56 daqiqada öqiladi

1 550 marta körilgan

Uluğbek Hamdam. Yöl (falsafiy roman)

Uluğbek Hamdam

DEVOR ORTIDAGI OLAM YOKI BUDDA

U mamlakat podşohi bölişi lozim edi, peşonasiga bitilgan yoziq esa yurtning emas, köngilning şohiga aylantirdi, taşqariga emas, içkariga rahbar etib sayladi. U şahzoda bölib tuğilgandi. Otasidan keyin mamlakatning hukmdori bölişiga heç kim şubha qilmasdi. Padari buzrukvorining ham, ahli aʼyonning ham butun diqqat eʼtibori şunga qaratilgan edi. Otasi uni çor tomoni baland va qalin devorlar bilan öralgan saroyda papalab, atrofda nimaiki yomonlik bölsa, barçasidan qörib, himoya qilib, kaftda nihol östirgandek avaylab voyaga yetkazdi. Yigit bölib yetişgaç, özi sevgan qizga uylantirib qöyişdi, tez orada farzand dunyoga keldi. Podşohning ojiz nazdida hammasi risoladagidek davom etayotgandi. Biroq… biroq podşoh istagi boşqa-yu taqdirniki özga çiqdi: kunlardan bir kun şahzoda qulay bir paytda devor ortiga böylab, u yerda tomomila boşqa bir hayot hukm surayotganini fahmlab qoldi va oromini yöqotdi. Vazifadorlaridan biriga buyurib, otaravada darvozadan taşqariga çiqib ketdi va hammasi ana öşandan boşlandi. Uni yölda törtta uçraşuv kutib oldi.

Ulardan birinçisi qarib, joni badanida kilkillab qolgan çol böldi: nahot odamiyzod şunçalar najotsiz va ayançli holga tuşsa?…

Ikkinçisi bölsa, bedavo dard – moxovga çalingan bemor: nahotki, kasallik insonni şunday köylarga solsa?…

Yigit körganlaridan mutaassir bölib nari borgandi, u yerda motam marosimiga duç keldi. U umrida ilk marotaba ölgan odamni körib qolgandi: nahotki, men ham bir kun kelib ölsam?…

Yigitning nozik köngli buzilib, yuragi alağda böldi. Nima qilarini, nima deyarini bilmay tipirçiladi. Devor ortidagi bu yangi olam endigina özi çiqib kelgan olamning tamomila ziddiga mengzardi: bas, dunyo va hayot haqidagi şu çoqqaça bilganlarining oyoği osmondan kelgança şundoq köz öngida yer bilan bitta bölib, balçiqlarga qorişib yotar edi. Yigitning köz oldi qoronğilaşdi…

Agar… agar u törtinçi kişini körib qolmaganda holiga podşoh otasiyu gözal xotinidan taşqari yon-veridagi maymunlarning ham yiğlaşi tayin edi. Törtinçi zot – bu, haddan ziyod qaşşoq bölib, dunyoni yayov kezib yurgan bir darbadar kişi edi.

– hoy, qaşşoq inson, men şu mamlakatning bölğusi şohi bölaman, – murojaat qildi şahzoda, – sen-çi, sen kimsan? Qayoqdan kelyapsan, qayoqqa ketyapsan?

– Qaşşoq inson sensan! – sekin, ammo qatʼiy ohangda javob berdi darbadar. – Men esa sen öylagandan tamoman boşqaman: boyu badavlatman. Çunki sen ötkinçi va mudom özgaruvçan zohirning şohi bölsang, men mangu va muqim botinning yölovçisiman. Sening hukmdorliging nari borsa, bir neça ön yilga yetsa, mening öz olamimdagi şohligim abadiy! Sen bir nafaslik olamning egasi bölsang, men boqiy borliqning sohibiman! Men öşa olamdan kelib, yana öşa tomon yöl olganman! Bas, ikkimizdan qay birimiz faqiru beçora, qay birimiz amiru rahnamo ekanligimizni özing söyla!

Bu keskir javoblar yigitning botinini tilimlab ötdi va u mum tişlagan köyi aravasiga ötirib qoldi. Şu-şu, şahzoda öşa darbadar kelgan va ketgan olam xayoliga tutildi, mubtalo böldi: yursa-tursa, yotsa-tursa, u haqda öyladi va ajoyib kunlarning birida xuddi öşa darbadarning kiyimi yangliğ jandaga burkandi-da tobora keksayib borayotgan otasini, toju taxtu saroyni, husni yetti iqlim tillarida doston xotinçasiniyu közining oqu qorasi bölgan öğlini taşlab, devor ortidagi olamga qarab ketdi…

Yetti yil davomida öşa darbadarning izidan tinimsiz yöl bosdi. Yoşi öttiz beşga çiqqandagina töxtab sarsor solsa, odamlarning qöllari notöğri iş qilayotganini, tillari nomaʼqul söz sözlayotganini, dillari nomarğub öyga çömayotganini, xullas, yöldan çiqib borayotganini idrok etdi. U bularning barini mulohaza qilib yana ön yilni ötkazdi va nihoyat, yoşi qirq beşga borganda yurak yutib odamlarning qarşisiga çiqdi-da, ASL YÖLga qaytiş kerakligi haqida ilk kalomni aytdi. Şundan söng odamlar uni Budda deb tanidi…

Budda odamlarga aytdiki, ular yurayotgan yöl aslida yöl emas, asl yöl bu insonning botinidan ötib, uning boqiy olamga qöşilib-singib ketişiga qaratilgan bölmoği kerak. Buni nirvana deyişadi. Şundagina insonlar sansar girdobida abadiy aylaniş baxtsizligidan foriğ böladilar!

MUSO ALAYHISSALOM BITIGI

Tuşimga yana şu yöl va uning maşaqqatlari kiribdi. Yura-yura bir yurtga kelibmiz. Yurt çandon farovon ekan. Ölkaning qoq örtasidan ulkan daryo oqib ötgan bölib, men beixtiyor daryoga qarab qadam bosibman. Çunki yölda hamma yoğimni – içim va taşimni kir-çir, çang-çung, doğ-duğ bosib ketganidan obdon çömilib, poklangim kelibdi. Qirğoqqa yaqinlaşganimda esa közim birdan daryodan oqib kelayotgan sandiqqa tuşibdi. Sandiqda biğillab yiğlagan bir gödak bor ekan.

Keyin sörab-suriştirib bilsam, nedir sabab bilan mamlakatning podşosi yurtda qursoq ğamida yaşab mehnat qilayotgan kelgindilar oilasida tuğilayotgan öğil çaqaloqlarni öldirişga buyruq çiqargan vaqtlar bölib, heç kim uning ayovsiz taʼqibi va qirğinidan omon qolmayotgan, ayollar tuğişga, erkaklar ayoliga yaqinlaşişga qörqib qolişgan ekan. Daryodan oqib kelgan çaqaloq esa öğlini öldirişlariga çidab turolmagan onaning böğzidan otilib çiqqan sönggi isyon-nolasi ekan. Va öşa lahzalarda onaizor nolasining Yaratganning ğziga yetib borganiga men guvoh bölib turgan ekanman…

Suvdan çiqqanimda tanim tozalangan, yuragimdagi oğriqlar bosilgan va közlarim ravşan tortgan edi. Borib izdihomga qöşildim va köp qatori yöl yurişda davom etdim. Vaqti kelib bolalarga atab yoziladigan ertaklarda bölgani kabi yöl yurdik, yöl yursak ham möl yurdik, axiyri bir yerga yetganda, men haligi sandiqdagi gödakka boz duç kelib qoldim. Faqat u endi gödak emas, bilʼaks, soqoli köksiga tuşgan, qaddi egilgan çol edi. Möysafid katta hassasi yordamida oldinga odimlar, ortidan esa xaloyiq qofila-qofila bölib ergaşib borardi. Ularga qarasam, hammasi jabrdiydalarga mengzab ketdi. Soniyan, ortda qolgan farovon yurtda xöp xörlangan, ezilgan, öğil bolalari nayzaning uçiga ilingan qullar ekan. hassador qariya ularni ozod etib, qolmişiga ozod bir yurtni topiş işqi bilan yölga tuşgan, el ham unga ergaşib ketayotgan ekan. Ular juda uzoq yöl yurişibdi, şu darajadaki, kattalarning bari yölda ölib ketib, faqat yöl asnosida yangi tuğilganlargina, yangi avlodgina yangi manzilga yetib borişibdi. hatto qomati qölidagi aso singari dol möysafid ham közlangan manzilni olisdangina köra olibdi, xolos, uning bağriga qadam bosişga esa ulgurmabdi: ozod ölkaga olisdan termilgança jonini jabborga topşiribdi. Ozod tuproqqa qullik nima ekanligini bilmagan yangi nasl kirib boribdi…

ISO ALAYHISSALOM BITIGI

Yöldan ozib turli jinköçalarga boş suqayotgan odamlar kirlanib-sasib ketişgandi. Şu darajadaki, atrofga badböy ufurardi. Tuyqus yöl yoqasida bir daryo körindi. Yaqinlaşdik. U yerda bir qança odamlar çömilib poklanayotgan ekan. Quvonib ketdik. Salom berib oyoq ildik. hammani boşqarib turgan bir nurli zot özini Yahyo deb taniştirdi. Yana aytdiki, yaqinda adaşib-uloqib yurgan odamlarni yölga soladigan, ularga yagona töğri manzildan Xuşxabar beradigan muborak zot dunyoga kelar ekan. Daryodagi poklaniş öşa zotni munosib kutib oliş uçun ekan. “Umringizdan baraka toping”, deya köplaşib daryoga tuşdik…

Oradan ança yillar keçdi. Tevarak-atrofni çang-tözon qoplab, yöl maşaqqati ortgandan ortdi. Ikki odim narini körib bölmay qoldi. Qayon borişimiz, nima qilişimiz heç kimga ayon emasdi. Odamlar dam qoqilib surinar, dam örnidan turib yurmoqqa tutinar, baqirişar, urişişar, yiğlaşar va minğirlaşardi. Muborak zotdan esa hanuz xabar yöq edi…

Öşanday kunlarning birida bir voqea röy berdi. Yöl yuzida, daryodek qalqib oqayotgan odamlar oyoqlari ostida tilançilik qilib yuradigan kör kişi bölardi, beçorani heç kim mensimasdi. Ortidan uç-tört kişi ergaşib yurgan, yuzlari oydindan oydin bir zot körning oldidan ötayotib, tuyqusdan oyoq ildi. Bu hol atrofdagilarning eʼtiborini tortdi. Yiğilganlardan baʼzilar: “Ustoz, buning kör tuğilişida kim gunohkor, özimi yoki ota-onasi? ” deb söradilar”. Ul zot şunday javob berdi: “Bunda na özi gunohkor, na ota-onasi, balki Xudoning işlari unda namoyon bölişi uçun u kör tuğilgan”. Keyin ul zot yerga tupirib, tupigi namlagan tuproqni olib körning közlariga surtarkan, “Borib Siloam hovuzida yuvin” dedi. Söqir uning aytganini qildi va tuğma kör bölgan közlari oçilib ketdi.

Şunda voqeani kuzatib turgan olomon içida ğala-ğovur boşlandi. Ular “Çindanam körni davoladimi yo bu bir afsunmi? ” deya tortişa ketişdi.

Bu yerdagi şovqin-suron tinmasdan esa boşqa yoqdan özga olomon bir ayolning soçidan sudrab kelib qoldi va yuzi oydindan oydin zot qarşisiga çiqib: “Bu ojiza zino qildi, zinoning jazosi esa toşbörondir! Sen nima deysan? ” deya turib oldi. Ul zot avvaliga indamadi, asta engaşib yer çizib ötiraverdi. Olomon tutganini qöymadi – qayta-qayta sörayverdi. Şunda ul zot boşini kötarib: “Sizning içingizda kim begunoh bölsa, öşa birinçi bölib ayolga toş otsin! ” dedi va yana boşini quyi solib oldi. Şunda bilasizmi, nima voqea röy berdi? Olomon birdaniga mum tişlab ortga çekindi. Odamlarning qölidagi toşlar birin-sirin tap-tap etib yerga tuşdi…

(Oradan ikki ming yil ötib esa, quyoşni qidirgan xasta şoir bor-ku, öşa xuddi şu manzarani muşohada qilarkan, daftariga yozib qöydi:

Tap tortmay gunohkor ataysan meni,

Toşbğron qilarding imkon topsang gar.

Lek aqling toş bğlib qotdi-ku sening,

“Pok bğlsang, ur! ” degaç Iso payğambar! )

ha, mana şoir sirni oşkor aylab qöydi: ul zot Allohning elçisi, muborak Iso alayhissalom, odamlar kutayotgan, xuşxabar keltiruvçi zot edi!

Muborak zot qayta boş kötarib qaraganda maydonda ayoldan özga heç kim qolmagandi.

– Ey ayol! – dedi. – Seni ayblovçilar qani? heç kim seni mahkum qilmadimi?

– heç kim, hazrat!

– Men ham seni mahkum qilmayman, – dedi Iso. – Bor, bunday keyin boşqa gunoh qilma! ”

Yöl çorlayotgan edi. Iso alayhissalom xaloyiq qarşisiga çiqib dedi:

– Zulmga qarşi zulm bilan javob berib bölmaydi, zulm zulmni tuğadi, bas, öng yuzingga ursa, chapini tutib ber. Eng muhimi, bir biringizni sevinglar. Men sizlarni qanday sevgan bölsam, sizlar ham bir biringizni şunday sevinglar.

Nihoyat u: “Mening ortimdan yuringlar, men sizlar uçun yölman”, dedi-da quyoş körinib turgan tomon odim otdi…

MUHAMMAD ALAYHISSALOM BITIGI

– Oyiga 30 foiz berasan, – dedi sudxör.

– Sal tuşiriş mumkinmi? – ehtiyot bölib söradi mijoz.

– Xohlasang şu, xohlamasang ana, katta köça!

– Mayli-mayli, roziman, – sudxör aynab qolmasin deb şoşa-pişa javob berdi mijoz va uzatilgan pulni qöşqöllab oldi.

Uyiga mablağ sörab kelgan yana ikki kişini şu tarzda kuzatgandan keyin sudxör xotinining oldiga çiqdi.

– Qizingni çiroyli kiyintir, – negadir közlarini olib qoçib buyurdi ota.

– A? – Çöçib tuşdi ona. – Vaqti keldimi? Munça tez!? – Keyin birdan piqillab yiğlab yubordi. Lekin erining buyruğini ado etiş uçun içkariga – qizçasi öynab turgan xonaga yönaldi.

Ota boşqa söz aytmadi. Oğir qadamlar bilan taşqariga çiqib kutdi.

– Abatah, meni qayerga olib ketayapsiz, abatah? – Otasining böynidan mahkam quçoqlab olgan qizça sevinçini yaşirolmay bir nurijahonining yuziga, bir yap-yangi liboslariga qarar, tinmay savol berardi.

– Seni töyga olib borayapman, qizim, töyga, – der edi-yu, padarning közlaridan tinmay şaşqator yoş quyilardi.

– Nega unda onam bilan akamniyam olmadik, abatah?

– Ular keyin kelişadi, şirin qizim, keyin…

Ota qizini kötargança qabriston maydoniga kirib keldi. U yerda ota-bolani birgina görkov kutib oldi. U ham bularni körişi bilan yangi qazilgan qabr yonidan uzoqlaşdi.

– Nega töyda heç kim yöq, abatah? – Qizaloq olazarak bölib atrofga qaradi.

– Bor, qizim, bor… hozir… anavi yerdagi çuqurdan içkariga tuşaylik, köramiz, – ota soçlari jamalak, qoramağiz qizçasining yuz-közlaridan öpib, yonoqlariga surarkan, iç-içidan dahşatli ökirik keldi. Şu hamona qizaloğini çiqib bölmas görga sirğatib yubordiyu özini ortga urdi.

– Abatah! Abatah! Abatah!!! – Zurriyodining – jigarporasining nolalari mozordan qoçib ketayotgan otani quvib yetarkan, qarşi tomondan ketmon kötargan görkov qizça taşlangan çuqur tomonga şoşib borayotgan edi…

Ota qabristondan çiqib töğri butxonaga yöl oldi. U yerda yuzlab butlar qatorasiga terilgan bölib, har birining qarşisida önlab odamlar siğinib ötirişardi. Bu vaqtda qora tuproq ostida qolgan qizaloqning otasi töğri Uzza nomli but qarşisiga kelib tiz bukdi…

… Lekin bu voqealardan biroz narida – toğning tepasida yaşil kiyim kiygan uç farişta yoş bir bolani osmonga qaratib yotqizib, köksini yorişayotgan edi. Bundan bolaga aslo ozor yetmas, binobarin, u baqirmas, aksinça hammasini öz közlari bilan körib-kuzatib yotar edi. Fariştalarning bari galma gal uhdasidagi vazifasini sidqidildan ado etişga tirişardi. Ulardan biri, urib turgan jajji yurakçani suğurib, undan barmoqdek keladigan qora parçani kesib taşlarkan, “şaytonning hissasi” deb aytdi.

Bu bola ulğayib voyaga yetdi va u muborak zot özining odilligi, sadoqati, oqilligi bilan hammaning hurmatini qozongan, Allohning yer yuziga yuborgan oxirgi rasuli – Muhammad sallallohu alayhi vassallam edi.

Ul zoti şarif kördiki, başar ahli yöldan oza boşlabdi. Töğri yölda yuriş haqida Tangri taolo odamiyzotga şu çoqqaça yöllagan taʼlimotlari insonlar tomonidan ayovsiz buzilibdi. Yöl deganning nomigina qolib, hamma har yoqda özi bilgan iş bilan şuğullanib yurar bölibdi. Şu bois, sudxörlik, harom, zulm, köpxudolilik, butparastlik, johillik, adabsizlik kabi illatlar yöl ahlini parokanda qilib taşlagan ekan. Dunyo ham özgarib, ilgari bir-birlarini sira bilmagan, tanimagan kiçik qavmlaru katta elatlar endi özaro oldi-sotdida qaynaşar, qiz olib, qiz berib yaqinlaşar ediki, buning maʼnosi endi hamma uçun bitta yölboşçi kerakligini anglatardi. Bas, Muhammad s. a. v. yöl ahliga murojaat qilib aytdiki, hozirgaça Yer yuziga yuborilgan payğambarlarga faqat öz qavmlariga yöl körsatiş buyurilgan esa, uning zimmasiga yer yuzining barça xalqlariga, azim yölning barça yöldoşlariga rahnamolik qiliş vazifasi yuklatildi. Bu bağoyat muşkul vazifa bölib, uni uhdalaş uçun ul muborak zot odamlarning orasida bölib, el qatori yaşadi, oddiygina, soddagina rözğor tutdi, ahli ayol, bola-çaqa orttirib, dunyo hayotida ham ummatiga namuna körsatdi. Adolat, şafqat, kamtarinlik va halol luqmaning qadriga yetdi. Ota-ona uçun öğil farzand qanday şirin meva bölsa, qiz bola ham şunday neʼmat ekanligini bot-bot uqtirdi. hatto “Jannat – onalar oyoqlari ostida” deya ayolni uluğlagandan uluğladi, şaraflagandan şarafladi. Boşqaça bölib yölda yuriş mumkin emas, dedi. har qanday dabdabayu haşam, har qanday kibru manmanlik odamlar örtasini buzadi, deya nasihat qildi, inʼom olişni emas, inʼom etişni tarğib qildi. Boşqa uluğlar xurmo topganda tanovul aylab, topmaganda sabr qilamiz deya maqtansa, bul zot topmaganda tahammul etib, topganda muhtojlarga tarqatib kun keçirdi. Şuning uçun ham sekin-asta odamlar Alloh elçisi körsatgan yölga tuşa boşladi. Kalomi şarifda buyurilgan haq yöl şu edi…

Ana şu tarzda payğambarlar odamlarni töğri yölga daʼvat etib, Yaratganning kalomini irod qilişar, jonlariyu mollari bilan özlarini şu yölga baxşida aylaşardi. Ammo ularga işongan işonib, işonmagan yana boyagi-boyagi – boyxöjaning tayoği bölib yuraberardi. Işonib, iymon keltirganlar yana haq yölga tuşib olişsa, öz bilganidan qolmaganlar yöldan uzoq-uzoqlarda adaşib-uloqib yurişardi. Yana şunisi ajablanarliki, işonganlar ham öz içlarida firqa-firqa bölib, har bir guruh alohida söqmoq oçib olardi-da, qolganlarni gumroh deya eʼlon etişgaça borar, bundan musulmonlar orasida yana turli ixtiloflar, nizolar çiqib, olamni tutun yangliğ çulğardi. Yöl donişlari ham turfa-turfa fikr aytişar, birlari “odamlar bu dunyoda heç qaçon birlaşmaydilar, binobarin, bitta yölda yurmaydilar, çunki yura olmaydilar. Bu ketişda hali zamon Yaratgan insondan olam sardori böliş huquqini olib qöyadi”, desa, boşqalari umidni mahkam uşlab, “başar ahli hali yuksak aʼmol va eʼtiqodini namoyiş qilib, koinot gultoji bölişga munosibligini isbot qiladi” der, har ikki toifa şunga köra iş tutar, bahslaşar, talaşar va tinmay odim otardi…

ŞOIR BILAN UÇRAŞUV

Atrofimdagi, men bilan doimo yelkadoş, yölning zahmatini barobar tortayotgan, ammo nigohlari tamomila zohirdagi bebaqo ivir-sivirlarga tikilgan hamrohlarimning boşi-keti yöq mayda gap-sözlaridan ruhim obdon toliqqan kunlarning birida şoirning ovozi quloğimga uzuq-yuluq çalina boşladi. Menga uning lablaridan uçgan ayrim sözlargina eşitilar edi, biroq men şeʼrni yod bilganim uçun hammasini botinimda tiklab, maʼno ummonida quloç otib suza boşladim:

Olamni piyoda kezib çiqqanlar,

Ikki dunyo sözin dilga tukkanlar,

Bizlardan ortiqroq bildilarmikan,

Jahon sirlarini bir-bir yiqqanlar?…

Uzanib-böylab, şoirni közlarim bilan şu qidirsam ham topolmadim. Odamlar oyoği ostidan kötarilayotgan ğubor köz oldimda oq parda yangliğ tortilgan edi. Biroq men endi saflarni buzib goh oldinga, goh ortga yelib yugura boşladim va bilasizmi, uni, şoirni topdim! Tuşunyapsizmi, neça aççiq va hasratli yillar ötib men döstimni tağin qayta uçratdim va tirikçilikning emas, yöq-yöq, tiriklikning çangi qöngan uzun kiprikli közlariga qarab turib hozirgina özi olamga jar solib aytgan törtlikni öziga yoddan öqiy ketdim. Ikkinçi misradan u menga jör böldi. Yonimizdan şitob bilan ötayotgan xaloyiq esa bir zum oyoq ilib, bir-birlariga qarab olgança izdihomning qoq örtasida ovozlarini baralla qöyib şeʼr aytayotgan ikki sarsariga, yaʼni bizga ajablanib qaray-qaray yana yölida davom etişar, biz esa bir-birimizga hayratlanib boqar, közlarimizdan soğinç, ökinç va sevinç yoşlari quyilib kelardi. Şeʼr yakun topgaç, men uni mahkam quçoqlab bağrimga bosdim. Öpkam tölib yum-yum yiğladim ham…

Uning şeʼrlaridagi maʼno-ruh mening javobsiz söroqlarimga biratöla yaxlit, kattakon javob bölolmasa-da, baribir, manzilni izlay-izlay bağoyat tolgan, ezilgan, afgor dilimga bir malhamdek va yoxud ana şunday zahmatlar bağrida çopa-çopa qizib ketgan bağrimga kelib tekkan salqin, yoqimli şabodadek taʼsir qilar edi. Şunga qaramay, qaydadir eslaganimdek, mening dardim şugina malham bilan arimas, bir pasda yelib esgan epkin bilan örtadan kötarilmas edi. Buni judayam aniq bilar edim. Çunki men, şoir, boşqalar… hamma-hammamiz yölning farzandlari edik. Döstimning şeʼrlari esa yölçi bolalarning bir kunda ming köyga tuşib çiqquvçi kayfiyatining faqat bittasi, nari borsa, bir neçtasi edi, xolos. Men esa, mening tinib-tinçimas könglim esa kayfiyatning bari bir joyga jam bölişini istar, şunday hikmatni izlab, kutib behalovat bölardim. Şu boismi, taqdir meni bot-bot şoir döstimdan olislarga olib ketardi…

Biz yana yölga tuşdik va köp ötmay men şoirni yana yöqotib qöydim. Ayriliq alami özining haddi aʼlosiga yetganda, kutilmaganda mening özim şeʼr töqiy ketdim. Şeʼrsiz mumkin bölmadi. Şeʼrsiz nafas ham ololmay qoldim. Ilk şeʼrimda ham yöl bor edi. Bu yöl esa mening, insonning holini anglatardi, “Inson” deb atalardi mening dastlabki bitigim:

Ikki ğordir – ikkita közim,

Qalbim unda gizli xazina.

Vujud – otim, aqlim – jilovim,

Ming asrdir yöldaman, mana…

Manzil esa… Manzil köp yiroq,

Kim yetaru kim unga yetmas.

Umr juda qisqadir, biroq

Xayolimdan Yor vasli ketmas.

QALANDAR

Uni men har doim köraman. Goh şahar kezib yurgan böladi, goh qişloq. hatto kimsasiz biyobonu toğu toşlarda ham uni neça bor uçratdim. Yelkasidagi xurjun, egnidagi juldur kiyimi va boşidagi eski kulohi uning qiyofasiga afsonaviylik, sirlilik baxş etadi. Ustiga ustak, past, lekin taʼsirçan böğiq ovozda bisotidagi bittagina qöşiğini aytib qolsa, hayratdan yoqa uşlaysan, kişi. Aslida qöşiqning indallosigina hamişa bir xil. Keyini esa har gal yangi böladi. “Yo Allohu yo Alloh, haq döst, yo Alloh! ” deb boşlaydi u xirgoyisini va qolganini öşa lahzada özi turgan makonu zamondan kelib çiqib töqib taşlaydi. Yaʼni atrof-javonibga qarab, uning holini aytayotgan qöşiğiga tirkab ketaveradi. Şuning uçun ham menga uning qöşiqlari yoqadi. Çunki u bir xil narsani tötiquşdek hadeb qaytaravermaydi, bundan ham muhimi, şu makonu zamonda istiqomat qilayotgan men va menga öxşaganlarni öylatib kelayotgan mavzularni öz qöşiğiga kiritadi:

Bul tani xokiniyu ruhi ravonni na qilay?!

Bölmasa qoşimda jonon bul jonni na qilay?

Yorsiz ham bodasiz Makkaga bormoq na kerak?!

Ibrohimdan qolgan ul eski dökonni na qilay?…

Urayinmu boşima sakkiz Behiştu Dözaxin,

Bölmasa vasli manga, ikki jahonni na qilay?!

Arşning kungurasin ustiga qöydum oyoğim,

Lomakondin joy olibman,

bul makonni na qilay?!

Zarraye nuri quyoşdek bul jahon içra tamom,

Oşkoro bölmasa, sirri nihonni na qilay?!

Bir Xudodin özgasi barça ğalatdur, Maşrabo,

Gul agar bölsa qölumda, ul tikonni na qilay?!

YANA BOZOR

Bu yerda esa… Eh, bu yerda hammasi biram boşqaçaki, asti qöyaverasiz. Qalandar qöşiğidan faqat ohangi esimda qoladi, sözlarini esa eslay olmayman. Bunga sabab, sözlar ortidagi maʼno qobiğini yorib kirolmaganim bölsa kerak. Şunga qaramasdan, ruhim hammasini his qilib turardi, deb öylayman. Çunki u qalandar qöşiği yangragan havolarga qarab talpinar, talpinar, talpinaverardi. Şunda qafasni kötarib uçib ketayotgan quş tuşimga köp bor kirar, men esa bu tuşdan çunon qiynalardim. Lekin nima qilayinki, navqiron edim va mening yoşgina jonim jöşqin bahrlarga şönğişni istardi. Axir, köçalarni töldirib xirom aylayotgan gözallar sizga işvali közlarini tikib turganda, “Qani-çi, sen nimalarga qodir ekansan? ” degandek şikvali boqişganda, ehtirosga töla yoş vujudni har doim ham tizginlab turişning özi böladimi! Şuning uçun ham işga kiraman, ana, sizga oğiz köpirtirib aytayotganim nozu neʼmatlardan bahramand bölaman, derdim. Yoş jonim ham şuni orzulardi. Iş ham şundoq oyoğim ostida yotar, faqat sörab murojaat qilsam bas edi, nazarimda.

Ertalabdan tayyor kiyim-boş sotiladigan eng dongdor dökonning eşigini taqillatdim. Içkarida meni maxdum kutib oldi, iş berişdan oldin qölimdagi qoğozu qalamga ajablanib qaradi, tuşuntiriş olgaç esa qornini uşlab olib kula boşladi. Unga yonidagi şotirlari qöşildi, keyin dökondorlaru xizmatçilarning bari yotib olib ustimdan kuldi. Bir pas ötar-ötmas butun boşli rasta, keyin qöşni rastalar, söng butun bozor kulgiga qöşildi. Men özimni yöqotib dovdiradim va negadir şoşilib-uyalib qölimdagini qöynimga yaşirdim. Qoğozu qalam közdan ğoyib bölgaçgina masxaraomuz kulgi bosildi va böm-böş qöllarimga qarab-qarab olişgaçgina işga yollaşdi.

KIYIMI BOR YALANĞOÇLAR

Şunday qilib, men kiyim-boş sota boşladim. Kunlar haftalarga, haftalar oylarga ulandi, hayotim iziga tuşgandek böldi. Lekin köp ötmay bir voqea yuz berib, orqa-oldimga qaramay bozordan qoçişimga töğri keldi. Voqea bunday edi: qöqqisdan tomoğim oğrib, betoblanib qoldim va öşa kuni işga çiqmadim, isitmam balandligi bois töşakdan ham turolmadim. Ammo işimiz-kuçimiz bozor bölganidan joyimiz ham uning içida edi. Binobarin, yotgan köyi bozorni, bozordagilarni kuzata boşladim. Tezda emas, yöq, juda köp vaqtdan söng birdaniga odamlar közlarimga boşqaça körinib ketdi. Avvaliga hayron böldim. Varajaning taʼsiri bölsa kerak, deb öyladim. Söngroq esa bunday emasligi ayon böldi. Yaʼni, rastalarda kimi sotib, kimi xarid qilib yurgan odamlarning aksari birdan köz öngimda şir yalanğoç bölib qolganiga nima deysiz? ha-ha, aynan şir yalanğoç! Kasalligim, bözyigitligim öz yöliga, issiğim tuşib, oyoqqa tura boşlaganimda ham ahvol özgarmadi-da! Qolaversa, keyinroq öz rastamga qoçib ötganimda ham bözyigit edim, lekin odamlar közimga öz holiça, usti-boşi bilan körindi-ku! hay, mayli, çalğimaylik-da, bozorga qaytaylik. Meni taajjubga solgan yana bir narsa şu ediki, bu rastalarda kiyim-keçak sotilardi, lekin erkagu ayol egnilariga har qança kiyim kiyişsa ham, ularning badanlari oçiqligiça, onadan qanday tuğilgan bölsa, öşandayligiça qolaverardi. Ammo ularning özlari buni payqaşmasdi, yon-atrofimga alanglab, buni payqagan boşqa biron zotni men ham körmadim. har holda, menga şunday tuyuldi. Şu tuyğu meni sarosimaga solib qöydi: soğ-poğ bormikanman özi, deya astoydil taşvişlanib qoldim…

Boşqa rastadagilarga soliştirib körmoqçi bölaman: lekin ular uzoqroqda bölgani bois (çunki bozorning maydoni şu darajada çöng ediki, uning içidan turib taşqarini darhol köriş amrimahol edi) közlarim dabdurustdan ilğamaydi. Keyinroq hammasini köra boşlayman. U yerda ham kimlardir şunday, nima desam ekan, qip-yalanğoç şataloq otişardi. Bozordagilarga qayta köz taşlayman: endi ular orasida engil-boşlari joyida bölganlar ham bor ekan. Demak, hamma birdek yalanğoç emaskan, xayriyat, oralarida bir-ikkita bölsa ham avratini berkitganlar yurişibdi-ku. Bu narsa menga najot işorasi bölib tuyuladi. Sekin-asta xuddi şunday manzaraga öz rastamda ham guvoh böla boşladim.

Köp ötmay men yalanğoç yurganlarni boşqalar sezmayotganini payqab qoldim. Çunki odamlar goh-goh kiyim-boşlarini töğrilab-tuzatib qöygandek, kissalariga qöl, pul solib olgandek harakatlar qilişardi. Muhimi, heç kimning yuzida ajablaniş alomatini sezmasdim. Odamlar özlarini heç nima sodir bölmagandek, odatdagidek tutişardi. Vo ajabo!…

Men bölsam öşa kundan, öşa ondan boşlab özgarib qoldim, çunki har lahza qip-yalanğoç odamlar bilan muomala qiliş juda bemaza iş ekan! Öylab ham ötirmay bozordan juftakni rostladim.

JAhONGAŞTALIKNING BOŞLANIŞI

Bozordan qoçişga qoçdim-u, köp ötmay könglim boşqa rastalarni ziyorat qilişni tusab qoldi. Negadir men özimni hamma rastalarga kirib çiqişga burçdor deb bilardim. Alhol, işni boşlab yubordim. Men bormagan, men bilmagan rasta qolmasligi kerak edi göyo. Şunda möysafidning qoğozu qalam tutqaza turib aytgan gaplari yodimga tuşdi: “Unutma, bu yerdagi hamma rastalar seniki. Yozişdan oldin hammasini kezib, körib çiq. Aslo, bir joyda turib qolma! Turib qolsa, suv ham hidlanadi. Ötirgan böyra, yurgan daryo. Uqdingmi?… ”

Negadir xayolimga bu yerga – timga kirayotgandagi manzara tuşdi. Unda hamma oyoq kiyimini yeçib boşqasiga almaştirib olişgandi. Öşanda men “bu yer masjid bölsa kerak”, deb öylagandim… Ajab, köp ajab, masjid deb öylaganim kattakon bozor çiqib qoldimi?!…

USTOZIMNING USTOZI

hammasidan çarçadim. hammasi “bir xil, bir xil, bir xil… ” edi. Men bu gapni qayerdadir hali eşitaman. U hali oldinda. Lekin hozir miyamning içida jaranglab turibdi. U qaçondir, olis bir kelajakda aytiladi, lekin sadosi şu tobda neçundir mening botinimda yangramoqda. Keça, bugun va ertani bir paytning özida köriş, degani balki şudir, bilmadim. Men hayotim davomida hali bu kayfiyatni köp bor his qilaman. Men uçun zamonlarning farqi bölmaydi hali. “Dam şu damdir, özga damni dam dema” deya hayqiradi hali men mansub bölgan ulkan millatning bir alp öğloni. U nimani nazarda tutganini bir Allohu bir özi yaxşi biladi. Lekin mabodo men şu sözlarning aynisini tutib olib takrorlasam: “Dam şu damdir, özga damni dam dema” deya sözlasam, bilamanki, mening ayni damimda ötmişim ham, ertam ham hoziru nozir böladi. Yaʼni, odamlar bir xil sözlarni hatto öxşaş ohanglarda irod qilişlariga qaramay, şu bir xil sözlarga yuklagan maʼnolari har doim ham bir xil darajada bölavermaydi. Çunonçi, deyarli hamma umri mobaynida köp bor takrorlaydigan “Men seni sevaman! ” izhorini olaylik. hayotimda neça bor duç keldimki, bu haroratli sözlarni söylaguvçilarning aksariyati kerak bölganda maʼşuqasi uçun hatto jimjiloğini ham jodiga qöyolmagani holda ayrimlar “Na qilay bu jonniki, yölingda qurbon bölmasa! ” deya aziz boşlarini kundaga sira ikkilanmasdan bosadilar!…

Rastamni tağin taşlab qayoqlargadir ketgim keladi. Yöqsa, nafasim qisib, havo yetişmaydi. Dunyoning derazalarini oçib, töyib-töyib toza havodan nafas olsam deyman. Va şu zahotiyoq uşbu fikrniyam qaçondir, qaydadir bir xasta şoir oğzidan eşitadigandek sezaman özimni.

Xullas, silliq yölimdan çiqib, yonimda, men bilan asta odimlab kelayotgan toğ silsilasiga örlayman. Undagi baland-past çöqqilar xuddi tuyaning örkaçidek avval eʼtiborimni, söng butun borliğimni öziga tortadi, ularga tirmaşib çiqqim, ustlaridan turib köksimni musaffo havolarga töldirgim keladi. Şu istakni his qilganim barobarida zerikişim arib, zavqlana boşlayman. Fursatni boy bermay ilk çöqqiga kötarila boşlayman. Yölda köp maşaqqat çekaman: goh oyoğim sirpanib, pastga surilib tuşaman, goh esa tik qoyalarga tirmaşib çiqolmay ter tökaman. Nihoyat, amallab birinçi çöqqini zabt etaman. Uning eng ust qismidagi çöng toşga ötirib nafas rostlar ekanman, huv nariroqda, çöqqi barobarida joylaşgan maydonga közim tuşadi. “Vo, ajabo! ” deya xitob qilib yuboraman beixtiyor.

Maydon avvaliga böm-böşdek tuyuladi, tikilganim sayin unda odamlarning qorasi ilğanadi, keyin ular aniq-tiniq körina boşlaydi. “Tavba, qudratingdan! ” deya yoqamni uşlayman. Ammo azbaroyi qiziqişimning zörligidan odamlarni, ularning harakatlarini kuzatmoqqa tutinaman.

Körib turganlarim aytadiki, bu odamlar ham bir tomondan ikkinçi yoqqa qarab oqib borişayapti ekan. Bu harakat esa yölni tayin etar, köz öngimda tağin bir yöl yastanib yotardi. Közlarimni yirib, butun eʼtiborimni jamlab tikilaman va…

… yölda zolim va mazlum borligini köraman. Ular çunonam köp: ming-minglab zolimlaru ming-minglab mazlumlar…

Eʼtiborimni nogahon bir möysafid tortadi. Uning eti ustixoniga yopişgan ingiçka qöl va oyoğiga yöğon kişan urilganu yoşu qari, erkagu ayol asirlar qatorida qayoqqadir sudrab olib ketilayotgandi. Aftidan, uning tinkasi qurigan, şu bois orqaroqda qolib ketar, dambadam tekis yölda ham qoqilib yiqilar, odamlarning kömagida tağin qad rostlab yurişga urinardi. Bir safar yiqilganida esa möysafid turişga ulgurmadi, zolim uning ustiga ot qöyib borib, yuz-közi aralaş “şip” etib qamçi tuşirdi. Möysafid miq etmadi, hatto qamçi iz solgan joyini uşlab ham qöymadi, faqat söngsiz nafrat bilan zolimga boqib turaverdi. Zolim “nega menga tikilib qolding? ” degandek yana qamçi bosdi. Möysafid qilt etmay unga qaraşda davom etdi. Zolim uning qiliçdek keskir nigohiga ortiq doş berolmay, şartta qiliçini qinidan suğurib qutirgan buqadek oldinga taşlandi. Şunda zolimning qarşisiga allaqayoqdan paydo bölgan yölovçi çiqib, köksini möysafidga qalqon qildi va zolimga “töxta! ” deya qiçqirdi. Zolim nima gapligini bilolmay, bir zum garangsidi. “Töxta, bu qari çolni çopib taşlaganingdan senga ne naf? hatto çopmaganingdayam manzilgaça yetmay yölda ölib ketadi. Kel, yaxşisi menga sot. Möysafid uçun naq ming dinor beraman! ” dedi. Zolim bunça pulni eşitib şoşib qoldi. Darrov rozi bölmoqçiydi, möysafid tilga kirdi: “Seni aldaşyapti. Boxabarlar orasida mening bahoim judayam qimmat turadi. Sen meni bozorga eltib pulla, ana öşanda bir kunda eng badavlat odamga aylanasan”. Zolim öylanib qoldi. Söng öziça “Šul töğri aytyapti, çamamda. Bu yurtda uning bahosi juda balandga öxşaydi. Yöqsa, duç kelgan odam unga ming dinor tikarmidi? ” deya ğudrandiyu qariyani turtib örnidan turğazdi. Yana yöl boşlandi…

(Yöl! Bu yöl uzun emasdi, biroq u töqigan afsonaning umri boqiy böldi. Ayrim odamlar yuz yil yaşab ham ortlarida bitta hikmat taşlab ketolmaydilar, lekin qariyaning har dami bir afsona edi. hatto qöli baland kelib turgan yoğiyning ustidan kulişga ölim ostonasida turib ham imkon topgandi u. Natijani körmaysizmi, jismonan zafar quçayotgan duşman maʼnan qariyaning oyoqlari ostiga yiqiladi. U haligaça öşa yerda yançilib yotibdi. Taxminan sakkiz asrdan beri… )

Men bir zum tin oliş uçun közlarimni yumdim. Çuqur-çuqur nafas oldim. Söng qaboqlarimni oçib qaradim. Ular bozorning oldida turişardi. Zolim möysafidni köp xaridorlarga körsatib çiqdi, lekin qarib qolgan qul uçun bir qop somondan ortiq narx taklif qilişmadi. Şunda möysafid unga qarab, “Tez sot. Mening bahoim bundan ortiq emas” dedi. Alamiga çiday olmagan zolim qiliçini çiqarib, hammaning köz öngida çolni qiymalab taşladi…

Men tağin közlarimni yumib oldim – dahşatdan!…

huşimga kelib közimni oçganimda esa maydonda heç kim yöq edi. Faqat şabada bağrida çang zarralari yengil tözğib uçardi. Tikilib öarasam tözon siyratiga rivoyat bitilgan ekan, men uni hijjalab öqimoqqa tuşdim:

… ruhlarning yöli qadimiydir, ular badanlardan ança oldin yaratilgan edi. Yölda ketayotib ruhlarning bir qismi dunyoga, qolgan bir qismi jannatga talpindilar. Ular öz saodatlarini öşa yerlarda kördilar va kimlari dunyoni, kimlari jannatni maskan ayladilar. Faqat bir toifagina ruh yölda davom etdi, etaverdi. Şunda ulardan Tangri taolo söradi: “Ey ruhlar, sizlarga nima kerak, na dunyoga talpinasizlar va na dözaxdan qörqasizlar? ” Ular javob berdilar: “Seni dermiz, demasmiz özgasin heç, Özing haqqul yaqinsen, özgasi heç”. Unday bölsa, – dedi Yaratuvçi – tayyor turinglarkim, boşlaringga balolar yoğilib, köksilaringga olovli nayzalar sançilgay! Bu yöl eng maşaqqatlisidir!…

Buni eşitgan uçinçi toifa ruhlar: “Mayli, hammasiga hozirmiz, baloyi qazoyingni yubor! ” deya şodon qiçqirdilar…

Mening esa negadir içimga bir iztirob tuşdi. Oyoqlarim böşaşib, na oldinga yurişimniyu na ötirib tin olişimni bilar, köz öngim xiralaşib, boşim ğönğillab aylana boşladi. Ketayotgan joyimda – yölning qoq örtasida qotdim-qoldim. Şu köyi qança vaqt ötganini bilmayman, bir mahal deng, boldirimda “çim” etgan oğriqni his qildim-u çöçib huşimga keldim. Engaşib qarasam, ziğirdekkina çumoli! U çaqqan joyni beixtiyor silab qöyarkanman, “jinoyatçi”ni qölimga olib, “Senga nima yomonlik qildim? ” degandek jimitdek yuziga boqdim. Çumoli ham qop-qora közlari bilan közimga sinçiklab qarab turdi-da: “Noumid bölma, oyoğingga botgan tikonlar sen izlagan gulning darakçisidir” dedi. “I-ya, sen hali gapirasanmi? ” – dedim men hayronu lol bölib.

– Ötirib ol, men senga hatto rivoyat aytib beraman, – dedi çumoli.

Men yöl çetiga çiqib ötirdim. Kaftimda çumoli.

– Eşit, rivoyat bobomning bobosi haqida, – dedi u va boşladi:

– Bunga köp zamonlar bölgan. Bobomning bobosi katta bir tepalik tuproğini misqol-misqol olib bir çetga taşiyotgan, yurar yölini oçayotgan ekan. Yonidan kimsan, naq Sulaymon payğambarning özi ötib qolibdi-da, oyoq ilib: “Agar senga Nuhning umriyu Ayyubning sabrini ato etsa ham bu dönglikni yölingdan daf qiliş qölingdan kelmaydi, joningni jabborga berib işlamoğingdan murod ne? ” deb sörabdi. Şunda bobomning bobosi javoban: “Tuproqni olib, tepalikni yer bilan bir etsam, uning ortida meni kutayotgan yorimga qovuşaman” debdi. Payğambar kulibdi: “Axir, bunga umring yetmaydi-ku! ”. “Yetmasa yetmas, muhimi, safim maʼlum böladi” deb javob beribdi bobomning bobosi. Eʼtibor ber, umri bir çimdim bölgan bobomning bobosi qarşisida turgan va özini yoridan tösib qöygan ulkan tuproq uyumini heç qaçon olib taşlay olmasligini çindanam bilmasmidi? Bilardi. Juda yaxşi bilardi. Lekin yorga eltuvçi bu yöldan özga yöllarni, ular har qança yurişga oson bölsa ham, harom hisoblardi. Bas, umrini yor yöliga tikadi, şu yölda qurbon bölişni özi uçun şaraf, hayotining eng oliy aʼmoli, mazmun-mohiyati deb işonadi. Bu bilan bobomning bobosi Nur va Zulmat, Ezgulik va Yovuzlik, Yuksaklik va Tubanlik… kuraşida safini maʼlum qiladi. heç qaçon yetolmasa-da, yoruğ murod – yorning yöllariga umrini baxşida aylaydi. Aslida, dunyoning, dunyomizning taqdiri ham har birimiz uçun ana şu tanlovda hal etiladi. Darvoqe, uhroning, uhromizning ham.

Sen-çi, ey inson öğli! Tanlagan yölingdagi maşaqqatlar haqida eşitişing hamona tarvuzing qöltiğingdan tuşib, boşing aylanib qoldimi?…

Çumoli meni mot qilgandi. Lom-mim deb oğiz oçolmay qoldim. Sekin örnimdan turib uni olgan joyimga – ini yaqiniga qöydim-da, yölga ravona böldim.

SAJDAGOHLAR

Darvoqe, yonginamdagi qatorda masjidlar, çerkovlar, sangxalar, sinonogalar va yana boşqa köpdan-köp siğinoqlar, muqaddas qadamjolar ham tizilişib turar, ularga kirib çiqayotganlar ham talay edi. Bir qaraşda hammasi risoladagidek körinardi. Ammo bu birinçi qaraşda edi. Yaxşilab nazar taşlasangiz köz öngingizda ajabtovur hollar qad rostlardi. Yaʼnikim, bu rastada yurganlar orasida ham juda köpçilik libossiz şataloq otardi. hatto Allohning uyida, mehrob qarşisida siğinib ötirganlardan aksariyatining egnida uyatini yaşiradigan bir parça matoh közga taşlansa, ölay agar! Taajjub va hayratimning nihoyasi yöq edi…

Yana-çi, xudojöylar rastasi karvonsaroyga mengzardi. Negadir qolgan rastalardan bir-biriga borib kelişlar kamdan kam körinib tursa, bunisiga hamma rastadan tinimsiz kelib, bu yerdan ham boşqa rastalarga bardavom ketib turişardi. Şu jihatdan olganda, bu rasta bilan boşqa rastalardagilar örtasidagi aloqa jipsroqdek tuyulardi. Ammo ğalatiroq tuyuladigan tomonlari ham bor ediki, baʼzan ularni kuzatib yoqamni uşlardim. Yölda menga yöldoş bölgan dilozor bir kimsa bor edi, eslaysizmi? Ana öşa kas keyingi vaqtlarda bu yerga serqatnov böldi-qoldi. haligi nasihatgöy muloyim afandim bölsa, qorasiniyam körsatmaydi. Oltin buyumlar dökonidagi anavi tovlamaçini xotirlasangiz, u kunda-şundalardan. Lekin egnilarida baloyam yöq, şir yalanğoç ularning bari. Xullas, qiziq, juda qiziq…

Yana şundaylar ham bor ediki, ular qalbimning töridan joy olişgandi. Ularning ibodati riyo uçun emas, bilʼaks, Alloh rizosi uçun ado etilar, özlari ham insonlikning gözal namunalari sifatida köz va köngilni quvontirişgandan quvontirişardi.

Şu bilan birga, yöl mobaynida har tomonlama kamsuqum, kamgap va xokisor şunday odamlarga duç kelardim. Ular ibodatgohlarga kelsalar-da, kelmasalar-da dillari doimiy namozda, hamnamozda edilar. Faqat bunday kişilar ğoyat oz sonli bölib, tarafdorlari ham şunga yaraşa edi. Tuşunmaslar ularning tutimiga tanqid közi bilan qarab, bosgan har odimini muhokama qilişar, tuşunganlar esa baland-past gaplardan saqlaniş maqsadida xalqqa bir söz demay ötişardi. Nima bölganda ham, ularning, şu yölning doimiy va toymas yölovçilarining qalb közlari Uluğ Manzilga mudom tik qadalgan edi. Iymonu irfon daʼvo qilgan ne-ne kazo-kazolar garddekkina şovqin sabab yöldan çalğib ketgan bölsalar ham aynan hamnamoz holidagi zotlar atroflarida nimalar sodir bölmasin, qanday olamşumul fitnalar uyuştirilmasin, baribir, murodu maqsaddan botin közlarini aslo uzmasdilar.

MUHABBAT

Yölda hamma özi bilan band edi. hatto birovga qiziqiş körsatayotganlar ham içkarida özlari bilan maşğul edilar. Özgalarga qiziqiş ham özlikka maşğullikdan kelayotgandek edi, aslida. Lekin kunlardan bir kun men özimdan özgaga çinakamiga qiziqib qolsam böladimi… Şoir döstim ham, men ham yoş edik. Rosti, dunyoga qaydan kelganimizu qayonga ketayotganimizdan ham köra boşqa, nima desamikan, yoqimli bir mavzuda köproq gaplaşgimiz kelardi…

Unga közim tuşgani hamon şirin bir his butun borliğimni qamrab oldiki, dabdurustdan buning nima ekanligini tuzukroq fahmlab ololmadim. Bilganim şuki, unga, u turgan, u yurgan tomonga qaragim kelaverar, qaraganim sayin esa olam-olam huzurbaxş tuyğularga çömaverar-çömilaverar edim. Uni körgunga qadar men olamda şu olamning bir zarrasi bölib yaşayotgan bölsam, körgandan söng mening özim ulkan olamga aylangandim. har holda, menda şunday qanoat va sezim bor edi. Közlarimga urinib, körinib turgan neki bölsa, bari-barining ustiga asal surtib qöyilganga öxşardi. Olam şunday dildor, şunday fusunkor ediki, şiraga botgan tillarim tinimsiz ravişda Yaratganga hamdu sano öqimoqçi bölardi. Ammo oğzimdagi bir parça et negadir istagimga böysunmasdi – bol halaqit berardi. Yöl ayrim hamrohlarimga aziyat yetkazayotgan bölsa, menga faqat va faqat surur baxş eta boşladi. Bir söz bilan aytganda, men hayotdan mast edim. Suvratim yölda el qatori piyoda yursa ham, siyratim osmonu falaklarda çarx urib uçar, parvoz aylardi. Keyinroq men bu tuyğuning muhabbat ekanligini angladim. Töğriroği, buni şoir yöldoşim quloğimga şipşib aytdi.

Ajab, qiz bilan gaplaşgan onlarim hamma narsani unutar böldim. Na old qator, na yon va na orqa qator, na özgalarning kibru havosi, na döstu duşmanligi, na yaxşiligu yomonligi – heç kim, heç nima ortiq xayolimni band etmay qöydi. Men hatto yölni ham esimdan çiqarayozdim. Axir, keçagina şu yöl uçun, unga kirmoq, unda yurmoq uçun qançalar jon koyitgan edim! Nima böldi bugun? Nega barçasini unutdim?… Qani yöldoşlar, qani ğofillar, qani bahslaşguvçi turli-tuman qavmlar? Nega ularning sözlari mening quloğimga kirmas böldi? Nega ularning dardlarini eşitmayapman? Sevgilimning huzurida ekanman, nega qolgan butun olam menga begona bölib seziladi? Göyo atrofimda yuz berayotgan voqealar qalin bir pardaning ortida röy berayotgandek xira tortib qoladi? Nega, nima uçun?!.

Eslayman: öşa kezlari döstimning şeʼrlarini uning özidan-da köproq eslaguvçi, ularni bot-bot aytib yurguvçi edim. Sababi – yuragimdagi qizga bölgan his-hayajonu tuşib qolgan ahvolim va şeʼr örtasida bir boğliqlik bordek tuyulardi. Bas, men şeʼrga oşno böldim. Lekin öz şeʼrlarimni bitdim. Axir, qölida qalami bor heç kişi yoriga birovning sözi bilan muhabbat izhor qiladimi?…

Qiz bilan kunduzlari birga yöl bosar, keçalari esa uni tuşlarimda körib, tölqinlanar, xayolu orzularga tolar, ularning tubsiz qaʼrlariga mastu mustağriq çökiblar ketardim. Sekin-asta muhabbatimizga tösiq böladigan turli xil sabablar çiqa boşladi. Xuddi yölimizdan çiqib turadigan ğovlar – toğlar, jarliklar, daryolar, çöllar yangliğ… Şu bois könglimga iztirob tuşdi. Iztirobki, böyi naq Jamolungma çöqqisi qadar SARBALAND, iztirobki, çuqurligi naq Mariana çökmasi singari TERAN…

Men ana öşa balandlik va teranlikka çiqib-tuşiş asnosida qalbimda sodir bölgan titroqlarni birma-bir qoğozga tuşirdim. Axir, menga qoğoz va qalam berilgan edi “Kiriş”da, eslang!

YORGA MAKTUB

Yoningda yurib adolar bölganimni qaysi til bilan izhor aylay? har kun közlaringga qaraş, qaraş nimasi, termiliş imkoni böla turib, şunday qila turib seni soğinsam, senga intilayotib tinimsiz ravişda iztirob çeksam, örtansam, bu dardning boşqa davosi bormikan özi? Tonmayman, men Yaratgandan söragan bölsam faqat muhabbat söraganman. Muhabbat bölgandayam, mening bu dunyoga kelişimga arziydigan, munosib muhabbat! Lekin… lekin bu işq degani xonumonimni, butun borliğimni yoqib kul qilişini öylamagan ekanman. Kişi sevsa-yu, sevganiga yetolmasa, tabiiyki, öşanday böladi deb bilardim. Sen yonimdasan-ku! Bağrimda, közlarimning qoraçiğlarida har kun borsan-ku! Kun-ku kun, tunlari ham men bilan birgasan-ku! Sen kirmagan tuşlarim harom bölsin! Seni öylamagan kunim hayotimdan öçib yöqlikka yuz tutsin!… ha, men allaqaçon mana şu holga tuşganman: qarğanaman, sökinaman, baqiraman, çaqiraman… Çunki senga töymayapman! Senga töyiş mumkin emasligini bilib qolganman, ey gul! Qani endi imkoni bölsayu bağrimga panjalarimni tiqib, yorib, söng duk-duk etib urib turgan yuragimga seni joylaştirib qöysam. Tumor yangliğ seni yuragim örniga taqib yursam. har nafasingni öz köksimda his qilsam!…

… Sening isming faqat boşqalar çaqirişi uçungina yaraydi, men senga özga nom topaman. Sening isming Bahorga uyqaş bölişi kerakligini har doim içimda sezib yaşaganman. Axir, bahor kökariş, gullaş va yaşariş fasli ekan, bu hayot degani böladi. Demak, sening isming ham HAYOT bilan maʼnodoş bölmoği kerak! Olamning uyğonişidan daraklovçi gul bor, ismi binafşa! ha, sen binafşasan, mening Binafşamsan! Olam binafşa bilan köz oçgani yangliğ men ham sen-la boşimni kötardim – ğaflat uyqusidan, sevgilim!…

Dunyoga köngil qöymang, deyiladi ölmas ögitlarda. Oriy rost. Lekin bu dunyoda sen bor ekansan, uni sevmay böladimi? Axir, Sen Yaratgandan men tomon solingan tuynuk-yölsan-ku! Men Egamning qoşiga faqat şu yöldan yurib bora olarkanman, neçun seni sevmay! Sening jisming dunyoda, uning qonunlari bilan qoim ekan, neçun dunyoning ham qadriga yetmay! Men dunyoni sen uçun, seni Alloh uçun sevişimni nahotki bilmasam!… Sevgi insonni aqldan ozdiradi, deyişadi. Bilmadim, u qanday sevgi ekan… Senga duç keldim-u men öz nodonligimni angladim. Meni şu holga keltirgan, mendagi nodonlikning ildiziga bolta urgan qudrat bu senga bölgan muhabbatimdir! “Bas, muhabbat har nedan burun maʼrifatdur! ” – deya hayqirgim keladi ahli ğofillar dunyosini larzaga keltirib:

Binafşajon, Binafşa, raʼnolarga öxşaysan,

Tirikligim javhari – maʼnolarga öxşaysan.

Yuzlaringni kördimu nodonligim angladim,

Nodon dilim zor bölgan donolarga öxşaysan.

… Alloh yagonadir. Mening senga ehtiyojim şuni isbot qilmayaptimi? Axir, men sensiz yarimman, sen ham mensiz şundaysan. Ikki yarim birgalikdagina bir butundir. Biz birgalikda Tangri birligiga şohidlik bermayapmizmi?!… Bas, oşiqlik va maʼşuqlik Alloh Taoloning Birligiga guvohlikka ötiş, demak!…

… Tangrim, men senga qullik qildim, Sen yaratgan insonni sevib, uni alqab, uni kuylab bandalik qildim! Men boşqa ibodatni bilmadim. Bilsam ham ularga na fursatim qoldi va na rağbatim. Mening sevgim – mening ibodatim! Ibodatimni qabul ayla!…

… Sen yonimda bölsang, Binafşa, dunyolarni asir olaman. Aksi taqdirda, dunyolar meni bandi aylaydi. Ortimda sen borligingni sezib turar ekanman, men butun olamga qarşi jangga kira bilaman! Aksi taqdirda, men hatto özimni ham yenga olmayman…

… Menga sening sevging bas! Agar butun olam bir bölib sevgisini bir yerga jamlasa ham birgina sening sevging qarşisida bağoyat haqir körinardi, eşityapsanmi, bağoyat haqir? Agar sen sevmasang, olamning meni sevişidan zarraça naf yöq qalbimga! Otaşin muhabbatingni his qilar ekanman, olamning sevgisiga ziğirça ham ehtiyoj sezmayman! Allohning siri men uçun senga, sening közlaring içiga, qalbingning eng aziz töriga bebaho xazina yangliğ kömilgan bölsa va möjiza yuz berib, men uni sezib-körib qolgan bölsam, endi omonligim faqat sening qölingda ekanligini yana qay yösin bayon etay!?… Yöq, men bu gaplarni allaqaylardan öqib olmadim. Men heç qaçon birovning fikriga qöl çözmaganman, ularga muhtoj bölmaganman. Bu hayqiriqlar toğ bağrini yorib kökka örlagan vulqon yangliğ yurak qaʼrimdan otilib çiqayapti!…

… “Gul uçun rahmat! ” deb yozding telefon orqali. Men esa javoban “Sen ham menga gul hadya qil, yaʼni özingni… manguga! ”deb javob yöllasam, ortidan xabar yetdi:

– Sizga hadya böliş uçun kelganman bu olamga!…

– Men esa şu hadyani qabul qilişga va Yaratganga şukrona aytişga kelganman. Mening şukronam senda mujassam…

Lekin taqdir har doim ham boşimizni silamas ekan. Uning mehri qança baland bölsa, qahri ham, şafqatsizligi ham şunça, balki undan-da darozroq köriniş olarkan goho. Kutilmaganda örtamizga sovuqçilik tuşdi. Şunça qidirib ham buning sababini topolmadim. Sen bilan gaplaşib, oradagi pardani kötarib taşlaşga bölgan barça urinişlarim esa zoye ketdi. Uyqularim qoçdi. Telefonni olib yozdim:

– Toğlarga çiqib hayqirgim kelyapti, hayqirgim!

Sendan javob keldi:

– hayqiring unda!

Yana yozdim:

– Ammo sening quloqlaringga şivirlab ham u hayqiriq ehtiyojini bosişim mumkin. Faqat şivirlarim qalbingga yetib borsa, bas… Mening nolalarim Allohimga yetgan, men buni his qilayapman. Senga yetib borsin endi… Yaratganning işi şu ekan, baxtni bitta qalbga jamlab qöyarkan. Xuddi musulmon Kaʼbaga talpinganidek talpinar ekansan öşa qalbga!…

… Sevganda hamma narsaga tayyorlikni tan olaman. Örtasi meniki emas. Örtasi – öyin. Badan öyini. Örtasi – bozor. Badan bozori. Men va sen örtamizdagi tuyğuga Xudoning özi aralaşgan. Şuning uçun ham u badandan köhna, badandan kuçli Ruhlarimizning muloqoti bölib yaşayapti…

… Agar yorim Alloh bölsa, ha, men majnunman. Faqat Allohni u yaratgan insoni orqali sevaman! Tuşunyapsanmi, Binafşa! Axir, men senda, sening porlagan közlaringda Tangrim jamolini sevyapman! Buning nimaligini bilasanmi? heç qaçon, heç bir vaziyatda sendan yuz burolmayman degani! har doim, har qanday şaroitda seni deyman, ortingdan itdek ergaşib yuraman degani…

– Faqatgina boqiy olam qarşisida ojiz bölib qolmasak, bas. Bu dunyoning ğovlarini yengib ötişimizga işonaman, – deding özingga juda-juda yaraşadigan gözal jasorat bilan.

– Men ham şu haqda köp öylayman, – dedim javoban men. – Sen bu dunyoda men yurişim mumkin bölgan birdan bir YÖLsan. Faqat şu yöldan yursamgina Tangrim qoşiga yetib olaman deb qatʼiy işonaman. Lekin Tangrimning qoşida ham sendan ayrilgim kelmaydi. U yerda ham men seni sörayman. Sen mening mangu yölim bölişingni xohlayman. Lekin gaplaring öylatib qöydi: “Çindanam boqiy olam qarşisida çorasiz qolsak-çi?… ” Öylay-öylay çora topdim: istagimizni, ehtiyojimizni şeʼrga köçiraman. Keyin özimiz ana şu şeʼrga köçib ötamiz. Abadiy birga böliş uçun! Şeʼrga aylangan bizning tilagimiz Yaratgan huzurida bizga har doim şafelik keltirib turadi, deb işondim. Va yarim tunda telefoningga şeʼr yubordim:

Yoningdaman!… Yonimdasan!…

Ammo bağrim kuyar, gulim!

Har lahza, har onimdasan,

Hijroningni tuyar dilim…

Kel, men senga ötay köçib,

Yo sen köçgil menga abad!

Birgalikning mayin içib

Qilaylik ul Yorga toat!

Toatimiz muhabbatdir,

Muhabbat çin ibodatdir…

Bebaqo dunyodan seni mana şu tarzda boqiy dunyoga olib ötaman – şeʼrga aylangan duolarim bilan. Adabiyot deb atalgan namozim bilan. Muhabbat deyilgan ibodatim bilan!…

… Binafşa! Atrofda har xil fitnalar bor. Sen ularga yengilmay, özingni qörişga harakat qilsang, bas. Ularga köngil oldirmasang bölgani. Qolganini menga qöyib ber! Men sen uçun dunyodagi istalgan kuçga qarşi çiqişim va sira qiynalmay zafar quçişim mumkin. Faqat… faqat buning bitta şarti bor, bu – sen! Seni ortimda his qilmoğim kerak! Xuddi Vatan kabi! Men nima uçun jangga kirayotganligimni ongim va qalbim anglaşi şart!… Ortida Vatani bölgan jangçi yengilmasdir! Yuragida va yonida yori bölgan inson ham mağlubiyat bilmaydi!…

… Taqdir mening qölimga qalam tutqazib “Yoz! ” dedi. Men yozdim. Juda köp yozdim. Keyin senga duç kepqoldim va juda kam yozadigan böldim. Bilaman, qalam bilan hali mening qilişim mumkin va zarur bölgan olam-olam işlarim bor. Biroq… biroq sen qayda qolasan unda? Men heç qaçon seni heç kimga va heç nimaga alişmayman, demadimmi. har qanday özga olamşumul işlardan umrimni sen uçun qizğanaman, deb aytmadimmi! Men sengagina, seni sevişgagina olib qöydim uni – qolgan umrimni! Eşityapsanmi, tuşunyapsanmi gaplarimni!?… Tuşunmaslar men haqimda “ulus oldida şunça qarzlari turib, allaqanday sevgi bilan öralaşib yuribdi” deya, tutimimni ayovsiz muhokama qilaveradilar. Buni bilaman. Tuşunganlar biladiki, faqat haqning oldidagi farzlargina eng oliysi! Muhabbat men uçun ana şunday oliy farz. Kim uçundir bu namoz öqiş, kim uçun tijorat qiliş, kuylaş, imorat soliş va yoki daraxt ekib boğ yaratiş… Mening çekimga seviş tuşgan bölsa, netib undan qöl yuvay? Axir, dehqon yo amaldor kelib, Xudoyimning bir bandasini men kabi sevib bera oladimi? Borliğini – şirin jonini yorining poyiga sira ikkilanmasdan töşay biladimi?… (Yoki men borib dehqon singari buğdoy yetiştirişni eplaymanmi?… ) ha, bu dunyoda hammaning çekiga özigina tahammul qila oladigan qismat tuşadi…

Tirik inson bilan muhabbat orqali payvandlangan baland munosabatgina insonni Yaratuvçi bilan boğlaydi! Qolgan barça işlar har qança muhim va dolzarb bölib körinmasin, unday emas. Ular insonni inson bilan boğlaşi mumkin. Undan ortiq emas. Tarix nima? U inson hayoti va faoliyatining ketma-ket yuz bergan voqealari silsilasi. Adabiyot nima? U inson botiniy olamining tarjimayi holi… Inson-çi? U kim? Inson – Alloh yaratgan oliy xilqat! Orasidan bittasini tanlaşim uçun menga imkon berilsa, sira ikkilanmasdan Insonni, Allohning bevosita özi yaratgan Neʼmatini, yaʼni seni tanlayman!… Va unutma, heç qaçon, heç qanday vaziyatda afsus qilmayman, vallohu alam!…

YÖL TOĞ USTIDAN KEÇDI

Kovuşni kiyganimdan beri kunduzlari quyoş hamrohimiz bölsa, keçalari oy posbonimiz edi. Men har safar unga qaraganimda, içida bir dardi borligini his qilardim. Yuzlariga tuşgan doğ ham aslida ana şu dard tufayli edi, nazarimda. Yölimizda uçragan baland toğdan oşib ötayotganimizda oyga judayam yaqinlaşib qoldik. Şunda men butun diqqat-eʼtiborimni berib oyni kuzata boşladim. U esa öz tarixini ayon etdi. Yöq, u menga bir söz ham demadi, hammasini uning holi bayon ayladi.

TUŞ

Yana yöl. Faqat yöl bor emişu yölovçi yöq emiş. Aslida, biz bilgan yölning yölligi uning yölovçisi bilan edi. hayron böldim. Yöl çangu tözonlar içida qolgandek, közga arang ilğanardi. Bir mahal çang biroz tarqalib, içidan bir qora körindi. U dol harfidek bukçaygan qaddini bazör sudrab kelardi. Yaqiniga bordim. E voh, yölning birgina yölovçisi ayol kişi edi. Ajin bosgan yuzlarida asrlik ğam qotib qolganu teran közlari qatʼiyatli boqardi. Undan söradim:

– “Qaydan kelayotirsan?

– U jahondan.

– Qayga ketayotirsan?

– U jahonga… ”

Men miyiğimda kuldim. Ичимда “Не-не эр зотлар, эранлар билмаган сирни келиб-келиб сен биласанми, эй аёл? ” degan iştibohli savol ğimirlaganini his qildim. Va şu zahotiyoq yeru kök gumbirlab “Yaratgan sizlarning suvratlaringizga emas, balki siyratlaringizga, köngillaringizga boqadi” degan sas keldi. Men lolu hayron böldim. Şu lolligimça örnimda xuddi mixlangandek qolaverdim. Munkaygan ayol jismini sudrab yana çangu tözonning içiga kirib közdan yitdi. Men esa öşa köyimda kunni keç qilib tongni ottirdim. Bobo quyoşning közlarimga, yuzim va köksimga tuşa boşlagan nurlaridan beixtiyor huşimga keldim… – Tavba, hammasi şunçalik oson va şunçalik aniqmi?! – degan olovli xitob bağrimni, söng ikki jağimni yorib, taşqariga söz şaklida otilib çiqdi:

Huv anov osmonning içindaman men,

Ham manov karvonning içindaman men.

Umr ötib borar, manzildan xat yöq,

Közi tört sarbonning içindaman men.

Boşimda quyunday aylanar har öy,

Emdi qay dovonning içindaman men?…

Bir tomçi suvim yöq, mador ham bitgan,

Bilmam, qay darmonning içindaman men?

Kim bilan gaplaşmay, “Men haqman! ” deydi,

Qay odil insonning içindaman men?

Seni sevgim kelar ortimga qaytib,

Oh, işqsiz davronning içindaman men!…

Bitta Xudo haqda ming bitta kitob,

Qay töğri Qurʼonning içindaman men?!…

Içim kuyib ketdi, parvardigoro,

Neçun tört tomonning içindaman men?

Çiqib ketsam hamki, tomondin nari

Ne sud? Dil – qopqonning içindaman men…

ÖRMONDA

Yölning ilgarisida qorayib bir nima körindi. hamma suvsizlikdanu çarçoqdan adoyi tamom bölgan edi. Umidlanib, suqlanib, sevinib boqdik qoraygan narsaga. Qayerdandir kuç keldi tanimizga. Yiqilganlar turdi, turganlar yurdi. Nihoyat, öşa qoraygan joyga yetib kelib qarasak, u ulkan örmon ekan. Özingga şukur! Axir, sarob bölib çiqişi ham mumkin edi-da! Neça bor şunday bölgan edi. Örmonni qoq ikkiga bölib oqayotgan irmoqdan töyib-töyib suv içdik. U yerdagi mevalardan terib-terib yedik. Tanamiz yayradi, közlarimizda hayot gulladi. Orom bizni uyquga elitdi. Söng uyqu eltdi. Miriqib uxlab turdik. Lekin negadir mening sira örnimdan turgim, yurgim kelmasdi. hamrohlarimga boqsam, ularda ham şu hol. Yotdim, yotaverdim öy surib. Tösatdan ikki örgimçakka közim tuşdi. Ular töqib qöyilgan törlarida allaqanday öyin öynayotgandek tuyuldi. Qiziqsinib kuzatdim. Bu oddiy öyin emas, balki qöşiluv raqsi ekan. Xatti-harakatlaridan urğoçisi kattaroq va semizroq, erkagi bölsa qoraroq, ozğinroq va kiçikroq edi. Jarayon uzoq davom etmadi, endi u yonboşimga burilib yotmoqçi bölganimda, urğoçi örgimçak erkagini mahkam tişlab oldi, şekilli, beçora neçta oyoqçalari bölsa, borini har tomonga yoyib jon talvasa qila boşladi. Bunga sari urğoçining iskanjasi ortdi, özining katta va baquvvat oyoqlari, boşi, nişlari yordamida erkagini bağriga şunçalar qattiq bosdiki, natijada u jon taslim qildi. Bir pas ötar-ötmas, urğoçi uning yumşoq badaniga nişini botirib, içidagi şirasini sörib oldi, qolganini oğzidan çiqarayotgan ip bilan örab-çirmab qöydi-da, özi törning narigi tomoniga örmaladi. Mening uyqum qoçib, bölarim böldi. Qarasam, çökka tuşib ötirib olgan ekanman. “Axir… axir, ular endigina bir-birlarini sevib turişuvdi! ” – deyman tinmay özimga özim, – endigina bir-birlarini sevib turişuvdi-ya!…

YOZUVÇILIK

Men bularning hammasini yozardim. Lekin baʼzan qalam qitirlatiş malol kelar, botinimda öşa titroq bölmasa, bu işdan voz keçib qöya qolardim. Qiziq, nima ekan bu titroq? Möysafidning sehru jodusimi yo boşqa bir narsa? Bilolmasdim. Ammo u içimdan seldek bostirib kelganda özimni qöyarga joy topolmay tipirçilar, beixtiyor qöllarim qalamga yopişar va şu taxlit huşimni töplab, özimga kelardim. Yöqsa, içimdagi muvozanatni yöqotib bir baloning öqiga giriftor böladigandek titrab qaqşardim. Ayni damda, öşa titroq bölmaganda hammasi boşqaça keçardi deb öylayman. Ehtimol, men ham boşqa rastaga butunlay ötib ketardim. Ana, kirganlarning aksari bozor rastalarida yurişibdi. Qolganlardan köra tuzukroq umrguzaronlik qilayotganlar ham şular, aslida. “Mening peşonamga bitilgan rastada nima bor edi? ” deya sinçkovroq razm solaman: odam kam, gaplaşadigan dildoş esa undan ham siyrak. Yöl – tor, ustiga ustak, çuqur-çağir. Yuriş qiyin, dam allaqanday çakalakzorga duç kelsam, dam çölu biyobondan çiqib hayron bölaman. ha-ya, birgina taskin bor ekan, u ham bölsa, yölimizning boşqa yöllardan xiyol balandroqda joylaşganligi bois qolgan hamma yöllarni, undagi karvonlar harakatini kaftda örmalab borayotgan çumolini kuzatgandek kuzata olardim. Kuzatardim ham. Axir, bu yerda birdan bir zavqli iş ham şu edi-da. Boşqa nimayam qilardim? Kuzatişu yozişdan çarçagan paytlar esa zerikardim. Aslida, turib-turib işim ham jonimga tegib ketadi. Undan bezaman. Axir, nima degani boşqalar hayotini kuzatiş va u haqdagi bor gapni qoğozga tirkab qöyiş? Kim beribdi bani odamga bunday huquqni? Nega u Yaratganga oçiqdan oçiq taqlid qiladi?!… Baʼzan tuşunmayman… Qilib yurgan işimdan ozorlanib boşqa rastalarni közlayman. Lekin nima qilayinki, birontasining qöynida tasalli topadiganga öxşamayman. Axir, borib keldim-ku ularning qançasiga! Nima böldi? Boşqalarga qöşilib özim ham şarmandayi şarmisor bölişimga bir bahya qoldi-ku!… Balki bölgandirman ham. Özimga ustim but bölib köringani bilan boşqa nigoh uni boşqaça körgandir. Axir, mening özim ham özgalarni özgaça körayapman-ku!…

Lekin söz meni taʼqib qilaveradi: yursam-tursam, tursam-uxlasam, yiğlasam-kulsam… hamma joyda, hamma hollarimda u men bilan birga! “Tavba, uning qölidan nima ham kelardi? Şartta taşlab, el qatori boşqa, köpçilikning eʼtiboridagi, ularning rastalaridagi işlardan biri bilan maşğul bölsam-çi? ” deyman turib-turib. Rost-da, söz deganimiz ölik tovuşlar yiğindisidan iborat bekorçi havo emasmi, işqilib…

YÖLOVÇI

Bir mahal janub tomondan notaniş kişi çopib kela boşladi. Butun yöl ahli tek qotdi. Göyo yeru osmonda harakat tindi. Nihoyat, tuşuniksiz saslar quloqqa çalindi. Notaniş yölovçi yaqinlaşgan sayin uning öz-öziga baqirib-çaqirib nimanidir uqtirib kelayotgani maʼlum böldi. hamma nafasini içiga yutgan köyi unga qarab turardi. U tobora yovuq keldi va oğzidan uçib çiqayotgan sözlar anglaşila boşladi: “Sizlarga aytganlarim tuş emas, balki öng, eşityapsizlarmi, öng!!! ” Yölovçi şularni aytib yölni, odamlar oqimini qoq örtasidan kesib ötib, şimol tomon ketdi. hamma uning ortidan qarab qoldi. heç kim heç nima demadi. hamma tubsiz öyga çömdi…

Yölovçi közdan ğoyib bölgaçgina izdihom yana oğir qözğaldi. Faqat yölovçi ötganda oçilib qolgan oraliq hali-hanuz bir iz bölib uzoq-uzoqlardan ham közga taşlanib turardi.

SUVRAT VA SIYRAT

Bu orada boşimdan köp voqealar keçdi. Issiq-sovuğu baland-past taʼmini rosa totdim. Közimni kuzatsam, sönggi vaqtlar sajdagohlarga, ularga kirib çiqayotganlarga uzoq-uzoq qarab qoladigan odat çiqaribdi. Içkarida köngil ham şunga sust ketibdimi, bilmayman. Lekin boşqa rastalarda egni-usti borlar bölganidek, bu yerda ham yalanğoçlar tölib-toshib yotardi. Demak, deb öyladim özimça, inson umrining qaysi rastada ötişi emas, balki qanday ötişi, suvrat emas, siyrat muhim ekan! Çunki kiyimlilar va kiyimsizlarning öziyoq men uçun insonlikning asl mazmunini oşkor etib qöygandi. Şunda har kimning öz rastasiga yönalgan eşikdan kirişi bejiz emasligini, menga qoğozu qalam tutqazgan möysafidning sinçi nigohida ham şunday maʼno yaşiringanini, u menga xuddi şuni tuşunib yetarmikan-yöqmi, tuşunsa-ku xöp-xöp, tuşunmasa, unga inʼom etilayotgan qoğozu qalamning qadri nima böladi, degandek qaraganini anglagandek böldim. Tağin Alloh bilgiç…

BEZOVTALIK

Biroq… baribir könglim bezovta edi. heç nima bilan uning alağda holini önglay olmasdim. Birdaniga hammasi begona tuyulib ketardi şunday kezlarda. Qilib yurgan işim ham, tuşib qolgan rastam ham, atrofimdagi yakkam-dukkam qismatdoşlarim ham, hatto öşa möysafid ham, qölimdagi qoğozu qalam ham… hamma-hammasi. Neça marta qalamni çetga uloqtirdim, lekin yana şunça marta borib qayta oldim. Bu iş mening asl işim emas, derdi içimda kimdir. Ammo ming örgilib ham özimga bundan munosibroq boşqa yumuş topolmasdim. Çirpinardim, yulqinardim-u, öz rastam böylab yurişda, uning oxiriga qarab odimlaşda davom etardim. har tugul, bu rasta qolgan barça rastalardan balandda, men hammani beş qöldek körib-bilib turaman-u, meni boşqalar körişolmaydi, deb taskinlanardim. Nafsilamrini aytganda, bu ham vaqtinçalik tasalli edi. Çuqurroq öylab körganimda esa heç nima mening huvillab borayotgan içimni töldira olmas, unga malham rohatini berolmas edi. Atrofimga boqib, kiçkina işlar bilan andarmon yurganlarga, yeyişga bir burda non topganiga ovunib dunyolarni unutganlarga havas qilardim. havas qilardim-u ming urinsam ham özim ularga öxşay olmasdim. Çunki nima qilayinki, közlarim hammasini körib turardi. Şuning uçun közlarimni yomon körardim. hammasiga sababçi – ular!… Meni baxtsiz qilgan – közlarim, derdim özimga. “Ularning içiga mening bu dunyodagi zerikişim uruğlari ekilgan! ”, deya hayqirgim kelardi.

MUQADDAS JOYLAR ZIYORATI

Odamlar, öşa, siz bilan biz körgan odamlarning aksariyati vaqti-soati yetib, muqaddas joylarni – kimi masjid, kimi çerkov, kimi sangxa, kimi sinonoga, kimi yana boşqa siğinoqlarni ziyorat qiliş taraddudiga tuşişar ekan. Çunki bozordagi qilmişlarini kördingiz, şularning kafforati uçun yugurişib qolişarmikan, deb öylayman men. Tağin Xudo bilgiç. Şunday qilib, katta yölning boşiga çiqsangiz, u yerdan ötayotgan har uç odamning bittasi şu taşviş bilan andarmon ketayotganiga guvoh bölasiz. Faqat, qiziği şundaki, siz ular bilan kunda muloqotda bölasiz-u, körmaysiz. Insonning içini körib sezmagandan keyin özi şunaqa böladi-da. Ularni köriş uçun kişining özida öşalarnikiga yaqin bir köngil holi paydo bölmoği lozim ekan. Öylaşimça, men ham şu tobda öşanday holda edimki, közlarimga nuqul ziyoratçilar körinadi, deng. Bovujud, men yölda ketayotgan milliardlab odamlar orasidan ziyoratçilarni izlab topdim.

Ular bilan bir pasda apoq-çopoq bölib ketdim. Xuddi qirq yillik qadrdonlardek. Bir nima demasimdan ular meni, ularni esa men sözsiz-sadosiz tuşunaman deng. Endi bizning közimizga özgalar körinmas, körinsa ham yetti yot begonadek tuyulardi. “Ilgari, men boşqa kayfiyatda yurganimda ahvol butunlay teskari emasmidi? ” deya savol beraman baʼzan özimga özim. Axir, men bularni körib körmaganman, ular bilan işim bölmagan, ularni mensimaganman va yoki yana-da battar munosabatda bölganman. Endi köring holimni…

hammasi yaxşi, silliq ketayotgan edi. Birdan közlarim katta bir muyuliş yoqasida turgan qalandarga tuşib qoldi. U qofila-qofila bölib borayotgan ziyoratçilarga öyçan nigohini tikib turardi. Tuyqus nigohi menda töxtab, avval sevingandek böldi, söng negadir açinib boqdi.

– Assalomu alaykum, qalandarim! – dedim men.

– Vaalaykum assalom, yölovçi! – dedi u.

– Yur, men bilan! – taklif qildim men.

– Yöq, – dedi u.

– Nega?

– Nima foydasi bor?

– Bu nima deganing?

– Sen yölovçisan, yölingdan qolma, – dedi u.

– Unda sen kimsan?

– Men ham yölovçiman, – javob berdi u.

– Unda yur men bilan, hamroh ekanmiz-ku. Yölning zahmatini aritib, suhbatlaşib ketamiz.

– Ilojim yöq.

– Nega, nima uçun, axir!?

– Çunki mening yölim mening içimda.

Men öylanib qoldim. U esa nari keta boşladi. Şunda men ortidan qiçqirdim:

– Nima, sen muqaddas joyniyam ziyorat qilgani bormaysanmi?

U javob örniga qöşiğini boşladi:

“Yo Allohu yo Alloh,

haq döst, yo Alloh! ”

Sen ruhimda yaşarsan,

Yöq Sendan özga bir roh,

Yo Allohu yo Alloh!…

Keyin nima degani eşitilmadi, çunki uzoqlab ketgandi. Ammo qalandarning qorasi öçgandan keyin, u ketgan tomondan bir şamol esdiyu quloğimga şunday sözlarni olib keldi:

“Arşning kungurasin ustiga qöydum oyoğim,

Lomakondin joy olibman, bul makonni na qilay?!…”

YÖLDAGI BOLA

U judayam toliqib kelganga öxşardi. Borib yordam bergim keladi-yu, uddasidan çiqolmayman. Nega deysizmi? Nega bölardi, hammasiga insonligim sabab. ha-ha, insonligim! Men nafaqat bolaga, balki hammaga, kim qiynalgan bölsa, ularning barçasiga kömak bersam deyman. Axir, dunyoda bir inson, inson nimasi, bitta tirik jon aziyat çeksa ham, ohlari mening yuragimda aks-sado bermayaptimi?!… Ammo nima qilayinki, qöllarim qisqa, kömak beriş istagi yurakda tuğilib, yurakda qoladi. Özga ilojim, boşqa imkonim yöq. Yöqligidan jiğibiyronim çiqadi turib-turib. Şunday paytda Xudoga havas qilaman! Xudoga! Axir u hamma narsaga qodir-da! Menga şunday deb aytişgan, şunday deb öqiganman, şunday deb bilaman, şunga işonaman:

Havas qilsam, Senga qildim,

Hasad qilsam, Senga qildim,

Avf etgil Xudoyim,

Yana umidlar qildim!…

Lekin men insonman. Insonligim öşa bolaga, bolalarga yordam berişimga moneʼlik qiladi. U yoğini sörasangiz, men birov tugul, özimga ham yordam berolmas alfozdaman şu tobda.

Bola esa… bola qiynalar, gardanidagi oğir yukni inqillab kötarib borar, dam yiqilar, dam sudralar, dam esa harakatdan töxtab dam olardi. Uning oğirini yengillatolmasam ham yoniga borib holidan xabar olgim keldi. Bordim. U meni körmadi, payqamadi. Özi bilan çunonam band edi. Faqat tinmay bir jumlani takrorlar edi:

Yaxşi kunlar keladi hali!…

Yaxşi kunlar keladi hali!…

Yaxşi kunlar keladi hali!…

OSMONDAGI YÖLOVÇI

Bir mahal quyidagi rastalarni, u yerdagi ajab hangomalarni kuzata-kuzata böynim oğrib ketganini his qildim va boşimni tik kötarib, toliqqan muşaklarimga dam bermoqçi böldim va… bilasizmi, nima? Közlarim bulutlarga yondoş yuksaklikda, tumanlarga ğarq bir makonda birovning qorasini ilğab qoldi. Öşa birov yölovçiga öxşar, çunki bir tomondan ikkinçi yoqqa tomon qatʼiyat bilan odimlar, yöl ham dam körinib, dam tumanu bulutlar içra közdan yöqolardi. Ğalati bölib, içimdagi haligi titroq avjiga mindi. Özimni boşqaça, judayam boşqaça his qildim! Yuragim hapqirib, bir zum orzu-istakka töldi! Vo ajab, ilgari heç munday bölmagandi!…

Lekin köp ötmay haligi allakim nazardan qoçdi, quyuq tumanliklar va bulutlar aro berkindi. Şunda tipirçilab qoldim. Nima edi özi u? – deya özimga özim savol bermoqqa tuşdim. Yana bir pasdan söng esa yuksaklikda köringan yöl ham, undagi yölovçi ham – hamma-hammasi röyo bölsa kerak deb öylay boşladim… Şunda kun çiqişdan to kun botişga qadar çözilgan yölovçilar oldidan kesib ötgan huv haligi odam lop etib xayolimga tuşdi. Tavba!… Ular bitta inson edimi?… Bilmadim. Balki ikkitadir… Lekin nega unda ular bir lahzaning özida mening xayolimda jam böldilar ekan?…

Öşa kuni ham, undan keyin ham na yölni va na undan mağrur odimlab borayotgan yölovçini qaytib kördim. Bir bora körganim esa şirin tuşga öxşab qoldi. Ammo şunday tuşki, men u haqda juda köp yozdim. Uni rumuzlarga örab ham, oçiq-oşkor tarzda ham bitiklarimga olib kiraverdim. Öz rastamni, undagi zabun holimni unutib, faqat va faqat öşa yölovçini öyladim, uning kökdagi – ufqlarga tutaşib ketgan yölini muşohada qildim. Yana yölimizni kesib “Bu yöl – yöl emas! ” deya hayqirgani esimda qoldi. Qarasam, bir yonimdagi bozorning hamişa gavjum rastalarini ham, boşqa tomonimdagi masjidlarni ham xayoldan faromuş aylabman. Şunda… şunda bilasizmi, men özimni çinakamiga baxtli his qila boşladim! Mening eng masʼud onlarim öşa lahzalarda keçgan desam, yuzim aslo qizarmaydi…

Baxtli edim-u, hayhot, endi odamlar yozganlarimni tuşunmas böldilar!… Ilgari uç-tört kişi bölsayam qoralamalarimni mutolaa qilib, tuşungandek boqişar, dalda berişar edi. Öşa yöl va yölovçi haqida yoza boşlaganimdan keyin esa atrofimda heç kim qolmadi, eşityapsizmi, heç kim!…

Heç kim yöq, heç kim!

Poyiga tiz çökib,

Bir söz aytay desam,

Heç kim yöq, heç kim!…

ÇIQIŞ OLDIDAN

Bu vaqtga kelib men ham yölovçini boşqa körmas böldim. Şundanmi, boşqa sababdanmi, turib-turib yuragim siqilib ketadigan odat çiqardi. Sekin-asta qutsizligim boşlandi. heç yerda qönim topolmas holga tuşdim. Zerikiş va siqilişdan neça qaytalab boşqa rastalarni aylanib keldim. ha-ha, aylanib keldim. Boşqa nimayam qilardim, axir!?… Taassurotlarimni tağin qoğozga tuşirdim. Lekin, ölay agar, birontasi yuragimni jiz ettirgan bölsa!… Öqiganlar tağin maqtaşar böldi, lekin mening özim… mening özim toşga aylangandim. Men öşa yölovçini va uning yölini soğinardim. U haqda yozsam derdim. Ammo… titroq ham qaygadir ğoyib bölgandi. Donişmand möysafiddan qoğozu qalam olayotganimda botinimga ingan titroq bor-ku, öşa-da! Şunda… şunda men bu yerda boşqa qiladigan işim qolmadi, deb öyladim. Va bolalarimni qoldirib, eşikka qarab yurdim. Ustanalarga alanglab “ÇIQIŞ”ni qidirdim. Unga hali bor ekan, çunki qarşimda yana dahliz paydo böldi. Ammo bu çiqişning dahlizi edi. Dahlizga kirdim-u bepoyon kenglikka duç keldim. Bu kenglik xatosiz edi. Yaʼni, uning biron bir yerida biron bir nima yöq edi – “bir xil, bir xil, bir xil” edi. Yerda, yeru osmonda osmon bor edi, xolos…

QANI MENING KOVUŞIM?

Avvaliga şunday edi, keyin… keyin bir pasdan söng nigohimni qator tizilgan kovuşlar band etdi. Demak, kovuşni almaştiriş kerak! Ular “ÇIQIŞ”ga qarab tizilib turardi. Oyoq ostim töla kovuş va men beixtiyor özimnikini qidira boşladim. Kovuşlar ham rasta-rasta terilganga öxşab tuyuldi. Men oldin öz rastamni kezib çiqdim – yöq! Söng masjidlar rastasiga ötdim – yana yöq. Bozor rastasi, xizmatçilar rastasi, amaldorlar rastasi… yana bu tomonda mehribonlar, u tomonda dilozorlar rastalari – heç bir rastada yöq edi savil. Şunda kovuşlarning rang-röyi, eski-yangiligi eʼtiborimni tortdi. Ular çindan har xil bölib, öz egalarini kutişayotgandek körindi. Men esa hamon öz oyoq kiyimimni izlardim. “Axir, mana, qança kovuş qalaşib yotibdi, şularning birontasini kiyib ketaver, egasi hali çiqmadi, qolaversa, bu yerda sendan özga zoğ ham yöq, kim bilib ötiribdi? ” deyman özimga özim u rastadan bunisiga bözçining mokisidek borib kelarkan. Lekin negadir bu öyimda qönim topmayman. “Yöq, men faqat va faqat öz kovuşimni topib kiyişim kerak! ” deb çiranaman. “Qani axir meniki, meni bu yerdan olib ketadigan kovuşim qani? ” deya baqirib-çaqiraman. “Nega bir özimman? Nega içkaridan birgina men çiqmoqçi bölayapman, qani qolganlar, nega kelişmaydi? Nega yolğizman?!. ”

Yuguraverib çarçayman. Qay tarafga borişimni bilmay ikkilanaman. Içkariga qaytgim kelmaydi, axir, u yerni kördim, bildim, undan töyindim. har holda, menga şunday tuyulardi. Meni tölqinlantiradigan, yaşaşga kuç beradigan biron narsasi qolmadi uning, öylaganlarimning, istaganlarimning hammasiga yetdim, orzu-havaslarim uşaldi. Men möysafid çol aytgan jamiki rastalarni aylanib, kezib çiqdim. Nafsilamrini aytganda, birontasiyam alhamdiga yaramaydi. Ularning menga tegişli masnaddan quyida joylaşganining öziyoq sirni oşkor aylab turibdi, axir! Bas, şunday ekan, u yerga qaytişning nima maʼnosi bor? Jin ursin, çiqib ketişning esa iloji yöq. Çunki muvofiq yangi kovuşsiz bu mumkin emas-da! Kirişu çiqiş imkoni bir marta, faqat bir marta beriladi insonga. Endi nima qildim? Kovuşimni topganimda uni kiyib bu yerdan çiqi-i-ib ketardim. Qayerga ketişimni aytolmasam-da, ammo qaysidir bir tomonga harakat qilişimni, yölimning davom etişini aniq bilardim. Çunki men judayam olisdan kelayotgan edim. Timning içiga birrov kirdim, xolos. Bu yer mening mangu maskanim bölolmasligi ayon. Endi… yölimda davom etişim kerak. Buning uçun esa kovuş, mening kovuşim kerak edi menga! U esa yöq. hammaga bor kovuş bir menga yöq. Nega, nima uçun?!…

ŞEʼR

Dunyoni tuşingda körding sen…

Uyğonmoq paytidir, uyğon! Men

Yöllarga otlarni taxt etdim…

Keçasi uyqudan uyğondim-u ana şu satrlarni qoralab qöydim. Keyin yana qayta uxlamoqçi bölib közlarimni yumdim. Bölmadi. Kiprigimni uyqu tark etgan ekan. Uzoq vaqt örnimda qimirlamay yotdim, yotaverdim. Keyin esa erinibgina örnimdan turdim. Taşqari çiqdim. hali tong otgani yöq, lekin undan darak bor: saharxez quşlarning çuğurlari, titroq yaproqlarning şivirlari, tong sabosining esa yuzimni yengilgina siypalab ötişlari… Keng dalalarga qarab yurdim va kökka köz taşladim: ajoyib sehr bilan jimirlab turgan yulduzlar bor edi unda. Birdan ular son-sanoqsiz közlar bölib tuyuldi menga. Şu barobari, yulduzlar bilan odamlar örtasida qandaydir köz ilğamas rişta borligini quloğimga sabuhiy epkin piçirlab ötgandek böldi. Gap qotgim keldi ularga: “Assalomu alaykum, ey osmon jismlari, tanişib qöying, men – Inson!… ”

BALANDDAGI YÖL

Turfa xil öy va savollar bilan qiynalib ketdim. Nihoyat, toliqib özimni yerga taşladim. Keyin ögirilib çalqança yotib oldim. Şu yotgança kökka qarayman va tağin öşa bulutlarga yondoş yölni körib qolaman!… “Qani uning birgina yölovçisi? Ketib qoldimi yo? Mayli ketgan bölsa, muhimi, yöl bor-ku! ” deyman özimga özim. Ana u, şundoq boşim ustida turibdi!… E voh!… Yöl avvalgidek xira, tumanlar içida tusmol emas, balki yorqinu yaqqol, aniğu tiniq, şu bilan birga, mendan juda-juda balandda yastanib yotardi. Yo, Parvardigor, bu nimasi tağin? Axir… axir, hammadan balandda men emasmidim?!… Bir umr şunday deb, şunday kayfiyatda yaşab ötmadimmi? Timning içini şu öy va şu qanoat bilan aylanib çiqqan ham men emasmidim?!…

Birdan böğzimga nimadir urildi. Bir pas ötib uning qutluğ hayajon, yurakda uyğongan muborak tongning ilk tölqini ekanini tuydim va ilkis örnimdan turdim. Qarşimda, sal nariroqda, Yer va osmon qöşilib ketgan kesimda men izlayotgan kovuş yotardi…

Tamom

Uluğbek HAMDAM – 1968-yilda Andijon viloyatida tuğilgan. Toşkent Davlat universitetining filologiya fakultetida tahsil olgan. “Muvozanat”, “Isyon va itoat”, “Sabo va Samandar”, “Uzoqdagi Dilnura” kabi qator kitoblar muallifi. Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi aʼzosi.

“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822

Obuna haqida

Izohlar

Hozirça izoh yöq. Birinçi bölib fikringizni yozing.

Siz nima deysiz?

Izoh tahririyat körib çiqqaç, eʼlon qilinadi.

Şu ruknda köp öqilganlar

Barçasi (258)

Suv. Hikoya

– Öz oyoği bilan jildirabgina kelmagan suv suvlik qiladimi?! Ketaman bu Cahroyi kabirdan… ketama-an-n! Dilşod şunday deya örnidan sapçib turdi-yu, derazadan taşqariga termildi. U avval hovlisidagi qovjirab qolgan…

“Eynşteyn jumboği”

Dekabrning asov şamoli tun bağrida özini har yonga urib, böriday uvillaydi. Uylar ham sovuqdan junjikkanday bağridagi çiroqlarini öçirib, şamolga jör bölib, qoranği tun vajohatini yanada orttiradi. Biroq şu imoratlar…

Uluğbek Hamdam. Yöl (falsafiy roman

Men bir ojiz tomçiman, ammo yuragimda ummon soğinçi yaşaydi. Mavlono Rumiy TUŞDAN OLDINGI VOQEA Ovoz keldi! Ovo-o-oz!.. Eşityapsizmi, ğoyibdan bir ovoz keldi! Dunyolarni töldirib emas, yöq, balki yöl kabi uzun, yöl kabi…