I
– …Bu bir paytlar haşar yöli bilan qurilgan yozgi klub edi: odamlar oqib keladigan hind kinolari qöyilardi (“Ayyorlikka qarşi makkorlik”mi, “Makkorlikka qarşi ayyorlik”mi degan kinodagi yarim-yalanğoç hind gözallarining jununvaş raqslarini jon-jahonini unutgan köyi, oğzi oçilib tomoşa qilayotgan Bektemir toğam nogoh alam bilan döppisini tizzasiga urgança “Eh! Mana hayot!..” deya hayqirib yuborgan joy bu). Söng bunaqa tomoşalar urfdan çiqib, ovul ahli uy-uyida şiğillatib video körişga ötgaç, bino huvillab qoldi. Şu mahallari qölida pul öynayotgan tadbirkorlardan biri öziça qaydadir “kim oşdi” savdosi uyuştiribdi-yu, klubni kepak bahosiga sotib olib qöyibdi.
Kutilmaganda qişloq zaminini titratib, “qulub” tomon şiddat bilan kelayotgan bahaybat buldozer, ikkita yuk maşinasi va öntaça mardikorni körganlaridan keyingina bu işbilarmon bandaning asl maqsadi binoni buzib, undan çiqqan materiallarni sotiş ekanidan xabar topgan ovul uluğlari töpolon kötarib yuborişdi: oppoq soqollari köksiga tuşgan keksalarning qançasi yölga çiqib ötirib olgan, yana qançasi hokimiyat tomon yörtgan…
Işqilib, hammasi yaxşilik bilan tugadi hisob: oşiğiç tarzdagi tekşiriş çoği auksion noqonuniy ötkazilganligi aniqlandi-yu, oldi-sotdi şartnomasi bekor qilindi; ustiga-ustak, amaldagi tartib-qoidaga köra sotib olingan obyektdan kamida beş yil mobaynida yuritib kelgan faoliyatiga mos ravişda foydalaniş ham majburiy ekan… Ammo çollar qattiq norozi bölişgan ekanmi, natijani kutişdan çarçab, kabinasida uxlab qolgan buldozer haydovçisi uyğonganida mutlaqo tuyqusdan çap tomonga tortilib qolgan jağini töğrilay olmadi – oğzi qiyşiq bölib qolaverdi…
Şundan keyin ança mahalgaça klubni xususiylaştirib oladigan mard topilmadi…
Vaqt ötaverdi, köp narsalar yoddan çiqdi va aloha yana qişloq markazidagi bino atrofida öralaşib yuradiganlar paydo bölib qolişdi. Şundaylardan bittasi tumanga yugurdi, viloyatga yugurdi, axiyri nurab borayotgan klubni amallab öziniki qilib oldi-yu, u yoq-bu yoğini tuzatgan böldi-da, uning örnida rosmana çoyxona oçdi.
Ovul aholisi soni ön mingdan oşardi. Buning ustiga, elçilik, kunda-kunora qişloqqa kamida beş-ön qönoq keladi; tuğilgan kunlaru muçal töylarini-ku, aytmasa ham böladi. Şungami, dastlabki kunlardan çoyxona manqallaridan kötarilgan quyuq tutun, arça çöğiga pişirilgan tandir kabob isi ança-munça kişini öziga bandi etdi-qöydi…
Ammo kattakon ovulda bir-biriga uzoqroq bölsa ham qarindoşligi yöq ikkita odamni topib bölarmidi! Sörida gerdayib ötirgan falonçini körgan pistonçi quyuq salom berib kirib kelaveradi, uçinçi hamqişloq ularni bosib ötib ketişga iymanadi: noiloj davraga kelib qöşiladi… Piyolalardagi “tentak suv” nöş etila borgan sayin esa saxiyligu mehribonçilikning, namoyişkorona oqibatning heç adoği körinmay qoladi… Inçunun, tez orada çoyxonaçining ikkita yoğ bosgan “qarz daftari” aji-buji yozuvlarga töldi, xolos; xarajatga yaraşa tuşumdan heç darak bölavermadi. Şörlik çoyxonaçining jon aççiğida “Nasiyaga berilmaydi!” deb nola qilişlari, hatto daraxtga “Otveçayu”ga xizmat qilinmaydi!” deb yozib qöyişlari allaqaçon sörilarni bölişib olib, özlariniki qilib olgan kunda-şunda ulfatlarga çivin çaqqançalik taʼsir qilmasdi: “Opkelaver, palonçining jiyani!.. Böling endi, böla!.. Obbo, ölar joydamisan bunça? Tölayman dedim-ku!.. Nima, yeb ketarmidim… Men senga begonamanmi?.. Otveçayu, akka!.. Temir daftaringga yozib qöyaver dedim-ku, böldi-da endi! Nima, şungayam qon çiqariş şartmi endi, a?..” Bularam kamday, hali SESdan kelişadi haqiqiy “temir daftar”ni qöltiqqa qisişib, hali “pojarniy”dan, hali soliqdan, hali tokdan…
Oxir-oqibat, kutilganiday, çoyxonaçi sindi. Öziyam önglanmaydigan bölib sindi-yov. Töğri, beçoraning kuçi beçoraga yetibdi, deganlariday, kasodga uçraşi oldidan çoyxonaçi pensiyaga çiqqanini jöralariga “yuvib” berayotgan Bektemir toğamni – nasiyaga, albatta, hisob-kitob keyin, pensiya olinganida böladi – gap bilan çaqib-çaqib oldi: “Erkakmisiz, aka!.. Mana, özingiz qarang daftarga, şu bilan uçinçi marta qarzga ötiribsiz! Insof ham kerak-da odamga!..” Bu daşnom nafsoniyatiga tekkan sobiq suvçi şartta örnidan turadi va şoşa-pişa piçoqlarni dasturxon ostiga yaşirayotgan jöralarining “hay-hay”laşlariga ham qaramasdan uyiga zipillab borib, söqimga boqilayotgan uç yaşarlik buqasini yetaklab keladi-da, ipini çoyxonaçiga tutadi: “Ma, ol, sen töy!” Çoyxonaçi nima qilardi, oladi-da: ungani hisob.
Şunday qilib, faoliyatini kattagina qarz bilan yakunlagan çoyxonaçi “Endi özimning ovulimda bir xasni u yoqdan bu yoqqa olib qöymayman!” deb qasam içadi va nimanidir isbotlaşga qattiq jahd qilgan ekanmi, bor-yöğini sotib bölsa ham, qöşni tuman markazida çoyxona oçadi-da, qisqa muddat içida tuzukkina foyda ham köra boşlaydi. Aytişlariça, ona qişloğidan borgan biror kişini körsa bas, çoyxonaçi şartta ğoyib bölib qolarkan, uning bezbet xodimlari esa nasiya-pasiyani tan olişmas, közlarini löq qilganlariça “Oldindan tölang” deb turaverişarkan…
Ha, mayli, bu gaplar öz yöliga.
Şundan keyin çoyxona uç-tört marta qöldan-qölga ötdi, ammo iş gurillab ketmadi. Axiyri binoning yarmini şu ovuldan çiqqan tadbirkor ayol sotib olib, tikuvçilik sexi taşkil etdi. Ayol balo ekan, “Seximda xotin-qizlar işlaydi, ularga begona odamlarning baqrayib qarab ötirişi töğri kelmaydi”, degan bahona bilan öziga tegişli qismni baland devor bilan tösib oldi. Natijada çoyxonaning bu qismi ğaribgina, şumşaygan joyga aylandi-qoldi. Rangi öçgan, qiyşaygan-singan sörilarda endi ovulning bekorçixöjalari ora-sira “xalfana” oş qilib ötirişar, boşqa paytlari esa uzzukun şoşqol surib, qarta öynaşar, “Biror qönoq kelib qolmasmikan” degan ilinj bilan sarğayib yöl qaraşardi.
II
Rosti, qişloqqa kelgan kezlarim çoyxonani çetlab ötişga urinaman. Ayniqsa, ikki marta öşa bekorçilarning qöliga tuşganimdan keyin yanada ehtiyotkor bölib qoldim, ovulga qoronğilik tuşganda yo tong saharda kirib kelişni odat qildim.
Biroq bu safar şu odatimga rioya qilolmadim…
Qişloqqa kökda saraton quyoşi qaynayotgan tol tuş mahali keldim. Borliq qizdirilgan tandirday yonayotgan bunaqa paytlari odam-ku odam, hatto quş-darrandalar, jonivorlar ham bir parça kölanka izlab qoladi, özini lohas sezib, çalajon ahvolda keç tuşişini, olovli şar ufqqa yonboşlab, şabada esa boşlaşini kutadi…
Şu işonç bilan katta yöldan qayrilib, çoyxona yonidan ötayotgan çoğim allaqaçon “tayyor” bölib ulgurgan bir emas, ikki kişi yölga gandiraklab çiqqanini kördim-u, beixtiyor tormozni bosdim. Bu nima degan gap, axir… Butun vujudim misday qizigan, ter şarros oqardi, köylagim badanimga çippa yopişib qolgan, közlarim açişadi. Şu ahvolda pastga tuşdim. Öşa, meni ikki marta aynan şu yerda qölga tuşirib, rosa xijolatga qöygan taniş çehralar…
Quçoqlaşib körişdik, göyoki bir-birlarimizni soğinib qolganmiz…
Ulfatlar meni içkariga sudraşdi. Kirmayam kör-çi, qirq yil “Bizni mensimadi!” deb sasib yurişar..
Sörida Bektemir toğam iljayibgina ötirgan ekan.
Duodan söng hol-ahvol söraşgan böldik. Eʼtibor berdim, davrada ötirganlardan biri sitilibgina çiqib ketdi. Könglim ğaş böldi, ammo buni sezdirmaslikka uringança, “oling-oling”lardan söng dasturxondagi qotib qolgan nondan bir tişlam oğzimga soldim.
Men şoşilardim.
Illo, hammasi yana ötgan gallardagi ssenariy asosida ketmoqda edi. Yaʼni, hozir bir piyoladan çoy, keyin… bir piyoladan may, söng, tabiiyki, meni bunday kutib olganlaridan boşim osmonga yetgan köyi “Keçqurun uyga ötinglar, bir bafurja gurunglaşamiz”, deyişim kerak; tabiiyki, ular buni çin dildan aytilayotgan iltimos sifatida qabul qilişadi va zimmalaridagi majburiyatlarini halol ado etgan köyi keç tuşar-tuşmas uyimizga uzun-qisqa bölib kirib borişadi…
Men şoşilardim… Ammo ulgurmadim. Boyagi çaqqon ulfat dökondan – öz-özidan ayon: “Toşkentdan kelayotgan mehmon şarafiga” nasiyaga olingan, axir, mehmon otangdan uluğ emasmi, bitta sassiq aroq nima bölibdi! – anavi böyning uzilgur “böyni uzun” bilan gazakka bir bölak yoğli kolbasa olib keldi.
“Ruldaman… Akamning yoniga borayapman, hidi çiqib tursa bölmaydi… Özi, içmayman…” qabiladiga bahona-sabablarim saraton otaşida qolgan muzday izsiz eridi-ketdi: bu ovuldoşlarim uçun piyolani çöqiştirmaslik, içmaslikdan ortiqroq haqoratning özi yöq edi: “Biz seni odam deb kutib olsak… boşimizga kötarsak… sen bölsang… Biz öqimaganmiz-da, a? Mensimaysan-da, a?.. Senga el, qarindoş-uruğ kerakmi, özi… Ey, bilib qöy, biz uçun sening şahardagi obrö-amaling bir tiyin, bizga sening oqibating kerak!.. Kerak bölsa… kerak bölsa…” va hokazo va hokazo.
Qizğin qadah sözidan söng noiloj aroqdan bir höpladim. U qaynab yotardi hisob… “Bu sake bölibdi”, deb qöydi ulfatlardan biri mamnun tarzda möylovini silarkan. Qarasam, men mutlaqo kutmaganda, hamon iljayibgina ötirgan toğam ham piyolani “oq” qilib qaytardi…
Yana bir bor uzr söragaç, böynimdagi qarzimni aytdim: hammani mehmondorçilikka çaqirdim. Ular guvillaşib rozi bölişdi.
Meni kuzatib çiqqan, taqir boşi terdan yaltirayotgan Bektemir toğam issiqdan harsillab-pişillagança kelasi yili kenjatoyi kollejni bitirişini, öşani öqişga joylaş kerakligini aytdi. Gapni qisqa qiliş uçun kömaklaşişga vaʼda berdim. Şu bilan qadrdon toğa-jiyanlarday quçoqlaşib, keçqurun körişişga vaʼdalaşgan köyi xayrlaşdik.
Uyga şoşdim…
Vaziyatni tuşuntirgandim, özi bir muddat öylanib qolgan akam: “Böpti, sen öylanma, mehmonxonaga ön beş-yigirma kişiga joy qilib qöyamiz, quyuq-suyuğam joyida böladi”, dedi va… közimni şamğalat qilgan köyi bozorga jönadi.
Hammamiz ham xom sut emgan bandamiz, şu kuni akamni ortiqça taşvişga qöyganimdan xijolat çekib, orqavoratdan sur qönoqlarning göriga ortiqçaroq ğişt qalab yuborgan ekanmanmi, işqilib, keçqurungi mehmondorçilik bölmadi, bezatilgan dasturxonimiz şunday qolib ketdi: çoyxonadan gandiraklayotganini bildirmaslikka uringança çiqib kelgan Bektemir toğam uyiga kelib, keçga qadar birpas mizğib oliş uçun çözilgan; darhaqiqat, uxlab qolgan-u, ammo qayta uyğonmagan…
III
Toğamni ertasi kuni peşinda çiqaradigan bölişdi.
Tong sahardan tön-döppi kiyib, bel boğladim, xeş-uruğ hassakaşlar qatorida “toğajonim”lab ovoz çiqarib turdim.
Kim biladi, balki yaqini çin dunyoga ketgan odam sal alamzadaroq böladimi, işqilib, safda turgan mahalimiz Bektemir toğamning yolğiz kuyovi, hammaga allaqanday sinçiklab-şubhalanib qaraydigan – baʼzan mana şu sinçkovligini oşkora namoyon etib lazzatlanadiganday tuyuladi u menga – harakatlari sustroq, toğam orqavoratdan “Kap-katta yöldayam siypalanib yuradi” deb taʼriflaydigan, viloyat markazidagi quriliş taşkilotlaridan birida prorab bölib işlaydigan, burnining çap yarmida ortiği bor Ortiğali menga öqrayib bir tikildi, ikki tikildi, baayni qaynotasi ketib, men qolganimdan norozidek. Bunga eʼtibor berib ham ötirganim yöq edi. Biroq çiday olmadi, şekilli, janozaga kelgan navbatdagi qarindoş bunaqa paytlari tilga olinadigan “Bandalik… Özi bergan özi oladi…” qabilidagi yupatişlarni aytayotgan mahal yonimizda ğöddayib turgan kuyov töppa-tösindan:
– E, otam baquvvat edi, hali köp yaşardi, asli u kişini mana şu kişilar öldirdi-da, – deya menga işora qilsa böladimi!
Qarindoş ikkalamiz dong qotib qoldik.
Şu payt bir guruh odamlar kelib qolişdi-yu, şu bilan bu gap yoddan çiqib ketganday böldi.
Har neçuk, kuyovning qaynotaga mehri bölakça bölgan, şekilli, degan tusmollarga ham bordim. Bu ğalatiroq tuyuldi özimga. Illo, hayotlik çoğlarida toğam Ortiğali haqida ançayin ijirğanibroq, keskinroq ohangda “Öziyam sovuq, söziyam sovuq, qiliğiyam sovuq” deb gapirganini bir neça bor eşitgandim. Qarang, toğamning şaharda şunday mehribon kuyovi bor ekan-u…
Özbekning maʼrakasi özingizga maʼlum… Taşvişlar bilan bölib, Ortiğalining daşnomi butkul yodimdan kötarilib ketibdi.
Ammo kuyov qurğur unutmagan ekan…
Toğamning “qirq”iga kelib, endi darvoza yoniga qöyilgan jömrakda qölimni yuvayotgandim, orqamdan kimdir vişillab qoldi:
– Mana, qotilning özi ham keldi.
Ögirildim. Uç qadamça narida Ortiğali kuyov menga çaqçayib qarab turardi, yonida özi tengi bir erkak, göyo bir tuki qilt etmasdan qançalab odamlarni böğizlab taşlagan aşaddiy jallodni körayotganday rangi quv öçgan holida menga baqrayib qolgan.
Bu endi haddan ortiq edi…
Ammo indamadim, içkariga kirdim.
Mullaning qarşisidagi örindiqda uç-tört kişi qatoridan joy olib, marhum haqiga duoyi fotiha qilayotgan mahalimiz bir narsani sezganday böldim: ança-munça kişi menga öqrayib-ğijinib tikilardi… Hattoki birdan öşşayib olgan mullaning özi ham bir neça bor menga yer ostidan yomon qarab qöydi…
Munosabat özgargani içkarida ham sezildi. Avvallari “poytaxtdan kelgan qönoq” sifatida majburlab-sudrab bölsa ham törga ötkazişardi, bu safar bir-ikki qisir “keling, keling”dan boşqa gap eşitmadim, örnim ham şundoqqina eşik yonida, poygakda böldi.
Aslida-ku, bunga eʼtibor ham bermasligim lozim edi. Axir, avvallari töy-maʼrakalarga el qatori, oddiygina odam bölib kelib-ketişni şunçalar istardim-ku. Endi bölsa… Xom sut emgan bandamiz-da, hatto şunaqa mahallari ham izzat-nafsimizning quliga aylanamiz…
Uyga yolğiz özim qaytdim…
Banogoh keyingi yillarda ovulda ötadigan har qanday maʼrakaga otamiz örniga ota bölib qolgan akam bilan birga borişimni eslab qoldim. Bugun esa nimagadir u kişi meni kutmay jönab qolgandi.
IV
Hardamxayolroq tarzda ötirgan akam bilan suhbatimiz qovuşmadi. Göyo u kişi mendan nimanidir söramoqçi bölardi-yu, ammo ikkilanardi.
Ortiğali sovuqning beöxşov qiliğini aytsammi-aytmasammi deb turgandim, xayriyat, akamning özi yorilib qoldi:
– Sen anavi kelganingda… çoyxonada… toğam bilan qöşilişib içganmiding?
Gap qaysi kelganim haqida ketayotganini darrov tuşundim, şuning uçun birga içganimizni tan oldim, özimning höplab qöyganimniyu, Bektemir toğamning piyolani “oq” qilib taşlaganini ham esladim.
Akam sönggi umidi puçga çiqqan odamday birdan böşaşib qoldi, afsus bilan boş çayqadi:
– E, attang…
– Nima gap özi, aka? Maʼrakada Ortiğali bir sassiq gap qildi…
– Er-xotin bu gapni ançadan beri qişloqda yoyib yurişibdi.
Muzlab ketdim:
– Sayyora-ya? Uni nima jin urdi?
Akam közlarini olib qoçdi:
– Har kimning otasi öziga aziz…
– Judayam yaxşi. Lekin uning otasini men öldirmadim-ku?
– Ortiğali oldimga keldi. “Ukangiz majburlab içirmaganida otam hoziram tirik yurardi”, deb daʼvo qildi.
– Daʼvo?
– Yöq, oçiqdan-oçiq, sudga beraman, demadi, lekin, bilasan, u yoziş-çizişni biladi, öqigan…
– Bu nima deganingiz? Axir, çoyxonada bizdan taşqari yana oltita odam bor edi… Hammasi körib turgandi. Ana, sörasin. Xolmat akadan, Rabbim böladan…
– Sörabdi. Bari birday “Biz içkarida nomiga, mehmonning hurmatiga bir qultumdan olgandik, keyin toğa-jiyan özlari köçada qança içişgan – buni bilmaymiz, lekin Bektemir aka taşqaridan böğriqib, qiynalib nafas olib qaytib keldi”, debdi…
– …
Miyamda sançiq turdi. Nafas oliş ham oğir edi…
Qişloqdan tong qoronğisida, heç kimga körinmasdan jönab ketdim. Xuddi öğriga yo böynida aybi bor odamga öxşab…
V
Ovulimizda odatda keksayib vafot etganlarning yil marosimi beş yoki yetti oydan keyin ötkazilardi: axir, qarindoş-uruğlarning marhum hurmati uçun töxtatib turgan töy-pöylari bor.
Akam xabar qildi: Bektemir toğamning yili beş oydan keyingi birinçi payşanbaga belgilanibdi. “Kelmasang bölmas”, dedi akam. “Albatta yetib boraman”, dedim men. Şu bilan gapimiz tugaganday edi. Biroq akam bir muddat ikkilanib, ğudranib turgaç, oxiri “Ertan-pertan bir kelib ket, maslahat bor”, deb qoldi.
“Yana nima böldi ekan?” degan öydan yuragim pökillagança şanba oqşomi ovulga yetib keldim. Bir piyola çoydan söng akam meni molxonaning qoronği xonasiga boşlab kirib, yaxşi niyatda, öğlining sunnat töyiga boqayotgan kattakon hökizga işora qildi:
– Şuni… toğamnikiga oborib ber… Harna yordam-da… Yiliga kamida olti yuzta odam keladi… Buning göşti… yetadi… Yetmay qolsa, bironta uloq söyişar…
Albatta, qarindoş-uruğlarning oğir kunlarda bir-birini qöllaşlari azaldan maʼlum. Biroq… töy-çi?
Akam meni gapirtirmadi:
– Boş omon bölsa, mol topiladi, uka… Harna, gap-sözning payi qirqilgani… Sen ketasan… Bu yerda biz qolamiz…
Men nodon şundagina akamning qay ahvolda yaşayotganligini his etdim… Darhaqiqat, men ketaman, akam qoladi… Töyga boradi, maʼrakaga boradi, kunda-kunora ğaddor Ortiğalining çağir közlariga duç keladi, xeş-uruğlarning piçingli, nafratli luqmalarini eşitadi; akamni turtkilaşadi, gap bilan öyib olişadi, ayollar unga eşittirib qarğanişadi, bolalar sökinib, toş otib qoçişadi; gap-gaştaklarda, mehmondorçiliklarda imo-işorali fisqu fasodlar qilişadi… Ö, ovuldoşlarim buni boplaşadi!.. Yana… “Ortiğali biror joyga yozib yubormasmikan…” degan doimiy vahima… Axir, kuyov xat-savodli, Toşkentday joylarda öqib kelgan… Özi yozmagan taqdirda ham bir nimalik bölib qoliş ilinjida unga örgatib turadiganlar qança… Ana, Xolmat qorovul, pensiyaga çiqqanidan söng qöşni tumanlik ikki bolali yesir xotinga uylangandi, bir-ikkita “zakunçi” ovuldoşlarining pişang berişi bilan xotinining oldingi erini qanaqadir “nafaqani neça yildan beri tölamay kelgan ekan” deb sudga berdi; xotinining uvvos solib yiğlaşlariga, nimalarnidir zör berib tuşuntirişlariga parvo qilmadi, “Hujjat yöq-ku”, deya bez bölib turib oldi. Sobiq er sudlaşib ötirişdan or qilganmi, işqilib, tanişidan yigirmata qöçqor berib yuboribdi. Yöq, ortida turgan odamlardan yaxşigina maslahatlar olgan Xolmat könmadi, “Yana önta bersin u nokas! Faqat qiltiriğidan emas, semiz-semizidan bölsin! Sağrini yaltirab tursin! Öttiz beş kilodan kam bölsa, olmayman! Özim tarozida tortib köraman!” deb turib oldi. Bu gal yuk maşinasida “nokas” sobiq erning özi keldi va indamasdan önta emas, yana yigirmata bördoqi qöçqor taşlab ketdi. Birdan qirq qöçqorli boyga aylanib, “Çöçqadan bir tuk-da”, degan ğalati hikmatni tilidan qöymay qolgan Xolmat öziga ariza bitib bergan “yozğuvçi”larga kelişilganidek ungan öljaning ön foizini emas, beş foizini bergani uçun ança mahalgaça ular bilan qirpiçoq bölib yurgani hisobga olinmasa, ana, yaşayapti gerdayib. Aytişlariça, umrida eşakdan boşqa köligi bölmagan sobiq qorovul endi oppoqqina “Neksiya”ni möljallab yurganmiş…
Keyinroq eşitib qoldim, tuman markazida bir alkaş ulfatlari bilan içib-içib, söng ikkinçi qavat balkonidan engaşib qayt qilayotgani mahal beton yölakka boşi bilan yiqilib tuşgan, “miyasining qatiği çiqib ketgan”, şu zahoti til tortmay ölgan. Ovulda kimdir hazillaşmoqçi bölganmi, adaşganmi yo atay şunaqa yöl tutganmi, işqilib, öşa davradagi ulfatlar orasida mening ham bölganligimni aytgan… Odamlar… odamlar bunga çippa-çin işonişgan… Öşa kunlari yurgan yölida ajal ekib yuradigan “kasofat” ukasi bois ne ahvolga tuşgan ekan şörlik akam… Akam şoşa-pişa tuman markaziga borib, haqiqatni oydinlaştirib keladi, ammo allaqaçon bölar iş bölib, böyoği köçgandi, inçunun, haqiqatni eşitadigan quloqlarni topiş mahol edi, ustiga-ustak, Ortiğalining yaqin bir jörasi mening şaharda – ol-a! – yaşirin aroq işlab çiqaradigan sexim borligidan xabardor ekan! Umuman, men “ölarday içib olgan bölsam ham” maşinani haydab ketaverarkanman, men yomonning kasri yaxşilarga urarkan. Ana yana bir isboti: aynan öşanda, yaʼnikim Bektemir toğam bilan köçada içganimda ham men tullak özim işlab çiqargan soxta aroğimdan olib kelgan ekanman, söng iz qoldirmaslik uçun, şişani maşinamga yaşirib qöygan ekanman, buni körganlar bor ekan…
Men… esladim… Öşanda, toğam bilan xayrlaşganimdan söng azbaroyi çanqab, tomoğim qaqrab ketganidan maşinaga ötirganimda orqa örindiqda yotgan baklaşkadagi gazsiz suvdan içgandim, keyin idişni joyiga otib yuborgandim…
Xullas, tong saharda hökizni yetaklab Bektemir toğamning uyiga bordim. Nazarimda, hamma tuşunmovçiliklar, dilxiraliklar şu bilan barham topadiganday edi (har qalay, yegan oğiz… uyalar). Iloyo, kelgan balolarning barisi şu közlari möltirab turgan begunoh tilsiz jonivorga ursin…
Rost, akamga jonim açiydi: özi jöjabirday jon. Ammo nima ham qilardim… Ovul örtasidagi tepalikka çiqib olib, “Toğamning ölimida mening aybim yöq, musulmonlar!” deb baqirolmayman, uyma-uy yurib, özimning begunohligimni aytib çiqolmayman, illo, har ikkala holda ham bunaqangi qiliğim menga nisbatan şubhani kuçaytiradi, xolos: “Bir balosi borki, ğimirlab qopti…” yoinki “Aybi bölmasa, şuytib qaltirab qolarmidi…” qabilidagi xulosalar urçib ketişi aniq…
Ovulda… hali qimirlamasidan burunoq yer tagidagi ilonni bilib oladiganlar bor ekan. Hamon yodimda: atrof endi sutday yorişa boşlagan mahal men hökizni yetaklab Bektemir akaning uyi yoniga keldim va qöllarini çaliştirgança darvozaga suyanib turgan Ortiğalini kördim. Töğriroği, kuyovni körişdan oldin uning yalang oyoğida salanglab turgan qizil rang yirtiq rezina şippagiga közim tuşdi…
Men töxtab, boş kötardim.
Ö, qarşimda alam va nafratdan battar qisilib ketgan, mazax va ğoliblik sururidan çaqnayotgan közlarni, halitdan intiqom oliş lazzatini tuygan holda pir-pir uçayotgan yupqa lablarni, ğoliblik naşidasidan lovillayotgan yuzni kördim. Bu banda… Ortiğali… allaqaçon özi, ehtimolki, töqib çiqargan ötrigiga, çöpçagiga mutaassiblarça işonib qolgan va endi dunyoning jami haqiqatlari Köhiqof toği misoli bosib kelgan taqdirda ham ularni tariqçalik inobatga olmaydigan johil kimsaga evrilgandi.
Ammo… çiqmagan jondan umid. Men qalt-qalt titragan köyi indamasdan hökizning ipini tutdim.
Lekin u… u… olmadi…
– Nega? – çinqirib yubordi yölga çiqqanlaridan beri miq etmasdan, haydovçining gaplarini diqqat bilan eşitib kelayotgan hamroh.
Haydovçi oğir söliş oldi.
Gapini davom ettirganida uning ovozi titrardi.
– Bilmadim… Uning bir oğiz “Otamni bir molga tengladingizmi?” degani esimda…
Ösal bölib ortimga qaytdim.
Buni eşitgan akam tipirçilab, vahimaga tuşib qoldi va, nazarimda, birinçi marta menga şubhalanib qaradi. Yöq, hökizni oborganimga emas, aybsizligimga işonqiramay qaradi… Kim biladi, şörlik sodda akamning köngil qaʼriga ayni lahzalarda ne öy-gumonlar ilonlari sudralib kirgan ekan…
Rangi battar qorayib ketgan akam dilidagini tiliga köçirmaslikni uddaladi va şoşa-pişa uyga kirib, taxlangan körpalar orasidan beş-ön dasta pul olib çiqdi-da, aniq esimda, ularni qora salafan xaltaçaga solib, qölimga tutqazdi:
– Buniyam qöşib ber… Arzimagan narsa, de… Gapir, jim turma… Yaxşi gapir… Kerak bölsa, yalin… Qarindoşmiz de. Yaxşi kunlaringda xizmatingni qilay de… Olişga köndir… Şunda yaxşi böladi… Hammamizga… Bor… Tez bor…
Men miyasi olib taşlangan qöy kabi garangsib yana toğamning uyiga yöl oldim.
Baayni qaytib kelişimni bilganday, Ortiğali yerdan ösib çiqqan qoya misoli öşa joyida qaqqayib turgan ekan.
Pulga hattoki qayrilib qaramagan, ojizona minğirlaşlarimni eşitib ötirmagan kuyov özining mağrurligidan özi tong qolgan köyi titrab-qaltirab sado berdi:
– Men… men otamni sotmayman, aka!
Ha, u aynan “otam” dedi. Oğzini töldirib aytdi.
Qani edi, uning şu tilini uzib olsam, söng orqasiga öxşatib bir tepsam…
Vaholanki, özim şunga öxşaş ahvolda uyga qaytmoqdaydim.
Hali aytdim, şekilli, odamlar hali ilon qimirlamasidan burun uning öralib yotgan joyiniyu, nimani qöriqlab yotganidan to qaçon qimirlab qöyişiga qadar aniq-tiniq bilib turişadi, deb. Mening misolimda ham şunday böldi.
Oradan bir oş pişgulik fursat yo ötdi, yo ötmadi, işqilib, yarim ovul mening bitta oyoğida zörğa turgan oriq-tiriq ğunajin va bir yaşik aroq bermaydigan darajada arzimagan aqça bilan – “nosvoy puli-ya!” deyişardi bu gapni boşqalarga oşiğiç tarzda yetkazayotganlar nafratlanib – kuyovni sotib olişga uringanimdanu, qaynotasiga bemisl sadoqatli kuyov meni oldiga solib haydaganidan voqif bölib ulgurdi. Bunday harakatning talqini esa bitta böladi: “Aybdor!”… Va bunday hukmga qarşi kuraşişning, uning dahşatli, aql bovar qilmas darajada ulkan qudratini, mahobatini asta-sekinlik bilan susaytirib borişning, yemirişning yöli ham yagona böladi: bet terisini iloji boriça qalin qilib olişu, heç narsa bölmaganday el-yurtga aralaşib yuraveriş, gapirsalar, özingni eşitmaganga oliş, nuqisalar, özingni sezmaganday tutiş, quloğing tagiga kelib baqirsalar, gap nima haqida ketayotganini tuşunmayotganday özingni anqovlikka soliş; eng muhimi, yakkamoxov bölib qolmaslik, eldan ajralmaslik; qolganiga çidasa böladi. Ayniqsa, ovulda akang, ikki singling bola-çaqasi bilan yaşab turganida özgaçaroq yölni tanlaş imkoniyatining özi bölmaydi, bölişi ham mutlaqo mumkin emas…
Va men şunday yöl tutdim…
VI
Haydovçi hamrohiga qarab siniq jilmaydi.
– Oldinlari akam oyda bir-ikki marta qönğiroq qilib turardi: “Uka, ertaga falonçining janozasi… Imkoning bölsa kelib ket” yoki “Falon kuni piston qarindoşimizning töyi. Vaqting bölsa bir körinib qöy”.
Öşa voqeadan söng esa… akamning iltimoslari… qatʼiylaşdi: “Kelmasang bölmaydi-yov… Odamlar nima deb öylaydi…”
Odamlarning nima deb öylaşi esa ayon edi: “Bir balosi borki, qoçib yuribdi… Beti qora-da, beti qora…”
Aynan şunday emasligini isbotlaş uçun ham ovulda tutun çiqsayam erinmasdan borib turdim… Çoyxonani çetlab ötib, albatta… Umrimning yarmi yölda ötayotganday edi, öziyam…
Gap-sözlardan, özimni soddalikka olib sörab-suriştirişlardan söng bilib oldim: öşa kuni toğam ulfatlari bilan ertalabdan ikkita nahorgi oşga borgan, qöy göştidan tayyorlangan, qaziyam qöşilgan oşdan yegan, çoynakda olib kelingan aroqdan içgan, çoşgohga yaqin qöşni qişloqda armiyada birga xizmat qilgan tanişining yubileyigayam kirib çiqqan, ayonki, bu yerdayam “yuz-yuz” bölgan, moyi çakillab tomib turgan tandir kabobdan bosib yeyilgan… Saraton otaşida-ya!.. Qon bosimi bor odam-a!..
Endi, pensiyaga çiqqanidan içişni butunlay taşlab yuborgan toğamning öşa kuni tuyqusdan nega yana aroq töla piyolaga qöl çözgani sababiga kelsak, buni heç kim aniq bilmasdi; kimdir “Özi, kayfiyati yöqroq edi”, dedi; boşqasi “Uydagi ğidi-bidilar joniga tekkan”, degan taxminini aytdi… Ajal-da, ajal… Biroq Ortiğali kuyovning bu boradagi qatʼiy fikri allaqaçon ovulga yoyilib, köplar uçun şak-şubhasiz haqiqat sifatida jaranglayotgani ham bor gap edi: “Şörlik “Oling!” deb turgan tus jiyanining qölini qaytarolmagan-da… Mehmonni izzat qilgan-da, beçora… Bölmasa-ku, şunday baquvvat odam, hali ança yaşardi-ya…”
Töy-maʼrakalarga boşimni egib borib, şu holimda qaytardim. Ança-munça hamqişloğing – e, xudo, ular orasida xotin-xalaj va… bolalar ham bor edi! – ortingdan öqrayib, hattoki nafrat bilan qarab turganini his etişdan ortiqroq azob bormi odam uçun… Bunaqa mahallari “dod” deb yuborişdan özingni bazör tiyasan, tişlaringni bir-biriga şu qadar mahkam bosasanki, “qirs” etib singanini qonga qöşib içingga yutasan: tupursang, şuni ham gap qilib yuborişadi, axir…
Kelasi yili yoz böyi behuda yöl qaraganim, bekorga Ortiğalining oğzini poylaganim qoldi: kuyov kollejni bitirgan qaynisini öqişga olib kelmadi. Heç bölmasa, şu bolakayga imkonim darajasida kömaklaşib, murosa-madora söqmoğini qisqartirmoqçiydim, şuyam bölmadi…
Bir-bir yarim yil içida qişloqning şu qadar köp töy-maʼrakalari, turli katta-kiçik tadbirlariga qatnaşib, maşinamni ayamasdan şu qadar astoydil xizmat qildimki, endi keyingilarining birortasiga bormay qolişim ğalatiroq tuyulişi turgan gap edi. Axir, kelgan qönoqlarni çötga solişni xuş köradigan kimlarningdir “Xöş, nega endi falonçi-pistonçinikiga yetib kelgan odam bizni mirlamadi? Bu yerda bir gap bor…” deb qolişlari aniq. Bunday araz odatda vaqtning omonat körpasi yopilgan eski gina-keklarni oça boşlaşga olib keladi. Bu esa menga kerak emasdi…
– Öşanda… ön yilça bölib qoldi-yov, a… şuning uçun institutdan ketgan ekansiz-da? – deb sörab qoldi hamroh.
Haydovçi boş irğadi:
– Ketmasam ham bölmasdi. Axir, ikki kemaning boşini uşlab bölmasdi, bittasini tanlaşim kerak edi…
Lekin, şukr, yomon bölmadim. Bir sutka qorovullik qilib, ikki sutka dam oladigan böldim. Bekor kunlarim taksiçilik qilaman, tuzukkina soqqa tuşib turadi. Işimning özimga eng maʼqul tomoni – çaqirib qolişsa bas, istagan vaqtim biror qorovul bilan smenamni almaşaman-da, qişloqqa ketvoraman. Axir, bunaqa işni kunduzi çiroq yoqib ham topib bölmaydi. Töğrimi?
Hamroh nimagadir bu savolga javob qaytarmadi, buning örniga yana söradi:
– Işqilib, ovulingizda hammaning könglini ololdingizmi?
Şu savolni kutib turgan ekanmi, haydovçi yaşnab ketdi:
– Hammaning! Hammaning! Mayli, maqtaniş bölmasin, deyarli hammaning!.. – söng baribir çiday olmadi, şekilli, oşkora maqtandi: – Ötgan yili töy qildim. Katta restoranda. Qişloqdan uç avtobus odam keldi! Uç avtobus-a! Öziyam, terimga siğmay quvondim. Bir odamning obröyi bölsa şunça bölar-da. Töğrimi, jöra?
– …
Yöldan köz uzmay ketayotgan haydovçi battar hovliqib, lab-lunjini yiğiştirolmay qoldi:
– Hozir bir gap aytaman, işonmaysiz! Bilasizmi, töyimga kim keldi? Ortiğali! Ha, xuddi özi!.. Töğri, öşşayib ötirdi, lekin baribir keldi-ku! Keldi-ku! Dasturxonimdan bir töğram bölsayam non yedi-ku. Tuzimdan totdi-ku! Ana oqibatning kuçi! Bölmasa, ostonamga tupurib ketadigan odam… Şuyam keldi-ya!.. Eng asosiysi esa, men bir umr böynimda qolişi mumkin bölgan, nafaqat özimga, qişloqdagi yaqinlarimga, jigarlarimga zarar yetkazişi aniq bölgan “qotil” tamğasidan qutulib qoldim… Endi heç kim menga, jigarlarimga barmoğini bigiz qilib körsatolmaydi!.. Heç kim!… Xeç kim!.. Qoyilmisiz, jöra?..
Közlari çaqnay boşlagan, örindiğida sakrab-sakrab ketayotgan haydovçi har qança şodlanmasin, hamroh neçukdir unga qoyil qolişga şoşilmasdi.
Bunga sayin haydovçining çakagi tinmasdi:
– Institutdan esa juda vaqtida ketgan ekanman, jöra. Bölmasa, haliyam yurardim…
Haydovçi jumlasini “sizga öxşab” deb tugatmadi, ammo maʼnodor köz taşlab qöyişidan nima demoqçiligi şundoqqina ayon bölib qoldi…
Buni tuşungan hamroh kulimsirab qöydi-da, yana söradi:
– Esingizdami, endi iş boşlaganimizda Aziz Nesinning bir hikoyasini öqigandik. Bir kişi “Agar paşşalar bölmaganida edi, katta yozuvçi bölib ketardim”, deb şikoyat qilarmidi-yey…
Haydovçi baralla kulib yubordi:
– Voy pismiğ-ey, haliyam esingizda ekan-da… Eh, u davrlar…
– Siz öşanda… boşqaça… jöşqin edingiz. “Qönğizga arpa bahona ekan-da. Masalan, bizning ijod qilişimizga paşşa tugul, qonsörar çivinlaru sönalar, çayonlaru ilonlar, suvaraklaru kalamuşlar, jazirama issiğu qahraton sovuqlar xalaqit berolmaydi, çunki biz toblanganmiz”, degandingiz. Esingizdami?
Haydovçi boş qaşlab, bir muddat öylanib qoldi:
– Şunaqa deganmidim? Aytsam aytgandirman. Endi, u paytlar ança ğör bölganmiz-da, hayot nimaligini bilmaganmiz…
Hamroh haydovçiga sinçkov tikildi:
– Gapingizning davomi ham bor edi.
Haydovçi birdan jiddiy tortdi:
– Esimda. “Bizni paşşa-çivinlar, çayon-ilonlar, suvarak-kalamuşlar, issiq-sovuqlar yengolmaydi, lekin baʼzi bir könikmaga aylangan odatlar yengib qöyişi mumkin”, degandim… Eʼtiboringiz uçun, bu sof nazariy mulohaza edi…
Maşina içiga jimlik çökdi.
Nihoyat haydovçi çidab turolmadi, portladi:
– Töğri-da, insonning yaşaşdan maqsadi birovlarning könglini ovlaş, xursand etiş emasmi? Hazrat Navoiyni eslang: “Kimki bir köngli buzuğning xotirin şod aylagay, Onça borkim, Kaʼba vayron bölsa obod aylagay…” Men bundan orttirib nima deya olaman?
Öpkasini töldirib çuqur nafas olgan haydovçi gapida davom etdi:
– Çöntagimda röyxat bor… Şu oyda qişloğimning özida borişim şart bölgan töy-maʼrakalarni belgilab qöyganman. Ön töqqizta. Töqqiztasiga borib keldim, böynimdagi qarzimni ado etdim. Bularga har oyda rejadan taşqari beş-oltita tadbir albatta qöşiladi. Boya aytdim-ku, ularda ham bir körinib qöymasam, notöğri tuşunişlari mumkin… Bularga xotin tomonning, bojalarning, quda-andalarning borişim majburiy bölgan tadbirlarini qöşing. Oyiga bir marta yor-birodarlar bilan “gap” yeb turamiz. Sobiq sinfdoşlar bilan ham bir oyda bir marta albatta uçraşamiz. Ular bilan oş yeb, söng töy-maʼrakasiga bormasam, yana bölmaydi, axir. Bu yoqda kursdoşlar, mahalladoşlar bilan oş… Oyda bir hamkasb qorovullar bilan çoyxonaga çiqamiz… Orada taksiçi hamkasblar ham çaqirib turişadi… Agarda siz bilan “Ilm qilaman! Dunyoni ostin-ustun qilib taşlayman” degan romantik xayollar oğuşida institutda yetaklaşib yurganimda edi, bularning barisiga qaçon ulgurardim, a? Qaçon?.. Axir, mehr közda, oqibat esa tez-tez körişib turişda, jöra…
– Şu… şu bugungi hayotingiz özingizga yoqadimi?
Haydovçi bu savolga yengidan olib yoqasiga yopiştirar darajada juda tez javob qaytardi:
– Ming qatla şukr… Qornim töq, ustim but, bola-çaqam, uyim, maşinam, obrö-eʼtiborim bor… Bir odamga bundan ortiq nima kerak yana?
Endi hamroh öylanib qoldi…
Haydovçi özini majburlab kulimsiradi:
– Jöra, maşinaga çiqqaningizdan beri nuqul men gapiraman. Sizam yoriling-da bundoq. Nima işlar qilyapsiz? Dabdurustdan meni yöqlab qopsiz, ovozingizni eşitib boşim osmonga yetdi. Nasib qilsa, endi tez-tez körişib turamiz, oşlarga birga boramiz. Buni qarang, xuddi buyurtma qilinganday, keyingi hafta kursdoşlarning gapi edi-ya… Öziyam, zör çoyxona-da, oşining guruçlari örmalab ketadi. Hamma yoq salqin, tepadan suv çakillab tomib turadi. Ulfatlaram zör, odamning joni…
Hamroh siniq kulimsirab, haydovçining gapini böldi:
– Jöra. Tört yildan beri çet eldaydim. Ötgan hafta keldim, özi…
Haydovçi şoşa-pişa hamrohning gapini böldi:
– Unda yanayam yaxşi. Rosa soğingandirsiz özimizning çoyxona palovni.
Hamroh boş çayqadi:
– Unçalikmas…
– “Grin-karta” yutib bordingizmi?
Hamroh bu gal sal şoşibroq boş çayqadi:
– Yöq, işladim.
– Restorandami?
– Universitetda.
Haydovçi sergak tortdi, hamrohga diqqat bilan qaradi, söng qandaydir çöçib, arang söray oldi:
– Öşa… mavzumi?
– Ha, öşa, siz qöl siltab ketgan mavzu… Institutimiz jurnalining oxirgi sonini öqidingizmi?
– …
– Sizni izlab topganimning sababi, özingiz bilgan professor Madel bilan birgalikda qilgan tadqiqotlarimiz xalqaro tanlovda birinçi örinni oldi. Ançagina pul berişdi. Mukofotning menga tegişli qismining yarmini sizga ajratdim. Ğoya muallifi sifatida bunga haqlisiz… – Hamroh orqa örindiqqa taşlab qöygan kiçikroq diplomatga işora qildi. – Bu sizga. Şu bilan… şu bilan oramiz oçiq…
– …
– Men şu yerda tuşib qolaman.
Maşina ilmiy-tekşiriş instituti binosi yonida töxtadi.
– Xayr, jöra.
Haydovçi hamrohga merovsirab qaradi, bir nimani öylagani holda boşqa narsani gapirdi:
– Ötgan hafta kelgan bölsang… qişloğingga bordingmi… Kerak bölsa özim oborib kelardim…
Hamroh bir joyi oğrib ketgandek, quyi labini mahkam tişladi. Söng özini majburlab bölsa-da kulimsiradi, ammo bu qandaydir açiniş aralaş siniq kulimsiraş edi:
– Rahmat, borib keldim, jöra. Bir oqşom ota-onamning yonida böldim. Yetadi… Professor izlanişni davom ettiramiz, bu Nobelga arziydigan kaşfiyot, deyapti…
– …
– Ertaga uçib ketyapman. Omon böl…
Hamroh maşinadan tuşdi va ortiga bir bor ögirilib ham qaramasdan, yengil qadamlar bilan institut eşigidan içkariga kirib ketdi.
Haydovçi heç narsa körmayotgan közlarini uzoq vaqt şu eşikka tikib qoldi… Axiyri sal öziga kelganday böldi, entikib, xörsiniq aralaş çuqur nafas oldi, maşinani orqaga qayirdi, nimadir yodiga tuşganday şoşib çöntagini kavladi, bir varaq qoğozga kompyuterda bitilgan çiroyli röyxatni oldi. Darhaqiqat, ön töqqiz banddan iborat röyxatning töqqiztasi qizil ruçkada öçirilgandi.
Haydovçi röyxatni yana bir bor diqqat bilan qarab çiqdi, söng gazni bosdi va maşinasini qişloği tomon uçirib ketdi…
Namozşom palla, ovulga yaqinlaşgan sayin haydovçi köksini alamli armonmi, iztirobli qömsaşgami öxşaş nedir oğuli tuyğu kuydirib-yondirib örtayotganini kuçliroq his qilaverdi… Bunga toqat qiliş tobora muşkullaşib borardi… Nihoyat banogoh közlaridan tirqirab yoş otilib ketgan haydovçi çidab tura olmadi: şaxd bilan maşinasi rulini keskin yonboşga burarkan, baayni yarador böri yoxud qonli jinoyatga qöl urib bölgan, endi yurakni örtab, hayotini ostin-ustun qilib yuborayotgan puşmonlik azobida qovrilayotgan qotil misoli uvillab yubordi…
Abduqayum YÖLDOŞ
1962-yili tuğilgan.
Toşkent politexnika instituti (hozirgi texnika universiteti)ni tamomlagan. “Qaro közim. “Şayx ur-rais”, “Sunbulaning ilk şanbasi”, “Timsohning köz yoşlari”, “Parvoz”, “Bir tun va bir umr”, “Alvido, gözallik”, “Katta öyin”, “Puankare” kabi kitoblari naşr etilgan.
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida


