Özbek xalq oğzaki ijodi, xususan, dostonçiligi anʼanalari kosmos asrida ham jonli ijroda davom etib kelayotgani jahon madaniyatida unikal hodisa sanaladi. XX asrning asosan birinçi yarmida özbek folklorşunoslari yuzlab ijroçilardan yozib olgan doston, afsona, ertak, rivoyat, qöşiq, alla, maqol va topişmoqlar ulkan xazinani taşkil qiladi. Asrlar zanjirini uzmasdan, tarixning qöhna boyligini avlodlarga yetkazişda Ergaş Jumanbulbul öğli (1868–1937), Fozil Yöldoş öğli (1872–1955), Muhammad Jonmurod öğli Pölkan (1874–1941), Islom Nazar öğli (1874–1953) singari quvvayi hofizasi kuçli baxşilarning alohida örni bor. Minglab nasriy va nazmiy misradan iborat dostondek yirik janrning önlab namunalarini mumtoz holida kuylagan bu tört sanʼatkor özbek xalq oğzaki ijodining dobongirlaridir.
Özbek xalq oğzaki ijodi deganda dastlab “Alpomiş” yodimizga kelsa, bu dostonni eslaganimizda esa öz-özidan Fozil Yöldoş öğlini tilga olamiz. Atoqli baxşi 1872-yili Samarqand viloyatida tuğilgan. Otasi özbekning qirq uruğidan bölib, dehqonçilik va çorvaçilik bilan şuğullangan. Beş yoşida otadan yetim qolgan Fozil turmuş muştlarini yeb, lekin özi mayda taşvişlarga yeyilib ketmasdan Fozil şoir bölib kamol topişi oson keçmagani aniq. Xudo yuqtirgan isteʼdod va qatʼiy feʼl-atvor bilan birga qaynoq ijodiy muhit bu yölning oğirini yengil qilgan, desak yanglişmaymiz.
Bulunğur baxşiçilik maktabi Muhammad şoir (XVIII asr), Amin baxşi (XVIII asrning ikkinçi yarmi – XIX asrning birinçi yarmi), Yöldoşbulbul (XVIII asrning oxiri – XIX asrning birinçi yarmi), Sultonmurod şoir (XIX asr), Qurbonbek şoir (XIX asr), Tovbuzar şoir (XIX asr), Çini şoir (XIX asr), Bekmurod şoir (XIX asrning ikkinçi yarmi), Yöldoş Mulla Murod öğli (XIX asrning ikkinçi yarmi), Rahmonberdi şoir (XIX asr), Usta Döstyor (XIX–XX asr), Tovoşar şoir (XIX–XX asr), Jöra şoir (XIX–XX asr) kabi nomdor ijroçilarni yetiştirgan. Şunday uluğlar davrasidan esgan şamollar Fozil Yöldoş öğlini tobladi, zuvalasini pişitdi.
Azbaroyi yöqçilik vajidan 19-20 yoşigaça dala-daştda çöponlik qilib yurgani ham bölajak baxşi uçun Ollohning inoyati edi. Bolaligida qöyning izidan ergaşib, kitobxon bölgan yoki yolğizlikda xayol imoratlarini solib, keyinçalik ijod olami eşigini qoqqanlar bu gapning maʼnisiga yetadi. Çöponlik qilib ğala-ğovurlardan nari yuriş odamga könglini boyitiş, taxayyulini kengaytiriş uçun xuddi uzlatga çekinişdek imkoniyat beradi. Fozil şoirning ham ilk tinglovçisi, ilk dardkaşi, ilk tanqidçisi va hatto ilk ustozi daşt bölgan bölsa, ajab emas.
Er yetib qişloğiga qaytgan Fozil çorak tanob yerda dehqonçilik qilib kun keçirgan. Zamona zayli bilan savodsiz qolgan bölsa-da, uç aka-uka baxşilar – Yöldoş, Qöldoş va Suyar şoirlarning kattasiga şogird tuşib, taʼbir joiz bölsa, Bulunğur baxşiçilik akademiyasini ötadi. U barça sinovlardan ötib, 25-26 yoşlarida xalq orasida Fozil şoir atandi.
Yöldoş şoir, Qöldoş şoir ham Suyar,
Bularga kelmaydi heç kim barobar, –
deydi Fozil şoir öz ustozlari vasfida. Yöldoş şoirning ön bir şogirdi bölib, Fozil Yöldoş öğli eng iqtidorli dostonçi sifatida dong taratgan.
Atoqli baxşi qirqdan ortiq anʼanaviy dostonlarni mohirona kuylagan. Undan yozib olingan “Alpomiş” dostoni nafaqat özbek variantlari, balki barça turkiy versiyalar orasida eng mukammali va badiiy jihatdan yetugi hisoblanadi. Söz sanʼatkorining repertuari rang-barang: “Alpomiş”, “Yodgor”, “Yusuf bilan Ahmad”, “Malika ayyor”, “Maşriqo”, “Zulfizar”, “Balogardon”, “Avazxonning ölimga hukm etilişi”, “Intizor”, “Nurali”, “Jahongir”, “Murodxon”, “Rustam”, “Şirin bilan Şakar” kabi anʼanaviy dostonlar, “Farhod va Şirin”, “Layli va Majnun”, “Bahrom va Gulandom” kabi kitobiy dostonlar bilan bir qatorda özi guvoh bölgan voqealar asosida yaratgan “Mamatkarim polvon”, “Jizzax qözğoloni” kabi tarixiy dostonlari, “Kunlarim” tarjimayi holi, “Çigirtka”, “Jambul”, “Jahon tinglagay” kabi termalari Fozil Yöldoş öğlining katta isteʼdodidan darak berib turadi.
Hamid Olimjon 1938-yili “Alpomiş”ning turli baxşilardan yozib olingan uç-tört nusxasini qiyosan örganib, Fozil Yöldoş variantini dostonning yaxlitligiga zarar yetkazmasdan qisqartirgan holda 1939-yili naşr ettiradi. Şoir kitob sözboşisida, jumladan, şunday yozadi: “Alpomiş” til jihatidan özbek tilining butun boyligi va rangdorligini aks ettiradi. Doston özbek xalq tilining qançalik şiralik, qançalik ixçam va öz hayotini ifoda qiliş uçun qançalik mukammal, boy ekanini ham körsatadi. Dostonda turmuşda uçraydigan eng oddiy sözlardan tortib, biz uçun notaniş, lekin bilişimiz zarur bölgan harbiy terminlargaça mavjud. Çorvaçilikka oid terminlar hadsiz köp. Bularni biz bilmas edik va bilmasdan turib, özbek tilining qaşşoqligi haqida yolğon afsonalar ham töqib yurar edik. “Alpomiş”da bu kungi adabiy tilimiz, matbuot tili uçun praktik ahamiyatga ega bölgan sözlar juda köpdir.
Nihoyat, “Alpomiş” bizning yozuvçilarimiz uçun ham katta ahamiyatga egadir… Bizning yozuvçilarimizga folklorni biliş qançalik zarur ekanini “Alpomiş” körsatur. Özbek adabiyotini yuksaltiriş, uning tilini çin xalq tili qiliş, sodda va çuqur qiliş va nihoyat, umuman aytganda, özbek adabiyotini çin maʼnoda xalqçil qiliş uçun folklorning ahamiyati buyuk bölur”.
Baxşini eslaganda asosan “Alpomiş” dostoni tilga olinişi unçalik adolatdan emas. Birgina “Malika ayyor” dostoni mutolaasi Fozil şoir naqadar fozil şoir ekanini, naqadar ulkan xazinabon ekanini körsatadi. Bu asar öz fantastikasi bilan kitobxonni ğoyat hayratlantiradi. Ezoterik qatlamlari eposning nihoyatda qadimiyligini isbotlab turibdi. Eng muhimi, inson xayolotining çek-çegarasi yöqligiga guvoh bölib, bu hududsiz jilva ongingizda akslanişidan behad huzur tuyasiz.
Fozil Yöldoş öğli 1955-yil may oyida öz qişloğida vafot etgan. Mustaqillik yillarida baxşining ijodiy merosi yanada qadr topdi, undan yozib olingan dostonlar qayta-qayta çop qilinmoqda, çuqur ilmiy asosda tadqiq etilmoqda. 1999-yili “Alpomiş” dostoni ming yilligini nişonlaşda Fozil Yöldoş öğli varianti asos qilib olindi. Yaqinda naşr etila boşlagan “Özbek xalq ijodi yodgorliklari” 100 jildligining köplab kitoblarini ham Fozil şoir kuylagan dostonlar muzayyan etib turibdi.
Farrux JABBOROV,
katta ilmiy xodim-izlanuvçi
Töra MIRZAYEV,
folklorşunos olim, filologiya fanlari doktori:
– Fozil Yöldoş öğli XX asrning buyuk dostonçisi, ulkan xalq şoiri edi. “Alpomiş” dostoni undan yozib olingan nusxada qahramonlik eposi xususiyatlarini töla saqlaganligi, epik mazmunning mukammalligi, har bir tafsilotning hayotiy qiyoslarda sanʼatkorona işlanganligi, badiiy mahoratning yuksak darajasi jihatidan özbek xalq dostonçiligida alohida örin tutadi. Fozil şoir doston syujeti qurilişining har bir epizodi öz örnida bölişiga, bir-biri bilan uzviy boğlanib, biri ikkinçisini taqozo etişiga, hatto kiçik bir ifoda ham muayyan poetik vazifa bajarişiga alohida eʼtibor bilan qaragan.
“Alpomiş” qirqqa yaqin baxşidan yozib olingan bölsa, faqatgina Barçinning Boyçiborga qarata “Qurru-yo qur, hayt-a, töramning oti!” deya boşlanuvçi murojaati variantlararo soliştirib körilganda ham epos Fozil Yöldoş ijrosida qançalar poetik maromiga yetganini payqaş qiyin emas. “Alpomiş” dostonida özbek xalqi şeʼriy dahosining buyuk qudrati yuksak darajada namoyon böladi.
Yaqinda Bulunğur tumanida Fozil Yöldoş öğli xotirasiga bağişlab taşkil etilgan adabiy keçalarda qatnaşib, Toşkentga bir olam taassurot bilan qaytdik. Bunday tadbirlarni muntazam ötkaziş xayrli anʼanaga aylanişi qançalar zarurligini iç-içimizdan his qildik.
Qozoqboy YÖLDOŞ,
adabiyotşunos olim, pedagogika fanlari doktori:
– Fozil Yöldoş kuylagan dostonlarida qiziqarli voqealarni qahramonlar ruhiyatidagi murakkab tovlanişlar bilan uyğunlaştira olgan daho ijodkor edi. Uning ijrosidagi “Alpomiş” dostoni özbek xalqining alohida etnos ölaroq qanday maslakiy, vataniy va madaniy axloqqa ega ekanini körsatib bera olgan buyuk asardir. Eposda bobolarga xos yetakçi sezim bölmiş or tuyğusi Alpomişni faoliyatga undaşi, yuksak maslakiy axloq tufayli Oybarçinga doğ tuşirişni istamagan yigit qizning nomini tilga olişga andişa qilib: “Oydinköldan bitta suqsur uçirdim, Suqsurni izlagan loçin bölaman”, deyişi, alpdagi vataniy maslak uning Kökaldoşga bergan: “Har kim öz eliga bekmi, törami, Özi ölmay kişi yorin berami?” tarzidagi söroği orqali yaqqol namoyon etilgan. Fozil şoir özbekning millat sifatidagi ideal jihatlarini betakror yösinda kuylay olgan baxşi edi.
Şomirza TURDIMOV,
Alişer Navoiy nomidagi Toşkent davlat özbek tili va adabiyoti universitetining folklorşunoslik va dialektologiya kafedrasi mudiri, filologiya fanlari doktori:
– Kim qadrli – eslangan qadrli. Jamiyat kimlarni qadrlasa, yoş avlod ham şularga qarab intiladi. Bulunğur tumanida atoqli özbek baxşisi Fozil Yöldoş öğli ijodiga bağişlab ötkazilgan tadbir katta maʼrifiy ahamiyatga ega böldi. Buni faqat birgina baxşiga emas, ayni paytda, butun özbek folkloriga, demakki, milliy maʼnaviyatimizga körsatilgan ehtirom deb qabul qiliş lozim.
Adabiy keça davomida Bulunğur dostonçilik maktabi haqidagi bilimlarimiz yangilandi. Ayniqsa, muzeyga sayohat tasavvurlarimizni kengaytirdi. Masalan, eksponatlar orasida qöbizni körib ajablandik. Aytişlariça, Fozil şoirning salaflaridan biri qöbiz jörnavozligida kuylagan ekan. Bu maʼlumot köpçiligimiz uçun yangilik edi. Bulunğur dostonçilik maktabi şajarasida aks etgan har bir nom, har bir sanʼatkor ijodi alohida tadqiqotga mavzu bölişga loyiq. Muzey faqat namoyiş körgazmasi bölib qolmay, Bulunğur dostonçilik maktabining özbek adabiyotidagi örnini körsatadigan ilmiy markazga aylanişi kerak.
Abdusattor JUMANAZAR,
Abu Rayhon Beruniy nomidagi Şarq qölyozmalari markazi ilmiy xodimi:
– Tört kişi Söz sohibi huzuriga otlandik. Hayotimda öttiz beş yil oldin uzilib qolgan voqealar yana davom eta boşladi. Qişloq kutubxonasi tokçalarining bir çetida qator taxlab qöyilgan ellik-oltmiş kitobdagi voqealar edi ular: “Alpomiş”, “Malika ayyor”, “Şirin bilan Şakar”, “Avazxon”, “Nurali”…
Ğöbdin toği etagiga yetib keldik. Yuzlaşganimizda hanuz tinçimni buzadigan voqealar kitoblar varağiga ötgan hududda edik. Kunçiqarda Turkiston toğ tizmasi yastanib yotibdi. Tuyğular tözigan arilarday… kökrak qafasiga siğmayotir. Köz öngimizda – Ohang va Söz makoni.
Qariyb bir yarim asr ilgari şu atrofda özbekning Fozil Yöldoş ismli bir öğloni paydo böladi. Uzoq ötmişdan beri borar manzilini axtarayotgan köhna Ohang uning dömbirasi orqali qalblarga yöl topadi. Ezgulikni himoya qiliş uçun dunyoga kelib, töplangan Sözlar qöşinidan “Alpomiş” kabi dostonlar yaraladi.
Fozil Yöldoş yaşagan manzilga borib, katta sayl ustidan çiqdik. Keksa olim el şoiri qirqdan ortiq doston aytgani va ularning yozib oliniş jarayoni haqida tölqinlanib hikoya qila boşladi. Özbekning bir baxşisi şunça doston aytgan. Har biri mukammal asar. Dunyoning baʼzi katta xalqlarida ham Fozil Yöldoşdan yozib olingan dostonlarga öxşaşidan bittasini topiş mahol. Hali Ergaş Jumanbulbul, Pölkan şoir, Qodir baxşilar… turibdi. Bu borada faqat hind xalqi biz bilan bahslaşa olsa kerak. Qiziği, mutaxassislar fikriça, yoşi uç-tört ming yilga borib taqaladigan “Mahabharat” dostonining bir ildizi ham mana şu Ohang va Söz makoniga kelib tutaşadi. Uning tarkibiga kiruvçi “Nal dostoni”dagi Nalning şahriga qaytişi va Alpomişning zindondan çiqib, Boysun eliga kelişi voqealari egizak lavhalardir.
Ohang va Söz makonida bölib qaytdik. U bir paytlar qişloq kutubxonasidan olib öqigan dostonlarim dunyoga kelgan, mening nigohimda hozir ham aynan ertakning özi bölgan yurt edi. Uni boşqaça taʼriflaş… va gapimni davom ettirişni hozir uddalab bölmayapti.
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida


