9 daqiqada öqiladi

58 marta körilgan

Umid beşigi

Zafar Tilovov

(Hikoya)

Toğ etagidagi bir mahallada göyo vaqt çarxpalagidan ham çetda qolgandek holatga tuşgan eski ustaxona bor edi. Rangi uniqqan eşik tepasida şamol­da çayqalib turadigan mis qoplamali taxta osiğliq turadi: “Usta Yormat”. Harflari avval alvon tusda bölgan, endi quyoşda sarğayib, yomğirda yuvilib zörğa öqiladi.

Bu maskanda bir paytlari hayot qaynagan. Bu yerda yasalgan beşik, sandiq va eşik-derazalarning har birining öz tarixi bor. Usta Yormatning bolğasi taqillaşidan mahalla uyğonardi, uning bir maromda taq-tuqi odamlarga malol kelmasdi.

Öşandan beri qança suvlar oqib ötdi. Hozir vaqt bu joyga oğir sukunatni olib kelgan. Dastgohlarni çang bosgan, bir çekkada bolğa-arralar tilsiz yotadi, faqat eşikdan möralagan şabboda ğörillab-şivirlaydi.

Uzoq yillik sukunatdan söng allaqaçon körimsiz holga kelgan ustaxonaning ostonasida bir kimsa paydo böldi. Tovuşi xazin va jurʼatsiz edi, göyo bu joyning tinçini buzişga ikkilanayotgandek.

Ustaxonaning ostonasini mijozlar hatlamay qöyganiga qança zamonlar bölganini ustaning özi ham bilmaydi. Lekin örgangan köngil, xumorbostiga bu yerga kelib uzoq xayol surib ötiradigan odati bor. Ana şunday kunlarning birida kimdir kelganidan ajablangan köyi qoşlarini çimirib, eşik tomon yurdi. Oyoqlari ostida qirq yillik yoğoç pol ğijirlaganida, xuddi eski xotiralar ham unga ergaşib odimlayotgandek tuyildi. Ostonada bir norğul yigit turardi.

– Assalomu alaykum… – deya yigit tilga kirdi.

– Vaalaykum assalom! Keling, bolam, – deya ustaning közlarida umiddan köra taajjub akslandi.

Pörim kiyingan bu yigit agar mijoz bölsa, bunaqangi xaroba eşikka boş suqmasdi. Biron tanişi desa, heç eslolmadi.

Yigit zamonaviy kiyingan, içkariga kirişi bilan bir muddat atrofni kuzata boşladi – ğira-şira yoruğlikda devorlarga suyab qöyilgan aşqol-daşqollar, çang bosgan sandiqlar, almisoqdan buyon işlatilmay yotgan asbob-anjomlarga uzoq tikilib qoldi. Uning yoşi öttizdan ötgandek tasavvur uyğotsa ham, negadir soçlariga oq oralagan, nigohlari sölğin, közlari umidsiz yiltirar edi.

Biroq qadimgi yoğoç pol uning oyoği ostida sekin ğijirlarkan, xuddi yillar davomida unut bölgan ovoz yana jonlangandek böldi. Ustaxonaning köhna xotiralarini esga sola­digan huzurbaxş hidi, yoğoç, qipiq, lok va boşqa böyoq hidlari dimoqqa urildi. Yigitning nigohi yoğoç bezaklarni, çang bosgan eski kursi-yu xontaxtalarni, ançadan beri bir kunçakda unutilgan tut, tol, yonğoq ğölala­rini  kuzatar, göyo bir nimasini yöqotgan-u, uni şular orasidan izlayotgandek edi.

– Meni tanimadingiz-a, usta? – dedi yigit titroq ovozda.

Usta Yormat uni sinçkov kuzatib turardi.

– Rostdanam tanimadim, öğlim.

Yigit çuqur nafas oldi. Ayni damda dilidagi sözlarni tiliga köçiriş oson emasdi. Oğir xörsindi. Söng bir yutinib muddaosini bildirdi:

– Beşikçi ustaga şogird tuşadigan talabgor bölib keldim. Yoningizdagi usta beşikçining öğliman. Endi tanigandirsiz?

Usta Yormatning qoşlari çimirildi. Badani bijirlab, eti junjikdi.

– Ha, bir qaraşda rahmatliga kelbat berganding, eʼtibor qilmabman. Xuş kelding, oiladagilar tinç-omonmi? Ammo ustaxona nomigagina bor, xolos.

Yigit bir lahza jim qoldi. Közlarini yerga qadadi, xuddi içida bir nimani qulfdan çiqarayotgandek bir qalqidi. Keyin qalbidan oğir yukni suğurgandek, sekin davom etdi:

– Şogird olsangiz, balki işlar yurişib ketar, – dedi.

Usta ajablanib kuzatişda davom etdi. Yi­gitning yuzidan nimanidir uqmoqçidek böldi-yu, eplolmadi.

– Nega aynan duradgorga şogird tuş­moq­çisiz, bolam? Bu kasb kasod bölgan, sizdek zamonaviy yigitlarga mos emas.

– Sörab-sörab zörğa topib keldim.

– Rostdan şinavanda şogird bölsa, heç öylamay qabul qilaveramiz, – dedi usta jilmaygan köyi.

Yigitning lablari qimirladi, ammo ovozi çiqmadi. Nimadir tomoğida tiqilib qolgandek edi. Nihoyat, ovozi past, lekin aniq eşitildi:

– Şubhasiz… otamning kasbini örganmoqçiman… –  deya çuqur xörsinib, qöllarini qovuştirdi. – Oila qurganimga ön beş yil böldi, ammo farzand körmadik. Bormagan şifokorim qolmadi. Şahardan qişloqqa qaytdim, oilam tinç, undan qoçganim ham yöq. Çunki közimni yumsam ham, oçsam ham, köz öngimga beşik körinaveradi. Şuning uçun beşik yasab, ota-onalarga quvonç ulaşmoqçiman. Loaqal otamning ruhini şod qilsam…

Usta sukut saqlab unga tikilib qoldi. Yigit­ning dardçil sözlari uning yuragida uzoq yillar avval unutilgan tuyğuni junbişga keltirgandi. Oğriqli xotiralarni eslatdi.

Usta ham bir vaqtlar şunday hisni boşidan keçirgan edi…

“Orzularni yoğoçga öyib joylaş mumkinmi? Umidni daraxt tolalariga singdirib, kelajakning toqiga iliş mumkinmi? Agar inson çin dildan istasa, barça riştalar uni öşa manzil tomon yetaklaydi!”.

Usta Yormat asta boş irğadi. Xotiralar şarpasi kipriklaridan sizib ötib  yilt-yilt etdi.

– Seni qabul qilaman, bolam, – dedi u nihoyat qatʼiy ohangda. – Faqat bir şart bilan.

Yigitning qoraçiqlarida nurga çömgan tomçilar porladi: biroz qiziqsinib, biroz bezovtalanib söradi:

– Qanaqa şart, usta?

Usta xotirjam jilmaydi. Ança yillar avval unga ham kimdir xuddi şunday umidbaxş qaragan edi.

– Ustaxonaning çangini yutasan…

Şu kundan boşlab ustaxona yana jonlandi. Çang bosgan asbob-usukunalar yana qölga olindi, yillar davomida sukutga çömgan yoğoçlarga yana hayot nafasi urildi. Eşiklar ğiyqillamay oçiladigan holga keltirildi.

Barmoqlarga sançilgan yoğoç qirin­dilar, noqulay va notaniş asboblar, asabni qitiqlaydigan tovuşlar… Kun oxirida yigitning barmoq­lari qizarib ketar, bilaklari oğrir, ammo bular uni yölidan zarraça qaytarolmas edi. Yigit taşqi olam bilan aloqasini butkul uzgan, qalbini larzaga solgan tuyğularni unutiş uçun keça-yu kunduz yoğoçga quloq tu­tardi.

U hunarni emas, yoğoçning yuragini eşitişni örgandi göyo.

– Yoğoç tirik narsa, bolam, – derdi usta har safar, qölidagi piçoqni yoğoç tolalari­ning yönalişiga moslab, ohista harakat qilar ekan. – Agar unga mehr bersang, u ham seni his qiladi.

Yigit boşida bu gaplarni tuşunmas, “Qanday qilib yoğoçda jon bölişi mumkin?” degan savol unga tinçlik bermas edi. Kunlar esa bir-birini quvib ötaverdi. Yigit asta-sekin bu işning oğir-yengiliga könikdi, barmoqlari yoğoçning öziga xos yumşoqligini va qattiqligini farq qila boşladi.

Usta beşikka qanday öyma naqş so­lişni, egmalarni qay tarzda bukişni, put va dastaklarni qanday yasaşni örgatar, qadimiy naqşlardagi har bir çiziq ortidagi hikoyalarni sözlab berar edi.

Vaqt esa oqimidan bir lahza bölsa ham töxtamasdi…

Nihoyat, yigit özi mustaqil beşik yasay boşladi.

Yormat usta şogirdining közlarida quvonç porlay boşlaganini diqqat bilan kuzatdi. Şogird harakatlari ortida boşqa bir qandaydir çuqurroq maʼnoni yaşirayotgandi. Uzoq yillik tajribaga ega usta buni sezib yurarkan, bir kuni şu haqda sörab qoldi:

– Öğlim, sen bu hunardan faqat umidnigina emas, boşqa narsayam izlayapsan-a?

Yigit bir lahza jim qoldi. Keyin tilga kirdi:

– Bolaligimda bobomning mahallasida yaşardik. Bobom eng yaqin döstim edi. U kişi menga har kuni keçqurun kitob öqib berardi, hikoya-ertaklarini eşitib, butun boşli olamlarni tasavvur qilardim. Lekin bobomning hikoyalari içida menga eng yoqadigani, eng sevimli bittasi bor edi – beşik haqida.

Usta Yormat qiziqib boş irğadi:

– Qanaqa hikoya edi?

Yigit past ovozda davom etdi:

– Bobom ham, xuddi siz aytgandek, yoğoçning ruhi böladi, beşik esa oddiy yoğoç emas, umidning uyi, derdilar. “Bola beşikda katta böladi, lekin aslida, beşikda bola bilan birga bizning orzularimiz ham katta böladi”, derdi. Har gal şu sözlarni aytganda, bobomning közlarida yoş yaltirardi…

Yigit çuqur nafas oldi. Ustaga bir qarab olib:

– Men öşanda bola bölganim uçunmi, bu gaplarni tuşunmagandim, – deb hikoyasini yakunladi.

Usta Yormat yigitning közlariga uzoq tikildi. Yigitning bobosi sözlab bergan moziy rivoyatlari yukini öz orzulariga qöşib yelkalab yurganini tuşundi.

– Bobong dono odam bölgan ekan, bolam…

Ustaning ovozida allaneçuk mehr va hayrat bor edi.

Ayni damdagi suhbat Ustaning ham xa­yollarini olis-olislarga, dardli manzillar tomon yetakladi.

– Bilasanmi, öğlim, men ham farzand orzusi bilan yaşab ötdim. Biroq peşona ekan… – deya usta çuqur nafas oldi. – Baʼzida istaklarimiz istakligiça qolib ketarkan.

Bu gapni eşitgan yigit çaqqon harakatlar bilan oldinga intildi. Göyoki usta sözlarini tugatar-tugatmas yiqilib ketadigandek taassurot uyğotgandi. Ammo usta ustunga suyanib özini önglab olganini körgaç, şogird söradi:

– Nahotki?! Siz ham?..

Usta Yormat uzoq yillar mobaynida yura­gida oğriq bilan saqlab kelgan bir haqiqatning pardasini ohista kötargandek, tayyor böla boşlagan beşik naqşlariga tikildi.

– Afsuski, ha… – dedi. – Har birimiz umid bilan yaşaymiz. Ayolim bilan uzoq vaqt birga yaşadik. Xudoyim bizga farzand bermadi. Men ayolimni yer-u kökka işonmasdim. Şu sabab qolgan umrimni ayolim va kasbimga bağişladim. Keyin… keyin u meni taşlab ketdi. Naçora, ölim haq…

Yigit çuqur xörsindi. U allaqaçon usta bilan boğlangan közga körinmas riştalarni his qilayotgandi.

– Keyin-çi, usta?

Usta jilmaydi, ammo bu jilmayişda hayot­ning aççiq haqiqatini tan olgan insonning sokin örtanişi bor edi.

– Keyin, keyin farzanddek ardoqla­gan hunarim egasiz qoldi. Har bitta yasagan buyumimga orzularimni yaşirganman. Balki şuning uçun ham heç kimga hunarimni örgatişni istamagandirman. Çunki bu hunarda bolaligim, mehr-muhabbatim, farzand umidim va dardim yaşayotgandi… Keyin esa… ön yildan oşdi, qölim işga bormaydi. Ammo bu yerdan köngil uzib ham ketolmayman.

– …Keyin esa men keldim, – deya şivirladi yigit.

– Xuddi şunday, – deya usta mamnun boş irğadi.

– Ustoz, endi men ketmayman.

Usta Yormat yigitning közlariga qaradi. Yi­gitning közlarida körib turgani faqat hayri­xohlik emasdi. Bu işonç, vaʼda, yurakdan çiqayotgan haqiqat edi. Şu nigohdan usta yoşligini, yöqotgan orzularini, lekin yana qay­ta ungan umidni kördi. Yillar davomida oğir tuyilgan yelkasidagi qandaydir yuk köçgandek böldi.

Usta sekin boşini qimirlatib minnatdorona tabassum qildi:

– Unda mening haqiqiy şogirdim bölasan, – dedi u mayin ovozda. – Sen hali köp narsalar yasaşni örganişing kerak…

Şu lahzadan boşlab ustaxonaning derazalaridan nafaqat yoğoçning xuş böyi, unga qöşilib yangi hayot va umidning nafasi ham esa boşlagandek böldi.

Yigit taşqaridan juda sokin körinsa ham, lekin iç-içidan qançalik tölib-toşayotganini faqat özi bilardi. Közlarida şukronalik va yangi hayotga işonç uçquni yaltirardi. Mehnatdan qavargan barmoqlari yoğoçning silliq yuzasida asta sirğalarkan, içidan kelayotgan ovoz xuddi yuragidagi sirni oşkor qilayotgandek piçirladi:

– Beşikda odamning umidi ham tebranadi…

Alqissa, ustaxona yana avvalgi hayotiga qaytdi. Kunlar, haftalar, oylar ötaverdi… Ammo endi bu joyda faqat yoğoç emas, insonga bölgan işonç, mehr va hunarning sönmas ruhi tilga kirayotgandi.

Beşikçi ustalarning savdosi avjiga çiqdi. Erta-yu keç qöli-qöliga tegmay işlaşdi. Yigit şu bahona yuragini örtayotgan armonlar örniga umidbaxş hunariga köngil boğladi.

Yigit onasidan ruxsat olib ota kasbini örganişga qişloqqa qaytgandi. Xotini ham xasdandir-çöpdandir, bir najot istaydi. Şu sabab erini umid bilan kuzatib qolgandi.

Şunday kunlarning birida katta şahardan yigitni izlab ikki ayol ustaxonaga boş suqdi. Ular ança vaqt eşik kesakisiga suyangança usta yigitning mohirlik bilan naqşlarni öyayotganini mehr bilan kuzatib turişdi. Bu manzaradan butun vujudlari zavqqa tölib, asta tomoq qirib salom berişdi.

Usta yigit taniş ovozni eşitib avvaliga quloqlariga işonmadi. Boş kötarib ovoz egasiga yuzlandi. Ostonada onasi turardi.

– Onajon, nima qilib sarson bölib yuribsiz? Bir oğiz xabar qilsangiz, yetib borardim-ku, – deya usti-boşini qoqib-silkib onasiga peşvoz yurdi yigit.

– Sening yetib borişing şart emas, avval suyunçi ber, beşikçi usta, – dedi ona eşikka işora qilib.

Şunda usta yigit quvonçdan közlariga işonmay qoldi. Onasining ortidan oğiroyoq rafiqasi kulib turardi.

Zafar TILOVOV

 1989-yili tuğilgan. Özbekiston davlat jahon tillari universitetining Ingliz filologiyasi fakultetida tahsil olgan. Amerikalik yozuvçi Rey Bredberining “Piyoda”, “Bir kunlik yoz” asarlarini özbek tiliga tarjima qilgan.

 

2025/5

“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822

Obuna haqida

Izohlar

Hozirça izoh yöq. Birinçi bölib fikringizni yozing.

Siz nima deysiz?

Izoh tahririyat körib çiqqaç, eʼlon qilinadi.

Şu ruknda köp öqilganlar

Barçasi (258)

Suv. Hikoya

– Öz oyoği bilan jildirabgina kelmagan suv suvlik qiladimi?! Ketaman bu Cahroyi kabirdan… ketama-an-n! Dilşod şunday deya örnidan sapçib turdi-yu, derazadan taşqariga termildi. U avval hovlisidagi qovjirab qolgan…

“Eynşteyn jumboği”

Dekabrning asov şamoli tun bağrida özini har yonga urib, böriday uvillaydi. Uylar ham sovuqdan junjikkanday bağridagi çiroqlarini öçirib, şamolga jör bölib, qoranği tun vajohatini yanada orttiradi. Biroq şu imoratlar…

Uluğbek Hamdam. Yöl (falsafiy roman

Men bir ojiz tomçiman, ammo yuragimda ummon soğinçi yaşaydi. Mavlono Rumiy TUŞDAN OLDINGI VOQEA Ovoz keldi! Ovo-o-oz!.. Eşityapsizmi, ğoyibdan bir ovoz keldi! Dunyolarni töldirib emas, yöq, balki yöl kabi uzun, yöl kabi…