7 daqiqada öqiladi

217 marta körilgan

Hovur

Eşqobil Vali

Janoza öqilardi. Tilovatgöy mullaning nimkök közlari marhumning qarindoşi, bir umr temiryölda xizmat qilgan, nafaqaga çiqqaç beöxşov tarvaqaylab semirib ketgan Eşqul Dumbaga qarab, bir narsa demoqçiday alanglardi. Eşqul Dumba tabiatan nodon bölganidanmi yoki inisining vafotidan aziyati oğirligidanmi öziga öqtalayotgan bejo nazarni, közi tuşsa-da, anglamasdi…

Odatda janozani baralla öqiydigan kökköz domla bu safar negadir ovozini tiydi. Uning odatiy “Marhumning qarzi bormidi?” – degan yakuniy savoliga boşini xam qilib turgan olomon sukut bilan javob berdi.

 Domla savolini takrorlagaç, Eşqul Dumba tanasiga mos bölmagan ovozda:

– Heç kimdan qarz olmagan! – deya ingiçka nimqiçqiriq bilan belgi berdi.

– Mabodo bölsa… – mulla gapini tugatolmadi. Marhum befarzand edi. Mulla merosxörining ismini söramoqçiday Eşqul Dumbaga keskin qaradi. Eşqul Dumba esa birovning qarzi böyniga tuşişidanmi yoki marhumning farzandi yöqligini eslatişdan iymanganidanmi, labini jiyirib, keskin rad maʼnosida boş çayqadi. Mulla bir neça lahza jim qoldi, keyin nutq irod qilgan böldi:

– Mayitdan qarzi borlar, Xudo yöliga deb hisoblaşsin… – Eşqul Dumba bu gapdan oşkora jilmayib, birinçilardan tobutga qöl soldi.

– Isi yakşanba-da! – Mahalla oqsoqolining çorlov-gapiga kimdir jör böldi…

Odatdagidan yengilroq tobut olomon yelkasida selkillab borar ekan, pastroq ovozda bölsa-da turli-tuman luqmalar quloqqa çalinardi:

– Qöl almaşing! Urintirmang!.. Yoşlarga bering!

Mozor notabiiy tarzda yaqin joyda edi. Şu sababli savobtalablar tobutning old tarafidan kelib, qöl solişga şoşilişardi. Yelkalar yelkalarga urilib qolardi…

– Beçora… Biz bilan öquvdi-a, Majid?

– Bölmasam-çi… Birinçi partada ötirardi, faqat “beş” olardi…

– Kuni kalta ekan-da…

Tuproq yölda qadam tovuşlari eşi­tilmasdi. Kötarilişi mumkin bölgan çang, göyo xalaqit bermoqçimasday, olomonning ortiga inardi. Hansiraşlarni ilğab bölmasdi. Havo ham beozor edi.

Odatdagi marosimlardagidan kamroq olomon ortidan bir çol irğay hassasiga suyanganiça şerigi bilan gurunglaşib kelardi:

– Nimadan ölibdi özi? – talmovsiradi hassali çol.

– Bebaxtning kuni kalta ekan-da… – dedi şerigi javobdan qoçib.

– Har xil gap yuribdi… – qöyay demasdi birinçi çol.

Şerigi kişi bilmas atrofga alangladi. Yöl yoqasidagi jiyda soyasida bir maydon töxtab nafas rostlagan böldi. Hassali çol uning gapirmoqçi bölganligini tuşunib, hassasi bilan mahsisiga ötirgan changni qoqqan böldi:

 – Xöş, özi nima bölibdi? – u özini bilmaslikka olib, göyo tasodifan gapirib yuborgandek savol berdi. Şerik yana bir karra atrofga köz yugurtirib, juda past ovozda gap boşladi.

– Bebaxtni ötgan yili Eşqul Dumba bir bevaga uylovdi… Iyarçani ham bor edi…

– Eşituvdim, – tasdiqlab qöydi har ehtimolga qarşi hassali çol.

– Iymonini bergur “ne böldi” edi – nogiron edi-da, endi… – Gapirayotgan çol bu gaplarni aytişga qiynaldi. Ammo şerigining “Xo, Xo!” deya imlab maʼqullaşidan töğri tuşunilganligini angladi-da, past ovozda gapini davom ettirdi: – Işqilib xotinni eplolmagan. Hamma gap şundan boşlangan… Dardi köpam oğirmasdi – mavsumiy edi. Qöşni turardik-da, hammasidan xabardorman. Binoyidek yurardi, gapirardi – şakl-u şamoyilini bir körgan odam heç aybli, deb öylamasdi. Faqat beçora tiramada, keyin bahorda, qatqaloq payti, dardman bölib qolardi. Dard oğir keçardi şekilli, molxonaga qamab qöyişardi. Bir oygaça yöqolib qolardi, oğaynilari qarardi-da, işqilib. Xotini bilanam uç yillar yaşadi. Kelin yaxşi ayol çiqdi – könikib qoluvdi. Keça deng birdan bu palakat…

Janozaga keçikkan ikki yigit yugurgilab kelişarkan, çollar oldida qadamlarini sekinlab, salom berib ötişdi. Gap berayotgan çol bir maydon tin oldi. Qariyalarni yigitlarning harakati bezovtalantirdi: ular ham marosim ortidan yölni davom ettirişdi. Çol yurib aytib ketaverdi:

– Iyarçan qizini öğri urib yiqitib, huşdan ketkazibdi, otasini sudrab molxonaga kiritibdi…

Hikoya qilarkan çol çöntagidan dast­römolini olib, unga qattiq aksa urdi. Hassali çol sabrsizroq edi:

– Ukkağarning xotini qaysi görda ekan…

Çol javob berişga şoşilmasdi.

– Hammasi saharmardonlab bölgan, hali quşam uyğonmagan bölgan. Xotiniyam bölgan. Bosqinçi uni ham urib behuş qilgan. Bir davang narsa ekan öziyam. Öğri oğildan ança vaqt çiqmay ketgan. Ölikniyam öşa oğildan osiğliq topişgan-da… Keyin ayolni… sudragan. Öğrini, bebaxtning oğaynilari tutib olişgaç, özi şunday böldi, deb aytgan.

Havo nihoyatda dimiq edi. Çol yöl-yölakay yana römolçasini olib, endi terlagan böynini artdi:

– Işqilib, kuni kalta ekan-da, – deb qöşib qöydi.

– Ayoli-çi, ayoli şu gaplarni tasdiqlaganmi? – qistab söraşni davom ettirardi hassali çol.

– Hamma gap ana şunda-da. Ayol maʼqullayapti, ammo qizça boşqaça böldi, deb aytib qöygan.

Hassali çol hayratdanmi yoki çarçaganligi sabablimi, töxtab oğzini kap-kap oçib nafas oldi. Olgan nafasi bir savol berişga yetdi:

– Bola nima debdi?

– Bola aytibdi: “Oldin ayamni öşa begona erkak çaqirib ketuvdi, men ularni orqasidan borib, ayamni öşa begona erkak majburla­ganini kördim. Ayam köp qarşilik qildi, men yordam bermoqçi edim, ammo tayoqdan huşimdan ketib qoldim. Qança yotganimni bilmayman, lekin özimga kelgaç onam aytayotgan gaplarni aniq eşitdim: “Bunday erni menga keragi yöq, uni öldirib ket”, – dedi onam”. Qizça ön birda – esini bilib qolgan. Ayol borib erini aytib çiqadi. Ammo öğri öldirmayman, deb turib olibdi va çiqib keta boşlabdi. Keyin marhumning özi mol­xonaga kiribdi, orqasidan ayoli boribdi.. Qo­çişga ulgurmagan öğri ham buni körgan… Bu endi öğri bilan qizçaning gapi-da. Qolgani yolğiz Olloga ayon.

– Astafurullo… – hassali çolning kalimasi bilan hamroylar qabriston darvozasidan ötişdi. Kalimaning aytilayotgan voqeadan tavba qiliş yoki mozorotga qöyilgan qadamni ins-u jinsdan asraş maqsadida aytilganini gurungkaş çol anglab yetmadi. Şu sababli har ehtimolga qarşi özi ham içida kalima qaytarib oldi.

Oftob rosa tobiga kelgan edi. Uning issiği borliqdagi hamma narsani böğib taşlagandi. Uzlatga kuzatişning hovuridan tobutning qoq tepasida, çirillab qanot qoqayotgan zarğaldoq­ning ovozi ustunroq edi… Quş qab­ristongaça masofani bor böyiga kuzatuvçisi böldi. Uning ovozi aksariyatning quloğiga şakkoklikdek tuyilsa-da, kimsa bu holatda biron narsa qilişdan ojiz edi. Oxir-oqibat zarğaldoq yangi qazilgan qabr yoniga tobut qöyilgaçgina pastlab, uzoqroqdagi qabr toşiga qöndi.

– Auzibillohu… – kökköz imom ançayin şirali ovozi bilan oyatlarni maromiga keltirib öqidi. Atrofni mayin ohang va oqqurayning xuş­taʼm böyi tutib ketdi. Avom mullaning ortida sukut saqlab, öyga çömgandi. Tilovat söngida fotihaga qöl oçilgaç, Eşqul Dumba­ning közlarida yoş körindi. U burun tortib, köz­yoşini yenglari bilan artdi. Mulla nimalardir dedi, ammo olomon uning sözlarini anglamay qoldi. Marhum joyiga qöyila boşlandi.

– Toğasi kim? – söradi olomondan mahalla oqsoqoli alangsirab.

– Toğasi Galdir soqov bultur ölib ketdi-ku, garangmi bu oqjol?! – görkovlik qilayotgan Aşur poçça luqma taşladi. – Bizlar ham ikki pol narimiz… Ana, inisi qöysin qabrga…

Oqsoqol duduqlanib qoldi. Bir lahzada vaziyat taranglaşdi. Qabrga jadal intilgan olomon tislandi.

 – Suyagi kim özi? – oraça qildi kökköz mulla.

Oraga noqulay sukunat çökdi. Köngli no­ziklarning eti jimirlab ketdi.

– Toğasi bölmasa, inisi bor-ku, şu qöyadi-da, – ildam takrorladi kayvoniroq çollardan biri.

Eşqul Dumba belboğini yeçib, peşonasini tanğidi. Çoponini yeçib kimgadir tutdi. Aşur poçça unga yordam bergan böldi. Qolgan iş köz oçib yumgunça sodir böldi. Tuproq tortilişidan oldin öntaça çim gör oğziga bosildi; buni görkovlik qilgan Aşur poççaning özi epladi. Şundan söng tuproq tortila boşlandi. Yoşroq erkaklar sanab yetti ketmon tuproq tortar, söngra asbobni birovga tutmasdan yerga taşlardi; ketmonni qölma-qöl uzatiş man qilingan edi. Qattiq irim qilinardi. Odatda marhumning tuğişganlarigina bu irimga amal qilmasdan köproq urini­şardi…

Yangi, dömpaygan qabr paydo böldi. Qabrning ustlari öxşatib çimlandi. Imom janozani öqidi. U odatdagidan kaltaroq qildi, özi tugatgaç, yonboşida çökkalagan çöq­qisoqol, ğundalak çolga “Öqing!” deganday qaradi. Çöqqisoqol ğudrangan bölib, tilovatni toza ham qisqa qildi. Omin böldi. Marosim tugadi. Olomon tarqalişga şoşildi. Oqsoqol “Marhum qanday odam edi?” – deya tarqaluv­çilarga azaliy savolni taşladi. Bir lahza tin olindi, ammo gap qotilmadi. Kimdir nimjongina “yaxşi odam edi”, dedi.

Aşur poçça yakunda orqada qolganlarni quvib ötar ekan:

– Ha enağarlar! Zör odam edi… – deya kinoya qildi. Uning betuz, bemaʼni gapiga hamqişloqlar könikib qolişgan şe­killi, heç kim indamadi. Keyin çöqqisoqolga şaxdam qadamlar bilan tenglaşar ekan poçça yana negadir “Enağar, eşakmiya…”, deya sökinib qöydi.

Yoğoç tobut qabriston darvozasi oldidagi xonaqohga keltirildi. Eşqul Dumba tobutdan marhum ustiga taşlangan yirtiq matoni jadal yiğiştirdi-da, yirtib görkovlarga beriş örniga taxlamasdan hali kiyib ulgurmagan çoponi içiga bekitdi. Aşur poçça bilan görkovlik qilgan yigitga hali marosimda özi közyoşlarini artib yurgan oq gardirömolni tutdi:

– Ma, yuki tuşmasin!

Yigit görkovlik asboblarini tobut ustiga taxlar ekan, römolni ğijimla­ganiça çöntagiga tiqdi. Hamma ketişga şoşilardi.

Ön daqiqadan söng qabristonga yana sukunat çökdi. U yer-bu yerdan toşdan toşga uçayotgan zarğaldoqning saraton hovurini tirnayotgan “çirq-çirq” degan ovozi eşitilib qolardi.

Şu kuni qişloq jinnisining janozasi öqilgan edi.

 

Eşqobil Vali

 

1965-yili tuğilgan. Samarqand davlat universitetini tamomla­gan.

“Paxsa qişloğim”, “Ming ikkinçi keça”, “Sukunat mulki”, “Askar kundaligi” nomli nasriy va şeʼriy töplamlar muallifi.

2022/11-12

“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822

Obuna haqida

Izohlar

Hozirça izoh yöq. Birinçi bölib fikringizni yozing.

Siz nima deysiz?

Izoh tahririyat körib çiqqaç, eʼlon qilinadi.

Şu ruknda köp öqilganlar

Barçasi (258)

Suv. Hikoya

– Öz oyoği bilan jildirabgina kelmagan suv suvlik qiladimi?! Ketaman bu Cahroyi kabirdan… ketama-an-n! Dilşod şunday deya örnidan sapçib turdi-yu, derazadan taşqariga termildi. U avval hovlisidagi qovjirab qolgan…

“Eynşteyn jumboği”

Dekabrning asov şamoli tun bağrida özini har yonga urib, böriday uvillaydi. Uylar ham sovuqdan junjikkanday bağridagi çiroqlarini öçirib, şamolga jör bölib, qoranği tun vajohatini yanada orttiradi. Biroq şu imoratlar…

Uluğbek Hamdam. Yöl (falsafiy roman

Men bir ojiz tomçiman, ammo yuragimda ummon soğinçi yaşaydi. Mavlono Rumiy TUŞDAN OLDINGI VOQEA Ovoz keldi! Ovo-o-oz!.. Eşityapsizmi, ğoyibdan bir ovoz keldi! Dunyolarni töldirib emas, yöq, balki yöl kabi uzun, yöl kabi…