(Hikoya)
Ataylabmi yoki maşaqqatli ötmişini yodga olişdan oğringanidanmi, bizni uzoq yalintirgan momom, nihoyat, öşa eski hikoyasini yana esga oldi…
– Ellik töqqizinçi yil edi, – deb boşlaydilar ajin bosgan yuzlarida ajib bir sokinlik bilan. – Ertalab uyğonsam, hovlimiz odamlarga töla ekan. Erkaklar çopon kiyib, bellarini boğlab olişgan, ayollar bir çetda ayyuhannos solib yiğlaşar edi. Nima bölayotganidan bexabarman, onamni axtaraman. Otamdan hamişa hayiqib turganim uçun, u kişidan onam haqida söraşga yuragim dov bermasdi… Şu mahal ayollar orasida boşiga oq römol örab olgan ammamga közim tuşdi. Oldilariga yugurdim. Ammam meni kördilar-da, bağriga bosib, höngrab yiğlab yubordilar. Umrimda ammamning yiğlaganini körmaganim uçunmi, qörqib ketdim.
– Onasiga olib boringlar, sönggi bor körib qolsin, – dedi hovlidagi ayollardan biri.
Ammam qölimdan yetaklagança uy içkarisiga boşladi. Uyning törida, körpaçada, oppoq çoyşabga burkangança, yuzlari qordek ooppoq onam yotardi…
– Amma, amma, onam nega bunday yotipti?! “Senga ukaça opkelaman!” degandi-ku. Nega qorni bunça kiçkina?! Ukaçam qani?
– Onangga yaxşilab qarab ol, qizim, hozir ozroq tobi yöq. Xolanglarnikiga ketasan. Kelguningça, albatta, tuzaladi. Öşanda ukaçangniyam körasan, oppoğim.
Bu gaplarga işonib, onamning rangsiz, muzdek yuzini qöllarim bilan siladim, yonoğidan öpib qöydim. Keyin esa ammam meni yetaklab uyimizga qöşib qurilgan oşxona vazifasidagi xonaçaga olib bordi. Xona derazasidan özim tanimaydigan erkaklarning uzun törtburçak qutini traktorga ortişganini, söng traktorni haydab qayoqqadir jönab ketişganini kuzatib turdim… Keyin meni va ikki yoşdan oşgan ukamni xolam uyiga olib ketdi. Şu-şu, onamni qaytib körmadim. Qornidagi ukaçamni ham… Faqat onda-sonda “Onam tuzaldimi?” deb xolamga xarxaşa qiladigan böldim…
Vaqt ötib, xarxaşa qilmay qöydim. Orada ukamni ammam uyiga olib ketdi. Men – tört yoşli qizaloq esa hayotida nimalar bölayotganini yaxşi anglamay, xolavaççalarim bilan öynab yaşayverdim.
Oradan bir yil ötib, beş yoşdan oşganimda otam kelib, meni uyga olib ketdi. Uyga yetib borganimizda, umrimda körmagan bir xotin bizni qarşi oldi.
– Bu sening onang, – deb uni menga taniştirdi otam.
Bola emasmanmi:
– Onamga öxşamayapti-ku… – dedim hayron bölib.
– Sen xolangnikida bölgan mahaling özgarib ketgan-da, bolam.
Rostdan ham onam şu ayol ekan-da, deya bu gaplarga ham işondim. “Onam” avvaliga mehribon va şirinsöz edi. Biroz vaqt ötib, meni koyiydigan, döq-pöpisa qiladigan, nihoyat, kaltaklaydigan odat çiqardi…
Qişloğimizdan Zarafşon daryosining bir irmoği, yaʼni Eskianhor kanali oqib ötadi. Kanal suvini turli manzillarga boşqaradigan katta band bor edi. Otam öşa bandga maʼsul, boş mirob bölib işlar, uyda kam bölar edi.
Qarindoşlarimizning uyi bir-biriga yaqin joylaşgani tufayli, men xolam, toğam va amakivaççalarimizning uyida öynab yurardim. Onamning onasini “katta buvi” derdik. Köp vaqtim öşa katta buvimnikida ötardi. Öşa yoqda toğavaççalarim bilan “xola-xola” öyinini öynardik. Oğilxona va somonxonaning oraliği öyin makonimiz edi. Somonxonaning bir burçagi doim böş turar, öşa yerga yangamlar keraksiz, eski laş-luşlarini taxlab qöyar edi. Bir kuni öyinimizga kerakli biror nima topiş ilinjida somonxona tomon bordim. Somonxona eşigi buzuq, şunçaki devorga suyab qöyilgan ekan. Kiçik jussam bilan eşikni surişga intilgandim, bexosdan eşik ustimga ağanay boşladi. Men qoçaman deb qoqilib tuşdim. Çap oyoğimning tizzasi ustiga eşikning burçagi kelib urildi. Çinqirib yuborganimni eşitgan toğavaççalarim yugurib kelib, eşik tagidan çiqarib olişdi… Şundan söng oyoğimda onda-sonda kuçli oğriq turadigan böldi. Otam öz işlari bilan band, yangi onam çaqaloği bilan andarmon edi. Şu tariqa, baʼzi-baʼzida turadigan oğriqlar bilan bir yil ham ötib ketdi… Borib-borib oyoğimning oğriydigan joyi katta yiringli yaraga aylandi. Yarani eski latta topib boğlab olgan bölsam-da, yurişga mutlaqo qiynalib qoldim. Hovli sahnida emaklab, ikki oyoğimni bukkança sudralib yurar, bunday paytda esa tizzamdagi oğriqdan ham köra ota-onamning eʼtiborsizligidan ozorlanar edim…
Kunlarning birida yaramni tozalaş uçun uyimiz yonidagi ariqçaning oldiga emaklab bordim. Qölimda kirsovun bölagi, yiringni siqib çiqarib, yarani yuva boşladim. Şu payt ortimdan kimdir tomoq qirdi. Qörqib ketib, qayrilib qarasam, yoşi elliklar atrofidagi Ivan buva turgan ekan. U kişi otamning boşliği edi. Emaklab qoçib ketay desam, emaklagani uyalaman, joyimda qolay desam, bu ham noqulay. Tezda oçiq yaramni berkitib oldim. Lekin Ivan buva yiring bosgan yaramni körib bölgan edi.
– Kizimka, gde papa? – deb söradi u kişi.
Uyimiz tarafga işora qildim. Ivan buva hovlimizga kirib:
– Kulli, ho Kulli! – deb çaqira boşladi.
Içkaridan yugurib çiqib, mehmon bilan söraşmoqçi bölgan otamning salomi aliksiz qoldi. Ivan buva aççiqlangan holda, oqsoqlangança zörğa yurib kelayotgan mening oyoğimga işora qildi.
– Çto eto?!
Otam rus tilini yaxşi bilmasa-da, gap mening oyoğim haqida ketayotganini tuşundi.
– Yara, yarasi bor, – dedi biroz talmovsirab.
Ivan buva otamni bir silkidi.
– Ketdik, kizimkani kötar!
– Qayoqqa?
– Qarşiga!
Şunday qilib, egnimda eski-tuski kiyimlar, oyoqyalang, Ivan buva va otam hamrohligida motosiklda Qarşi şifoxonasiga jönadik.
Yetib borgaç, Ivan buva yugur-yugur qilib meni Beşkentdagi oğir kasallar yotadigan şifoxonaga joylaştirib, otam ikkalasi ortiga qaytib ketdi. Bu yerda ham ahvolim kun sayin oğirlaşa bordi, hatto emaklolmay ham qoldim. Avvalgidan-da azobliroq kunlarim boşlandi. Şunday azoblar bilan paxta mavsumi – kuz keldi. Bu orada otam amakivaççasi Avaz buva bilan bir marta körgani kelib ketişdi, xolos. Oğriq qoldiruvçi dorilar kuçi bilan yaşayotgan şunday kunlarimning birida esa şifokorlar uyimizga telegramma jönatişdi. Mazmuni – meni qaytarib olib ketiş töğrisida ekan. Lekin uydagilardan darak bölmadi… Mendan aniq yaşaş joyimni söraşsa, bilmas edim. Oxiri ular Toşkentga xabar yöllaşdi. Kuzning oxirgi oyida meni samolyotda Toşkentga olib ketişdi. U yerda bizni Siganov degan şifokor va ön töqqiz-yigirma yoşlardagi çiroyli hamşira qiz kutib oldi.
Bu yerda ham bir-ikki hafta yotganimdan söng operatsiyaga tayyorlaşdi. Tizzamning töpiğini olib taşlaşga qaror qilişgan edi.
…Qança vaqt xuşsiz yotganimni bilmayman, lekin özimga kelganimda oyoğimda oğriq his qilmasdim.
– Öziga keldi, – dedi haligi çiroyli hamşira.
Siganov nimtabassum bilan yonimga keldi. Rusçalab nimalardir dedi.
Gaplarini tuşunmay, indamay qarab turaverganimdan keyin özbekça aralaştirib:
– Nima yeyişni istaysan, devoçka? – deb söradi.
– Bodring, – dedim men.
– Taşqarini körişni istaysanmi?
Siganov öşa zahoti hamşiraga bodring topib kelişni buyurdi. Menga körinib turgan xona derazasi ortida esa gupillab qor yoğardi. Men tizzamdagi çidab bölmas oğriqdan qutulganimdan baxtiyor, bodring yegim kelayotganini ham unutib yuboribman. Hamşira opa keçga yaqin körsatkiç barmoğimdek keladigan ikkita bodring topib kelganida, na unga, na jarroh Siganovga rahmat aytmaganimni eslasam, hozirgaça xijolat çekaman. Şu zayl bir yil gipsda yotadigan böldim. Bu yerga öqituvçilar ham kelib turar, men kabi bolalarga dars berişar edi. Taxtaçaga bör bilan yozardik. Boşida rus tilini bilmaganim uçun ança qiynaldim. Menga dars berişga biriktirilgan öqituvçi Yekaterina Fyodorovna çin dildan, astoydil dars bera boşlagani tufayli köp ötmay rusçada ravon gapira oladigan bölib qoldim. Ustozimning erkatoy öquvçisiga aylandim… Bir yil ötib, nihoyat, oyoğimdagi gipsni olişdi. Oxirgi marta qaçon yurganim esimda yöq, yurib keta oliş men uçun xuddi tuş kabi edi. Ammo asta-asta yura boşladim. Bu möjizaning xuddi özginasi edi, ha, özginasi! Garçi bir oyoğim oqsab, kaltaroq bölib qolgan bölsa-da, yura olişimdan baxtiyor edim. Boşida oz-oz yurgan bölsam, oylar ötib yugurib-çopadigan ham böldim. Tengdoşlarim bilan şifoxona yonğoqzorida çopqillab quvlaşmaçoq öynardim.
Beşkentda ötgan olti oy va Toşkentdagi tört yarim yil meni qaytadan dunyoga keltirdi. Qaytadan tarbiyaladi. Töla soğayib ketganimdan söng şifokorlar uyimga yana xabar jönatişdi. Menga rus tilida “Otang kelibdi”, deyişganida, negadir hayron bölib qolgandim. Oxirgi marta otamni tört yarim yil ilgari körganman. Mana, ön yoşimda biz yana uçraşamiz! Yugurib çiqdim. Otam şifokor bilan gaplaşayotgan ekan. Şifokor rus tilida “Qani, men aytgan narsalar?”, deb söradi.
Otam esa şifokorga oq surp tutqazdi. Maʼlum bölişiça, meni olib ketişini sörab uyimizga telegramma yetib borganida, şörlik otam meni vafot etibdi, deb öylagan ekan…
* * *
…Momom hikoyasini tugatib, sukutga tolganlarida, ançagaça u kişiga gap qöşişga jurʼatimiz yetmaydi. Lekin har safar momomning boşidan keçirgan maşaqqatlari-yu, yetti yot begona insonlarning u kişiga qilgan ezguliklaridan könglimiz erib, közimizga yoş keladi…
Laylo SOBIR qizi
1998-yili tuğilgan. Kökdala pedagogika kollejida tahsil olgan. “Mitti haqiqatlar: keça va bugun”, “Yoşlik ilhomlari”, “Abdulla Oripov izdoşlari” kabi almanaxlarda şeʼr va hikoyalari çop etilgan. Respublika yoş ijodkorlarining anʼanaviy Zomin seminari iştirokçisi (2025).
“Yoşlik” / 7 / 2025
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida


