10 daqiqada öqiladi

489 marta körilgan

Hermann Hesse. Ilk sarguzaşt (hikoya)

Qiziq, boşdan ötgan voqealar vaqt ötişi bilan odamning xayolidan ham kötarilib ketarkan! Hatto minglab turfa keçinmalarga guvoh bölgan butun boşli yillar ham asta-sekin unutilib ketişi mumkin ekan. Bolalarning maktab tomon borişayotganini körib turib, özimning öquvçilik davrimni bir eslab qöyiş xayolimga ham kelmaydi. Bordi-yu, gimnaziya talabalariga közim tuşgudek bölsa, özimam bir vaqtlar şularga öxşagan talaba bölganimni eslayolmayman ham.

Maşinasozlarning öz ustaxonalariga yoki böl­masam havoyi, beburd işboşilarning öz idoralariga erinibgina kirib ketişayotganini körib turaman-u, özimning ham bir zamonlar ana şunday yöllardan yurganim, egnimga havorang korjoma ilib, işlaganim yoxud tirsaklari yaltirab ketgan kitel kiyib, kotiblik qilganimni paqqos unutib qöyaman.

Yoki kitob dökonida Drezdendagi Pyerson naşriyotida çop etilgan ön sakkiz yoşlilarning qalamiga mansub ğalati va öziga xos möjazgina şeʼriy töplamlarni közdan keçirarkanman, özim ham bir vaqtlar şunga öxşaş şeʼrlar yozib, xuddi öşa noşirning qarmoğiga ilinganman-ku, deya birrov öylab köriş xayolimga ham kelmaydi.

Ha, qaçonlardir sayr qilib yurgan çoğim yoki poyezdda biron yoqqa borayotgan paytim yoxud uyqusiz tunda hayotning allaqaçon unut bölgan bir parçasi özining barça mayda-çuyda, ikir-çikir tafsilotlari bilan, ism va joy nomlari, şovqin-suron hamda öziga xos hid-böylari-la göyoki jihozlar bilan bezatilgan sahna surati yangliğ “yarq” etib köz oldimda namoyon bölmagunga qadar.

Ötgan tunda xuddi şunday böldi. Öz boşimdan ötgan bir voqea, garçi u öşanda aniq-tiniq yodimda qolgan va men buni heç qaçon unutmayman, deb öylagan bölsam ham, ötgan yillar mobaynida butunlay xotiramdan faromuş bölgan edi, naq köz öngimda qaytadan jonlansa deng… Xuddi kitob yoki qalamtaroşing bexosdan yöqolib qoladi-yu, avvaliga uning iziniyam topolmaganing, söng uni butunlay unutib ham yuborişing, keyin kunlardan bir kun kutilmaganda ğaladondagi eski-tuski laş-luşlar orasida “lop” etib oldingdan çiqib qolgani kabi.

Men öşanda ön sakkiz yoşda edim, öqişim tugab qolayozgan, maşinalar taʼmirlanadigan çilangarlik ustaxonasida amaliyot ötardim. Tanlagan soham böyiça uzoqqa borolmasligimni sezganim uçunmi, öz kasbimni özgartirişga qatʼiy ahd qilgan edim. Buni otamga yotiği bilan tuşuntiriş uçun qulay fursat topilgunga qadar, korxonada qolib işlay boşladim. Biroq ketişi maʼlum bölgan, tört tomoni qibla odamga öxşab, goh xud, goh bexud, işni qöl uçida bajarardim.

Ustaxonamizda bir köngilli şogird bola ham işlardi. Uning birdan-bir zör “fazilati” – qöş­ni şaharçada yaşaydigan boy xonim bilan qarindoşligi edi. Fabrikantning yoş bevasi bölgan bu xonim kiçikroq çorboğda istiqomat qilar, uning haşamatli ulovi hamda salt oti bölib, öziga bino qöygan va ğalati tabiatli edi, çunki u ezma, sergap, ğiybatçi xotinlar davrasiga qöşilmas, buning örniga ot minar, baliq ovlar, lolalar yetiştirar va hovlisida senbernar (yungi uzun katta it)larni saqlardi. Xonim haqida turli gap-sözlar yurar, ayniqsa, uning Ştutgart va Myunxen tomonlarga tez-tez borib turişi, u yerlarda davralarning “guli” ekanligi maʼlum bölgaç, odamlar endi uning nomini hasad va alam bilan tilga ola boşlagandilar.

Ne ajabki, xonim özining jiyani yoki amakivaççasi yo xolavaççasi bölmiş yigitçani qora tortibmi, işxonamizga uç marta kelib, bu yerdagi asbob-uskuna va maşinalarni tomoşa qilib ketgan edi. Töladan kelgan, barvasta böyli, taşqi körinişi ğoyat gözal bu ayol har gal kelganda kaminada katta taassurot qoldirardi, negaki, yasan-tusan, pardoz-andozlari har doim joyida, buyam yetmagandek, dud, is bosgan xonalarimiz böylab ohista qadam taşlarkan, har narsaga öta qiziquvçanlik bilan boqib, ğalati-ğalati savollar berar, şunda uning oq-sariq yuzi nihoyatda sölimlaşib, qiliqlari böş-bayov qizlarni yodga solardi. Bizlar esa, egnimizda moy tekkan işkiyim, yuz-köz va qöllarimiz qora yoğ, bamisoli naq malikaning özi taşrif buyurganday, nima qilarimizni bilmay, serrayib tek qarab turaverardik. Qolaversa, bu narsa bizning qaraşlarimizgayam töğri kelmasdi, bunga özimiz ham har gal iqror bölar edik.

Şunday kunlarning birida şogird yigitça tuşki tanaffus payti oldimga kelib:

– Yakşanba kuni xolamnikiga mehmonga bormaysizmi? Şaxsan özlari taklif qildilar, – deb qoldi.

– Taklif qildi deysanmi? – hayron bölib sö­radim men. – Hoy bola, menga bunaqangi bölmağur ha­zil qilmagin, xöpmi, yöqsa, burningni yerga işqab, adabingni berib qöyaman-a.

Yöq, u hazillaşmagan edi. Haqiqatan ham xonim kaminani yakşanba kuni keçqurunga mehmonga taklif etibdi. Soat öndagi poyezd bilan bemalol qaytib kelsak bölarkan, başarti uzoqroq qolib ketadigan bölsak, beka bizga ulovini berib turişga ham bajonidil rozi ekan.

Dabdabali ulov egasi, bir xizmatkor, ikki nafar oqsoç, izvoşçi va boğbonning xöjayini bölmiş bundayin xonim bilan tanişib, bordi-keldi qiliş kaminaning öşa paytdagi dunyoqaraşiga köra, ğirt ablahlik bölur edi, biroq bu narsa qiziq ustida taklifga rozilik berib yuborganimdan sönggina esimga keldi, buning ustiga, köçalik, yaʼni biror joyga borganda yoki bayramlarda kiyadigan sariq rangli kos­tyumimni mehmonga kiyib borsam, yaraşadimi-yöqmi, deb öylanib ham qoldim.

Şanbaga qadar kunlarni şu tariqa kuçli hayajon hamda quvonç bilan yelib-yugurib ötkazdim. Söng meni birdaniga qörquv çulğab oldi. Men u yerda nima deyman, özimni qanday tutişim, xonim bilan qanday gaplaşişim lozim? Faxr-iftixorim bölgan kostyumimga bundoq razm solib qarasam, hammayoği ğijim, doğ-duğ bosgan, yoqalarim esa tözib, yağiri çiqib yotibdi. Bundan taşqari, şlyapam ham eski, kiyilaverib titilib ketgan edi. Asosiy, maqtangudek bor bisotim – bir juft uçi ötkir qönjsiz botinkam, oç qizil tusli, yarim ipak böyinboğ bilan çetlari nikellangan pensne esa bularning örnini bosolmasligi kunday ravşan edi.

Yakşanba kuni keçki payt ikkovlon Zetlingenga qarab piyoda yölga tuşdik, kamina hayajon va xijolatdan bir ahvolda edim. Nihoyat, çorboğga yetib keldik. Oldida çet el qarağaylari va sarv daraxtlari ösib yotgan panjara tösiq ortidan eşitilgan itlarning hurişi darvoza qönğiroğining ovozi bilan qöşilib ketdi. Xizmatkor bir söz demay, bizni içkariga kiritdi, uning xuşlamaygina qilgan muomalasi yetmaganday, ulkan senbernarlar ham yeb qöygudek bölib, tinmay irillardi. Beixtiyor qörqa-pisa qöllarimga qaradim, ularni bir neça oydirki, tozalab yuvişga ham hafsala qilmagan, faqat şu bugun, bundan atigi yarim soat oldin suyuq sovun bilan kerosinda apil-tapil çayib olgandim, xolos.

Egniga oddiygina, oç havorang yozlik köylak kiyib olgan beka bizlarni xos mehmonxonasida qarşi oldi. U ikkalamiz bilan qöl berib söraşarkan, ötirişga taklif qildi va keçki ovqat ham hademay tayyor bölib qoladi, dedi.

– Nima, siz uzoqni körolmaysizmi? – sörab qoldi xonim mendan.

– Ha, bir oz.

– Bilasizmi, közoynagingiz sirayam yaraşmabdi.

Men pensnemni yeçib, çöntagimga solib qöydim, qovoqlarim öz-özidan osilib ketdi.

– Sotsi hammisiz? – savol berişda davom etdi xonadon bekasi.

– Sotsial-demokrat, demoqçimisiz? Ha, şunday.

– Nega endi?

– Eʼtiqodim sababli.

– Eha, şundaymi. Lekin böyinboğingiz ajoyib ekan… Xöş, endi ovqatlanamiz. Qorinlaring ham ro­­sa oçiqqandir?

Qöşni xonada uç kişiga möljallab dasturxon tuzab qöyilgan edi. Uç xil qadahlarni istisno qilganda, stol ustida kaminani hayron qoldiradigan deyarli heç nima yöq edi. Kallaşörva, lahm mol göştidan qilingan qovurdoq, sabzavot, salat va pirog, bularni men heç xijolat bölmasdan, bemalol tanovul qila olar edim. Vinoni esa uy bekasining özi quyib, uzata boşladi. Tamaddi paytida u faqat jiyani bilan sözlaşdi, men esa, mazali taomlarni yeb, may içgaç, kayfiyatim kötarilgan, endi özimni xuddi uydagidek erkin his qilib, bamaylixotir ötirardim.

Ovqatdan söng, may içilgan qadahlar yana meh­monxonaga olib kelindi. Kaminaga ajoyib sigarani qizğiş-tillarang şam şuʼlasida yondirib uzatişgaç, xotirjamlik örnini yoqimli xuşkayfiyat egallab, oğzim lang oçilib qoldi, angrayib xonimga asta razm sola boşladim, u şunaqangi suluv ediki, ğururlanib ketganimdan şu damda özimni naq jannatga tuşib qolgandek his etardim, bundayin tuyğu haqida esa ilk bor işqiy hikoya va romanlardan öqib, xira tasavvur hosil qilgandim.

Xonim bilan suhbatimiz qizib ketdi, men uning sotsial demokratiya va qizil böyinboğ haqidagi mu­lohazalarini eslatib, hazillaşişga ham jurʼat qildim.

– Siz butunlay haqsiz, – dedi u menga mayin jilmayib. – Eʼtiqodingiz özingizga buyursin, ammo bilasizmi, böyinboğni undoq emas, qarang, mana bundoq boğlaşingizni maslahat bergan bölardim.

Xonim şunday deb, örnidan turdi va men tomonga engaşib, ikkala qöli bilan böyinboğimning u yoq-bu yoğini töğrilaşga tuşdi. Bir mahal uning ikki barmoği köylagim orasidan asta sirğalib ötib, köksimni siypayotganini sezib, qörqib ketdim. Yuragim gupillab ura boşladi, dahşatga tuşib, unga qaradim, u esa barmoqlarini kökragimga yana bir bosdi-da, indamay közlarimga tikilib qoldi.

Obbo bekasi tuşmagur-yey, öyladim içimda, ser­zavq ayol ekan-ku.

U ortga tislanib, özini böyinboğni tomoşa qi­layotganga soldi, aslida esa ikki közi menda, nigohi jiddiy va qatʼiy, hatto bir neça bor boş irğab, nimagadir himo qildi.

– Menga qara, – dedi u söng, qandaydir jurnalni varaqlab ötirgan jiyaniga yuzlanib, – yuqoriga çiqqin, muyulişdagi xonada qutiça bor, öşani olib tuş, ha, bölaqol.

Yigitça ketişi bilan beka közlarini baqray­tirib men tomon asta yaqinlaşdi.

– Eh, sen! – dedi u sekin va mayin ovoz bilan, – biram yoqimtoysanki…

Söngra u yuzini yuzimga yaqin opkeldi, şunda birdan lablarimiz beixtiyor otaş bölib, bir-biriga unsiz çippa qapişdi va… bu holat bir neça bor qayta takror böldi. Men uni, barvasta gözal xonimni özimga tortib, mahkam quçdim, u esa, közlari yonib, yoş qizlar kabi yaşnab ketdi, lablarini lablarimga bosib, menga ötli bösalar hadya qildi.

Jiyan qutiçani olib tuşgaç, uçovlon ötirib, şokoladdan bas boylaşib soqqa öynaşga kirişdik. Xonim oçilib, gapga tuşib ketdi, men bölsam, nafasim böğilib, miq etmay ötirar, u esa har soqqa taşlaganda menga tegajoğlik qilib hazillaşar, gohida stol ostidan qölini uzatib, barmoqlarimni öynar yoki tizzalarimni asta siypalab qöyardi.

Soat millari önga yaqinlaşgaç, şerigim endi qaytamiz, deb qoldi. Şunda xonim menga maʼnoli bo­qib:

– Siz ham ketmoqçimisiz? – deb söradi.

Kamina hali bunaqangi işq savdosidan bexabar emasmanmi, nima deyişni ham bilmay, duduqlanib, asta örnimdan turdim.

– Ha, mayli, nimayam derdim, – söz qotdi beka.

Biz eşik tomon yurdik, biroq hamrohim ostona hatlab ulgurmayoq, xonim qölimdan uşlab, meni öziga tortarkan, mahkam quçoqlab oldi, söng quloğimga sekin şivirladi:

– Esing bormi özi, hoy, esingni yiğ!

Men anqov öşanda bu sözlarning maʼnosini ham tuşunmabman.

Biz mezbon bilan xayrlaşib, poyezd bekati tomon yugurdik. Çiptalarni olgaç, şerigim tezda vagonga çiqvoldi. Mening esa şu damda negadir yolğiz qolgim keldi. Endigina pillapoyaning birinçi poğonasiga çiqqandim, maşinistning huştak çalgani eşitildi, şunda uzoq öylab ötirmay, yerga sakradim va poyezddan qolib ketdim. Çor-atrofga allaqaçon zimiston tun öz çodirini yoygan, heç nimani körib bölmasdi.

Maʼyus va parişon bir alfozda ortimga qaytib, uzun dala yöli böylab yugurgilab ketdim, çorboqqa yetgaç, taniş panjara yonidan öğriga öxşab pusib ötdim. Aslzoda xonim meni sevib qolibdi! Köz ön­gimda birdaniga sehrli ölkalar namoyon böldi, şu çoq çöntagimga qöl solgandim, tasodifan öşa nikelli pensne ilinib qolsa, uni jahl ustida köçadagi çuqurça tomon otib yubordim.

Keyingi yakşanba kuni şogird yigitçani yana – bu gal tuşlikka taklif etişdi, meni esa heç kim yöqlamadi. Xonim ham ustaxonamizga qaytib qadam bosmadi.

Yana çorak yil mobaynida yakşanba kunlari yoxud keç oqşom paytlari Zetlingen taraflarga tez-tez borib-kelib turdim, har gal borganimda öşa panjara tösiq yonidan ötib, boğ atrofini aylanardim, senbernarlarning vovullaşini hamda xorij daraxtlari uzra taralayotgan şamol qöşiğini tinglardim, nogoh xonalar içra yoniq çiroq nurlariga közim tuşsa: zora körib qolsa, axir meni sevadi-ku, deya umidvor bölardim. Bir kuni uy içkarisidan pianino musiqasining mayin va allalovçi ohanglari yangradi, uni tinglab turib, devorga suyangan köyim yiğlab yubordim.

Biroq şundan keyin darbon kaminani itlardan ortiq himoya qilmadi va uy içiga ham boşqa olib kirmadi, xonimning qöllari barmoqlarimni ortiq siypamadi, lablari esa menga boşqa bösa hadya qilmadi. Bularning bari faqat tuşdagina, ha, tuşimda bir neça bor qayta namoyon böldi, xolos. Keç kuzda esa, çilangarlik hunari bilan xayr-maʼzur qilib, egnimdan öşa kökimtir korjomani bir umrga yeçib taşladim va bu yerdan uzoq-uzoqlarga – boşqa bir şaharga jönab ketdim.

Nemis tilidan Mirzaali AKBAROV tarjimasi.

Jahon adabiyotining yirik namoyandalaridan biri, Nobel mukofoti sohibi. “Çöl börisi”, “Marjonlar öyini”, “Ğildiraklar ostida”, “Demian” kabi asarlari dunyo kitobxonlari orasida maşhurdir.

“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822

Obuna haqida

Izohlar

Hozirça izoh yöq. Birinçi bölib fikringizni yozing.

Siz nima deysiz?

Izoh tahririyat körib çiqqaç, eʼlon qilinadi.

Şu ruknda köp öqilganlar

Barçasi (164)