10 daqiqada öqiladi

77 marta körilgan

Men, Azamat va qumrilar

Anvar Suyun

(Hikoya)

Savr adoqlayotganda qişloqqa bordim.

Ğallazorni aylanib yuruvdim, amakimning öğli Azamat qönğiroq qildi.

– Qişloqdamisiz? Yölda moşinangizni körganday böldim, – deb söradi salom-alikdan keyin.

– Qörğondaman, – dedim fermaga işora qilib. Birpasda keladigan böldi.

Savrning issiğiday bemaza, aççiq issiq bölmasa kerak. Boşoqlari öroqday qayrilib turgan buğdoyzorga havas bilan kirgandim, dim va behuzur havodan böğilib çiqdim. Jazirama buğdoyzor orasida nafasni qisadigan darajada edi. Yana, boşoqlarning simday qiltiği terlagan badanimni açitib taşladi.

Lekin har faslning öz tarovati bor-da!

Ulkan kengliklarda oq tusga kirib çayqalayotgan ğalla maydonlari, maydonlar oralab tortilgan şudgor çiziqlar – çegara belgilari, sarğayib saratonga peşvoz çiqayotgan daşt sahni, temiryöl böylab ekilgan ilonizi qayrağoçlar savrning jilvalanayotgan yaxlit pannosi edi.

Etakdagi buloqqa tuşib, suv içdim. Çanqaganimdanmi yoki kun urganmi, muzday suv birdan terlatdi. Bir sidra yuvinib, otxona tomonga yurdim.

Aslida, odam oddiy narsalardan ham huzur olsa böladi. Hozir menda şunday böldi: buğdoypoyaning dim harorati va kuçli çanqoq­dan keyin buloq suvi tanamni yayratdi. Baloğimni tizzamgaça qa­yirib, savr şabadasida maykaçan huzurlanib keldim. Yöl-yölakay ikkita qumrini uçratdim. Qumrini körmaganimga ham ança bölgan, şe­killi, menimça, biron ön-ön beş yil ötgan, emasa, bunçalik hayratga tuşmasdim.

Yana öylab qoldim: odam oddiy ekzotikani unutib qöyganida zaiflaşadimikan?.. Kişi ruhiyatidagi buzilişlar, sunʼiy dabdabalarga mahliyolik yoki haddidan ortiq töqçilik Xudo yaratgan tabiiy manzaralarga bepisandlikni keltiradimi?..

Ikki qumrining bodom şoxida kukulab turişi nihoyatda zavq berdi. Çamasi, yarim soatlar, garçi savr quyoşi yelkamni qizdirayotgan bölsa-da, obdan kuzatdim. Piçanzor orasida qandaydir haşarotlarning şitirlaşi, qumrilarning kukulaşi, bedapoya­dagi qulunlarning kalta-kalta kişnaşi tabiat simfoniyasiday tuyildi. Mayin va beğubor musiqa.

– Jizirlagan issiqda dalaning örtasida nima qilyapsiz? Soyaga keling-ey!

Otxona tarafda tovuş bergan Azamat barçasidan bebahra qildi. Bir zumda xayolimni yiğiştirib oldim. “Qanday taşvişi bölsa, – deb öyladim içimda. – Kattaroq işi bölmasa, ataylab bu yerlarga kelmasdi”.

Azamat bozorlik qilgan ekan, podaçilar uyiga dasturxon tuzabdi. Öçoqda qaynatma şörva bilqillab turibdi. Birpasda podaçi, otboqar, çöpon yigitlar yiğildi. Qaynatma bilan gurung ham zör ketdi. Yangi qulunlarni, uloqçi otlarni, piçoqqa tayyor bördoqilarni muhokama qildik. Azamat haligi “quling örgilsin”dan qöltiqlab kelgan ekan, işçilarga bosib-bosib quydi. Orada içirmoqçi böluvdi:

– Biror taşvişing bölsa, quymaganing maʼqul, – devdim, darrov tuşundi.

Işçilar mizğigani kirganida könglini yordi:

– Ğallani örişim kerak, aka!

Örimçilarga puli yöqmikan, deb öyladim. Aksiga olib, meniyam iqtisodim yaxşimasdi. Şu payt özi davom etdi:

– Hosilot Nazirqulga aytsangiz, mendan şartnomaga ğalla olmasa.

– Nega? Davlat bilan şartnoma qilganingdan keyin oladi-da! – dedim hayratlanib.

– Ikki yildan beri şartnoma qilmayapman, – deya davom etdi u. – Ilgarigi tört yillikning pulini na davlat, na klaster tölab bergani yöq. Ötgan yildan beri uruğniyam, ekiş-öriş xarajatiniyam, dori-darmoniniyam yonimdan qilyapman.

– Unda nega ğalla söraydi sendan?! – deb taajjublandim. – Soliqdan qarzlaring yöqmi, işqilib?

– Heç kimdan qarzim yöq. Soliqning bir yilligini oldindan tölab qöyganman! – deb Azamat sal qizişdi. – Hosilot bilan Dombova şartnomani bajarmasang, yerini zaxiraga oling, deb hokimga dalolatnoma kiritamiz, deyapti. Şartnoma qilmasam ham, ötgan yili qöyarda-qöymay tört moşin ğallamni oluvdi…

Qiziq mavzu. Nafaqat jurnalist, oddiy odam ham qinğirlik izini payqaydi.

– Fermerliging nimaga ixtisoslaşgan? – deb söradim batafsil biliş uçun.

– Ğallaçilikka! – deya Azamat xontaxta ustiga bir dasta qoğoz taşladi.

Bu yerda “Azamat oltin boşoği” xöjali­gining ustavi, hokimning qarori, ekin maydonlarining çizmasi, yerning tarhi, avvalgi şartnomalarning nusxasi, tölangan soliqlar­ning pattasi, xullas, barça hujjatlar bor edi. Erinmasdan sinçiklab öqidim. Hatto ikki işçisiga tölagan daromad soliğining nusxalarigaça yiğib yurgan ekan.

Azamatni avom fermer deb yurarkanman, aslida, işi puxta, past-u balandni yaxşi fahmlaydigan yetakçi ekan.

– Nazirqul hosilotning telefonini ber-çi? – dedim, qoğozlarni körib bölgaç.

Salom-alikdan keyin Hosilotga yotiği bilan özimni taniştirdim. Suhbat oxirida masalani aytdim.

– Çakkaga tegdi bu blogerlar! – dedi u zaharxanda ohangda.

– Taqsir, men bloger emas, jurnalistman! – deya gap abdavini tobora yumşatib davom etdim. – Gazetada işlaydigan muxbirman. Bu ukaning murojaatini örganmoqçi edim.

– Menga desa, eng katta bloger bölmaysizmi! – deya Hosilot yana öşa alfozda gapira boşladi. – Bu odam davlatning rejasini bajarişi şart!

– Xöş, qanaqa reja?! Davlat bu bolaga reja belgilab berganmi? – deb savol berdim unga.

– Da, davlatning ğallaçilik rejasi! – dedi Hosilot, göyoki uşbu rejaga masʼul odamday. – Buni bajarmagan fermer davlatning duşmani böladi, tuşundingizmi?

– Tuşundim, taqsir! Davlatning rejasi bor gap. Uni yaxşi bilaman, – deya yana savol berdim: – Qaysi hujjatga asoslanib rejani bajar, deyapsiz?! Uning uçun şartnoma-partnoma qilinmaydimi?

Savol kutilmaganda kalovlantirib qöydi. Javob berolmasa-da, rejani bajariş şart, degan fikrida turib oldi.

– Xöp, rejani kim talab qilyapti özi? – deb söradim yana.

Vaziyat jiddiylaşayotganini his qildimi, qisqagina qilib “kattalar” deya göşakni qöydi. Qança urinmaylik, raqamiga tuşib bölmadi.

Şu payt kimdir ovoz berdi. Taşqariga çiqdik. Olim usta baytalini qoçirişga olib kelibdi. Otni yakkamixga olib, arqonini sozlagunimizça yarim soat ötdi. Baytal kuyikişga kelmagan ekan, ayğirni ovora qildi. Erta-indin boquvga kiradigan uloqçi otning tepkidan qanşari yorildi. Jahlim çiqib, tanbeh berdim.

– Hosilotdan iş çiqmadi-ku! – deya usta ketgaç, Azamatga yuzlandim. – Dombovang­ning telefonini top edi.

Uning uyiga borib gaplaşiş kerak, deya Azamat maşinasini qizdirdi. Ikkov yölga tuşdik. Yöl böylab dalalarga razm soldim. Arpa öroqqa tayyor. Buğdoyga biror hafta bor. Angarlarda yakkam-dukkam kombaynlar körinadi. Uzoq­dan örilayotgan somon isi keldi. Negadir somon isi qadrdonday tuyildi: kakra, şuvoq, yantoq, qurigan bötaköz, qizğaldoq, itsiygak va oqquyruq aralaş somon isi. Şu hidga yana qayerdadir duç kelgandim. Har qança urinmay, eslolmadim. Töğri, somon isi bilan katta bölganman. Ammo bolalikda hidni anglaş qobiliyati bölmaydi. Bu aniq! Demak, atir tanlaydigan paytlarim hidlaganman.

Maşinamiz keng sahnli hovli yonida töxtadi. Örik tagidagi sörida semiz bir kişi yonboşlab yotardi. Kiringlar, deganday imladi. Dasturxon ustida qöl berib körişdik. Semiz kişi çoy quyib uzatdi. Söraşib bölgaç, Azamat meni taniştirdi.

– E-e-e, siz bizga kuyov bölasiz! – deya hamsuhbatimizning çehrasi oçildi. – Qaynatangiz rahmatli mening amaki akam böladi. Hoy, dasturxonni yangilanglar! – deb uy tomon­ga tovuş berdi. – Mehmonlar begona­maskan!

Eʼtibor bermaganmanmi yoki yuzma-yuz kelmaganmizmi, işqilib, xotinimning bunday qarindoşini eslolmadim. Suhbati soz ekan, tez kirişib ketdik. Ovqatni yeb bölgunimizça ança gurung böldi.

– Dombova, bu yil şartnoma, deb qiynamangizlar, – deya Azamat hazilga olib muddaoga ötdi. – Şuning uçun kuyovingizni opkeldim!

– Endi-i, Örozaliboy, topşiriq menikimas, hukumatniki! – Dombova Azamatni rahmatli amakimning oti bilan ataşini tuşundim. – Men bir haybarakallaçi odamman. Hukumat nimani buyursa, şuni yetkazaman-da, tuvrimi, kuyov?

Xotinimning qarindoşi ança tullak çiqdi. Meni hurmat qilişi barobarida niya­tidan qaytmadi. Gohida juda hokisorlik bilan, gohida quvlik bilan davlat rejasini bajarmaslik jinoyatligini tuşuntirdi. Ming harakat qilmay, bu yerda gap davlat rejasida emasligini, rejaga asos yöqligini tuşuntirolmadim. Bu odam bir qaraşda juda göl, bir qaraşda öta muğombir körinardi. Jöyali asos topolmagaç, Azamatga aylanma mablaği yöqligini, davlat rejasiga olinayotgan ğalla şu sarmoya uçunligini uqtirdi.

– Bölmasa, şu paytgaça topşirgan ğallamning pulini tuşirib bering! – deb Azamat jiğibiyron böldi.

– Sabrli böl, Örozaliboy! Qanoatli kişi hamişa yutadi, – deya muloyimlik bilan nasihat ohangiga ötdi Dombova. – Bu yil bölmasa, kelasi yil taşlaydi. Hukumat heç kimni norozi qilmagan. Bizam hukumatga işonib şunday darajalarga yetdik. Senam, inşoollo, kam bölmaysan! Lekin davlatning rejasini bajariş şart. Talxaşovlik qilma, esingni yiğib ol!

Qarindoşlik manzirati uçun Azamatni köndirdim. Tabiiyki, qaynotamning ukasi meni farosati joyida, deb öyladi. Muddaosi “Yoşlarni tarbiya qiliş biz – kattalarning vazifasida, kuyov!” degan gapidan sezildi.

Azamat ança vaqt sözsiz keldi. Ulovimiz tiqinda qolganidayam ğinq etmadi. Derazadan uzoqlarga tikilib kelaverdi. Haydovçilar bemavrid signal çalsayam, eʼtibor bermadi. Mendan xafa edi. Yukingani ayolining uruği taraf bölganidan mustar edi. Nazarimda, meni ikkibet deb öyladi. Xorğin va öyçan qiyofasida nönoq va noşud akaga açiniş bor edi.

Insonning turi köp-da. Birov bir jumlada muddaoni anglaydi, birov gapga tuşunmaydigan ezma böladi. Lekin qaynotamning ukasiday odamga birinçi marta röbarö böldim. U yolğon, riyo va taʼmaga samimiyat tönini yopa olgan ustasi farang edi. Ehtimol, unga Hosilot qönğiroq qilgan. Aka-uka kelişidan xabardor bölgan. Yoki telefon qilişimni kutgan. Nima bölgandayam, u maqsadiga erişdi. Yöriğiga yurdik.

Azamatga yupanç bölgiç tadbir öylayotganimda qozi jöram telefon qildi. Gurung orasida Dombovaning sarguzaştlarini gapirib berdim. Jöram rosa kuldi. Hazil aralaş durust gap aytdi:

– Hujjatlardan nusxa jönating, çiroyli qilib ariza yozib beraman. Dombovangizdan tört yillikni sudda undirib olasiz!

Yelkamdan toğ tuşganday böldi. Azamatning yuziga tabassum yugurdi. Sudda ğolib çiqqanday xursand edi. Ruhi tuşkun odam­ning uloviyam imillaydi, şekilli, boya çayqalib kelayotgan maşinamiz endi gur-gurlab, qötir yölda siltanib-siltanib borardi. Qişloq­­qa kirişdagi çoyxonada rosa qistovga oldi. Boşqa payt ötiramiz, deb unamadim.

– Çoyxonaga bola-çaqangni olib bor, şular bilan xursandçilik qil! – dedim xayrlaşayotib.

Otxona darvozasidan qözğalgan yaşil “Neksiya” adirning çang yölida şaxdam bosib ketdi.

Qötonni aylanib yurib, quş uyasiga közim tuşdi. U balorga osiğliq kepnak ustida omonat turardi. Bilasiz, kepanak – çöponlar qorli kunlarda kiyadigan kigiz kiyim. Kimdir qiş çiqar mahali ilib ketgan. Oliş esdan çiqqan. Yoki heç kim eʼtibor bermagan. Kun isigaç, qöylar qötondan qöraga çiqadi. Qöton yozda xilvat böladi. Quşlar şuning uçun uya solgan.

Quş uyasini, qöra-qötonni, otxonani, buzoqlarni, bördoqilarni birma-bir rasmga oldim. Bu suratlar şahar ğavğosidan çarçagan kezlarda orom beradi. Qişloqqa borganday bölaman. Ayniqsa, rasmga olayotib siz eʼtibor bermagan pağa-pağa bulutlar, şamoldan engaşib turgan daraxtlar, ğalla maydonlaridan kötarilayotgan gala-gala quşlar boşqa olamga tortadi xayolni.

Şaharga qaytayotib Uçqora yölida töxtadim. Belim qotib, oyoğim uvişdi. Suv içib, ozroq maşq qildim. Kanal ortidagi kombayn tarafdan somon isi keldi. Yoqimli, biroz aççiq is. Yana boyagi öy bosdi. Qaçon va qayerda bu hidga röbarö bölganman?..

Dafʼatan esladim.

Qohiraning upa-elik dökonida qibtiy yigit “Nil şabadasi” degan atirni rosa maqtadi. Hidlab köray-çi, deganimda, şoşilma, deya ötkir qahva berdi. Öziyam yonimga ötirib, bir siqim şirinlik qöydi. Atir tanlayverib joniga tegdim, menimça, diding nozik ekan, “Nil şabadasi”ni his etiş uçun qahvani hidlab iç, dimoğing çalğisin, dedi inglizçada. Şirinlikdan tatib kördim, papayaning taʼmi kelarkan. Söng yana gap boşladi:

– “Nil şabadasi” malika Nefertitining retsepti böyiça tayyorlanadi. Dastlab malika özi uçun tayyorlatgan. Bayram keçalarida, elçilar qabulida sepgan. Boşqalarga foyda­laniş taqiqlangan. Bu işga qöl urganlar qatl qilingan. Bu atir odamni mast qiladi. Çunki unda Nilning noyob giyohlari ifori bor.

Qibtiy sotuvçi qiyomiga keltirib maqtadiki, özimni xuddi atirni şaxsan malikaning qölidan olayotganday his qila boşladim. Söng ötirgan sandiğini oçib quti oldi. Qutini ham avaylab oçdi. Içidagi idiş qopqoğini buragandi, atrofni somon isi tutib ketdi. Kakra, şuvoq, yantoq, qurigan bötaköz, qizğaldoq, itsiygak va oqquyruq ara­laş somon isi! Tito – aytgança, uning ismi şunday edi – bilagimga bir tomçi tomizdi. Közlarini yumib somon isini hidladi.

Öşa payt bu ekzotikaday tuyilmagandi. Çunki dimoğimga taniş edi. Avvalo, şunça harakati zoye ketmasin, qolaversa, yomon körib qolmasin, deb oldim. Somon isini uluğlaganiga hayratlanuvdim. Bugun juda qadrdon tuyildi.

Rulga ötirganimda telefonim jiringladi. Umid çöpon ekan, kirza etik tayinladi. Bu gal olib boradigan böldim. Qötondagi qumri uyasini buzmadingizmi, deb söradi gap orasida. Keyin nimalar dedi, esimda yöq. Boşim ğuvillab ketdi. Köz oldimdan qumrining biri olib, biri qöyib kukulaşi ketmasdi.

Uyasi buzilgan quş!

Tuxumi singan qumri!

Ğam va kulfat bosgan oila!

Bunday muşkulotga çorasiz edim. Qölimdan heç iş kelmasdi. Kalitni buradim. Yölim uzoq edi…

2025

 

Anvar SUYUN

1983-yili Samarqand viloyatida tuğilgan. Özbekiston davlat jahon tillari universitetining Xalqaro jurnalistika fakultetida tahsil olgan. “Göbdintoğ hikoyalari”, “Eş­monbek” kabi kitoblari naşr etilgan.

“Yoşlik” / 2025 / 8

“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822

Obuna haqida

Izohlar

Hozirça izoh yöq. Birinçi bölib fikringizni yozing.

Siz nima deysiz?

Izoh tahririyat körib çiqqaç, eʼlon qilinadi.

Şu ruknda köp öqilganlar

Barçasi (258)

Suv. Hikoya

– Öz oyoği bilan jildirabgina kelmagan suv suvlik qiladimi?! Ketaman bu Cahroyi kabirdan… ketama-an-n! Dilşod şunday deya örnidan sapçib turdi-yu, derazadan taşqariga termildi. U avval hovlisidagi qovjirab qolgan…

“Eynşteyn jumboği”

Dekabrning asov şamoli tun bağrida özini har yonga urib, böriday uvillaydi. Uylar ham sovuqdan junjikkanday bağridagi çiroqlarini öçirib, şamolga jör bölib, qoranği tun vajohatini yanada orttiradi. Biroq şu imoratlar…

Uluğbek Hamdam. Yöl (falsafiy roman

Men bir ojiz tomçiman, ammo yuragimda ummon soğinçi yaşaydi. Mavlono Rumiy TUŞDAN OLDINGI VOQEA Ovoz keldi! Ovo-o-oz!.. Eşityapsizmi, ğoyibdan bir ovoz keldi! Dunyolarni töldirib emas, yöq, balki yöl kabi uzun, yöl kabi…