8 daqiqada öqiladi

486 marta körilgan

Tabib. Hikoya

Muyassar Tilovova

Ikki yil ketma-ket qurğoqçilikdan keyin kelgan bahor juda seryomğir boşlandi. Qiş böyi ustma-ust yoqqan qor hali töla erimagan, suvga töygan yer jalalarni singdirolmay köça boşidan oxiriga qadar katta kölmak ostida yotar, halqobga siğmagani quyiroq joy topib özini pastlikka urardi. Odamlar loy keçib köçaga çiqmas, tirikçilik yumuşlarini ham tezroq yakunlab panaga şoşardi. Bu jalada nima qilsin?! Dehqon uruğini qadolmaydi, çöpon molini toqqa olib borolmaydi. Qişloq şalabbo odamday söppayib qolgan.

Öşa köklamning boşida onamizdan ajradik. Otam betobla­nib yotib qoldilar. Ikki qiz ham pastdagi qişloqqa uzatilib ketgandik. Bir-biriga suyanib örgangan otam onamdan keyin çökib qoldi. Keksa kişini şu holida taşlab ketolmadim. Yoş bolalarim bilan otamnikida qoldim. Uyimga olib ketay desam, unamadilar. Örgangan uyi, uning ustiga kuyovinikida turişni istamadi. Singlim onamning maʼrakalaridan keyin uyiga ketdi. Bitta xonada peçka yoqamiz. Baʼzan bolalarimning xarxaşasi qari otamning tinçini buzsa, u kişidan öpkalab qöyaman.

– Biznikiga ketavermadingiz-da, bular uyni begona qilyapti. Nimasiga tortinasiz, ota?

Otam indamaydilar. U kişi tabiatan oğir, vazmin odam. Gapini yaxşilab öylab, keyin gapiradi. Özimizning qişloq tugul atrof qişloqdagilar ham qöli yengil tabib bölgani uçun hurmatlaşadi. Oddiy xalq xat-savod nimaligini bilmagan zamonlarda otam şaharga borib şu ilmni örganib kelgan. Qança odam u kişining qöllaridan şifo topgan.

– Qöy, qizim, namçil payt bölsa, kasal köp, – deydilar nihoyat uzoq jimlikdan keyin. – Mensiz odamlar qiynaladi, birov oğrisa, şaharga olib borib böladimi hozir? Toğ yöli buzilib yotibdi. Ot-arava yurolmaydi.

– Ey, özingiz kasalsiz-ku. Şu holingizdayam odamlar deysiz.

– Bizdan qolari faqat amallarimiz, bolam.

Bir hisobda otamning gapida jon bor. Yotib qolmasidan oldin uydan odam qanday arimasa, hozir ham xuddi şunday. Faqat ilgari kasallar kelsa, endi yöqlab, tabibning holidan xabar olgani kelişadi. Hamma tuzalib ketsin deb duo qiladi. Otamning yillar ajin solgan yuzlariga, dam-badam yoşlanadigan qisiq közlariga, oppoq soqoliga qararkanman, umrini odamlar deb yaşayotgan çinakam insonga ham qarilik, kasallik soya solganiga, quvvatini tortib olganiga açinaman. Tabiat barçaga birday – sen yaxşi, sen yomon deb ajratib ötirmaydi. Öz işini qilaveradi.

Öşa tun yomğir çunonam quydi. Bolalar va otam uxla­gan. Mening esa közimga uyqu ilinmaydi. Yomğirning şarros ovoziga qöşilib pişqirayotgan soyning şovullaşiga quloq solib yotibman. Neça kunki soy sel suvidan şunday naʼra tortadi. Qişloqdan ança pastda oqayotganiga qaramay, ovozi vahimaga soladi. Odamlarning aytişiça, özanidan toshib, atrofidagi yerlarni yuvib oqayotganmiş. Vahima bosgan bunday tunlar juda uzoqday tuyuladi. Xuddi boşqa tong otib, quyoş çiqmaydiganday. Ustiga-ustak turmuşni öylayman. Otamnikida qaçongaça qolaman? Erim bu yerga kelmasa, otam menikiga bormasa? Kasalmand odamni öz holiga taşlab ketsam, insofdan bölmas. Agar otamga bir nima bölsa, keyin özimni keçirolmayman. Otalar bekorga xudodan öğil söraşmas ekan, qariganimda yonimda, tirgagim böladi deyişsa kerak-da. Qizlarning yöriği boşqa. Birovning izmida ular.

Xayollar bilan qaçon uxlab qolganimni bilmayman. Otamning ovozidan uyğonib ketdim.

– Qizim, tur, kimdir ça­qirayotganga öxşaydi.

Xona qop-qoronği, tong yorişmagan körinadi. Uyning sovuqligidan etim junjikdi. Yomğir haliyam tinmagan. Namdan şişgan taxta dariçani kimdir qattiq uradi. Erkak kişining ovozi, otamni çaqiryapti. Moyçiroqni yoqdim. Eski paxta çoponga öranib taşqariga çiqdim. Atrof köl-köl suv. Tört sakrasa, yetkulik joyga borgunimça kalişim suvga töldi. Eşikni oçişim bilan kimnidir opiçlab olgan erkak kişi şitob bilan özini hovliga urdi.

– Tabib qayerda, qani tabib?!

Vahimali ovozi böğilib, uy tomon yugura boşladi. Şundagina u kişini tanidim. Bizdan yuqoriroqda turadigan Xolmirza qöşçi ekan. Allamahalda kimi oğrib qoldiykan?

– Otam içkarida, çiroq yongan uyda.

Xolmirza qöşçi gapimni eşitmadi ham. Sirpançiq yölakdan şitob bilan uy tomon yugurdi. Eşikni oyoği bilan turtib oçib, içkariga otildi.

– Tabibjon, bolam ölib qoladi! Yordam bering bizga. Yordam bering!

Erkak kişining yiği aralaş ovozini eşitib, böğzimga bir nima tiqilganday böldi. Otam bemor kelganini sezib, chiroqni yoniga olib, tayyorlanib turgan ekan.

– Kel, kel, qani, yotqiz-çi.

– Ikki kundan beri ahvol şu, – qöşnimiz körpaga öralgan bolasini yerga qöydi, yuzidagi yopinçiqni oldi. – Öqçigani öqçigan, heç narsa yegani yöq. Hatto gapirişga kuçi yetmayapti. Butun badani muzday.

Bor umidini otamga tikkan qöşçi möltiraydi, yiğisini sezdirmay deb dam-badam şalabbo soçlarini höl yenglari bilan artadi.

– Chiroqni yaqinlaştir, yaxşi körinmayapti.

Otam aytganday bolaning yuziga tutdim chiroqni. Qizçaning ahvolini körib yuragim açişdi. Yuzidan rang qoçgan, közlari kirtayib içiga çökkan. Holsizlikdan bemaʼno boqib turibdi.

– Xolmirza, qöllarini körsat-çi.

Qöşçi şoşib qalin körpadan qizining qöllarini çiqardi. Qizning qölçalari suvsizlanib, terisi xuddi kir yuvgan ayolning qöllariday bu­rişib ketgandi.

– Tabib, kasali nima ekan bolamning? Davolaysiz-a?

Xolmirza iltijoli közlarini otamga jovdiratdi.

– Nimaga şaharga olib bormading?

– Hali eşitmadingizmi? Sel soydagi köprik­ni olib ketdi. Endi suv qurib, yangi köprik qu­rilmaguniça pastga tuşiş yöq. Sizning kasal ekaningizni bilaman. Lekin boşqa imkonimiz yöq edi, ötinaman sizdan, biror emini qiling.

Xolmirzaning ovozidan tönğiçim uyğonib, ğingşiy boşladi. Uni ovutgani ötdim.

– Qizingni alohida qilasan. Issiq örab, qusib taşlasa ham, iliq suv içiraver. Badani suvsiz­lanibdi. Boşqalar unga yaqinlaşmasin. Yuqişi mumkin.

Otam negadir gapni qisqa qildi. Qizçaga qölini ham tekkizmadi. Şunday mehribon odamning sovuqqonligini birinçi marta körişim edi.

– Tabib buva, heç nima qilmaysizmi? – Xolmirza yiğlamsirab gapirdi. – Ölib qoladi-ku.

– Duo qil, qöşçi, duo qil. Menda heç qan­day dori yöq. Kuçli bölsa, şifo topib ketadi. Lekin juda ehtiyot böl. Boşqa bolalaringni yaqinlaştirma unga.

– Unday demang, tabib buva, qizim pesmidi, moxovmidi unga yaqinlaşmasak?

– Sening foydangni öylab gapiryapman. Şaharga olib tuşganing bilan keç qolmadingmi deb qörqaman. Endi qizingni olib ket.

– Sizdan umid qilib kelgandim, – qöşnimiz zorlana boşladi. – Haydamang, uni davolang.

– Ket, ketaqol, Xolmirza. Öz uyingda bölgani yaxşi.

Otam gapini tugatib, teskari burildi.

Bir tomondan imkonsizlikdan, ikkinçi tomondan ğazabi toşgan Xolmirza boşini çangalladi. Majolsiz ingrab qöyayotgan bolasiga qaraydi, otamga qaraydi. Biror najot yöq. Oxiri, qizini körpaga örab dast kötardi-da jadallab uydan çiqib ketdi.

Qöşnimiz ketgaç, bolamni quçoqlab turganimni körgan otam:

– Qöy bolangni, borib qöllaringni tozalab yuv, – dedi.

Tuşunmadim. Ha deganda örnimdan turavermaganimdan keyin ovozini balandlatdi:

– Eşitmadingmi? Qölingni yuv dedim.

Çöyan peçka ustidagi çoygumni oldim. Qöllarimni yuvyapman-u, nega bunday qilayotganimni bilmayman. Uyga kirganimdan söng ham otamdan sababini söraşga botinolmadim. Özlari gap oçişini kutib, jim ötiraverdim.

Moyçiroqqa qarab soqolini öyçan silarkan otam, çuqur uh tortdi.

– Işqilib adaşgan bölay-da.

– Kasali oğir ekanmi?

– Yuqumli kasallikka öxşaydi. Unga davo yöq. Bu­ning ustiga yuqumli. Agar şunday bölsa, xudo körsatmasin…

Yuragim şuv etdi. Bekorga qölingni tozala demagan ekan.

– Balki, bunday emasdir, ota.

– Işqilib, aytganing kelsin. Aniği erta-indin bilinib qoladi.

Otam chiroqni öçirib, yana joyiga çözildi. Men ham yotdim. Lekin uxlolmadim, otamning ham uyğoqligini sezib yotardim.

Yomğir tuşga yaqin tindi. Toş qalangan devordan kiçikroq toşlarni olib, kölmak ustida yölakça qilayotganimda qöşnimiz Maysara opa çiqdi.

– Yaxşimisan, singiljon, tabib bovamiz bardammi?

– Yaxşi opa, şukr. Keling, uyga kiramiz.

– Ey, yöq, Xolmirzanikiga janozaga çiqyapmiz. Tongda qizçasi ötib qolibdi.

– Nima?! – dedim hang-mang bölib. – Şunçalik tezmi?

Maysara opa gapimni eşitib yoqasini uşladi.

– Bu nima deganing? Yoş, soppa-soğ qizça edi. Tösatdan ölib qolibdi. Ajal-da, ajal, xotiniyam kasal emiş şörlikning. Bolasiga kuyayotgan-da.

– Gödakka açinganimdan şunday deb yubordim, opa. Men hozir, otamdan söray.

Oyoğimdan jon ketgan, qöllarim titraydi. Xayolimda bemor qizçaning közlari. Ularning maʼnisiz boqib turişi. Ey xudoyim, umr şunçalik qisqa ekan-da? Eşikkaça qanday yetib keldim, bilmayman.

Uxlayotgan bolalar uyğonib ketmasin deb sekin çaqirdim.

– Ota, ota.

Xaltaçalardagi qandaydir giyohlar, dorilarni titkilayotgan otam menga qaradi.

– Ertalabki qizça ölib qolibdi. Onasiyam kasal emiş.

– Xolmirzaning qizimi? Köp yaşolmasligi maʼlum edi, bolam. Lekin buyoği nima bölişidan qörqaman men.

– Maysara opa janozaga boraylik deb kelibdi.

Şu çoqqaça xotirjam gapirayotgan otam ilkis boşini kötardi.

– Odamlar töplanayaptimikan?

– Ha janoza-ku bu axir.

– Janoza bölsa nima? Yuqumli kasal bu. Xolmirzaning xotiniga yuqqan bölsa, boşqalargayam yuqadi. Suvdan, narsalardan ötadi.

Asabiylaşganida boşlari xiyol saraklaydigan otam öziga öxşamagan dadillik bilan örnidan turdi.

– Özim borişim kerak Xolmirzanikiga. Ki­yimlarimni ber.

– Siz qanday borasiz? Hamma yoq loy, yurolmaysiz. Buning ustiga kasalsiz.

– Odamlarni davolay olmayman. Çunki bu dardning davosi yöq. Heç bölmasa, bir-biriga yuqtirişiga yöl qöymayman.

– Bormaysiz, ota. Sizni şu holingizda yubormayman.

– Menga nima bölsa-bölar. Yoşimni yaşab bölganman. Çakmonni, kalişni ber.

Qarşilik qilişim befoyda. Muloyim köringan otam, aslida, uşlagan joyidan kesadiganlar xilidan.

– Men ham siz bilan boraman. Bir özingizni jönatolmayman.

– Bolalaring-çi?

– Maysara opa qarab turadi qaytgunimizça.

Egik qadlarining oğirini hassaga taşlab, şilta yöldan sekin odimlayotgan otamning qöllari qaltiraydi. Munkib ketmay deb hassani mahkamroq çangallaydi. Bir yonidan kiray desam, unamadi. Qöşçining köçasiga qayrildik, butun qişloq öşa yerda ekan. Otam biroz töxtab, közlarini qisib osmonga tikildi. Oq parqu bulutli musaffo osmon. Haroratsiz bölsayam, quyoş yiltillab turibdi.

– Aksiga olib yomğirniyam tinib qolganini-çi. Yoğib turganida bunça odam kelmasdi.

– Unday demang, ota. Janoza rasmimiz-da. Töyda yiğilmasayam janozada keladi hamma. Tağin Xolmirza akagami, Töra mullagami bu gapni gapirib yurmang. Miyiğida tuşuntiring.

Tabib keldi deb odamlar izzatlaşsayam, otam hovlidagilarning heç biri bilan söraşmadi. Uy tomon yurdi. Ostonada qöşçiga röbaru keldik. Yiğidan közlari qizarib, şişib ketgan Xolmirza oldida bir tutam bölib turgan otamga qattiq tikildi. Kipriksiz qöy közlarida norozilik, alam bor edi. Otam bu qaraşga eʼtibor ham qilgani yöq.

– Bandalik, Xolmirza. Sabr bersin xudo senga.

– Kasalsiz, tabib buva, kelmasangiz ham sizdan gina qilmasdik.

Kesatiqli, aççiq gaplarni parvoyiga keltirmagan qariya gapida davom etdi:

– Xotiningning ahvoli qanday, qizingdagi belgilar bormi?

Qöşçi olov ustiga sepilgan moydan jizillab ketdi.

(Davomini 2021/5-sonda öqiysiz)

Muyassar TILOVOVA

 

1990-yili tuğilgan.

Özbekiston Milliy universiteti özbek filologiyasi fakultetida tahsil olgan.

Özbekiston Yozuvçilar uyuş­masi “Ijod” jamoat fondi tomonidan “Birinçi kitobim” loyihasida

“Burgutlar” nomli kitobi naşr etilgan.

“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822

Obuna haqida

Izohlar

Hozirça izoh yöq. Birinçi bölib fikringizni yozing.

Siz nima deysiz?

Izoh tahririyat körib çiqqaç, eʼlon qilinadi.

Şu ruknda köp öqilganlar

Barçasi (258)

Suv. Hikoya

– Öz oyoği bilan jildirabgina kelmagan suv suvlik qiladimi?! Ketaman bu Cahroyi kabirdan… ketama-an-n! Dilşod şunday deya örnidan sapçib turdi-yu, derazadan taşqariga termildi. U avval hovlisidagi qovjirab qolgan…

“Eynşteyn jumboği”

Dekabrning asov şamoli tun bağrida özini har yonga urib, böriday uvillaydi. Uylar ham sovuqdan junjikkanday bağridagi çiroqlarini öçirib, şamolga jör bölib, qoranği tun vajohatini yanada orttiradi. Biroq şu imoratlar…

Uluğbek Hamdam. Yöl (falsafiy roman

Men bir ojiz tomçiman, ammo yuragimda ummon soğinçi yaşaydi. Mavlono Rumiy TUŞDAN OLDINGI VOQEA Ovoz keldi! Ovo-o-oz!.. Eşityapsizmi, ğoyibdan bir ovoz keldi! Dunyolarni töldirib emas, yöq, balki yöl kabi uzun, yöl kabi…