4 daqiqada öqiladi

255 marta körilgan

Oqila rafiqa

Yunis Souza

Hindistonning möjazgina Şrinagar şahrida haşamatli uyi, tengsiz boylig-u xizmatkorlarga ega bir savdogar yaşardi. Ammo boyoqişning toleyi kulmagandi, yakka-yu yolğiz farzandi Bayuning fahm-farosati u kutgandek emasdi. Bayu arifmetikada oqsar, hisob-kitobga toqati yöq edi. Öğilning qölidan hatto, oddiy savdolaşiş ham kelmasdi. Savdogar öğli haqida qayğura boşladi: “Bolam vafotimdan keyin qanday yaşaydi?”. “Bordi-yu, tovlamaçilar uning soddaligidan foydalanib, mening bor-budimni kökka sovursa, öğlim nima qiladi?” deya öylardi

U qanday yöl tutişni uzoq mulohaza qildi. Nihoyat, bir kuni öğlini yoniga çaqirib, şunday dedi: “Bayu, bir neça yildan söng, men senga yordam bera olmasligim mumkin, şu sabab senga beradigan maslahatimni doimo yodda tut. Agar istasang, buni yozib berişim mumkin”.

– Şunday qila qoling, ota. Bu yaxşiroq eslab qolişimga yordam beradi, – dedi öğil.

– Uydan dökonga heç qaçon quyoş nurida bormagin, guruç har kunlik taoming bölsin. Oxirgisi, har hafta yangi xotin olasan, – yozdi keksa savdogar.

Bayu uşbu nasihatlarni eşitarkan, boşi gangib qoldi.

– Nima demoqçisiz, ota? – söradi u. – Aytganingizni qilaman, biroq bularning menga nima nafi borligini tuşunmayapman?

– Heçqisi yöq, – dedi ota. – Vaqti-soati kelib tuşunasan.

Oradan yillar ötib, savdogar vafot etdi. Bayu otasining maslahatlarini esga oldi. U doimo ğamxörlik qilgan otasini rozi qiliş uçun imkoni boriça tezroq uning aytganlarini bajarişi kerakligini tuşundi. Otasi “Quyoş nurida köçada yurma” degandi. Bayu nima qilişi lozim? Endi otasidan qolgan dökonga boriş uçun uyidan boşlab soyabonli yöl qurişi kerakmi? Bu unga juda qimmatga tuşadi, qolaversa, bu ahmoqligi uçun hamma ustidan kulişi mumkin.

– U bor-budini şu loyihaga tikadi, – dedi odamlar, – natijada boradigan dökonning özi qolmaydi.

Bayu odamlarning istehzoli luqmalaridan nihoyatda tuşkunlikka tuşsa-da, otasining maslahatlarini bajarişga bel boğladi.

– Guruç kundalik taoming bölsin, – keyingi ögit edi. Boşida bu oson bölişi mumkin, bora-bora bir xil ovqat odamni zeriktiradi.

Uçinçi maslahat esa hammasidan oşib tuşgandi. Heç qaysi qiz unga bir haftaga tegişga rozilik bildirmaydi. Bayu butun şaharda kalaka böldi.

 Bir kuni, Maryam ismli yoşgina qiz Bayu­ning hikoyasi, keksa savdogarning ögitini eşit­­di. Qiz qari otaning nima demoqçi bölganini tezda fahmladi. U Bayuga açinib, odamlarning uni mazax qilişiga çidolmadi. Qiz otasining aytganlarini bajariş burçi deb bilgan yigitni yoqtirib qolgandi. U oila aʼzolariga yigitga turmuşga çiqişga roziligini bildirdi. Bundan esa, ular dahşatga tuşişdi.

 – Bir haftadan söng u seni uyga jönatib yuborsa, holing ne keçadi? – açinib söraşdi ular.

– U bunday qilmaydi, – dedi qiz qatʼiy. – Mana körasiz.

Bayu Maryamni ilk körgandayoq uning maftunkorligi, latofatiga oşiq bölib, uylanişga qaror qildi. Qizning hamma gapdan xabardor ekanligi Bayuning xayoliga ham kelmagandi. Yigit qizga otasining ögitlarini aytganda qiz javob berdi, “Mening hammasidan xabarim bor. Menga nima bölişi haqida qayğurmang”.

Ularning töyi juda çiroyli ötdi. Rangli çiroqlar, musiqa, dasturxonga turfa xil lazzatli taomlar tortilgandi. Köp mehmonlar taşrif buyurişdi. Hammaning oğzida bir gap: “Qanday ahmoqona kelişuv. Yoşgina kelinçak bir haftadan keyin qaytib keladi”.

Yetti kun ham köz oçib yumgunça ötdi. Yettinçi kuni Bayu holsiz uyğondi. “Bugun Maryamni uyiga jönatişim kerak, buning uçun esa undan qandaydir nuqson topişim zarur, aks holda u ketmaydi” – dedi öziga özi.

Maryam barra qöy göştidan tayyorlangan mazali palovni keltirdi

– Buni darhol közimdan yöqot! – Baqirdi ğazab bilan Bayu. – Judayam bemaza körinyapti. Menga guruç bilan baliq keltir.

Oradan lahza ötar-ötmas, Maryam qölida guruç va baliq bilan kirib keldi.

– Men baliqning bu turini yomon köraman! – Öşqirdi Bayu. – Undan köra kesak yeganim yaxşiroq.

Maryam ovqatni olib çiqib, kesakni likopçaga solib olib keldi. Bayu yengilganini sezib turardi. – Daf böl, – dedi ğamgin. – Men seni olib qololmayman. Otamning vasiyatini ado etişim kerak.

– Sizning esingiz joyida emas, – dedi Maryam erining yoniga ötirib. – Otangiz esa nihoyatda dono va mehribon inson bölgan ekanlar. Otangiz sizning butun şaharçaga mazax bölişingizga sabab böladigan işlarni maslahat bergan deb öylaysizmi?

– Unda bu ğalati ögitlar bilan nima demoqçi bölgan?

– U sizga heç qaçon quyoş nurida dökonga bormaslikni aytganda, u dökonga erta borib, keç qaytişingizni va kun davomida uni yuritişingizni nazarda tutgan. U sizga faqat guruç yeyişingizni aytganda esa dabdabali emas, balki soğliq uçun foydali taomlarni tanovul qilişingizni istagan.

– Lekin uçinçi istak… – yiğladi Bayu. – Bu aytilganidek maʼnoni bildiradi. Har hafta yangi xotinga uylaniş…”

– Aslo, bunday emas – dedi Maryam. – Ota­ngiz xotiningizga doimo mehr-muhabbat bilan munosabatda bölişingizni nazarda tutgan. Agar siz xotiningizni har doim ilk uylangan kunlaringizdagidek sevib ardoqlasangiz, u sizga har hafta yangi kelinçakdek muomala qiladi.

Bayu xotinining zukkoligidan hayratga tuşdi.

Yunis de Souza

 

(1940–2017). Hind şoiri, adabiyotşunosi va yozuvçisi. Uning “Golland rasmidagi ayollar” (1988), “Tegişli böliş yöllari” (1990), “Töqqiz hind ayol şoir” (1997), “Bu sözlarim” (2012) va “Bodom bargidan örganiş” (2016) şeʼriy kitoblari maşhur. Uning “Dangerlok” (2001) va “Dev va Simran” (2003) romanlari naşr etilgan.

 

2021/7

“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822

Obuna haqida

Izohlar

Hozirça izoh yöq. Birinçi bölib fikringizni yozing.

Siz nima deysiz?

Izoh tahririyat körib çiqqaç, eʼlon qilinadi.

Şu ruknda köp öqilganlar

Barçasi (164)