9 daqiqada öqiladi

582 marta körilgan

Lev TOLSTOY. Ossuriya şohi Asarxadon. Hikoya

Lev Tolstoy. Ossuriya şohi Asarxadon. Hikoya

“Ossuriya şohi Asarxadon” hikoyasini uluğ rus adibi Lev Tolstoyning diniy-falsafiy qaraşlari negizidagina çuqur tuşunmoq mumkin. Daho ijodkorning inson konsepsiyasiga köra, odam tana va ruhdan iborat: tana har bir kişi uçun boşqa-boşqa, ruh esa barça uçun bitta, yagonadir. Aksar kişilar hayot mohiyatini tanada deb biladi va tana boşqa-boş­­qa bölgani bois öz huzur-halovatini közlaydi. Taassufki, bu – halokat yöli bölib, bizni azob-uqubatga eltadi, xolos. Aslida, hayot mohiyati – ruhda, ruh esa barça uçun bitta, yagona ekan, demak, jami odamzodning huzur-halovatini közlamoq darkor. Asl saodatga eltuvçi tanho najot yöli – ana şudir! Tolstoy deydiki, ruh izmida yaşaşning boş taomili bunday: kimki özgaga yomonlik qilsa, öziga yomonlik qilgan böladi. Yoki, aksinça, kimki özgaga yaxşilik qilsa, öziga yaxşilik qilgan böladi. Barçaga birdek ezgulik soğiniş, Tolstoy nazdida, sevgining mağzi, javharidir. Bu gözal tuyğu esa har odamni butun başar bilan boğlaş asnosida uni hayotning asl manbayi – biru bor Parvardigorga qovuştiradi…

Tarjimondan

Ossuriya şohi Asarxadon şoh Lailie mamlakatini bosib oldi, şahar-qişloqlarini beomon talab, yoppasiga öt qöydi, aholisini qul qilib, mulkiga haydab keldi, qöşinini yakson etib, Lailiening özini qafasga soldi.

Şoh Asarxadon keçasi xobxonada yotgança, Lailieni qatl etiş yölini qidirar ekan, bexos şitir etgan ovozni eşitdi va közini oçib, ustida oppoq soqoli köksiga tuşgan, közlari beozor boqib turgan bir çolni kördi.

– Lailieni qatl etmoqçimisan? – deb söradi çol.

– Ha, – deb javob berdi şoh, – şu topda uni qanday qatl etsam ekan, deb öylab turgan edim, özi-a.

– Lailie, axir, özingsan-ku, – söz qotdi çol.

– Bekor gap, – dedi şoh, – men – menman, Lailie esa – Lailie.

– Lailie bilan sen asli bir odamsizlar, – dedi çol, – faqat sening közingga boşqa-boşqa  bölib körinyapsizlar, xolos.

– Közingga şunday körinyapti, xolos, deganing nimasi?! – dedi şoh. – Men, mana, parqu körpada huzur qilib yotibman, sodiq ğulomu joriyalarim amrimga muntazir, ertaga ham bugungidek döst-yorlar bilan yana kayf-safo qilaman, Lailie bölsa, ana, tutqin quşga öxşab qafasda ötiribdi, ertaga qoziqqa ötqazilsa, tili oğzidan osilib tuşadi va tanasi oğriqdan ming bor burişib-tirişadi, oxiri esa öligi itlar oldiga taşlanib, tilka-pora qilinadi.

– Sen Lailieni hayotidan mahrum etolmaysan, – dedi çol qatʼiyat bilan.

– Ön tört ming askarni halok qilganim va jasadlaridan qörğon tiklaganim-çi? – dedi şoh. – Mana, men – borman, ular – yöq. Demak, Lailieni ham hayotidan mahrum eta olaman.

– Öşa askarlar yöq ekanini sen qayoqdan bilasan?

– Agar ular bor bölsa, nega közimga körinmaydi?! Xullasi kalom, ular azob tortdi, men esa huzur qildim, ularga yomon-u, menga yaxşi böldi.

– Buyam senga şunday tuyulyapti, xolos. Sen ularga emas, özingga azob bergansan.

– Ölay agar, gapingga tuşungan bölsam, – dedi şoh.

– Tuşuntiraymi bölmasa?

– Ha-da!

– Unda bu yoqqa kel, – dedi çol suvga limmo-lim  kattakon jomni körsatib.

Şoh jom yoniga keldi.

– Ust-boşingni yeç-da, unga tuş.

Asarxadon çol aytgandek qildi.

– Ustingdan quya boşlaşim hamono, – dedi çol qölidagi çömiçni suvga töldirib, – darhol jomga boşingni tiq!

Çol uning boşi ustida çömiçni engaştirdi, şoh ham şu ondayoq jomga boş tiqdi.

U ana şu lahzadayoq özini Asarxadon emas, boşqa odam deya his etdi. Va şuning barobarida özini xobxonada gözal bir ayol bilan birga kördi. Bu ayolni u heç qaçon körmagan emiş-u, ammo özining xotini ekanini bilarmiş. Ayol tavoze-la örnidan qözğalar emiş-da, “Aziz xojam Lailie, sen keça saltanat işlaridan horib-çarçab, har kungidan uzoqroq uxlab qolding, men esa heç kim uyqungni buzmasin, deya tepangda qöriqçi bölib ötirdim. Saroy aʼyonlari devonxonada senga muntazir turibdi. Şohona libosingni ustingga il-da, ularning yoniga çiq”, deyar emiş.

Asarxadon şu sözlardan özining Lailie ekanini bilibdi-yu, ammo nega bunday bölib qolganidan ajablaniş örniga, aksinça, nega özining Lailie ekanini şu vaqtgaça bilmaganidan hayron bölibdi, örnidan turib kiyinibdi-yu, vazir va mulozimlari ilhaq kutayotgan devonxonaga çiqibdi.

Aʼyonlar şoh Lailiega ikki bukilib taʼzim etibdi, söngra uning ijozati bilan joylariga çökibdi. Mulozimlardan eng uluği, bu yoğiga yovuz tojdor Asarxadon haqoratlariga çidab bölmaydi, unga qarşi uruş oçiş kerak, deya şohga maslahat solibdi. Biroq Lailie keksa aʼyon fikrini maʼqullamabdi va Asarxadon huzuriga elçi jönatib, uni insofga çaqirmoq kerak, deya qaror çiqaribdi-da, ahli maşvaratga ijozat beribdi. Şundan keyin eng boobrö zotlardan elçilar saylabdi va Asarxadonga borib aytajak gaplarini ipidan-ignasigaça quloqlariga quyibdi.

Şu işlarni oyoqlatgaç, Asarxadon özini yana Lailie deya his etaroq arxar ovlagani toqqa çiqib ketibdi. Ov degani, öziyam, baroridan kelibdi. U bir juft arxar otibdi va saroyga qaytib, döst-yorlari bilan bazmga şönğibdi, maşşoqlar nağmasiyu raqqosalar raqsidan huzur olibdi.

Lailie ertasiga, odati böyiça, arzgöylar, sudlanuvçi va dovlaşuvçilarni qabul etibdi – har bir iş öziga munosib ajri oliy olibdi. Bu vazifani yakuniga yetkazib, yana xuş körgan ermagi – şikorga ravona bölibdi. Öşa kuni şohga qari ona şerni otib öldiriş va bir juft şervaççani ölja oliş nasib etibdi. Şikordan söng yana nağma va raqslar bilan köngil yozib, döst-yorlar ila bazm quribdi-da, tunni suyukli xotini bilan xobxonasida  ötkazibdi.

U Asarxadon huzuriga yuborilgan elçilarning qaytişini kutib, şu zaylda kunlar va haftalarni ötkazibdi. Elçilar bir oydan söng­gina qaytibdi: ularning burun va quloqlari kesilgan emiş.

Şoh Asarxadon elçilardan Lailiega şuni aytib yuboribdiki, agar u tez fursatda oltin, kumuş va sarv oğoçida katta ölpon tölamasa, şuningdek, özi ham Asarxadon saroyida hozir bölib, unga taʼzim bajo keltirmasa, elçilarni nima köyga solgan bölsa, Lailieni ham şu köyga solar emiş.

Ilgari Asarxadon bölgan Lailie yana aʼyonlarni töplabdi va bu yoğiga qanday yöl tutiş xususida maşvarat qilibdi. Vazir va mulozimlarning hammasi bilittifoq, Asarxadon bostirib kelmay turib özimiz unga qarşi uruş oçişimiz kerak, deya fikr bildiribdi. Şoh bu safar maslahatga rozi bölibdi va Asarxadon ustiga çerik tortibdi. Laşkar yetti kun yöl bosib, sakkizinçi kun deganda daryo yoqasidagi keng-möl vodiyda duşman qöşini bilan töqnaşibdi. Lailie laşkari mardona jang qilar va bu şoh qalbiga taskin berar emiş-u,  ammo Asarxadon qöşini toğdan mör-malaxdek yopirilib tuşib, butun vodiyni qoplab olgani va şu tariqa uning askarlarini tang ahvolga solib qöyganidan betoqat bölar emiş. U öz aravasida jang­gohning qoq örtasiga otilibdi va sançib-çopib boraveribdi. Ammo, taassufki, Lailie askarlari yuzlab bölsa, Asarxadon jangçilari minglab emiş. Lailie şu asnoda avval yaralangani, söng asir olinganini payqabdi.

U barça asirlar bilan birga, Asarxadon askarlari qurşovida, töqqiz kun qöli boğliq yöl bosibdi. Öninçi kun deganda uni Nineviyaga olib kelişib, qafasga bandi etişibdi.

Lailie oçlik va jarohatdan azob tortmas emiş-u, lekin ğanimdan qasos olişga ojiz qolganidan uyat olovida qovrilar emiş. “Bu vaziyatda qölimdan  faqat bir iş keladi, u ham bölsa – meni har qança azoblaşmasin, sira oh-voh qilmay, mardona çidab beriş”, deya öz-­öziga ont içibdi şoh.

Lailie qatl soatini kutib yigirma kun qafasda ötiribdi. Boyoqiş qarindoş-uruğ va döst-birodarlarini qatl etgani olib ketişayotganini körib va ularning qatlgohdan kelayotgan dod-faryodini eşitib turar emiş: jallodlar mahkumlardan birining oyoq va qöllarini çopsa, boşqasining tirikligiça terisini şilib olar emiş-u, ammo bundan na behuzur bölar, na açiniş tuyar va na dahşatga tuşar emiş. Lailiening közi haram kanizaklari qölini boğlab olib ketayotgan öz xotiniga tuşibdi. “Şoh Asarxadonga joriya qilib berişmoqçi”, degan alamli öydan yuragi uvişibdi uning. Ammo boyoqiş bu isnodga ham tişini tişiga qöyib çidab beribdi.

Nihoyat, ikki jallod qafas eşigini oçib, uni taşqariga çiqaribdi-da, qölini qayiş bilan boğlab, qon halqob bölib yotgan qatlgohga olib kelibdi. Lailie röparasida qonga belangan ötkir qoziqni köribdi. Undan endigina sodiq bir döstining jasadini suğurib olgan ekanlar. Lailie anglab yetibdiki, bu qoziqni, hoynahoy, özi uçun böşatişgan.

Lailiening ustidan kiyimini yeçib olişibdi. Şunda u bir vaqtlar kuç-quvvat yoğilib turgan körkam tanasi endi suyakka yopişgan qoq teri bölib qolganidan qörqib ketibdi. Ikki jallod abgor tanani oriq sonlaridan tutib azod kötaribdi va qoziqqa ötqazmoqçi bölibdi.

“Endi ölim meni domiga tortadi”, deb öylabdi Lailie va har qanday azobga miq etmay çidab beriş haqidagi ontini unutib, şafqat sörab dodlay  boşlabdi. Lekin uning dod-faryodiga heç kim parvo qilmas emiş.

“Axir, bunday bölişi mumkin emas, – deb öylabdi u talvasa içida, – men, hoynahoy, uxlayotgan bölsam kerak. Ha, bu – tuş”. U şunday deya jon-jahdi bilan uyğonişga harakat qila ketibdi. “Axir, men Lailie emas, Asarxadonman”, deb öylarmiş u nuqul.

– Sen ham Lailie, ham Asarxadonsan. – U  judayam olisdan kelayotgan ana şu sasni eşitar emiş-u, ayni çoqda, qatl boşlanayotganini ham sezib turar emiş…

…Şu on u tomoği yorilgudek çinqirib yubordi-da, jonholatda boşini jomdan kötardi. Bu payt çol uning ustidan çömiç tubidagi oxirgi suvni quymoqda edi.

 – Azob şunçalik ham oğir böladimi! Şunçalik ham uzoqqa çöziladimi! – dedi Asarxadon nafasi oğziga tiqilib.

 – Şunçalik ham uzoqqa çöziladimi, deysanmi? – taajjublandi çol. – Boşingni hozirgina suvga tiqding-u, darrov çiqarib olding; mana qara, hali çömiçdagi suvning barini quyib bölganim yöq. Hoynahoy, sözimning maʼnosini anglagandirsan endi?

Asarxadon çurq etmadi, faqat çolga qörqib qarab qöydi, xolos.

– Endi anglagandirsan, – deya sözini takrorladi çol va bunday deb qöşib qöydi: – Lailie sening özing ekaningu sen qatl etgan askarlar ham özing ekaningni. Nafaqat askarlar, sen şikorda otib öldirgan va bazm dasturxoniga tortilgan jonivorlar ham sen özing eding. Sen nuqul hayot mening dastimda deb kibrlanib yurarding, biroq men közingdan yolğon pardasini kötardim va şunda ayon kördingki, sen özgalarga yomonlik qilaman deb özingga yomonlik qilibsan. Hayot barça uçun yagona, sening hayoting esa şu yagona hayotning birgina zarrasi. Hayotning şu bir zarrasini yaxşiroq yoki yomonroq, uzunroq yoki qisqaroq qilişgina sening izmingda, xolos. Uni ham faqat bir yöl bilan yaxşiroq qila olasan: öz hayotingni özgalarnikidan ajratib turgan tösiqlarni buzib taşlaysan-da, barça insonlaru jonivorlarni özing deb bilasan – ularga muhabbat qöyasan. Heç zoğni hayotdan mahrum etiş sening qölingda emas. Sen joniga qasd qilganlar hayoti atigi közingdan panalandi, butkul yöqolgani yöq. Sen öz hayotingni uzaytirib, özgalar hayotini qisqartirmoqçi bölding, lekin, bilib qöy, bu muddaoga heç qaçon yetolmaysan. Hayot uçun na zamon, na makon darkor. Bir soniyaligu bir asrlik hayot ham, sening hayotingu boşqa jonzotlar hayoti ham barobar. Hayotga barham beriş yoki uni özga izga soliş ilojsiz, çunki u biru bordir. Qolgani esa sarobu röyodir, xolos.

Çol şularni aytdi-yu, közdan  ğoyib böldi.

Ertasiga şoh Asarxadon Lailie va boşqa hamma asirlarni ozod etişga farmon berdi – qatlni bekor qildi.

Indiniga öğli Aşurbanipalni huzuriga çorlab, podşolikni unga topşirdi, özi esa avval bölib ötmiş uşbu voqea haqida obdon öylab oliş uçun sahroga çekindi, söng şahar va qişloqlarni yayov kezib, hayot yagona ekani va kimki boşqalarga yomonlik tilasa, öziga jabr etajagi haqida odamlarga pand söylab yaşab ötdi.

Matlubaxon RAHIMOVA

tarjimasi

“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822

Obuna haqida

Izohlar

Hozirça izoh yöq. Birinçi bölib fikringizni yozing.

Siz nima deysiz?

Izoh tahririyat körib çiqqaç, eʼlon qilinadi.

Şu ruknda köp öqilganlar

Barçasi (164)