzalarda qaysi bir aʼzolarim faoliyatdan töxtagan yo, umuman, ölim qörquvdan ustun kelgan bölsa kerak… Endi öylab körsam, öşanda barça öylarim miyamga şunçalik tez kelib ketgan ekanki, qaniydi, bir umr şunday tez fikrlasam, deyman özimga-özim.

Biroq öşanda hamma narsaga – axir qarşimda böri va u orqali meni böğzimdan oladigan ölim bor edi, xolos – tayyor edim.

Böriga mağrur qaradim. U bölsa mendan közini uzmay, bir qadam bosdi-yu, ilkis ortga ögirildi va odamning, ha, aynan odamzodning “Öldiraman seni”, degan ovozi eşitildi. Böri özini daryoga otdi. Qarşimda közlari yonib Qulay turar edi. Ikkimiz ham bir-birimizga tikilib qoldik. Söng özimga keldim-u, onam esimga tuşdi, kasalxona tomon yugurib ketdim. U bölsa köprikning örtasida qolaverdi…

Yana bahor keldi.

Osmonni töldirib, qaldirğoçu turnalar, bulutlarga yelkadoş bölib burgutlar uçdi.

Yerni yorib boyçeçaklar çiqdi. Qir-adirlarda alvon-alvon qizğaldoqlar oçildi. Kapalaklar momoqaymoqlarga qönib-qönib, tol şoxida quşlar ğujurlaşdi, sirlaşdi. Tilla qönğizlar yalpizlardan tiriklik totini totdi.

Şamollar toğdan boqqa, boğdan adirlarga, daraxtlarni tebratib, uylarga gullarni soçib esaveradi. Terak barglari bösa bergan ön yetti yoşli qizday titray boşladi.

Çöqqidagi qorlar jilğaga aylanib, ariqlarni, irmoqlarni töldirib oqdi. Daraxtlar endi tili çiqqan bola singari barg yozdi, kurtak oçdi, meva tugdi… Daraxtlarning devorlardan oşib ötgan şoxlaridagi mevalar yöllarga tökildi.

Boğlardan quşlar ketmay qoldi. Gala-gala bölib goh janubga, gohi şarqqa parvoz qilib, boğlardan boğlarga salom yetkazdi ular.

Bu bahor uç marta xuddi mana şunday kelib ketdi.

Öşa törtinçi bahorda ham dillar yaşillandi, tabiat mehmon kutayotganday taraddudlandi.

Tabiatda neki bor giyohdan tortib daraxtgaça, qumursqadan tortib yölbargaça bahor kayfiyati yurakka köçayotgan bir paytda, hamma özgaruvçanlikni boşidan ötkazayotgan lahzalarda faqat Qulay özgarmadi, u öziça – öşa ust-boşu xizmatkorligiça qolaverdi. Aksinça, işi köpaygandan köpayib tinim bilmas, bir kun uning boğiga borsa, boşqa safar toqqa otlanar, adirda, tomorqada işlab yurardi. Suvqaynarda ustadan köpi yöq. Lekin Qulay barini doğda qoldirdi: quyoş botadigan payt, hamma dalayu daştidan horib-çarçab keladigan mahal u paxsa urardi. Issiqda ursa yorilib ketarmiş. Keyin, loy kamida ön ikki soat pişmasa, u uyning ertasi yöq emiş. Şu, şu – bular Qulayning gaplari…

Lalmi yerlarda boğlar barpo qildi u. Bir kunlik yöldan ariqlar qazib, suv boylab keldi. Köçalarning önqir-çönqirini kiçik toşlar bilan töldirdi. It tindi, eşak tindi, qurbaqalarning sayraşiyam tindi – faqat Qulay tinay demasdi.

Karim kattaning qorni çiqib, tölişib qoldi, bolalari kunora kiyim oladi, maşinasini babaplatib köçalarni çangitadi, Qulay bölsa hamon öşa – hammaga “maşhur” ust-boşida yurar edi. Biroq böynidagi tumori xuddi çakana navbatiday goh kimningdir oti, goh eşagi, qözisiyu itining böynida bölardi.

Öşa tungi voqeadan keyin unga nima de­­yişni bilmas edim. Goh ğururim baland kelib qişloqdan haydatib yuborsammi desam, goh hayotimni saqlab qolgani uçun döstlaşsammi, deya öylar edim. Biroq ikkisini-da qila olmas, bilmadim, nimalardir bunga yöl qöymas, lekin xavotirim ham bor ediki, masalan, kimgadir menga yordam berganini aytib qöysa-yu, keyin odamlar mazax qilişsa, nima böladi? Biroq u öşa tunni unutdi, birovga-da oğiz oçmadi. Köça-köyda duç kelib qolganimizda, xuddi avvaligiday körişadi-yu, indamay yölida ketaveradi. Keyinçalik öyladimki, ha, u meni tanimagan, bilmagan, agar tanisa bormi, hammaga doston qilardi – yengil tortdim.

Kunlar esa ötib borardi…

Bir tun. Aprel oyi edi.

Kun böyi tinmagan yomğir keçasi yanada şiddat bilan yoğar, toğlardagi qorlar erib, soylik­lardan sel kelar – oqşom körganimizda daryo judayam ayqirib oqardi, Kenja bobo – oltmiş oltinçi yil şunaqa katta sel kelgandi, öşa yili köp töpolonlar böluvdi, deganini eşitgandik.

Tun yarmidan ötganda kimdir darvozamizni qattiq taqillata boşladi. Uyimizda heç kim uxlamagan, otam: yotib qolmanglar, bir falokatning isi kelayapti, degan, biz tayyorlanib, agar sel kelguday bölsa, katta toğamning uyiga qoçmoqçi bölib turuvdik. Ularning uyi biznikidan ança balandlikda, daryodan uzoqroqda edi.

Darvoza yana avvalgidan qattiqroq taqillagaç, otam çiqdilar. Biroz muddat ötib qaytdi-da, menga qarab:

– Seni çaqiryapti – dedi.

– Kim ekan? – degan onamning savoliga otamning javobini eşitmay, köçaga qarab yugurdim. Bilar edim, taxmin qilib borardim, bugun köçada men bilan köraşayotganida, qölimni qisgan edi, öşa bölsa kerak, deb köçaga çiqqanimda adaşmagan ekanman.

Yomğir tinimsiz yoğardi. Uni darvoza yonidagi bostirmaga boşladim.

– Jamol boboning uyi daryo labida-ya, – dedi bostirmaga kirgaç biroz sukutdan söng va mendan tasdiq maʼnosini olgaç: – bugun öşaning uyida işlagandim. Yomğirda beda eksa yaxşi bölarkan – tez unadi, xuddi suv içganday böladi, deb qöyarda-qöymay yomğir ostida kun böyi işlatdi. Lekin qiziq bobo ekan: goh xotinini narigi qişloqdan opqoçib kelganini aytsa, goh birga tuşgan rasmini maqtab qoladi. Öşa eski rasmni ön marta körsatdi, öziyam.  Uyga qaytayotganimda qöziçoğiga közim tuşdi.

Biram çiroyliki, mahkam quçoqlab heç qöyvorging kelmaydi. Mehrim iyib tumorimni öşanga taqib qöygandim… – u biroz öylanib turdi-da, – hozir oğiliga kirsam, mabodo uxlamagan bölsa, meni tutib olsa, öğri deb qamatib yuboradimi, – dedi.

Bilmasam, deganday minğirlagan böldim. Keyin… ha, keyin miyamga bir fikr keldi: qani, söray-çi, öşa keça meni taniganmi-yöqmi, agar tanigan bölsa, bor, kiraver deyman, u odam uyquçi, qotib uxlaydi, deb aldab-suldab kirgizaman-da, uni tutib, şarmanda qilib, qişloqdan haydab yuborişini tomoşa qilaman, degan xayolga bordim. Rost-da, qörqqanimni hammaga aytsa, şarmanda bölaman-ku…

U öşa keça meni taniganmiding, deganimni eşitib, közimga tikilib turdi-da:

– Sen qahramon ekansan. Men Denovning Vaxşivoridanman. Biz tomonlardayam börilar bor. Çillada bemalol qişloq oralaydi. Otam ovçi edi. Uning aytişiça, har qanday hayvon avval hamla qilmaydi. Baqirsang yoki biror harakat qilsang, söng taşlanadi. Sen öşa tun, unga tikilib turganding, u sendan hayiqayotgan edi…

Men jimib qoldim. U esa sekin-sekin keta boşladi.

– Töxta, – dedim yelkasidan tortib. – Nega isming Qulay? Nega köpkarini yomon körasan? Nega meni qörqqanimni heç kimga aytmading? – va mening negalarim şunçalik köp ediki, u bir muddat dovdiradi hatto. Ehtimol, ota-onasini, qişloğini eslagandir.

– Köpkarida onam ot ostida qolib ketgan. Töğriroği, meni qutqaraman deb. Seni nima deyman? Qahramonligingni aytaymi? Bilasanmi, bunaqa gaplar aytilavermaydi…  Men Jamol boboning uyiga ketdim. Böpti, yaxşi qol…

U darvozadan çiqdi. Ortidan yugurdim.

– Qulay, u yoqqa borma.  Kampiri ölganidan keyin çol uyqusiz bölib qolgan. Ayniqsa, bunaqa yomğirli keçalarda ölsayam uxlamaydi. Borma, u yoqqa.

Unga yetib olganimda nafasim tomoğimga tiqilib, tinmay hansirardim. U… U meni quçoqlab oldi…

– Men… Men Suvqaynardan bugun ketişim kerak edi… Erta onamning ölganiga yigirma yil böladi… Şunga bir-ikki söm Karim akaga bermay yiğib qöyuvdim… U ança vaqt jimib turdi söng: – Onam… ölayotganda böynidagi tumorni yeçarkan: “Birorta döst topsang, şuni sovğa qil. Sen yolğizsan… Yakka – yolğizsan. Otang endi qaytmaydi. Men keça tuş kördim, otang bir çuqurlikka tuşib ketdi. Men unga köp aytdim, taşla şu ovçilikni, deb – taşlamadi, menga quloq osmadi, mana oqibati. U ölgan… Ha, öğlim endi sen yetimsan. Lekin sen bundan öksima, mana şu tumor senga yöldoş. Agar bu beşafqat dunyoda bitta döst topsang, şuni taqib qöy… – deya bir neça bor takrorlab ölgan edi. Öşa tumorni… senga bermoqçiydim…

“Odamlar, qoçinglar, sel kelayapti!..” degan şovqin butun qişloq böylab tarqalib, akssado bera boşlaganda, men bir zum özimni yöqotib qöydim, huşimga kelganimda esa.. yonimda Qulay yöq edi.

– Qayoqdasan, bölsang-çi? Öğling qani? Qara, top tez! – degan otamning ovozini eşitdim-u, tezda bu yerdan qoçişga – Qulayning ortidan borişga oşiqdim. U Jamol boboning uyiga ketganini iç-içimdan sezardim. Yugurib ketdim. Yomğir ayovsiz, şiddat bilan yoğardi. Daryo böyiga borganimda Jamol bobo oppoq kiyinib olgan, uni odamlar mahkam quçar, u bölsa özini daryoga otmoqçi bölardi.

– Xonavayron böldim, uyim kuydi, musulmonlar… ana, qaranglar sel uyimni olib ketdi. Endi nima qilaman, qayerda yaşayman, he, yaşab nima qildim, endi mening ölim-m qayerdan çiqadi?!

Qutirgan daryo boboning uyini olib ketgandi…

Çaqmoq çaqib, atrof bir yorişdi-yu, yana qoronğilik komida qoldi. Şu lahzalik nur içida men daryoda kimningdir boşini körib qoldim. U oqimga qarab suzişga intilar, kuçli tölqin uni ortga siltar va u körinmay ketardi.

– Qulay… Qulay… çökayapti…

Daryo tomon yurmoqçi bölgandim, kimdir bilagimdan mahkam tutdi.

– Esingni yiğ, ey bola…

Bu Karim katta edi…

Yana çaqmoq çaqdi. Men yana uni kördim – qirğoqqa yaqin kelib qolgan edi.

– Arqon, arqon kerak, uni tortib olamiz… – deya baqirardim. Biroq Karim kattaning qölidan çiqib ketolmasdim.

– Ma, öğlingni uşla, sal bölmasa özini daryoga otar edi. Qayoqdagi Qulayni qutqaraman deydi buning…

Otam yuzimga bir tarsaki tuşirdi. Köz oldim yanada qoronğilaşib ketdi.

– Axmoq…

Çaqmoq ketma-ket çaqar, borliq yorişar, daryo battar pişqirar, endi gurs-gurs toşlarning ham ovozi eşitilardi.

– I-ye, bu nima… – deb Karim katta yerga egildi va bir narsani kötardi. – Qulayning tumorimi?

Otamning qölidan yulqinib çiqdim-da, tumorga taşlandim. Yana çaqmoq çaqqanida Qulayning boşi körindi: uning közidagi şöx tabassumni ham ilğaganday böldim.

– Bitta arqon topsanglar-çi?… – deya baqirdim. Quloğim tagiga kelib tuşgan tarsakidan gursillab yerga yiqildim…

Oradan ön tört qişu şunça bahor ötdi. Toqqa yana qor qalin tuşdi. Daryo yana quturdi.

Birodarlar, koinotda odam yaşaydigan neçta sayyora bor?

Dunyoda mamlakatlar köp, biroq vatanimiz bitta-ya?

Yurtimizda tuman, şahar ham talaygina, şunday emasmi?

Qişloqlar-çi?

Boğlar-çi?

Yöllar-çi?

Hali odam yaşaydigan boşqa sayyora kaşf etilib, kişilar öşa yoqlarga köçib ketganiça yöq – hamma Yerda yaşayapti! Töğrimasmi?

Hamon vatanimiz bitta, buyam rost.

Tumanlarimiz, şaharlarimiz ham joyida-ku.

Qişloqlar ham.

Boğlar köpaygani töğri.

Lekin…

Lekin… Bu dunyoda endi Qulay yöq.

U barpo qilgan boğlardan odamlar tonnalab olmalar oladi. U urgan devorlardan öğrilar oşib tuşolmaydi. U qazgan ariqlarda hamon suvlar tölib-toshib oqadi. U tekislagan yöllarda maşinalar serqatnov. Karim kattaning öğliyam maşinada ötadi. Katta qança töylar qildi. Taniş, notaniş oşini yedi, tuzini içdi, lekin Qulay yöq edi bu töylarda.

Suvqaynarda biror narsa yöqki, uni eslatmasa. Boqqa qarang, devorlarga, köçalarga, daryoga, dalalargayu qöy-qözilarga, otlarga, itlarga qarang, u şunday köz öngingizda paydo böladi. Öşa şöx tabassumu biroz maʼsumlik bilan jonlanadi u.

Qulay jöra, qayerlardasan? Öşa voqeadan biroz ötib kimdir gap topib keldi. Seni Şerobodning qirlarida körgan emiş. Közlaring kör ekan, öşa qöşiğingni aytib mol boqib yurgan emişsan…

Yana kimdir Töpolondaryoning böyida körgan emiş. Quloqlaring kar, şunça gapirsayam eşitmabsan? Şular rostmi, Qulay jöra?

Bilaman, ular seni körmagan, özi aslida heç qaçon körgan emas ular. Öşa – Suvqaynarda kelgan vaqtingdayoq seni körmagan edi. Şunçaki qop-qora bola, xizmatçi, mardikorni körişgan, xolos.

Daryodayam seni körişgani yöq. Yana şunçaki, içib mast bölib yiqilib tuşgan axmoq deb öylaşgan-da.

Men bilaman – sen daryoga tumor uçun tuşgansan. Ha, qöziçoqni qutqaraman deb tuşgansan. Jamol boboning xotini bilan tuşgan suratini olib çiqaman deb daryoga sakragansan. Meni körib odamlar ham tuşar, boboning biror bisotini saqlab qolarmiz, deb daryoga özingni otgansan, jöra. Ular esa – seni körişmadi, körişolmadi. Ularning közlari bor edi-ku, meni körib turişgandi-ku, deysanmi? Hex, hex, hex…

Qulay jöra, sen meni keçir… Şuning uçun keçirki, özim ham bilmayman, lekin sendan keçirim sörayman, jöra… Sendan ijarğanganim uçun, mensimaganim uçun, baridan yomoni – tumoringni saqlab yurmaganim uçun sen keçir, jöra… Garçand özimni özim keçirmasam-da, sen meni keçirgin, jörajon…

Köp jöra orttirdim, döstlaşdim köplar bilan. Lekin heç kim ismini sençalik samimiy aytgani yöq. Familiyasini, otasining ismini ham qöşib aytganlar böldi, jöra. Sendek toza döst topmadim, jöra…

Suvqaynarga borsam, seni izlayman: hamma narsadan…

Sen kim eding? Odammiding yoki farişta…

Ana eşityapsanmi, “jöra” demay, bir oğizgina döst desam, ölarmanmi, jöra…

Yana…

Nimadir, nimalardir yöl qöymasa, tilim xuddi öşa tundagidek qotib qolsa, nima qilay, Qulay jöra…

Özing ayt, men nima qilay, jörajon?!..

Sanjar TURSUNOV

1986-yili tuğilgan. Özbekiston davlat sanʼat institutining jurnalistika bölimini tamomlagan. Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi tomonidan “Birinçi kitobim” ruknida “Muzaffar tong” hikoyalar töplami çop etilgan.

“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822

Obuna haqida

Izohlar (2)

  1. Jabbarov Nodir

    Kuzlarga yoş keldiyu bu uqib 🙂

  2. Ğiyosiddin Önarov Tahririyat

    Ha, iztirobli…

Siz nima deysiz?

Izoh tahririyat körib çiqqaç, eʼlon qilinadi.

Şu ruknda köp öqilganlar

Barçasi (258)

Suv. Hikoya

– Öz oyoği bilan jildirabgina kelmagan suv suvlik qiladimi?! Ketaman bu Cahroyi kabirdan… ketama-an-n! Dilşod şunday deya örnidan sapçib turdi-yu, derazadan taşqariga termildi. U avval hovlisidagi qovjirab qolgan…

“Eynşteyn jumboği”

Dekabrning asov şamoli tun bağrida özini har yonga urib, böriday uvillaydi. Uylar ham sovuqdan junjikkanday bağridagi çiroqlarini öçirib, şamolga jör bölib, qoranği tun vajohatini yanada orttiradi. Biroq şu imoratlar…

Uluğbek Hamdam. Yöl (falsafiy roman

Men bir ojiz tomçiman, ammo yuragimda ummon soğinçi yaşaydi. Mavlono Rumiy TUŞDAN OLDINGI VOQEA Ovoz keldi! Ovo-o-oz!.. Eşityapsizmi, ğoyibdan bir ovoz keldi! Dunyolarni töldirib emas, yöq, balki yöl kabi uzun, yöl kabi…