– Dada!
– Ha, nima deysan?
– Bigizni körmadingizmi?
– Yöq. Özi nima qilmoqçisan bigizni?
– Tuflimni tikib olişim kerak, tagi kötarilib qolgandi.
– Tunov kuni bozordan olgan tuflingmi?
– Ha, öşa. Keça jismoniy tarbiyadan futbol öynagan edik, bir martagina töp tepganimni bilaman, tuflimning oğzi töpga tegar-tegmas oçilib qoldi!
– Ha, yangi çiqqan oyoq kiyimlarning sifati yöq-da. Yangi olingan narsaniyam bir haftaga bormay tagi kötarilib qoladimi?! Töpniyam bir martagina emas, köproq öynab yuborgandirsan, balki! Şundaymi?.. Endi nima qilmoqçisan?
– Bigizni topib tikaman-da, maktabga ketaveraman. Heç nima qilmaydi.
– Şuni yelimlab qöysa bölmaydimi?
– Yöq, yana ajralib ketadi. Undan köra tikkan yaxşi.
– Tikişga vaqt yöq. Maktabga jönaydigan mahaling bölib qöydi. Tikib olguningça keç bölib ketadi. Yaxşisi, bunday qil. Mening tuflimni bugunça kiyib borib kelaqol. Sen kelguningça özim bigizni topib tuflingni tikib qöyaman. Maylimi? Bor.
– Sizning tuflingiz menga katta-ku?
– Kattaligi qolmadi, sengayam töğri kelib qoladi. Oyoğing lapatka bölib yotibdi-yu, yana menga katta deysan.
– Mayli, lekin katta bölsa kiymayman, – deb yugurib uyga kirib ketdim.
Birrov kiyinib böldim. Töğrisi, dadamning tuflisi qayerdaligini közimni yumib ham topa olaman. Dahlizning burçagiga şunday qarasangiz, bizning tuflimiz “assalomu alaykum” deganiça oğzini kappa oçib balandda turadi. Pastda esa dadamniki, afti bujmaygan, “ust-boşi” çang , tagi yemirilib ketgan. “Keksa”ligidan hatto bitta ham “tişi” qolmagan. Yoşi ham oltida. Mendan roppa-rosa yetti yoş kiçkina deng. Endi maktabga bora boşlagan paytlarimda ayamning: “Özingizga ham bir kiyim-piyim olsangiz bölmaydimi?” – deb tinimsiz qistayverganidan keyin qisina-qisina şu tuflini olgan edi.
Ğira-şira esimda. Biz dadam ikkimiz bozor aylanib yurardik. Öşanda kuz bölsa kerak deb öylayman. Harholda, men, mittigina bolakay, tepasida uçta popukçasi bölgan telpagimni (aslida, törtta edi-yu, bittasini yulib olganman) sovqotmaslik uçun tinimsiz quloğimning ustiga tortqilar edim.
Ikkovlaşib oyoqkiyimlar rastasiga boramiz. Dadam qöliga bir yaltiroq tuflini olib u yoq-bu yoğini aylantirib köradi, söng savdogardan:
– Uka, bu patinkang qança turadi?– deb söraydi.
– Aka, bu patinka emas, tufli. Qarang, çötki turibdi.
– Mayli, töpling neça pul?
Savdogar endi jilmayib narxini aytadi. Dadam nimagadir qölida muzday narsani uşlab olgan odamday qölidagini tezgina joyiga qöyib qöyadi. Sörab-sörab eng arzonini topadi. Körimsizgina tuflini qöliga olib “s” şaklidagi tugmaçaga öxşaş bezagini burab köradi, savdogar yigitdan tağin narxini söraydi.
– Ha, aka, boyagisi sizga yoqmadimi? – deydi yigit.
– Yoqdi, lekin narxi biroz töğri kelmadi-da.
– Keliştirib beramiz, aka. Qarang, bu juda sifatli narsa. Çista teridan qilingan. Maza qilib kiyasiz. Ikki yilga garantiya. Suvdan keçib ötsangizam, içiga bir tomçi suv ötmaydi. Qarang! – savdogar yigit haligi yaltiroq tuflini buklab-buklab keyin qöyib yuboradi. U darrov öz holiga qaytadi. – Kördingizmi? – deydi ketidan, tuflini qöliga tars-tars urib rastaga qaytarib qöyarkan, – çista teri dedim-ku…
– Bunisining narxini ayting.
– Buyam zör narsa lekin. Narxi …
Sotuvçining gapidan keyin dadam bu safar boyagiday çöçib tuşmaydi-yu, lekin astagina burilib keta boşlaydi.
– Ha, aka?
– Heç narsa.
– Bunisi ham yoqmadimi?
– Yoqdi.
– Yoki qimmat dedingizmi?
– Yöq , bir bozor aylanib köraylik-çi…
– Mayli, lekin…
Ança vaqt aylanib-aylanib yana şu yerga kelib qolamiz. Sotuvçi yigitni darrov taniyman. “Ana” deb haligi dadam uşlab körgan tuflini körsataman.
Yarim soatça savdolaşişadi. Mening oyoğim tolib ketadi. Ötirib olib ikkovining gapiga quloq tutaman. Bezor bölib ketaman. Boşqa tomonga, ötgan-ketganga termulaman. Bir mahal yelkamga kimdir qoqadi. Ögirilib paketga solingan tuflini kötarib olgança kulib turgan dadamni köraman. “Ketdik, – deydi u , – qara, şu töplini oldim. Yur, endi sengayam biron nima olamiz”…
…Dadamning tuflisini çangini artib-surtib kiyib oldim. Qiziq! Boya dadamga “Sizniki menga katta keladi”, degandimmi? Aksinça bölib çiqdi-ku! Tiralib-buralib arang oyoğimni siğdirib oldim… Hayotning öyini qiziq-a, oldinga qarasang, hali hayot endi boşlanadigandek tuyiladi, orqaga qarasang, vaqt qançalik tez ötib ketganiga açinib ketasan… Bugun oyoğimga ham siğmay turgan tufliga keçagina ikki oyoğimni ham suqib olib, bemalol “kamaz” öynardim. Qoyil!..
Tufli hamon öşa-öşa körimsizgina “töpli” edi. Faqatgina afti biroz bujmaygan, “s” şaklidagi bezagining bittasi tuşib qolganini aytmasa (aslida, uni ham men bilmasdan yulib qöyib, ançagina gap eşitib olgandim), sira özgarmagan. Bizniki esa bir haftaga bormay “biror narsa bersang-çi” deya oğzini kappa oçib ötiribdi. Bu-çi, ehhe, bu bölsa hali, mabodo bugun men töp tepib yirtib qöymasam, yana ança vaqt “yaşaşga” rozi.
Dadalarning kiyimi şunçalik çidamliki, sira eskirmaydi, sira yirtilmaydi!
Lazizbek Bozorov
2004-yili tuğilgan.
Özbekiston – Finlandiya pedagogika instituti talabasi.
2023/1
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida


