13 daqiqada öqiladi

128 marta körilgan

Tegirmon

Sabohatdin Ali

(Hikoya)

Oşna, heç suv tegirmonini körganmisan?..

Körişga arziydi-da. Gard yuqib abgor bölgan devor, tuynukmisol darçalar, qalin tösinlar ustidagi saqiçdek qorayib ketgan şift. Innaykeyin, bir dunyo ğildiraklar, katta-katta toşlar, çayqala-çayqala aylanayotgan tasmalar. Bir çetda buğdoy, makkajöxori, javdar va boşqa don-dun solingan qoplar bir-birining ustiga taxlab taşlangan. Narigi çetda esa un töla qoplar. Içkarida tuman holida iliq un zarralari uçadi. Poldagi kiçik qopqoqni oçişing bilan pastdan kötarilgan sovuq suvning hovuri yuzingga uriladi. Har tarafdan har xil ohangdagi şovqinning quloğing ostida ajib tölqin hosil qilib yangraşiga nima deysan?

Tepadagi taxta quvurdan tuşayotgan suv teraklar oralab esayotgan qiş şamoliday uvillaydi, toşlarning goh baland, goh past yiğlamsiragan tovuşi tasmalarning şipillaşiga qorişib ketadi. Tinim bilmas taxta çarxlar ğiçirlaydi…

Ança ilgari şunaqa tegirmon körgandim, ammo yana qayta körişni sira istamayman.

* * *

Işqning qanday bölişini bilasanmi, oşna? Umringda heç sevganmisan? Köp marta, desang-çi! Özi suyganing çiroylimidi? Balki qizi tuşmagur ham seni sevgandir. Uni köp-köp quçgansan. Keçalari uçraşgansan, bösalar olgansan, şunaqami?

Yoxud sevgilingning senda köngli yöq edi. Öşa payt nima qilgansan? Tun böyi közyoşi qilib çiqqanmisan? Sarğaygan yu­­zingni körsatiş uçun suluving ötadigan yölda kutgansan, unga atab uzundan-uzoq, hasrat töla maktublar yozgansan, töğrimi?

Hoynahoy, ikkinçi muhabbatga köngil oçiş sen uçun unçalik qiyin bölmagandir. Avval odam özidan özi uyalganday böladi, ammo bizning eng katta mahoratimiz özimizni oqlaşga ustaligimizdir. Vijdon azobi degan narsani bir haftada esdan çiqarasan. Bu damlarda eng vaxşiy qotil ham qilmişi uçun yetarliça bahona topa oladi.

Ha, undan keyin uçinçisini ham, törtinçisini ham topding… E, şuyam sevişmi, oşna?

Yarim yalanğoç bölvolib, şahar köçalarida yugura olasanmi? Qöl va oyoq muşaklaringga piçoq sançib, daryoda suziş qölingdan keladimi? Butun boşli şaharning barça odamini mahv etiş jasorati bormi senda? Baland minoraga çiqvolib, butun dunyoga eşittirib baqira olasanmi?

Xöş, muhabbating şularga qodirmi? Agar qodir bölsagina senga sevib qolibsan, oşna, deb ayta olaman. Mayli, şundoq ham deylik. Keyin-çi? Sevgilingga nima ham bera olarding özi? Yuragingnimi? Böpti, ikkinçisiga-çi? Yana şunimi? Uçinçi, törtinçisiga ham şu yuraknimi? Qöysang-çi, oşna, özi senda neçta yurak bor?

Bilasanmi, aslida, bu ğirt tuturiqsiz gap. Nima emiş: yuraging joyida turibdi-yu, ammo sen uni falonçi-falonçilarga berarmişsan. Köksingni yorib, öşa bir parça etni joyidan suğurib olib, sevgilingning oyoqlari ostiga otasan. Şundagina yuragingni bergan bölasan-ku, axir.

Sen sevolmaysan, oşna. Şahar-u qişloqda yaşaydiganlar, kimdandir buyruq olib, kimgadir buyruq beradiganlar, biridan qörqib, yana boşqa biriga zuğum qiladiganlar, sizlar sevolmaysizlar. Sevişni faqat biz bilamiz! Bizkim, Maşriq nasimidek betizgin, öz kindigini özi kesadigan lölilar.

Quloq sol, oşna, senga bir işq qissasini söylab beray…

* * *

Bir kuni – eruvgarçilik boşlangan payt­lar edi – butun uruğ: öttizga yaqin er, xotin, bola-çaqa, törtta ot va undan ikki karra köp eşak – Edremit tarafga qarab köçayotgandik.

Rutubatli qişdan söng quyoşning iliq nurlari, endi-endi boş çiqarib qolgan sabzalar hammamizga özgaça bir kayfiyat ulaşmoqda edi.

Egnida kalta köylakdan boşqa narsa yöq bolalar tinim bilmay çopar, qiy-çuv qilar, katta yöl çetidagi serrayib turgan qirlarga çiqib, pastga yumalaşar edi. Yigitlar kamon va klarnet çalişar, qizlar esa xuş ovozda suvdek jildiraşar edi.

Men esa atrofni közdan keçirib, qişloq­­mi, fermami, xullas, tunab qoliş mumkin bölgan bir joy qidirardim.

Çoşgohdan keyin qora zaytun daraxtlarining orasida böy çözgan oç tusli çinor va teraklarga közim tuşdi. Bu yer çoqqina tegirmon ekan. Suvi tölib-toşgan bir ariqça tol nihollarini oralab ötib, torgina toş özanga quyiladi. Söng törtta yoğoç quvurga bölinadi. Keksa çinorlar eski tegirmonning qora sopolçanoqli tomiga soya taşlab turardi. Tegirmon tagidan otilib çiqayotgan suv köpiradi, daraxtlarning şovurini bosib ketadi; ikki qator qilib ekilgan terak nihollari oralab, qamişzorga ötganda yerga singib ketadi.

Bu yer qönib ötiş uçun yomon joy emas. Yukli eşaklar bilan tez-tez kelib-ketib turgan qişloqliklardan tegirmonda iş rosa qizğin ekanligini bilsa böladi. Bir öq otarlik narida qişloqning oq minorasi körinadi.

Hali çodirlarni tikmasdan turib, Atmaja klarnetini oldi, tabaqalarining bittasi oçiq turgan katta eşikka suyanib, çalişni boşladi. Kuyni eşitgan qişloqliklar birin-ketin taşqariga çiqişdi. Ularning orasida tegirmonçi ham bor edi. U oq soqolini qaşib, loqayd boqardi. Bilasanmi, oşna, bu qişloqliklarga tovuq va ördaklarini öğirlaganimizni aytişsa ham, pirovardida, ular bizni yana yaxşi köraverişadi. Ular bir qadoqça buğdoy töplab, Atmajaga berişdi. Tegirmonçi ham quruq qöymadi: naq ikki qozon qatiq hadya qildi. Biz hadyalardan dadillanib, sal nariroqdagi zaytunlarning tagida çodirlarimizni tikladik.

* * *

Işlar xamirdan qil suğurgandek silliq ketayotgandi. Ayollar barra qamişlardan töqilgan savatlarini yaqin atrofdagi qişloqlarda sotişga qiynalişmayotgandi. Sozandalarimiz yarim kunlik masofadagi töylarga ham çiqib kelişardi. Atmaja, tabiiyki, eng oldinda edi…

Sen bu Atmajaga öxşaganini hali körmagansan. Haybatli yigit: qoraçadan kelgan, zulukdek qop-qora soçlari yuziga osilib tuşgan, közlari sim-siyoh. Burni uzun, qirra uçi biroz pastga qayrilgan, bir söz bilan aytganda, qirğiyburun. Şuning uçun ham biz uni Atmaja[1]  derdik.

Hamma tomoşalarda uning jasorati-yu xuşröyligi olqişlanardi. U boşqa maşşoqlar kabi çalmasdi, oşna. Qolaversa, notalarni ham bilardi, axir şahar maktabini tugatgan-da. Klarnetni çalayotganda havoni öpkasidan emas, naq yuragidan purkaydi-yov, deb öylab qolasan.

Oqşomlari bir özi daraxt ostiga borib ötirardi. Biz esa çodirlarning oldida yuztuban yotar, jon quloğimiz bilan uning mungli kuyini tinglar edik.

Uning sevgani yöq edi. Na ol yonoqli turkman qişloq gözallari, na nafis dudoqli löli qizlar uning yuragini zabt eta olişdi. Holbuki, u çolğu çalayotganda katta-katta közlaridan durdek bir-ikki tomçi oqib tuşar, söngra yonoqlariga şuʼla taşlayotgan olov taftida qurib qolar edi.

Köp gapirmas, gapirsa ham içidagini taşiga çiqarmas edi. Nimalarni öylardi-yu, uni bu hayotga boğlab turgan narsa nima edi, heç birimiz bilmasdik. Lekin bunçalik örtanişining boisi nima ekan? Yoki birortasi yuragidan urib qoldimikan? Yoki heç kimga köngil qöyolmayaptimikan?

Ora-sira ança paytgaça yöqolib ketardi-yu, boşqa maşşoqlar bilan yurganini, şaharlardagi katta-katta odamlarning majlisida xoniş etganini uzuq-yuluq eşi­tib qolardik. Şahardagi beylar unga yaxşi muomala qilişar, lekin bu yigit biz bilan darbadar yurib, qöy boqişni, töy-u haşamlarda xirom aylaşni maʼqul körar edi.

* * *

Biz har oqşom tegirmon yonidagi yaydoq yerda davra qurib, qöşiq kuylardik. Hozirça biror nima taʼma qilmaganimiz uçun tegirmonçi ham xursand edi. Qizi bilan kelib zabardast bir çinor tagiga böyra töşab, çordona qurib ötirgança bizni tinglardi.

Tegirmonçining qizi qişloqning eng suluvi edi. Kulçayuz, dudoqlari qalin; taqimigaça tuşgan soçlarini örib yurar edi.

Ammo yuzi doim sölğin, atrofida bölayotgan işlarga loqayd boqar, istar-istamas jilmayib qöyar edi… Xullas, bu qiz majruh edi, oşna. Kiçkinaligida öng qölini tegirmon çarxi uzib yuborgan ekan.

Hozir qölning örnida beliga tanğib qöyilgan böş yeng halpillardi. Bu esa boyaqişni boşqalardan ajratib turgan ğov edi. Qiz çiroyli bölsa-yu, bir qöli bölmasa, bu nima degan gap? Darada çömilayotgan boşqa qizlarga qöşilolmasa. Vujudini, nuqsonini har doim örab-çirmab yurişga majbur bölsa… Oqşomlari bir-birlarining uyida töplanib, bazm qurayotgan qizlarga ham qöşilmasdi, çunki çildirma çaliş ham, barmoqlari­ning orasiga taxta qoşiq qistirib öynaş ham qölidan kelmasdi. Aniqki, qizginaning bolaligi bitmas-tuganmas hasratda keçgan; turgan gap, zaytun şoxlariga olmaxondek tirmaşgan, tegirmonning oldida teng-töşlari bilan suv sepiş öynagan dugonalariga devorga suyangança havas bilan boqqan.

Hozir esa öz holiga könikkan, örganib qolgandek körinardi. Boşqalarning qölidan keladigan bir talay işlarni qilolmasligini bilar, şu bois heç narsani istamay ham qöygan edi. Tegirmon eşigi yonidagi toş örindiqda soatlab ötirib, maydonda timirskilanib yurgan tovuqlarga yoxud keksa çinorning şamolda sollanayotgan şoxlariga yarim yumuq közlari bilan mungli qarardiki, buni körgan odamning yiğlagisi kelardi.

Qizgina oqşomlari otasi bilan kelar, uning yoniga çök tuşib, bizni tinglar edi…

* * *

Gapning pöstkallasini aytay, oşna, bizning bu mağrur Atmajamiz tegirmonçi­ning şu majruh qiziga oşiq böldi. Tovus-u tustovuqlarni pisand qilmagan yirtqiç quş qanoti singan bir tovuqqa ölja böldi. Meni nima jin urdi, payqamay qolibman. Angla­ganimda esa ğişt qolipdan köçgan ekan. Bölmasa, öşa zahotiyoq köç-köronni yiğiştirib, boşqa yerga jönab qolardik…

Atmaja heç kim bilan gaplaşmay, töylarga ham bormay qöydi. Faqat oqşom çökkaç, çinor tagida avjini olar, qizga tikilib çalgani-çalgan edi. Uning kuyida olovga oşiq parvona-yu, çökayotgan kemaga urilayotgan tölqinlarning faryodi bordek edi göyo.

Eh oşna, Atmajaning qanoti qayrildi, rangi somon böldi.

Tegirmonçi çol qişloqqa ketgan paytlari tegirmon yonidagi toşga ötirvolib, qiz bilan qizğin suhbat qurayotgan Atmajani kördim-u, bu işni şundoqligiça qoldirib bölmasligini angladim…

Bir keça Atmaja bilan daraning narigi boşiga bordik. Teraklar ostidan oçiqroq bir joy topib ötirdik. Şovullab oqayotgan suv va ahyon-ahyonda eşitilib qoladigan qurbaqa­ning qurillaşidan boşqa sas-sado eşitilmaydi. Atmaja atrofga alanglar, nima uçun çaqirganimni, nima demoqçiligimni söramas edi. Qölimni yelkasiga qöydim, u esa menga qayrilib qaradi.

– Uni sevasanmi? – deb söradim.

– Ha, – dedi Atmaja.

– Bu yoğiga nima qilmoqçisan?

– …

Atmaja savolimning javobini topiş ilinjidami, çorasizlikdanmi, bilmadim, yulduzli osmonga tikilib birmunça vaqt jim qoldi. Söngra:

– Sen bizning tödaboşimizsan, – deya gap boşladi, – köpni körgan, tajribali, dono odamsan. Dardimni senga yormasam, kimga yoraman… – Közini osmondan uzmay, xuddi yulduz­larga aytayotgandek, dilidagini tiliga köçirdi: – Ha, uni sevaman. Lekin bundan keyin nima qilişimni sira öylab körmadim. Sen mening qanday sevişimni bilasan. Şu paytgaça orqamdan ergaşib yurgan qança-qança xonzoda-yu poşşozoda xonimçalarga qiyo boqmadim. Yetti qişloqqa oğalik qilib yurgan Aşraf afandi kelib: “Qizim sening köyingda xasta böldi, kimliginggayam qarab ötirmayman, bolam örnida körib bağrimni oçaman. Faqat kelsang bas. Qizimni qutqar!..” – deb yolvorganida röyxuşlik bermadim. Yölimda davom etdim. Endi esa holimga boq, şu bir qöli yöq majruh qizni sevib ötiribman. Uni olib qoçib ketolmayman. Qolaversa, qiz ham meni sevarmiş. Buni ötgan kuni özi yiğlab aytib berdi. “Ke, uzoqlarga qoçib ketamiz”, desam, aççiq-aççiq kuldi-da: “Oğam, bir özingizga qarang-u, keyin menga qarang: men majruhman, tuşunyapsizmi? Menga sadaqan­giz kerakmas”, – dedi. “Menga qölingning örniga qalbingni bersang, şuning özi yetadi. Qalbning qadri bir qölnikiçalik ham emasmi?” – desam, yana yiğlay boşladi-da: “Bölmaydi. Meniyam tuşuning-da, axir, sizga öxşab tört muçam soğ emas, majruhman! Sizdan uyalaman, yuzim yerga qaraydi, meni andi­şaga qöymang. Yaxşisi, meni qöying. Otam­ning yonida qolaveray. Özingiz ham qaytib bu yoqlarga kelmang. Majruhligimni unuttirdingiz, şirin-şirin tuşlarimning sababçisi böldingiz, sizni umrimning oxirigaça unutmayman. Ammo meni işontirişga urinmang. Gapingiz çin bölsa, haqiqatdan ham sevsangiz, hoziroq bu yerlardan keting”, – dedi.

Atmaja çuqur xörsindi, közlarini yerga qadadi:

– Biz birga bölsak, ikkalamiz uçun ham azob. Oramizda anglaşilmas, böğiq bir havo aylanadi. Agar u menga könglini yorolmasa, erkalanolmasa, nigohlari doim “Nima uçun yoşligingni meni deb olovga otding, şunga arziymanmi?” deb tursa-yu, men nima qi­laman? Har gapimdan, har holimdan xafa qilib qöyaman-ku. Boşqa narsadan jahlim çiqsayam, unga tegib ketadi. Sevsam, unga açinayotgandek tuyilaman, quçoqlasam, qölining örni oğriydi… Bular şu tahlit davom etaveradi…

Nima qilişimni, oxiri nima bölişini sörama. Menda endi darmon yöq, aql yöq, faqat işq bor! Öq kabi tekkanini yerparçin qiladigan bir işq… Atmajangning endi qanotini qimirlatişgayam holi yöq!

Atmaja jimib qoldi. Oxirgi gaplarini şunçalik açinarli ohangda aytdiki, yana nimalarnidir söraşga, hatto tasalli berişga ham urinmadim. Bu ahvolida bir nima deb bölarmidi? Gapirsam ham, baribir quloğiga kirmaydi.

Uni suyab çodirga olib bordim. Oğayni, işlar yomonlaşgandan yomonlaşaverdi. Atmajaning ahvoli meni çöçitardi. Qöllaşga heç bir tadbir yöq. Hozirça bularni öz holiga qöyib, uyquga ketdim. Tuş köribman. Tuşimda azim çinor tagida quçoğini katta oçib, betoqat kutayotgan Atmajani va dudoqlarida sevinç öynoqlayotgan, yonoq­larida taʼrifi yöq qirmizilik bilan unga qarab yugurayotgan tegirmonçining qizini kördim. Ular bir-biriga endi yetdim deganida şakli nomaʼlum bir ğayrioddiy jism ikkisining orasiga tuşarmiş, çarxpalakdek gir-gir aylanib, kattargandan-kattarib, ularni ayirarmiş.

* * *

Kunlar şamol uçirayotgan bulutlar kabi bir-birini quvib ötaverdi. Biz esa bular böron oldi sukunat ekanini, oxirida muhaqqaq böron qöpajagini sezib turardik. Oldinda yuz berajak mudhiş bir voqeani hammaning köngli sezar, şu bois butun qavmning köngli alağda edi. Yoşi uluğ, tajribali lölilar özlari biladigan afsun-duolarni öqir, butun yaxşi-yu yomon ruhlarni Atmajaga yordamga çaqirişar edi. Atmaja kundan kunga çökib borar, közla­ridan nur qoçar edi. Er, xotin, yoş-u qari – barçamiz heç bir çora topolmasdik. Xuddi sarsari bir şamol öy-fikrlarimizni tag-tugi bilan supurib olib ketgandek, maʼyus va tadbirsiz qoldik.

* * *

Bir kuni Atmaja yonimga kelib ötirdi va şunday dedi:

– Bu oqşom tegirmonda çalaman. Qariya bilan ham kelişib qöydim.

Yomğir şivalayotgandi. Keçga borib, yaxşigina mezon yomğiri quyişi borgan sari aniq bölib borardi. Atmajaga jala quyişini aytmoqçi böluvdim:

– Tegirmonning içida çalaman, qariya bilan kelişdim!.. – deya oğzimdan gapimni ilib ketdi.

– Tegirmon keçasiyam işlaydi, şovqindayam çalaverasanmi? – deb söradim en­samni qotirib.

Atmaja ğalati iljaydi-da:

– Xotiring jam bölsin, – dedi, – klarnetni öşa şovqindayam sizlarga eşittirolaman. Nafasim hali quvvatdan qolmagan.

Yomğir keçga borib, haqiqatan ham, çelaklab quya boşladi. Tepaliklar ortidagi emanzor uzra izma-iz çaqmoq çaqar, yi­­rik-yirik tomçilar zaytun daraxtining qora barglariga urilib, ajoyib bir kuy hosil qilar edi.

* * *

Hammamiz tegirmonning içiga suqildik. Şiftda osiğliq ikki moyçiroq atrofga xira yoruğlik berib turar, havoda çarx, toşlar va tasmalardan kötarilayotgan ğubor şundoqqina uçib yurar edi. Toş, çarx, tasma va boşqa mexanizmlarning ovozi, tegirmon tomiga urilayotgan yomğir şarillaşi basma-bas gumburlayotgan momaqaldiroqqa qöşilib, yuraklarga ğulğula solardi.

Tegirmonçi bilan qizi devorga yaqin qöyilgan toş örindiqqa ötirişdi. Tebra­nayotgan çiroqlar qizning yuziga ajoyib soyalar solar, çehrasi dam qorayib, dam körinar edi.

Şovqinni bor böyiça bostirib, sohir bir kuy birdaniga yuksaldi. Atmaja tegirmonning qoronği çekkasiga ötirvolib, çalişni boşlagandi.

Oşna, men öşa payti tinglagan kuyni ölganimdan söng ham unutolmasam kerak.

Taşqarida böron turgan, şamol aççiq qamçisi bilan ğiştin devorni savalar, tegirmonga kiradigan taxta quvurçalardagi suv köpayib-toshib yerga tökilar edi. Tegirmon toşlari suvning quvvatidan jöşib-jöşib aylanar, zirillab aylanayotgan tasmalar şaqillar, bir-biriga boğlangan yoğoç ğildiraklar, xuddi közyoşi qilayotgandek, ğijirlar edi. Bularga hamohang gumburlayotgan momaqal­diroq ham hazillaşgandek, biroz dam olib, endi töxtadi deganimizda yana zabtiga olardi.

Olatasir yerda ötirvolib kuy çalayotgan Atmaja nigohini qizning ajabtovur bir parişonlik qotib qolgan közlaridan bir zum ham ayirmas edi. Oşna, u şunday çalardiki, buni tasvirlaşga til ojiz. U dam bizni erkalab, isitadigan tong quyoşidek, dam yerimizni quritib-qaqşatadigan, közlarimizni kör qiladigan qum böronidek, keyin esa yurakka sançilgan piçoq kabi nola qilar edi…

* * *

Kuy keskin uzildi. Razm solib  qarasam, Atmaja oyoqqa qalqibdi. Ikki-uç qadam yurib, klarnetni bir burçakka uloqtirdi. Hamma hayron, ökinçli nigohlar unga tikilib qolgan. Atmaja yuziga osilib tuşgan qop-qora kokillarini qöli bilan sidirib, orqaga taşladi. Kirtayib ketgan közlari bilan atrofga bir qur nazar solib çiqqaç, qizga tikildi, şu köyi birmunça vaqt qotib turdi.

Oşnajon, öşa lahzalar heç közimdan ketmaydi: taşqarida böron kuçaygan, devorga urilayotgan şamol tegirmonni uçirib ketadigandek. Tegirmon esa quturgan hayvon kabi tinmay irillar, sira töxtay demas edi. Atmajaning jussasi chiroqning xira yoruğida oldingidan kattarib qolgandek körinar edi. Nigohi haliyam qizga qadalgan.

Şu dam Atmajaning aft-angori çidab bölmas oğriqdan özgarib ketdi. Bundoq qarasak, öng yelkasining hilviragan terisi ostidan qon otilar, yuz-közi aralaş saçrar edi. Tişlari orasida ezilgan lablaridan qon qoçib, oqarib qolgandi. Lablari qaltirab, bir nimalar deyişga harakat qilar, ammo oğriqning zöridan yuzi bu­­rişib ketar edi.

Şu holida birpas turdi. Söngra qovoqlari sekin-sekin yumilib-yumilib, munkib ketdi. Öşa zahoti özini önglab oldi. Yana bir marta atrofga olazarak qaradi. Özini bu söngsiz oğriqlardan halos etadigan madad kutayotgandek edi göyo. Nihoyat ingrab yubordi. Gandiraklab tegirmonning narigi boşiga – yoğoç ğildirak va tasmalarning yoniga bordi. Bir nafas hammamiz toşdek qotdik. Söng özimizga kelar-kelmas orqasidan yugurdik… Hayhot, oşna, endi keç. Atmajaning kosasidan çiqib ketay deb turgan közlarida ğişt qolipdan köçdi, degan bir ifoda bor edi.

Öng qöli yöq, örnidan qon tizillab otilar edi. Yana bir ikki qadamdan keyin gandiraklab yiqildi.

[1] Atmaja – qirğiy (turk.)

1929

Sabohatdin ALI (1907 – 1948)

Taniqli turk yozuv­çisi. “Kuyujaklik Yusuf”, “Içimizdagi şayton”, “Möyna mantodagi Madonna” nomli romanlari, “Billur köşk”, “Ovoz”, “Yangi dunyo” kabi hikoyalar töplamlari maşhur.

 

Turk tilidan Ozodbek Ravşanov tarjimasi

 

“Yoşlik” / 2025 / 8

“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822

Obuna haqida

Izohlar

Hozirça izoh yöq. Birinçi bölib fikringizni yozing.

Siz nima deysiz?

Izoh tahririyat körib çiqqaç, eʼlon qilinadi.

Şu ruknda köp öqilganlar

Barçasi (164)