Anton Çexov jahon adabiyotida nufuzli öringa ega. Uning qanday yozuvçiligini asarlari aytib turibdi. Buyuk adib şaxs sifatida ham örnak bölarli fazilatlarga ega edi.
Bu örinda yozuvçi qalamiga mansub bir xatga eʼtibor qaratmoqçimiz. Çexovning akasi Nikolay isteʼdodli rassom edi. Biroq qatʼiyatsizligi, içkilikka mukkasidan ketgani sabab özini özi xarob qilib borardi. Adib u haqda: “Millatning kuçli bir isteʼdodi ölyapti, heç bir sababsiz ölyapti”, degandi nadomat bilan. Yozuvçi akasining zaif tomonlarini bilar va uni öylab hamişa qayğurardi.
Çexov akasiga bir xat yozadi. Maktubdagi fikrlar bevosita siz-u bizga tegişli bölmasa-da, unda katta ibrat bor.
“Seni “tuşunişmayotgani”dan menga tez-tez nolib turarding. Bu masalada hatto Gyote ham, Nyuton ham arz-dod qilmagan… Seni juda yaxşi tuşunişadi… Agar sen özingni özing tuşunmasang, bu boşqalarning aybi emas…
Ukang va yaqin kişing sifatida işontirib aytaman: men seni tuşunaman va holatingni iç-içimdan his qilib turaman… Barça yaxşi sifatlaringni beş qölimday bilaman, ularni qadrlayman va çuqur hurmat bilan qarayman. Xohlasang, seni tuşunişimni isbotlaş uçun bu sifatlarni sanab berişim mumkin. Menimça, öta darajada mehribonsan, olijanobsan, xudbinliging yöq, oxirgi noningni ham birov bilan baham körasan, samimiysan; hasad va nafratdan yiroqsan, oçiqköngilsan, odamlarga ham, jonivorlarga ham şafqatlisan, birovning ustidan kulmaysan, kin saqlamaysan, işonuvçansan… Senda boşqalarda yöq katta ustunlik bor: isteʼdodlisan. Bu isteʼdod seni millionlab kişilardan baland kötaradi. Çunki Yer yuzida har ikki million kişiga bitta rassom töğri keladi…
Isteʼdod seni öziga xos vaziyatga qöyadi: hatto qurbaqa yoki örgimçak bölsang ham, seni hurmatlayverişadi. Çunki isteʼdod egasining ayblaridan köz yumiladi. Sening bittagina aybing bor. Yolğon tayançing ham, baxtsizliging ham, boşoğriqlaring ham şundan. Haddan ortiq tarbiyasizsan. Keçirasan-u, lekin töğrisiyam şu. Gap şundaki, hayotning öz qonun-qoidalari bor… Madaniyatli davrada özingni erkin his qilişing, unda begona va ortiqça bölmasliging uçun maʼlum şaklda tarbiyalangan bölişing kerak. Isteʼdod seni şu muhitga olib kiradi, sen unga mansub bölasan. Va öz navbatida seni bu muhitdan tortadi ham, sen madaniyatli kişilar va köça odamlari orasida muvozanat saqlay bilişing kerak…
*
Isteʼdodlari bölsa, uni hurmatlaydilar. Uni deb huzur-halovat, ayş-işrat, içkilik va maişatlardan voz keçadilar.
*
Kunduzi ham, keçqurun ham töxtovsiz işlaş, tinmay öqiş, sinçiklab örganiş, irodali böliş kerak. Har bir soat oltinga teng… Yakimankaga boriş va qaytib keliş foyda bermaydi. Bariga qatʼiyat bilan tupuriş va qöl siltaş zarur… Biznikiga kel, aroq şişangni sindir-da, yotvolib öqi. Heç qursa Turgenevni, axir uni öqimagansan-ku…
*
Tarbiyali odamlar, fikrimça, quyidagi talablarga javob berişi kerak:
*
Ular insonni hurmat qiladi, şu sababli hamişa iltifotli, muloyim, xuşmuomala, murosali… böladi. Ular bolğaça yoki yöqolgan öçirğiç sababli janjal kötarmaydi; birov bilan yaşab, keyin buni taʼna qilmaydi, ketayotib: “Siz bilan yaşab bölmaydi!” demaydi. Ular şovqin, sovuq, köp qovurib yuborilgan göşt, ovqatning tuzi ötkirligi yoki uyida mehmonlar borligi tufayli ğazabga minmaydi…
*
Ular birovning mulkini hurmat qiladi, şu bois qarzlarini qaytaradi.
*
Ular faqatgina kambağallar yoki qarovsiz muşuklarga açinmaydi. Ular oddiy köz bilan körib bölmaydigan narsalar uçun ham qayğuradi…
*
Boşqalarning rahmini keltiriş yoki yordam oliş uçun özlarini yerga urmaydilar. Özining köngilxuşligi uçun birovlarning tuyğularini öyin qilmaydilar. Heç qaçon “Meni tuşunişmayapti!” demaydilar.
*
Ular özlarini madaniy tarbiyalab boradi. Kiyimini aliştirmay uxlamaydi, uylarini taxtakanaga töldirmaydi, yoqimsiz havodan nafas olmaydi, isqirt polda yurmaydi, kerasinkadan ovqatlanmaydi…
*
Ular mayda-çuyda narsalarga berilmaydi. Maşhurlar bilan tanişiş, salonda duç kelgan odamni hayratlantiriş, qovoqxonalarda dong taratiş bilan maşğul bölmaydilar.
*
Ularning yuragi toza, yolğon gapirişdan qattiq qörqadilar. Hazillaşib ham yolğon gapirişmaydi. Yolğon tinglovçiga haqorat bölib tuşadi va uning nazarida sözlovçini qadrsizlantiradi. Ular özini köz-köz qilmaydi, köçada ham özini yaxşi tutadi, birodarlarining köziga kul soçmaydi. Ular vaysaqi bölmaydi, söralmagan paytda hamma narsani oçiq-oydin gapiravermaydi… Begona quloqlar hurmati uçun köpinça sukut saqlaydilar.
*
Va hokazo. Xullas, tarbiyalanganlar şunday böladi… Tarbiyalaniş va özing kirgan muhit darajasidan tubanda qolib ketmaslik uçun faqatgina Pikvikni öqiş va “Faust”dan parça yodlab oliş kifoya qilmaydi. Yoki izvoşga ötirib Yakimankaga yöl oliş, bir haftadan söng u yerdan ham bartaraf böliş yetarli emas…”
Moskva, 1886.
Rus tilidan Orif Tolib tarjimasi.
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida


