(Hikoya)
Hamxonamning tili bilan aytganda, önlab ilmiy dargohlar-u minglab ilmi toliblar yeng şimarib turgan şahardan mendek bir kiçik ilmiy xodimning dovruği doston bölgan bu qişloqqa borib tajriba ötkazişi boşimga “baxt quşi qönganidan nişona” edi. Uning menga şunçalik havasi kelgandiki, avvaliga men bilan birga şu qişloqqa ketgisi ham keldi. Biroq ilmiy rahbarimiz, ornotologiyaning öşa qişloq joylaşgan hududlarga xos bölmagan yönalişi bilan şuğullanişini esiga solgaç, hafsalasi pir bölib, fikridan qaytdi: professor ikkalamizning ilmiy işlarimiz öz vaqtida tayyor bölmasa, masalamizni kengaşda köriş bilan pöpisa ham qildi. Şunday qilib, hamxonam boşqa hududga, men esa quşlar tabiatini örganiş uçun Talqon tabibi bilan maşhur bölgan qişloqqa qarab yöl oldim.
Qişloqni topib kelişim unçalik qiyin bölmadi: zotan, aynan, Talqon tabib yaşagani uçun ham bu qişloq maʼlum-u maşhur ekan. Men buni safarga çiqqanimda va yölda qişloqni közlab kelayotganimda yölovçilar-u haydovçilardan bilib oldim. Töğrisini aytsam, tabiblarga huşim bölmagani uçun men bundan bexabar edim.
Qişloqning asl nomini ham köpçilik allaqaçon unutib yuborgan, hamma uni “Talqon tabib qişloği” deb atardi. Şu atrofdagi biror-bir joy haqida gap ketadigandek bölsa, “Talqon tabib qişloği”idan oldin yoki keyin, ikkita qişloq yetmay, uçta qişloq keyin” deb tuşuntirişardi. Qişloqda ham har bir xonadon yoxud köçaga, albatta Talqon tabibning nomi tirkalib tilga olinib ötilardi. Qişloqdagilar ham har bir gapga “Talqon tabib aytganday”, “Talqon amaki buyurganday”, deya taʼkidlab qöyişardi.
Qişloqqa kelib birinçi bilgan narsam şu böldiki, guyoki bu tomonlarda tongning otişi ham, quyoşning botişi ham Talqon tabib nomi bilan boğliqdek, qişloqda qilt etgan hodisa ham tabib nomiga tirkalardi.
Meni hayratga solgan narsa – qişloqqa kelganimda hamma yoqda sukunat hukmronligi böldi: hamma öz işi bilan ovvora, lekin ular deyarli gaplaşmas, faqat imo-işora qilişar, negadir lablarini çöççaytirib olişgandi. Men “Biror ijaraga beriladigan uy bormi?!” degan savolimga faqat imo bilan javob oldim. Eng qiziği, imo bilan bölsa-da, adoğida hujrasi bor hovlini adaşmay topib keldim. Odamlarning imo bilan gaplaşişlarining sababini esa keyin bildim – ular oğizlariga tabib tayyorlab beradigan talqon solib olişgan ekan.
“Talqon tabib” deganlari past böyli, çehrasidan tabassum arimaydigan, qişloqliklarning taʼbiri bilan aytganda, “yuzidan hamişa nur yoğilib turadigan bir munavvar zot” edi. Töğrisini aytsam, uning doim tabassum bilan yurişi menga sirkdagi masxarabozlar qiyofasini esga solgandi, garçi oğzimda talqon bölmasa ham bu taassurotimni heç kimga aytmadim.
Umuman, tabib qişloqning valineʼmati edi. Aynan uning talqonlari tufayli qişloq boşqa qişloqlarga nisbatan osoyişta, ahil-ittifoq va quvnoq; ustiga-ustak, talqon tufayli farovonlaşib borardi. Buni qişloqdagilar bozori çaqqon bölib borayotgan tabibning talqoni bilan izohlaşardi: keyingi paytda qöşni qişloqlardan, hatto şahardan ham tabibning talqoniga mijozlar köpaygan, ular endi qoplab talqon olib ketişadigan bölgandi.
Qişloqning asosiy aholisi talqon tayyorlaşga jalb qilingan, ular qişloqlar-u şaharlardan tuşayotgan buyurtmalarni öz vaqtida bajariş uçun ham oğizlariga talqon solgança boşqa narsaga çalğimay işlaşda davom etişardi. Bu esa işda unumdorlikka olib kelardi.
Qişloqda tabib bilan maslahatlaşmasdan, uning duosini olmasdan biror töy-maʼraka bölmasdi. Qişloq raisi böladimi, maktab direktori yoki masjid imomi böladimi – barçasi birdek, uning huzurida hamişa qöllarini köksiga qöyib, bir oğiz maslahatiga mahtal turişardi.
Men qişloqqa kelib, quşlar bilan birga örganganim va guvohi bölganim şu böldiki, bu qişloqdagilar öta yuvoş, muloyim, kamgap, hatto kunduzlari deyarli gung, faqat öz işlari bilan ovora, mehnatkaş, işçan, intizomli odamlar ekan. Bu gunglikning sababini tezda bilib oldim: ular ertalabdan tabibning talqonini oğizlariga solib olişar, şu bilan kun uzoği şu talqon bilan yuraverişardi. Avvaliga meni ajablantirgan bu holatning tagiga ham tezda yetdim. Talqon ularning ortiqça va keraksiz valaqlaşarga, keraksiz savol-javoblarga vaqt sarflamasliklariga, şu yöl bilan barça noxuşliklardan özlarini asraşga vosita ham ekan. Oğizda talqon bilan yurişning afzal jihatini anglab qolişgandan beri butun qişloq talqonga ruju qöygandi, zero, talqon ham soğliklari, ham çöntaklari, ham özaro munosabatlariga koni foyda edi. Oğizda talqon turganda tiling ham tiyilib turadi, bu esa vaqtingni behuda ötkazişdan asraydi, şuningdek, atrofingdagilar bilan munosabatingni bir xil uşlab turadi. Oğzingda talqon tursa na sökinasan, na baqirasan, na minğirlab birovning jiğiga tegasan, özingni ham, boşqalarni ham ğiybat-u fasoddan, keraksiz suhbat-u valaqlaşdan asraysan. Ustiga-ustak, oğizda talqon turarkan, oşqozon hamişa böş böladi. Oşqozon böş qolsa, u tanadagi kasalliklarni hazmga aylantira boşlaydi, bu soğlom turmuşning özi degani.
Talqonning xususiyati haqida xonadoşim ham gapirib bergandi, öşanda u rosa töqiyapti, quloqqa qoqayapti deb öylagandim. Mana endi bunga özim guvoh bölib, qişloq odamlaridan, xususan, meni ijaraga qöygan uy egasidan eşitib turardim. Darvoqe, qişloqdagilar faqat ertalablari yoxud uyquga yotiş oldidan oğizlaridagi talqonnining erimay qolganini tuflab taşlaşar, faqat oğizlaridan talqon bölmagan paytlardagina bir-birlari bilan gaplaşişar, boşqa paytlari yana oğizlariga talqon solib, har kim özi yumuşi bilan ovora bölişardi. Baʼzilar hatto keçalari ham oğizlariga talqon solib yurişar, şu yöl bilan özlarini har xil gap-sözlardan, muloqotlardan asraşardi.
“Nima, özlaringiz talqon qilib, isteʼmol qilsangiz bölmaydimi, özi bor-yöği talqon bölsa, uni tabibdan olişga ne hojat?!” degan savolimga qişloqdagilar ustimdan kulişdi emas, şunday öylaş mumkinligidan hayratga tuşişdi.
– Siz tabibning talqonni oddiy qotgan nonning tuyilgani deb öylayapsizmi? E, xudo, işqilib, bu gaplar tabibning quloğiga yetib bormasin, tabib hazratlari bundan qançalar ranjigan bölardi…
Şundan söng menga maʼlum böldiki, nomi talqon bölgani bilan tabib bir qança giyohlar qöşib, murakkab malham tayyorlar ekan. Köplar talqonni özlari tuyib, isteʼmol qilib köribdi, hatto tabib nomidan sotganlar ham bölibdi, ammo oğizga olişlari bilan bu soxta talqon ekanini bilib qolişibdi. Xullas, heç bir talqon tabibning talqoniga teng kelmas, uning tarkibida nima borligini tabibdan boşqa heç kim bilmas ham ekan. Masalan, oddiy talqon oğizda bir zumdan erib ketarkan, tabibniki esa ertadan keçgaça oğizda olib yuriş uçun maxsus şiralangan talqon emiş. Qolaversa, tabib öz talqonining tarkibini oyma-oy mukammallaştirib borar, aytişlariça, hatto qişloqqa kelib örgangan olimning eʼtirofiça, ayni paytda ikki qoşiq talqonning quvvati bir qadoq etning quvvatiga teng ekan. Şuning uçun ham oğizga solib olib, kun uzoği şimib yuriladigan talqon odamni oç qoldirişi mumkin emas, aksinça tanani turli vitaminlar-u oqsillar bilan töyintirib yurarkan.
– Ana endi hisoblab köring, – dedi uy egasi tabibning talqonini oğzidan bol tomib maqtarkan. – Bir qadoq etning puliga ellik qoşiq talqon oliş mumkin. Qaysi birining salomatlikka foydasi köproq ekanini bir çetga surib turganda ham, çöntakka foydasini tasavvur qilib köravering. Bir kunda bir odam oziq-ovqatiga sarflaydigan xarajati bilan ikki qoşiq talqonga sarflanadigan talqonning narxini qiyoslasangiz, talqon qişloq odamlariga, umuman, tabibning talqonini tanlaganlarga har jihatdan koni foyda ekanini tasavvur qilayapsizmi? – dedi u kuyunib.
Uy egasining aytişiça, qişloq odamlari topgan-tutganlarini orzu-havaslari uçun yiğib qöyişar ekan. Talqon bor ekan, qişloq odamlarini narx-navo oşişi, qahatçilig-u qimmatçilik bezovta qilmas emiş. Ular butun dunyoni vasvasaga solayotgan bu muammolarga oğizlariga ikki qoşiq talqon soliş bilan javob qaytarar ekan.
Men ana şundagina bu qişloq aholisining nega bunçalik xotirjam va öta yuvoş ekanining sababini tuşunganday böldim.
Şundan söng şusiz ham qolib ketayotgan ilmiy işlarim bilan şuğullanişga kirişib ketdim. Kunimni qişloqqa tutaş örmondagi quşlarni örganiş bilan ötkaza boşladim. Bu yer yovvoyi quşlar makoni bölib, hatto fanga hali nomaʼlum bölgan quşlar ham bor edi. Men kun uzoği ular bilan andarmon bölardim. Dastlab ularning sayraşlarini alohida-alohida yozib olib, farqini belgilab çiqişga kirişdim. Quşlar negadir bu örmonda şunday zavq bilan sayraşardiki, bu yerda jannatdagi quşlarning sayroğini eşitiş mumkin edi göyo. Şu sababli quşlar sayroğigi berilib ketib, talqonni ham, tabibni ham xotiramdan faromuş qilibman. Buni uy egasidan bilib olardim. Şu kunlarda quşlar bilan bölib, köp yangiliklardan qolib ketibman.
Bir kuni keçqurun uy egasi toki uxlab qolgunimça tabibni oğzidan bol tomib maqtab ötirdi.
– Bir narsani bilib qöy, uka. Bu qişloqda heç bir kişi işini Talqon amakining duosini olmasdan boşlamaydi ham, tugatmaydi ham. Sen ham hazratning duosini olsang, kam bölmaysan. Aytganday, örmonda Hakim jinnining kulbasi bor. Yana uning gaplariga uçib yurma. U ğirt jinni. Nima deyotganini özi ham bilmaydi.
– Yöq. Örmonda heç qanday hujra körmadim. Hakim jinni kim?! – deb söradim undan.
Savolomuz unga qarab tikilib turganimni körib, afti burişib javob bergandi:
– Hali tanişişga ulgurasan. Qişloqning şunday jinnisi bor. Tabib hazratlari haqida kelgan-ketganga har xil gaplar qilavergaç, odamlar uni quvib yuborişdi. Hozir öşa sen iş qilayotgan örmonga hujra qurib berişgan. Onda-sonda közni şamğalat qilib qişloqqa ham kelib qoladi.
Töğrisini aytsam, uy egasining gapiga uçişimdan xavotirlangan jinni negadir meni qiziqtirib qöydi. Rost-da, barça soğlom aql egalariga qarşi gapira oladigan jinni kim ekan? Iç-içimdan u bilan tanişişni istay boşladim. Tanişuv uzoq kuttirmadi, avvaliga örmonga ketayotganimda, keyin qaytayotganimda qişloq bilan örmon oraliğidagi yalanglikda tez-tez yurişidan, kiyimlari abgorligidan aqli joyida emasligi körinib turgan erkakka duç keldim.
– Talqon emas, afyun… hamma uni talqon deb öylaydi…. Afyun u… Közlaringni oçinglar… Afyun… Uni yesalaring miyalaringga qurt tuşadi, – deb baqirardi u.
Keyin bilsam, uzun asosi uçiga qönğiroq boğlab, yelkasiga törvaxalta osib olgan juldur kiyimdagi yoşi ötib qolgan, hamma jinni deb hisoblaydigan bu odam qişloq köçalarida tuyqusdan paydo bölib qolar, maʼnosiga özidan boşqa heç kim tuşunmaydigan almoyi-jalmoyi gaplari bilan odamlarning ğaşiga tegar, heç kimni sizlamas, odamlarning taʼna-yu daşnomlariga qaramasdan, tilidagini şartta yuziga aytar, keyin esa qanday paydo bölgan bölsa, şunday yana izsiz ğoyib bölardi.
Har gal uni uçratganimda etim allaneçuk uvişib ketar, boşqalar qatori men ham imkon qadar undan özimni olib qoçardim.
Aslida, qişloqdagi boşqalar bilan ham unçalik apoq-çapoq bölib ketolmagandim. Özimning begona ekanimni har soniyada his qilib turardim. Garçand qöni-qöşni, qişloq odamlari juda odamoxun, xuştabiat bölsa-da, men iç-içimdan negadir özimni ularga begona sanardim. Buning sababini özim ham tuşuna olmasdim. Men ijarada turgan uy egasi esa nuqul meni koyirdi.
– Hoy, uka, – derdi u samimiy ohangda. – Qaçongaça, şunday anavi Hakim jinniga öxşab xömrayib yurasan, odamlarga qöşilsang-çi? Bu qişloqda birov-birovga begona emas. Jumladan, sen ham. Axir, kelganingga ham ança böldi. Qaçon Talqon tabibning talqonini tatib körasan.
Uning gaplari rost edi. Kelganimga qariyb uç oy bölsa-da, odamlarga kirişib keta olmagandim. Har kuni örmondagi quşlar in qurgan ulkan daraxtlar ösgan baland tepalikka borar, kun uzoği quşlar ustida tajriba ötkazar, kuzatişlarni kundalikka tuşirib, söngra keç tuşgaç horğin holda qaytardim. Yakşanba kunlari bir oz keçroq turişimni hisobga olmaganda, har kun deyarli şu hol takrorlanardi. Işga otlanayotganimda soat millari ön beşta kam oltini körsatar, qaytganimda bölsa keç sakkiz yarim bölardi. Şuning uçun uy egasi xotiniga: “– Ana, ketayapti. Demak, vaqt bomdodga yaqinlaşgan”, – derdi.
Yoki aksinça: “– Ana, amaking işdan qaytibdi, şu paytgaça qayerlarda yuribsan keç bölganda?” – deb öğlini koyirdi.
Baʼzan hali tong yorişmasdan quşlar makon tutgan baland tepalik sari yöl olardim. Bomdod payti quşlar sayraşga tuşar, keçqurun şomda ham şu hol takrorlanardi. Meni qiziqtirgani quşlarning aynan erta tong va şom payti sayraşi emasdi. Garçand, bomdod va şom payti yaqinlaşa boşlaşi bilan quşlar xuddi kelişib olganday birdan sayraşga tuşişar, maʼlum muddatdan söng esa ular birdan töxtaşardi. Buning sababi ham menga qoronği edi. Yana bir narsa bor ediki, avvaliga qançalik ajablantirmasin, buning, albatta, tagiga yetişga qaror qilgandim. Nega quşlar bir joyda yonman-yon ösgan bir töp daraxt ustida sayraşmaydi?! Şu savolga javob topiş ilinjida keçasi bilan quşlarning bu ğayriodatiy holi haqida biror nima topiş ilinjida tinmay internet titkilar, biroq har qança urinmayin, harakatlarim samarasiz ketar, sahar payti yana şoşilib örmon tomon yöl olardim.
Şunday kunlarning birida yana Hakim jinniga duç keldim. Tuşlikdan söng daryo böyidan kelsam, u quşlar sayrayotgan daraxtlar tagida ötirgan ekan. Aftidan, odamlar bergan non, meva-çeva bilan tuşlik qilib, qornini töydirgan edi. Hamişa takrorlab yuradigan “ilonning dumi kesik” deydigan gapini bu gal negadir aytmadi.
– Hoy, bola, – dedi u menga yuzlanib, nega meni bola deb çaqirdi, haligaça tuşuna olmayman. U ikkita sadaqayroğoçni körsatib:
– Anavi daraxtlarning tagida ötirma, u yerda jinlar bor. Bexosiyat joy, – dedi.
Men boş irğab nari ketdim. Hakimning körinişi men bilan gaplaşadigan holatda emasdi.
Uy egasi esa har kuni Talqon tabib haqidagi yangiliklarni hikoya qilib berişdan erinmasdi: “Hoy ukaginam, eşitdingizmi? Talqon tabib qöşni şahardan kelgan falon kasalni tuzatib yuboribdi”, “E, bu gaplardan bexabar qolibsiz-da. uka, Talqon tabibning oldiga bugun pismadonça odam keldi. Köp yil dardiga davo topa olmagan ekan, dardi yengil bölganidan özini qöyarga joy topa olmay, minnatdorlik bildirgani kelibdi. Talqoni yegan odam hatto oçligini ham unutadi. Kun uzoği kayfiyati çoğ yuradi”.
Faqat bu emas, bolalarining u yer-bu yeri oğrib qolsa ham darrov:
– Talqon amakingga bor, bir körib qöysin, otdek bölasan-qöyasan, – derdi.
Uy egasigina emas, balki butun qişloq, hatto qöşni tumandagilar, şahardan keladiganlar ham Talqon tabibni hamma kasalliklarni davolay oladigan möjizakor köçga ega sehrgar deb hisoblaşardi.
Odatda qişloqdagilar bir-birlarini imo-işoradan anglar, ortiqça tuşuntiriş, gap-sözlarga örin qolmasdi. Faqat Hakim jinnigina bu qoidalariga rioya qilmas, barçaga öz fikrini baland ovozda tuşuntirişga urinar, biroq heç kim uning gaplariga quloq solmasdi.
Qişloqda faqat Hakim jinnigina tabibni yoqtirmasdi. Yana bir gal qişloqdan çiqib, tepalik tomon yöl olganimda, yölimda Hakim jinni paydo böldi.
– Ilonning dumi kesik, ilonning dumi kesik…sadaqa ber….
Men qölimdagi yelim xaltamni kovlab, tuşlikka deb olgan kiçik kulçadan birini olib unga uzatdim. U nonni ola turib, birdan sergak torti:
– Tağin Talqon tabibnikiga borib yurma. Talqoni iblisning yemişi…
Men uning gaplariga parvo ham qilmadim. Çunki Talqon tabibnikiga boriş niyatim bölmagan. Qolaversa, bu esi kirdi-çiqdi odamning gapiga köp ham eʼtibor beriş şartmasligini allaqaçon tuşunib yetgandim.
Nima böldi-yu, yoz kunlarining birida tomoğim qattiq şamollab qoldi. Biroz isitmam ham kötarilgandek böldi. Işga ketiş oldi dorixonadan şamollaşga qarşi dori olişga qaror qilgandim, uy egasi meni bu fikrimdan qaytardi.
– E uka, nima qilasiz doriga işonib? Ana Talqon amakining oldiga boring, bir körib qöysin. Otdek bölasiz, – qöyasiz. Dorining turgan bitgani ziyon-ku, uniki esa tabiiy. Talqon tabib oddiy tabib emas. Uning yetti puşti tabib ötgan. Otasi ham odamlarni talqon bilan davolagan ekan.
Garçand ikkilanayotgan bölsam-da, Hakim jinnining gaplari hamon quloğim tagida jaranglab tursa-da, yöl-yölakay Talqon amakining oldiga kirişga qaror qildim. Odatda, odam gavjum böladigan hovli bugun ança siyraklaşib qolgandi, hovliga kirib borişim bilan, öğli yugurib oldimga kelib, qöş qöllab körişgança içkariga boşladi.
Talqon amaki bilan hol-ahvol söraşib bölgaç, u birpas qölimning tomirini uşlab turdi-da:
– Hm-m, içaklaringizda ham şamollaş bor ekan-ku, uka. Öt pufagingiz ham, – dedi.
Men: “Yöq, mening tomoğim oğriyapti, şunga kelgandim”, – demoqçi bölib endi oğiz juftlagandim, tabib oğzimga urgandek böldi:
– Içak va öt pufagingiz şamollagani nafas yölingizga ham bergan. Şunga tomoğingiz açişganday bölib, qiçişib oğriyotganday tuyulayotgandir? Endi bir hafta manavi talqonni kuniga ikki mahal körsatilgan vaqtda şimib yurasiz, keyin yana bir oldimga kelasiz, – deb çiqarib yubordi.
Oldiga kirayotganimda ançayin gumon bölgan bölsa-da, çiqqanimdan keyin uning karomatgöyligiga tan bergandim. Xuddi içimdagini uqqanday, şu talqonni vaqtida şimisam tez orada tuzalib ketadiganday edim.
Qişloq çetidagi quşlar makon tutgan tepalikka borib, tabib aytganday talqondan oğzimga soldim. Talqon tomoğimdan erigunça, bir zum atrofga nazar soldim. Quyoş ufqdan kötarilib kelar, toğ tomondan mayin şabada esa boşlagandi. Daraxtdagi quşlar çuğurlaşdan töxtagan, köpçiligi bölsa yegulik izlab, dala tomon uçib ketganga öxşardi.
Men oğzimda talqon bilan, quşlar borasidagi kuzatişimlarimni qoğozga tuşira boşladim.
Tuşga yaqin tomoğimda talqon qolmagaç, göyo oğriq ham öz-özidan ötib ketgandek, özimni ança yaxşi his qila boşladim. Tabibning möjizakor talqoniga men ham tan berdim. Nimaiki işga qöl urmay, köz oldimda tabibning muloyim, jilmayib turgan nuroniy çehrasi namoyon bölaverdi. “Hakim jinnining hamma gaplari notöğri. Talqon tabib juda ham karomatgöy ekan”, degan qatʼiy fikrga keldim.
Ertasiga tuşgaça yozuvlar bilan ovora bölib, vaqt ötganini bilmay qolibman. Qon yurişişi uçun özimça jismoniy maşqlar qilgan böldim, keyin esa yuvinib oliş uçun tepalik pastidagi daryo tomon yöl oldim. Tomoğimda oğriq paydo bölgandan buyon çömilmay qöygandim. Daryo böyiga kelib, birdan çömilgim kelib ketdi. Şartta ust-boşimni yeçib, özimni suvga otdim. Tanim suvda yayrar ekan, tomoğim oğriğini ham unutdim. Göyo Talqon tabibning talqoni sehrli-yu, bir nafasda öz möjizasini namoyon etgandek edi.
Daryo böyida qança qolib ketganimni bilmayman, har holda quyoşning şaşti qaytib, kun peşindan oğa boşlagan edi. Biroz uyqu bosayotganini hisobga olmaganda, özimni ança tetik his etardim. Talqon tabibning talqoni foyda qilganidan könglim şod edi. Har gal köz oldimda çehrasi namoyon bölar ekan, men ham sekin jilmayib qöyardim.
Tepalikka ham xuş kayfiyatda kötarildim. Biroq doim quşlar sayraydigan daraxt tagiga qöyilgan eski yoğoç söri ustidagi manzara kayfiyatimni xira qildi. Tabib bir haftalikka deb bergan talqon sörida soçilib yotar, talqon solingan qoğoz öramini quşlar çöqilayverib, ilma teşik qilib taşlagandi. Qoğoz öramining eng oxiridagi bir siqimni hisobga olmaganda, talqondan umid qilmasa ham bölardi.
Men kelişim bilan talqon talaşib çuğurşalayotgan quşlar birdan gur etib havoga kötarildi. Qoğoz öramining tagidagini noiloj çöntagimga soldim-da, söri ustida soçilib yotgan talqon uvoqlarini latta bilan artib, öt ölanlar ustiga soçib taşladim. Tabibning talqoni bugun va ertaga ertalabga yetardi, xolos. Aytilgan muddat ötmasdan yana talqon sörab borsam, qandoq bölar ekan degan andişa bor edi könglimda.
Keç tuşgunça yana öz işim bilan band böldim-da, şom qoraymasdan, uy tomonga yöl oldim. Tezroq borib uy egasiga vaziyatni tuşuntirib, undan maslahat oliş niyatida edim.
Quyoş xuddi yonayotgan şar kabi ufqqa oğib borardi. Ufqning alvon rangi ertangi kunning issiq bölişidan dalolat berardi. Agar rassom bölganimda, ehtimol, mana şu manzarani tasvirlagan bölardim. Bu holni köp bor kuzatgandim. Quyoş to ufqqa oğgunga qadar vaqt juda sekinlik bilan ötayotgandek tuyuladi, ufqqa boş qöyişi hamon vaqt yana öz otini qamçilaydi göyo. Nima bölganda ham yarim botib, yarim çiqib, qizarib turgan quyoşga tikiliş odamni tölqinlantirib yuborardi. “Balki bu ham Talqon tabibning karomati tufaylidir”, degan öy keçdi könglimdan.
Hademay, atrofga tun öz kölankasini taşlaydi. Suv yuziga qalqib çiqqan olmalar kabi, tun köksida asta-sekin yulduzlar şuʼla soçib, hilol yuz körsatgunga qadar atrofga şom hukmronlik qiladi.
Daqiqa sayin şom quyuqlaşib borardi. Kökda öçayotgan quşlar qay bir oşyonga şoşilişar, qişloq çetidagi hovlining köçalariga suv sepilgan, itlarning hurgani, sigirlarning möragani, bolalarning qiyqiriği eşitilib turardi. Özimdagi bunday kötarinkilik sababini talqon taʼsiri bölsa kerak degan xulosaga kelgandim.
Uy egasi kelmagan ekan. Öğli otam qayergadir ketgan, bugun balki kelmasa kerak dedi. Men qolgan talqon bilan kifoyalanib, har doimgiday yuvinib ovqatanişga ötirdim-da, yana xonamga kirib, internetni titkilay boşladim.
Ertasi kuni ğira-şira tong çoği uyğonib örmon tomon yöl oldim. Quşlar aynan qay paytdan sayray boşlaşining aniq vaqtini qoğozga tuşirib qöyişga qaror kilgandim. Tepalikka yetib borganimda vaqt bomdodga yaqinlaşib qolgandi. Yuqoriga kötarilişim bilan xuddi meni kutib turgandek, quşlar sayraşga tuşdi. Tongning bu paytida ularning bunday sayroğini tinglaş juda maroqli edi. Ammo meni hayratga solgan narsa şu böldiki, quşlar sayroği avvalgiday baland va xilma-xil emasdi. Men ajablangan köyi quşlarni kuzata boşladim. Şunda közim daraxtlarga şunçaki qönib turgan quşlarga tuşdi. Ular sayramasdi. Bundan butkul hayratga tuşdim. Şunda birdan keça mening talqonimni çöqilab taşlagan quşlarni tanib qoldim. Eng ğaroyibi, aynan öşa quşlar galasi sayramasdan boşqa daraxtga qönib, jim turişardi.
Men kundalik daftarimga bu holatni şu kunning qaydi bilan muhrladim. Quşlar borasidagi kuzatişlarimni soat va daqiqalarigaça aniq qilib yozişga örgangandim. Ehtimol, bu keyinçalik asqotib qolar degan ilinjda heç bir narsani eʼtibordan çetda qoldirmaslikka harakat qilardim.
Keçqurun uyga kelib, yana quşlar haqida maʼlumotlarni titkilaş bilan ovora böldim. Hatto örnimga ham ötmay, ötirgan joyimda uxlab qolgan ekanman, ertasi kuni ertalab uy egasining ovozidan uyğonib ketdim. Çoy ham içmasdan, apil-tapil yana örmonga otlandim. Qişloq çetidagi masjid tomondan azon ovozi yangrab turardi. Keçagidan biroz keç bölsa-da, quşlarning sayroğini kuzatiş uçun hali vaqt yetarli edi. Qoğoz qalamni olib, atrofga quloq tutdim. Şunda birdan har ikkala töp daraxtdagi quşlar umuman sayramayotgani meni hayratga soldi. Bunga işongim kelmasdi. Çunki bu paytda odatda quşlar tinmay sayrardi. Bugun esa ular xuddi motam tutgandek, jimgina, xömrayib ötirişardi. Ilgarilari bomdod payti gala bölib sayragan quşlar bomdod ötgaç, sayraşdan töxtar, biroq bitta-yarimtasi don izlab yoki boşqa sabab bilan çuğirlaşib turardi. Bugun to quyoş tikkaga kelgunça ham ularning heç biridan sado çiqmadi. Quşlardagi bu ğayriodatiy özgarişlarga javob topiş ilinjida keçgaça tepalikdan nari ketmadim. Çömilişni ham yiğiştirib qöydim. Agar ketadigan bölsam, nimadir muhim narsa yuz beradi-yu, undan bexabar qolib ketadigandek edim.
Ertasi, indini va bir hafta davomida şu holat takrorlandi. Quşlar endi şomda ham, bomdodda ham, boşqa paytlari ham butunlay sayramay qöyişgandi. Ilgargi tirik quşlar allaqayoqlarga öçib ketgan-u, kimdir ularning örniga qölda yasalgan, sunʼiy quşlarni olib kelib, qöyib ketgandek edi.
Sönggi kunlarda menda quşlar kasallikka çalindimikin degan şubha paydo böldi. Kasbim taqozosidan izlanişlar olib borayotgan bölsam-da, ularning bu holati menga butkul tuşuniksiz edi. Heç bir adabiyot, ilmiy kitoblarda bu kabi vaziyatlar haqida fikr yuritilmagandi. Şunday bölsa-da, keçqurin bu borada ilmiy rahbarim bilan bafurja gaplaşib olişga qaror qildim.
Keçki payt telefonda vaziyatni ilmiy rahbarimga yaxşilib tuşuntirdim. U indamay hamma gapni eşitib bölgaç, “juda ğalati-ku”, dedi-da, kuzatişda davom etişini, har kungi kuzatişimni poçta orqali yozib turişimni tayinladi.
Rahbar haq edi. Nima bölganda ham kuzatişda davom etişim kerak. Odatda bunday işlarda şoşiliş yaramaydi. Kerak bölsa oylab, yillab, hatto ön yillab kuzatiş mumkin. Şundagina biror natijaga erişiladi.
Quşlardagi ğayriodatiy holat meni butkul taşavişga solib qöygan bölsada, kuzatişda yana davom etişga qaror qildim. Axir rahbarim aytgandek, heç bir natijasizlikdan ham oxir-oqibat natija çiqişi tayin.
Tuni bilan internet titkilab, heç bir savolimga javob topolmay, erta tongda uyqusirab, xunobim oşib hovliga çiqdim, sal narida köçadan Hakim jinni ötib borardi:
– Ilonning dumi kesik…
Birdan xayolimga kelgan fikrdan özim ham qörqib ketdim. Xayolimda birdan Hakim jinnining sözlari jarangladi: “Tağin Talqon tabibnikiga borib yurma. Talqoni iblisning yemişi”.
“Nahotki, hammasiga şu talqon sababçi bölsa? Axir, şunça odam şifo topgan-ku? Quşlarga boşqaça taʼsir qilganmikin? Odamlar şifo topgan narsa, quşlarga salbiy taʼsir qilişi mumkinmi?” Içimdagi ğaşlik sira tinçlik bermas, özimni qöyarga joy topolmasdim. Şunda uy egasi yelim xaltada talqon bilan xonamga kirib kelib qoldi.
– Qarasam, bir-ikki kundan buyon kayfiyatingiz yöq. Hoynahoy, talqoningiz tomom bölgan bölsa kerak, – dedi u har doimgi çapani tabiati bilan.
Yelim xaltani qölimga tutqazdi.
– Mana, siz uçun olib keldim. Qani, oğzingizga bir çimdim talqondan taşlang-çi, qanaqa bölar ekan.
Uy egasining sazasi ölmasin deb, talqondan oğzimga soldim. Odamlar aytganiça bor, şekilli, bir zumda taşvişlarimni unutdim. Yuzimga qon yugurganday bölib, minnatdor jilmaydim.
– Mana, bor ekansiz-ku. Sizga neça marta aytdim, oğzingizdan talqonni aritmang, har doim kayfiyatingiz çoğ böladi deb.
Şunday deb özi ham bir yutim talqonni oğziga taşlab, şahdam qadamlar bilan çiqib ketdi.
Ertasi erta tongda qöşni xonadon tomondan yiği-siği ovozidan uyğonib ketdim. Yuzimni yuvib, taşqariga çiqsam, uy egasi hovlida u yoqdan-bu yoqqa yurgança papiros tutatib turgan ekan. Savol nazari bilan unga tikilib turganimni körib, boşini sarak-sarak qilib:
– Talqon amakining öğlidan ayrilib qolibmiz, – dedi.
– Talqon amakining öğlidan?!! – Quloqlarimga işongim kelmasdi. – Tuppa-tuzuk yurgandi-ku?
– Ha, butun qişloq hayron. Özi birgina öğil edi…
U gapini tugatmay, taniş qönğiroq ovozi keldi va tuyqus darvoz oldida Hakim jinni paydo böldi.
– Otasining kasofati öğliga urdi. Hali uning kasofati butun qişloqqa uradi…
Uy egasining ensasi qotdi.
– Özi sen yetmay turganding. Aljirama, esi past. Daf böl bu yerdan. Tağin Talqon tabib eşitib qolmasin.
Hozirgi holatda aftoda kiyimi, uzun asosi, törvaxaltasini aytamasa, Hakimning gaplari binoyidek biyron-biyron, ilgargidek gaplari poyintar-soyintar emas, xuddi soğ odamniki kabi dona-dona edi.
– U öz joniga qasd qildi. Bilasanmi nima uçun? Otasi tayyorlagan talqon iblisning yemişi, iblisning yemişi… Bu talqon hammani ado qiladi.
Uy egasining rosmana jahli çiqdi.
– Ket bu yerdan, jinni.
– Oldin bir nabirasi soqov tuğilgandi. Ikkinçi nabirasi esa oğizsiz tuğilib, bir kun ham yaşamadi. Menga işonmasang, ana kelinidan söra. Öğli bekorga öz joniga qasd qilgani yöq. Omborxonada özini osgan. Ha-a, özini osgan.
– E, böldi qil-e! Bor, daf böl bu yerdan.
Uy egasi şunday deb, darvozani yopib qöydi.
Hakim jinni bu yerdan uzoqlaşar ekan, har doimgidek yana asl holiga qaytdi.
– Iblis malhami u . Iblis malhami u. Içmanglar… Ilonning dumi kesik….
Uy egasi mening xomuş bölib qolganimni körib, öziça ovutişga harakat qildi:
– Uning gaplariga parvo qilma, uka. Bilasan, u bir jinni. Oğziga kelganini gapiraveradi.
– Nabirasi haqida aytgan gaplari-çi? U ham yolğonmi? – dedim, sabrim çidamay.
U boşini sarak-sarak qildi.
– Bu gaplarga işonmayman. Bari bekor gap. Agar oğizsiz tuğilganda ham-çi, Talqon tabibning talqoni, albatta, şifo bölardi. Biroq kelinni kimdir yöldan urgani aniq. Nimadir sabab bölib, eri bilan aytişib qolibdi. Bu keça bölgan ekan. Öğli esa lom-mim deb javob qaytarmabdi. Sahar payti esa bu körgilik yuz bergan.
Tösatdan göyo içimda nimadir uzilib ketandek tuyuldi. Men birdan ançadan buyon öylantirib yurgan savollarimga javob topganday böldim. Özim tajriba ötkazayotgan quşlar feʼli nega birdan özgarib qolgani va oxir-oqibat butkul sayramay qöyganiga javob topganday edim. Hammasi öşa voqeadan keyin, men örmonga talqon olib borib, uni quşlar talaşib yegandan keyin boşlanganiga heç şubha qolmagandi. Talqon yeganlari esa sayraşdan qolgan. Boşqaça bölişi mumkin emas edi, çamamda.
Uy egasining:
– Talqon amakiniga birga çiqamiz, – deganiga qaramasdan şoşa-pişa örmonga otlandim. Xayolimda har xil savollar ğujğon öynardi. Quşlar yana asl holiga qaytişarmikin? Bunga qança vaqt zarur ekan? Balki ularni emlatiş darkordir?
Tepalikka yetib kelganimda atrofda ölik bir sukunat hukmronlik qilardi. Uzoqlardan eşitilib turadigan daryo ovozi ham tinib, har kuni şu paytlari esib turadigan şabada ham töxtab qolgandek edi göyo. Sayramasa ham u yer-bu yerda, daraxtga qöngança maʼyus ötiradigan quşlardan darak ham körinmas, nimadir yuz bergan-u, bu yerlarni butunlay tark etgandek, hamma yoqda jim jitlik hukmronlik qilar, hali yoz bölişiga qaramay, daraxtlar ham yaproqlarini tökib, söppayib qolgandek, osmonni esa ğayritabiiy ravişda qora bulut qoplay boşlagandi.
Tepalik tomon yurayotib, oyoğimda nimanidir bosib oldim. Nima ekan deb, egilgaç, ölik quşning tanasiga közim tuşdi. Birdan huşyor tortib, atrofga olazarak qaray boşladim. Hamma yoqda öt-ölanlar orasida ölik quşlar tanasi soçilib yotardi. Ilgarilari har doim daraxtni töldirib, tinmay çuğurlaşgan, faqat sönggi paytlarda sayraşdan qolgan quşlar, jonsiz suratga kirgan, göyo bir keçada qaydandir qiron kelganu, quşlarning hammasi bu falokatdan omon qolmagandek.
Birdan örmon közimga fayzsiz, quşlar öligiga töla mozordek sovuq körinib ketdi. Bu yerda turişimga ortiq hojat qolmagandi. Hamma izlanişlarim, urinişlarim, vaqtim besamar ketgandi. Şitob bilan ortga, qişloqqa qaytdim. Yöl-yölakay imkon qadar ortga qaramaslikka harakat qildim. Ortga qarasam, xuddi ölik quşlarga jon kirib, börondek uçib kelib, yuzimga uriladigandek tuyuldi. Aksiga olib qarşimdan Hakim jinni çiqib koldi.
– Hoy, bola, – dedi u har doimgidek tomdan taraşa tuşgandek. – Ket bu yerdan. Uzoqlarga ket. Bu qişloqqa iblis in qurgan. U odamlarga öz talqonini tarqatayapti.
Bir zum uning gaplariga angrayib turdim-da, yana yölimda davom etdim. Qişloq çetida Talqon tabib uyi oldida erkaklar töplanib, nimagadir tayyorgarlik körişar, içkaridan esa ayollarning yiği-siği ovozi kelardi. Men odamlar köziga körinmaslik uçun uyning orqa tomoni bilan yurdim-da, tez orada ijara uyga yetib oldim.
Birdan köz oldim qoronğilaşib ketdi, bir muddat karaxt holatda nima qilişimni bilmay turib qoldim. Bir tomondan tobora talqonning xumori tutardi. Jon-jahdim bilan yelim xaltadagi talqondan tezroq totgim, yuragimni ğijimlab kelayotgan ğam-u taşvişni tezroq unutgim kelar, ikkinçi tomondan keyin nima böladi, degan xavotir bor edi.
Oldimda ikki yöl qolgandi. Yo hozir apil-tapil narsalarimni yiğiştiraman-u, jamodonni kötarib, köçaga otilib, katta yöl tomon şoşilaman. Bugun dam oliş kuni, katta yölda maşinalar köp böladi. Omadim çopsa, tuşdan söng şaharga yetib olaman. Qaytib bu yerlarga qadamimni bosmayman. Yoki Talqon tabibning talqonidan oğzimga taşlayman-u, bu maşmaşalarni tezroq unutib, qişloqdagi Hakim jinnidan boşqa hamma qatori talqonli hayotga qaytaman.
Bir qarorga kelolmay beixtiyor, oğzimga talqondan taşladimda, köça tomon odimladim. Uy orqasiga ötib, qişloq çekkasidagi tepalik tomon beixtiyor köz taşladim. Tepalikdagi daraxtlar xuddi kimsasiz, munğayib qolgandek, osmonda esa qora bulut tobora quyuqlaşa boşlagan, qayoqdandir uçib kelgan qarğalar galasi qişloq tepasida tinmay aylanar, asta-sekin talqon öz taʼsirini körsata boşlagan, labimga tabassum yugura boşlagan, yana ortga qayta turib, közlarimni esa şirin bir uyqu bosib kelar ekan özi körinmasa ham qaysidir köçadan Hakim jinning ovozi elas-elas eşitilayotgandek edi.
– Ilonning dumi kesik, ilonning dumi kesik…
Jabbor EŞONQUL
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida


