(Hikoya)
Ulkan gumbazli vazirlar saroyining salqin va nimqoronği majlis tolori odatdagidan sokin. Taşqarida bahoriy nafas. Bözrang oftob nurlari koşinlarning yaşil naqşlarida tovlanadi.
Parqu örindiqlarga çökkan horğin vazirlar oyoqlari ostida yal-yal yongan gilamning turfa naqşlarini tomoşa qiliş bilan band, madorsiz qöli uzun oppoq soqolini tutamlagan şayxulaʼzamning nursiz közlari, göyo juda olis, ham tuşunarsiz narsalar haqida öy surayotgandek, böşliqqa qadalgan.
– Poşşolar, biz jasur bir insonga muhtojmiz, – dedi u. – Eron şohining oltin-u olmos, zar liboslarga burkangan elçisi podişohimizning qölini öpişga muşarraf bölolmay, ul zoti oliylarining tizzasini öpdi, xolos. Şubha yöqki, Eron şohi ham bizning elçimizga xuddi şu yösinda munosabatda bölğay.
Vazirlar maʼqulladi:
– Albatta.
– Turgan gap.
– Şak-şubhasiz…
Gumonlari vazirlarning fikri bilan hamohang ekanidan dadillaşgan şayxulaʼzam endi sözlarini oçiqroq izohlaşga ötdi:
– Alalxusus, elçilik qilguvçi odam öta jasur bölmoği, kerak bölsa, ölimga ham tik bormoği şart. U davlatimiz şaʼniga oğir botguvçi har bir xatti-harakatga qarşi çiqmoği, ölim tahdid solib turganda ham, haqoratlarga böyin egmasligi lozim.
Barça uning gapiga qöşildi:
– Ha, ha!
– Haq gap!
– Töğri!
Şayxulaʼzam soqol tutamlaşni qöyib qöllarini tizzalariga tiradi, boşlarida şukuhli tojlar sollanib turgan vazirlarga bir-bir qarab çiqdi-da, sözida davom etdi:
– Bale, şunday ekan, jasur birini toping. Men bunday erni na amaldorlar, na saroy va na hatto majlis ahli içinda uçratdim. Siz ham fikr qiling.
Taqvodor, tinçliksevar, beozor podşoh hukmdorlik qilayotgan ulkan davlatning kiçik miyasi hisoblanmiş majlis ahli sukutga çömgan edi.
Elçini yetti yildan söng köpdan-köp qabihliklari uçun turk sultoni Yovuz tomonidan oğir jazolangan Eron şohi Ismoil Safaviy[1] huzuriga jönatiş lozim edi.
Turk sultoni Boyazid Vali tabiatan öta yuvoş edi. Hali taxt vorisi ekan, u ot miniş, nayza otiş kabi harbiy maşqlardan köra köproq kitob mutolaasini xuş körardi. Şeʼriyatga ixlosi baland, ilohiy falsafaga mayl qöygan, uruş va nizolardan nafratlanardi. Vazirlar suyukli podşohning tinçini buzmaslikni özlarining oliy burçi deb bilar, şunga qaramay, çegarada uruşlar töxtovsiz davom etar edi. Bosniya, Valaxiya, Karaman, Belgrad, Transilvaniya, Xorvatiya, Venesiyaga ketma-ket qöşin tortilar; Modon, Koron, Zonkie, Santamavro[2] bosib olingan edi.
Istanbul fotihining[3] isteʼdod-u qaysarligi taxtga ötirar-ötirmas, “soyasi yerga tuşib turibdi” degan bahona bilan otasining haykalini olib taşlaşga farmon bergan, söng maqbul işlar bilan şuğullana boşlagan taqvodor vorisida ham davom etayotgan edi.
Bu isteʼdod mangu olov, mangu ruh kabi yonib, zulmat qaʼridagi ziyodek nur taratib turardi. Uning vorisi tinçlikka intilsa-da, taşvişlarning çeki körinmaydigandek edi. Eng avvalo, mazlum Şarq Eron qonxörining qiliçi ostida ingrab yotardi.
Qulab, kuli kökka sovrilgan Oqqöylilar saltanati xarobalarida şoh Ismoil qaroqçi davlat qurişga muvaffaq böldi. Yölidagi bironta daraxtni ham aylanib ötmagan bu zulmkor şoh ota-bobolari qasosini olgani uçun ham kibr-u manmanlikni kasb etgan edi. U mislsiz vahşiyliklari bilan dunyoga dong taratgan; bir gal panoh istab kelgan tarafdorlarini bazmga çaqirib, bazm söngida ularni doşqozonda tiriklayin qaynatgan, mağlub bölgan özbek sultonining boş çanoğida may içib köngilxuşlik qilgan edi. Darhaqiqat, dunyo hali bundayin zolimni körmagan edi.
Boyazidning tinçliksevar, taqvodor vazirlari şohning bu vahşiyliklarini titroq bilan eslardi. Kuni kelib bu yovuz turk çegaralariga ham hujum qilib, şarqiy viloyatlarni bosib olişi mumkinligi barçaga ayon edi. Ötgan yili u Zulqadriya[4] hokimi Alauddavlaning qizini tanmahramlikka söradi. Söradi-yu, Alauddavladan rad javobini oldi. Jaholatga mingan Ismoil qöşin tortdi. U turk saltanati hududlaridan ötib, himoyasiz Zulqadriya çegaralariga hujum qildi, Diyorbakir, Xarput qalʼalarini egallab, Alauddavlaning öğli va ikki nabirasini asir oldi (Alauddavlaning özi kişi yetmas toğlarga qoçib jon saqladi). Şoh Ismoil bandilarni sixga tortib kabob qilişni buyurdi, söng heç tap tortmay undan tanavvul qildi. Şarqda bunday dahşatli voqeani ilk bor eşitişlari edi. Uruş qiliş niyatidan yiroq podşoh Anqaraga Yahyo poşşo boşçiligida qöşin yuboriş bilan çeklandi.
Lekin şoh qonxörligiga yaraşa ayyor ham edi. U Usmonli yerlaridan besöroq ötgani uçun afu istab, Istanbulga tez-tez elçi yuborib turdi. Öşa zamonlar Trabzon hokimi bölgan valiahd Yovuz otasidek sabrli emasdi: u Tabriz çegarasidan ötib, Boyburt va Erzinjonga qadar bölgan yerlarning kulini kökka sovurdi, hatto şoh Ismoilning ukasini asir ham oldi. Ismoil elçisi endi bu hujumdan noroziligini bildirmoqda, Usmonli tuproqlariga qilingan tajovuz umuman turk saltanatiga emas, faqat Alauddavlaga qarşi qaratilganini isbotlaşga urinmoqda edi.
Bu kun majlis ahli makkor va qonxör Eron şohi huzuriga kimni elçi qilib jönatişni bilmay tang qolgan edi. Çunki özini Usmonli sultoniga teng qöygan, hatto Şarqda ulkan saltanat qurişga muvaffaq bölgan bu kibrli şoh elçini turli yöllar bilan kamsitişga harakat qilişi, qarşilik körsatgudek bölsa, qoziqqa ötqizişi, tiriklayin terisini şilib olişi, xullas, vahşiylarça öldirişi mumkinligi har kimga kundek ravşan edi.
Şayxulaʼzamning öng tomonida qabr toşidek qimir etmay turgan qizil tojli kavuk[5] harakatga kelib, asta şayxulaʼzam tarafga burildi.
– Bunday masʼuliyatli işning uddasidan çiqadigan kişini bilaman, – dedi kavuk kiygan ulamo. – Otasi qadrdon döstim edi. Lekin u davlat xizmatiga kirişdan qatʼiy boş tortgan.
– Kim ekan u?
– Muhsin Çalabiy.
Şayxulaʼzam bu ismni ilk bor eşitib turgani uçun ham söradi:
– Şu yaqin atrofda yaşaydimi?
– Xuddi şunday.
– Kasb-kori nima?
– U ança öziga töq, deyarli har vaqt kitob mutolaasi bilan maşğul. Tanimasligingizga asos bor, afandim. Nom çiqargan xonadonlarga aslo qadamranjida etmas. Şuhrat ketidan quvmaydiganlar toifasidan ul…
– Boisi ne?
– Bilmadim. Balki, yuksaliş muqarrar suratda qulaş bilan intiho topişini anglab yetganidandir…
– Ajab…
– Lekin u jasur inson. Haq işga jonini ham ayamaydi. Köp bor harb safarlarida qatnaşgan. Yuzidagi çandiqlar şu safarlardan yodgor…
– Bunday işga rozilik berişiga aminmisiz?
– Aytiş qiyin.
– U bilan körişsak, alhamdulillah, rozi bölgusidir…
– Çaqirtirsangiz, huzuringizga kelmasmi, degan istiholam bor.
– Bu deganingiz ne?
– Kelmasligi ham ehtimoldan xoli emas. Bu dunyodan etak siltagan u. Uning uçun şoh-u gado barobar.
– Heç qursa, vatanini sevar?
– Şak-şubha yöq…
– Undoq bölsa, bu yerga uni öz nomimizdan emas, Vatan nomi ila daʼvat eturmiz.
– Urinib körmoqqa ijozat bergaysiz, afandim.
Şu oqşom şayxulaʼzam işboşisining qöliga maktub tutqazib, Muhsin Çalabiyning Istanbulning Osiyo qismi – Uskudordagi uyiga jönatdi. Nomada davlat miqyosidagi zarur maslahat yuzasidan şayxulaʼzam huzuriga keliş iltimosi bitilgan edi.
Muhsin Çalabiy kelganini bildirganlarida şayxulaʼzam bomdod namozidan söng qasrining erlar tarafidagi hind matosidan tikilgan oğir pardali, möjazgina nimqoronği hujrasida kotibi qoldirgan arznomalarni öqiş bilan band edi.
– Buyuring, kirsin, – dedi u.
Ikki daqiqa ötar-ötmas, nafis gavhar qadamali naqşinkor eşikdan baroq qoşlari ostida şijoat töla maʼnodor közlar çaqnab turardi. Odatda, qurol osiş uçun taqiladigan çarm kamari böş edi.
Atrofidagilar ehtiromi, xuşomadi-yu qulluqlariga örganib ketgan şayxulaʼzam bir muddat bu odamning tavoze ila oyoqlari ostiga boş qöyişini kutib turdi. U çetlari zalvarli zardözlik bilan bezalgan nafarmon mato qoplangan örindiqda sof oltindan quyilgan haykaldek qotib ötirar, kelgindiga taajjub-la boşdan-oyoq razm solib sukut saqlar – qarşisida köksini kerib, boşini tik tutib turgan odamni umrida ilk bor körişi edi.
Noqulay jimlikni Muhsin Çalabiy buzdi:
– Çaqirgan ekansiz, afandim.
– Bilasanmi…
– Quloğim sizda, afandim.
– Yaqinroq ötir, öğlim.
Muhsin Çalabiy hayiqmay, qörqmay şayxulaʼzam yoniga kelib ötirdi. Şayxulaʼzam esa hamon qölidagi qoğozlarni közdan keçirayotgandek bölib, “Kim ekan özi bu? Telbamikin yo?” degan öyni xayolidan ötkazardi.
Biroq Muhsin Çalabiyning aqli raso, qolaversa, heç kimga mute bölmay yaşaş uçun yetarli davlati ham bor edi. Uning kattagina qötoni, Çamlija örmoni ortidagi yeri manaman degan boyning mulkidan qolişmasdi. U halol yaşar, heç kimning oldida böyin egmas, kambağal-u beçoraga, kasalmand-u boşpanasizlarga yordam berib kelar edi. Xonadonidan mehmon arimasdi. U xudojöy, ammo sira mutaassib emasdi. Muhsin Çalabiy ona yurtini haddan ziyod sevar, vatanini Kaʼbadek muqaddas bilar edi. Eʼtiqodi – Allohdan özgasiga sajda qilmaslik, qulning quliga itoat etmaslikdan iborat edi. Uning fazilat-u ilmiga hayron edilar. Zamondoşi, taniqli olim Ibn Komol u haqda “Mening ustozim şu!” degan edi. Muhsin Çalabiy, bironta qasida yozmagan va hatto öqimagan bölsa ham, qalban şoir edi. U qirqlardan oşgan, ammo qarşisida namoyon bölgan şon-şuhratga eltuvçi heç bir yölni tanlamagan edi. U oltindan jilolangan, havorang anvoyi gullar soçilgan porloq bu yöllarning söngida insonni ayançli ölim kutajagini yaxşi bilardi. Inson – Allohning yerdagi elçisi, oliy va qudratli mavjudot, deb hisoblardi u. Alloh insonni öz fazilatlari bilan siylagan. Inson – har narsadan yuksak. Laganbardorlik, xuşomad – dumini likillatib xöjayinining oyoğini yalaydigan itning işi, aslo insonning emas! Muhsin Çalabiy barça haqoratlarga çidab, egilib-bukilib şuhrat çöqqisiga emaklayotgan kibrli masxarabozlardan, yer yuzida ilondek sudralib yurgan ğurursiz bandalardan nafratini yaşirmasdi. U bunday razolatni körmaslik uçun ham insonlardan uzoqlaşgan, faqat uruş bölgandagina kambağallardan taşkil topgan qöşinga rahbarlik qiliş uçun uzlatni tark etmoği mumkin edi.
Muhsin Çalabiyning özini erkin tutişi şayxulaʼzamni ança taajjubga soldi, biroq ğazabini keltirmadi.
– Biz Tabrizga elçi jönatmoq niyatidamiz. Borişga rozimisan?
– Menmi?
– Ha.
– Nima uçun aynan meni tanladingiz?
– Sendan özga munosib odam topolmadik.
– Şu çoqqa qadar davlat xizmatiga kirgan emasman.
– Sabab?
Biroz sukutda qolgan Muhsin Çalabiy jilmaydi:
– Çunki men böyin egolmayman, qöl-u libos çetlarini öpişga odatlan- maganman. Bugungi mansabdorlar öz mavqeyiga egilib-bukilib, ikkiyuzlamaçilik va xuşomadlar ila qöl-u etakni, hatto oyoqlarni öpib erişganlar. Ularning arzanda-yu yaqinlari, ular homiyligida kun keçirayotgan kimki bor – bari tuban ikkiyuzlamaçi, axloqsiz xuşomadgöy, vijdonsiz löttiboz, jirkanç tekinxörlardir. Atroflarida dovyurak, qadr-qimmatini biluvçi halol insonni körsalar bormi, quturib, xusumatga tölib-toshib, uni yöq qiliş payiga tuşadilar. Ayting-çi, yöqsa, Gedik Ahmad poşşo[6]ning ölimiga sabab ne?
Şayxulaʼzamning tişlari jipslaşdi, közlari qisildi, qölidagi qogoz ğijimlandi. Jahlga erk beradigan ahvolda bölmasa ham, ğazabga minganida yuz beradigan holatda – yonoqlari uçib-uçib tuşa boşladi. Hali şayxulaʼzamlik rutbasiga kötarilmagan, bor-yöği viloyat hokimi bölib yurgan kezlarida ham heç kim u bilan bu tarzda oçiq gaplaşişga jurʼat etmagan edi. “Ğirt telbaning özi-ku bu… Aksi bölsa-çi? Betgaçoparligini qarang! Axir, bu gaplar dunyoning mavjud tartiboti, qonun-qoidasiga zid emasmi?” degan fikrlar xayolidan keçdi. Şayxulaʼzam közlari yanada qisilib, soqçilarni çaqiriş taraddudiga tuşganda bexosdan könglining allaqaysi tubida mudrab yotgan vijdon sasini tuydi: “Mana, özing ham xuşomad, ikkiyuzlamaçilik, laganbardorlik yöli bilan yuksalganlar kabi erkin, dangal gaplarni kötarolmaysan. Qarşingda jasur insonni emas, oyoğingni yalaşga tayyor itni, şarmandalarça yetti bukilgan masxarabozni, pastkaşni körmoq istaysan”.
Şayxulaʼzam qisiq közlarini oçdi, qölida ğijimlab turgan qoğozni çetga qöyib, Muhsin Çalabiyga qaradi. Qiliç izidan qolgan çandiq yaltirab turgan döng peşona, otaşin yonoqlar, baquvvat böyin, yirik örkaçli burun, bejirim salla. “Şohnoma” sahifalarida uçraydigan qadim pahlavonlarga öxşab ketadi. Darhaqiqat, çinakam pahlavon bu. Peşonasida qiliç çuqur iz qoldirgan bölsa ham, u tirik – qarşisida.
Şayxulaʼzamga adolat hissi begona emas edi. Ğururi vijdon ovoziga qarşi çiqa olmadi. “Ha, – xayolidan ötdi uning, – könglimizdagi odam mana şu böladi”. Bunday dovyurak zot vataniga, xalqiga qilingan haqoratni kötarmaydi, ölimdan qörqib boş egmaydi.
Şayxulaʼzam sözida davom etdi:
– Tabrizga elçi bölib borasan.
– Şunça işonçli kotib-u xöjalaringiz bölaturib nega meni yubormoqçisiz?
– Şoh Ismoilning qabihliklaridan boxabardirsan?
– Ha.
– Vataningni sevasanmi?
– Sevaman.
Qudratli şayxulaʼzam qomat rostladi.
– Juda soz! Eron şohi elçiga ozor yöq, degan qoidaga amal qilmaydi. U bizning duşmanimiz. Jang maydonida bizni mağlub eta olmasligini bilaturib, elçimiz bilan hisob-kitob qiliş payida böladi. Alloh ğazabidan qörqmagan bu nobakor elçini azoblab öldirişdan ham toymaydi. Magar şunday böladigan bölsa, elçimizga qilingan haqoratni davlatimizga nisbatan haqorat deb bilgaymiz. Har ne bölmasin, ölimga tik boradigan inson kerak. U Eron şohiday yaramas maxluqqa yaraşa javob bera olmoği darkor. Agar çindan ham vataningni suysang, özingni qurbon qilişga rozi bölasan.
– Roziman, afandim. Faqat bir şartim bor.
– Şarting ne?
– Qurbonlikka haq tölanmaydi, u köngildan çiqadi. Aks holda, u qurbonlik emas, şaxsiy manfaatga erişiş ilinjiga aylanadi. Şu bois men na haq, na mansab va na nafaqadan umidvorman…
– Bu nima deganing, öğlim? Şohning elçisi zar liboslarga burkanib keldi. Otlari-yu xizmatkorlari ham salobatli edi. Elçimizning otlari, xizmatkorlari, kiyim-keçaklari undan-da salobatli, undan-da şohona bölmoği darkor. Bu çiqimlar uçun senga xazinadan bir qança ming oltin ajraturmiz.
Muhsin Çalabiy unga ögirilib, iyagini oldinga çiqardi.
– Yöq, xazinadan heç narsa olmayman. Otlar-u xizmatkorlar taşvişini menga qöyib berursiz. Iltifotingizga qulluq.
Şayxulaʼzamning közlari hayratdan çaqnadi.
– Özim esa şunday şohona libos kiyayki, şoh Ismoilning tuşiga ham kirmagan bölsin!
– Unday kiyimni qaydan olasan?
– Zardöz Tur öğlidan hind matosiga gavhar qadab, venetsiança uqalar bilan bezalgan xirqa sotib olaman.
– Şunça pulni qaydan topasan, öğlim? – deya taajjublanib söradi şayxulaʼzam.
Uning taajjubida jon bor. Bir oy muqaddam tikib bölingan bu xirqa Istanbul ahli orasida doston edi. Noyob puşti gavhar bilan bezalgan bu möjiza xirqani vazir-u vuzaro podşohga inʼom etiş uçun sotib olişga harakat qilgani sari Tur öğli uning narxini oşirgani-oşirgan edi.
Muhsin Çalabiy qimmatbaho xirqani qanday sotib olişini tuşuntirdi:
– Yerni, qötonni, uyimni ham garovga qöyib, tujjorlardan ön ming oltin qarz kötaraman. Ikki mingini ot-ulov va xizmatkorlarga sarflab, qolgan sakkiz mingiga öşa xirqani sotib olaman.
Şayxulaʼzam uning rejasini aqlsizlikka yöydi.
– Qaytib kelganingda, – dedi u, – xirqaga hojat ham qolmaydi. Bu libos faqat tantanali marosimlarga yaraşadi. Uni sotib olsang, davlatingdan ayrilib, muhtojlikka giriftor bölasan-ku!
– Aslo. Sakkiz minglik xirqani Tur öğli yetti mingga qaytib olişga rozi böladi. Bu pulga yerimni qaytarib olişim mumkin. Agar qolgan qarzlarni tölay olmasam, na iloj, otamdan meros qötonni sotişga töğri keladi. Axir, hadeb davlatdan olaveriş insofdan emas, nimanidir fido etiş kerak-ku!
Muhsin Çalabiyning sözlarini eşitgani sari şayxulaʼzamning hayrati ortib borardi. Köngli taskin topardi. Hukmdorlikka noloyiq zolimning taʼzirini berib qöyadigan munosib odamni Xudoning özi yetkazib turibdi. Şayxulaʼzam oğir kavugini silkitib jilmayardi. Ö, bu qörqoq, ehtiyotkor maslahatçilar-ey… Hayotlari-yu davlatlaridan ajrab qolişdan çöçib naqadar titrab-qaqşadilar-a! Agar elçilikni şulardan biriga topşirsa, davlatdan köra köproq öz manfaatini öylar, inʼom ilinjida barça haqoratlarga bardoş berar edi.
Şayxulaʼzam tuşlikka taklif qilganiga qaramay, Muhsin Çalabiy izn istadi. Şayxulaʼzam uni eşikka qadar kuzatib çiqdi.
Keyingi olti oy içida Muhsin Çalabiy katta yeri, qötoni, uyi, dökonlari, boği, polizini garovga qöyib, tujjorlardan öziga kerakli mablağni yiğdi. Uning ot-u xizmatkorlari haqiqatan ham şohona edi. Tur öğlidan tillarda doston bölgan öşa xirqani safardan qaytganida yetti mingga qaytariş şarti bilan sotib oldi. Yoş xotini, ikki bolasini qarindoşining uyiga qöyib, yöqligida rözğorga yetarli pul qoldirdi. Söng podşohning yorliğini yoniga solib, yölga tuşdi. Yöl yurgani sayin yangi elçining haşamati-yu körki, ayniqsa, puşti gavhar bezak berilgan xirqa haqidagi ovozalar ortib bordi. Bu ovoza butun Onadöliga yoyilib, Eronga ham yetdi. Nihoyat, Muhsin Çalabiy tantana bilan Tabriz qalʼasiga kirib bordi. Bu kiçik poytaxtning yasan-tusan-u dabdabaga, yaltiroqlig-u turfa bezaklarga ölgudek öç aholisi istanbullik elçining xirqasini körib lol qoldi. Şaharda, saroyda, bazmlarda ham asosiy mavzu elçining xirqasi edi.
Şoh Ismoilning özi puşti gavhar xirqa haqida eşitgan-u, sira körmagan edi. Şundanmi, könglida turk elçisiga nisbatan kek olovlandi. Negadir undan öç olgisi keldi. Muhsin Çalabiyni qabul qilişdan oldin taxt ortiga jallodlarni qöydi, taxt oldidagi kimxob töşaklar-u ipak gilamlarni olib taşlaşni buyurdi. Şohning öng tarafida vazirlar, çap tarafida sarbozlar saf tortgan edi.
Muhsin Çalabiy ravoq ostidagi eşikdan erkin, dadil qadamlar bilan kirib keldi. Odatdagidek, boşi tik, köksi baland. U yonidan sulton yorliğini olib tavof qildi-da, qirmizi, yaşil, zangor, binafşarang ipaklar-u oltin uqalarga burkanib, vahşiy quşlarga xos sovuq xotirjamlik bilan oltin taxtda hurpayib ötirgan şohga uzatdi. Şohning yuzi murdadek oqardi: elçi hatto oyoğini öpmadi! Aqlini mislsiz ğazab çulğadi-yu, biroq özini bosib, yorliğni qöliga oldi.
Muhsin Çalabiy taxtdan uzoqlaşib, atrofga boqdi. Ötiradigan joy yöq edi. Öziça tabassum qilar ekan, “Gap bu yoqda deng! Şoh oldida ehtirom-la tik turişimni xohlabdilar-da! Bu haqoratga qanday javob qilsam ekan?” deb öyladi. Birdan xayolini yaşin tilib ötgandek böldi. Muhsin Çalabiy şartta egnidagi puşti gavharli xirqani yeçdi-da, taxt qarşisiga – yerga töşadi. Şoh Ismoil, uning vazirlari-yu qömondonlari elçiga hayrat-la boqib turardi. U esa qimmatbaho xirqaga çordona qurib, sözlay boşladi. Ovozidan jinlar-u ajdarlarning ajib tasvirlari bilan bezalgan oltin gumbazlar titrab ketdi:
– Yorliğini qabul qilib olganingiz buyuk podşohim Öğuz Qoraxon nasli- dandir. Dunyo yaralgandan beri uning ajdodlaridan heç qaysisi qul bölmagan. Ularning barçasi podşoh-u xon ötganlar. Dunyo yaralgandan beri ajdodlari hukmdor ötgan podşohning elçisi yot podşoh qarşisida tik turolmaydi. Zotan, dunyoda mening podşohimga teng keladigan hukmdor yöq…
Muhsin Çalabiy baland ovoz bilan sodda turk tilida sözlayotganda şoh qizarib-bözarib ötirdi[7]. Hayajondan qölidagi oçişga ulgurmagan yorliğ titrardi. Taxt ortida turgan jallodlar şay – qiliç yalanğoçlagan edilar. Muhsin Çalabiy esa sözida davom etardi. Şohning aʼyonlari, vazirlar, sarkardalar, jallodlar hukmdorlarining sabriga hayron edilar. Baʼzilari hatto norozilik oşkor eta boşlagan edi. Sözini tugatgan Muhsin Çalabiy ketişga ruxsat ham söramay örnidan turdi-da, eşik tomon yönaldi.
Şoh Ismoil toş kabi qotgan edi. Bir neça yil burun Çaldironda darz ketgan ğururi bugun bor-yöği bitta turkning olovli nigohlari ostida erib bitdi. Muhsin Çalabiy çiqib ketayotgan payt şoh özi singari hayratdan qotib qolgan mulozimlaridan biriga:
– Xirqasini berib yuboring, – deya oldi, xolos.
Navkarlarning biri yerda yotgan xirqani kötarib turk elçisiga yetib oldi-da:
– Xirqangizni unutdingiz. Oling, marhamat, – dedi.
Muhsin Çalabiy töxtadi, yuzida tabassum jilvalandi. Söng eşik tomon burildi-da, şoh eşitar qilib dedi:
– Yöq. Men uni unutganim yöq. Uni sizga qoldiraman. Saroyingizda buyuk podşohning elçisini ötqizişga na gilam, na töşak kördim. Buning ustiga, turk yerga töşagan narsasini heç zamon qaytib egniga ilmaydi. Nahot, şundan bexabar bölsangiz?
Muhsin Çalabiy keça-yu kunduz demay ot çoptirdi. Uskudorga yetganida sariq çaqasi ham qolmagan edi. Şunda u şohona kiyingan xizmatkorlariga qarab:
– Öğillarim! – dedi. – Otlarni ham, zeb-u ziynatlarni, egningizdagi kiyim-u qimmatbaho toşlar bilan bezalgan xanjarlarni ham sizga tortiq etdim. Şunga rozimisiz?
– Rozimiz! Rozimiz!
– Alloh rozi bölsin, umringizni ziyoda qilsin!
Muhsin Çalabiy şu javobni olib ularni tark etdi-yu, yelkasidan toğ ağdarilgandek böldi. Uyini çetlab, dengiz qirğoğida qayiqqa ötirdi-da, saroy tomon oşiqdi. Şayxulaʼzam bilan yuzlaşib, yorliğni şohga topşirganini, özini zinhor haqoratga qöymagani, şohning javobini ham kutmay Istanbulga qaytganini birma-bir sözlab berdi. Elçi burçini şaraf bilan ado etganiga şubhalanmagan şayxulaʼzam undan yöl taassurotlarini sörab-suriştirdi.
Muhsin Çalabiy ketayotgan çoq şayxulaʼzam sörab qoldi:
– Xirqang qani? Men uni sotib olmoqçiman.
– Uni olib kelmadim.
– Eronda sotdingmi?
– Yöq.
– Öğirlatdingmi?
– Yöq.
– Unday bölsa, nima qilding?
– Heç narsa.
Şayxulaʼzam har qança qiçab, savol ketidan savol bermasin, xirqaning qayga ğoyib bölganini bilolmadi. Muhsin Çalabiy qilgan işlari bilan maqtanib yuradigan insonlardan emas edi.
Çalabiy şu oqşom Uskudorga qaytib ketdi. U ertasi kun hirqani qaytib oliş uçun yetti ming oltin kötarib kelgan zardöz Tur öğliga ham xirqa haqida lom-mim demadi, Istanbul ahli har qança uydirma töqib çiqarmasin, puşti gavharli xirqaning asl taqdiridan bexabar qoldi. Tabriz qasridagi voqea unutilib, sirligiça qolib ketdi. Ammo bir vaqtlar davlati oşib-toşgan Muhsin Çalabiy qarzlaridan bir amallab qutuldi-yu, yer-u qötonini qaytib olişga qurbi yetmay, daromadidan ajradi. Eronga borib kelgan oti-yu qimmatbaho toşlar bilan bezalgan ayilini sotib, Qözğunjuqdan bir parça yer oldi. Yetiştirgan hosilini bozorda sotib rözğor tebrata boşladi.
Odamlar keyinçalik: “Beçora, umrining oxirigaça Uskudor bozorida sabzavot sotib kun kördi, qismati aççiq, hayoti oğir keçdi, lekin heç kimning oldida böyin egmadi”, deb gapirib yurdilar. E, odamlar… U bor davlatini yurti uçun bir daqiqada qurbon etganini ular qaydan ham bilsin!..
Umar SAYFIDDIN
(1884-1920)
Atoqli turk adibi.
“Tarix azaliy takrordir”, “Haram”, “Efruz Bey”, “Qahramonlar”, “Bomba”, “Uzun poşnalar”, “Halollik”, “Yolğiz bahodir”, “Iskanja”, “Işq tölqini”, “Oq Lola”, “Sirli amaliyot”, “Forsa”, “Badal” (“Yoşlik” jurnalida çop etilgan), “Puşti durli yoqa” kabi asarlari maşhur.
Turk tilidan Jahongir NAHANOV tarjimasi
2024/1
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida


