1 daqiqada öqiladi

451 marta körilgan

Viktor Hyugo hikmatlaridan

Viktor Hyugo

*

Heç nimaga işonmaydigan odam baxtsizdir

*

Özga yurtdagi sayyoh pul solingan qopga öxşaydi. Har qanday odam uni böşatib olmoqçi böladi.

*

Bekorçilik bolalarning baxti, keksalarning baxtsizligidir.

*

Heç nimaga işonmaydigan odam baxtsizdir.

*

Qiliçni sindiriş mumkin, ğoyani mahv etib bölmaydi.

*

Maktab oçiş turmani yopişdir.

*

Omadning közi kör, u öz suyganlarini ham söqir qilib qöyadi.

*

Maşhurlik – mayda çaqa şaklidagi şuhratdir.

*

Odamning buyukligi böyi bilan ölçanmagani kabi xalqning buyukligi ham soni bilan belgilanmaydi.

*

Diplomat öz maqsadlaridan taşqari sizga nima foydali bölsa hammasini oşkor qiladi.

*

Jurʼatli böling! Juda köp muvaffaqiyatlarning u yoki bu qismi jasoratga berilgan mukofotdir.

*

Boşqa bir dardni keltirib çiqaradigan dard şohona asar yaratilişiga sabab böladi. Işonmayapsizmi? Bölmasa sinab köring.

*

Insonni özgartirişni uning buvisidan boşlaş kerak.

*

Qirq – yoşlikning qariligi, ellik qarilikning yoşligi.

*

Taraqqiyot – insonning turmuş yölidir.

*

Juda köp oşna-oğaynilar quyoş soatlariga öxşaydi: ular vaqtni faqat nur tuşgandagina körsatadi.

*

Yer yuzida tili endigina çiqqan bolaning ovozidan köra şirinroq madhiyaning özi yöq.

*

Sevgi daraxtga öxşaydi: özidan-özi paydo böladi, ösadi, butun vujudimizga tomir otadi, hatto yuragimizning eng vayrona göşalarini ham yaşillikka, gulga burkaydi.

*

Şerning yoliga burga joylaşib olgan. Şunday mitti, ojiz maxluqdan azob çekayotgan şer özini xörlanganday sezişi mumkin, burga esa: “Menda şerning qoni oqyapti!” deb maqtanişi heç gap emas…

*

Erkinlik kinoyadan boşlanadi.

Orif Tolib tarjimasi

“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822

Obuna haqida

Izohlar

Hozirça izoh yöq. Birinçi bölib fikringizni yozing.

Siz nima deysiz?

Izoh tahririyat körib çiqqaç, eʼlon qilinadi.

Şu ruknda köp öqilganlar

Barçasi (164)