(Hikoya)
Ö Genrining uşbu hikoyasi oddiy bölişiga qaramay, juda qayğuli. Hikoya non sotuvçi ayol va har kuni undan 2 ta qotgan non sotib oluvçi kişi, şuningdek, notöğri anglaşilgan yaxşilik töğri qabul qilinmaganda nima sodir bölgani haqida. U qörqinçli nimadir yoki arvohlar haqida emas, sarlavhaga çalğimang.
Marta Meham xonim köça muyulişidagi kiçik novvoyxona egasi edi (uçta zinapoyadan kötarilib çiqqaç, eşikni oçib kirişingiz bilan kelganingizdan xabar berib qönğiroq jaranglardi).
Qirq yoşni qoralab qolgan, ikkita yasama tişi bilan jilmaygan payti özgaça bir çiroyli bölib ketadigan bu mehribon dil egasi bankda ikki ming dollar miqdorida daromadga ega edi. Vaholanki, şunday qila olişi mumkin bölgan boşqa oilalilarning imkoniyati Marta xonimnikiga qaraganda ança past edi.
Haftada ikki-uç marta dökonga kelib turadigan bir xaridor Marta xonimni juda qiziqtirib qöygandi. U közoynakli, soqoli tartibli qirtişlangan örta yoşlardagi kişi edi. Nemisça talaffuz bilan ingliz tilida sözlayotgan bu janobning kiyimlari ança uniqib qolgan, baʼzi joylari yamalgan, yiğirilgan va öziga halpillab turgan bölsa-da, xonimga u juda pokiza va juda yaxşi feʼl atvor egasi bölib köringandi. U har doim ikkita qotgan non xarid qilardi. Çunki beş sentlik yangi non puliga qotgan bölsa-da, ikki non sotib oliş mumkin edi va janob ana şu qotgan nondan bölak heç qaçon heç narsa olmasdi. Bir safar Marta xonim uning qöllarida qizil va jigarrang rangdagi böyoq doğlarini körib qoldi va şunda bildiki, u rassom, ammo juda kambağal. Uning çordoqda yaşaşi, u yerda bebaho suratlar çizişi, qotgan non bilan beçorahol kun keçirişi va şuningdek, Marta xonimning dökonidan yeydigan boşqa yaxşiroq narsalar haqida xayol surişiga şubha yöq edi. Marta xonim har gal qiyma, yumşoqqina buloçka yoki çoy va murabboli stolda ötirganda tez-tez xörsinib qöyar, yelvizak ötib turadigan çordoqda nozik tabiatli rassom bilan özining totli taomlarini baham körişni xohlab yuragi açişardi. Çunki qahramonimiz boya aytganimizdek, juda mehribon va köngilçan edi-da! Bir kuni u janobning haqiqatda rassom yoki yöqligini tekşirib köriş uçun xonasidan qaçonlardir arzongina narxda sotib olgan suratni olib çiqib, non rastasining orqasidagi tokçalarga qarama-qarşi qilib osib qöydi. U Venetsiya manzarasi edi. Suratning old qismida, xuddi suv ustida turgan kabi, marmardan qoyilmaqom qilib işlangan katta uy tasvirlangan bölsa, qolgan qismi suv içida qölini suvga botirgan köyi xayolga çömgan qiz ötirgan qayiq, bulutlar, osmon va özaro uyğunlaşib ketgan ranglar jilosidan iborat edi.
Ikki kun ötgaç dökonga öşa xaridor kirib keldi.
– Marhamat qilib, menga ikkita qotgan non bersangiz, iltimos. Nonlarni örayotganida esa suratga közi tuşdi va:
– Suratingiz juda ajoyib ekan, xonim, – dedi.
– Ha, – dedi Mis Marta özining ayyorligidan zavqlanib, – men sanʼat şaydosiman va yana… suratlarning ham. (Rassomlarning ham demoqçi edi-yu, suratlarning deb töğirlab qöydi).
– Siz uni yaxşi surat deb öylaysizmi?
– Unda manzara yöq. Çiziş uslubi notöğri. Yaxşi qoling, xonim.
U nonlarni oldi-yu, şoşib çiqib ketdi. Ha, u aniq rassom. Endi Marta xonimning bunga aslo şubhasi yöq edi. Suratni xonasiga qayta kirgizib qöyar ekan, xayollari yana öşa sirli xaridor tomon tortdi. Közoynaklari ostida çaqnab turgan közlari qanday mungli va mehribon! Keng peşonasi öziga juda yaraşgan. Bir qaraşdayoq suratga baho bera oliş va qotgan non bilan kun keçiriş! Bu dahşat! Biroq köp hollarda qobiliyatni yuzaga çiqariş uçun kuraşişga töğri keladi. Agar bankdagi ikki ming dollar, novvoyxona va mehribon yurak evaziga uni yuzaga çiqara olganida, bu faqat sanʼat va surat uçun bölgan bölardi.Biroq bularning bari xomxayoldan özga narsa emas edi.
Xaridor tez-tez non olişga kelganda biroz muddatga rasta yonida xonim bilan suhbatlaşişga odatlanib qolgandi. Göyoki u Mis Martaning şodlikka töla sözlariga taşnadek tuyulardi. Ammo xaridor tort, pirog yoki Marta xonimning şirin Salli Lunlaridan birini emas, qotgan non sotib olaverardi. U Marta xonimga kundan kunga ozib, kuçsizlanib borayotgandek körinar, şuning uçun xaridorning odmigina xaridiga yeyiş uçun yaxşiroq nimadir qöşib qöyişni juda xohlardi. Biroq jurʼati yetmasdi. Rassomlarning ğururini yaxşi bilgani uçun, agar şunday qilsa, bu unga nisbatan haqorat bölgan bölardi.
Bir kuni Marta xonim kök nuqtali fartugini taqib olib, orqa xonada sariq meva uruğlari va tozalaş uçun işlatiladigan mineraldan özining odamlar yuz terini tozalaşda işlatadigan ğaroyib aralaşmasini tayyorlayotgan edi. Odatdagidek öşa xaridor kelib qoldi. U rasta ustiga tangasini qöyib, qotgan non söradi. Marta xonim u tomonga borayotganda taşqaridan qattiq signal ovozi va motorning kuçli öt olgani tovuşi eşitildi. Xaridor köçaga otildi. Sotuvçi xonim esa imkoniyatdan foydalanib qolmoqçi böldi. Rasta ortidagi pastki tokçadan ön daqiqa oldin sut fermasi işçisi taşlab ketgan yangi sariyoğni oldi. Ötkir piçoq bilan nonlarni çuqur qilib kesib, orasiga sariyoğ joylab, yana ziçlab yopib qöydi. Xaridor dökonga qaytib kirganida u nonlarni örayotgan edi. Noodatiy qisqa, ammo yoqimli suhbatdan söng, u ketgaç Marta xonim öziça jilmayib qöydi. Biroq könglida biroz hadik bor edi: Nimalar qilib qöydim özi? Uni yuragiga ozor berib qöymadimmikan? Şunaqa bölmasin-da, işqilib.
Şundan keyin biroz vaqt ötib, Marta xonim bolib ötgan voqea haqida yana eslab qoldi. Rassomning qotgan non içida uning hiylasini bilib qolganini tasavvur qildi: U çötka va böyoqlarini pastga qöyadi. Söng rasmtaxta yonida turib çizayotgan suratining körinişi va manzarasini tahlil qilib bölgaç, qotgan non va suv bilan tuşlik qilmoqçi böladi. Nonni kesadi. Oh! Mis Marta qizarib ketdi. U non içiga sariyoğni joylab qöygan şu qöllar haqida öylarmikan? Ammo şu payt uning xayollarini tumandek tarqatib, eşik qönğiroği qattiq jiringladi va şovqin solib kimdir kirib keldi. Marta xonim şoşib eşik tomon borganida u yerda ikki kişi turardi. Biri tamaki tutayotgan yoş janob, oldin uni heç körmagandi, ikkinçisi esa rassom – uning yuzlari qizargan, soçlari tözğigan, şlyapasi boşining orqasida edi. Ikkala qöli ham muşt bölib tugilgandi.
“Ahmoq!” deb qiçqirdi u baland ovozda va yana nemisçada “Tausendorfen!” yoki şunga öxşaş nimadir dedi. Şerigi uni olib çiqişga harakat qildi. Ammo u könmadi.
Heç qayerga bormayman. Hali gapimni tugatmadim, – dedi u ğazabli ohangda. Keyin baqirib yiğlab yubordi. Marta xonim uning qizarib ketgan moviy közlariga qaraşga toqat qila olmadi.
– Sen meni xonavayron qilding. Sen hamma narsaga burnini suqaveradigan qari jodugarsan. Marta xonim bir qöli kök nuqtali fartugining etagida, bir qöli polga tuşganiça, tokçalarga holsizgina bölib suyanib qoldi. Yoş janob şerigining yoqasidan oldi.
– Bas, yetar. Yur men bilan, – dedi va uni sudrab köçaga olib çiqib ketib, qaytib kirdi va xonimga yuzlandi.
– Sizga aytilajak navbatdagi gaplar nima bölişi mumkinligi haqida bir öylab köring, xonim. Hozirgi kişi Blumberger, arxitektura çizmaçisi. Biz birga işlaymiz. U tanlov uçun uç oydan beri yangi şahar zalining rejasi ustida qattiq işlayotgandi. Keça yakunladi. Bilasizki, çizmaçilar har doim çizmani birinçi qalamda çizişadi. Işni tugatgaç, qalam çiziqlarini qotgan nonning kiçik bölagi bilan öçirib çiqişadi. Çunki qotgan non hind öçirğiçidan samaraliroq. Blumberger bu yerdan non sotib olib yurgan. Ammo bugun sizning allaqanday sariyoğingiz uning barça işlarini barbod qildi.
Marta xonim orqa xonaga kirdi. Kök nuqtali fartugini yeçdi va eski mallarang köylagini kiydi. Keyin sariq meva uruğlari hamda mineral aralaşmasini derazadan kul idişi ustiga tökib yubordi.
Ingliz tilidan
Oltinoy HAYITBOYEVA
tarjimasi
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida


