31 daqiqada öqiladi

1 065 marta körilgan

Arilar közyoşi

Mansur JUMAYeV

(Hikoya)

Bir oy oldin momom qazo qildi. Otam­ning aytişiça, qabri boşiga har kuni bir uya asalari yöqlab kelarmiş. Ular nayza tutgan mitti askarçalarga öxşarmiş. Bilmasam, özim körganim yöq hali. Maktabga çiqa boşlaganiga endi yetti kun bölgan yetti yaşar bolani kim ham mozorboşiga olib borardi.

Şularni öylab, maktabdan kelayotgandim. Kun hali qaytmagan. Uyimiz tomonga qarab kampir borayotganini körib qoldim. Yaxşilab qarasam, momomning özginasi! Egnida öşa yozgi yengi uzun köylagi-yu qöşkissali xalati, boşida öşa uçi tugik oq römol. Qölida tugunça ham bor. Biznikiga qarab ketyapti. Biroz munkigan. Aniq, bu mening momom! Iye, momom ölgan-ku! Qanday qilib yana kelişi mumkin? Yöq, momom hazillaşgan. Meni aldaş uçun şunday qilgan. Unday bölsa, butun qişloq nima uçun töplandi öşa kuni? Yöq, ana, momom ketyapti-ku biznikiga qarab. Ötgan kuni onam bejiz: “Tabib momong ölmagan, u heç qaçon ölmaydi!” – demagan ekan-da. Demak…

Har xil fikrlar miyamdan tez-tez ötarkan, “Momojon!” deganimça olğa yugurdim. Zi­pillab çopib borarkanman, bir oy oldingi vo­qealar birpasda köz oldimdan zuvillab ötdi.

Öşa kuni ğira-şira tong qoronğisida ğalati gap-sözlardan istar-istamas uyğonib ketibman. Örnimdan qözğalib, çönqayib ötirgan köyi, çala yumuq közimni işqalab, atrofga qaradim. Onam mehmonlik kiyimlarini kiyib olibdi. Otamning boşida döppi. “Iye, heç kallapöş kiymasdilar-ku. Mendan yaşirinça qayoqqadir ketişmoqçi”. Sezdim-u minğirladim:

– Meniyam opketasila!

– Jim, – dedi onam past, ammo sirli va biroz vahimali ohangda. – U joyga bolalar bormaydi. Biz tez qaytamiz. Sen uxlayver. Uyğonguning­ça kelamiz, xöp?!

– Yö-öq, – oyoq tirab oldim. – Menam boraman!

Onam yelkasiga taşlagan oq römolini boşiga yoparkan, eşik tutqiçini tutgança kutib turgan otamga qaradi:

– Öziz bir narsa deng bunga, boraman deyapti.

– Mayli, kiyinsin, patinkasini kiyib çiqsin, olib ketamiz, – dedi otam eşikni oçib hovliga çiqarkan.

Taşqaridan tonggi salqin şabada xonaga yopirilib kirdi. Birgina kalta iştonça bilan turganim uçun etim tirişib, apil-tapil köçalik kiyimlarimni izlay boşladim. Eşik­ka çiqarkan, onamning piqillab yiğlagani, otamning “Tezlaş, moşin kelib qoldi”, degani quloqqa çalindi. Maktabga çiqqanda kiyasan, deb olib berişgan oq köylak, qora şimimni kiyib, qora botinkamni oyoğimga ildim-da, pala-partiş boğiçini ötkaza boşladim. Söng şoşib hovliga otildim. Otam meni çuv tuşiribdi: onam ikkovi allaqaçon ketib bölişgan ekan. Öksibgina xonaga qay­tib kirdim-da, “Balki, hozir kelib, tur, bolam, ketdik, deyişar”, degan gumonda botinkamni ham yeçmay issiqqina joyimga çözildim. Kutib-kutib uxlab qolibman.

Hovlida sigir möragani, ketidan it akillagani va akamning sökingani, birozdan söng deraza tagida toğamning ğudrangan ovozini eşitib, uyğonib ketdim. Taşqari çiqib oftobadagi sovuq suvga yuzimni yuvdim-u, toğamning quçoğiga talpindim.

Toğam uyimizga qöriqçilikka kelibdi.

Akam qişloqqa ketişimiz kerakligi, u yerda ta’ziya bölişi, qişloqdagi tabib momomiz – Maryam momo “ötib qolgan”ini aytdi. Ötib qoliş nimaligini bilmadim-u, lekin qişloqqa ketayotganimizdan xursand edim.

– Ur-re-e! – deb qiçqirib yuboribman quvonganimdan.

Quvonmay bölarkanmi?! Qişloqda böyinsalarim kö-öp! Öynaymiz. Bu yer bölsa… Aslida, bu yer ham qişloqdan qolişmaydi. Yarim şahar, yarim qişloq. Bu yerda ham bolalar bilan qöy boqiş, lanka tepiş, latta töp yasab, futbol öynaş, çömilişga boriş mumkin. Lekin qişloq boşqaça! U yerda qarindoşlarimiz son-mingta. Hammasi yiğilsa, töy bölyapti, deysiz. Ayniqsa, momomning uyi! Sirli va qiziqarli voqealarga töla. Momom ayvonda bir ayolni yelkalariga urayotgani, boşini ezib-ezib siqayotganini eslasam, öçoq­boşida ötirib tomoşa qilganimdagi zavqni qaytadan his qilaman. Bir bolani yotqizib olib, oyoğidan dast kötargança tovonidan boplab muştla­ganlari heç esimdan çiqmaydi. Bir gal çiroyli kelinçakning boşidan guvillatib olovli matoni aylantirarkan, “Köç, köç! Kölga ket! Sahroga ket! Çölga ket!” deb qöşiq aytganlarida maza qilib raqs tuşganman. Öçoqboşida momom har xil ötlarni yoyib qöyar, men har birining otini sörab çiqar, momom esa erinmay javob berar edi. Oxiri gapiraverib çarçasa: “Bor, bolam, akangni uyğotib çiq, şomda uxlamasin, bedorlarni yuki tuşadi”, deb çalğitiş uçun iş buyurardi. Uyda – içkari xonada Mirhosil uxlab yotgan böladi. Rahmatli Zebi ammamning öğli. Ammam şu bolani tuğayotib, ölib qolgan ekan. Keyin otasi Mirhosilni ön kunlik çaqaloq payti­dayoq momomga keltirib berib: “Qanday katta qilib olsangiz, oling, meni qölimdan kelmaydi”, degan ekan. Momom bu çaqaloqni “Mirhosilim – Azroilim” deb, puf-puflab katta qilibdi. “Momo, nimaga uni Azroilim deysiz?” deb bir marta söraganimda, momom: “Zebi ammangni mendan ayirgan şu bolasi-da. Hali meniyam öligimni köradi bu. Ajalim şuni qölida, bo­lam, meni kasalligam, qariligam öldirolmaydi, şu bola öldiradi. Ajalimni avaylayman-da, bolam”, degandi. Bu gapni Mirhosilning öziga aytganimda, u avval meni quloçkaşlab urib yuborgan, keyin momomga “Ha, jalojin kampir! Sen ölmading, men qutulmadim-da!” deb rosa sökkan. Momom yiğlagan. Yiğlab, xafa bölgan esa-da, qölida bir tova kartoşka qovurdoqni dasturxonga qöyib: “Yeb ol, keyin çiqarsan hovliga”, degandi öşanda. Momom bu quloq­siz bolani nimaga urişib bermaganiga hayron bölib qolaverganman. Bunda ham bir sir bölsa kerak. Çunki, çindan ham, momomni butun qişloq odamlari “Qölida siri bor bu kampirning”, deyişar, hurmat qilişar edi. Yon qöşnilari Norboy asalçining aytişiça, qişloqda qaysi uyda kimdir kasal bölib qolsa, hali birov xabar yetkazmasidan turib momom öşa uyga kirib boraverarkan. Bemorning yelkasiga qavargan, tomirlari börtib-börtib çiqqan qoqsuyak qöli bilan ikki marta qoqsa, tamom, zum ötmay otday bölib qolarkan. Uy egalari dasturxon yozişga ham ulgurmay momom turib taşqari çiqar, qişloqning narigi çetidagi boşqa bir uyga ketarkan. Öşa uydayam kimdir kasal yotgan bölarkan. Şu­ning uçun hamqişloqlar: “Tabib momoning yuragida közi bor, öşa bilan hamma narsani körib turadi”, deyişardi. Momomning hovli­sini örab turgan paxsadevorga qanday qilib bir uya asalari kelib qolganiniyam qişloq ahli bir oy gapirib yurdi. Voqea bunday bölgan: Norboy asalçining hovlisi töla quti, qutilar töla asalari. Bir kuni eng tepadagi qutida ikkita ona asalari urişib qolibdi. Qay biri zör bölsa, öşa onaboşi butun oilasi, işçilari bilan qutiga joylaşarkan. Ikki ona ari rosa kuraşibdi. Bittasi yengibdi. U oilasi-yu işçi arilar bilan birga qutiga kirib olibdi. Makonsiz qolgan mağlub ona ari esa öz jamoasini olib, momomning hovlisiga köçib kelibdi. Ularning hovli örtasidagi qari tutning bir şoxiga koptokday bölib qönib olişganini körganman. Ular bir keçani şu yerda ğönğir-ğönğir qilib ötkazdilar. Keyingi kun Norboy asalçi qop keltirib, ularni tutib olib ketdi. Yangi qutiga joylaştiribdi. Ammo arilar qattiq arazlagan ekanmi, yana momomning uyiga qaytib kelib, keçalari guvillab ğalati tovuşlar çiqaradigan qari tut şoxiga qönişdi. Öşa keça qistanib hovliga çiqqanimda qari tutning “Momomuvvv” deyayotganini eşitdim. Ayvondan tuşmay çoptirdim-da, yugurib uyga – momomning quçoğiga otildim.

– Momo! Momo! – dedim.

– Ha, jonim! – dedi momom.

– Anovi tutingiz gapirolarkan!

Momom qattiq quçoqladi-da:

– Qörqma, özim aytaman, senga gapirmaydigan böladi. Endi uxla! – dedi.

Öşa tutning gapira olişini neça marta ota-onamga, akamga aytib berdim, heç qaysisi işonmadi.

Ertasiga arilar paxsadevorga uya qurib, joylaşişdi. Mirhosil ari uyasiga qaynoq suv quyib, barini yöq qilmoqçi böldi. Momom örtaga tuşib, bola­sini jalloddan himoya qilişga uringan onaday dod-voy qildi, yiğladi-siqtadi, işqilib, arilarni saqlab qoldi.

Yana qay birini aytay, momomning sirli harakatlari-yu sirga töla hovlisi köz oldimga keldi-da, öşa zavqli voqealarni yana tomoşa qi­lişim mumkin, deb öylaga­nimdan “Urreee!” deb qiçqirib yubordim.

Ammo şodlik töla qiçqiriğim kalta qaytdi. Erta quvongan ekanman. Oğzimga kelib tekkan tarsaki zarbidan keyin bir lahza merovsirab turib qoldim. Nega bunday bölganini fahmlaşga urinarkanman, ikki közim jiqqa yoşga tölib, katta bolalar urişib qolganda aytadigan gaplarini qalaştirib takrorlab taşladim:

– Aqli past govkalla! Ongsiz maxluq! Kallavaram xundi! Örkaçsiz tuya! Lattaçaynar atan1! Yangi qözilagan sovliqqa öxşamay öl, ğölinbaşara!..

Biroz sovigaç, boyagi tarsakidan yana bitta kelib tuşi­şidan çöçib tört-beş qadam nari qoçdim. Jahlim hali töla bosilmaga­nidan töpir yerni paypaslab katta kesakni oldim-da, akamga öqtaldim. Şunda akamning közida ham yoş aylanayotganini körib, jimib qoldim. Yap-yangi oq köylagimning oppoqqina yengiga burnimni şölqillatib artarkanman, “Tarsaki yegan men-ku, nimaga özi yiğlayapti bu xumboşni?” deya hayron böldim.

Toğam kelib, qölimdan tutdi-da, kesakni olib bedazorga otib yubordi. Söng tezgina akam bilan momom­ning uyiga yetib borişimiz, u yerda mo­momizni çiqa­rişda qatnaşişimiz, çopon kiyib, belqars boğlab, hassakaşlik qilişimiz kerakligini tuşuntirdi. Toğam ikki yelkamdan baquvvat qöllari bilan tutib gapirardi. Avvaliga uning dum-dumaloq löppi yuzini onam oş suzadigan sopol la’liga öxşatib, kul­gim qistagan bölsa, söng toğ arçaning ignalaridek kökimtir-qora soqol qopla­gan bağbaqador yuzining örtasidagi burama möylabi vahima uyğotdi. Möylab ostidan pastki labigina köri­nib turgan sariq tişli oğzidan gup etib urilayotgan nos hididan könglim aynib, qayt qilişimga ozgina qoldi. Şu­ning uçun özimni tuşunganday körsatib, tez-tez boşimni silkidim. U meni qöyib yubordi. Aslida, “çiqariş” nima-yu “hassakaşlik” nimaligini ziğirçayam tuşungan bölsam, Rohila jögi qopiga solib olib ketsin meni!

Indamay tezgina yölga çiqdik.

Töppa-töğri momomlarning hovlisiga kirib borarkanmiz, bir tup qari tut bilan ikki tup xurmo yaşnayotgan ixçamgina eski hovli bu safar yuragimga vahima soldi. Har doim sirli bir sokinlik bilan bizni öz bağriga oladigan bu hovlida endi ayollar doira şaklida aylanişib, uv tortib yiğlar, erkaklar halqa atrofidan yerga hassa urib bir maromda aylanişar, “Qişloqni yetim qilib taşlab ketgan onamizov!” deb kökraklariga muştlab urişar, ökrab-ökrab yiğlaşar edi. Otam ham tön kiyib olibdi, belida belqars, boşida ertalabki döppisi. Qölidagi römolçani ğijimlagança men tomonga qarab qöydi, çuqur közlari yanayam çuqurlaşganday körindi. Juda ğamgin edi. Juda ma’yus edi.

Içkaridan katta ammam dodlab çiqib keldi-da, meni quçoqlab oldi. Kiftimga, kökragimga yuzini bosib, höng-höng yiğladi. “Momoginangni berib qöydik-ku, jonim bolam!” deb yiğladi. “Onam ketib, onasiz qoldim-ku!” deb yiğladi. Ammamning eri – Toş buva kelib uni qöltiğidan kötardi. Ayollar ammamni suyab içkariga olib ketişdi. Toş buva atrofga qaradi-da, Norboy asalçini körib qolib, uni imlab çaqirib oldi. Asalçi yoniga kelgaç, bir nimalar deb dörilladi. Norboy asalçi hovli poygohidagi somonxona tarafdan yönilgan tayoq köta­rib kelib, qölimga tutqazdi. Katta ammam­ning kenja qizi içkari xonadan çoponça olib çiqib, menga kiydirib qöydi, belimni qisib oq belqars boyladi. Toş buva men bilan akamni oçiq darvozaning ikki çetida tön, döppi kiyib, tayoq uşlab tikka turgan odamlar qatoriga olib borib qöşdi.

Şu payt yölni töldirib boşiga eski qalpoqlarini bostirib olgan bir guruh erkak, biqiniga toğoralarini qistirgan xotinlar kela boşladilar. Ayollar içkariga kirib ketdi. Erkaklar darvoza oldida biroz turib qolişdi. Söng ular ham içkariga kirdilar.

Oq yaktakli salla öragan sersoqol amaki tayoq uşlab qator turgan odamlarga Muhammad alayhissalom qanday qilib osmonga çiqib-tuşgani, Iso Masih degan kişi qanday qilib öliklarni tiriltirgani haqida hikoya qilib bera boşladi. Men Iso ismli karomatgöy kişini eslolmadim. Bu qişloq­dan bölmasa kerak. Balki, endi tanib olarman. Çunki momomning hovlisiga şunça köp odam yiğilgandiki, u ham şu yerda bölsa kerak, deb öylaşim tabiiy edi. Ehtimol, öşa odam özimning otamdir. Axir uning ismiyam Isavoy-ku. Yana dunyodagi eng kuçli odam ham otam! Uni hamma “Qöli gul usta”, deydi. “Isa buvaning qöli möjiza yaratadi”, degandi-ku Botir çavandoz. Balki, hozir ham otam momomni tiriltirar. “Zör bölardi-da lekin!” – dedim içimda.

Jimib qolgan hovli töla odamlarga qarab, Toş buva dörillab baqirib berdi:

– Oğzingga talqon solganmisan hammang, yiğlamaysilarmi?!

Şundan söng yana dod-faryod-u höng-höng yiği boşlandi. Yangi odamlar kelib qöşilgaç, ğala-ğovur battar avjiga çiqdi. Hamma momomning fazilatlarini aytib, oxirida “onam-ov”, “xolam-ov”, “ammam-ov”, “opam-ov”, “yangam-ov” deb qöşib qöyar, bir qöli bilan özining kökragini ayamay muştlar, dod solar va ikkinçi qölidagi römolçasi bilan közlarini artardi.

Toş buvaning buyruğidan keyin hamma yiğlay boşlaganini körib, meniyam yiğlagim keldi. Nimadir deb gapirib yiğlaşayotgani uçun menam biror gap aytib yiğlaşim ke­rakligini tuşundim. Qöşnimiz Omontoy ölib qolganida otasi dod solib yiğlagandagi gaplarini esladim-da, şuni aytib yiğlayverdim:

– Voy ğöra ketgan momom-ov! Voy ğöra ketgan momom-ov!

Tuyqus hammaning nigohi menga qadalganini sezib, közimni oçib qarasam, odamlar men tomonga qarab kulişyapti. Hozirgina özini urib yiğlayotgan kişilar qanday qilib birdaniga kula boşlaşganiga hayron bölib, tağin avjiga çiqdim:

– Voy ğöragina ketgan momom-ov!

Yelkamdan bir tirsak kelib turtdi. Akam ekan. Enkayib sekin quloğimga piçirladi:

– Töqson birga kirib ölgan odamni ğöra ketdi deyilmaydi, ahmoq!

– Nima dey bölmasa? – dedim akamning bilağonlik qilganidan aççiğim çiqib.

– Heç narsa demay yiğlayver, – dedi-da, safga turdi.

Marosim yana avvalgidek davom etaverdi.

Akam meni çalğitgani uçun endi yiğlagim kelmay qoldi. Nima qilişimni bilmay jim turganimça, odamlarni kuzatib ötiraverdim. Şunda baqirayotganlarning hammasiyam yiğlamayotganini kördim. Ayrim erkaklarning qöllaridagi römolçalari qup-quruq, şunçaki közini tösib turişibdi. Menam biroz közimni tösib ötirdim. Keyin paxsadevordagi eski ini atrofida bezovta aylanişib yurgan asalarilar­ning harakatlarini tomoşa qila boşladim. Ular havoga kötarilib, doira hosil qilib uçişar, bir guruhi iniga yaqin borib devorga qönar, boşqa guruhi çiqib havoga kötarilar va oldingi şeriklarining harakatlarini takrorlardi. Devorda turganlari bir-birlariga qarab, göyo gaplaşayotgandek tuyulardi.

Kuzataverib zerikdim.

Yonimizda tik turgan hassakaşlardan birovi qator boşidagi yiğidan közlari qiza­rib ketgan Mirhosilni boşi bilan körsatib, akamga tomon egilib olib piçirlab bir nimalar haqida gapira boşladi. Uning piçir-piçirlariga biroz quloq tutib turdim. U öta sirli bir ma’lumotni yetkazayotgan maxfiy ayğoqçi singari oğzini römolçasi bilan tösib, tanasi­ning butun oğirligini qölidagi hassaga taşlab şivirlar, akam esa közlarini olaytirar, “Yöğ-e, şunday böldimi?” der, beş-olti qadam narida darvoza kesakisiga belini tirab, hassasi uçiga çaliştirilgan ikki qöliga manglayini bosgança şölqillab yiğlayotgan Mirhosilga yeb qöygudek qarab-qarab olardi. Biror qiziqroq voqeani aytib berayotgandir, degan umidda e’tiborimni ularga qaratdim.

– Keyin Mirhosil nimaga haliyam kelmadi, birov bilan urişib-netib qolmadimikin, piyonis­ta jöralari bolamni bir narsa qildimikin deb, momo yarim keçasi taşqariga çiqadi, – derdi akamning suhbatdoşi. – Şu payt momo Tolibboylarning uyi tarafdan Mirhosilning jonholatda baqirganini eşitadi. Öşa yoqqa chopadi. Ketayotib oyoği ça­lişib qattiq yiqiladi. Lekin oğriqni sezmay, irğib örnidan turadi. Ovoz kelgan yoqqa boradi. Tolibboyning öğillari Mirhosilni olaqoniga botirib urayotgan ekan. Momo nabirasini ajratib oladi. Yölda yiqilganida boşi bilan qattiq tuşgani yetmaganday, ajratayotgan paytidayam Jabbor nosfuruşning kaltagi momoning çakkasiga kelib tegadi. Momo şundayam oğriq sezmaydi. Mirhosilni uyga keltirib, yuzlarini yuvib, jo­yiga yotqizadi. Gi­yoh qaynatib, badanini artib çiqadi. Nabirasi uxlab qolgandan keyin bomdodni öqib bölib, öziyam joyiga çöziladi. – “Ayğoqçi” amaki Mirhosil tomonga qahr bilan qarab oldi. – Şu bilan uyğonmadi momo.

Akam ham öşa tomonga nafrat töla nigohini qadadi-da:

– Yöğ-e! Şunday böldimi? Oxiri boşiga yetibdi-da, bu atan! – dedi römolçasini qattiq ğijimlab. Keyin çuqur nafas olib çiqardi.

Ular jimib qolgaç, yana yon-atrofni kuzata boşlagandim, Toş buvaning dörildoq ovozi çöçitib yubordi:

– Keçgaça buxoroliklar ham yetib kelişadi. Norboy, mehmonlarni yarmi senikiga yotadi. Toşkanliklar ertaga kelolsayam – katta gap.

Toş buva nega bunday deganini bilaman. Otam aytib bergan. Uning aytişiça, momom amir zamonida mana şu qişloqda tuğiladi. Momomning otasi donği ketgan polvon bölib, bir kuni Isfahon degan joyda katta kuraşda qatnaşadi. U yerda töqson töqqizta polvonni yer tişlatadi. Özining kuragi yer körmaydi. Buni körib öşa şaharning hokimi pahlavon bobokalonimizga tön kiydirib, bir tovoq tillo beradi. Peşonasidan öpib: “Qaniydi, şunday öğlim bölsaydi!” deydi. Bobokalonimiz uyiga qaytgaç, yelkasidan kattakon yara çiqadi. Momom yetti yoşga tölganida otasi ölib qoladi. Şundan söng momom tabiblik qila boşlagan ekan. Köp ötmay momomning nomini tutib, dardmandlar dardiga darmon izlab kela boşlaydilar. U paytlari bu joylar amirlikka qaragan deyişadi. Ana şu amirlikning ba­land-baland minoralari bulutlarga tegib, oftobni kötarib turadigan körkam poytaxti bor ekan. Uni Buxoro deyişarkan. Öşa yoqdan boy bobomiz köynakasal xotinini davolatgani keladi-yu, momomniyam kenja xotin qilib olib ketadi. Buxoroda ammalarim va otam tuğiladi. Bobomning katta xotinlaridan tuğilgan öğillari ammalarimni, otamni va hatto momomniyam urib-sökib azoblaşadi. Bungaça zamon özgargan, bobomning qozoq ovuldagi minglab qöylarini yangi davlat kolxozga deb tortib olgan böladi. Yetmaga­niga, odamlarni yer oçgani uzoq-uzoqlarga köçirib keta boşlaşadi. Ana şunda momom ammala­rim va otamni olib, Toşkent degan joydagi bir qişloq­qa borib qoladi. Otam katta bölib, zör quruvçi böladi. Çöl tomonlarga kelib, qöşqavat uylar quradi. Momom tuğilgan joylargayam borib, u yerdan uy olib, opa-singlisi-yu onasini ota yurtiga olib keladi. Toş buva kelib qolişlarini tusmollayotgan mehmonlar ana öşa joylarda momom davolagan döst-birodarlari va orttirgan qarindoş-uruğlari edi.

Toş buva darvoza tomon yurarkan, har biri rapidaday keladigan kaftlarini bir-biriga qarsillatib urdi-da, quloçini keng yoydi va dörilloq ovozda:

– Iye, iye! Kekçilaram kelibdi-ku! – deya kirib kelgan erkaklar jamoasiga peşvoz çiqdi. – Qaynonamni hamma yaxşi köradi-ye!

– Kördingmi, momongni ta’ziyasiga özbegam, tojigam, arabam, eroniyam, muşqoqiyam, kekçiyam “onamizdan ayrilib qoldik” deb kelyapti, – deya piçirlay ketdi boyagi “ayğoqçi” amaki yana akam tomonga boşini egib. – Bironta töydayam, azadayam bularni boşi bir joyga bölib, birga ötirganini körmovdim. Bulturgi janjaldan xabaring bordir? Eronilar bilan arablarni mojarosi-çi? Juda qirpiçoq bölişdi-ye! Jabr körgan beçora kekçilar böldi. Ajrataman deb örtaga tuşgan Suyunqul juvozkaşni töşiga panşaxa urib öldirib qöyişdi! Juvonmarg böldi. Endiyam bular bir dargohga töplanmaydi, devdim. Mana, tabib momo hammasini boşini birlaştirdi.

Ha, – xörsindi amaki, – xudorahmati momo odam ayiradigan odammasidi! Odamlar ham uni ayirmadi. Hamma özbirim deb kelyapti. Elni odami ölgandayam elga yaxşilik qilaverar ekan-da, a?! Qişloqning onasi edi xudorahmati. Bilindi. Mana şunday paytda hamma odam bir ota-onadan töraganiga işonar ekansan…

Yuzi qozonning tagidek quyqalanib, çuqur botgan közlari milt-milt yoşga tölgan “ayğoqçi” amaki hali-beri gapdan töxtamasdi-ku, lekin oq sallali sersoqol çol yoqimli ovoz bilan xirgoyi qilayotganday Mansur Halloj degan kişini qanday qilib zindonga taşlaganlari, keçqurun zindondan uni topolmaganlari, ikkinçi keça zindonniyam topişolmagani, uçinçi keçada zindon ham, Mansur Halloj ham joyidaligini körişgani haqidagi eski ertakni aytib bera boşlaganda uning uni öçdi. Men bu ertakni momomdan eşitganman. Bilaman. Undan “Izlab topolmadik seni, birinçi keça qayerda eding?” deb söraşganida, u: “Birinçi keça Olloning huzuriga boruvdim”, deydi. “Ikkinçi keça-çi, seniyam, zindonniyam topolmadik”, deyişadi. Mansur Halloj: “Unda Ollo şu yerda edi”, deydi. Ana şunaqa. Men bu ertakni bilganim uçun ortiq quloq solmadim.

Nega qarindoşlarimizning men tengi bolalari kelişmaganini tuşunolmay, taxmin-tusmollarim bilan andarmon bölib ötir­dim-da, söng örnimdan turib, yoyilib kerişdim, oğzimni öraday oçib esnadim. Zerikkanimdan qölimdagi hassani ermak qilib öynay boşladim. Uni avvaliga miltiq sifatida işlatib kördim, keyin dutor qilib çertdim, oxiri otça qilib mindim-da, şataloq otib hovli aylanib yugurib öynayverdim. Ta’ziya bölayotgani-yu yiği-siği-yu dod-voylarga ortiq e’tibor bermay qöyibman. Şu asno içkaridan uzun yoğoç quti kötarib çiqişganini körib, öyinni töxtatdim-da, yana odamlarning harakatini zör film tomoşa qilayotganday kuzatişga tuşdim. Karavotga öxşaş qutining dastaklari bölib, odamlar ikki tarafidan yelkalarida tutib kötarib borişardi. Hamma erkaklar birma-bir almaşinib darvozadan taşqariga çiqişayotganda öşa yoqqa qarab çopqillayman, deb turgandim, onam yengimdan uşlab töxtatib qoldi.

Gap-sözlardan bildimki, tobut olib çiqilibdi. Endi buni qabristonga eltişarkan.

Bir töp ayol orasida tobutkaşlarni kuzatib qolaverdim.

Şu payt yozning qaynoq taftini qiyib ma­yin şabada esa boşladi. Şamol avvaliga darvoza oldida tizilib turgan ayollarning etaklarini uçirib öynadi, keyin tobutkaşlarning yuzlarini silab ötdi-da, borib tobut ustiga yopilgan harir matoni mayingina silkitdi. Bu xayr deya silkinayotgan ulkan qölga öxşar edi.

Jimir-jimir yomğir yoğa boşladi. Yomğir yoğayotgani seziladi-yu, heç kimning usti höl bölmaydi. Mayin, yoqimli havo momomning öçoqboşiga yoyib quritib qöygan giyohla­rining xuşböylarini çor atrofga soçib yubordi.

Paxsadevordagi asalarilar guvillab havoga kötarildi-da, oxiri hali darvoza bösağasidan uzilmagan döppili erkaklar ustidan bir maromda guvillab uçib ötib, uzoqlaşib ketgan tobut ustida töxtab aylanişga tuşdi. Ular havoda katta şar hosil qilib, tobutni qöriqlab ketaverdi. Tobut ham daryodek oqib borayotgan odamlar ustidan yolğiz qayiqdek lapang­lab suzib boraverdi. Uzoqlaşaverdi.

Şunda momomni soğinganimni, uni körgim kelganini his qildim.

His qildim-u, qiçqirib yubordim:

– Momomga boraman! Momom qani-i?!

Kimdir qölimdan uşladi. Katta ammam ekan.

– Jonim bolam, – dedi u meni qattiq quçoq­lab. – Momong endi kelmaydi. Endi hammamizam momongga boramiz. U bizni kutib oladi.

– Paxtapalov damlaydilami biza uçun öşa yerdayam?

– Ha. U palov bu yerdagidan ming marta şirin böladi.

– Yöğ-e, qaçon boraman momomning oldiga?

Suhbatimizni eşitib turgan onam şart kelib, ammamning quçoğidan meni tortib oldi-da:

– Hye, nafasingni yel uçirsin seni! – deb yuzimga şaraqlatib tortib yubordi.

Nima gunoh qilganimni bilmay çinqirib yiğlab berdim.

– Nimaga urasan, hali bola-da, bilmay gapiraveradi-da, – dedi ammam onamni urişib. Söng meni qaytadan quçoqlab oldi. – Yiğlama, bolam, uyat böladi, öğil bolaga yaraşmaydi, – dedi yuz-közim, oğiz-burnimni kök köylagining etagi bilan artarkan.

Öğil bola yiğlamasligi kerak ekan, deb töğrisi, zörğa çidadim.

Menga momomni körsatişmadi. Çunki u hozirgina olib çiqilgan uzun qutining içida ketibdi. Endi uni kömib kelişarkan. Momomning bir özi zerikmaydimi, qörqmaydimi, degan xavotirli öylar miyamga keldi. Bular haqda ammamdan sörardimku-ya, lekin yana onamning jahli çiqib ketadimi deb qörqqanimdan tilimni tişladim.

Otam boşliq tumonat odam momomni qöyib qaytişdi.

Darvoza oldida yana bir dunyo odam yiğilib qoldi. Erkaklar tizilgança çökkalab ötirdi. Oqsalla çol Öljavoy palağda degan qöşnimizning Omontoy ismli men tengi bolasi ölib qolganida mulla Xurram aytgan qöşiqni ayta boşladi:

– Auzibillohi minaş şaytonir rojiym. Bismillohir rohmanir rohiym. Alhamdulillahir robbil olamiyn. Ar rohmanir rohiym. Maliki yavmid-diyn…

Bu qöşiqni ilgari tong saharlab uyğonib ketgan paytlarimda köp eşitganman. Momom xirgoyi qilardi. Ammo u ora-orada ötirib-turib, çökkalab, boşini yerga qöyib maşq qilib olar va yana qöşiğini davom ettirardi. Öşanda bu qöşiqni yodlab olganim uçun odamlarga men ham buni bilişimni körsatib qöygim keldi-da, oq sallali sersoqol çolga qöşilib aytaverdim:

– Iyyaka na’budu va iyyaka nasta’iyn. Ihdinos sirotol mustaqiym. Sirotol loziyna an’amta alayhim ğoyril mağzubi alayhim valazzolliyn…

Ayrim odamlar hayratlanib, qoyil qolib qarab qöyişdi menga. Aftidan, şunday oson qöşiqni ular bilişmasdi. Bölmasa, şuni aytişga ham manovi oq sallali çolni olib kelişarmidi?!

Onam bilan otam öşa yerda qoldi.

Akam ikkovimiz maşinaga çiqib, uyga qaytdik. Şunday qilib, qişloqda jöralarimdan heç birini körmadim, momomning qölidan “paxtapalov” ham yemadim.

Uç kundan söng otam bilan onam uyga kelişdi.

Yana uç-tört kundan söng qişloqqa borib­-keldilar. U yerda nima qilişdi, bilmayman.

Otam ham, onam ham kamgap bölib qolişgandi. Akam endi huda-behuda gapiravermas, ota-onam buyurmasdan turib, hamma işlarni saranjom qilib qöyayotgandi. Ular aytgan işni menga buyurib, özi yallo qilib yuradigan akamizga aql kirib qolganidan xursand edim. Bitta momom ölganiga şunça özgardi, agar şaharlik momom ham ölsa, menga maza bölarkan-da, deb öylardim. Mayli, u ham ölib qolar…

Kuz kelişi bilan maktabga çiqa boşla­dim. Örtoqlarim bilan andarmon bölib, ötgan voqealar esimdan çiqib ketibdi.

Ota-onam ança özlariga kelişgan, akam esa allaqaçon avvalgi holiga qaytgandi. Har-har zamon otam dasturxon ustida momom haqida gapirib qolar, onam uning tugunça töldirib bizni körgani kelganlarini bot-bot eslar, akam qişloqda yaşagan paytimizda momom bilan bölgan hangomalarni aytib berib, hammamizni kuldirardi.

Qişloqda yaşagan paytlarimizni eslasam, yuragim hapriqib ketadi.

Momom biz bilan devor-darmiyon hamsoya bölib, örtadan ötib-qaytişga yöl qilingan, biz momomning hovlisiga, momom bizning hovlimizga borib-kelaverardik.

Köpinça otamning jöralari uyimizda töplanişar, ötgan-ketgandan, har xil jang-jadallardan, Boris amaki bilan Bill toğa­ning qilayotgan işlaridan gaplaşib ötirişar, qip-qizil şişalarni ketma-ket böşatişar edi. Gap Xayyom boboga kelib taqalganida otam yarim piyola qirmizi içimlikni oldimga surib qöyib:

– Qani, öğlim, keça yodlagan şe’ringni amakilaringga aytib ber-çi! – derdi yelkamga yengilgina şapatilab.

Men avvaliga uyalganday bölib, taniş qi­yofalarga bir-bir qarab çiqaman, söng közim bilan yer çizib, konfet qoğozini öynab ötira­veraman.

– Agar şe’r aytib bersang, mana şu senga! – deydi otam piyolani körsatib.

Bu içimlikni ötirganlar nega yaxşi körib içişlarini bilmasdim-u, ammo bir içib körişga qiziqqanim rost. Şuning uçun közimni yerdan uzmay otamning oğzidan eşi­tib yodlab olgan şe’rimni tez-tez aytaman:

– Kimningki bor bölsa bir burda noni,

Öziga yaraşa uy-oşiyoni,

Na birov unga qul, na u birovga,

Ayt, şod yaşayversin, xuşdir zamoni!

Ötirganlar tizzalariga şapatlab: “Dod!” deb yuboradilar.

Otam haligi piyolani qölimga tutqazadi. Men uni xuddi otam kabi bir kötarişda yutib yuboraman-da, tomoğimni kuydirib ötgan içimlik tanamga qanday yoyilib borayotganini his qilib turaman.

Otam yana yarim piyola quyadi-da, oldimga qöyib:

– Yana bitta! – deydi.

– Yana bitta bölsin! – deyişadi otamning jöralari ham.

Endi yodimdan biroz kötarilgan şe’rlar ham quyilib kelaveradi:

– Qazo çavgonida koptokdek nuqul

Çap-u öng yumala, dema noma’qul.

Seni yumalaşga solgan kim bölsa,

U bilgay, u bilgay, u bilgaydir, ul!

Yana hammasi qiyqirib yuboradi.

– Yana-yana! – deyişadi birvarakayiga.

Oldimdagi yarim piyolani böşataman-da, endi qiyqiriqlar-u “yana-yana”larga qarab ötirmay, yarim piyolamni sipqoraman va şe’r aytaman:

– Bir qölda Qurʼon-u bittasida jom,

Ba’zida halolmiz, ba’zida harom.

Firuza gumbazli osmon ostida

Na çin musulmonmiz, na kofir tamom.

Ötirganlar çinakamiga dodlab yuboradilar. “yetar, bas!” – deyişsayam aytaveraman:

– Keksa, yoş – hayotga har kimki yetar,

Hammasi izma-iz, birma-bir ötar.

Bu dunyo heç kimga qolmas abadiy,

Ketdilar, ketamiz, kelişar, ketar.

Kap-katta erkaklarning közlarida yoş aylanganini körib, zavqim toşadi. Zör işni döndirib qöygandek, bir çetida böş şişalar qalaşib qolgan dasturxon atrofida ötirgança qip-qizil yuzlariga tabassum yo­yilib, menga allaqanday mehr va havas bilan termilib turgan amakilarga bir-bir qarab ola­man. Otamning aytişini kutmay piyolani böşatayotganimda sopol la’lida buği çiqib turgan göşt qovurdoqni kötarib onam kirib keladi. La’lini otamga berarkan:

– Özlariz-ku, mayli, bolaga içirmanglar şu savil qolgurni! – deydi-da, menga “Hozir göş­tingni yeyman!” deganday qaraydi: – Qani, tez çiq-çi taşqariga!

Qörqqanimdan şap örnimdan turib, hovliga otilaman. Şunda eşik yonidagi eski kursida ötirgan momomga közim tuşadi. Uning közlaridan duv-duv yoş oqayotgan böladi.

– Nimaga yiğlayapsiz, momo? – deyman yoniga borib, çönqayib ötirib olarkanman. – Kim xafa qildi sizni?

– Nimalar deganingni özing tuşunganingda edi, – deydi momom römoli uçi bilan köz yoşlarini artib. Söng meni tizzasiga olib, mahkam quçoqlaydi, közlarimdan öpadi. – Xuddi bo­bosining özi-ya! Qoraközim özimni! – deydi ikki yuzimni toşday qattiq kaftlari orasiga olib.

Men kulaman.

Içkaridan onam böş şişalar va pi­yoz pöçoği töla taqsimça kötarib çiqib keladi. Momomning qöynidaligim uçun indamaydi-da, bir öqrayib qarab, oşxonaga ötib ketadi. Oçiq qolgan eşikdan otamning jöralaridan birovining “Çuq-çuq! Köz tegmasin! Zap öğling bor-da!” degani, otamning “Bobosiga tortgan-da. Xudorahmati otam ham uç keçalab “Şohnoma”ni yoddan aytib berardilar. Likopça çertib qöşiq aytganlarini bir körsangizlar edi!” deya çuqur nafas olib çiqargani eşitiladi.

– Otang ötib qolganida neçinçi sinfda edik? – deydi jöralaridan birovi.

– Yettinçida, – deydi otam.

– Şunday odamlaram ötdi-yey! – deydi yana kimdir.

Jimib qolişadi.

Otamning ğamgin nigohlarini papiros tutunidan sarğaygan şiftga qadagança, bolalarni olib Toşkentga ketib qolgan momomni körgani kelgan bobom haqida aytgan mungli hikoyasini eslayman. Bobom ammalarim va otam­ga bir dunyo sovğa-salomlar berib, özi tuman markaziga ketibdi öşanda. U yerda hammomga tuşibdi, soç-soqolini tartibga solibdi. Keyin uyga kelib, momomni yoniga ötqizib olgança likopça çertib qöşiqlar aytib beribdi. Söng ozgina dam olayin, deb içkari xonaga kirib ketibdi. Yotgani kirayotib: “Maryam, bolalarni xonaga kiritma!” debdi sekin. Gilam töqiyotgan momom: “Xöp”, deb qöyibdi boşini kötarmay. Şu bilan namozşomda ovqatga çaqirgani kirgan momom şiftning qiyşiq-qinğir bolorlariga tikilgan köyi jon bergan bobomni köribdi. Bu voqea juma kuni bölgan ekan.

Bobom jonini kimga bergani haqida sörayman, deb qarasam, haligina ovunib, köz yoşlarini artgan momom yana yiğlaşga tuşgan böladi. Savolga tutişga botinmayman.

Bu voqealar qişloqda bölgan.

Manavi yarim şahar, yarim qişloqday joyga köçib kelganimizdan söng momom tez-tez biznikiga kelib-ketadigan böldi.

Dasturxon boşidagi yöqlovlarimiz çoğida mening köz oldimdan nuqul momomning yöliga çopib çiqqan köçamiz bolalariga şirinlik ulaşgani xuddi kinoday lip-lip ötadi. Uning uniqqan pistoqi xalati-yu istagan paytda konfetmi, parvardami, şördonami, işqilib, nimadir yegulik topiladigan ikki çöntagi, uçi­ga pul tugib qöyadigan oppoq römoli, yurganda qasir-qusur tovuş çiqaradigan qop-qora toş kalişini eslayman. Uning yöl-yölakay uçragan men tengi bolalarga ham “Assalomalayköm” deb salom berib kelişlari­ni juda-juda soğingandim. Töğri, bu akamga yoqmas, “Nimaga siz kiçkinalargayam salom beruvrasiz, ular sizga salom bersin!” deb uri­şib berardi. Momom esa:

– Iye, bolam, odam ajratib salom beriladimi? Hazrati Muhammadi Mustafoyam birinçi bölib özlari salom bergan ekanlar. Payğambar, katta-kiçikni ajratmay özi salom berganda, men kim bölibmanki, kibr qilsam? – deya uzundan-uzoq hikoyalar aytib berardi.

Men esam bunday narsalarni köpam tu­şunavermas, momomning kelganidan xursand bölib, xuddi qoçib ketadiganday qölidan mahkam uşlab kelaverardim. Çunki momom biznikiga kelganda menga heç kim iş buyurolmasdi. “Meni nabiramga gapirmanglar, özlaring opkelinglar nima kerak bölsa!” derdi u. Maza qilib tizzasida ötiraverardim, şirinlikka töyardim. Hammadan köp meni erkalar, suyar, “Qoraközim, buvasining özi-ya!” deb quçoqlab öpardi.

Bir oy ötgan bölsayam, haligaça momom­ning çindan endi yöqligiga işonmasdim. Işonardimki: u yana bizni körgani keladi! Qölida tugunça. Tugunçaning içi töla şirinlik va piyozpatir-u jizpatir böladi. Şirinlikning eng köpi har galgidek menga!..

Mana, hozir ham oldinda qölini orqaga qilib, bukçayib ketayotgan kampir uyimiz tomonga qarab boryapti. Momomning özginasi! Işonmaysiz, egnida öşa yozgi yengi uzun köylak, qöşkissa xalat, boşida öşa uçi tugik oq römol, qölida öşa tugunça. Aniq, mening momom bu!

Momom sari şunday tez yugurdimki, zum ötmay unga yetib oldim. Ortidan borib, momomning qölidan qattiq uşlab oldim:

– Momojon!

Momom yalt etib qaradi menga.

– Assalomalayköm, – dedi söng bukçaygan qaddini yanada bukib.

Yöq, bu kampir boşqa birovning momosi ekan.

Nima deyişni bilmay tikilib turib qoldim. Bu kampirning közlariyam xuddi momomning közlari kabi çuqur, kirtaygan. Bu kampirning yuzlariniyam momomniki kabi yöl-yöl ajin qoplagan. Bu kampirning qöllariyam qavariq, tomirlari börtib-börtib turibdi. Hayron bölib kulib turişlariyam quyib qöyganday bir xil. Göyo çindan ham bu mening momom-u, ammo negadir meni tanimayotgandi. Nahotki?! E, yöq, allaqanday bir sezgi bilan uning haqiqatan begonaligini his qilardim. Biroq öşa sezgi bilan uning momom ekaniga işonayotgandim. U momom emasdi. Lekin u momom edi.

Kampirning qölini qöyvorib, oq köylagim­ning yengiga burnimni sozlab artdim. Keyin boşimni egib, közimni yerdan uzmay keta boşladim. Kampirning özi gap qöşib meni töxtatdi:

– Menga qara, sen Isavoyning öğlimasmisan?

– Hmm, – dedim sumkamni qölimga olib, qaytadan yelkamga ilarkanman.

– Ha, bolam, momongga öxşatdingmi meni? – dedi kampir jilmayib.

Nima deyişimni bilmay:

– Assalom alekum, – dedim-da, keça Şukufa muallim örgatganday qilib qölimni köksimga qöydim.

– Adaşmabsan, menam momongman-da, bolam, – kampir boşimni silab, peşonamdan öpib qöydi-da, bir hovuç parvarda berdi. – Rahmatli Çumçuq buvaning öğli Halimjon qöşnilaringizmasmi?

Kampir, hoynahoy, Quyon kimligini bilmas, degan xayolda tengdoşimning laqabiga ismini qöşib söradim:

– Rizamat quyonni dadasimi?

Aytgança, Rizamatga quyonyuraklik bobosidan ötgan, deyişadi. Şuning uçun hamma uni Quyon deydi.

– Ha, öşa, – dedi kampir, – Halimjonning kenjasi. Tuşimga kiribdi. Yuragimni ho­vuçlab kelyapman.

Şu lahzada böyi uzun, qorni katta, lekin boşi piyoladay kiçkinagina qöşnimiz, Quyonning otasi Halimjon aka köz oldimga keldi-yu, uni nega Çumçuq buvaning öğli deyişlari esimga tuşib, kulgim qistadi. Aslida, Çumçuq buvaning oti Çumçuq buva bölmagan, Arslonqul bölgan ekan. Uruş boşlanib qolganda hamma yigitlar qatori Ars­lonqulniyam poyezdga solib, frontga olib ketişadi. Qörquvdan tizzalari dir-dir titragan Ars­lonqul boşi-keti yöq ulkan sahroga yetganda öqday uçib ketayotgan poyezddan özini qumga otadi. Buni körganlar frontga yetmay öldi beçora, deya yuzlariga fotiha tortişadi. Ammo Arslonqul ölmay qoladi. Qişloğiga soğ-omon qaytib kelib, uruğ-aymoq­lariga bölgan voqeani aytib beradi. Şunda Farmonqul çöloq degan keksa ovçi: “Ö, çumçuq bölib ket-e!” deydi. Ana şundan beri uning oti Çumçuq ekan.

– Mayli, bora qol, bolam, – dedi kampir qadamimni sanab jim ketayotganimni körib. – Mani yurişimga sani sabring yetarmidi!

Men haliyam şu momom emasmi yo momommi, deb işonib-işonmay qayta-qayta köziga qarardim. U esa meni umuman tanimas, ikki qölini orqasiga qilib qovuştirgança bukçayib, Rizamatlarning uyi tomon kelardi.

Kampirni ortda qoldirib jadallab ketdim.

Uning momom emasligini bilgandim-u, lekin işongim kelmayotgandi. U özimning momom bölişini juda-juda istardim. Biroq buning iloji yöq. Ana şu ilojsizlikni his qilgaç, tomoğimga aççiq bir narsa kelib qadalganday böldi. Yutindim. Iç-içimdan ulkan bir töfon kötarilib kelayotganday tuyuldi. Şoşa-pişa uyimizga kelib, darvozaning darçasini oçayotganimda Rizamatlarning uyiga boyagi kampir kirganini körib qoldim. “Ğalati, haligina mendan orqada qolib ketgandi-ku!” – biroz hayron bölib qarab turdim-da, söng uyga kirasolib kiyimlarimni şapir-şupur almaştirdim. Çoy ham içmay, qöradan qöylarni haydab çiqdim.

– Biron narsa yeb ol! – deya qiçqirib qoldi onam ortimdan.

Indamay qöylarni zovur labiga hayda­dim. Bolalarga qöşilmadim. Uçlari sarğayib qolgan qiltiqli pişagötlar ustiga özimni tappa taşladim-u, öpkam tölib, yiğlab yubordim. Ökirib-ökirib yiğladim. Momomning çindanam ölganiga endi işongandim. Işondim-u, çidolmadim. Çunki endi momom bizni körgani kelmaydi, şirinlik bermaydi, erkalamaydi, biz uni körgani borganimizda “paxtapalov” damlamaydi, jizzali non ham pişirmaydi endi, peşonamdan öpmaydi, “Mani nabiramga gapirma heç qaysing!” demaydi. Şularni öylaganim sari içimda nimadir portlab, közlarimdan yoş bölib çiqib kelaverdi. Yiğlayverdim. Şaharlik momom ham ölişini xohlaganimni eslab, özimni özim sökdim:

– He, jinni, jalojin!..

Birdaniga yiğlaş öğil bolaga yaraşmasli­gini eslab, ilkis boşimni kötardim-u, atrofga alangladim: “Xudoga şukr, heç kim yöq ekan!” Heç kim körmabdi.

Zovurga tuşib, yuzimni yuvib oldim. Keyin bolalar lanka öynayotgan tarafga qöylarni haydadim…

Keçqurun çarçab, uxlay-uxlay deb turganimda otam:

– Tur, tungi sayrga çiqamiz! – deb qoldi.

Menga jon kirdi. Otam bilan keçki sayrga çiqiş degani – maza qilib şokolad yeyiş, muzqaymoqxörlik qiliş degani-da! Şappa turdim. Köçaga çiqdik.

Taniş dökonçidan otam menga muzqay­moq olib berdi. Uni yegunimça dökonçi amaki bilan gurunglaşib ötirişdi. Keyin menga qarab:

– Xohlagan şikalatingni tanla! – dedi otam. – Faqat bitta.

Tanlagan şokoladimni dökonçi amaki olib, oçib berdi. Söng otamga qaradi. Otam:

– Yana ellikta quy! – dedi. – Yetadi.

Dökondan çiqib, atayin aylana köçadan uyga yölni soldik. Keça oydin. Bunday keça­larni momom: “Yerga igna taşlasang köri­nadigan keça”, derdi. Yöl-yölakay otamning yiğlab borayotganini payqab qoldim.

– Dada, sizga nima böldi? Biron joyiz oğriyaptimi? – dedim qörqib.

Şu paytgaça otamning yiğlaganini körmagandim.

Otam yelkamga qölini qöydi:

– Heç kimga aytiş yöq!

Boş qimirlatib: “Xöp”, dedim.

Kunduzi özimning ham ökirib-ökirib yiğlaganimni otamdan sir tutdim. Men sir tu­tişni bilaman. Endi otamning yiğlaganiniyam heç kimga aytmayman.

Öşa notaniş kampir çöntagidan çiqarib bergan parvardalardan bittasini olib oğzimga solganimda otam bir qarab qöydi-yu, qayerdan olganimni söramadi. Balki, onam mehmonga deb anvoyi şirinliklar solib qöyadigan sandiqdan gum “qilgan”, degan gumonga borgandir.

– Momongni tobutini kötarib borayotganimizda, – dedi otam töğriga, böşliqqa termilib borarkan, – bir uya asalari tepamizdan guvillab aylanişib borişdi, onamni qabristongaça kuzatib qöyişdi jonivorlar.

– Momom ularniyam davolagan bölsa ke­rak-da, a?

– Bilmadim. Lekin onamni tuproqqa berib qaytganimizda, asalarilar devorga bir qator bölib tizilişib, asokaşlarni kutib olişdi.

– Ularam yiğladimi keyin?

– Yöq. Ular köz yoşlarini körsatmay yiğlasa kerak.

– Hmm. Menam şunça qaradim, ularning yiğlaganini körmadim lekin.

Yölda Rizamatning otasini uçratdik. U otam bilan hol-ahvol söraşgaç, men bilan qöl taşlaşdi.

– Ha, polvon! – dedi Halimjon aka enkayib, katta qorniga yaraşmagan kiçkina boşini yuzimga yaqin olib kelarkan. – Beşga öqiyapsanmi? Yaşa! Rizamat oşnang isitmalab qoluvdi bugun. Maktabgayam borolmadi. – Halimjon aka qaddini kötarib otamga yuz­landi: – Qaltirab yotibdi deng bola beçora. Yuragim taka-puka böp ketdi. Soliha momoni çaqirtiramizmi deb turuvdik. Qölida bir siri bor-da şu kampirning. Tösatdan özi uyga kirib kelsa böladimi! Rizamatni yelkasiga ikki qoquvdi, bola beş daqiqadan keyin yugurib öynab ketdi. Özimiz bilan özimiz ovora bölibmiz, kampir imi-jimida ketib qolibdi. Keliniz qöymadi. Uyiga borib, kampirni kissasiga beş-tört söm solib kelsam, deb ketayotuvdim.

– Şunday qiling, – dedi otam Halimjon aka bilan qöl olişib xayrlaşarkan. – Yuragida közi bor, deyişadi, bu kampirning. Öşa bilan hamma narsani körib turadi.

– Şunday deng, şunday deng! – qurutdek boşini ikki yonga likillatdi Halimjon aka. Söng katta qornining ustiga qölini qöyib xayrlaşdi: – Mayli, Isa buva, öting uyga.

U şippagini yerga sudragança töpir yölni çangitib yurib ketdi.

– Onamni xurmolariyam uç kunda qurib qoldi, – dedi otam Halimjon akaning ortidan qarab qöyarkan.

– Ularniyam mozorga oborib, kömib kela­sizmi endi? – deya söradim oğzimga yana bitta parvarda solib.

Otam ilkis burilib, ikki bukildi-da, yelkala­rimdan qattiq siqib:

– Qora tunda qora toş ostida örmalagan qora çumolini ham körib turguvçi zotga qasamki, men keça tuşimda körgan ariqlaridan suv emas, asal oqib turgan yam-yaşil boğ onamni bağriga oldi, – deya jilmaydi. Möyla­biga ilaşib qolgan qatra durdek yaltiroq yoş tomçisi qaymoqrang köylagining yoqasiga tuşdi. – U juda çiroyli boğ edi. Ha, juda!

U közlarini olib qoçdi. Yelkamni qöyvorib, qaddini rostladi. Yana oldinga qarab tez-tez keta boşladi.

Anqayib qolaverdim. Uning hozirgina aytgan gaplaridan biror nima tuşungan bölsam, Rohila jögi qopiga solib olib ketsin meni!

Otam ildamlab ketaverdi.

Ortidan öylanib boraverdim.

Endi ta’ziyaxonadagi ayollarning uvvos tortganlarini eslab, şu haqda sörayman deb qarasam, oldinda borayotgan otamning yelkalari bilinar-bilinmas silkinib ketayotgan ekan. Indamadim. Keyin asalarilar özlarining tilida nimalar deb momom bilan xayrlaşişdiykin, deya öyladim. Özimça ularning nimalar deyişganini taxmin qila boşladim. Aytgança, momomning uyi şiftiga uya qurib, har yili tuxum qöyadigan, polaponlarini şu uy tomidan uçiradigan, issiq yoz kunlari hadeb qurillayveradigan musiçalar ham bor edi. Balki, ular ham momomni kuzatgani çiqişgandir. Nega ularga e’tibor bermadim-a? Daraxt şoxlariga qönmay, doim ayvonga kelib tizilişib turadigan somonxona kaptarlari-çi? Nahotki ular çiqmagan bölsa, axir momom ularni bolalardan asrab, somonxonaning eşigidan bizni kirgani qöymas edi-ku! Öçoqboşidagi çumolilar-çi? Bir gal uyasiga suv quyganimda momom meni urişib bergandi. Ular ham rosa yiğlagan bölsa kerak. Bugun uçratgan momom ham qölida siri bor momo ekanmi? Rizamat quyonning kasal bölib yotganini heç kim aytmasayam, özi bilib kelgan Soliha momoni aytaman. Yuragida közi bor, dedimi otam? Quyonning yelkasiga ikki marta qoqib, tuzatib yuboribdimi?! Balki…

Boşimda bir dunyo savol bilan çopqillab otamga yetib oldim:

– Dada-dada!..

2019-yil, Toşkent.

Mansur JUMAYeV

“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822

Obuna haqida

Izohlar

Hozirça izoh yöq. Birinçi bölib fikringizni yozing.

Siz nima deysiz?

Izoh tahririyat körib çiqqaç, eʼlon qilinadi.

Şu ruknda köp öqilganlar

Barçasi (258)

Suv. Hikoya

– Öz oyoği bilan jildirabgina kelmagan suv suvlik qiladimi?! Ketaman bu Cahroyi kabirdan… ketama-an-n! Dilşod şunday deya örnidan sapçib turdi-yu, derazadan taşqariga termildi. U avval hovlisidagi qovjirab qolgan…

“Eynşteyn jumboği”

Dekabrning asov şamoli tun bağrida özini har yonga urib, böriday uvillaydi. Uylar ham sovuqdan junjikkanday bağridagi çiroqlarini öçirib, şamolga jör bölib, qoranği tun vajohatini yanada orttiradi. Biroq şu imoratlar…

Uluğbek Hamdam. Yöl (falsafiy roman

Men bir ojiz tomçiman, ammo yuragimda ummon soğinçi yaşaydi. Mavlono Rumiy TUŞDAN OLDINGI VOQEA Ovoz keldi! Ovo-o-oz!.. Eşityapsizmi, ğoyibdan bir ovoz keldi! Dunyolarni töldirib emas, yöq, balki yöl kabi uzun, yöl kabi…