(Hikoya)
Qiş oyoqlagan bölsa-da, Çönqaymiş toği ustidagi qor hali öz tusini yöqotmagan.
Don-dunlar nişlab, yer bağrini yorib çiqişgan. Körsiçqonlar adirlarning kungay tomonlarini ilma-teşik qilib taşlagan, hayvonot va nabotot olami bahor yaqinligini his etar edi.
* * *
…Qobil ön yoşligida onasi oğrib qoldi. Öşanda ular şaharda yaşaşar, tayinli uy-joyi va durustgina daromadi bölgan oilaning hayoti yaxşi edi. Qayerdandir şu nomi öçgur yopişdi-yu, onasini olib ketdi. Öşanda yolğiz öğil farzand – Qobiljon tuşunib-tuşunmay uzoq yiğlagan edi. Lekin hayotida nimani boy berganini keyinçalik angladi… Bir kelsa, qöş kelar, deganlariday, oradan köp ötmay singlisi ham qizamiqqa çalinib… uni ham tuproqqa qöyişdi…
Otasi uçun şaharda qolişga heç qanday umid qolmadi. U özini odamlardan olib qoçar, xotini va qizidan ayrilgaç, unga hayotning qiziği qolmagandi. Yaşaş uçun undagi birdan-bir sabab – Qobil edi. Ular şu asnoda taniş-bilişlarining tavsiyasi bilan qişloqqa köçib kelişdi. Hozirça Qobil çol yaşayotgan uyni öşa yili qurişdimi yo keyingi yilimi, töğrisi, Qobilning özi ham yaxşi eslolmaydi. Eslagani – otasining ham ota, ham ona bölib uni katta qilgani-yu, şaharda öqitib, har oyda meva-çeva bilan tölib-toshib oldiga borişi!..
…Çol boğidagi barça daraxtga mehr qöygan. Har birining öz ötmişi bor, ekayotganlarida nima qilişganlari-yu, otasining nimalar degani hamon yodidan çiqmagan. Har bir daraxt çolga otasidan qolgan şirin xotiralarni eslatib turadi. Ularga har qaraganida beixtiyor otasi köz oldida gavdalanadi.
…Qişloqda Qobil çol bilan kenja öğli, kelini-yu nabiralari turişadi.
Kenjasi – Botir keçroq uylandi. Boşqa farzandlari qatori Qobil çol uni ham öqitdi, u ham otasiga juda mehribon böldi. Akalari singari şaharga köçib ketmadi. Agar şunday bölganida ham, çol unamasdi: “Men otamning uyidan çiqib heç qayerga ketmayman, özing ketsang, ketaver!” – derdi. Botir öqişni tamomlab qişloqqa qaytganida Qobil çolning quvonçi yer-u kökka siğmay ketdi. Çunki kenjasini ham öqitdi, kasb-korli qildi, endi armon bölib qoladigan taşvişi qolmadi hisob…
Oradan bir yil ötar-ötmas Botirni özi öqiş paytida tanişib, köngil qöygan qizga uylantirişdi…
Qobil çolning uç xonali uyidan ançagina nariroqdagi tekislikda, soyning berigi tarafiga katta uy solindi va akalarining yordamida Botir oilasi bilan öşa yilning özida yangi uyga köçib ötdi. Farzandlar otasini katta uyda yaşaşga arang köndirişdi. Lekin çol baribir köp vaqtini ota uyida ötkazardi…
* * *
…Bugun esa u maʼyus, kursida çuvoqlab ötirgança xayolga berilgan. Bu maʼyuslik yaqindagina xastalanib qolgani uçun emas, boşqa sababi bor!.. Töğri, kasalxonaga tuşib qolgani rost. Kasali ança örnaşib olgani ham unga heç qanday yangilik emasdi. Aniqroği, bu dard uni ança yillar avval ham bezovta qilib turardi. Qobil çol öşanda yaxşi işda işlar va ğayrati öziga siğmagan paytlar edi. Bir kuni kutilmaganda yotib qoldi. Ançagina tomir otib ulgurgan dard baribir öz işini qilmasdan qolmadi, hadeganda tuzalib ketavermagaç, öz xohişi bilan işdan böşagan Qobil çol butunlay qişloğiga qaytdi.
Xastalik Qobilni ançagaça surunkali bezovta qilib yurdi, lekin u boşqalarni xavotirga solib qöymaslik uçun şifokorga bir-ikki körinib qöyiş bilan çeklanardi. Xotini hayot bölgan paytlari-ku, dard nimaligini bilmasdi, vafotidan keyin köp siqilganidanmi yo yoşi bir joyga borib qolgani uçunmi, işqilib, kasali har qişning örtalarida qözğalib turadigan böldi. Hademay bunga birqadar könikib qoldi. Lekin… bu safar biroz oğirroq keldimi, doktorlar bu dard bilan hazillaşib bölmasligini aytişdi, şu tufayli çol, odatiga xilof ravişda, şifoxonada uzoqroq yotib qoldi. Bolalari körgani kelişdi.
– Nima qilardinglar ovora bölib? – dedi Qobil çol andak ranjigannamo. – Har doimgi odatim, sal mazam bölmasayam, körpa-töşak qilib yotib olaman, yaxşi bilasizlar-ku. Ha, bu, işlaring ham qolib ketmasin-da, oddiy grippni deb.
Bolalar biri olib-biri qöyib gapira ketişdi:
– Sizning soğliğingiz bizga juda-juda kerak!
– Özi, şundoğam vaqt topib sizning holingizdan xabar ololmayotgan bölsak!..
– Bobo, ertaroq tuzalib keting, biz uyda bir özimiz qolib ketdik, – dedi Botirning katta öğli Mahmud. – Dadam ham ikki… yöq, ön kundan beri uyga bormayapti. Sizni judayam soğindik!
Çolning köngli toğdek kötarildi. Töğri-da, oddiy bir xastalikni deb hammalari yiğilib kelişsa-ya, tağin yotib olişi har doimgi odati bölişiga qaramay. Dunyoda boşqalarga kerak ekaningni his qilişdan-da ortiqroq baxt bormi!? Hozir Qobil çol xuddi şu baxtni tuydi-yu, köngli yumşab, köziga yoş kelayozdi…
Şomga yaqin bolalari uy-uyiga qaytişdi. Palatada Qobil çol bilan Botir qoldi. Şu payt çolning xayoliga nabirasi Mahmudning gaplari keldi-yu, sal naridagi karavotda kitobga termilganiça jim ötirgan Botirga qaradi.
“Ha, kenja Botir, yoşligidan kitob desa özini tomdan taşlardi”, – deya öyga toldi. Asta örnidan qözğaldi. Boşi biroz ğuvullab turişini aytmasa, çol özini ançagina tetik sezdi. Şifokorlarga ham hayronsan, salga vahima qilaverişadi. Şu birgina boş oğriği uçun kamida bir oy yotib davolanişi kerakmiş, tavba!
– Öğlim, – dedi biroz öziga kelganidan söng, – neça kundan beri şu yerda ötiribsan. Mundoq uy-puyga borib kelsang bölmaydimi, a? Axir, men oğir kasal bölmasam!
Botir bir zum indamay qoldi, keyin sekingina:
– Oğir kasal bölişingiz şartmas, ota, – dedi ğudranib.
– Özi sen yoşligingdan şunaqa qaysarsan, heç gap uqtirib bölmaydi, – deb qöya qoldi çol ham birpasdan söng, – uyga ketaversang ham bölardi, bola-çaqang yolğiz ötiribdi.
– Siz bilan birga ketaman, – dedi Botir.
Oradan uç-tört kun ötdi hamki, çolning ahvoli yaxşilanmadi. Aksinça, özining öylaşiça, “dori-darmonlarning taʼsirida battar böldi”. Toğ havosiga örganib qolgan odamga şahar yoqmas ekan. Töğri-da, top-toza havoga nima yetsin! Şu kunlar içida farzandlari yana bir neça marta “ovora” bölişdi.
Axiyri, çol çidab turolmadi: “Kasalxonada davolanib yotgandan köra qişloqqa borib dalalarni ikki marta kezib çiqsam, otday böp ketaman!” – deb oyoq tirab oldi. Şifokorlarning “hay-hay”laşiga qaramay, uyiga jönab ketdi.
Qöşnilar hol-ahvol sörab çiqişdi, bolalari, tanişlari ham kelişdi, işqilib, çol uyiga qaytgan kuni bayram böldi. Rostdan ham, dastlabki kunlari uy oldidagi boğni aylanib, toğning musaffo havosidan bahramand bölib, özini avvalgidan ançagina tetik sezdi. Endigina uyğona boşlagan bahoriy pallada toğ qişloğining çiroyi oçilib, yanada gözallaşib borayotgan edi. Tört-beş kundan söng çol birmunça soğayganday ham böldi. Şunga qaramay, çol baribir kun ilimagunça taşqariga çiqmaydi, sal köproq yurib qöysa, boşi aylanib, közi tinadi. Şuning uçun iloji boriça kamroq harakatlanadi. Har kuni uyning çuvoqlov tomonidagi taxta kursiga ötirib atrofni tomoşa qiladi. Tezroq tuzalib ketişni xohlaydi. Axir, daraxtlar ham gullab qolgan, ortiqça şoxlarini butab taşlaşga-ku vaqt bölmagandi, endi loaqal yerga ul-bul qadaş kerak. Bu işlarning barini Botir ham qilaveradi-yu, baribir özining qöli tekkani yaxşi, örganib qolgan işi, ozroq bölsa-da, mehnati singsa, rohatlanadi…
… Bugun esa u kursiga xomuş çökkaniça uzoq-uzoqlarga termilib ötiribdi…
Aslida, bunday böldi: çol har kuni eski makoni – ota uyida yotib qolayotgandi. Saharmardonda öğli bilan nabirasi Mahmud dasturxon yozib, uning uyğonişini kutib turganini kördi. Birgalaşib nonuşta qilişdi. Nabirasi juda şöx bola bölgan-da öziyam! Bobosini har xil savollarga kömib taşlaydi. Qobil çol erinmasdan hamma söroviga bir boşdan javob beraveradi. Çoy içib bölgunlarigaça Mahmud bir zum jim turmaydi. Şuning uçun Botir çoy içib bölişganidan söng:
– Bobongning boşini oğritib qöyasan, dam olsinlar, – deb, çolning “Qöy, indama”, deyişiga qaramay, taşqariga ergaştirib çiqib ketdi.
Oniy fursat ötmay, Mahmud yana çopqillab kira solib:
– Bobo, bobo! – dedi hayajonlanib.
– Nima deysan, çiroğim?
– Sizdan bir nimani sörasam maylimi?
– Albatta.
– Pista nima?
Çol öylab ham ötirmay javob berdi:
– Pista – daraxt.
– Yöq-yöq, topolmadingiz! – dedi nabira şodon qiyqirib. – Pista çaqib yeydigan meva ekan, dadam aytdi, ha-aa! Menimça, juda şirin bölsa kerag-a?
– Ha, bölmasam-çi! – çol jilmayib qöydi.
– Yöğ-e, himm!.. Daraxtlarning orasida bittagina pista degani bor ekan-ku, öşa endigina kurtak çiqaribdi. Agar pişsa, birinçi bölib men yeb köraman. Juda şirin bölsa kerak! – dedi bola soddalik bilan. – Endi men ketyapman, dadam bobongning boşini köp qotirmagin, degan! Tezroq tuzalib keting, bobo, pistaga ikkovlaşib qaraymiz, tağin birov yeb qöymasin…
Qobil çol nabirasining ortidan qarab qoldi… Vaqt deganlari bunça beşafqat bölmasa, öylab körsa, yoşi yetmişdan oşibdi… Nevarasi aytgan pistani bir zamonlar otasi bilan ekişganida yoşi yigirmalar atrofida edi. Mana, oradan ellik yilça vaqt ötib ketibdi…
* * *
…Qobil şahardan oqşom mahali uyga kirib keldi. Juda çarçagan ekanmi, ertasiga quyoş terak böyi kötarilgandagina uyğondi. Çoy içib bölib taşqariga çiqqanida, otasi boğ içida belkurakni olib, endigina bir yerni kavlaşga şaylanib turgan ekan. Qobil otasining oldiga bordi.
– Sen daraxtlar orasiga ekilgan bir tup pistani eslaysanmi? – gap boşladi otasi yer kavlaşga çoğlanib. – Öşa köçat bultur yozda nimagadir qurib qoldi. Hosili zap yaxşi bölardi-da, savil. Şuning joyiga yana bir tup ekib qöyaylik, böş turmasin, deb keça bir köçat opkelgandim. Sen borib soydan suv opke, – dedi belboğini qaytadan boğlarkan.
Qobil paqirni olib soy tomonga ketdi. Şarillab oqayotgan zilol suvni tomoşa qilib ança vaqt turib qoldi, qaytib kelganida esa otasi allaqaçon qurib qolgan pistani kavlab olib, yangi köçatning yon tomonlaridagi şoxlarini qirqib bölgan, Qobilning kelişini kutib ötirgan ekan.
Darrov işga kirişib ketişdi. Otasi: “Özing peşana teri qilib ekkin, keyin eslab yurasan!” – degani uçun Qobil çuqurga suv quyib, söng otasi uşlab turgan köçatning atrofiga belkurak bilan tuproq tortdi. Işni tamomlagaç, otasi unga:
– Avval ham aytgandim senga, bu köçat sen uçun juda qadrli böladi hali. Yoşing mening yoşimga yetganda mana şu pistani eslab yurasan, – dedi yengil kulib qöyarkan, keyin negadir boşqaça ohangda davom etdi: – …Odam hayotga nima uçun keladi, bilasanmi? Yaxşi yaşaş, yaxşilik qiliş, özidan yaxşi nom qoldiriş uçun. Bu daraxt har hosil berganda, sen özingga: “Men qanday yaşadim?” – degan savolni berişing kerak, ana şunda butun ötgan umring köz oldingga keladi… Nega senga bu gaplarni aytyapman, çunki boğda boşqa daraxtlar köp, faqat şu pistagina yagona, innaykeyin, hosiliyam möl böladi. Buni sira yodingdan çiqarma. Uni har doim parvariş qil!
Çolning bugun maʼyus holda kursida çuvoqlab ötirişining sabablaridan biri, aslida, şu voqeaga borib taqalardi. U yiroq-yiroqlarga tikilganiça öyga çömgan edi. Odamlarga qançalik foydasi tegdi ekan? Odamlar u haqida qanday fikrda ekan? U kimlarga yaxşilik qilgan, özi, umuman, yaxşilik qilganmikin?.. Çol öylab sira öyiga yetolmadi. Bironta ham “yaxşilik” deb atay oladigan işini eslolmadi. Şu payt… kutilmaganda ğirt teskari voqea yodiga keldi-yu, bor öy-xayoli çalkaşib ketdi… Öşanda çol ozgina loqaydligi tufayli bir umr nadomatda yurdi…
* * *
…Maydalab yoqqan yomğir bir hafta yoğib ham heç zarar bermasligi mumkin, lekin jala bor-yöği çorak soat davom etarkan-u, şu vaqt içida dahşatli sel bölib, toğdagi ulkan-ulkan xarsanglarni-da oqizib ketadigan kuçga aylanarkan! Öşa kuni ham xuddi şunday böldi. Ön-ön beş daqiqa davom etgan kuçli yomğir darrov tina qoldi. Lekin şunçalik sel oqdiki, qişloq oralab oqib ötadigan katta-katta soylar ham tölib-toshib ketdi! Qobilning uyidan uç yuz qadamlar naridagi katta soy ham loyqalanib-loyqalanib, özanidan çiqib ketar darajada pişqirdi.
Jala tingaç, Qobil taşqariga çiqib atrofni tomoşa qildi, jala yetkazgan talofatlarni, şundoğam nuray deb qolgan kuçukuyaning yon tomonini suv butunlay yuvib ketgani va ağanab tuşganini, payhon bölgan boğni közdan keçirarkan, soyga yaqin joydan suvning hayqirib oqişini kuzatib yurgan ikki yoş bola uning eʼtiborini tortdi. Bolalarni darrov tanidi, orqa tomondagi qöşnisi Normatvoyning jujuqlari. Ha, şumtakalar! Suvning oldida pişirib qöyibdimikan! Odamlar bekorga öt balosidan, suv balosidan asrasin, deyişmagan. Bexosdan… tuşib-netib ketsa, nima böladi?! Xarsangni surib yuboradigan oqim ularni çirpirak qilib ketmaydimi?
– Hoy, Normatning qizi! – dedi Qobil qölini karnay qilganiça baland ovozda baqirib. – Ukangni olib tez bu yoqqa öt! Körmayin! Suv öyinmas senlarga! Hozir otangni çaqiraman, keyin körasan! – döq urdi bolalarni qörqitmoqçi bölib.
– Ho-zir, ozgina tomoşa qilaylik, keyin darrov ketamiz! – dedi qizça.
– Tez ötganlaringni köray suvdan beriga! – şunday deb Qobil yana öz işiga maşğul böldi… Şu beparvoligi uçun u özini qança ayblamadi? Eh, attang, buning foydasi bormikan?
…Oradan heç qança vaqt ötmay qizçaning yiği aralaş qiçqiriği şovullab oqayotgan soyning şovqinini ham bosib, yer-u kökni titratib yubordi!..
– Da-da-a-a-aa!!! Ama-ki-i-iiii, yordam beriiingg!!! Chökib keta-a-dii, voy uka-a-amm!!! Uka-a-aa-amm!!!
Qobil bir uçib tuşdi. Nima gapligini birdan anglab bölgandi… Şu zahotiyoq soy tomonga qarab yugurdi. Qizça hamon yer tepinib çinqirardi. Qobil jon-jahdi bilan yugurib borar, şilta loyning oyoğidan çangallaşga urinişlari ham uni sekinlaştirolmas edi. Ammo tösatdan oyoği sirğalib ketdi-yu, katta bir toşga zarb bilan urildi. Qobil bir gazça nariga otilib ketdi!.. “Qars!” etgan tovuş uning quloğiga ança keyin eşitildi. Bir zum heç narsani anglolmay yotib qoldi, xayoliga yaşin tezligida Normatning öğli keldi! Qutqariş kerak, yöqsa, çökib nobud böladi! U şaxt bilan örnidan qözğalmoqçi edi, hali turib ulgurmasidan qayeridir löqillab ketdi, közidan öt saçradi! Şundagina qarsillagan ovoz oyoğidan çiqqanini sezdi. Oğriqdan butun suyaklari titrab ketdi!.. Bir onga hammasini unutib qöydi. Qayta örnidan turişga intildi, ammo uddalolmasligiga közi yetib orqasiga qaradi. Ança narida Normat yugurib kelardi. “Yetib keladi!” – xayolidan ötkazdi Qobil.
…Normat yetib bordi. Ammo… soyning biroz dimiqib oqadigan joyidan öğlini olib çiqqanida… bolada tiriklik alomati sezilmas, butun tanasi suvga bökib ulgurgan edi…
Qobil özini juda noşud deb bildi. Lekin singan oyoq bilan bolani baribir qutqarolmasligini özi ham yaxşi bilardi. Şunday bölişiga qaramay, Qobil özini oqlay olarmidi? Axir, bolalarni soy böyida körganida, nimaga quloqlaridan tortib uylari tomonga tirqiratib quvib solmadi? Bu savollar unga sira tinçlik bermay qöydi…
* * *
…Qobil çol özidan nafratlanib ketdi. Heç kimga foydasi tegmagan bir notavon odam ekanman, degan xayolga bordi oxiri. Tağin uzoqlarga maʼnosiz termildi. Pista xayoliga keldi…
– Qobilboy, ho-ov Qobilboy! – degan ovozni eşitib örnidan turdi.
Qöşnisi Normat ekan. Uyga boşlab kirdi.
Normat körpaçaga çökarkan:
– Munday bir gurunggayam çiqib turmaysiz, – dedi ranjigan bölib, – oxiri özim kelaverdim, bir otamlaşaylik, deb. Balnisadan kelganingizdan keyin munday yaxşiroq gaplaşolmadik ham. Özi soğliklaringiz yaxşimi?
– Şukur, joyida. Bu qurğur oddiy bir şamollaşday gap-da, qörqadigan joyi yöq. Şungayam döxtirlar vahima qilişadi. Kamida bir oy yotmasam bölmasmiş! Yöq, dedim, qişloğimizga borsam, tuzalib ketaman, dedim. Mana, kelganimga köp bölmasdan ança tetikman. Bu şamollaş oyoqda yurib ötkaziladigan narsa-da, Normatvoy.
– Çakki qilasiz, Qobilboy, çakki qilasiz, – dedi qöşni boş irğab. – Bu işingiz bölmaydi. Döxtirlarning aytganini qiliş kerak. Ular biladi, öqigan. Bir narsani bilmasa gapirmaydi-da! Yot desa, yotib qolaverişingiz kerak. Şunday, Qobilboy, şunday!
Gap aylanib-aylanib butunlay boşqa tomonga burilib ketdi-yu, xastalik ham, şifokorlar ham yodlaridan çiqdi.
– Bu nima deganingiz, Qobilboy? – Normatning yuzida tabassum öynadi. – Siz qilgan işlar yaxşilik bölmay nima? Eh-he, qilgan savoblaringizni odam sanab hisobini yöqotadi, bilsangiz agar! – Normat biroz hazil aralaş lof urganini özi ham payqab, sal pastroq tuşib gapida davom etdi: – Birgina boğingizdan, meva-çevasidan butun qişloq bahramand böladi. Hammaga ulaşasiz, nevaralaringiz ham kelişi bilan boğni oralab ketişadi… Biron kim sizdan yomon gap eşitganmas.
– Şunday-ku-ya, lekin boğni otam ekib, parvariş qilgan. Nimaki savob kelsa, hammasi otamnikimasmi, axir?
– Buning savobi ikkalangizgayam yetib-ortadi, işonavering.
– Gunohlarim ham köp-da, Normatvoy…
– E-ya, – deb kuldi qöşnisi, – yana qanday gunoh haqida gapirasiz-a! Hi-hi-hi!
– Bundaymas-da, bundaymas… Öşanda hatto öğlingni qutqarib qolişim ham mumkin edi… Oyoğim sinib, uzilib tuşsayam, bir ilojini qilişim kerak edi, Normat! Bu menga tinçlik bermaydi, axir!
Normat bolasini öylab allaneçuk bölib ketdi. Yuzi oqardi. Soqolini silab qöyarkan, bosiqlik bilan:
– Siz özingizni ayblamang, – dedi. – Qutqarmoqçi bölganingizda, balki, singan oyoq bilan suzolmasdan, özingiz ham çökib ketarmidingiz, Xudo körsatmasin! Aslida, hamma ayb menda. Tomoşa qilgani boraylik, yaqinigayam bormaymiz, deyişganida könmasligim kerak edi. Oyoği sirğalib yiqilgan-da suvga… – Normat közyoşlarini töxtatib qololmadi. Yuragi öksib ketdi…
Bundan keyin gaplari unçalik qovuşmadi. Çolning qança qistaşiga qaramay, Normat peşin bölmay turib uyiga çiqib ketdi. “Ungayam qiyin”, – xayolidan ötkazdi Qobil çol.
Tuşdan keyin ham köngli yozilmadi. Taşqarida ötiraverib zerikdimi, boğni aylanmoqçi bölib hassasiga suyanganiça daraxtlar oralab ketdi. Bilmagan holda öşa pista daraxtiga duç kelib qoldi. “Ha, rostdan ham bu yil yaxşi hosil beradiganga öxşaydi!” – könglidan ötkazdi. Oyoğida çarçoq seza boşlagaç, yana uy yoniga qaytib keldi va kursiga çökdi.
“Normatning gapi töğri, – öyladi u, – öşanda oyoğim singani uçun özim çökib ketişimdan qörqib ham tentaklik qilgandim. Mayliga emasmidi, bolani qutqarsam-u, özim çökib ketsam? Öşanda, balki, bunday azoblanib yurmasmidim? Aytarli bitta bölsayam qilgan yaxşi işim bölardi!.. Hozir esa… afsus! Agar hozir öşa voqea qayta takrorlanib qolsa, heç ikkilanib ötirmasdim, özimni suv oqizib ketsayam, bolani qutqarardim. Orqamga aslo qaramasdim!.. Axir, soygaça ozgina masofa qolgandi-ku!”
U keç tuşgunga qadar şunga öxşaş öylar bilan band böldi… Oradan biron hafta vaqt ötganidan söng hammasi deyarli yodidan çiqib ulgurgan edi. Çolning kuni avvalgiday bir zaylda öta boşladi.
* * *
Boşida maydalab yomğir yoğdi-yu, keyin bir xayolda qorga aylandi. Keçasi bilan bulutlar tinimsiz qor elab çiqdi. Endigina kurtak çiqara boşlagan daraxtlarni ham, uylarning tomlari-yu toğ-toşlarni ham qalingina qor qopladi. Uylarning mörisidan çiqadigan tutun avvalgidan ham quyuqroq buralib-buralib kökka örlardi.
Qobil çol töliq soğayib ketmagan, köproq yurib qöysa, boşi aylanib, löqillaşni boşlardi. Faqat bir narsa, çap biqinidagi oğriq ançayin yöqolgan edi.
Ertalab barvaqtroq uyğondi. Derazadan taşqarini tomoşa qilib ötirdi. Oppoq qorga tikilib közi qamaşdi.
Botir dasturxon kötarib kirganida u yoşlik paytlaridagi rasmlarini jilmayganiça tomoşa qilib ötirardi. Bolaligini, otasini, xotirasida xira siymosigina saqlanib qolgan onasini eslayotgandi.
– Mahmud qani? – söradi Qobil çol, har kuni bobom bilan nonuşta qilaman, deb kelib, har xil narsalarni söray-söray boşini qotiradigan nevarasining yöqligini körgaç.
– Tomoği sal oğrib turgan ekan, onasi çiqarmadi, – javob berdi öğli, –taşqariyam sovuq.
Nonuştadan söng çiqib ketgan Botir oradan bir yarim-ikki soat ötganidan söng yasan-tusan qilib kelin ikkovlaşib kirib kelişdi. Kelin kiçkina öğlini ham kötarib olgan, aftidan, mehmondorçilikka otlanişgan edi.
– Kursdoşimizning tuğilgan kuni ekan, – deb gap boşladi Botir. – Şunga, kelmasangiz, xafa bölaman, deb holijonimizga qöymadi… Uylari yaqin, darrov borib qaytamiz.
– Mayli, boraveringlar, – dedi Qobil çol ensasi qotib, – mendan sörab ötirişlaring nimasi?
– Mahmudni tomoği oğrib, istmasi çiqib turgani uçun uxlatib uyga taşlab ketyapmiz. Opasi qaraydi. Taşqariga çiqqanini körib qolsangiz, uyga kir, deb urişib qöying. Sovuqqa çiqib ketmasin.
– Özlaring bilan olib ketavermabsizlar-da, – dedi çol, keyin kun sovuqligini öylab qöşib qöydi: – Ha, mayli, boraveringlar, xabar olib turaman.
* * *
Çol öy surib ötirgandi, dahlizda birov oyoğidagi qorni tars-turs qilib qoqqani eşitildi, eşik oçilib içkariga pildirab Mahmud kirib keldi. Qöllari mittigina çöntagida, boşi va böyni şarf bilan örab qöyilgan, faqat yuzi oçiq qolgan edi.
– Bobo, bobo, – dedi şoşa-pişa, – çana uçişni bilasizmi? Bolalar höv anov yerdagi tepalikda çana uçişyaptiykan.
– Yöğ-e, rostdanmi?
– Ha-a, – dedi bola xursand bölib, – Sarvar akaning çanasini körgandim tunov kuni. Huv avval qor yoqqanidayam çanada uçganini körganman! Dadam mehmondan kelsa, men ham bitta yasatib olaman. Zör böladi, qorda mazza qilib toyaman, keyin… apşu! Vohh, tomoğim! – u böynini silab qöydi.
Çolning biroz aççiği çiqdi, lekin Mahmudga yaxşi gapirib, agar hozir töğri uylariga, opasining oldiga bormasa, dadasiga aytib berişini quloğiga quydi-yu, ortidan:
– Tez uylaringga kirib peçkaning oldida issiqqina ötirganingni köray, xöpmi? Men derazadan kuzatib turaman. Bu yer senga sovuqlik qiladi, keyin tomoğing battar oğrib qoladi! – deb qöydi.
Mahmud bobosidan bunday muomalani kutmagani uçun biroz xafa bölib xonadan çiqdi. Dahlizda timirskilangança, öşa yerdan turib bobosidan söradi:
– Bobo, kalişingizni kiysam maylimi?
– Uni nima qilasan? Ikki oyoğing bittasiga joy böladi-yu, tağin kiyaman deysan! Tegma, joyiga qöy, – dedi çol joyidan jilmasdan, – tagi juda sirpançiq bölib qolgan, yiqilib tuşasan… Aytganimni qilib tez uyga bor. Şamollagansan, – dedi dakki bergan bölib. Lekin bola rosa injiqlik qilavergaç, könişga majbur böldi: – Qarab turaman, agar uyga tez bormasang, olib qöyaman kalişni… Yana taşqariga çiqa körma!..
Mahmud xursand bölib ketdi. Bobosining mahsisiz kiyib yuradigan kalişini mittigina oyoqçalariga ilib olarkan, tapir-tupur qilib sudraganiça uydan çiqqanini çol eşitib turdi. Taşqari eşik ğiyqillab zaif yopildi. Qobil çol derazadan qarab narigi uy oldida qor öynayotgan tört yoş katta opasiga Mahmudni uyda olib ötirişni tayinlagaç, köngli xotirjam bölib joyiga qaytib ötirdi.
* * *
Botir tuşdan keyin qaytib kelib otasining oldiga kirib ötganida çol allaqaçon tuşlik qilib bölgan, mahsisini yeçib, oyoqlarini hali çöği sovimagan sandalga suqqaniça ötirardi.
…Narigi uy tomondan kelayotgan ğalati gap-sözlarga çol tuşunmay bir zum turib qoldi. Biron ovozni aniq eşitolmasa-da, köngli qandaydir ğaşlanib örnidan turib ketganini özi ham sezmay qoldi. Keyingi gaplar qattiqroq çiqqani uçun çolning quloğiga elas-elas eştilgandek böldi:
– Böğilib qolib-di! – Bu kelinining ovozi edi. – Ölib qoladi-ku, axir!
Çolning xayoliga lop etib Mahmud keldi! Mahsini kiyişga ham sabri çidamay dahlizga çopib çiqdi. Jonholatda kalişini qidirib atrofga olazarak alangladi. Topolmadi. Axir, uni Mahmud kiyib ketgandi-ku! Çol ikkilanib ötirmay bir çekkada turgan poyabzalini oyoğiga ildi-da, qorga bir qariç-bir qariç bota-bota jadal yura ketdi!..
Mahmud bobosining sirpançiq kalişida toyib öynagan joyga yetib borganda birdan yaxmalakda oyoği toyğanib, çol bir tomonga, poyabzalining poyi bir tomonga otilib ketdi… Bir oyoğida simillagan oğriq paydo böldi-yu, peşonasidan ter çiqdi. Çol jala yoğgan kuni oyoği singanini esladi… Qiziq, şunça yildan beri sira bezovta qilmay qöygan edi bu oğriq!.. U örnidan qözğaldi. Endi na oğriq, na sovuq, na poyabzalining içiga tölib qolgan qorning zahri bilinardi. U faqat bir narsani – nabirasini öylardi. Aslida, hammasi özining aybi bilan böldi… Mahmuddan ayrilib ötirsa, bunday hayotning unga heç qanday qiziği qolmaydi.
…Çol şoşa-pişa uy atrofini bir marta aylanib keldi. Piçirlab içida nimalarnidir takrorladi. Oftobadan qölini tezgina yuvib, içkariladi. Dahlizda nabirasi kiyib ketgan özining qor töla kalişiga közi tuşib hammasiga tuşundi. Içkaridan hamon kelinining yiği aralaş ovozi kelardi.
– Ölib qoladi! Ölib qoladi, bol-a-a-m! – derdi kelin tinimsiz. – Biron nima qiling, döxtirga oboring! Indamay qarab turaveramizmi? Nafas ololmayapti! Ölib qoladi, bol-a-a-m!!!
Rostdan ham, bolaning nafas olayotgani sezilmas, yuzi murdanikiday oqarib ketgan edi. Paypoqsiz yalang oyoği qip-qizarib ketgan…
– Çetga öt, – dedi Qobil çol nima qilişini bilmay nuqul bolani quçoqlab yiğlayotgan keliniga. – Tili ketib qolgan tomoğiga. Nafas ololmayapti, tilini tortiş kerak.
Çol nima deyotganini özi ham sezmagan holda tinmay gapirardi, keyin esa kalima qaytarib, qölini bolaning oğziga soldi. Bolaning yuzlari ham, oğzi ham olovday lovullab yonib yotardi. Çindan ham, tili orqaga ketib qolgan ekan, çol ming azob bilan bolaning tilini uşlab tortdi. Bola “xiy-xiy”lab böğilib qolgan tomoğidan çuqur-çuqur nafas oldi. Oğzidan qizğiş qon aralaş tupuk oqib çiqdi!..
…Zum ötmay, Botir çaqirgan ekanmi, şifokor ham kelib qoldi.
Çol butun vujudi lovullab borayotganini sezib içkarida köp turolmadi, dahlizga çiqdi… Özi kiyib kelgan poyabzalning içi ham qorga tölib qolgan edi! Oyoğidagi kuçli oğriq endi sezila boşladi. Boya oqsoqlanayotganiga qaramay, zarraça oğriq sezmagandi…
U bir amallab ota uyiga yetib keldi. Nabirasining yonida qolsa ham bölardi-yu, lekin ataylab u yerda qolmadi…
Çol öz joyiga çözilarkan, bolalik paytlari, şahardagi hayoti, otasi, talabalik yillari va öşa… pistani esladi!
* * *
Keç kirgan mahal Mahmudning ahvoli ança yaxşilandi. Bola ança öziga kelib qolgan, şifokor emlov qilib, dori içirib ketganidan keyin tomoq oğriği ham biroz pasayib, isitmasi tuşgan edi.
Otasining oldiga dasturxon va ovqat kötarib kirgan Botir bilan xotini çolning yuzida aks etgan qandaydir nomaʼlum maʼnoni körib joylarida qotib qolişdi.
– Döxtir ham ketib qolgandi! Darrov yana çaqiriş kerak! – dedi Botir qörqib ketganidan yiğlamsirab, çunki çolning ahvoli rostdan ham oğir edi. Boşi ğuvullar, oğrimay qöygan çap biqinidagi oğriq ikki çandon kuçayiş bilan qaytgan edi. Badani lovullardi. Şunday bölsa-da, u xuddi alahsiragan kabi nimalarnidir tinmay piçirlardi.
Botir qönğiroq qilib, şifokorni çaqirişga ham ulgurmay, Qobil çol osongina omonatini topşirdi!
Lazizbek BOZOROV
2004-yili tuğilgan.
Özbekiston – Finlandiya pedagogika institute talabasi.
2024/2
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida


