7 daqiqada öqiladi

537 marta körilgan

Yozuvçi nima qilardi?

Suxrobjon Avalboyev

“Bir daqiqa avval ön uç inson olamdan köz yumdi”.

Bu sözlarni öqiganimda ölim haqida heç öylamagandim. Çunki juda yoş edim. Ammo bu sözlar ön ikki yoşli kaminani larzaga keltira olgandi.

“Bu daqiqada ham yana ön uç odam vafot etdi”.

Rostdan ham bu sözlar meni şunçalik larzaga keltirgandiki, öylamasdan yiğlaşni boşlagandim. Söngra yiğlagandim, yiğlagandim va yana yiğlagandim. Hayotni unutayozgandim. Menga tikilib esa tiriksan deya olmasdingiz.

“Va yana ön uç kişi öldi”.

…

Nima deyişni ham bilmayman…

* * *

Bu voqea sodir bölganiga, mana, tört yil böldi. Xudoga şukrki, soğ-omonman. Maktabni ham tamomlab qöydim. Masʼuliyat nima ekanligini anglaşga harakat qilaman. Şöxliklarim yöqoldi. Umuman olganda, hayotga yoruğ orzular bilan qadam taşlayman. Lekin mening ruhiyatim haligaça bemor. Sababi, tört yildan beri xayolimda bir gap aylanib yuribdi; turganimda ham, yotganimda ham bir gap; meni qiynayotgan bir gap:

“Dunyo böylab daqiqasiga ön uç kişi ölyapti”.

Bular qanday odam? Nimaga ölişyapti? Nega ularni qutqarib bölmaydi? Nima sababdan öliş degan narsa bor? Özi ölim nima? Heç qanaqa javob yöq. Şunçaki, jumla qaytarilaveradi:

“Har daqiqa ön uç kişi öladi”.

Şundan beri buning oldini olişni xohlayman. Har daqiqa kimlardir ölişini istamayman. Şuning uçun odamlarga yordam beriş yöllarini qidirişni boşladim. Köplab kasb-hunarlarga qiziqib kördim ham, afsuski, ular insonlarni saqlab qolişa olmas ekan, kimgadir foydasi tegsa, kimgadir zarar qilarkan. Şunda kasb bölmagan nimarsalarni axtara boşladim va yaqinda könglim yolvorganini topdim: bu – yozuvçilik.

Çunki yozuvçi özining asarlarida jonzotlarga töğri yaşaş yölini va hamma bir-birini tuşuna olişini hamda nizolarni hal qiliş mumkinligini körsatadi. Bu esa odamzotni qutqaradi.

“Har daqiqa ön uç kişi…”

Lekin yozuvçilik haqida, şunçaki, öylab ötirişim heç kimni qutqarmaydi. Şu tufayli yozişni boşladim.

“Har daqiqa ön uç…”

Barça yaxşilikni yozdim. Könglimdagi barini yozdim. Yomonlikdan saqlaniş yöllarini yozdim.

“Har daqiqa…”

Bu esa menga yordam berdi. Tört yildan beri quloğimning tagida jiringlaydigan ovoz deyarli yöqoldi. Şu sababdan ham hayotga bölgan muhabbatni, umidni va tiriklikni aks ettiruvçi sözlarni, hamda nomlarni işlata boşladim: “Hayot davom etadi”, “Gözallik insoniyatni yuksaltiradi”, “Men seni sevib qoldim, Muhabbat”, “Hayotda tirik yaşaymiz” va hokazolar.

“…”

Şunda bir narsa esimdan çiqqani esimga kelib qoldi: asarlarimni hali heç kimga öqitmabman, faqat özim uçun yozibman.

“…”

Şunday qilib, otamga, onamga, opamga, ukamga va yaqinlarimga asarlarimni berdim. Öqişlarini tavsiya qildim. Boşqalarga ham ulaşişlarini tayinladim.

Vaqt ham ötaverdi. Xursand bölib yuraverdim.

“…”

Lekin şoşilgan ekanman. Yozganlarim heç kimga yoqmabdi. Hatto, qattiq kasal bölgan odamning ajalini tezlaştiribdi. Çunki

“Dunyo böylab daqiqasiga ön uç kişi vafot etadi”.

Xullas, yozuvçilik maxluqotlarni qutqarmas ekan. Adaşgan ekanman. Xayolimdagini töğri deb, közimni kattaroq oçmagan ekanman.

“Dunyo böylab daqiqasiga ön uç kişi vafot etişi kerak”.

Endi esa men ham qaçondir ölişim kerakligini tuşunib yetdim va dod-faryodlarimu oh-vohlarimni yozib yuribman. Asarlarimning sarlavhalarini esa ölimga bağişlayapman: “Qaytiş”, “Bir kuni hammamiz…”, “Baqoni orzu qilmoq”, “Yaqinlab kelyapti” va hozir yozayotgan essem “Daqiqasiga ön uç kişi ölayotganida yozuvçi nima qilar edi?”

Eng qiziği nimada bilasizmi? Hayot haqida yozganlarim odamlarga yoqmagandi, ölim haqida yozayotganlarimni esa sevişadi.

“Dunyo böylab daqiqasiga ön uç kişi vafot etişi kerak”.

Ölişsin ham.

“Daqiqa avval ön tört inson olamdan köz yumdi”.

Qutqara olmas ekanman… Adaşgan ekanman…

Ming laʼnat hayotga…

Ming laʼnat ölimga…”

Mana şunday sözlar bilan @uzadab kanalidagi esselar tanlovida yutmoqçi böldim va boya yozganlarimning hammasi yolğon.

Men yozuvçilikka oid bu yilgi barça tanlovlarda qatnaşib kördim va hammasida mağlubiyatga uçradim, köpinça nohaqlik va korrupsiya tufayli. Endi bu tanlovda yutiş uçun ğalati yöldan yurişga majbur böldim: yolğonimni boşqalarga öxşab yaşirmasdan aldaganimni aytdim-qöydim. Boşqalar esa bu tanlovning hayʼat aʼzolariga yoqiş uçun özlarining yozuvçilikka oid hayot yöllarini çiroyli böyoqqa böyab berişadi. Baʼzilar unday qilmaymiz deyişi mumkin, lekin Toğay Murod aytganidek, aytilgan söz yolğonga aylanadi-qoladi. Men esa buni tan oldim.

Çunki adabiyotda yangilik yöq, adabiyot öldi. Dunyo adiblari bugungaça yozilgan asarlarning qahramonlarini ismini özgartirib, voqeani qaytadan aytib berişyapti. Özlarini esa yengilmas qahramondek tasvirlaşayapti. Uslub turliça bölsa-da, adabiyot maʼnaviy jihatdan harf ham özgartiriş yöq. Kamiga heç kim kitob öqimayapti.

Men esa şunday paytda yangilik qilmoqçiman. Yolğonlarim va yolğonlaringizni tan oldim. Biroq bu qilmişim uçun menga toş emas, toşlar otişadi. Meni muttahamga çiqarişadi, umuman olganda, töğri qilişadi ham. Boya aytganimdek yolğon gapirmayman: men siz öylagandek yaxşi odam emasman!

Bu bilan nima demoqçiman: biz yozuvçi bölsak-da, oddiy odammiz. Şuning uçun özimiz yaxşi böla turmay, boşqalardan, yaʼni öquvçilarimizdan yaxşi bölişlarini söray olmaymiz, yaxşilikka unday olmaymiz”.

Menimça, bu safar ham men sizni alday oldim va qaysidir maʼnoda rost sözladim. Sal oldinroq keltirilgan şaxs ham men emas, lekin qaysidir maʼnoda – men. Qanday qilib deysizmi? Mayli, aytaman.

Ikkala şaxsda ham özimning qaysidir qismimni körsatdim. Birida tez taslim böladigan va hammani öylab yuradigan melanxolik çehram bölsa, ikkinçisida esa oxirigaça urişadigan va özining gapini haq deb biladigan tajovuzkor yuzimni körsatdim. Körib turganingizdek, men özimning haqiqiy körinişimni töliq körsatganim yöq, biroq körinişimni körsatdim. Siz esa meni birdaniga yo yomonlab ketdingiz, yo yaxşilab keldingiz. Bu bir jihatdan töğri, ammo umumiy miqyosda olganda mutlaqo notöğri. Çunki qaysidir muşkul vaqtda odam özgarib qolgan bölişi mumkin, bundan taşqari, yana meni töliq anglamasdan men haqimda fikr bildira olmaysiz. Lekin ovqatning taʼmini biliş uçun uning hammasini yeyişimiz şart emas-ku, deyişingiz mumkin. Ammo bu vaziyatda va qolgan vaziyatlarda ham sizning “lekin”ingizga mening “lekin”imga “lekin” topilgandek, yana bitta “lekin” topilib çiqişi mumkin, söngra matn “ammo-lekin-biroq”lar bilan tölib ketadi.

Köryapsizmi, heç qayerda mutlaqo töğrilik yöq. Isbot sifatida şu gapimni ham olişim mumkin: “Heç qayerda mutlaqo töğrilik yöq deyapman. Biroq, Xudo haqida, olamlarning tuzilişi haqida mutlaqo töğrilik yöq deya olamizmi? Öylab körsak, ham ha, ham yöq.”

Va yana bir marta körayotganingizdek, mening essemda mutlaqo töğrilik yöq. Sababini, menimça, özingiz bilasiz.

Unda bu holatda yozuvçi yoki odam nima qilişi kerak? Tuşuniş kerak.

Bu nima degani? Mukammallik nomukammallikdan iborat degani.

Hamma xato qiladi va xato qilganlar – qilgan xatolari uçun aybdor hisoblanmaydi, çunki ularga şunday tarbiya berişgan. Tarbiya berganlar esa bunday notöğri tarbiya berişni xohlaşmagan. Hozir tarbiya berayotganlarga ham oldin tarbiya berganlar tarbiya qilayotganlarida ularning xato qilişlarini xohlaşmagan. Bu esa çeksiz aylana va mana şu aylana toki odamlar buni tuşunib yetib, xatolarni keçirib, hamda nomukammallikni mukammallik deb bilmaganlarigaça davom etaveradi. Afsuski, buni hamma ham anglab yetmaydi. Ammo vaziyatni sal-pal yaxşilaşimiz mumkin.

Şunday qilib, sönggi söz örnida nima demoqçiman? Heç nima! Ha, heç nima demoqçiman, yaʼni heç nimani tuşuning demoqçiman. Yozuvçi hammani va heç kimni tuşunib yozişi kerak demoqçiman”.

Eh, yana aldangansiz!

Bu şaxs ham haqiqiy men emas edim. U yigirma yildan keyingi holatim edi: maşhur yozuvçi, heç nimani tuşunadigan faylasuf va uning gaplarini faqatgina u töliq tuşunadi.

Men esa yozuvçilik qildim. Töğriroği, aytgan gaplarimga sizni işontira oldim.

Çunki men yozuvçiman. Hammaning ruhiga kirib yaşaşim kerak, özimdan voz keçişim kerak.

Şu tufayli ham men keça özimni öldirdim. Ammo bu voqea keçagi keçada röy bermagan, qaysidir keçada röy bergan, yaʼni har doim.

Va öylaşimça, yozuvçi şunday böladi; birovlarning tanasida yaşaydi, şu orqali haqiqatni aytadi, umuman olganda hammasi badiiyatda böladi. Agar yozuvçi özi haqida yozsa, badiiy obraz paydo böladi, çunki hayotni köçirib bölmaydi.

Xullas, gapim, balki notöğridir, ammo men özimni şunday yozuvçi deb bilaman. Şunday qilib, @uzadab hayʼat aʼzolari, men özimning biografiyamni va yozuvçining jamiyatdagi örnini mana şunday bergan bölardim.

Esse sarlavhasidagi savol keladigan bölsak, essem matni javobni yaşirinça aytdi: daqiqasiga ön uç kişi ölayotganida yozuvçi (qançalik ğalati bölib tuyulmasin) yozardi, çunki u yozuvçi”.

Töxtang, bu safar ham sizni alday oldim-a?..

Suxrobjon Avalboyev,

Respublika yoş ijodkorlarning Zomin seminari

iştirokçisi

“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822

Obuna haqida

Izohlar

Hozirça izoh yöq. Birinçi bölib fikringizni yozing.

Siz nima deysiz?

Izoh tahririyat körib çiqqaç, eʼlon qilinadi.

Şu ruknda köp öqilganlar

Barçasi (258)

Suv. Hikoya

– Öz oyoği bilan jildirabgina kelmagan suv suvlik qiladimi?! Ketaman bu Cahroyi kabirdan… ketama-an-n! Dilşod şunday deya örnidan sapçib turdi-yu, derazadan taşqariga termildi. U avval hovlisidagi qovjirab qolgan…

“Eynşteyn jumboği”

Dekabrning asov şamoli tun bağrida özini har yonga urib, böriday uvillaydi. Uylar ham sovuqdan junjikkanday bağridagi çiroqlarini öçirib, şamolga jör bölib, qoranği tun vajohatini yanada orttiradi. Biroq şu imoratlar…

Uluğbek Hamdam. Yöl (falsafiy roman

Men bir ojiz tomçiman, ammo yuragimda ummon soğinçi yaşaydi. Mavlono Rumiy TUŞDAN OLDINGI VOQEA Ovoz keldi! Ovo-o-oz!.. Eşityapsizmi, ğoyibdan bir ovoz keldi! Dunyolarni töldirib emas, yöq, balki yöl kabi uzun, yöl kabi…