4 daqiqada öqiladi

115 marta körilgan

Tişlangan non

Maʼmura Törayeva

Hikoya

Qiş… Har nafasim tutundek havoga yoyiladi, xuddi onamning oppoq römoli yerga töşalgandek, hamma yoq oppoq qorga burkangan.

Hali fevral adoqlamagan bölsa-da, atrofni köklam isi tutgan. Erta tong. Et junjiktirar sovuq. Onam meni kötarib yölga otlangan.

– Aya, tuşaman, tuşaman… – deb onam­ning issiq bağrida tipirçilayman.

– Sovuq, bolam, jim tur, sovuq.

Ayam kipriklariga qirov qöngança oldinga intiladi.

Yerga yiqilib ketişdan hayiqibmi yoki sovuq taʼsiridami, ayam adyol bilan yuzimni örab mahkamroq quçadi.

– Isib ketdim, aya.

– Jim tur, bolam, jim tur. Yaqin qoldik.

Közimni yumgança, adyolning tagida yoruğlik izlayman, öşa mulla buvam aytgan yoruğlikni izlayman. Ayni zamonda hamma narsa haqida öylayman: köproq ayamga qay­ğuraman, meni adyolga örab özi sovqotma­dimikan, degan savol qiynaydi.

Közimni oçganimda bobomning uyida bölaman. Qişloqdan ança çetda joylaşgan kiçkina hujrada bobomning yolğiz özi yaşaydi. Tartibsizligimi yo bobomning ösiq soçlari orasidagi körimsiz yuzimi, nimasidir menga yoqmaydi.

– Dada, neça marta aytdim, biznikiga borib yaşang, deb. Kuyovingiz ham doim kelsinlar deb tayinlaydilar, – deya ayam közlarini yerga qadab javraydi.

Bilaman, ayam yolğon gapiradi, çunki yolğon gapirsalar, yerga kirib ketgudek, bir nuqtaga termiladigan odatlari bor. Hozir ayam bobomning könglini kötariş uçun şunday deyabdi. Aslida, dadam bilan keça bobomni olib keliş haqida gaplaşganlarini eşitgandim:

– Endi bir kami dadangniyam boqamanmi, qoçoq odamni-ya? Töğri, u sening otang, lekin u qörqoq, qotil!.. Uning qörqoq­ligini heç kim keçirmaydi, bilib qöy…

Dadamning oxirgi gaplaridan söng onam­ning piqillab yiğlagani eşitiladi.

Kunlar şu zaylda ötaveradi. Ayam esa har oyning oxirgi şanba kuni meni yetaklab bobomnikiga oşiqadilar. Har safar kelganlarida bobomning kirlarini yuvadi, burçak-burçakdagi örgimçaklar halovatini buzib hamma joyni supir-sidir qiladi.

Ayam işlar bilan band bölganda doim nimadandir siqilib ötiradigan körinişidan Robinzon Kruzodek yovvoyilaşib ketgan bobomdan gohida çöçisam, gohida rahmim keladi. Çunki bir özlari odamlardan ajralib yaşaşini onasidan ayrilgan muşuklarga öxşataman. Esimni taniganim sayin odamlar, ayniqsa, dadam har ikki gapning birida bobomni qörqoq, qoçoq deyişlari menda savollar tuğdirardi. Bir safar ayam bilan borganimda doimgidek bir nuqtaga termilib ötirgan bobomga qörqa-pisa savol berdim:

– Bobo, nimaga sizni qotil, qoçoq de­yişadi? – Bobomning ösiq qoşlari çimirilib, rangi özgarganini körib savolimni hazilga burvordim: – Menga öxşab darsdan qoçganmisiz, bobo?!

Bobom mening savolimdan önğaysizla­nib çuqur uh tortdi-da, keyin gap boşladi:

– Uruş boşlangandi, uruş… Hamma yoqda otişma, qon. Şeriklarim birinma-ketin jon taslim qildi. Xöş, ayt-çi, men ham jimgina ölib ketişim kerakmidi?! – Bobom qörqinçli tusga kirgan oğzini katta-katta oçib baqirib gapirardi. – Eşityapsanmi, men sotmaganimdayam ularni baribir öldirişardi, meniyam öldirişardi. Quloğing tagidan öq vizillab ötib ketadi. Sen öldirmasang, seni öldirişadi, – deb bobom ikki yelkamdan uşlab siltay boşladi.

Bobomning xatti-harakatlaridan qörqib qaltiray boşladim, eşik tagiga yetib kelgan ayam hiqillab yiğlardi:

– Dada, böldi qiling, dada, bas…

– Bilardim sen ham bir kun yuzimga so­lişingni, – deb bobom darğazab holda ayamga öşqira ketdi. – Men senlarni öylab qoçganman… senlarni-ya…

Bobom qöliga ilaşgan narsani ayamga uloqtira boşladi. Yugurib ayamning yoniga bordim.

– Ketaylik, aya, ketdik! – deb ayamning tirsagidan tortqilayman, ayam esa töxtovsiz yiğlaydi.

– Manov nonniyam qasamimni buzganimni eslatiş uçun har safar kelganingda atay devorga ilasan, – deya bobom uyning törida ayam har gal kelganlarida osib qöyadigan tişlangan qattiq zoğora nonni körsatib uloqtirdilar.

Bobom özlarida emasdi, nima deyatgani-yu, nima qilayotganini bilmasdi.

Ayam qaltirab-qaltirab otilgan nonni quçgança men bilan ortga qaytdilar. Bu mudhiş voqea haqida dadamga aytmasligimni qattiq tayinladilar.

Öşandan keyin bobomnikiga qaytib bormadim. Keyin bilişimça, bobom uruşda özbeklarni nemislarga tutib berib tirik qaytgan ekanlar, şu sababli butun qişloq, undan nafratlanar ekan.

Oradan bir oy ötib bobomning qazo qilgani haqidagi xabarni eşitdim.

– Ikromjon, yur, bobong omonatini topşiripti. Borib “bobom”lab tur, bolam! – dedi ayam.

Men xoin uçun aza oçmayman. Lekin nimaga bilmadim-u, öşandan keyin tişlangan non bizning uyimizda osiğliq turadigan böldi… Har gal bir çeti tişlangan zoğora nonni körganimda, bobomning yurtiga qilgan xiyonatidan aççiqlanib ketaman.

 

Maʼmura TÖRAYEVA

2001-yili Nişon tumanida tuğilgan.

Alişer Navoiy nomidagi Toşkent davlat özbek tili va adabiyoti universiteti talabasi.

“Bitiruv keçasi”, “Nuqta” nomli hikoyalar töplami naşr etilgan.

Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti sohibasi.

 

2025/1

“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822

Obuna haqida

Izohlar

Hozirça izoh yöq. Birinçi bölib fikringizni yozing.

Siz nima deysiz?

Izoh tahririyat körib çiqqaç, eʼlon qilinadi.

Şu ruknda köp öqilganlar

Barçasi (258)

Suv. Hikoya

– Öz oyoği bilan jildirabgina kelmagan suv suvlik qiladimi?! Ketaman bu Cahroyi kabirdan… ketama-an-n! Dilşod şunday deya örnidan sapçib turdi-yu, derazadan taşqariga termildi. U avval hovlisidagi qovjirab qolgan…

“Eynşteyn jumboği”

Dekabrning asov şamoli tun bağrida özini har yonga urib, böriday uvillaydi. Uylar ham sovuqdan junjikkanday bağridagi çiroqlarini öçirib, şamolga jör bölib, qoranği tun vajohatini yanada orttiradi. Biroq şu imoratlar…

Uluğbek Hamdam. Yöl (falsafiy roman

Men bir ojiz tomçiman, ammo yuragimda ummon soğinçi yaşaydi. Mavlono Rumiy TUŞDAN OLDINGI VOQEA Ovoz keldi! Ovo-o-oz!.. Eşityapsizmi, ğoyibdan bir ovoz keldi! Dunyolarni töldirib emas, yöq, balki yöl kabi uzun, yöl kabi…