(Qissa)
– Ana-ana, Maqar kelayotirrr!
– Anaaa, itiii!
– Yögöringlaaar! Baliq beradiiii!
– Itina qaranglar, itinaa!
– Maqar, Maqar maqaloq!
Alin[1]da oltin tayoq!
– Oyoğinda kavşi yöq,
Oğzinda bir dişi yöq!
Maqar baliq ovidan har kuni şunday qaytadi. Köldan çiqişi bilan uni Xorazm yölbarsi kutib oladi. Xorazm yölbarsi – qarib-çirib, heç narsaga yaramay qolgan bir it. U bu yerda bundan ön yillar oldin paydo böldi. Şu-şu şalvirab, qaltirab-qaqşab, zörğa odim otib yuradi. Öşa maʼyus közlar, faqat junlari yaltirab, semirib qolgan. Uning qayerdan kelganligini, kimning iti bölganligini heç kim bilmaydi.
Itning paydo bölişi şunçalik ğaroyib ediki, Maqar uni birinçi marta körganini xuddi hozirgidek juda aniq eslaydi.
Öşa kuni Maqar odatdagiday köldan orqalanib çiqdi. Qarasa söqmoqda bir narsa yotibdi. Bir ğaltak tuproq uyumiday. Göyo kimdir kölning qora uyuğini olgan-u, şu yerga tökkan-ketgan. “Bu nima ekan?” deya öyladi Maqar. Notaniş jonivor boşini qorni ustiga qöyib yotar, junlari hurpaygan, dağal va körimsiz edi. “Yölbarsga öxşar ekan. Xorazm yölbarsiga. Lekin rangi… Nima balo bölgan bunga?”. Maqar bola vaqtida qarilarning gurunglaridan allaqaçon yöqolib ketgan Xorazm yölbarslari haqida köp eşitgan. Xorazm yölbarslarining jussasi odatdagi yölbarslardan kiçikroq bölgan emiş. Ular oç qolganda ovullarga oralagan vaqtlari ham köp bölgan ekan. Odamlar u-bu narsa bersalar, yeb, yana orqasiga qaytib ketaverar ekan. Kişilarga yo ularning mol-joniga ozor bergani haqida heç kim eşitgan emas. Şu gurunglar sababmi, Maqar bola vaqtlaridan biron joyga borsa, oldidan yölbars çiqib qolişini orzu qilgan. Hozir yölida yotgan jonivorni kördi-yu, Maqarning miyasidan bir fikr yildirimday ötdi: “Yölbars!” Yuragi ham gupillab urib ketdi. Bir zumda könglida bolaligi uyğondi. Axir bu jonivorning gavdasi, körinişi xuddi Xorazm yölbarsining özi edi. “Qayerdan kelib qolding, yölbarsim, yölbarsjonim?” – piçirladi Maqarning quruqşagan oq-sariq lablari. Maqar asli juda bosiq odam edi. Ammo hozir uning yuragi potirlab ketgandi. Şunçalik potirladiki, yurak urişini özi ham eşitdi.
Maqar yaqinroq bordi. It juda oriqlab ketgan edi. Uning bir vaqtlari oppoq bölgan junlarining rangi öçib xiralaşgan, holsizlikdan yiqilganmi yo atay kimdir uni qora loyga bosganmi, turişi juda abgor edi.
Maqarning yaqinlaşganini sezgan it boşini sal kötardi. Jonivorning közlari şunçalik mungli ediki – faqat jonivorlargina şunday, yuragini ters töntarib körsata oladi – Maqarning yuragi ezilib ketdi. “Voh-voh-e-y!” deb yubordi beixtiyor.
– Yomon qisinibsan, – dedi Maqar. – It ham şunday qisinami? Quvri[2] odam bolasi qisinmaymi, axir?
It boşini ortiq tik tuta olmay yana oyoqlari ustiga qöydi. Ammo Maqardan mungli közlarini uzmadi.
– Axir odamning boşiga senikidan ham ming battar kunlar tuşadi. Tak çto, xapa bölib ötirma. Qorning qapişib qolibdi. Oxirgi marta qaçon ovqat yeding, yodingda bormi?
Bir vaqt itning közlaridan ikki tomçi yoş dumalab tuşdi.
– Iii, – dedi Maqar rosmana dovdirab. – Bu na gap, bu na gap? Bunday etsang kelişmaymiz, jöra. Sen it emas, yölbarssan. Yölbarslar esa yiğlamaydi.
It bu gaplarni tuşunganday kallasini biroz kötardi. Şugina iş ham unga şunçalik oğir tuyuldiki, boşi qalt-qalt titradi. Uning tumşuği tirnalgan, közlari atrofini esa yangi va eski yaralar qoplagan edi. Ulardan qon sizgan, baʼzilari qotib burişgan, qaysilarida yiring körinar edi.
– Ööö, ahvol çatoq-ku, jöra, – Maqar yelkasidagi yukini yerga qöydi. – Yuzingga qarab bölmaydi. Qoq bölib qolganingni aytmasa ham böladi.
Maqar baliq xaltasini uzoq kovlaştirib, bir qariçdan sal ziyodroq baliqni oldi-da, itning oldiga otdi. Ammo it baliqqa qayrilib ham qaramadi.
– Daa, sen mendan aqlliroq çiqding. Men seni baliqni ğabur-ğubur yeydi, debman. Masalan, men dim oç bölib ketsam, baliqni xomlay ham yeyaveraman. Şunda sen ham yeyaverişing kerak emasmi? Aaa, döğri, döğri, sen Yölbarssan-ku axir! Hay, yaxşi, yaxşi. Yemasang, boşqa narsa qarab köramiz…
Maqar yana törxaltasini tita boşladi. Undan şappatday non bölagi çiqdi, itga uzatdi.
– Ma, bor ekan. Ol. Tuproqqa tuşirmay ye. Yerga tuşsa çang böladi. Ma.
It katta oğzini xiyol oçib nonni oldi. Uning bu qiliği Maqarni zavqlantirdi.
– Sen oqsuyak ekansan-ov! Döğri, Yölbars oqsuyak böladi. – It unga yana maʼyus közlarini tikdi. – Ayniqsa, Xorazm yölbarsi. Şundaymi, Yölbars?
It şoşilmasdan ikki oldingi oyoği bilan ehtiyotlabgina nonni uşladi. Boşini bir tomonga sal qiyşaytirib, nonning bir uçidan “qirs” ettirib tişladi. Sölagi tuproqqa oqdi. It oğzi-burnini “şalop-şalop” yaladi. Oçlikdan bölsa kerak, itning tili ham qonsiz edi.
U nonni yeb böldi. Yalinçoq nigohini tağin Maqarga tikdi.
– Yöq, – dedi Maqar. – Boşqa non yöq. Qolmadi. Tur, ketdik. Yurib bilasanmi? Uyda beraman. Ovqat ham beraman. Ketdik esa.
Maqar ança urinib ov xaltasini yelkasiga oldi.
– Hovvo-daa, bu narsalar ham kundan-kun oğirlaşayotir, – itga murojaat qildi u. – Yo qaridikmi? Anov baxşi ne degan edi? Ha, hovvo-daa, “Qaridimmi, desam könglim qoladir”. Yoki Maxtumquli ne deydi? “Dard yomoni qarilikdir, yoronlar”. Sen buni mendan köra ham ming marta yaxşiroq bilsang kerak. Ina, boşingdan ötib turibdi. Odam ham, hayvon ham, aslida, yoşligida kerak hammaga: döstga ham, duşmanga ham. Şunday. Hovvo-daa. Yur, lekin qarri ham odam, non yegisi, öynagisi, kulgisi keladi. Uyida ötirsa, içi qisiladi. Şuning uçun ina, oyoğimni zörğa sudrab bölsa ham, törva xaltamni sudrab yuribman. Kampir borma, deydi kölga. Lekin bolalarga tarqatganimdan qolganini sotsam beş-olti tanga böladi-da. Kimning qöliga qarab ötirasan. Ming bolang bölsa-da, bir tiyin ham sörab bölmas ekan. Qiziq, a? Ota beriş, bola oliş uçun yaralgan ekan. Aksinça emas. Keyin uyda ötirib ne iş etaman? Şunda ham, kampir, ötiring-ötiring, pensiyangiz yetib ortadi, deydi. Ayy, pensiya degani ne? Uning ham egalari bor. Oqtiqlar, bolalar. Hammaning haqqi bor-da, şu hukumat beradigan pensiyada. Hammasi bering, bering, sizniki tavarik, deydi. Bermay ne iş eta? Orqalab ketadimi? Kampir beçora meni qayğuradi, bilaman. Tuvri, avvallari kölga dam oliş uçun çiqar edim. Yoş edim. Heç narsa bilinmas edi. Lekin endi kuni bilan kölda alavlab[3] yuriş oğirlik qilayotir.
Lekin Maqar itga keyingi vaqtda kelini bilan kampirining ğidi-ğidilari köpayib, şundan qoçib kölga kelayotganini aytmadi. Nima deydi? Kelinim enasi bilan til topişolmayotir, deydimi? Aytmaydi. Bölmasa, kelin eng yaqin jörasining qizi. Jörasiga ham rahmat, sovçilikka borganlarida: “maxsim, senga bölmaydi bu qiz, çarsroq, tili opasinikiday önğaysizroq yerdan oçilgan”, degan. Lekin öğli, şundan boşqani olsam, ölaman, deb turib oldi. Bir hafta ötmay kelin otasining gapini isbotladi. Qaynonasini yumma taladi.
– Şuu, şaharda bir yaxşi odat bor, – Maqar xayolidagi gapini tovuş çiqarib aytdi. – Kelin bilan qaynona gaplaşmaydi. Qaynotani-ku aytmasa ham böladi. Kelin bilan qaynona gaplaşmaganidan keyin janjal ham çiqmaydi. Qaynona kelinni ming tegirmonga solsa ham, u miq etmay turaveradi boşini osib. Qaynona, qaynotaning yonida ovoz çiqariş mumkin emas-da. Şuning uçun içi yonib, portlab ketsa ham çurq etmaydi. Mumkin emas. Ana zör! Janjal yöq.
– Eee, – dedi keyin itga yuzlanib. – Hamma gap bolangdadir, deysanmi? U gaping ham töğri. Agar bola mahkam bölsa, kelinni tirp ettirmaydi. Bizzi bolalar böş. Hammasi xotinlarining çizğon çizziğidan çiqmaydi. Hammasi bir tekis şunda-ay, tavba! Ha, birisi bor. Erkak. Lekin uning ham bizlarga mehri yöq. Heç bölmasa şu bir bola odam bölaqöysa ne iş etar edi. Yöq, uning ham bir qiliği ortiq. Özing ne deysanmi?
Maqarga bu savolni, albatta, it emas, özi berdi.
– Menga kampirim şu yoşimga qadar bir oğiz gap örgatmagan: yo unday, yo bunday qil, deb. Şuu, yuraverdim öz bilganimça. Kampirning men bilan, mening kampir bilan işim bölmadi. Rözğorning egasi xotin bölganidan keyin kolxozda işladim – oylikni berdim, baliq tutdim – oldiga taşladim. Lekin köçada, kimning, qaysi oğaynining xöjaligida ne bölyotir bular bilan biram qiziqmadik. Kampir ham “miq” etmasdi, menam. Döğri-da, boşqalar bilan ne işimiz bor? Har kimning yuki öz orqasida, har kim öz aravasini özi tortadi. Lekin hozirgi odamlarga ne bölgan, bilmayman. Birovning ğiybatidan boşqa işlari yöq. Uning kelini unday, buning kelini munday. Falonkasning bolasi aroq içadi, falonkasning otasi qarta öyniydi, falonçining qizi kalta kiyadi, falonçining uli soqol qöyibdi. Bizni bolalar – oğaynilar, aka-ukalar, opa-singillar ham şu gap emiş. Hay, qöy, bu oğaynim ekan, hay qöy, bu opam ekan, singlim, ukam ekan, degan gap yöq emiş. Kampir aytadi. Bizlarning vaqtimizda boşqaça edi. Dim boşqaça. Şofyor bölganimdan keyin şu tevarakda bormagan yerim, kirmagan teşigim qolmagan. Lekin ne yerga borsam ham, odamlarning ikki qöli kökraginda, keling, keling, deb turgan. Bugun bu yerdaman. Ertang yana bir yerda. Hamma joyda şu gap. Hovvo-daa, u vaqtlar odamlarda mehr-muhabbat kuçli edi.
Maqar özi bilan özi gaplaşib borar edi. Şu itni uçratib uning qulfi dili oçilib ketdi negadir. Nega bunday bölayotganini özi ham bilmasdi. Birdan dil yorgisi kelib qoldi-da şu itga. Ha-daa, şu itga. Axir şu paytgaça uning könglida nima gaplar borligi bilan heç kim qiziqmagan. Bunday olib qaraganda, Maqarning özi kim ediki, uning könglida bir gap bölib? Uning könglida bir gap bölganda-bölmaganda, uni bilib-bilmaganda birovning moli qisir qolib, yo oti özib ketar edimi? Yöq, albatta. Bunday şofyorlardan yer yuzida qançasi bor, bilasizmi? Million, ön million, yuz million… Şunday ekan, million mayda odamning könglida nelar borligini biliş kimga qiziq? Heç kimga. Nima, endi har qaysisining könglini sörab çiqamizmi? Yöq, albatta, yöq. Agar söralsa, eh-hee, köngillari nimalarni tusamaydi bularning. Agar köngillarini oçib, nimalarni istaşlarini ayta boşlasalar… Uh, uh, uh! Mundaylarning könglini söramagan maʼqul. Şuning uçun Maqar ham iyagini çözavermay tört ğildiragi bilan rulini bilsin.
– Hovvo-daa, tuvrii, – dedi Maqar şularni öylar ekan. – Bizlar kim bölibmizki, bizlarning könglimizga qarasalar. Bir öpiriq[4] odammiz-da. Asli özim ham şu vaqtgaça könglim bormi, yöqmi deb ham öylamagan ekanman. Öylamagandan keyin uni borligini qaydan bilasan? Ina, bugun seni körib könglim borligi yodimga tuşib ketdi. Sen tinglayotganing uçun bölsa kerak-da. Topdim va senga oçdim könglimni. Na uçun şu vaqtgaça oçmadim? Kimga? Kampirgami? Ayy, şu uydagi kampir ham muning yuragi, köngli bor, deb öylamasa kerak.
Maqar şu zayl oldinda minğirlab ketaverdi. Bir vaqt it töxtab qoldi. Uzun, suyakdor, oriq oyoqlari qovurğador gavdani ortiq kötarolmay qolgan edi.
– Eee, ha-aa, dam olişmi? Yaxşi, dam olamiz. Lekin dim ölib qolibsan, jöra, dim ölibsan. Ne iş etib şu holga tuşib qolding? Yaxşi, aytmasang, aytma. Buni men ham bilaman…
It sekin yotdi. Maqar ham çönqaydi. U uzun böyli, oq-sariq yuzli, qarmoq burun, köm-kök közlari kiçkina, mehnatda pişgan qöllarining tomirlari öqlovday-öqlovday börtib çiqqan edi. Belida qiyiqqa osilgan piçoq.
Maqar uning öz oti emas. Elatning mullasi quloğiga Xösin, deb azon aytgan. Ammo uni hamma Maqar deb çaqiradi.
Uni birinçi marta tuman voyenkomi öris polkovnik şunday çaqirgan. Öşanda qaysidir bayram munosabati bilan kolxoz raisi harbiylarga mayda-çuyda yuborgan edi. Maqar ularni maşinasida olib borgan. Voyenkom eʼtibordan juda xursand bölgan. Şofyorni kuzatib qöyaturib ofitser Xösinning qölini mahkam qisgan:
– Spasibo za vsyo, Makar Mitrofanoviç!
Bu gap kolxozga darrov tarqaldi.
– Makar Mitrofanoviç!
– Makar Mitrofanoviç!
Tili kelişmasligidan, Makar Mitrofanoviçni xalq avval Makarga, keyin talaffuziga moslab Maqarga aylantirdi. Şu-şu Xösin – Maqarga aylandi.
It örnidan turdi.
– Öh-hö! – dedi Maqar. – Ketdikmi?
Ular yölda davom etdilar.
Poyçasi turilgan, kölning qora uyuğining yuqi tizzasigaça kelgan yalangoyoq Maqar söqmoqdagi çöp-çökir, tikon-changalni pisand etmay, “ğarç-ğurç” bosib borar edi.
– Daa, – deydi Maqar, – oyoğimning oyasi maxsining öltoninday bölib ketgan. Tikon-pikon kirmiydi.
Maqar qayrilib itga qaradi.
– Lekin sening ölib qolmaganingga rahmat. Dim joning qattiq ekan. Hovvo-daa, lekin bu dunyoning işlari özi şunday. Xapa bölmaysan. Xapa bölganingda ne? Xapa bölsang özingga. Dunyo uçun sening xapa bölgan-bölmaganing bir tiyin. Uning sen bilan işi yöq. Dunyo özi ne? Qaynab turgan bir qozon. Yöq, undan ham töğriroği, oğzidan öt purkab turgan bir ajdarho. Ana! Ajdarhodan xapa bölib bölarmidi? Yöq, albatta. Qahr etsang, bir yamlab yutadi-da, suyaklaringni tuflab taşlaydi. Agar tuflasa… Ana şuning uçun heç kimdan qahr etmaslik kerak. Ina, özing, qaltirab-qaqşab bölsa ham yuribsan-ku. Oyoğingning teyinnan şamol ötib, heh! Bunga şukur qiliş kerakmi? Koneçno, kerak. – Maqar kulib boş çayqaydi. Qip-qizil, qizlarnikiday pörsildoq lablari quruqşab qotgan edi. – Sening tişlaring ham tamom bölibdi. Nonni zörğa tişlading. Oldingdan suyak çiqib qolsa, niçik böladi? Yalab-yalab qöyaverasan-da, a? Lekin, mana, menikini kör. Hali jonli, qoruvli. Hamma hayron qoladi. Navçun, diysanmi? Yoşligimdan beri ovqatdan keyin bir qisim tuz çaynayman. Şuning uçun mikrob yöq. Mikrob bölmasa tiş mahkam böladi. Mikrob yeydi tişni. – U lablarini yirib, bir tekis, oppoq va mustahkam tişlarini itga körsatadi. – Niçiiik? Heh-heh-heyy!
Ana şunday bölgan edi ularning birinçi marta uçraşuvi. Xorazm yölbarsi Maqarga darrov örganib qoldi. Köl böyida sanğigan boşqa jon bölmasa örganmay nimayam qilardi? Örganadi-da. Itning tili-zaboni bölganda Maqarni boşqaça taʼriflagan bölarmidi. Kim biladi. Balki, seni yaxşi köraman, der edimi. Hozir urf-ku bölsa-bölmasa yaxşi köraman, deyiş. Bu boşqa yurtlardan kelib qolgan gap. Yaxşi köraman emiş! Bizlarda heç qaçon bölar-bölmasga yaxşi köraman, yaxşi köraman, deyavermagan. Hozirgilarning gapiga heç tuz qolmadi. Qanday zamon böldi-ya bu?
(Davomini jurnalimizning 2023-yil 6-7-sonlarida öqiysiz).
Şuhrat MATKARIM
1960-yili tuğilgan. Xorazm davlat pedagogika instituti (Hozirgi UrDU)ning filologiya fakultetini tamomlagan.
“Kun şunday boşlanadi” hikoyalar töplami, taniqli özbek şoiri Matnazar Abdulhakim haqidagi “Ustoz haqida söz” xotira-essesi alohida kitob holida çop etilgan.
“Yilon”, “Salav”, “Qum etagida Oq uy” kabi qissalar muallifi.
Ernest Xeminguey va Vasiliy Şukşinning asarlarini özbek tiliga tarjima qilgan.
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida


