Ertalab yuz-qölini yuvayotgan professor beixtiyor közguga qaradi-yu, qotib qoldi: uning ikki qoşi örtasida tangadek qora doğ paydo bölgan edi.
– Yo, tavba?! – dedi u közlarini uzolmay, esi oğayozdi. Vujudini minglab savollar çulğab oldi: “Bu qanday paydo böldi? Yo avval ham bormidi? Bor bölsa, nega şu kungaça körmadim? Yo bir keçada… Işqilib ketarmikin?..”
Bir lahzada butun umri köz oldidan ötdi. Yuragi siqilib, derazani oçdi. Kaftdek namoyon bölib turgan qadim Çöponota, Afrosiyob tepaliklari, Uluğbek rasadxonasi, minoralar gumbazi, Samarqand şukuhi… hammasi heç bölib qoldi. Vujudini mahzunlik egalladi… Ammo hozir u ketişi kerak edi. Bugun Samarqandda dunyoning yetakçi olimlari iştirokida xalqaro konferensiya ötkaziladi. Ular orasida ustoz deb e’tirof etadigan dösti, Şarq va Ğarb uyğoniş davri allomalari hayoti va ilmiy tafakkuri bilimdoni Muhammad Turkiy ham bor. Uni kutib olişi kerak.
Professor oçiq turgan ulkan kitobni eslatuvçi Samarqand xalqaro aeroportiga kirar ekan, bino mahobatidan yuragi hapriqsa-da, peşanasidagi doğdan ming xijolatda, boşini egib, atrofga köp qaramaslik payida böldi. Töğri borib parvozlar jadvaliga termildi. Muhammad Turkiy kelayotgan samolyotning qönişiga hali vaqt bor. Nazarida, hamma unga qarayotgan, qöllarini nuqib, bir-biriga körsatayotgandek tuyuldi. Niyati ortiga burilib çekkaroqqa ötiş edi. Nogoh bu yerdagilarning ham peşonasida katta-kiçik doğ borligini kördi-yu, qörquvdanmi, hayratdanmi yoqa uşladi. Heç narsaga tuşunmay qoldi. “Bu nimasi? Hammaning peşonasida doğ bölsa-yu, özlari bilişmasa? Yo körişsa ham e’tibor berişmayaptimi? Yo menga şunday körinyaptimi? Balki mendagi ham özimdan boşqaga bilinmas? Bu nimaning alomati özi?”
Kutiş zalidagilarning aksariyati kostyum-şimda, sipo edi. Qöllarida telefon, tinimsiz ma’lumot titkilaydi, ammo diqqat bilan öqişayotgani yöq.
Professor avvaliga “Aeroportda xorijliklar ham köp ekan-da”, deb öyladi. Yöq, deyarli hamma mahalliy aholi. Ular ham kimnidir kutişyapti. Birovi özbek, birovi rus tilida, boşqalari tojikça sözlaşadi. Aksarining luğati qorişiq…
Bir joyda ötirolmadi. Yuz berayotgan vaziyatdan tahlikaga tuşa boşladi. Öziga yaqin joyda ulkan közgu qöyilganligini kördi-yu, beixtiyor yoniga yönaldi. Peşonasida doğ! Yaraşmagan, kiyimlari noqulay turgandek tuyuldi. Ança eti qoçibdi. Birovning kostyumini kiyganday yenglari osilgan, böyinboği ham, köylagining yoqasi ham katta, yaraşiqsiz. Közlari kirtayib, peşonasi tirişib, yonoqlari burişa boşlagan…
– Tavba, odam yildan yilga epaqadan çiqib boryapti… Kamiga bu…
Şu payt yonidan bola yetaklagan juvon ötdi. Qölida çipta. Ançadan beri xorijda bölgan şekilli, Yevropa nuqsi urgan. Öğli qoş-közidan özbek.
Xalqaro reysdagi samolyot aeroportga qöngani eʼlon qilindi. Odamlar gurra özini yölakka urişdi. U ham örnidan turib, eşikka köz tikdi.
Nihoyat, yölakda qora gardişli közoynak taqqan, örta böyli, baqbaqasi osilgan, ammo yöl-yöl böyinboği ham, kostyum-şimi ham öziga ixçam turgan, yetmiş yoşlardagi Muhammad Turkiy körindi.
– Assalomu alaykum, ustoz! – dedi Professor döstiga quçoq oçib.
– Assalamu alaykum! – mehmon döstini bağriga bosdi. – Ustoz deb, odamni xijolat qilmang. Barça buyuk murabbiylar şu zaminda!
Şarq-u ğarb birlaşdi. Uzoq söraşdilar. Professor uning doğ haqida gapirişini kutdi, ammo u boşqa söz aytdi:
– Keça yaxşi uxlamadingizmi, horğinsiz?
Professorning yelkasidan toğ ağdarilgandek böldi. “Demak, doğ boşqalarga körinmas ekan-da…”
– Hammasi joyida… – kalovlandi u. Şu asnoda mehmonning yuziga tikilib qaradi, ammo ajinlarni aytmasa, doğ körinmadi.
– Negadir bezovtasiz, – qöşib qöydi mehmon.
– Ha endi, bugun konferensiya… Siz kabi ustozlar kelişadi. Albatta, hayajon böladi-da… Qani, yuring-çi, ketdik.
Ular aeroportdan çiqişdi. Taşqarida bir guruh taksiçilar yölovçi kutib turişardi.
– Yöl bölsin? Qayerga boramiz?
– Mana, pryamoy Görimir, Registon!
– Şaharlab ekskursiya!
– Siyob bozori, Şohi Zindaga bormi?
– Al-Buxoriyba raftem!
Mehmon birdan yurişdan töxtadi. Negadir peşanasi tirişdi.
– Xudo xohlasa, birinçi mehmonxonaga boramizmi? – söradi professor. – Yoki çoy-poy içib olamizmi?
Muhammad Turkiy bir muddat javob ham bermadi. Közoynagini olib artdi.
– Birinçi Imom Buxoriy hazratlarini ziyorat qilaylik.
– Al-Buxoriygami? – ikki-uç taksiçi ularni örab oldi.
– Ha, – dedi professor. Aslida, uning közi atrofdagi odamlarning peşonasida edi. Taassufki, ularning ham ikki qoşi örtasida doğ bor edi. Professor behuzur böla boşladi. – Iltimos, faqat bittalaring kelinglar, – dedi oxiri sir boy bermasdan.
Kimdir şartta uning qölidagi jomadonini uşladi.
– Özim olib boraman. Maşina lyuks, super salon, myaxkaya balon! Hammasi çutkiy!
Ikki ustoz bir-biriga maʼnoli qarab olişdi. Mehmon orqa örindiqqa ötirdi. Professor ham. Derazadan atrofni kuzatib keta boşlaşdi.
– Şaharlaringiz juda çiroy oçib boryapti! – dedi Muhammad Turkiy. – Avval kelganimda ham bu qadar emasdi. Aeroportdagi ramziylikni körib-ku lol qoldim!
Professor mamnun boşini irğadi. Hozir bu gaplar uning quloğiga kirmayotgan, qalbiga yetib bormayotgan edi.
– Buyuk tarixi bor millatsizlar! Kelajak ham şarafli böladi, inşaalloh!
– Inşaalloh…
Peşonasidagi doğ könglini xira qilib turgan professor doğ haqida Muhammad Turkiydan ham söramoqçi böldi, ammo tili bormadi.
Manzil köringaç, Muhammad Turkiy bezovtalana boşladi. Professor taksi haydovçiga pul berayotib, uning ham peşonasida doğ borligiga töla amin bölib, yöl haqini uzatdi-yu, maşina eşigini yopdi.
Mehmon maşinadan tuşişi bilan manzilga tikilib qoldi va duo qila boşladi:
“Allohim, men ojiz qulingni şunday muqaddas manzil-makonga yetkazding, özingga şukr! Özing mehribonsan, karami kengsan! Ustozlarga munosib şogird bölişlikni nasib aylagin. Özing bizni aql-zakovatli, salohiyatli qilgin. Qiyomatda yuzimizni qaro qilmagin, boşimizni egmagin…”
Professor ham duoga qöşildi-yu, eti jimirlab ketdi. Iç-içidan nimadir çirt uzilgandek böldi. Muhammad Turkiy ziyorat çoğida buyuk muhaddis poyida ötirib uzoq tilovat qildi va duoda közlariga yoş oldi. U yerdan çiqar ekan, namoz öqimoqçi ekanligini bildirdi.
– Namozxona bu yerda. – Professor uni masjidga boşladi. Namoz öqişdi. Professor sunnatni ado etib böldi hamki, mehmon duoni tugatmadi. U piçirlab iltijo qilar, lablari qimtilgan sari köz yoşlari sel bölar, har nafas olganida öpkasidan şiğillagan ovoz kelardi…
Tugatib, örnidan qözğaldi. Şundagina orqasida dösti turganini kördi.
– Uzr, sal uzoq qolib ketdim.
– Alloh duolaringizni ijobat qilsin.
– Inşaalloh… Barçamizning.
– Özbeklar baxtli, ötmişi şarafli xalq… – dedi Muhammad Turkiy maşinaga çiqayotib. – Buni qadrlaş kerak. Munosib vorislarni yetiştiriş kerak…
Professor boş irğab qöydi, ammo munosabat bildirmadi.
– Endi mehmonxonaga joylaşsak böladi, – dedi Muhammad Turkiy. – Keyin bemalol konferensiyaga boramiz.
– Orada bir ovqatlanib ham olsak yaxşi bölardi.
– Ovqatlaniş qoçmas, – jilmayib qöydi u. – Men özi bu yerga kelib, ruhan töydim! Miriqdim! Juda yengil böldim. Sizga rahmat!
– Unaqa demang. Mehmon atoyi xudo!
– Ammo yana bir iltimosim bor. Konferensiyadan keyin meni Mirzo Uluğbek hazratlarining rasadxonasiga olib boring.
– Xöp! Siz nima desangiz şu!
– Rahmat. Alloh sizdan rozi bölsin.
Konferensiya peşindan keyinga möljallangan edi. Ungaça mehmonxonaga joylaşib, professorning qistovi bilan tuşlik ham qilişga ulgurişdi. Professor qayerda kimga qarasa, peşonasida doğ kördi. Bora-bora bunga könika boşladi ham…
Konferensiyada sözlangan nutqlar, bugungi kötarilayotgan mavzular, millat tarixi eʼtirofi, avlodlar oldida turgan vazifalar professorning quloğiga kirmadi, yuragida tomir otmadi. Uning öy-xayoli DOĞda edi. “Hammaning peşonasida doğ bölsa-yu, ularning parvoyi falak. Hamma özi bilan özi ovora… Doğ boşqalarga körinmagani bilan menga körinyapti-ku?!”
– Tavba… – professor butunlay tamom böldi. Doğning yuqumli ekanligini anglagaç, tadbirdan çiqib ketmoqçi ham böldi, ammo gali kelganda özining Mirzo Uluğbek asarlarining xorijda örganilişiga doir maʼruzasini öqidi. Közi qoğozda-yu, xayoli barçaning peşonasini egallab borayotgan doğda edi. Uni peşonadagi paydo bölgan qora doğ va ajdodlarga oid minglab savollar çulğab olgan edi: nega bugun bizdan yana şunday allomalar yetişib çiqmayapti? Nega biz şu kungaça Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Mirzo Uluğbek kabi zotlarning töliq asarlarini topa olmayapmiz? Mirzo Uluğbek kutubxonasi hozir qayerda?..
U anjuman oxirigaça şular haqida öyladi. Hayoti davomida Beruniy, Mirzo Uluğbek, Xorazmiy asarlarini tarjima qilgan, ularni çop ettirgan, faoliyatidan, ajdodlardan faxrlangan, huzur qilgan, ammo bunday vaziyatga tuşmagan edi. Göyo hozir uni bino bosib qoladigandek yoki yer yorilib, ötirgan stoli bilan qöşilib tuşib ketadigandek bölaverdi. Taşqariga çiqib sigareta tutatdi. Atrofga boqdi. Şahar gözal, binolar mahobatli, ammo özini juda kiçkina, musiça qadar miskin tasavvur qildi.
Professor qança vaqt xayolga çömib qoldi, bilmadi. Ortidan “Domla!” degan taniş ovoz keldi. Yalt etib yoniga ögirildi va Muhammad Turkiyni kördi. U juda sokin va masrur edi.
– Nega bu yerga çiqib oldingiz?
– Biroz toliqdim… – dedi professor nima deyişni bilmay. – Konferensiya çözilib ketdi.
– Sizni tuşunaman. Men ham ajdodlarimiz haqida söz borsa, ular eʼtirof etilganda, ularga munosib avlod bölolmayotganimizdan şunday iztirobga tuşaman…
– …
– Konferensiya tugadi. Yuring, endi rasadxonaga boramiz.
– Yiğilişdan keyin mehmonlarga bir piyola çoy bor edi…
– Maqsadimiz çoyxörlik emas… Fursatni boy bermasdan u yerga boraylik. Keçki ovqatni ham öylamang. Menga bir finjon qahva yetadi. Özi, aslida, hayotimizda eng köp vaqtimizni öğirlagan ham şu – bir piyola çoy…
Professor döstiga bir qarab qöydi. Uning nigohida çeksiz iztirob bor edi.
– Mana, baxtimizga şogird ham şu yerda. Bizni olib boradi.
Ustozini izlab çiqqan şogird – xorijdagi Özbekistonga oid nodir manbalarni tadqiq etayotgan ozğin, uzun böyli yigit – ularni rasadxonaga olib bordi.
Kun asrdan ötib, butun borliqni qamrab borayotgan soya şarqqa mağrur boqib turgan Mirzo Uluğbek haykalini ham bağriga olgan, faqat rasadxonaning ğarbga qaragan peştoqigagina nur tuşib turibdi.
Ikki olim Mirzo Uluğbekning yulduzlarni kuzatuv kengliklari poyida turib, uzoq öyga toldilar. “…jahonda tengi yöq rang-barang naqşlar bilan bezatilib, devor va şiftlarida osmon darajalari, daqiqalari, hatto soniyalarigaça hisoblanib, yetti sayyora hamda “harakatsiz” yulduzlar, şuningdek, yer kurrasi, yetti iqlim, toğ-u sahrolar va daryo-yu dengizlar hamda ummonlargaça tasvirlangan”.
– Abdurazzoq Samarqandiy nihoyatda latif taʼrif etgan, – dedi Muhammad Turkiy, – Mirzo Uluğbek hazratlari ön beşinçi asrning birinçi çoragida şunday muazzam rasadxonani bunyod etdi. Ilmiy tafakkuri bilan dunyoni lol qilib, bir ming ön sakkizta yulduzni aniqlab berdi. Buyuk bir maktab yaratdi. “Zij”day buyuk asarni yozib qoldirdi. Bu kitob Ali Quşçi orqali Turkiyaga, söngra Yevropaga tarqaldi. Ularga ilmiy asos, betakror manba bölib xizmat qildi.
– Nimasini aytasiz… – boş çayqadi professor. – Odamning aqli şoşadi. Men ularning asarlarini tarjima qilib, kitoblarini tayyorlayman, ammo özim bu işimdan juda-juda xijolat tortaman.
– Siz-u biz esa hali ular öqigan kitoblarni emas, ular yozgan asarlarni topib, öqib, örgana olganimiz yöq. Men şunga kuyinaman… Ajdodlarimiz bizni nima deb ataşar ekan-a?
Mehmon xörsindi, professor nadomat bilan boş çayqadi, şogird esa közlarini olib qoçdi.
– Polyak olimi Yan Geveliy kitobiga çizilgan suratda Mirzo Uluğbek örindiği orqasida “Merosimni munosib avlodlarimga qoldirdim”, degan eslatma bitilgan. Bu sözlar yodimga kelganda har gal iztirobim yanada ortadi, – dedi Muhammad Turkiy.
– Rost aytasiz, ustoz, – professor peşonasini siladi. – Bu sözlar siz-u bizga qaratilgan bir vasiyatki, bajara olmay vijdon azobidamiz.
– Yuringlar, muzeyni tomoşa qilaylik. Keyin qaytamiz.
Jimgina ularning suhbatiga quloq tutib yurgan şogird ham ularga ergaşdi.
Içkarida nazoratçidan boşqa heç kim yöq edi. Uç olim Mirzo Uluğbek davri, uning maktabi, rasadxona tarixidan hikoya qiluvçi muzeyga kirarkan qolipga solib, devorga osib qöyilgan tarix haqiqatlari oldida fikran ojiz va maʼnan mahkum rutbasida qolişdi. Ular rasadxona nusxasiga tikilib turişarkan, çuqur öyga çömdilar. “Olti asr muqaddam bunday muazzam inşootni qanday bunyod etişgan? Qayerdan andaza olişgan? Yo hammasi öqib-örganganlari asosidami? Bunday buyuk tafakkurga qanday erişiş mumkin?”
Ularning vujudini örtayotgan savollar köp edi. Göyo rasadxona nusxasiga köproq tikilsa, javobi topiladigandek qarab turişar, heç biri söz qotmas, öy-xayollari tarix va kelajak, ajdodlar va avlodlar tafakkuriga aralaşib ketgandi. Ular xayolan öşa davrga tuşib, rasadxonani kezib yurişgandi. Ana şunday oniy lahzada birdan yer silkingandek böldi, çiroq öçib, atrofni zulmat qopladi. Şaqir-şuqur ovozlar eşitila boşladi. Yulduz uçganday böldi va birdan tevarak yorişib, rasadxona eşigi oçildi va sulton Mirzo Uluğbek boşçiligida Qozizoda Rumiy hamda Ali Quşçi birgalikda kirib kelişdi.
– Assalomu alaykum! – uçala olim barobar salom berişdi.
Salomga Mirzo Uluğbek alik oldi va ularga bir-bir qarab çiqdi. Qöllarini ortiga qilib, salobat bilan söradi.
– Huzurimga kelibsizlar, xuş kördik, ahli ulamo.
– Xuşvaqt böling, olampanoh! – professorning tilidan şunday sözlar uçdi.
– Murodlaring ne?
Uçala olim bir-birlariga qarab qoldi. Muhammad Turkiy közoynagini qöliga olib, dedi:
– Bizlarni afv eting, ziyoratingizga keldik…
– Ilm talabidagi saʼy-harakatlaringizni Alloh öz dargohida husni maqbul aylasin. Har bir möminning öz burçi, vazifalari bor. Inçunin, ilm ahlining masʼuliyati yanada köproq. Buni qanday uddalayapsiz?
– Men Siz onhazrat yaratgan asarlarning Ovröpada örganilişi, yoyilişini tarğib etyapman.
– Mavjud narsalarni tarğib etmoq muşkul ermas… – Mirzo Uluğbek oğringandek bölib Qozizoda Rumiyga boqdi. Hazrat tiyrak nigohlari ila kuzatib turardi.
– Siz-çi? – professorga yuzlandi.
– Men… men… – kalovlandi u. – Siz yaratgan asarlarni tarjima qildim. Yana köp uluğlarimizni ham. Xorazmiyni, Beruniyni, Ibn Sinoni…
– Ular turkiylarning dovruğini dunyoga yoydilar. Özingiz nima yaratdingiz?
– …
– “Zij”ni öz ona tilingizga tarjima qildingizmi?
– …
– “Al-jabr”ni topdingizmi? “Tib qonunlari”ni mukammal etdingizmi?
– Keçiring, olampanoh…
– Uzrxohlik ilm ahliga xos ermas… Avlodlar köziga qanday tik boqasiz?!
Professor yerga qaradi. Uluğbek Sulton ötkir, tiyrak nigohlarini Şogirdga qadadi.
– Siz-çi?
Şogirdni sovuq ter bosdi. Vaznini öng oyoğidan çapiga oldi. Titrab, xirqiroq tovuşda dedi:
– Asrlar davomida köplab maʼnaviy bisotimizdan ayrildik. Ularning aksariyati bugun yöqolib ketgan. Borlari esa Ğarb kutubxonalarida, fondlarida, muzeylarida… Şularni aniqlab, qayta tiklayapmiz.
– Ofarin! Şunda yana uyğoniş röy beradimi? Şarqona maʼrifat böy körsatadimi?
– Inşaalloh!
– Bizning davrimizda ilm-u tafakkur quyoş yangliğ Şarqqa xos erdi. Mağrib bizdan örganar erdi.
– …
– Bebaho kitoblar qanday qilib boşqa yurtlarga olib ketilgan?
– Sizlarning zamonangizdan söng xalq köp talafot kördi… Abdullatiflar davri boşlandi. – Şogird bu gapni aytdi-yu, tilini tişladi.
– Abdullatif bir timsol… – Mirzo Uluğbek çuqur xörsindi.
– Bu qabohat neça yil davom etdi?
– Salkam beş asr…
– Bunga qarşi qanday çora körildi?
– Xonlar, amirlar birlaşa olmadilar… – dedi şogird. – Bunga tarix guvoh.
– Hazrati Temur Köragon şiorlari unutildimi?
– Yöq…
– Unda nega?
– Keçiring… Tarixiy adolat endi tiklanmoqda…
– Adolat bölmasa, millat tanazzulga yuz tutgay. Millatni yuksaltiriş uçun ilm kerak! – Sulton biror gapingiz bormi degandek Ali Quşçiga qaradi.
– Ijozatingiz bilan, – dedi Ali Quşçi. Söngra şogirddan söradi: – Qaysi şaharlarda tahsil olgansiz?
– Samarqandda… – şoşa-pişa javob berdi.
– Yana qaysi şaharlarda?
– …Şogirdning vujudida otaş yondi.
Ali Quşçining peşonasi tirişdi.
– Istanbul, Tabriz, Qohira kutubxonalarida bölganmisiz?
Şogird javob örniga qizarib, boş çayqadi.
– Qaysi tillarni bilasiz?
– Öz ona tilimni!
– Boşqa tillarni-çi?
– Rus va ingliz tillarini ozroq bilaman…
– Arab, fors tillarini-çi?
– Meni keçiring.
– Bu tillarni bilmaslik ilm ahli uçun ziyon emasmi?
Uçala olim ham yer çizib qoldilar. Suhbatga Qozizoda Rumiy qöşildi.
– Aslida, ustozlar ibrat körsatmasalar, şogirdlardan bu qadar talab nojoiz erur.
– Haqsiz! – dedi Sulton Uluğbek. Söng ikki ustozga qaradi. – Sizlar qanday yöl tutmoqdasizlar?
– Biz yoşlarni biror xorijiy tilni örganib, qölyozma manbani öqiydigan bölmagunça oliygohga qabul qilmaymiz, – dedi Muhammad Turkiy.
– Biror xorijiy tilni bilmasa, bizlarda ham ilmga yöl yöq! – davom ettirdi professor.
Şogird ham sözlamoqçi edi, Mirzo Uluğbek dedi:
– Muqaddas Qurʼoni karim nozil bölgan, janobi payğambarimiz Muhammad alayhissalom sözlagan til-çi?
– Men uni örganyapman… – şogirdning ovozi arang çiqdi.
Sultonning közlari çaqnab ketdi.
– Neça yoşdasiz?
– Yigirma yetti.
– Beruniy hazratlari bu yoşda “Osorul-boqiya”ni yozib tugallagan va dunyoni lol qilgan edilar. Sizlar-çi? Xorazmiy hazratlari “Al-jabr”ni, Farğoniy hazratlari Nil daryosining sathini ölçaydigan uskunani yaratganida sizlardagi imkoniyatda emas edilar. Bu ne hol?
Olimlar afv tilagandek boşlarini egdilar.
– Uyğoniş kerak! – taʼkidladi Mirzo Uluğbek. – Ustozlar solik, yoşlar salohiyatli bölişi kerak! Butun millat uyğonişi kerak! Bu bedorlik faqat jismonan emas, maʼnan bölmoği lozim! Uyğon, ahli Turon! – Sulton hassasini yerga urdi.
Yer silkingandek böldi va ular göyo tuş körayotib uyğongandek seskanib ketişdi.
– Vaqt böldi, muzey yopiladi! – maʼmurning ovozi eşitildi.
Bino, uning nusxasi, hammasi joyida. Professor Muhammad Turkiyga qaradi. Endi uning ham peşonasida doğ paydo bölgan edi. U titray boşladi. Öziga razm soliş uçun közgu axtardi, topa olmadi. Nogoh çöntagida telefoni borligi yodiga tuşdi va olib suratga oliş dasturi orqali öziga qaradi. E-voh! Uning yuzi qorayib, ikki qoşi orasidagi doğ kattalaşib ketgan edi.
– Bizga nima böldi, ustoz? – dedi u.
Muhammad Turkiy jim, yerga qarab turardi. Oxiri boşini kötardi va:
– Bu siz-u bizning jazoyimiz bölsa kerak… – dedi va boşini egganiça taşqariga yöl oldi. Ayni damda u sözlaşni ham istamasdi… Qolganlar izidan çiqişdi.
Borliqqa qoronğulik çökkan, yaqin-yaqindan şom namozining azoni eşitilar edi.
– Siz domlani mehmonxonaga kuzating, – dedi professor şogirdiga. – Men poytaxtga qaytaman.
– Bugun ham qoling, ustoz, – dedi mahzun bölib qolgan şogird. – Bu nima böladi endi? – dedi şogird peşonasiga işora qilib.
– Bilmadim… – dedi professor çuqur iztirob bilan.
Olimlar muztargina xayrlaşişdi. Şogird Muhammad Turkiyni olib şahar tomon, Professor esa poytaxtga yöl oldi. Haydovçi unga bir qaradi-yu, közlarini olib qoçdi. Indamay yöl tanobini tortdi.
Manzil uzoq edi…
Xoliyor SAFAROV
1983-yili tuğilgan.
Samarqand davlat universiteti özbek filologiyasi fakultetini tamomlagan. “Oy botmagan keçalar”, “Qanotsiz quşlar”, “Nomus va hayot” kitoblari çop etilgan.
2023/1
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida


