6 daqiqada öqiladi

252 marta körilgan

Qozoq masallaridan

Tuya

Tuya avval juda çiroyli körinişda bölgan. Uning tarvaqaylagan şoxi va qalin junli dumi bor ekan. Bir kuni u çanqoğini qondiriş uçun daryo oldiga kelibdi. Suv içgan sayin öziga mahliyo bölarmiş. Şu çoq uning yoniga yugurib kelgan kiyik:

– Marhamatli tuya, men bugun mehmonga bormoqçi edim. Şoxingizni bir keçaga berib turing, – debdi.

Tuya unga şoxini berib yuboribdi.

Şu davrlarda ot dumsiz bölgan ekan. Şu­ning uçun u ham tuyani oldiga kelib, uzun va yaltirab turgan dumini bir kunga berib turişini iltimos qilibdi. Tuya dumini ham beribdi.

Oradan köp yillar ötib ketdi. Şu paytgaça tuyaning şoxi va dumini olganlar qaytarib be­rişmabdi. Bu haqda kiyikka eslatgan ekan, u:

– Qaçon duming ösib yerga tegsa, şoxingni qaytarib beraman, – debdi.

Ot ham unga şunday javob qaytaribdi:

– Dumingni şoxing ösib çiqqan kuni olasan.

Şuning uçun bölsa kerak, tuya daryoga suv içkani borsa, atrofga tez-tez alanglab qarar, özidan qarzi borlarni kutib yaşarkan.

 

BÖRI TAŞLANGAN TOĞ

Qaçonlardir Tarbaq ata toğlarining öngirlarida haybatli bir ayol eçkilarini boqib, junidan kiyim-keçaklar töqib kun keçirgan ekan. U köpinça baland Tarbaq ata toğida yastanib ötirgan çoğida uning ikki oyoği kiçik Tarbaq ata toğining ustida turarkan.

Kunlarning birida uning podasiga böri hujum qilibdi. Buni körgan ayol böri tomonga jun yigirayotgan urçuğini uloq­tiribdi. Urçuğ Sari Dalaga borib tuşib, u yerda abadiy qolib ketibdi. Şundanmi, şimoliy Tarbaq ata va janubiy Qalbin toğlari örtasidagi tekislik – Sariq Dala hamda ular örtasida ösib çiqqan toğ “Böriga taşlangan” deb ataladigan böpti.

ILI va QORATOL

Balxaş sehrgarining Ili ismli gözal qizi bölib, uning dovruği butun çöl-biyobonga yoyilgan ekan. Unga uylaniş istagida bölgan barça badavlat boylar-u xonlarning saʼy-harakati behuda ketibdi. Qizning husn– tarovati oldida ular heç kim emas ekan.

Şunda Balxaş kuyovlikka daʼvogarlar uçun musobaqa uyuştirişga qaror qilibdi: – Kim aqlli, çaqqon va kuçli bölsa, öşa Iliga uylanadi.

Bu haqida Qoratol ham eşitibdi. Yigit juda faqir bölsa-da, ikkita uçqur va abjir, kuçli va qörqmas oti bor ekan. Qoratol ham öz baxtini sinab köriş uçun sehrgar saroyiga yöl olibdi.

Balxaş esa bu kambağal yigit bilan gaplaşişni ham istamabdi. Ili bölsa yigitni bir körişdayoq yoqtirib qolibdi va otasidan unga musobaqalarda qatnaşişga ruxsat be­rişini sörabdi.

Qoratol boyvaççalar va xonlar iştirok etgan kuraş va poygada qatnaşib, ğolib bölibdi. Ammo Balxaş öz vaʼdasida turmabdi. Beçorahol yigitni kuyov qilişga or qilibdi.

Gözallikda tengi yöq qiz kun böyi yiğlabdi. Keçasi esa uning odiga Qoratol kelib, öz taklifini aytibdi:

– Agar meni sevsang, qoçişimiz kerak!

Ili bu taklifni jon deb qabul qilibdi. Ular şu keçadayoq Qoratolning uçqur otiga mingaşib uzoq yerlarga ketişibdi.

Qizini qoçib ketganidan xabar topgan Balxaş ğazab bilan çöl momoguldiragidan ham kuçli va dağdağali ovozda ularning bu yöldan qaytişini talab qilibdi. Ili bilan Qoratol esa ortga qaytişni istaşmabdi. Ular Qoratol yaşaydigan ovul tomon yöl olişibdi. Şunda sehrgar çölga çiqib qoçoqlar otining oyoq­lari ostida ulkan kölga aylanibdi. Bu köl şu davrlardan boşlab Balxaş deya ataladi. Ili bilan Qatortolni esa sehrgar şu kölning turli tomoniga şovullab quyiladigan daryolarga aylantirib qöyibdi. Ular bir neça asrdirki behuda bölsa-da, bir-birlariga yetişiş istagida entikib,tölqinlanib oqib yotibdi.

KEKSA KUYÇI

Uzoq ötmişda bir xon yaşagan ekan. Uni­ng ov qilişni yaxşi köradigan yakka-yolğiz öğli bor ekan. Kunlarning birida bola kulonlar ötlab yuradigan köl yoniga kelibdi. Ovçi kamonidan uzilgan öq kulonlar­ning biriga tegibdi. Bundan talvasaga tuşgan boşqa kulonlar podasi qoçayotib, ovçi bolani oyoqlari ostida toptab taşlabdi.

Xon farzandi ovdan qaytmagani uçun xavotir ola boşlabdi. U öğlini izlab topişga buyruq berib: “Agar kim öğlimni ölgani haqida xabar keltirib, könglimni tinçitmoqçi bölsa, men uning quloqlariga qaynatilgan qörğoşin quyaman”, – deya ogohlantiribdi.

Bunday şum xabarni xonga yetkazişga heç kimning haddi siğmabdi. Faqat keksa kuyçi Kör Böğagina dömbirasi bilan qöşiq aytib, bu holni bayon qilişga jazm qilibdi.

Dono çol xon huzuriga kelib kuylay boşlabdi: “Yarador kulon toqqa qoçib ketdi. Ovda öğling Jöçixonni kuni bitdi..”.

Xon bu xabarni eşitib keksa kuyçiga öşqirdi: “Ovozini öçir dömbirangni! Eşi­tişni istamayman qöşiğingni! Quloğingga qörğoşin quyaman!”

Keksa Kör Böğa bu gapga ham javob topdi: “Agar bu işni adolat yuzasidan qilmoqçi bölsang, unda qörğoşinni dömbiramga quy! Agar qaysarlik otiga mingan bölsang – quloğimga”.

Xon dömbirada öyiq hosil qilib, unga qaynab turgan qörğoşinni ağdaribdi.

Öşa voqea sababmi, şundan buyon dömbiraning bağrini öyişadi.

QOPLON POLVON va IKKI QOP

Qoplon polvon şunday kuç-qudratga ega bölganki, hatto börilarni ham xuddi muşukdek devordan nariga irğitib yuboraverarkan. Aytişlariça, u yana bizning ölkalarda paydo bölibdi. Bir kuni polvon uzoq tomonlarga köçib ketayotib qabriston yonida ötirgan bir ayolni körib qolibdi. Uning oyoği oldida oğzi mahkam boğlangan ikkita qop ham turgan emiş. Bittasi kiçik, ikkinçisi undan uç barmoq kattaroq, uç barmoq balandroq ekan. Qoplonning horib turgan ayolga rahmi kelib, otini töxtatibdi:

– Xohlasang, mindirib ketay! Qoplarni esa egarga öngarib olamiz.

– U otidan sakrab tuşib ikki barmoği bilan kiçikroq qopni kötaribdi. Qop xuddi yerdan ösib çiqqandek, joyidan sira qözğalmabdi. U uç barmoğini işga solgan ekan, sal siljibdi. Bir qöli bilan kötargan çoğida qop yerdan ozgina uzilibdi. Ikkinçi qopni esa ikkala qöli bilan zörğa kötaribdi-yu, qattiq zöriqişdan tizzasigaça yerga botib ketibdi. Şunda u peşonasidan oqayotgan terni artib:

– Mana buni qop desa böladi! Bularning oldida temir parday yengil. Qopingda nima bor özi? – debdi.

– Non! – javob beribdi ayol. Birinçisida ötgan yilgi hosil. Ikkinçisida şu yilgisi.

– Ikkinçi qop juda oğir ekan.

– Hosil möl böldi.

– Yil yaxşi kelgandir-da?

– Suv köp keldi, – deya ayol öng tomoniga işora qilibdi. Qoplon polvon özaniga siğmay oqayotgan keng daryoni körib közlariga işonmabdi: “Sarisuv bu yoqqa burilib oqayotgan ekan-da!”. Biroq uning oldidan Sarisuv daryosi emas, botirlar tomonidan qazilgan yangi kanal suvi oqayotgani keksa Qoplonning xayoliga ham kelmabdi.

ISSIQKÖL

Qadim zamonlarda bu yerlarda tevaragi toğlar bilan öralgan boy-badavlat şaharlar bölgan. Aholi içimlik suvini yerosti suv havzalaridan olişar, ularning kaliti tarki dunyo qilgan kişida saqlanar ekan. Kimga qaçon kalit kerak bölsa, undan olişib, suvni berkitib turgan qopqoqni oçişar va suv olgaç kalitni yana unga qaytarib berişar ekan.

Bir safar kalitni qiz bola olibdi. U sevgilisi bilan suv havzasi yonida uçraşiş niya­tida ekan. Tasodifan u kalitni suvga tuşirib yuboribdi va qörqqanidan qoçib qolibdi. Suv esa otilib çiqaveribdi, çiqaveribdi. Butun şaharni suv bosib, uning örnida katta köl paydo bölibdi. Kölning tubida qolgan şaharlar hozir ham körinib turadi.

Toşpölat Tugalov tayyorladi.

“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822

Obuna haqida

Izohlar

Hozirça izoh yöq. Birinçi bölib fikringizni yozing.

Siz nima deysiz?

Izoh tahririyat körib çiqqaç, eʼlon qilinadi.

Şu ruknda köp öqilganlar

Barçasi (164)