9 daqiqada öqiladi

627 marta körilgan

Törtinçi qavatdagi xonadon

Şerzod Ortiqov

(Hikoya)

Bugun operatsiyam yöqligi uçun keçki körikni ötkazganimdan söng işlarni navbatçi hamkasbimga topşirib köçaga çiqdim. Yomğir yoğayotganini körib, “esiz, keçagina örik gullagandi-ya”, degan xayolga bordim. Yomğirning maydalab yoğişi kamina­ning ğaşini keltirardi. Yuzingni qay tomonga burma, mayin tomçilar urilib, dilda tuşu­nib bölmas bir sokinlik uyğotardi. Taksiga minganimda orqa eşik oynasining oçiqligini körib darrov kötarib qöydim. Sovuqdan junjikib, qöllarimni çöntagimga tiqdim. Şunda çöntagimdagi qoğozga qölim tegdi-yu, yana hammasi esimga tuşdi. Uni asabiy tarzda ezğilay boşladim. Yöl böyi şu bilan maşğul böldim. Manzilga yetganimda allaqaçon qoğoz kaftim orasida maydalanib yotardi.

Uyim beş qavatli binoning törtinçi qavatida. Lift tomon yurgim kelmadi. Zinadan kötarildim. Birinçi, ikkinçi, uçinçi va nihoyat, törtinçi qavatga ham yetdim. Içkariga kirarkanman pianinoning böğiq ovozidan Betxovenning taniş sonatasi taralardi. Kuyni eşitib, yölakda töxtab qoldim. Hatto quloqla­rimni berkitib olgim keldi. Buning örniga esa qölimdagi bir dunyo qoğozlarga töla portfelimni yölakning oxiridagi javonning çetiga qöydim-da, kuy yangrayotgan xonaga kirdim.

Nargiza dastlab meni payqamadi. U pianinoning oldida ötirgança barmoqlarini kla­vişlar ustida tez-tez qimirlatib kuy ijro etardi. Bugun keçagidan ham, hatto ilgarigi kundan ham asabiy körinardi. Meni ostonada körib, yana ham tez harakat qila boşladi. Sekin yurib, yonidan ötdim. U esa kuyni çalişda davom etdi. Pianinoning nariroğida joylaşgan iş stolim turgan xonaga kirdim. Kursiga behol çökib, çetidagi chiroqni yoqdim. Şu alfozda ança ötirdim. Bu orada Betxovenning maşhur sonatasi takror va takror eşitildi. Men bu kuyni yoddan bilganim uçun Nargiza uni beş-olti marta qaytadan çalganini sezdim. U töxtaşni xayoliga ham keltirmasdi. Men bunga eʼtibor bermaslikka urinib, stol ustida keça qolib ketgan qoğozlarimni chiroqning yoruğida tartibga keltiriş uçun çoğlandim. Bular asosan travmatologiyaga oid ilmiy işim borasidagi maʼlumotlar edi.

– Bas, yetar! – dedi şu payt Nargiza kuyni çalişdan töxtab baqirganiça.

Pianinoning ovozi yana-da böğilib, xuddi tomoği qattiq oğrigan bemordek beöxşov eşi­tildi. Biroz ötib Nargiza klavişlardan qölini olib, uning qopqoğini şaraqlatib yopdi.

– Bunday jim ötirişni bas qiling, – dedi şundan söng men tomonga ögirilib asabiy ohangda. – Bir oğiz bölsa ham gapirsangiz-çi. Uç kundan beri şu ahvol.

Qoğozlardan boşimni kötarib unga bir muddat tikilib qoldim. Asabiylaşganidan lablari titrardi.

– Gapiring, iltimos sizdan. U qarşimda tik turgança iltijo qilgandek mendan közini uzmasdi. Oxiri, hiqillab yiğlaşga tuşdi.

– Sizga keça ham ilgari kuni ham aytdim, – dedi bir qöli bilan pianinoga suyangança bo­yagidek nigohda. – Mendan könglingiz tölmayotgan bölsa, röy-rost ayting, xohlaganingizça ayblang, xohlasangiz, ajraşiş uçun ariza bering, faqat Xudo haqi, gapirmasdan odamni ezişni bas qiling. Iltimos, bas qiling.

Men çöntagimdagi qoğoz bölaklarini battar çangalladim. Xuddi şu paytda kimdir yuragimni şu qoğozdek ezğilaşga tuşgandek böldi. Nargiza köp ötmay yiğlab xonadan çiqib ketdi. Eşik oçiq qoldi. Men örnimdan turib uni yopdim-da, qaytib jo­yimga ötirdim. Allaqaçon pianinoning böğiq ovozi ham, Bet­xovenning sonatasi ham tingandi. Men negadir ilmiy işimga diqqatimni qara­tişni maqsad qildim-u, lekin buning örniga çöntagimdagi qoğoz bölaklarini olib stol ustiga qöydim. Ularning har biri ğijimlanib ketganidan deyarli öqib bölmas holatga kelgandi. Şunday bölsa-da, stol çetida turgan yelim yordamida ularni bir-biriga yopiştirişga harakat qildim va qoğozni tiklaş uçun ança ter tökdim. Bölaklar birlaşib yana öz şakliga keldi. Natijada men aji-buji holda bölsa-da, bus-butun holga kelgan sahifaga közlarimni tikib ötirdim. Xayolimga beixtiyor uç kun oldingi voqealar ketdi. Hammasini eslaşga urinib kördim. Operatsiya paytida oyoğim­ning son qismida boşlangan oğriq, holsizlaniş, terlaş, jarrohlik amaliyotini bir amallab ötkazib, xonamda bukçayib yotganim va şundan söng hamkasbim urolog Rauf Muxtoroviçning körigida bölganim – hamma-hammasi köz oldimda birma-bir gavdalandi. Bular xuddi dahşatli tragediya­ning deboçasidek edi göyo. Qançalik oğir bölmasin, keyingi voqealarni ham esladim. Meni tekşirib tahlil natijasini qöliga olgaç hamkasbim rangi oqa­rib ketgani, meni qahva içişga taklif qilgani va u yerda derazaning şundoq yonida gullagan örikka qarab turib taş­xis natijasini tutilib-tutilib aytgandi. Undan tekşiruv natijasi aks etgan qoğozni olgaç, “bunday bölişi mumkin emas” – deb bir qoğozga, bir unga qaradim. Söng asabiy kulgança xonamga kirdim. Kursida ötirib öyga çömdim. Bular­ning bekordek edi tasavvurimda. Axir, endi öttiz yoşga tölgandim. Menga tirkalayotgan bu kasallik, odatda, ellik yoşdan ötgan erkaklarda uçrardi. Yöq, men soğlom edim, heç qanaqasiga kasal emasdim, xastalik boşlangani ham, nazarimda, safsatadan boşqa narsa emas, prostata raki bölişi mumkin emas! Bunga sira işonmasdim, lekin tahlil natijalari aks etgan varaqqa qararkanman nafratim jöşib stolni qattiq-qattiq muştlardim.

Mana oradan uç kun ötdi. Sirtdan qaraganda, bu kunlar odatdagidek keçdi. Öşa taniş tong otdi, kun yorişdi, köça-köyda hayot davom etdi, goh quyoş çiqdi, goh yomğir yoğdi, keç tuşdi… Ammo men şu uç kun içida ança özgardim. Yaxşi tomonga emas, albatta. Bir lahzada hayotga taşna insondan tuşkun qiyofadagi, içimdagini top qabilidagi odamga aylanib qoldim. Qandaydir xavf taʼqib qilayotgandek menda jonsarak va bezovta yu­riş odati paydo böldi. Kun böyi turli xayollar çarx urar, baʼzida xonamda u yoq­dan bu yoqqa yurarkanman özimni hammasi joyida ekanligiga işontirişga urinar, lekin bu qölimdan kelmay asabiylaşardim. Hatto muloqot ham oğirlik qilardi. Faqat bitta narsani öylardim, yaʼni endi buyoği nima bölişini.

Stol ustidagi çiroq közimni oğrita boşlagandi, holsiz örnimdan turdim. Sekin yurib pia­ninoning oldiga keldim. Uni töq qizil rangdagi yaltiroq, tekis ustki qismida qölla­rimni yurgiza boşladim. Keyin diqqatimni uning yonidagi javon va u yerdagi özim va Nargizaning kitoblarini kördim. Ularni birin-ketin qölimga olib, varaqlay boşdim. Şundan söng xonani közdan keçirdim, uyim haqida öyladim. Pianino, kitob javoni va mana şu uy meni ötmiş sari yetaklab ketdi.

Bir paytlar bu uyni kreditga olganimda judayam xursand bölgandim. Nihoyat, ijarama-ijara yuriş balosidan qutulgandim. Özim­ning uyim bölgandi – orzum uşalgandi. Heç qança ötmay bu tuşunarsiz hayotda Nargizani uçratdim. U bilan turmuş qurdim. Oilaviy hayotim yölga qöyilgaç, asta-sekinlik bilan uyni jihozlaş boşlandi. Mana şu pianino va kitob javonini sotib ol­dim. Pianino heç qança ötmay Nargizaning sevimli hamrohiga aylandi, buning natijasida keçqurunlari butun uy böylab Betxovenning sonatalari yoki Şopenning prelyudiyalari tinmaydigan bölib qoldi. Kitob javonini ham Nargiza badiiy kitoblar bilan töldirib taşladi. Mening tibbiyotga oid kitob­larim ozçilikni taşkil qilardi.

Ötmiş xotiralari bilan biroz ovungaç rovonga çiqdim. Yomğir haliyam tinmagandi. Aksinça, endi kuçli şamol esib, yomğir şiddatini kuçaytirgandi. Buni körib rovonning qiya oçiq holda qolib ğiçirlay boşlagan eşigini yopib qöydim va taşqarida turgança atrofni közdan keçir­dim. Köçada hayot davom etar, haliyam odamlar köp edi. Atrofidagi köp qavatli uylarda ham çiroqlar yoniq, turmuş qaynardi. Şu holatda tevarakni ança kuzatgaç birdan dunyo közimga çiroyli körinib ketdi, yaşaşdan hali sira töymaga­nimni his qildim. Boşqa tomondan esa ölim haqida öyladim. Birinçi marta jiddiy öyladim.

Ha, odamning işongisi kelmaydi. U tuğiladi, yaşaydi va qançalik açinarli, dahşatli bölmasin, öladi. Kimdir tuğilgan, kimdir ayni yoşlik paytida, boşqasi esa yoşini yaşab, keksalik gaştini surib olamdan ötadi. Hamma uçun bitta qismat – tuğiliş, yaşaş va öliş. Bu oddiy formulaga öxşaydi. Biroq buning zamirida qançalar çuqur dard, oğir musibat, insonning könikişi qiyin bölgan falsafa yotganini köpçilik tasavvur qilavermaydi. Inson tuğilib, ham jismonan, ham ruhan ulğayib, öqib-örga­nib, jamiyatda öz örnini topib, orzular qilib, sevib-sevilib, oila qurib, farzandlar voyaga yetkazib, söngra bular­ning barçasini bir kuni taşlab ketadi. Nima uçun şundayligini heç kim tuşunmaydi va aniqki, tuşuntirib ham berolmaydi. Bu savolga hatto maktab tizimida qoniqarsiz balga tortadigan javob ham be­rilmaydi, şunçaki, katta-yu kiçik yelkalar qisiladi-da, boşlar çayqaladi. Bu esa biz ang­lab yetiş va javob beriş uçun ojizlik qilamiz, degan maʼnoni bildiradi.

Ölimni tasavvur qiliş qiyin. Ammo men ayni lahzada uni ming çandon yaxşi tasavvur qildim. U tafakkurimda meni hamma narsadan ayiruvçi kuç bölib gavdalandi. Yaʼni u bir kun kelib xohlaymanmi, yöqmi meni bağrikeng osmondan, atrofga tinmay yoğayotgan yomğirdan, yuzimga urilayotgan şamoldan ayirib, nomaʼlum tomonlarga olib ketadi.

U tufayli bir kuni mening tinmay urayotgan yuragim töxtaydi, közlarim yumilib boşqa oçilmaydi, oyoq-qöllarim taraşadek qotib qoladi, lablarim qimirlamaydi, quloqlarim eşitmaydi, burnim hid bilmay qoladi. U tufayli men bir kun kelib soatni, vaqtni, ötayotgan lahzalarni, tong otgaç yorişadigan kun bilan qoş qoraygaç tuşadigan tunni, issiq bilan sovuqni, daraxtlar köm-kök bölib gullaydigan bahorni, mevalar ğarq pişadigan yozni, ser­yomğir, tumani közni şamğalat qiladigan, xazonrezgi kuz va qor yoğib qalblarni poklovçi kumuş qişni farqiga borolmay qolaman.

U tufayli bir kun kelib, nufuzli tibbiyot oliy­gohini tamomlagan, öz vaqtida yuzlab badiiy va ilmiy asarlarni mutolaa qilgan, aytaylik çanği uçişni, maşina haydaşni, qöşiq kuylaşni, rasm çizişni, radiopriyomnik tuzatişni yoki odamlarni, qornini yorib operatsiya qilişni bi­ladigan insondan faqat bir uyum tuproq qoladi.

Olislarga uçib ketgan öy-xayollarim hali beri qaytib kelmaydigandek edi. Boşqa tomondan ölim haqidagi sovuq mulohazalar tanamni ivitib taşlagan yomğir tomçilarini savalaşi­ga hamohang bölib, meni bir zumda ruhan ezib qöydi. Ayni paytda yomğirli oqşomning past haroratli ob-havosidan emas, aynan ölim töğrisidagi sovuq mulohazalardan sovqotib yengilgina dir-dir titrardim. Şu payt rovon eşi­gining oçilişi meni özimga keltirdi. Eri­nibgina u tomonga qaradim va közlarim eşik­ oldida tungi köylakda turgan Nargizaning közlari bilan töqnaşdi. Şunda birdan u endi hammasini biladi degan taxmin ötdi xayolimdan. Biroz ötib bu taxminim öz tasdiğini topdi.

– Menga bu haqda aytişingiz kerak edi – dedi zörğa ovozi çiqib.

Uning qiyofasida norozilikdan köra açiniş va hamdardlik hissi aks etib turardi. Men unga qaramaslikka harakat qilib közlarimni olib qoçdim.

– Koşki, bu aytadigan gap bölsa ekan.

Nargiza gaplarimni eşitib-eşitmay sizni qarang-u, degandek boşini çayqagança ol­dimga keldi va yelkamdan mahkam quçib oldi.

– Hammasi yaxşi böladi, – dedi keyin özini tetik tutişga urinsa-da, yiğlamsirab. – Biz birga kuraşamiz. Hozir tibbiyot rivoj­langan. Özingiz ham yaxşi bilasiz buni. Axir, doktorsiz. Davosi yöq kasallikning özi qolmagan. Uni davolasa böladi, iloji bor. Bizda bölmasa, çet elda çorasi bor. Jin ursin, bor, bor, bor!!!

U boşqa gapirmadi. Ortimdan meni quçgança ança vaqt indamay turdi. Tanasining iliq harorati şiddatli yomğir va sovuq mulohazalar taʼsirida muzlab ulgurgan tanamga köçib ötib, uni ilitdi, hamda faqat özigagina xos bölgan, bir paytlar meni ipsiz boğlab, maftun qilgan uzun soçlarining yoqimli isi dimoğimga urildi. Şuurim-u borliğimni oniy fursat egallagan umidsizlik va uning gardanidagi mulohazalar çekindi. Şu tobda yana yaşagim kelib ketdi, ku­yib-yonib yaşagim keldi, hayotning barça ğam-şodliklarini his qilib yaşagim keldi, orzu qilib yaşagim keldi, mana şu törtinçi qavatdagi Betxoven va Şopenning asarlari ijro etilaverib tinmaydigan pianino bilan tibbiyotga oid-u badiiy kitoblarga töla javonni öz içiga olgan qadrdon xonadonimda, meni ehtimol yolğiz u çin dildan yaxşi köradigan ayolim bilan yaşagim keldi.

Yomğir sabab ravonda köp turib bölmasdi. Men köp turganim bois boya aytganimdek deyarli ivib, suvga bökkan muşukdan farqim qolmagandi. Nargiza ham heç bilintirmasa-da, tungi köylakda sovqota boşlagandi. Uyga kiriş ayni lahzalarda ikkimiz uçun ham zarar qilmasdi.

– Içkariga kiraylik, – dedim şu maq­sadda ortimga ögirilib. – Yomğirda ivib ketdim.

Nargiza xöp degandek boş irğab qöydi va sekin boşini kötarib bir menga, bir ustimdagi namiqqan kostyumimga qaradi.

– Kirib kiyimingizni almaştiring. Men hozir qahva damlayman.

Şerzod ORTIQOV

1985-yili tuğilgan.

Farğona Politexnika institutini

tamomlagan.

“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822

Obuna haqida

Izohlar

Hozirça izoh yöq. Birinçi bölib fikringizni yozing.

Siz nima deysiz?

Izoh tahririyat körib çiqqaç, eʼlon qilinadi.

Şu ruknda köp öqilganlar

Barçasi (258)

Suv. Hikoya

– Öz oyoği bilan jildirabgina kelmagan suv suvlik qiladimi?! Ketaman bu Cahroyi kabirdan… ketama-an-n! Dilşod şunday deya örnidan sapçib turdi-yu, derazadan taşqariga termildi. U avval hovlisidagi qovjirab qolgan…

“Eynşteyn jumboği”

Dekabrning asov şamoli tun bağrida özini har yonga urib, böriday uvillaydi. Uylar ham sovuqdan junjikkanday bağridagi çiroqlarini öçirib, şamolga jör bölib, qoranği tun vajohatini yanada orttiradi. Biroq şu imoratlar…

Uluğbek Hamdam. Yöl (falsafiy roman

Men bir ojiz tomçiman, ammo yuragimda ummon soğinçi yaşaydi. Mavlono Rumiy TUŞDAN OLDINGI VOQEA Ovoz keldi! Ovo-o-oz!.. Eşityapsizmi, ğoyibdan bir ovoz keldi! Dunyolarni töldirib emas, yöq, balki yöl kabi uzun, yöl kabi…