P.V. Annenkovga bağişlanadi
Mehmonlar allaqaçon ketib bölişgan. Soat tungi ön ikki yarim. Xonada uy egasidan taşqari Sergey Nikolayeviç va Vladimir Petroviç qolgan, mehmonlar allaqaçon ketib bölişgan.
Uy egasi qönğiroq çalib, dasturxonni yiğiştirib olişni buyurdi.
– Xöş… bu iş ham böldi, – dedi Vladimir Petroviç, kresloga çuqurroq örnaşib, sigara tutatar ekan. – Har birimiz birinçi muhabbatimiz tarixini sözlab berişimiz kerak böladi. Siz boşlab bersangiz, Sergey Nikolayeviç.
Dumaloq, oppoq yuzli Sergey Nikolayeviç, avval uy egasiga qaradi, keyin esa şiftga tikildi.
– Menda birinçi muhabbat bölmagan, – dedi u nihoyat. – Biratöla ikkinçisidan boşlaganman.
– Qanday qilib?
– Juda ham oddiy. Ilk bor bir yoqimtoygina xonimga ilakişib qolganimda, ön sakkiz yoşda edim. Uning könglini olişni şunçalik uddasidan çiqardimki, göyo bu iş men uçun yangilik emasdek: keyinçalik esa xuddi şunday boşqalarining ham köngliga yöl topdim. Aslini olganda, birinçi va sönggi bor olti yoşimda enagamni sevib qolganman, biroq bunga ança böldi. Munosabatlarimizning mayda-çuyda tafsilotlari xotiramdan öçib ketgan, agar yodimda bölganida ham, kimga qiziği bor buning?
– Xöş, nima deyiş mumkin? – boşladi uy egasi. – Mening birinçi muhabbatim ham unçalik qiziqarli emas: Anna Ivanovna bilan, yaʼni rafiqam bilan tanişgunimça, heç kimni sevib qolmaganman, – hammasi juda oson keçgan edi; otalarimiz bizlarni unaştirib qöyişdi, tezda bir-birimizga yoqib qoldik va paysalga solmasdan, nikohdan ötdik. Tan olaman, bu savolni kötarayotganimda, sizlardan, yaʼni qariyalardan, deb ayta olmayman-u, yoş bölmagan böydoqlardan umid qilgandim. Balki, siz bizlarga biror narsa aytib berarsiz, Vladimir Petroviç?
– Mening birinçi muhabbatim haqiqatan ham oddiy bölmaganlar sirasiga kiradi, – javob berdi töxtalib, soçlariga biroz oq oralagan, qirq yoşlardagi Vladimir Petroviç.
– A! – bir ovozdan jör bölişdi uy egasi bilan Sergey Nikolayeviç. – Yana ham yaxşi-da… Aytib bering.
– Ruxsat bersangizlar…Yaxşisi, yöq… gapirişga usta emasman: quruq va qisqa yoki uzun va soxta çiqib qoladi. Xöp desangiz, eslaganlarimning hammasini daftarga tuşirib, sizlarga öqib beraman.
Ulfatlar avvaliga rozi bölişmadi, lekin Vladimir Petroviç gapida turib oldi. Oradan ikki hafta ötgaç ular yana yiğilişdi va Vladimir Petroviç vaʼdasining ustidan çiqdi.
Uning daftarçasida şunday yozilgandi:
Bu voqea 1833-yilning yozida ön olti yoşimda sodir bölgandi. Bu vaqtda Moskvada ota-onam bilan yaşardim. Ular Neskuçnoye röparasida joylaşgan, Kaluga zastavasi yaqinidagi dala-hovlini ijaraga olişgandi. Öşa vaqtda universitetga kiriş uçun tayyorlanardim. Ammo juda kam şuğullanardim, şoşilmasdim ham.
Ixtiyorim özimda edi. Xohlagan işimni qilardim, ayniqsa, u “xuddi bombadek” Rossiyaga tuşib qolgan, degan gapga heç könikolmagan, sönggi fransuz tarbiyaçim bilan xayrlaşganimdan keyin, jon-jahdim bilan aftimni tiriştirib, kun uzoği töşakda yotardim.
Garçi mendan boşqa bolalari bölmasa-da, otam menga beparvo-muloyim, onam esa deyarli eʼtibor bermasdi: u boşqa taşvişlar bilan band bölardi. Otam hali navqiron va juda körkam, onamga öz manfaatlarini közlab uylangan – onam undan ön yoşlar katta. Munisam ğamgin turmuş keçirardi: hamişa bezovta bölib, raşk qilib, ğazablanib yurardi – ammo otamning huzurida emas, albatta. U otamdan juda qörqardi. Buning sababi otam özini öta jiddiy, sovuq, begonadek tutardi. Bunçalik xotirjam, öziga işongan va öz hukmini ötkazuvçi insonni körmaganman.
Dala-hovlida ötkazgan ilk haftalarimni heç qaçon unutmayman. Biz şahardan töqqizinçi may kuni, ayni Nikolin kunida köçib ötdik. Havo juda ham ajoyib edi. Goh dala-hovlimizdagi boğda, goh Neskuçnoye böylab, goh zastavaning u tomoniga ötib sayr qilardim. Bazan özim bilan birorta kitob olardim, masalan, Kaydanov “Sanʼat tarixi” kursini, biroq uni juda kam oçib qarardim, hammasidan ham köra, yoddan bilgan şeʼrlarni öqirdim. Qonim gupurib, yuragim bir şirin, bir kulgili nido qilar edi: nimadandir çöçib, har narsaga hayratlanib, doim sergak tortib, mudom nimanidir kutar edim. Xayollarim öynab, faqat bir xil taassurotlar atrofida, xuddi qönğiroq minorasi atrofidagi qaldirğoçlarga öxşab aylanadi. Baʼzan öy içida, xomuş bölib qolardim, hatto yiğlardim ham. Ammo közyoşlarim orasidan ham, maftunkor şeʼr va gözal oqşom olib kelgan xomuşlik orasidan ham, bahor maysasidek navqiron va qaynoq hayotning quvnoq tuyğusi sizib çiqmoqda edi.
Toyçoğimni egarlab, yolğiz özim uzoqlarga ketardim, uni yeldirib, özimni turnirdagi ritsarlardek his qilardim – quloqlarimda şamollar şovullardi! – yuzimni osmonga qaratib, undan taralayotgan nurga, uning köm-kök rangiga bağrimni oçardim.
Esimda, öşa vaqtlarda ayol qiyofasi, muhabbatining siymosi aniq bir körinişda ongimda deyarli paydo bölmagan. Biroq, mening xayollarimda ham, hissiyotlarimda ham, allaqanday anglab bölmas, söz bilan ifoda etib bölmaydigan şirin, uyatçan bir sezgi yaşiringan edi…
Bu hissiyot, bu intizorlik butun vujudimni egallab olgandi. Undan nafas olardim, u tomirlarimdagi har bir tomçi qonimda yurardi… u tez orada sodir bölişi kerak edi.
Dala-hovlimiz zodagonlarnikiga xos baland ustunli yoğoç uydan va ikkita pastqam imoratdan iborat edi. Çapdagi pastqam binoda arzon gulqoğoz çiqaradigan kiçkinagina fabrika joylaşgan… Men u yerga bir neça marotaba, yağiri çiqib ketgan xalatlarni kiyib olgan, önlab ozğin, horğin yuzli bolalar, yoğoç dastaklar ustiga çiqib, özlarining qiltiriq tanalarining oğirligi bilan, bosmaning törtburçak ğölalarini bosib, olaçipor naqşlar çiqarişini tomoşa qilgani borgandim. Öng tomondagi pastqam bino böş edi, u ijaraga berilayotgandi. Kunlarning birida – töqqizinçi may kunidan keyin uç hafta ötib, şu binoning derazalari oçildi, u yerda ayollar körindi – bir oila köçib kelibdi. Yodimda, öşa kunning özida, tuşlik payti onam boş xizmatkordan yangi qöşnilarimiz haqida sörab-suriştirdi, knyaginya Zasekina degan familiyani eşitişi bilan, avvaliga biroz bepisandlik bilan “Ha! Knyaginya… – keyin esa qöşimça qilib qöydi: – Balki, birorta kambağal knyaginya bölsa kerak”.
– Uçta aravada kelişdi, – gap qistirdi boş xizmatkor, ehtirom bilan taomlarni uzatarkan, – özlarining aravasi yöq ekan, mebellari ham böm-böş.
– Töğri, – eʼtiroz bildirdi onam, – harqalay, yaxşi.
Otam onamga sovuq qaraş qildi: u jim böldi.
Rostdan ham, knyaginya Zasekina boy ayol bölişi mumkin emas edi. U ijaraga olgan uyça şunçalik eski, kiçik, pastqam ediki, hatto kambağal odamlar ham u yerda yaşaşga könmas edi. Umuman olganda, bu gaplarga men eʼtibor bermadim. Knyazlik maqomi men uçun ahamiyatsiz edi: yaqinda Shillerning “Qaroqçilar”ini öqib çiqqandim.
(Davomini jurnaldan öqiysiz)
Ivan TURGENEV
(1818–1883) rus yozuvçisi. Turgenevning dastlabki romantik şeʼrlari va “Steno” dramatik dostoni talabalik yillarida yozilgan. “Paraşa”, “Pomeşçik” dostonlarini yozgan. Turgenev ayni paytda dramaturgiya janrlarida ham qalam tebratib, “Sarmoyasizlik”, “Yölboşlovçining nonuştasi” bir pardali hajviy pyesalarini, “Böydoq” komediyasi, “Tekinxör” maişiy dramasi va “Qişloqda bir oy” liro-psixologik dramasini yozgan. Adib “Andrey Kolosov”, “Uç surat” va “Breter”, hajviy ruh bilan yöğrilgan “Petuşkov”, “Mumu”, “Ortiqça kişining kundaligi”, “Yakov Pasinkov”, “Karvonsaroy” va “Yozişma” singari qissalarini yaratgan. “Rudin” va “Dvoryanlar uyasi”, “Qöriq” romanlari bilan rus realizmining maşhur namoyandalaridan biri sifatida şuhrat qozongan.
“Otalar va bolalar” romani rus adabiyotşunosligida Turgenev ijodining çöqqisi sifatida talqin etiladi.
Rus tilidan Moxoriddin BAHRIDDINOV tarjimasi
2021/11
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida


