(Novella)
I
Keng dala, sokin şabada esmoqda. Atrofda odam böyi kungaboqarlar osmonga intilgança çözilib turibdi. Dala örtasida yam-yaşil yolğiz daraxt. Faqat şu daraxtning ostigina keng daladagi yagona soya joy. Şamolda kungaboqarlar asta tebranadi. Ajib şitirlagan tovuş butun kengni tutadi. Şunda ulardan qandaydir özgaça hid taraladi. Bu yerda daraxtga suyangança aççiq sigareta tutatişning zavqi boşqaça. Jimgina atrofni kuzatasan, şamol esadi. Kenglikni sirli tovuş qamrab oladi. Ösimlik barglari şitirlaydi. Uzoq-uzoqlardan nimalardir körinib turadi. Tutunni içga çuqur tortgança öşa miltirab turgan nuqtalarga termilasan. Şunda özing ham şu dala içida qolib ketasan. Göyo mangulikka singasan…
II
Aççiq qora qahva odamni tetiklaştiradi. U teran fikrlaşga yordam beradi. Qahvada aldamçi taʼm yöq. Közlar katta oçiladi. Miya ham tez işlay boşlaydi. Katta maydon. Atrofda sayyor rassomlar, musiqaçilar öz sanʼati bilan, odamlar gullar savdosi bilan band. Toş terilgan bu katta maydon ön sakkizinçi asrdan beri odamlar bilan gavjum. Aylana favvoradan suv otilib turadi. Baʼzan quyoş nurlarida tomçilar kamalak hosil qiladi. Favvora ortida esa allaqanday otliq haykali körinib turadi. Bu yerga sanʼatga oşufta kişilar yiğiladi. Kimdir öz surʼatini işlatadi. Boşqa birov antikvar buyum qidiradi. Baʼzilar oddiy maydonni şunçaki aylanib yuradi. Menga doim rassomlik yoqqan. Bolaligimda qora qalamda nimalardir çizardim. Ustidan qizilni yurgazardim. Bu ikki rang özaro uyğunlaşadi. Biroq rassom böla olmadim. Hozir esa çizişga xohiş yöq. Atrofga boqar ekanman, kungaboqar dalasi aks etgan rasmga közim tuşdi. Rassomlar kenglikni köp tasvirlaşadi. Van Gog ham kungaboqarlarni bir neça bor çizgan. Ammo bu kartina mutlaqo boşqaça. U xayolan çizilmagan. Uni tasvirlaş uçun dalada soatlab etyud qiliş kerak. Bu aynan öşa dala – men doimo bir odamni kutadigan joy. Şamolda tebranayotgan öşa kungaboqarlar, öşa qizğiş, qonayotgan şafaq, zaminga boş qöyayotgan quyoş.
III
Uç kundan beri şu minoradan turib öşa suratni kuzataman. Uni qaysi rassom çizganini menga maʼlum. Öşanda u navqiron edi. Yoqimsiz iljayar, rang qöyişida ham özgaça uslub bor edi. Uning harbiyça kiyingan qiyofasini heç qaçon unutmayman. Kartina hamon maydonda turibdi. U favqulodda iqtidor bilan işlangan. Odamlar unga beparvo ötib ketişlari mumkin. Biroq haqiqiy sanʼatni ajrata oladigan kişi uçun bu şoh asar. Uni har kuni yoş yigit olib keladi. Bir-ikki xaridor söraşini aytmasa, bu asar bilan heç kim qiziqmaydi. Keç tuşgaç, yigit asarni qöltiqlagança qayergadir yöl oladi. Albatta, uning qölida yana bir neçta boşqa manzaralar ham bor. Ammo eng katta kartinasi şu: kungaboqar dalasi. Asar-ku şu yerda, lekin musavvirning özi qani? Nega asaridan xabar olgani kelmaydi? Kartinaga zimdan nazar taşlayman. Dala xuddi öşa rakursdan çizilgan. Öşa balandlikdagi daraxt yonida turib şarqqa yuzlanib işlangan. Uni faqat birgina odam şunaqa qilib çiza oladi. Tirqirab oqayotgan qondek şafaqda oddiy ranglar yöq. Maktabda rassomlar haqida köp kitoblar öqirdim. Ularni “boşqaça” odam böladi, deyişardi. Bir rus rassomi askar bölgan. U köp odamlarni öldirgan. Keyin öşa odamlar jasadi tepasida soatlab turib qoralamalar qilgan. Verişiyaginni şu sabab “qöli qonga botgan rassom” deyişgan. Leonardo da Vinçi ham jon berayotgan odamlarni tasvirlagan. Dorga osilgan odamlarni köp kuzatgan. Lekin özi odam öldirmagan. U faqat çizgan. Odam öldiriş bilan ölgan odamni çizişning farqi katta. Birinçi marotaba qölimga piçoq olib tobi qoçgan buvim uçun tovuq söyib bermoqçi bölganman. Albatta, onamning qistovi bilan. Dadamdek har narsani bilgim kelardi öşanda. Biroq tovuqni söya olmadim. Har safar qölim titrab piçoq tuşib ketaverdi. Bu holatni kuzatgan örtoqlarim rosa mazax qilişgandi. Bugun ularni körmaganimga ham çamasi öttiz yil böldi. Yo undan köp… Men öşanda ulardan qattiq nafratlangandim. Öğil bola özini ojiz sezişidan oğirroq alam yöq. Bola bölsam-da, ularga öxşamasligimdan uyalardim. Men faqat çizardim. Tengdoşlarim esa har safar meni uçratişganda mazax qilişdan töxtaşmasdi. Bugun ular meni körişganda edi, uyalib qolişarmidi balki? Yo, menimça, qörqqanlaridan jim bölib qolişardi.
IV
Uruş boşlanganda hali gödak edim. Möylabi endi sabza urayotgan öspirin. Ön beş yoşga kirgandim. Uyimizda ajoyib radio bölardi. Dasturxonga qöl çözganimda… oraga jimlik çökdi. Hamma radioni tinglardi. Yevropada Ikkinçi jahon uruşi boşlangani xabari barçani esankiratib qöydi. Uruş xuddi jahannam olovidek kengayib borayotgandi. Bobom: “Uruş kimlargadir kulfat, kimlargadir baxt olib keladi” deb aytardilar. Uruş bizga kulfat keltirdi. Esimda, qişloğimizdagi qaysidir bolakay ikki tengdoşini öroq bilan öldirgani haqidagi miş-miş hammada qörquv uyğotgandi. U, aslida, bölganmi-yöqmi bilmadim-ku, ammo men ham öşa bola bilan röbarö kelişga çöçirdim. Göyo u meni ham öroq bilan quvadigandek. Yaxşiki, uni qamab qöyişgan. Balki bu voqea umuman bölmagandir. Biz kabi quloqsiz bolalarni qörqitiş uçun atayin öylab topilgan töqimadir? Har holda öşa vaqtda bu hikoya biz eşitgan eng qörqinçli hodisa edi. Tasavvurimda u paxmoq soçli, yuzlariga sepkil toşgan, qotmadan kelgan çayir öris bola gavdalanardi. U men kabi qörqoq bölmagani aniq. Bölmasam, odamlarga öroq bilan taşlanarmidi? Bolaligimda u haqda eslagim kelmasdi. Bu qörqinçli tasavvurlarni uyğotadi. Göyo u buğdoyzordan qölida öroq bilan çiqib keladi-yu, öşa bolalar kabi meni ham quvib ketadi.
V
1942-yili Stalingraddan poyezd yölga tuşdi. Otam va uning kiçik singlisi, men unda qayergadir qoçib borardik. Uruş talatöpi odamlarni bir-biridan ayirgan dahşatli davrlar edi.
Yarim tun. Dabdurustdan öq ovozlari eşitildi. Poyezd töxtadi. Hamma birin-ketin vagonlardan olib tuşildi. Öşanda nemis tilini bilmasdim. Faqat qörquvdan titrardim. Atrofga alanglardim. Otam qölimni mahkam uşlab olgandi. Şu tobda u singlisining qölini ham qattiq tutgandi. Askarlar odamlarni juft-juft qilib boğlaşdi. Köprikka olib çiqib ulardan bittasini otib taşlaşardi. Ikkinçi odam ham u bilan daryoga qulardi. Katta daryoda esa tirik qolgan şerigi ham çökib olardi. Oramizda baʼzilar dod solar, boşqalar esa ölimga tik boqardi. Faşistlarda öq yetarliça edi. Odamlarni otib öldiriş uçun ularni daryo ustidagi köprikka olib keliş ham şart emasdi. Ammo ular şunday qilişardi. Balki bunda qandaydir ğayrinsoniy lazzat bölgandir? Baʼzi odamlar özganing azobidan zavqlanadi. Hammani ikkita-ikkita qilib, baʼzi bolalarni onasiga qöşib boğlaşardi. Otamni alohida, ammam va meni birga bandi qilişdi. Keyin arqonlarni bir-biriga çirmab taşlaşdi. Askarlar bizni turtib temir yöl ötgan köprikka boşlaşdi. Köprik baland edi. Ostida oqayotgan suv ham juda vahimali körinardi. Suv loyqa, atrofdan porox hidi anqib turardi. Uzoqdan daryoda öliklar oqib borayotgani körinib turardi. Oldimizda bir neça odamlar. Ortimizda ham qöllari boğliq holda boşqalar kelardi. Endi qörquv yurakka ğulğula solar, odamlar qanday dod solayotganini eşitmasdim ham. Bir askar yonimizga yaqinlaşdi. Uning közlarida na qörquv va na rahm-şafqat bor edi. U endigina ön töqqizga kirgan ammamning peşonasiga qurol tiradi. Kiprik ham qoqmay uni otib taşladi. Biz daryoga quladik. Otam bilan men tirik edik. Göyo vaqt töxtab qolgandek. Otam nimalardir deb menga qiçqirdi. Men heç nimani eşitmadim. Köz oldim qoronğulaşib ketdi. Bir zumga xayolimda bolalik onlarim jonlandi. Peçda pişgan issiq kulça. Kulçadan murabbo hidi kelib turardi. Bu yoqimli is oçiq derazadan atrofga taralar, öşanda öyinni taşlab uyga chopardim. Qöllarimni ham yuvmasdan dasturxonga yaqinlaşardim. Onamning kinoyali nigohi doimo meni töxtatib qolardi. Qöl yuvmasdan dasturxonga ötirişim unga yoqmasdi. Közlarim yumuq, yuzim bilan yaxdek suvga urildim. Heç qaçon suzişni örgana olmaganman. Bu mening eng zaif tomonim. Suvga tuşdim degunça qöl-oyoqlarim betartib harakatga keladi. Suziş örniga çöka boşlayman. Daryo tez oqardi. Quloqlarimga ğurillagan ovoz keldi. Butun badanim muzlay boşladi. Közimni bazör oçdim. Suv ostida heç nima körinmasdi. Daryo bizni öz domiga tortardi. Nafasim içimga qayta boşladi. Ortiq bu holda tura olmasdim. Oğzimni beixtiyor oçib yubordim. Oğzimga suv kirib, könglim ağdarilib ketdi. Nimadir meni yuqoriga tortardi. Huşimni yöqota boşladim. Birdan suv yuzasiga qalqib çiqdim. Otam tirik, u meni tortqilagança suzardi. Yana huşimni yöqotdim. Birdan özimga keldim. Suvga qusib yubordim çoği, könglim ağdar-töntar bölib ketdi. Içagim buralib qalqib, qattiq-qattiq yötalardim. Köz oldim xiralaşar, faqat suv yuzasidagi öliklarni elas-elas anglardim. Köprikdan uzoqlaşarkanmiz, u yerdan esa hamon aççiq yiği, öqlar ovozi eşitilardi. Artofni tutun, qörğoşin hidi tutgandi. Bir uyum ölik oqimida otam ikkimiz hayot uçun talpinardik. Otam juda matonatli odam edi. U öşanda ikkimizni qutqarib qolgandi. Hozir esa bu kartinaga qarab hayotimdagi eng mudhiş kun, öşa yaxdek daryoda çalajon oqqanim emas, balki kungaboqarlar ösgan daladagi voqea ekanligini his etaman.
VI
Bugun yomğir yoğdi. Xiyobonda odam kam. Hali maydon qurib ulgurmagan. Odamlar ham ğalati böladi. Şu salqinda ham muzqaymoq yeguvçilar topiladi. Ikki sevişgan qöltiqlaşib ötib ketdi. Ertalabdan yomğir yoqqan bölsa-da, favvoradan suv otilib turibdi. Suv marjondek atrofga saçramoqda. Men esa hamon minorada qurolimni tutgança atrofni kuzatayapman. Balki aynan bugun nişonim aniq bölar? Sukunat. Odamlar orasida qandaydir paxmoqsoç, yuzlarini sepkil bosgan bola suvga angrayib qarab turibdi. U biram beçora körinardi. Balki tilançidir? U men eşitgan dahşatli hikoyadagi öşa öroq tutgan bolaga öxşardi. Faqat qölida öroği yöq. Peşonamdan sovuq ter çiqdi. Yuragim tez urib ketdi. Bugun maydonga suratlar sotadigan yigit çiqmadi. Uni bir neça soat kutdim. Balki, ertaga kelar…
VII
Biz omon qoldik. Otam ikkimiz uruşda birga xizmat qildik. Hali bola bölsam-da, qölimga qurol tutişdi. Merganlik sanʼatini özlaştirdim. Birinçi bor odam öldirganimda qöllarim titragandi. Qurolni töğri uşlab tura olmasdim. Lekin yiğlamaganman. Öşanda mendagi ikkinçi iqtidor oçilgandi. Aytişlariça, ajoyib nafas olarkanman. Bu merganlik uçun ayni muddao. Soatlab bir joyda jim yotgança kerakli nuqtadan köz uzmay sabr bilan kutiş göyo öyinga öxşardi. Boşingni kötarsang – yutqazasan. Keyin boşqa bunaqa öyin bölmaydi. Men partizanlar orasida afsonaga aylandim. Bir nuqtadan turib baʼzan yettitagaça askarni otardim. Odam öldiriş menga zavq bermasdi. Lekin ikki közning örtasini nişonga oliş özgaça iş edi. Sen öq tekkan askarni bir lahzada közlari xiyol tepaga ketayotganini körasan. Baʼzan odamlar juda xunuk ölim topadi. Hali joni uzilmasdan çakaklari osila boşlaydi. Kalovlanib yiqiladi. Gohida jon talvasasida tipirçilaydi. Öq bilan jonni oliş mumkin. Lekin bu şu onning özidayoq öladi degani emas. Öq yeganlar orasida bir neça daqiqa alanglab yotaveradiganlari ham böladi. Bulutli kun quyuq örmonzorda bittasini otdim. Avval nişonni doimgidek ikki közning örtasiga oldim. Bu mening uslubim edi. Keyin öq uzdim. Askar boşi çayqalib, ortidagi daraxtga borib urildi. Biroq joni uzilmadi. Qon peşonadan sizib çiqar, bazör nafas olardi. Men atayin qayta öq uzmadim. Uni diqqat bilan kuzata boşladim. U na tirik edi, na ölik. Barmoqlari titrab harakatlanar, oğzi yopilmasdi. Oğzidan qon oqardi. Közlari men tomon yönalgandi. U göyo meni körib turardi. Közlari moviy edi. Menga boqib “Men hammasini kördim, bu sen…” deyayotgandek edi. Men ança uzoqda, quyuq butalar ostida yotibman. Qay burçakda pisib yotganimni heç kim bilmaydi. Lekin u menga boqib turardi. Nazarimda, bu inson közlari emas. Boşqaça közlar… Ölgan odam yiğlaganini öşanda körganman. Uning közlaridan yoş sizib çiqardi. Biroq nafas olişdan töxtagandi. Atrofimizda bir neça askar bor. Barçasi bizni izlar, butazorda esa uçta mergan yotibmiz. Boşqalarni otmadim. Men öz nişonimni kuzatardim. U nimagadir yetişa olmay armon bilan köz yoş tökar şu bilan birga, gödakka öxşardi. Biroz ötib közlari qotdi. Joni uzildi. Şundagina u boşqa murdalardek tinçib qoldi.
Merganlik tuğma böladi, deyişadi. Bu haqda biror nima deya olmayman. Men faqat otişni bilaman. Közlarim nişonni izlayotganda boşqa odamga aylanaman. Bu göyo işqibozlar öyinidek. Özgaça şiddat va lahzalik lazzatlaniş. Şunçaki ölim öyini. Undagi lazzat aniqlik hamda murakkablikda. Bir safar haqiqiy merganni ham otdim. Uni partizanlar Şlosnberg deyişgandi. Yuzga yaqin kişini öldirganmiş. U bilan öynaşiş menga yoqdi. Bu odam boşqalarga öxşamasdi. Unda öziga xos taktika bor edi. Men qadimiy afsonadagi qahramon kabi labirintdagi Minotavrni har burçakdan izlardim. Bunaqa vaqtlarda uni qay tomondan çiqib kelişini başorat qiliş qiyin. Xarobazorga aylangan şaharda teşiklar, pastqamlar köp. Aynan qay biridan Minotavr meni kuzatyapti? Uni qonga tölgan közlarini izlardim. Tavakkal qila olmayman. Faqat nişon, yo ölim. Közlarimni zumga yumdim. Çang kötarilgan, atrofni öq ovozlari tutgan, qora tutunga burkangan xarobazorni keng, oçiq daladek tasavvur qildim. Faqat içki ovozimga quloq tutardim. Ayni damda men uni allaqanday içki işonç bilan qayerda pusib yotganini sezgandim. Ana u, öşa Minotavr! Qizil, qonga tölgan közlari bilan menga qarab turibdi. Közimni oçdim-u, çaproqqa burilib birinçi yarqiragan nuqtaga öq uzdim. Çamamda, janggohda uç soatlar yotdik. Tanim beton siniqlari ustida momataloq bölib ketgandi. Keç tuşgaç duşman ham mavhumlikka kirib ketdi. Biz çumolilardek ğimirlay boşladik. Albatta, nişon tomon şoşardim. Öq unga tegdimi yo boşqaga, şunisiga qiziqardim. Beton ostida Şlosnberg yotardi. Öng közini aniq nişonga olibman. Uning ölimi xabari tez tarqadi. Suratini gazetada ham bosişdi. Öşanda quvonçdan özimni qöyarga joy topolmasdim. Bugun bu quvonçdan asar ham yöq. Içimda qandaydir ğalayon, aççiq alam, qasos hissi çöğdek köksimni kuydiryapti. Şu laʼnati minoradan turib men har kuni öşa qöli qonga botgan rassom işini kuzataman. Buni qançalar oğir ekanligini tasvirlab berolmayman. Men uning kelişiga işonaman. Albatta, şu minoradan turib uni naq ikki közi örtasiga öq joylayman. U boşqalardek ölmaydi. Yerga yiqiladi. Qoni tirqirab joni uzilmay qiynaladi. Alanglab, jon hovuçlab favvora oldigaça sudralib kelar… Aytişlariça, jon halqumga kelganda odamning tomoği qaqrarkan. U ham ölardek çanqasa kerak. Kaftini oçib suv içişga urinadi. Qöllari titrab suv tökilib ketadi. Titrayotgan lablari bilan suv tekkan qöllarini yalaydi. Men uni şu minoradan turib kuzataman. U osonlikça jon bermaydi. Axir u qotil… Uni qanday ölişini ming marotaba tasavvur qilib körgandim.
VIII
Odamlar haqida bir nima deyiş qiyin. Bir ruhoniyni çerkovda osişganini körganman. Gunohi oğir edimi, közlari öyib olingandi. Yuzini qon yuvgan, panjalariga mix qoqilgan. Balki uni avval xoçlaşgandir. Öşanda birinçi bor tamaki tortgandim. Çerkov vayronasiga suyangança osilgan ruhoniyning suratini qoralardim. U şamolda xiyol tebranib turardi. Qalamimning uçi sinib ketdi. Tamakini çuqur tortgança ruhoniyga tikildim. Tamakini tortganimda köpinça osmonga qarardim. Bizning işda bulutlarga köpam angrayiş yaramaydi. Aslida, merganlar umuman çekişi mumkin emas. Seni öqqa yo sigareta çöği, yo undan çiqayotgan tutun tutib beradi. Nima ham qilardim. Bu bir ermak. Bolalik degani butazorda, yomğirlar ostida, ustiga-ustak uruşda ötayotgandan keyin yana nima ham qilardim. Birdan bir ovunçoğim şu – tamaki. Uni ham hadeganda topib bölmasdi. Çekmasang ham bölmaydi.
IX
Öşa rassom kungaboqar dalasida nimanidir qoralardi. Qurolimning durbinidan kartinaga boqdim. Kungaboqarlarni çizayotgan ekan. Unda sokin şamol, tebranayotgan kungaboqarlar, botayotgan quyoş tasvirlanayotgan edi. Rassom harbiyça kiyingan, “SS” armiyasining xos zobitlaridan. Bu iqtidor bilan u yaxşi rassom böla olardi. Uning işini uzoq kuzatdim. Kungaboqarlar xuddi jonlidek tasvirlangandi. Ranglar bir-biri bilan uyğunlaşib ketgan. Kartinadan hatto şamolni his etiş mumkin edi. Balki u rassomlik akademiyasining talabasi bölgandir. Har holda oddiy işqiboz bunçalik mukammal asar yarata olmaydi. Rasmdagi osmon, botayotgan quyoşga nimadir yetişmasdi. Ranglari tirik emasdi. Hali yakuniga yetmagan asar bir qaraşda odamga osoyiştalik berardi. U, haqiqatan ham, iqtidorli edi. Kartina ranglarini Renuarning qaysidir işiga öxşatib yubordim. Qiziqiş ustun kelib işni kuzatişda davom etardim. Qölimga palitrani tutib, şu dalani judayam çizgim keldi. Kungaboqarlarni tasvirlayotib, uning ortidan siniq quyoş nurlarini çiqarardim. Ranglar şiddati şunda seziladi. Orqa fon kenglikdan ufqqa ulanib ketsa, ranglardagi sezilar-sezilmas kontrast kişini asarga tortib ketaveradi. Şu payt qandaydir ovozlar eşitila boşladi. Uzoqdan askarlar rassom oldiga ikki kişini boşlab kelişardi. Zobit ularga yuzlandi. Birdan ğalati iljaydi. Çamamda işiga xalaqit qilişgani unga yoqmadi. Yoki kartinasiga qandaydir yangilik topgandi. Şu tobda uni qanday kayfiyatda ekanligini anglaş qiyin edi. U ikki tutqunga bejo boqdi. Sekingina ularga yaqinlaşib, tutqunlardan biriga piçoq sançidi. U yerga yiqildi. Darhol möljalga oldim. Qurolimda öq qolmabdi. Öqsiz mergan tişi yöq böriga öxşaydi. Asablarim qaynab ketdi. Zobit esa ikkinçi tutqunning, böyniga piçoq tortib yubordi. U men tomonga tisarildi, yiqilayotib, yuzi menga burilgandagina uni tanidim. Bu otam edi. Böğzimga aççiq nimadir tiqildi. Otam yerda jon talvasasida yotardi. Kungaboqarlar şamolda tebranar, tepalikda – daraxt ostida esa otam jon berayotgandi. U bu dunyo bilan vidolaşmoqda. Mening esa şu onda közlarimda yoş tirqiragança uning ayançli holatini kuzatişdan boşqa çoram yöq. Ovozim xirillar, lablarim titrar, otamning közlarini kuzatayotgandim. U men tomonga qaragança “Xayr, öğlim. Alvido, bolajonim…” deyayotgandek edi. U şu alfozda bir neça daqiqa yotdi. Atrofda askarlar sergak turar, men na qoçişni va na şu yerda yotişni bilardim. Otam esa menga termilgança nimalardir demoqda… Boyagi rassom esa bamaylixotir kartinasi ustida işlar, osmonga, botayotgan quyoşga qarab-qarab qöyardi. U birdan moyböyoğini otamning böyniga botirgança kartinasini çizişda davom etdi. Endi rasmda şafaq qizarib qonayotgandi. U böyoqda emas, otam qonidan çizilayotgandi. Zobit esa iljayib işidan zavqqa tölardi.
X
Qişloq yaqinidagi qahvaxonadan çiqar ekanman sigareta tutatdim. Mayin şamol esmoqda. Uzun yölka böylab öşa kungaboqarlar ösib yotgan keng dalaga yöl oldim. Dala örtasidan kesib çiqib, yolğiz daraxt oldiga boryapman. Atrof sokin. Rassom bölganimda şu dalani çizardim, har faslda uni tasvirlardim. Kenglikka şu daraxtgina özgaça kayfiyat berib turadi. Baʼzan uni yoqib yuborgim keladi. Gohida esa suyanib töygunça yiğlardim… U ham men kabi yolğiz. Bolalikni xotirlayman. Onamning şirin kulçalari. Murabboli kulçalar… Şu onda öşa qörqinçli bolakay qölida öroq bilan kungaboqarlar orasidan çiqib kelganda-mi. Balki undan nega bunday qilganini söragan bölarmidim? Yoki ikkimiz jimgina şamolda kungaboqarlarning tebranişini kuzatib ötirarmidik. Har holda u ham bola bölgan-ku… Odamning aytadigan sözi qolmasa, jimgina sigareta tutatişga heç nima yetmaydi. Daraxtga boş qöydim. Qiziq, bu daraxtning yoşi neçada ekan? Yuzmi, yo undan ortiq? Bir çetidagi şoxlari quriy boşlabdi. Uruşdan bus-butun çiqiş hamma daraxtlarga ham nasib etmagan. U esa hamon öşandagidek. Keng dalada kungaboqarlar örtasida vazmin qad rostlab turibdi.
XI
Kulbam binoning tomida joylaşgan. Yomğir yoqqanida tomçilarning tiqir-tiqiri odamni allalaydi. Avvallari yomğir ostida soatlab yotardim. Közlarim bir nuqtaga termilaverib tinib ketardi. Ust-boşim şalabbo bölsa-da jim yotaverardim. Bahorda baʼzan yomğir yoqqanidan suv dahangaça kelardi. Loyqadan ğalati hid anqiydi – tiriklik isi. Bu öşa maşʼum daryoga öxşamaydi. Hozir yomğirdan uyqum keladi. Beton ustida töşakda jim yotibman. Öylab qarasam, mening heç qaçon karavotim bölmagan. Faqat bolaligimda, olti yoşgaça kiçkina yoğoç karavotda yotganman. Yoğoç çetlari naqşinkor edi. Keyin umuman boşim yostiq körmadi. Osmonga qarab yotaverardim. Uyqu ham kelmasdi. Baʼzan tuş köraman. Unda öroq kötarib yurgan soçlari paxmoq malla bola kungaboqarlar ösib yotgan dala içiga kirib ketadi. Uning ortidan yuraman. U esa har gal meni adaştirib ketadi. Aylanib yana yakka daraxt oldidan çiqaman. Daraxt oldida kiçik molbert ustida öşa mudhiş kartina. Osmon esa qonamoqda… Birdan öq ovozlari. Askarlar hayqiriği. Ölayotgan askarlar qiyofasi. Bolalarning alamli yiğisi. Moviyköz askar “Men hammasini kördim, bu sen…” deydi. Nazarimda, u ölmagan.
XII
Maydonda öşa kartina körinmay qoldi. Sigareta tutatgança maydonda aylanib yurdim. Uni kim sotib olgani haqida öylardim? Menga öşa rassom kerak. U tirik. Qayergadir yaşirinib olgan. Meni, albatta, izlab kelişimni bilgan. Rassomlar özi telbanamo böladi. Ularning öz olami bor. Men rasm çizganimda otam köp urişardi. U bolalar bilan köça çangitişimni xohlardi. Yuz-közim kökarib yursa ham, kiyimlarim kir bölsa ham, öynab yurişimni istardi. U rassomlarni yoqtirmasdi. Ijodkorlarni telba der, ularni heçam xuşlamasdi. Balki rassomlikka mehrimni otam sindirgandir? Bir safar oddiy qora qalamda daraxt çizdim. Yonida sigir. Bolakay esa yerni supurmoqda. Öşanda otam rasmga qarab “Öğil bola ham yer supuradimi?” deya jahl qilgandi. Söng qoğozni yirtib taşlagan. Bilmasam, balki otam haq bölgandir. Balki qölimga qalam tutmaganimda tovuqni söya olarmidim? Bolalar ustimdan mazax qilişmasmidi? Yöq, unda paxmoq soçli anavi bolakay kabi vahşiy bölib ketardim. Otam meni kim bölişimni istardi? U bu haqda heç gapirmagan. Şu xayollar bilan maydondan uzoqlaşdim.
XIII
Uzoqdan nimadir körinib turibdi. Daraxt oldida turgan nima bölişi mumkin. Tezlik bilan kungaboqarlar orasiga yaşirindim. Bu yerda kimdir bor. Qandaydir içki hissiyot bilan qurolimni yiğa boşladim. Bir zumga xuddi uruşdagi kabi sokinlik qaʼriga çömdim. Durbin orqali atrofni kuzata boşladim. Daraxt oldida molbert. Unda allaqanday kartina turibdi. Daraxtni aylanib ötdim. Surat xuddi kaftdek körinib turardi. Bu öşa asar! Kungaboqarlar çizilgan, qonayotgan şafaq aks etgan kartina. Atrofda heç kim yöq. Kim bu asarni şu yerga qöyib ketdi? Boyagi rassommi? Men uni izlayotganimni bilar ekan-da? Şu yerda uçraşmoqçimi? Qiziq, özi qani? Rassomlar telbanamo böladi deganlari töğri-da. Bölmasa, oldimga öz ölimini sörab kelarmidi? Biroq daraxt ostida faqat molbertda kartina turibdi. Atrofda heç zoğ yöq. Asarga yaqinlaşdim. Göyo oyoqlarim titrardi. Közimga yoş quyilib kelardi. Axir unda otamning qoni bor. Qonayotgan şafaq böyoq emas. Otamning joni…
Kartinaga yaqin keldim. Unda avval sezmagan jihatini kördim. Asar çetida yozuv bor ekan. Kiçik harflarda “Konstantin. M”. Bu rassomning imzosi. Uning ismi Konstantin. Mana otamning qotili, qöli qonga botgan rassomning ismi kim ekanligini bilib oldim. Kartinada ğalati kayfiyat bor edi. Unga öşa marhumlar ruhi singib ketgandek. Tebranayotgan kungaboqarlar orasidan soyadek sokin boqib turgandek. Baʼzan asarda odam aks etmagan bölsa ham, uning ruhi böladi. Holat kayfiyati seziladi. Şamollar şitiri bilan böyniga piçoq tortilgan odamning xirillab nafas olişi eşitilayotgandek. Asarda uruş hidi sezilib turibdi. Qörğoşinning tomoq qirar isi…
XIV
Dala sokin. Qurolimni daraxtga suyab qöyib çöntagimdan sigareta çiqarib tutata boşladim. Şamol tutunni yuzimga urardi. Men uni bu safar ham qöldan çiqardim. Telba rassom asarni menga taşlab qoçib qoldi. Ustimdan mazax qilgandek ismini ham öçirmabdi. Odamning ustidan kula boşlaşingiz bilan uning ğazabi qaynaydi. Miyamda fikrlar ğujğon öynamoqda. Afsus, şu onda aççiq qahva yöq-da. Kallamga birorta ham aniq fikr kelmayapti. Asabim qaqşab, iç-içimdan ğazabga tölyapman. Faqat hozirgina öşa qotil bolakayning holatini his qilyapman. U ham bekorga öroq bilan ikki tengdoşini boşiga yetmagan. Ğazabda bölgan. Ustidan mazax qilişgandir. Balki u ham mendek tovuq söya olmagandir? Rassom-çi? Şunça yil qayerlarda yaşirinib yurdi? Meni bu yerga kelişimni u qanday bildi? Kimlardir meni kuzatganmikin? Har xil fikrlar ustma-ust kela boşladi. Jin ursin bu telba rassomlarni! Şu payt böynimga nimadir sançildi. Köz oldim qoronğilaşdi. Ortga burilib qurolimga talpindim. Ammo qadam taşlaşga ham ulgurmadim. Yerga quladim.
XV
Közimni oçganimda qölim kişanlangan, nim qoronği xonada ötirardim. Boşim qattiq oğrirdi. Nima bölganini anglay olmasdim. Oldimga qalin jild taşlaşdi. Jildda yuz betdan ortiq qoğozda allanimalar yozilgandi. Uni oçib, sekin köz yugurtirdim.
“53-iş.
Töliq ism-şarifi: Konstantin Mixaylov Dmitriyeviç
Tuğilgan yili: 1926-yil 7-oktyabr
Tuğilgan joyi: Sovet Sotsialistik Ittifoqi Respublikasi. Stalingrad şahri.
Birinçi taşxis: 1941-yil. Qotillik. Kuçli ruhiy zöriqiş. Stalingrad “K.Marks nomidagi markaziy klinika”
Taşxis: şizofreniya
Uslubi: ötkir buyumlar bilan çala söyiş,vintovka yordamida öqqa tutiş.
Öziga xosligi: özini uç va undan ortiq kişi deb hisoblaydi. Aksar holatlarda davlatning maxsus xizmatçisi deya öylaydi.
1941-yil Konstantin Mixaylov Dmitriyeviç ön uç yoşida kuçli ruhiy zöriqiş oqibatida ikki tengdoşini öroq bilan öldirgan. Germaniya Sovet Ittifoqiga hujum qilgaç, şoşilinç ravişda oddiy poliklinikaga ötqazilgan. 1942-yilgi Stalingrad qamalida u maxsus qarorga muvofiq oddiy askar sifatida Sovet askarlari safiga kiritilgan. Stalingrad janglarida merganlar safida xizmat qilgan. Polşa, Fransiya örmonlarida partizanlar safida mergan bölgan. Yuzga yaqin askar va yuqori lavozimli harbiylarni yöq qilgan. Parij yaqinidagi kenglikda otasi va vzvod komandirini söyib taşlagan. Şundan söng 1944-yili harbiy tribunal tomonidan hibsga olingan. Öşa yili qişda kasalxonadan qoçib ketgan. 1967-yilga qadar turli jinoiy tödalar safida mergan sifatida faoliyat yuritgan. Yuz va undan ortiq kişining ölimida gumon qilinadi.
Konstantin Mixaylov Dmitriyeviç bir neça yillar davomida qotillik bilan şuğullangan. U qidiruvdagi xavfli jinoyatçi bölib…
Bu satrlarning söngi yöqday edi. Közim tinib ketdi. Oxirgi varoqda esa 1969-yil. Parij. deb yozilgandi. Nima, bu yangi topşiriqmi? Odatda, işlar bunday buyurilmasdi? Surat va manzili. Bugun esa umuman boşqaça yondaşişmoqda. Nega men hibsdaman? Nahot, şunçalar jiddiy topşiriq bölsa? Şu onda şakarsiz qahva içib, burqsitib sigareta tutatgim keldi. Miyamda bir savol aylanardi. Taniş ism… Konstantin deganlari kim edi? Jildning sönggi beti: surat. Mening suratim… Yalt etib töğrimga qaradim. Röparamda boyagi askar. U moviy közlari bilan hamon menga tikilardi. Göyo mening içimga kirişga urinayotgandek. Men uni qaçonlardir körgandim. Nahot, bu öşa? Jin ursin! Ha, u öşa joni halqumiga kelib qolgan, jon talvasasida yotgan askar… U moviy közlari bilan menga qarab, göyo “Men hammasini körganman, bu sen..”deyayotgandek edi.
Shahzod ŞOMANSUROV
1986-yili tuğilgan.
Kamoliddin Behzod nomidagi
Milliy rassomlik va dizayn
institutini tamomlagan.
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida


