10 daqiqada öqiladi

384 marta körilgan

Muharrir tavsiyasi

Muharrir tavsiyasi

Nazar jildga solingan qölyozmani qöltiqlab, dilida ulkan bir faxr bilan naşriyot binosiga kirib bordi. U boş muharrirga özini taniştirib, unga jildni topşirar ekan, özini yelkasidan toğ ağdarilgandek his etdi. Hozirgaça uning bir neçta hikoyasi gazetada çop etilgan, lekin endi birdaniga yigirmata hikoyani öquvçilarga taqdim qiliş mumkinligidan köngli çoğ. hikoyalarni saralab bölgaç, bir boşdan öqib çiqqanida yillar böyi bekorga maşaqqat çekmagani­­ga quvongandi. Tabiiyki, hikoyalari naşriyot muharrirlariga ham xuş kelişiga şubhasi bölmasa-da, baribir hayajonda. Oradan vaqt ötgan sayin qanday baholarkan degan öyda diqqati oşgan kunlari xabar kelib, naşriyotga uçib bordi-yov.

– Nazar döstim, – dedi muharrir uni qarşisiga ötirğizib, – hi­koya­larning har biriga alohida fikrlarimni yozib qöydim. Umuman olganda, hammasi joyida, ammo voqelikka boğliq yana qandaydir real epizodlar yetişmayotgandek, nazarimda, buning ustiga tabiat tasvirlarining haddan ziyodligi öquvçini çalğitişi mumkin.

Nazar naşriyotdan çiqqaç, sabri çidamay bir çetga ötirib muharrirning yozganlarini öqib çiqdi. Aniq-tiniq qilib yozilgan kamçiliklar haqida öyga toldi: “Nega? Balki, u özining qaraşlarini menga singdirmoqçimi? Men ijodkorman, bu gaplarni şogirdiga aytsa yaraşadi”, deya ğaşi keldi. Bir neça kun şu haqda öylanib yurgaç, qaysarligi tutib boşqa naşriyotga borib uçraşdi. Oradan ön kunlar ötib, yana öşanga öxşaş gapni eşitib, bu yerda ham meni tuşunişmadi, degan öyda uçinçi bir naşriyotga yöl oldi. Yana yurak hovuçlab kutişlardan toqati-toq bölganda, nihoyat, bu muharrir bilan ham yuzlaşdi. Açinarlisi, bu safar ham avvalgilarga öxşaş gaplar eşitib, alami keldi: “Bularning hammasi kelişib olganmi, – deya uçinçi manzildan çiqqanda köngli huvillab qolgandek böldi. – Nahotki, şunça yillik mehnatlarim oxir-oqibat quruq gap bölib qolsa?” Uyga qaytgaç, birinçi naşriyot muharriri yozib bergan tavsiya qöliga ilindi-yu, uni qayta-qayta öqib körganidan keyin, aytilganidek tuzatişga qaror qildi. Boşqa nima qilsin, qayerga uçragan bölsa fikrlar bir xil, tartiblar öxşaş, aslini olganda nuqson özida bölib çiqyapti. Oxir-oqibat “öz ustida işlaşi” şart degan xulosaga kelgaç, dunyoni unutib ijod qilişga kirişdi.

Osuda tun qöynida qölyozmalarni oldi va tabiat tasvirlarini butkul öçirib taşladi, keyin qayta öqib kördi. Bir qaraşda öquvçini çalğitadigan narsa qolmagandek, şuning barobarida öqiydigan narsaning ham ğariblaşgani sezildi. Nazarida, badiiy asar jozibasi yöqolib qolgandek, biridan qutulsa, ikkinçi muammo kelib çiqadi. Öz-özidan muharrir tavsiya qilganidek voqelikdan epizodlar topişi muhimligi böy körsatar ekan, uning bilimdonligiga qoyil qolib, özining xato yölda ekaniga oçiq-ravşan iqror böldi.

Şu öyda boşi qotib yurgan kunlari hamkurslari duç kelib qoldi. Ziyofat çoği bir örtoği qöşnisi xotinini ayamay kaltaklaganini kuyinib sözlab berar ekan, uning yuragi jiz etdi: oilaviy muammolar yoritilgan hikoyasiga epizod tayyor. Bu holat badiiylaştirilganda tabiat tasvirlari öçirilgan hikoyaga qayta joziba kirdi. Şundan keyin qayta-qayta öqib körgaç, muharrir töğri maslahat berganiga yana bir karra amin böldi. hayot esa badiiy adabiyotning qon tomiri ekanligini ana şu hayotiy misol tajribasidan keyin yorqinroq angladi. Şu tarzda epizodlar izlab odamlarning hayot tarzini kuzata boşladi. Bu orada qişning qirovli kunlari ortda qolib ketgan, u bölsa öz olamiga şönğib bahor kelganini sezmay qolibdi. Eng muhimi, bahonada odamlar orasiga kirib ijodning yana bir qirrasini anglab yetdi-ku. U şundan xursand.
Barça tuzatişlarni tugatib bölgaç, endi qatʼiyat bilan yana naşriyotga yöl oldi. Muharrir qölyozmani olib qolar ekan, bir haftadan keyin kelişini tayinladi. U yerdan ruhi yengil bölib çiqdi: albatta, bu gal yozganlari muharrirga yoqib qoladi. Axir, ozmunça mehnat qildimi? Bu orada öqiş-yozişga berilib ketganidan bir paytlar orttirib olgan oşqozondagi dardi qözib, yotib qoldi, hö-ö bir paytlardagidek yana özining qölbola dorisini tayyorladi. Çinni kosadagi isiriq donining damlamasini oç qoringa içib yuborganida, göyo içiga olov kirgandek közlaridan tirqirab yoş otildi. Oradan heç qança vaqt ötmay oğriq bosildi. musofir ğariblar ğamini yegan Ibn Sino janoblariga tasanno, deb qöydi öz-öziga.

Şunday sarsonçiliklar bilan oradan bir haftani ötkazib muharrirning oldiga borganida, uning ajablanib ötirganidan hayron qoldi. Yana nima gap?

– Epizodlar hikoya ruhiga singmabdi. Oçiğini aytganda, qahramon xarakterini oçiş uçun şarqona hikmatlardan asar syujetiga singdirişni nazarda tutgandim, – deya muharrir mujmallandi.

Bu gap göyoki yuziga urilgan zalvorli bir muştdek gangib qoldi. Muharrirning navbatdagi tavsiyasini ham eʼtiborga olişini vaʼda qilgan bölsa-da, uning injiqligidan zörğa jahlini bosib anhor böylab ança joyga piyoda bordi. Osma köprikdan ötgan joydagi muzqaymoq sotuvçisining dökonida ötirib uzoq xayol surganidan likopçadagi atala bölib qolgan muzqaymoqqa qöl tekkizmasdan adabiy jurnal muharriri bilan körişiş uçun jönadi. Talabalik davrida saboq bergan ustozi, u olim asl adabiyotni sevadi, qaçon qarama kitob qöltiqlagan, boz ustiga öta talabçanligi sabab, aynan undangina kerakli maslahat olişdan umidvor böldi. Joyi kelsa, otasini ham ayamaydigan olimga röpara bölişdan çöçimay, unga bor gapni bir boşdan aytib berdi. Ustoz avvaliga uning soddaligidan rohatlanib kuldi, şu barobarida tirişqoqligiga zavqi kelib yayrab ketdi.

– Şunça izlanişlar qilibsan, albatta, tahsinga loyiq, lekin ijod faqat mehnat qiliş bilan yuzaga çiqmaydi. Mahoratni sayqallaş kerak, senga tavsiyam şu, – dedi ustoz jiddiy ohangda. – Masalan, “bozorga bordim bozini kördim, quloği uzun tozini kördim…” Şunga öxşaş hikmatli iboralarni voqelikka singdirib yuboriş mumkin.

Şu haqda uzoq gapirdi. Hatto jahonga maşhur lotin amerikalik yozuvçining romani misolida tuşuntirib berdi. Bundan taşqari badiiy adabiyotning yozilmagan qoidalari borligini, uni tuşunmoq uçun hayotni kuzatiş şartligini bot-bot takrorladi. Juda ajoyib bölgan suhbatdan terisiga siğmay quvonib, hatto öz fikrining tiniqlaşganini his etdi.

Olimning sözlaridan ilhomlanib, qimorboz mavzusidagi hikoyasiga uşbu şarqona hikmatni kiritib, qayta öqib kördi. Şundan keyin ustozdan minnatdor böliş barobarida, muharrirning sinçkovligiga hayron qoldi: şunday ajoyib narsa kerakligini qanday fahmladi ekan-a? Bekorga boş muharrir bölmagan deya öylar ekan, uning gapidan xafa bölgani uçun özini koyidi. Şu kundan boşlab yana odamlar orasiga şönğidi. Qayerda bir hikmat eşitib qolsa, darhol yon daftarçani qölga oladi. Va qaysi hikoyasiga mos ekanligini belgilab qöyadi. Nihoyat, hikmatlarni topib, örni-örniga joylaştirganidan söng bir boşdan hammasini tahrir qildi. Keyin iç-içidan quvonib, yana muharrir oldiga bordi. Muharrir ham erinmagan odam ekan, bir hafta ötib bu gal voqelikka ismlar mos kelmayotganini aytib qoldi.

Nazar ança xotirjam, oddiy kamçiliklar boş qotirişga arzimasligidan köngli ranjimadi. Tezroq nuqsonlarni tuzatiş uçun yon daftarçani qölga olib ism izlaşga kirişdi.

Zamonaviy hikoyalariga osongina ism topildi, ammo tarixiy mavzuga bağişlanganlariga kelganda ötmiş voqealariga quloq tutib köp vaqti ketdi. Har qalay uzoq sarsonçilikdan keyin işni uddalaganidan boşi osmon barobar yuksalib, bir neça kun rohatlanib yurdi.

Ana şundan keyin hikoyalarni özi öqib körib ajablandi, heç bir özgariş yöq. Nega bunday böldi? Bu savol yuzasidan ustozning oldiga borişdan uyalib, boşqa adabiyotşunosga voqeani bir boşdan aytib berdi.

Bu olim ham qölyozma bilan tanişib çiqişga rozi bölgaç, yana bir hafta kutişga töğri keldi. Olim: “Masalan, qadimgi mavzudagi hikoya qahramonlari Öroq yoki Qiliç atalsa, işonçliroq bölişi aniq”, dedi. Bu borada hatto muharrir ayaganini ham qistirib ötdi.

– Hikoyalarda hayotiylik oqsab qolgani yaqqol seziladi, birinçi hikoya qahramoni bökib içib, uyini zörğa topib borişi tasvirida nuqson bor. aslida bunday paytlari içuvçi uyga yetib-yetmay bir neça bor yiqilib tuşsa, öquvçiga işonarli çiqişi, yoki boşqa biridagi keksa çol obrazi yigitlarga nasihat qilayotganda uzoq tik turib qolgan, unga stul qöyib beriş şart emas, balki tabiiylikni körsatiş uçun tönkagami yoki çetda yotgan xariga ötirgan bölsa, öquvçi rostakamiga uning gaplarini tinglay boşlaşiga işora böladi. Oddiy tasvirlar işonçsiz, öquvçining yuragini örtab yuboriş uçun hikoya qahramonining xarakteriga böyoqlarni yorqinlaştiriş şart. Ana şundan keyin qahramon xarakteri yaqqol börtib çiqişi mumkin.

Nazar muharrirning boş-adoği yöq tavsiyalaridan miyasi ğovlab ketgan bölsa ham, ammo u ortga çekinişni xayoliga keltirgani yöq. Yana ğayrat bilan işga kirişib, tunda iş stoliga ötirgaç, tarixiy voqealarga bağişlangan hikoyalarini ajratib olib, ikkinçi bor ismlarni yangiladi. Avval-boşdagisiga Bolta, keyin navbati bilan Qiliç, Qalqon, Nayza, Öroq, Ketmon va Qoziq qilib özgartirdi. Lekin yana ikkitasiga munosib ism tanlay olmaganidan uzoq öylanib, biri – juda mehnatkaş qahramonini Omoç, muhabbat haqidagisini Yulğin va Sandaloy atadi. Ayniqsa, ismlar sabab sevişganlarning bir-biriga bölgan mehr-muhabbat tafti ziyoda bölgandek quvonib ketdi. Keyin qahramon siymosini yaqqol oçib beriş uçun holatga moslab birini qusdirdi, birini yiğlatdi, birining oyoğini kuydirdi, ayrimlarini öldirib, bir boşdan börttirib çiqdi. Bu orada yana naq ikki oy ovora-sarson. Ijodiy işini tugatib, orada uç-tört kun dam olib, qaytadan bir sidra közdan keçirar ekan, ayrim örinlar tahrir qilindi. Xullas, asarini bir boşdan sayqallab çiqdi.

Bu gal muharrir juda horğin va asabiy tarzda uqtirar ekan, uning tuşungani şu böldi: bir neça vaqt qölyozmani taşlab qöyib, asar ruhiga yangi havo olib kirişi kerak emiş. Tasvirlar, ismlar, voqelar bir-biriga tabiiy holda boğlansin ekan. Bu gaplardan Nazarning miyasi tars yorilayozdi. Şu tariqa qölga qalam olişdan köngli sovib, oradan naq yarim yil ötib ketdi. Ammo kutilmaganda bir gap quloğiga çalinganda yuragi jiz etib yana ilhomi keldi. “Oh, – dedi odamlarga eʼtibor bermay, – bu – uçinçi hikoyamga juda mos kelar ekan”. Şu-şu yana hikoyalari haqida öylay boşladi. “Öh”, dedi boşqa bir kuni mutlaqo boşqa odamlar orasida, bu – ön birinçisiga uzukka köz qöygandek gap. Şunday qilib nihoyat yigirmata yangi epizod topib, hikoyalarga toza havo kiritişga muvaffaq böldi. Ammo töğridan töğri muharrirga röpara bölişdan hadiksirab, yana boşqa bir adabiyotşunos nazaridan ötkaziş uçun köçaga çiqdi. Ammo bu safar uçraşgan adabiyotşunosning ortidan bir oy ergaşib yurib, eşitgan gaplari kutganidek bölib çiqmadi, u hikoyalar haqida emas, uning öziga yöl-yöriq körsatdi: hikoya yozişdan oldin “falon-falon” adabiy, tanqidiy maqolalarni öqişi kerak ekan.

Nazarning peşonasi tirişdi. Axir, u aytgan maqolalarni allaqaçon öqib çiqqan, va hatto boşqalarini ham közdan keçirgan bölsa-yu, yozganlari şunçalik ğarib çiqibdimi? Uzoq öylanib yurib yangi ösib kelayotgan yoş adabiyotşunoslar bilan hamsuhbat bölişga qaror qildi, hatto bittasiga hamma hikoyalarni olib borib berdi. Qiziği, yoş adabiyotşunoslarning fikrlari uni batamom ruhlantirib yubordi. Kötarinki kayfiyatda yangiça ruhda hikoyalarni qayta tahrir qilişga kirişib ketganini özi ham bilmay qolibdi. Yoşlar köproq tabiat tasvirlariga urğu berişni tavsiya qilganidan, tabiatning har tört faslini kuzatar ekan, oradan bir yil ötib asarlarida yangiça ruhdagi tabiat tasvirlari paydo böldi. Yangi olamni kaşf qilganidan oradan ötgan vaqt uçun heç açinmadi. Ayniqsa, yoşlarning har qanday mavzuda uzil-kesil va keskin fikrlaşi uning ilhomini yanada jöşdirib, özida xuddi yoşlarga xos şijoat tuydi.

Endi mutlaqo boşqaça kayfiyatda nafaqat yangiça ruh, balki yangiça hayot nafasi ufurib turgan qölyozmani naşriyotga yetkazdi. Oradan bir hafta ötib telefon qönğiroğini ham kutmasdan özi muharrir huzuriga bordi. Muharrir juda oddiy qilib, tavsiya bildirişdan çarçaganini aytdi. Nazar hang-mang, boşini toşga urib olgandek köz oldi qoronğilaşib ketdi. Eh-he asari muharrirga xuş kelişi uçun nimalar qilmadi. Hatto, şu vaqt oraliğida oilasida nimalar bölayotgani haqida tuzukroq öylab ham körmabdi: “Tamom – yoziş qölidan kelmaydi”. Qatʼiy qaror qildi. Bekorga özini qiynab nima qiladi? Aynan şu fikr miyasida çarx urar ekan, anhor böyidagi ovloq joyga ötirib oldi-da, bittalab hikoyalarni suvga uloqtirişga tuşdi. Har bir hikoyasi havoda pirillab ovoz çiqarganida jigarini bir tilib yuborgandek ingrab qöyadi. Ammo u qilayotgan işidan özini töxtatolmaydi. Qöli böşab, köngli huvillab qolganidan keyin ham uzoq ötirdi. Nihoyat, barisidan birvarakayiga qutuldi. Endi boşqalarni ham bezovta qilmaydi, tamom-vassalom.

Asr mahaligaça anhor böyida motam tutib ötirdi. Keyin zörğa sudralgança oşnasini izlab ketdi. Yoşlikdan qadrdoni bölgan Nazarni öta tuşkun kayfiyatda körib, oşnasi uning könglini kötarişga söz topolmaganidan jimgina qarzga söragan pulni qöliga tutqazdi.

Allamahalda uyga kelgan Nazar uzoq safardan qaytgandek rosa toliqqan holda özini töşakka taşladi. Ertalab közini oçgan zahoti xotiniga bolalarni kiyintirişni buyurdi. Qölimdan yoziş kelmas ekan, bolalarda ne ayb, loaqal ularning bolaligini suvga oqizmay degan xayolda, bolalarini yetaklagança köçaga çiqdi.

Xolmuhammad Karimiy

 

1966-yili tuğilgan.

Toşkent davlat universitetining Özbek filologiyasi fakultetini tamomlagan. “Hurayro”, “Hurliqo”, “Buni hayot deydilar…”  kitoblari çop etilgan.

2021/6

“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822

Obuna haqida

Izohlar

Hozirça izoh yöq. Birinçi bölib fikringizni yozing.

Siz nima deysiz?

Izoh tahririyat körib çiqqaç, eʼlon qilinadi.

Şu ruknda köp öqilganlar

Barçasi (258)

Suv. Hikoya

– Öz oyoği bilan jildirabgina kelmagan suv suvlik qiladimi?! Ketaman bu Cahroyi kabirdan… ketama-an-n! Dilşod şunday deya örnidan sapçib turdi-yu, derazadan taşqariga termildi. U avval hovlisidagi qovjirab qolgan…

“Eynşteyn jumboği”

Dekabrning asov şamoli tun bağrida özini har yonga urib, böriday uvillaydi. Uylar ham sovuqdan junjikkanday bağridagi çiroqlarini öçirib, şamolga jör bölib, qoranği tun vajohatini yanada orttiradi. Biroq şu imoratlar…

Uluğbek Hamdam. Yöl (falsafiy roman

Men bir ojiz tomçiman, ammo yuragimda ummon soğinçi yaşaydi. Mavlono Rumiy TUŞDAN OLDINGI VOQEA Ovoz keldi! Ovo-o-oz!.. Eşityapsizmi, ğoyibdan bir ovoz keldi! Dunyolarni töldirib emas, yöq, balki yöl kabi uzun, yöl kabi…