13 daqiqada öqiladi

249 marta körilgan

Töyga bir kun qolganda…

Sulton Rayev

(Hikoya)

– Allo!..

– Allo. Kim bu?

– Keçirasiz… nol beş, yuz ellik uç, ellik sakkiz, yetmiş oltimi?

– Ha, şunday.

– Oxirgi raqami ön uç.

– Ha, ön uç. Keçirasiz, men sizni tanimadim. Kimsiz, adaşib tuşmadingizmi?

– Men-ku adaşganim yöq, bu – aniq, ammo sizga nima böldi? Biror joyga şoşib turibsizmi deyman, yo uyingizga öt tuşdimi?

– Nima, nima? Tuşunmadim. Kim özi bu? Qanaqa öt? Adaşdingiz…

– Yöq, menimça, siz adaşyapsiz. Telefoningizni töğri terdimmi? Ismingiz nima?

– Ha, töğri terdingiz.

– Demak, adaşganim yöq. Men sizga qönğiroq qilyapman.

– Bu bilan nima demoqçisiz? Men sizni tanimayman. Siz ham meni tanimaysiz. Nega endi eski tanişingizga qönğiroq qilayotganday gapirasiz?

– Taniş bölmasak, tanişamiz-da. Buning qiyin joyi yöq. Nima, xotiningiz yonigizda turibdimi? Ovozingiz qaltirab çiqayotibdi. Demak, xotinidan qörqadigan erkaklardansiz…

– Bekorlarni aytibsiz. Xotinidan qörqadigan erkak emasman. Siz özi meni biror joyda körgansizmi, tanişganmizmi?

– Taniş bölmasak, tanişamiz, deb aytdim-ku. Mening ismim Lira.

– Lira?

– Oldidan ilon çiqib qolganday qörqib ketdingiz. Lira ismli taniş oyimingiz yöqmi?

– Yöq, bunaqa ismli ayolni taniş u yoqda tursin, tuşimda ham körgan emasman.

– Sal oşirvordingiz, begim.

– Uff, bu tasqara kim böldi özi? Hozir trubkani joyiga qöyaman.

– Hay-hay. Bunday qilmang. Yuragimni çiqaray dedingiz-ku. Nomeringizni bilaman, qayta-qayta telefon qilaveraman.

– Qanaqa xudo urgan odamsiz özi?

– Nimaga jahl qilyapsiz? Ismimni eşitib, özingizdan ketay deb qoldingiz. Haligaça ismingizni aytmadingiz. Bilsak böladimi?

– Ismim Samat. Şunaqa ismli tanişingiz bormi? Yöq!

– Yaxşi ism ekan. Töğri, Samat ismli tanişim yöq, ammo nega endi şunday kişi bilan tanişmasligim kerak?

– Uşlagan joyini uzadiganlardan ekansiz. Mayli, özingiz haqingizda bir-ikki oğiz gapirib bering.

– Qörqyapsiz-a? Qörqmang. Nyu-Yorkdagi baland imoratlarni qulatgan emasman, Kolizey fojiasida ham mening qölim yöq.

– Gap deganni juda örniga qöyar ekansiz.

– Ha, şunday. Hazil-huzul qilib gaplaşişdan boşqa çoram qolmadi.

– Tuşunmadim. Unçalik emasdir-ov?

– Ertaga turmuşga çiqyapman.

– Nima, nima? Turmuşga çiqyapman?

– Voy, issiq sut oğzingizni kuydirdimi, nega hayajonlanyapsiz?

– Mana endi hammasi aniq böldi – siz adaşib, butunlay boşqa kişiga qönğiroq qilyapsiz.

– Pardon. Ismingiz Samatmidi? Şu nomer sizning raqamingizmi?

– Telefonim bölsa, nima qipti? Baribir, men sizni tanimayman.

– Bu muhim emas, balki… xuştorim bölib qolarsiz?…

– Nima, nima?

– Nima, nima – eşitganingiz, suvga bökkan taka!

– Yaxşi qiz, biror narsani tuşunayotgan bölsam, ölay agar. Boşim ğovlab ketdi. Siz bölsa…

– Boşingiz joyida turibdi. Anqovlanmang. Yoşgina, endi-endi turmuş qurmoqçi bölib turgan bir hurliqo köngilxuşi bölaman deb tursa, nega burningizni jiyirasiz? Tan oling – xohlaysiz-u, ammo qörqasiz…

– Qörq… qörqayotganim yöq.

– Ovozingiz titrayotganidan bilinib turibdi-ku! Qörqmang, bölajak erimga bir oy avval özimni topşirib bölganman.

– Nima, nima? Axir, ertaga töy-ku?

– Ana endi oçilyapsiz. Men ham oçilay – vannada qip-yalanğoç çömilyapman. Eşityapsizmi?

– Xudo urib qöyibdi sizni…

– Gapni boşqa yoqqa burmang. Siz, erkaklar, bilasizmi, kimsizlar özi?

– Hmm. Kimmiz?

– Uçiga çiqqan qasamxörsizlar! Qöyib bersa, ilonning yoğini yalaşdan toymaysizlar. Keling, oçiqçasiga gaplaşaylik. Bunaqa tomoşaning kimga keragi bor? Yuzingizdagi niqobni yeçib oting. Qani, ayting-çi, “Yo hayot, yo mamot”, degan sözning muallifi kim?

– Gamlet.

– Ana, intellektual darajangiz ança baland­ga öxşaydi. Şekspirni öqigan ekansiz-da.

– Bil… bilaman. Axir, men… faylasufman, Fanlar Akademiyasida kiçik ilmiy xodimman…

– Mana. Özim ham şunday bölsa kerak, deb öylagandim. Platon, Diogen, Monteske, Konfutsiy, Nitşe deng? Tentaklar tödasi. Miyasi tamom aynib bölgan kişi ekansiz-ku. Miyasi aynimagan odam filosofiyaga yaqinlaşmaydi.

– Keçirasiz, indamasam, siz… juda…

– Nima, faylasuflarning ustidan kulsam kulibman-da. Mayli, ularni qöyaturaylik, ammo ikkovimiz eski tanişlarday bölib qoldik. Hali körmasam-da, sizni özimga öynaş qilib olişga urinib yotibman. Bilib qöying, men duç kelgan erkakka bunday imkoniyat bermayman.

– Statusingiz ança baland ekan. Şunisiga ham rahmat.

– Nega endi şivirlab gapiryapsiz? Nima, xotiningiz eşik oldiga kelib, sözlaringizni tinglab turibdimi? “Hoy xotin, xarxaşa qilma, men jonimdan ortiq sevgan xuştorim Lira bilan gaplaşyapman”, desangiz bölmaydimi? Eh, beçora erkaklar, xotinlari oldida şunaqa titraşadiki… Sizdan bir narsani söramoqçiman, hurmatli faylasuf. Diogen nima sababdan bir umr böçkaning içida yaşagan?

– Buni bilmayman, eşitmagan ekanman.

– Bilmagan bölsangiz – bilib qöying: xotini uyidan quvib çiqqan.

– Nahotki?

– Xuddi şunday. Xotinidan qörqqan erkakda “qöşimça” maydon bölmaydi. Köngilxuşi tutiş oson emas, bunga ham yurak kerak. Menga öxşagan yoş qizçaga ilaşiş uçun erkakboy akam boşini kundaga qöyişiga töğri keladi. Sizda bunday “rohat-faroğat” bormi özi? Faylasuflarning soçi tovuq oldin yaralganmi yo tuxummi, degan savolga javob topa olmay oqaradi. Dadamning faylasuf bir dösti bor, gaplaşsangiz, oğzidan allambalo terminlar tuşmaydi: apofansis, kreatsianizm, logotsentrizm, refleksiya, söfizm, gnozis, noezis…

– Bularning hammasi ilmda bor gaplar. Menga qarang, siz mening yoşim neçadaligini bilasizmi özi? Bilmasdan özingizça…

– Yoşning nima ahamiyati bor?

– Aytdim-qöydim-da.

– Şunçaki aytgan bölsangiz, eşiting. Yoşingiz ellikda. Ikki qiz, bir öğlingiz bor. Titrab, birov eşitib qolmasin, deb şivirlaşingizdan körinadiki, xotiningiz erkak zotining jonini oğritmay oladiganlardan. Ellikka yaqinlaşib qolgan. Töğrimi?

– Siz… nima desam, köp narsa biladiganga öxşaysiz. Ha, yoşim ellikda, xotinimning yoşi ham şunga yaqin. Universitetda birga öqiganmiz…

– Yaxşi, birinçi muhabbatning közi kör böladi deyişadi. Xöp, davom eting.

– Uç farzandimiz bor, uççovi ham qiz…

– E, zargar bölib keting-e. Demak, maʼşuqali bölişga haqingiz bor…

– Gapni çuvalaştirmang.

– Çuvalaştirayotganim yöq. Juda terisi yupqa odam ekansiz-ku. Bir gap aytsam, burgaday sakraysiz-a. Ayol kişini puldan qismasangiz böldi – köp narsaga köz yumadi.

– Men sizdan ança katta yoşdaman.

– Darvoqe, yoş haqida. “Muhabbat yoş tanlamaydi” degan gapni kim aytgan?

– Yodimda yöq.

– Puşkin aytgan.

– Puşkin şunday degan bölsa, töğri aytgan bölişi mumkin.

– Daholar xato qilişmaydi. Men sizdan yana bir narsani söramoqçi edim.

– Sörang, ammo jömragingiz oçiq qolganmi, suvning şildiraşi eşitilyapti…

– Men sizga aytdim-ku, vannada çömilyapman, deb. Onadan qanday tuğilgan bölsam, şu kiyimdaman. Siz bölsangiz, erkak sifatida bunga eʼtibor ham qilayotganingiz yöq. Yana bu kişini maʼşuqlikka çaqirib yotibman-a.

– Keçirasiz, men… haligi… siz öylayotgan narsa haqida bir nima deganim yöq.

– Mayli, özingizni oqlamang. Könglim uçun bir oğiz “Mayli, men roziman” deb qöyiş qiyinmi? Şuni aytişga ham qörqasizmi? Mendan aslo çöçimang. Aqli-huşi joyida qizman. Körinişim binoyidek. Qunduz qöşiqçi kuylaganidek, “figuram 90x60x90”. Öttiz ikki tişim butun. Yaxşisi, yana bitta narsani söray.

– Sörang, javob berişga harakat qilaman.

– “Harakat qilaman” deganingiz nimasi. Lanj odamni yoqtirmayman. Töğrisini ayting – menga jazman bölasizmi, yöqmi?

– Töyim böladi, erim bor, dedingiz-ku?

– Bor desa ham böladi, yöq desa ham. Nikohdan ötganimiz yöq.

– Esingizni yiğing. Ertaga töyingiz. Men sizlarga baxt, uzoq umr…

– E, töxtating bunaqa havoyi gaplarni. Jonimga tegib ketgan. Menga aql örgatmang.

– Eşitsangiz fikrimni aytay.

– Nima fikr aytişingizni bilib turibman. Ayting.

– Kimgadir maʼşuqa bölsangiz, eringizning köziga qanday qaraysiz? Fikrimni oçiq aytayinmi?

– “Keçirasiz”, “Oçiq aytay” degan sözlardan boşqasini ham bilasizmi? Erkakka öxşab, şartta-şartta böladigan gapni ayting-qöying-da.

– Bölajak eringizni yaxşi körasizmi?

– Hmm…

– Nega ovozingiz çiqmay qoldi?

– Hozir, vannadan çiqib olay.

– Allo?

– Ha, gapiravering.

– Bölajak eringizni sevasizmi, deb sörayapman.

– Sizningça, faqat sevadiganlargina turmuş qurişadimi?

– Fikrimça, şunday.

– Ta-ak, hurmatli faylasuf bobo, siz hozir eşik tirqişidan qarab, sözingizni eşitib turgan xotiningizni sevib uylanganmisiz?

– Mening xotinimni aralaştirmang.

– Nega aralaştirmas ekanman. Uç qizingiz sizlarning favqulodda kuçli muhabbatingizdan dunyoga kelganmi? Isteʼdodlari qanday? Örtaça darajadagi bolalarni köpaytiravermay, yulduzlarga qarab, aql bilan iş qiliş kerak, hurmatli faylasuf oğay. Sizlar sevgi u yoqda tursin, kundalik turmuşning oddiy ikir-çikirlarini ham bilmaysizlar. Sevgini tinç qöyinglar. Bu tuyğuni his etiş qölingizdan kelmaydi. Işq boğidan juda uzoqdasiz. Juda uzoqda! “Yöq, unday emas, sevgini bilamiz, qadriga yetamiz”, deb aytişingiz mumkin. Xöp, şunday ham deylik. Unda, eşikdan möralab turgan xotiningizga qarab, eşittirib, bor ovoz bilan: “Jonim, hayotim, men senga işqingda devona bölib uylanganman”, deng-çi? Qani, marhamat? Iye, nega ovozingiz çiqmay qoldi? Hoy, faylasuf toğa, Akademiyaning kiçik ilmiy xodimi, muhtaram mirza janobi oliylari, qaydasiz, ku-ku, ovoz bering.

– Haddingizdan oşib ketyapsiz, indamasam meni…

– Sal gapgayoq jahlingiz çiqmasin-da. Qon bosimingiz kötarilib ketsa, yurakka bosim böladi. Yurak bezovta böldimi, sevgi ham lat yeydi. Sevgi lat yesa, xotiningizga qiyin böladi.

– Hoy, nega xotinimni körmay turib, uni yomonlayapsiz?

– Xotiningizning yonini olyapsizmi, nima, u hali ham joningizga tegmadimi? Şundoq yuziga qarab, “Xotinjon, sendek ayol mendek noşud kiçik ilmiy xodimga uvol”, deya olasizmi? Deyolmasangiz göşakni qöliga tutqazing-çi? Qani, bering unga.

– Xotinim uxlab yotibdi…

– Siz uni himoya qilayotganingizdan sizlar sevib-sevilib turmuş qurgan bölsangiz kerak, degan fikr keladi. Özingiz faqat sevişganlar turmuş qurişi kerak, dedingiz-ku?

– Prinsip jihatidan qaraganda, şunday bölişi kerak.

– Bravo! Bis! Bellissimo, muhtaram faylasuf. Sizlarni aql odamlari deb bekorga aytişmagan.

– Filosofiya sözi bizning tilimizda “aql muhabbati” böladi.

– Aql muhabbati? Juda ğaroyib-ku! Ğaroyib fikr. Faylasuf. Ğaroyib kasb. Sizlar aqlni emas, oddiy bir ayolni sevib köringlar-çi? Sevgi-muhabbat haqida oğiz töldirib gapirasizlar, ammo uydagi sadoqatli xotiningizga “Men seni sevaman, jonimdan ortiq köraman, sen yagonamsan”, deya olmaysiz. Sizning faylasufona fikringizga köra, agar hamma bir-birini sevib turmuş qurişlari şart bölsa, sevişmaganlar qayerga boradi? Bilib qöying: turmuş qurayotgan har ön yoşdan yettitasi, agar u xudodan qörqsa, yolğon sözlamay, “Men sevmay turmuşga çiqmoqdaman”, deb bemalol ayta oladi. Öşa yettitaning bittasi – menman. Sizga, sizga öxşagan “aqlli”larga qolsa, sevgi ostonasiga yetolmagan, işq boğiga qadam bosiş nasib etmagan million-million yoşlar bu dunyoda armon bilan yaşab, armon bilan ötib ketişlari kerak ekan-da, janob faylasuf? “Uluğ kitob”dagi: “Xudo sevgi emas, sevgi – Xudoning inson qalbida zohir bölişi”, degan sözlarni bilsangiz kerak? Biz bu uluğ hikmatni unutib qöymadikmi? Qalbimizdagi Xudoni unutmadikmi? Xudo biz uçun ato etgan buyuk muhabbatdan uzoqlaşib ketmadikmi? Unutdik, uzoqlaşib ketdik. Mana endi sevgi-muhabbat haqida quruq, heç kimga keragi yöq safsata gaplarni tinmay aytib yotibmiz.

– Hmm… Allo, yiğlayapsizmi?

– Keçirasiz… Içim tölib ketdi. Ertaga töyimiz böladi. Turmuşga çiqyapman…

– Keçirasiz, hozir uyda bir özingizmisiz?

– Ha, bir özimman. Yolğizman. Hamma qudalarnikiga ketdi. Bundan keyin ham yolğiz bölsam kerak. Yuragida sevgi bölmagan odam yolğiz yaşaydi. Ilojsizman, ilojsiz, çorasiz qolayotgan million-million yoşlarning biriman.

– Ha, aytgança, siz mendan bir nimani söramoqçi edingizmi?

– Meni yengiltak ekan, deb öylamang.

– Yöq-yöq, mutlaqo.

– Sizga nima sababdan qönğiroq qilganimni bilasizmi? Telefon nomeringiz: beş yuz ellik uç, ellik sakkiz, yetmiş olti, ön uç. Şundaymi?

– Ha, şunday.

– Beş, beş, uç – bu raqamlarni bir-biriga qöşsak – ön uç, ellik sakkiz – ön uç, yetmiş olti – ön uç, oxirgi ikki raqam ham ön uç. Ön uç – mening taqdirim. Siz numerologiya degan fanni bilasiz. Raqamlar şunçaki hisob-kitob emas, ularda inson taqdirining ham hisob-kitobi bor. Men sizga taqdirim raqamidan kelib çiqib qönğiroq qildim. Içimdagi bor gapni şu raqam egasiga aytib, yuragimni böşatib olmoqçi böldim. Qarangki, sizga tuşibman.

– Köplar ön uç raqamini xosiyatsiz deb bilişadi. Ammo bizda bunday emas, boşqalarda bor. Baxt raqamga boğliq emas. Işonasizmi, men har xil başoratçilarga, astrologlarga, Vanga, Nostradamusga mutlaqo işonmayman.

– Kimga işonasiz?

– Xudoga işonaman.

– Keyin-çi?

– Keyin… Nima desam ekan…

– Ayolingizga işonasiz. Ammo… işonsangiz ham, işonmasangiz ham, buni oçiq ayta olmaysiz. Töğrimi? Hayot özi şunaqa – aytmoqçi bölasan, lekin aytolmaysan. Mening sizdan farqim – yuragimda nima bölsa, oçiq aytaman, yaşirmayman. Men juda kuçliman. Zarur bölganda noçor odamga yordam bera olaman, yonida tirgak bölib turişim mumkin, menga duşmanlik qilganni esa ezib taşlayman. Menga öxşagan ayollarning baxtsizligi – mana şu oçiqligimizda! Bizdaqalarni hamma ham yoqtiravermaydi. Içimiz tölib-toshib, şu ahvolga tuşdik.

– Tun yarimlab qoldi. Ertaga töyingiz. Vaqtingizni olayotganim yöqmi? Ay, hozir, hozir…

– Göşakni qölingiz bilan yopsangiz ham “Hozir, hozir” deganingizni eşitib turibman. Taqdirim töğrisida sizga beradigan savollarim köp edi. Siz bölsangiz, xotiningizning vajohatidan qörqib, göşakni joyiga ilmoqçi bölib turibsiz. Iltimos, bunday qilmang.

– Hozir, hozir. Gapiravering, eşityapman.

– Şivirlamay gapiring, şivirlayversangiz, umringiz ötib ketganini bilmay qolasiz…

– Töğri, töğri, gapiravering, ertaga töyingiz…

– Töyim bölsa nima?

– Erta turişingiz kerak-ku, şunga… ertaroq yotganingiz maʼqulmi deyman-da…

– Ha, ertaga töyim, turmuşga çiqyapman. Kelin keladi deb, zamonaviy qaynotam, deyarli şunday qaynonam, “Leksus” maşina, haşamatli xonsaroy, nimjon va noşud turmuş örtoğim kutib turibdi. Baxtdan boşqa hamma kutmoqda…

– Hozir, hozir…

– Şoşilyapsiz. Turmuşga siz emas, men çiqyapman-ku, nega şoşasiz? Yuragimda yana nimalar borligiga qiziqmaysizmi? Siz bilan yana sözlaşgim, içimlik içib biroz sarxuş bölgim kelyapti…

– Hozir, hozir…

– Sizga qanaqa içimlik yoqadi?

– Moldovanlarning qizil vinosi.

– Budjet taşkilotlarida içiladigan vinomi?

– Uning şunaqa nomi ham bor deng?

– Arzonligi uçun şunday deyişadi. Men fransuzlarning qizil vinosini xuş köraman. Hozir oldimda sizga maʼqul keladigan xilma-xil vino turibdi: Bordo, Burgund vinosi, “Korber”, “Bandol”, “Bellet”, “Kassis”…

– Hozir, hozir…

– E, qanaqa odamsiz özi? Oldingizga azroil kelsa ham, “hozir, hozir”, deb gapni olib qoçar ekansiz. Sizga könglini oçayotgan, dardini tökib solayotgan bir beçoraga ozroq vaqt ajratolmaysizmi? Siz bilan taqdiridan zerikkan bir kimsa gaplaşayotgani yöq! Ha, mening taqdirim boşqaça bölyapti – raqamlari qöşilsa heç qanday hisob, maʼno çiqmaydi. Men sizdan ayollik savollarimga javob kutdim. Bu dunyoni maraz dunyo deymiz, uni şu ahvolga tuşirgan kim – özimiz emasmi? Ha, özimiz. Boşqa heç kim, heç narsa emas! Çunki, biz ong-sezimimizni, insoniy tuyğularimizni marazlaştirdik. Bu yoruğ olamda endi kim baxtli? Böyga yetgan qizini yoğliroq joyga uzatsam, deb yurgan onami? Borgan joyida toş qotsin, deya niyat qilayotgan otami? Kelinning köngli, orzu-havasi, nozik feʼl-atvorini lolaqizğaldoqning bargiçalik ham körmaydigan qaynotami? Undan qolişmaydigan qaynonami? Yo “Xotinim – mening mulkim”, deyişdan nariga ötmaydigan xomkalla kuyovmi? Kim? Heç kim!

– Hayot hamişa şunday bölgan.

– Yöq, hayot bunday bölmagan, uni özimiz buzdik. Öşa buzğunçilarning içida siz ham borsiz. Hurmatli faylasuf, siz köproq aqlga eʼtibor berdingiz, hayot esa eʼtiborsiz qoldi, uni seviş kerak edi. Hayotni sevganingizda, aqlingiz yanada tölişar edi. Töğrisini aytsam, siz heç kimni yurakdan sevmagan, heç narsaga mehr qöymagan, hatto ayolining hurmatini ham joyiga qöya olmagan noçor bir bandasiz. Siz kabi odamlar bilan gaplaşib, vaqtimni bekor ötkazganimga, sizlardan maslahat söraganimga, özaro dillaşib, yolğizligimni bir muddat bölsa-da, unutmoqçi bölganimga afsuslanaman, özimni özim keçirmayman, özimdan jirkanaman. Siz suhbatdoş bölişga ham arzimaysiz, yuragingiz sovuq, toş. Sizga öxşagan odamlar hayotning rasvosini çiqardi. Dunyoni sizlarga öxşagan hissiz, tuyğusiz odamlar bosib ketdi. Muhabbat inson maqomida yaşamoqlikning şarti ekanligini bilmaysizlar. Göşakni joyiga qöying. Qöying, deyapman. Qança tez qöysangiz, şunça yaxşi. Qöying!..

– Allo! Allo! Alo-oo…

Sulton Rayev,

Qirğiziston xalq yozuvçisi.

 1958-yili tuğilgan. “Janjaza”, “Tumarxona”, “Topon”, “Qora”, “Xanişaning köz yoşi”, “Çang yöl”, “Antistandart” roman, hikoya va şeʼriy töplamlari hamda “Oh, qizlar”, “Kun karmagan bala”, “Malikaning nolasi”, “Makkaga uzoq yöl”, “Sörovçi”, “Ilegilek”, “Odam” nomli bir qator dramalari maʼlum va maşhur.

 

Qirğiz tilidan Ahmadjon Meliboyev tarjimasi

“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822

Obuna haqida

Izohlar

Hozirça izoh yöq. Birinçi bölib fikringizni yozing.

Siz nima deysiz?

Izoh tahririyat körib çiqqaç, eʼlon qilinadi.

Şu ruknda köp öqilganlar

Barçasi (164)