Harvard bitiruvçilari qarşisida sözlagan nutq
Prezident Faust, Vasiylar kengaşi, fakultet ahli, döstlar, mağrur ota-onalar, maslahat kengaşi aʼzolari va dunyodagi eng buyuk universitet bitiruvçilari!
Bugun sizlar bilan bir safda turiş men uçun şaraf, çunki, tan oliş kerak, siz men heç qaçon uddasidan çiqmagan işni qildingiz. Mana şu nutqimni tugatolsam, bu mening Harvardda oxiriga yetkazgan yagona işim böladi. 2017-yil bitiruvçilar, tabriklayman!
Qarşingizda nutq sözlaşga unçalik haqli emasman, bunga sabab öqişni çala taşlab ketganim emas, aksinça, biz bir avlodga mansubligimiz tufayli. Biz ayni hovlida, nari borsa, ön yillik tafovut bilan sayr qildik, ayni ğoyalarni örgandik, ayni öşa Ec10[1] maʼruzalari davomida mizğib oldik. Bu yerga barçamiz turli yöllarni bosib keldik, ayniqsa, sizlar bu yerga töğri “Quad”[2] yölidan kelgansiz. Ammo bugun özimiz mansub avlod va birgalikda barpo etayotgan dunyomiz haqida örganganlarimni örtoqlaşgani keldim.
Biroq oxirgi kunlarda xayolimni band qilgan baʼzi xotiralarimni aytib ötsam.
Neçtangiz Harvarddan öqişga qabul qilinganingiz haqidagi e-mail-xabarni olganingizda aynan nima bilan band bölganingizni eslay olasiz? Men “Sivilizatsiya”[3] öynayotgandim va darhol pastki qavatga yugurdim, bu haqda dadamga aytdim, negadir uning reaksiyasi xabarni oçayotganimni videoga oliş bilan çeklandi, xolos. Ehtimol, bu juda ham alamli videotasvirga aylanişi mumkin edi. Qasam içib aytamanki, ota-onam haligaça Harvardga öqişga kirganim bilangina maqtanişadi.
Harvarddagi birinçi maʼruzangiz-çi? Meniki Axborot texnologiyalari 121 bölib, betakror Harri Luis ötgandi. Keçikayotganim sabab futbolkamni şoşilinçda kiyib jönabman. Lekin futbolkamni teskari, oldini orqaga qilib kiyganimni yoqasidagi yorliği çiqib qolganidan keyingina sezdim. Ungaça nega heç kim men bilan gaplaşmayapti ekan-a, deb hayron bölib ötiraveribman. Faqat K.X. Jin ismli yigit bunga eʼtibor bermadi. U bilan topşiriqlarimizni birga bajaradigan darajada qalin bölib ketdik. Hozir u Feysbuk kompaniyasining kattagina qismini boşqarmoqda. Kördingizmi, 2017-yil bitiruvçilari, şu sababdan ham odamlarga yaxşi munosabatda böliş kerak.
Ammo Harvarddagi eng yaxşi xotira Prissillani uçratganim bölgan. Öşanda Feysmaş nomli soxta veb-saytni endigina işga tuşirgandim va rahbariyat men bilan “gaplaşib qöymoqçi” edi. Universitetdan haydalişim haqidagi miş-mişlar tarqaldi. Ota-onam laş-luşlarimni yiğişga yordam bergani kelişdi. Döstlarim men uçun xayrlaşuv keçasi taşkil etişdi. Baxtimga, öşa keçada Prissilla ham dugonasi bilan qatnaşayotgandi. Ikkimiz Forsxaymer haus binosida tanişib qoldik va, ehtimolki, şu vaqtgaça misli körilmagan romantik sözlar bilan gap oçdim:
– Uç kundan söng meni haydavorişadi, şuning uçun ham tezda işqi pinhon qilmasak bölmaydi!
Darvoqe, hozir bitiruvçilar orasidan istalgan biri şu jumlani işlatsa bölaveradi.
Baribir meni haydaşmadi, aksinça, özim ketdim. Prissilla bilan uçraşa boşladik. Bilasizmi, haligi filmda[4] Feysbukni yaratişda Feysmaş juda muhim örin tutganday qilib körsatilgan. Aslida, unday emas. Ammo Feysmaş bölmaganida Prissilla bilan uçraşmagan bölardim; u hayotimdagi eng muhim şaxs, şu bois ham Harvardda ötkazgan davrim mobaynida topgan eng qadrligim şu qiz böldi, deb baralla ayta olaman.
Bu yerda barçamiz umrboqiy döstlik riştalarini boğladik, baʼzilarimiz hatto oila qurdik. Şuning uçun ham bu dargohdan juda minnatdorman. Rahmat, Harvard!
Bugun maqsad haqida gapirmoqçiman. Biroq hayotda öz maqsadingizni aniqlaş haqidagi siyqasi çiqqan nutqlarni takrorlaş uçun qarşingizga çiqqanim yöq. Axir, biz milleniallarmiz[5]. Birov aytmasa ham, instiktiv tarzda maqsadimizni izlaymiz. Undan köra, hayotda maqsadingizni topişning özi yetarli emasligi haqida gapirmoqçiman. Bizning avlod oldida turgan maşaqqat maqsad tuyğusi mavjud insonlardan iborat bir dunyo yaratişdan iborat.
Sevimli hikoyalarimda birini eslab ötsam: prezident Jon F. Kennedi NASA tadqiqotlar markaziga taşrif buyurganida supurgi kötarib olgan farroşga közi tuşadi. Farroşning yonidan ötayotib, prezident undan nima qilayotganini söraydi. “Janob prezident, odamzot oyoği oyga yetişiga hissa qöşyapman”, deb javob beradi farroş.
Maqsad – bu uluğroq narsaning bir qismi ekanligimizni, kerakli ekanligimizni va istiqbolda yanada yaxşiroği uçun harakat qilişimiz lozimligini his qiliş. Maqsad haqiqiy baxtni yaratadigan omildir.
Siz, ayniqsa, maqsad juda muhim bölgan bir davrda öqişni tugatyapsiz. Ota-onalarimiz öqişni bitirganida, hayotning mazmuni işdan, dindan yoki jamiyatdan kelib çiqardi. Ammo bugungi kunda texnologiya va avtomatlaştiriş köplab iş örinlarini yöq qilmoqda. Jamiyatlarga aʼzolik kamayib bormoqda. Köpçilik özini yolğiz va tuşkun his qilib, içki böşliqni töldirişga urinmoqda.
Sayohatlarim davomida voyaga yetmaganlar jazo kolonnalarida yotgan, opioidga[6] ruju qöygan bolalar bilan suhbatlaşdim. Ular menga, agar maktabdan keyingi dasturlarmi yoki boradigan joylarimi bölganida, yaʼni biror maşğulot bilan şuğullanganlarida, hayotlari boşqaça bölişi mumkinligini aytişdi. Şuningdek, eski iş örinlari qaytib kelmasligini biladigan va hayotda öz örnini topişga harakat qilayotgan zavod işçilari bilan ham uçraşganman.
Kirklend Hausdagi[7] katalakdek yotoqxonamdan turib Feysbukni işga tuşirgan keçamni yaxşi eslayman. Döstim Jin bilan “Noçʼs” pitseriyasiga bordik. Unga Harvard hamjamiyatini boğlaydigan tarmoq yaratganimdan özimda yöq xursandligimni, lekin kun kelib kimdir butun dunyoni özaro boğlay olişini aytganim xuddi keçagiday esimda.
Buni qarangki, öşa “kimdir” özimiz bölişimiz mumkinligi hatto xayolimning bir çetiga ham kelmagan ekan. Biz hali kollej talabalari edik. Bu haqida heç narsa bilmasdik ham. Bir talay katta texnologik kompaniyalar va ularning ulkan resurslari bor edi. Öşalardan birortasi bu işni amalga oşirsa kerak, deb öylagandim, xolos. Ammo bu ğoya bizga aniq-tiniq namoyon bölgandi: odamlar bir-biri bilan aloqa örnatişni xohlaydi! Şunday ekan, harakat qilişda davom etdik, kundan kunga ilgarilaşga urindik.
Bilaman, köpçiligingizda şunga öxşaş hikoyalar talaygina. Dunyoda boşqa birov albatta amalga oşiradigan ulkan özgariş bölişiga işonasiz. Ammo boşqa birov bu işni qilmaydi. Siz amalga oşirasiz uni.
Biroq maqsadingiz bölişining özi yetarli emas. Özgalarda ham maqsad tuyğusini paydo qilişingiz lozim.
Men bunga qiyin yöl bilan erişdim. Bilasizmi, maqsadim heç qaçon kompaniya quriş emas, şunçaki taʼsir ötkaziş bölgan. Şunça odam bizga qöşila boşlaganida, ular ham xuddi şu haqida qayğursa kerak, deb öyladim va şuning uçun ham nimani yaratişga umid qilayotganimizni heç kimga tuşuntirib ötirmadim.
Dastlabki bir-ikki yilda baʼzi katta kompaniyalar loyihani sotib olişni istaşdi. Lekin men sotişni xohlamadim. Yanada köproq odamlarni birlaştira oliş qölimizdan kelişiga guvoh bölmoqçi edim. Biz birinçi yangiliklar tasmasini yaratayotgandik, agar uni işga tuşirolsak, dunyoni biliş darajamiz butkul özgarişi mumkin edi.
Deyarli hamma loyihani sotişni xohlagandi. Ulkan maqsadga daxldorlik tuyğusisiz, bu şunçaki orzudagi startapning amalga oşgani edi, xolos. Bu holat kompaniyamizni parokanda qildi.
Bir galgi keskin bahsdan söng maslahatçi menga: “Agar hozir sotişga rozi bölmasangiz, bu qaroringizdan umringiz oxirigaça afsuslanib ötasiz”, – dedi. Munosabatlar şu qadar yomonlaşdiki, bir yil yo şunga yaqin muddat içida boşqaruv jamoasining deyarli barça aʼzosi işdan ketdi.
Feysbukdagi eng qiyin boşqaruv davrim şu bölgan. Qilayotgan işimizga juda işonardim, lekin özimni yolğiz his qilardim. Eng yomoni, bu mening xatom edi. Hali dunyo haqida köp narsa bilmaydigan yigirma ikki yoşli yigitça sifatida ehtimol adaşayotgandirman, deb öylardim, önğaysizlik sezardim.
Mana hozir, yillar ötib, ulkan maqsadga daxldorlik tuyğusisiz loyihalarning ahvoli nima keçişini yaxşi bilaman. Maqsadni yaratiş va birgalaşib oldinga intiliş faqat özimizga boğliq.
Bugun hammaning maqsad tuyğusi bölgan dunyo yaratişning uç yöli haqida gapirmoqçiman: katta va mazmunli loyihalarni birgalikda amalga oşiriş orqali, tenglik tuşunçasini qayta belgilaş hamda şuning şarofati bilan har kim öz maqsadi yölida harakatlanişiga erkinlik yaratiş orqali va nihoyat butun dunyo böylab hamjamiyat yaratiş orqali.
Avvalo, keling, ulkan va mazmunli loyihalarni amalga oşiriş haqida gaplaşamiz.
Biznig avlod haydovçisiz boşqariladigan avtomobillar-u yuk maşinalari kabi ön millionlab kasblarni robotlar va avtomatlaştiriş egallagan davrga töğri keldi. Ammo birgalikda biz bundan ham köproğini amalga oşirişimiz mumkin.
Har bir avlodning maʼlum vazifasi böladi. Inson oyoği oyga yetişi uçun uç yuz mingdan ortiq kişi, şu jumladan, haligi farroş ham mehnat qilgan. Millionlab köngillilar dunyo böylab çaqaloqlarni poliomiyelitga qarşi emlaşda iştirok etdi. Yana millionlab odamlar Guver töğoni qurilişi va boşqa ulkan loyihalarda ter tökişdi.
Bu loyihalar mehnatkaş kişilar hayotiga mazmun bağişlabgina qolmay, butun mamlakatimizga biz şunday ulkan işlarni amalga oşira olamiz, degan ğurur hissini berdi.
Endi buyuk işlar qiliş navbati bizga yetdi. Bilaman, ehtimol “men töğon qurişni bilmayman-ku” yoki “millionlab insonni biror maqsadga boş qöştirolmayman” deb öylayotgandirsiz.
Lekin sizga bir sirni aytsam: hali heç kim boşlagan zahotiyoq nimanidir qoyillatmagan. Ğoyalar öz-özidan yetilib-pişib kelmaydi. Ğoyalar ustida işlaşni boşlaganingizdagina mukammallaşib boradi. Siz esa şunçaki birinçi qadamni taşlaşingiz kerak.
Agar boşlaşimdan oldin insonlarni birlaştiriş haqida hammasini tuşunganimda edi, Feysbukni heç qaçon işga tuşirmagan bölardim.
Filmlar va pop-madaniyat hammasini xato yetkazadi. Birgina evrika lahzasini yoritiş ğoyasining öziyoq juda dahşatli yolğon. Bizda ham “Evrika!” deb qiçqiradigan holat bölmagani uçun ruhimiz çökkanday böladi. Bu içida yaxşi ğoyalar uçqunlari bölgan insonlarni harakatni boşlaşdan sovutadi. Aytgança, yana filmlarda innovatsiyalar haqida qanday lof urişlarini bilasizmi? Heç kim matematik formulalarni oynaga yozmaydi. Bunaqa bölişi mumkin emas.
Idealist böliş, albatta, yaxşi. Lekin notöğri tuşunişlariga tayyor turing. Ulkan ğoya ustida işlayotgan har qanday odam, hattoki oqibatda muvaffaqiyatga erişsa ham, tentak degan nom orttirib oladi. Çigal muammo ustida boş qotirayotgan har qanday odam, garçi oldindan hamma narsani biliş imkonsiz bölsa-da, vaziyatni töliq tuşunmaslikda ayblanadi. Taşabbus körsatgan har qanday odamning böyniga şoşqaloqlik tamğasi osiladi, çunki har doim qadamingizni sekinlatişga işqiboz odamlar topiladi.
Jamiyatimizda biz köpinça katta işlarni amalga oşirmaymiz, çunki xato qilişdan qörqib, bugungi mavjud muammolarni eʼtiborsiz qoldiramiz. Aslida, qanday harakat qilsak ham, kelajakda qiyinçiliklarga duç kelamiz. Biroq bu bizni birinçi qadamni taşlaşdan töxtatmasligi kerak.
Xöş, nimani kutyapmiz özi? Avlodimizni tanitadigan olamşumul işlar vaqti keldi. Sayyoramizni nobud qilmasimizdan oldin iqlim özgarişining oldini oliş, millionlab insonlarni quyoş panellari işlab çiqariş va örnatişga jalb qilişga nima deysiz? Barça kasalliklarning davosini topiş va köngillilardan soğliq maʼlumotlarini kuzatib borişni, genomlarini ulaşişni taklif qilsak-çi? Bugun biz odamlar kasallanişining oldini olişdan köra, kasallikka çalinganlarni davolaş uçun ellik baravar köproq sarf-xarajat qilamiz. Bu mantiqqa zid. Buni özgartiriş mumkin. Har kim onlayn ovoz bera oladigan darajada demokratiyani zamonaviylaştiriş yoki har kim örgana oladigan darajada taʼlimni personallaştirsak, qanday bölarkin?
Bularning bari qöl yetadigan muvaffaqiyatlar. Keling, yaxşisi, bularning barçasini şunday amalga oşiraylikki, jamiyatdagi har bir kişining örni bölsin. Keling, nuqul jarayon uçun emas, maqsad yaratiş uçun ham ulkan işlarga qöl uraylik.
Şunday qilib, ulkan va mazmunli loyihalarni boşlaş, yuqorida aytganimdek, har kimning öz maqsadi böladigan dunyo yaratişning eng birinçi usuli edi.
Ikkinçisi esa, har kimga maqsadlarini ortidan quviş erkinligini beriş uçun tenglik tuşunçasini qayta körib çiqişdir.
Köpçilik ota-onalarimiz butun faoliyati davomida barqaror iş örniga ega bölişgan. Hozir esa, xoh biror loyiha boşlaylik, xoh öz örnimizni izlaylik, xoh biror vazifani böynimizga olaylik – barçamiz işbilarmonmiz. Bu juda ajoyib. Bizning işbilarmonlik madaniyatimiz şu qadar taraqqiyotni yaratişimizga asosdir.
Işbilarmonlik madaniyati esa, köplab yangi ğoyalarni sinab köriş oson bölganida rivojlanadi. Feysbuk men yaratgan birinçi ixtiro emas. Ungaça turli öyinlar, çat tizimlari, örganiş vositalari va musiqa pleyerlarini yaratgandim. Ammo men yolğiz emasman. J.K. Rouling “Harri Potter” naşr etilgunga qadar naq ön ikki marta rad javob olgan. Hatto Beyonse ham “Halo”ni kuylagunça yuzlab qöşiqlar yaratişiga töğri kelgan. Eng buyuk muvaffaqiyat muvaffaqiyatsizlikka uçraş erkinligidan paydo böladi.
Biroq bugun barçamizga ozor berayotgan moddiy tengsizlik mavjud. Agar ğoyangizni erkin amalga oşirib, tarixiy voqeaga aylantirmasangiz, barçamiz yutqazamiz. Hozirgi kunda jamiyatimiz muvaffaqiyatni taqdirlaşga haddan taşqari eʼtibor qaratyapti-yu, lekin har bir insonda urinişlarni köpaytiriş ustida heç kim boş qotirmayapti.
Tan olaylik. Agar men bu yerdan (Harvaddan) ketib, ön yil içida milliard dollar topolsam-u, millionlab talabalar biznes boşlaş u yoqda tursin, hatto universitetdan qarzlarini ham tölolmasa, demak, tizimimizda qandaydir nosozlik mavjud.
Qarang, men bir talay tadbirkorlarni bilaman, lekin yetarli daromad olişiga közi yetmasdan biznes boşlamay taşlab ketgan biron kişini tanimayman. Ammo yiqilgudek bölsa, orqasida tutib qoladigan tirgagi bölmagani uçun ham orzulari ortidan quvmagan köplab odamlarni bilaman.
Barçamizga maʼlum, ajoyib ğoya yoki qattiq mehnatning özi bilan muvaffaqiyatga erişavermaymiz. Baʼzan omad kulib muvaffaqiyatga erişişimiz ham mumkin. Agar ulğayib oilamni boqiş majburiyati yelkamda turganda-yu, kod yozişga vaqtim bölmaganida, Feysbuk iş bermaganida ham heç narsa yöqotmasligimni tuşunmaganimda, bugun qarşingizda turmagan bölardim. Oçiğini aytganda, har birimiz qançalik omadli ekanimizni his qilamiz.
Har bir avlod tenglik tuşunçasining izohini kengaytirib boradi. Avvalgi avlodlar ovoz beriş huquqi va fuqarolik huquqlari uçun kuraşgan. Ular “Yangi bitim”[8] va “Buyuk jamiyat” ğoyalarini ilgari surişgan. Endi esa yangi ijtimoiy harakatni yaratiş navbati bizga yetdi.
Biz taraqqiyotni faqat YaIM kabi iqtisodiy körsatkiçlar bilan emas, balki qança odamning hayotida öz örini topgani bilan ölçaydigan jamiyat qurişimiz lozim. Har kimga yangi ğoyalarni sinab köriş imkoniyatini taqdim etiş uçun, masalan, umumiy bazaviy daromad kabi ğoyalarni körib çiqişimiz lozim. Biz tez-tez iş joyimizni özgartirişimiz mumkinligi sababli, bitta kompaniyaga boğliq bölmagan hamyonbop bolalar parvarişi va soğliqni saqlaş tizimiga ehtiyojimiz bor. Hammamiz xato qilişimiz tabiiy, şuning uçun bizni qamoqqa taşlaydigan yoki qoralaydigan emas, balki tuşunişga harakat qiladigan jamiyat kerak. Texnologiyalar tinimsiz rivojlanayotgan ekan, biz butun umrimiz davomida uzluksiz taʼlim olişga eʼtibor qaratişimiz zarur.
Ha, albatta, har kimga öz maqsadini amalga oşiriş erkinligini beriş tekinga tuşmaydi. Men kabi odamlar buning uçun haq tölaşlari kerak. Köpçilingiz muvaffaqiyatga erişasiz, keyin siz ham öz hissangizni qöşişingiz şart böladi.
Şuning uçun Prissilla va men “Chan Zuckerberg Initiative”ni yölga qöydik va boyligimni teng imkoniyatlar tarğiboti uçun sarflaşga qaror qildik. Bular biz mansub avlodning qadriyatlari. Heç qaçon bu işni qiliş-qilmaslik yuzasidan savol tuğilmagan. Birgina “Qaçon?” degan savol qiynardi.
Milleniallar allaqaçon tarixdagi eng saxovatpeşa avlodlardan biri hisoblanadi. Bir yilda AQŞdagi har tört millenialdan uçtasi donat qiladi, öntadan yettitasi xayriya uçun pul yiğadi.
Lekin gap faqat pulda emas. Vaqtingizni ham tortiq etişingiz mumkin. Sizga vaʼda beraman, agar haftasiga bir-ikki soat ajratsangiz – şuning öziyoq kimgadir öz salohiyatini röyobga çiqarişda yordam qölini çöziş uçun yetarli.
Ehtimol, bunça vaqt köpday tuyilar. Men ham şunday deb ölardim. Prissilla Harvardni tugatgaç, öqituvçilik qila boşladi va ikkimiz birgalikda taʼlim sohasida iş boşlaşimizdan oldin menga, albatta, tögarak ötişim kerakligini aytdi. Men esa eʼtiroz bildirdim: “Axir, juda bandman. Katta kompaniyani boşqaryapman-ku!” Ammo u oyoq tirab turib oldi, şu sababdan ham mahalliy “Yigit-qizlari klubi”da örta maktab bolalariga tadbirkorlik tögaragi boşladim.
Kamina ularga mahsulot yaratiş va marketingdan saboqlar berdim, ular esa menga irqi sabab nafratga nişon böliş yoki oila aʼzolaridan biri qamoqda bölişi qanday hissiyot ekanini örgatişdi. Men ularga talabalik davrimdagi hikoyalarni sözlab bedim, ular esa bir kun kelib kollejga boriş haqidagi umidlarini men bilan baham körişdi. Beş yildirki, öşa bolakaylar bilan har oy keçki ovqatni birga yeyman. Ulardan biri birinçi farzandimiz tuğilişi munosabati bilan Prissilla ikkimiz uçun hatto ziyofat ham uyuştirdi. Keyingi yil ular talabalik davrini boşlaşadi. Har birlari. Oila aʼzolari içidan birinçi bölib.
Hammamiz kimgadir yordam bergani vaqt topa olamiz. Keling, har bir insonga maqsadi sari intiliş erkinligini taqdim etaylik – bu töğri iş ekani uçungina emas, balki köproq odam orzusini ulkan işga aylantira olsa, bundan barçamizga foyda bölgani uçun.
Maqsad faqat işdan kelib çiqmaydi. Hamma uçun maqsad tuyğusini yaratişning uçinçi yöli bu – hamjamiyat barpo etiş. Bizning avlod “hamma” deganda, butun Yer yuzidagi insonlarni nazarda tutadi.
Qani, tez qöllarni kötaramiz: qançangiz boşqa mamlakatdansiz? Xöş, qançangiz bu yerdagi biror kişi bilan döstlaşgansiz? Mana, gap nimada! Biz bir-birimiz bilan çambarças boğlangan holda ulğaydik.
Dunyo böylab milleniallardan “Özligimizni nima belgilaydi?” degan sörovnoma ötkazilganida, eng köp “millat”, “din” yoki “etnik kelib-çiqiş” deb emas, “dunyo fuqarosi” deb javob berilgan. Bu katta gap!
Har bir avlod “özimizniki” deb hisoblaydigan kişilar doirasini kengaytiradi. Bizning avlod uçun esa bu doira endi butun dunyoni qamrab oladi.
Insoniyat tamadduni yolğiz boşimiz bilan eplolmaydigan işlarni uddalaş maqsadida odamlar (qabilalardan şaharlarga, millatlarga aylangani kabi) birlaşib, ulkan nufuzni taşkil etişini taqozo etadi, buni yaxşi tuşunamiz.
Eng katta imkoniyatlarimiz endi global miqyosga çiqqan – biz kambağallika barham bergan, kasalliklarning oldini olgan avlod sifatida tarixda qolişimiz mumkin, buni ham anglaymiz. Şuningdek, eng katta muammolarimiz global yeçimlarni talab qilişini ham his qilamiz – heç qaysi mamlakat bir özi iqlim özgarişiga qarşi kuraşolmaydi yoki pandemiyaning oldini ololmaydi. Bundan keyin taraqqiyot şaharlar yoki millatlar miqyosida emas, global hamjamiyat sifatida birlaşişimizni talab qiladi.
Ammo biz beqaror davrda yaşayapmiz. Dunyo böylab globallaşuvdan ortda qolib ketgan qançalar inson bor. Toki öz vatanimizdagi muhitdan qoniqmas ekanmiz, boşqa yerlardagi insonlar haqida qayğurişimiz amri mahol. Içkariga qaytaradigan bosim mavjud.
Bu biz yaşayotgan davr muhorabasi. Erkinlik, oçiqlik va global hamjamiyat kuçlari avtoritarizm, izolyatsionizm va natsionalizm kuçlariga qarşi. Ilm, savdo va immigratsiya rivoji uçun kuraşadigan kuçlar ularni sekinlaştirişga qaratilgan kuçlarga qarşi. Bu millatlar jangi emas, ğoyalar jangi. Har bir mamlakatda global aloqa tarafdori böladigan yoki aksinça, qarşi çiqadigan insonlar topiladi.
Bunday masalalar BMTda hal etilmaydi ham. Qaytanga, mahalliy darajada sodir böladi – öz hayotimizda maqsad hissi va barqarorlikni tuygandagina boşqalarga oçilişimiz, boşqalar uçun qayğurişimiz mumkin. Buning eng yaxşi yöli hozirdanoq mahalliy hamjamiyatlar qurişga kirişişdir.
Barçamiz özimiz doxil hamjamiyatdan mazmun topamiz. Hamjamiyatimiz xoh uylar yoki sport jamoalari bölsin, xoh ibodatxonalar yoki musiqa guruhlari bölsin, ular bizga yolğiz emasligimizni eslatadi, kattaroq narsaning bir bölagi böliş tuyğusini beradi, idrokimiz ufqlarini kengaytirişga kuç bağişlaydi.
Şuning uçun ham sönggi dekadalar mobaynida turli guruhlarga aʼzo böliş körsatkiçi çorak foizga kamayib ketgani juda eʼtiborli holat. Bu şunça odam endi boşqa joydan öz maqsadini izlaşi kerak degani.
Ammo özimiz mansub jamiyatlarni qayta qurişimiz va yangilarini yaratişimiz mumkinligini bilaman, çunki köpçiligingiz allaqaçon şu yöldasiz.
Agnes Igoye bilan tanişdim, bugun bitirayotgan ekan. Qayerdasiz, Agnes? U bolaligini Ugandadagi mojaroli hududlarda ötkazgan, hozirda esa minglab huquq-tartibot xodimlariga jamiyat xavfsizligini taʼminlaş böyiça maşğulot ötmoqda.
Kayla Oakli va Niha Jeyn bilan tanişdim, ular ham bugun bitirişyapti. Örningizdan turinglar. Kayla va Niha turli kasalliklardan aziyat çekayotganlarni ularga yordam berişga tayyor insonlar bilan boğlaydigan notijorat taşkilot oçişgan ekan.
Bugun Kennedi maktabini tugatayotgan Devid Razu Aznar ismli kişi bilan tanişdim. Devid, örningizdan turing. U sobiq şahar kengaşi maslahatçisi bölib, Lotin Amerikasida birinçi marta, hatto San-Fransiskodan ham oldin, Meksikada teng nikoh huquqi uçun kuraşgan va ğalaba qozonişga muvaffaq bölgan edi.
Bu ham mening hikoyam: yotoqxonaning tor-tang xujrasida bir talaba avvaliga kiçik bir jamiyatni özaro boğlaydi, keyin to kun kelib butun dunyoni boğlamagunça harakatda davom etadi.
Özgariş mahalliy darajada boşlanadi. Hatto global özgarişlar ham kiçkina qadamlardan, özimiz kabi insonlardan boşlanadi. Bizning avlodda, köproq kişilarni birlaştira olamizmi, ulkan imkoniyatlarni qölga kirita olamizmi, degan muammolar bora-bora hamjamiyat quriş, har kimda maqsad tuyğusi mavjud bölgan dunyo barpo etiş qobiliyatiga borib taqaladi.
2017-yil qaldirğoçlari, siz ayni damda maqsadga muhtoj dunyo tomon uçirma bölmoqdasiz. Maqsadni yaratiş esa öz zimmangizda.
Ehtimol, hozir içingizda “Çindan ham qölimdan keladimi?” deyotgandirsiz.
Esingizdami, biroz oldin “Yigit-qizlar klubi”da tögarak ötganim haqida aytgandim. Bir kuni maşğulotdan söng ularga oliygoh haqida gapirayotgandim. Şunda faol öquvçilarimdan biri qöl kötarib, hujjatlari yöqligi sabab öqişga kirolmasligidan xavotirda ekanini aytdi. Hatto uni darvozadan kiritişlariga ham şubhalanayotgandi.
Ötgan yili tuğilgan kunida uni nonuştaga taklif qildim. Unga biror sovğa olişni istagandim, şu sabab özidan söray qoldim. U turli qiyinçiliklar bilan kuraşayotgan öquvçilarni körgani haqida gapira ketdi va oxirida: “Bilasizmi, ijtimoiy tenglik haqida biror kitob bölsa, jon deb öqirdim”, – dedi.
Huşim boşimdan uçdi. Qarşimda turmuşning barça azobini tortgan, bezbet bölişga yetarli sabablarga ega yigitça turardi. Vatan deb bilgan, köz oçib körgan yagona mamlakati hali uni oliygohga qabul qiladimi-yöqmi, bilmasdi ham. Ammo u öziga açinmasdi. Özini öylamasdi hatto. Unda yuksak maqsadga intiliş hissi bor edi, insonlarni ortidan ergaştirmoqçi edi.
Bu hozirgi vaziyatimiz haqida köp narsani anglatadiki, hatto uning ismini tilga ololmayman, çunki uni xatarga qöyişni istamayman. Lekin hali kelajagi qanday keçişi nomaʼlum bir yuqori sinf öquvçisi dunyoni özgartiriş yölida öz hissasini qöşişga intilayotgan ekan, demak, biz ham zimmamizdagi masʼuliyatli işni bajarişga burçdormiz.
Sönggi bor anavi darvozadan çiqib ketişingizdan oldin, Memorial çerkovi qarşisida töplangan ekanmiz, bir duo yodimga keldi. Men bu duoni har doim biror muşkulotga duç kelganimda yoki qizimni uxlatayotib uning kelajagi haqida öyga tolganimda takrorlayman:
“Bizdan oldingilarga madad bergan qudrat manbai bizga ham hayotimizni barakotli qilmoq uçun jasorat topişga madad bersin!”
Umid qilamanki, hayotingizni barakotli qilişda jasorat topa olasiz.
Tabriklayman, 2017-yil bitiruvçilari! Omad yor bölsin.
2017-yil 25-may
Mark SUKERBERG,
amerikalik mediamagnat, internet-tadbirkor va filantrop,
Feysbuk ijtimoiy tarmoği asosçisi
Ingliz tilidan Şohrux USMONOV tarjimasi
2024 / 9
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida


