(Hikoya)
U kirib kelgunça, çekuvçilar uçun möljallangan kupeda yolğiz özim ötirgandim. Möynali uzun palto kiygan, ellik dollarlik çamadon kötarib olgan edi. Qölidagi çamadonini örindiqqa qöyganidan söng menga közi tuşdi.
– Xöş, xöş, xöş! – dedi u va xuddi bir nimani eslagandek yuzi çaraqlab ketdi.
– Xöş, xöş, – takrorladim men.
– Yo Parvardigor, – dedi u, qölimni qattiq siqib silkitarkan, – seni yana uçrataman deb kim öylabdi deysan.
“Çindan ham, kim?” – öyladim men ham. U menga yanada diqqat bilan tikildi.
– Zarraça ham özgarmabsan, – dedi u şundan söng.
– Sen ham, – javob berdim men çin dildan.
– Sal tölişibsan, – dedi u tanqid ohangida.
– Ha, salgina, – tasdiqladim men, – biroq sen ham ozmabsan.
Men bu gapni ortiqça taʼnadan qutuliş uçun aytdim.
– Umuman olganda, – davom etdim men dadil va qatʼiy ohangda, – körinişing öşa-öşa, xuddi oldingidek.
Lekin bu odamning kimligini bilolmay boşim qotardi. Men uni umuman tanimasdim. Zarraça ham eslolmayman. Bu bilan xotiram pand beryapti demoqçi emasman. Aksinça, xotiram juda yaxşi. Töğri, odamlarning ismini eslaşim qiyin. Baʼzan şunday ham böladiki, kimlarningdir yuz tuzilişini eslolmayman, gohida ularning taşqi körinişi, qanday kiyimdaligini unutib qöyaman. Biroq, bu mayda-çuyda kamçiliklarimga qaramasdan men heç qaçon, heç kimni butunlay unutib yubormayman va bu bilan faxrlanaman. Agar men qaçondir kimningdir ismi yoki yuz tuzilişini unutib qöysam, bunday vaziyatda özimni qanday qölga olişni yaxşi bilaman. Bunday hollarda odamdan faqatgina sovuqqonlik, topqirlik talab qilinadi. Şundagina hammasi ğoyat silliq keçadi.
Qadrdonim örindiqqa joylaşib oldi.
– Ança paytdan beri körişmadik, – dedi u.
– Töğri, ança böldi, – takrorladim men tuşkun ohangda. Bu ayriliqdan men ham qiynalayotganimni u ham bilişini istaganim uçun şunday qildim.
– Vaqt juda ham tez ötib ketdi.
– Ha, xuddi çaqin kabi, – tez qöşib qöydim men xuşçaqçaqlik bilan.
– Qiziq, – dedi u, – umr şunçalar tez ötib ketarkan, hayot yöllarimizda döstlarimizni yöqotarkanmiz, dunyo umuman boşqaça tusga kirarkan. Men bu haqda juda köp öylayman. Baʼzida bir narsadan juda ajablanaman, – davom etdi u, – bizning eski kompaniyamiz qayoqqa tarqab ketdi?
– Meni ham xuddi şu narsa öylantiradi, – dedim men. Xaqiqatan ham, ayni paytda şu haqda boş qotirardim. Agar kimdir tösatdan “eski kompaniyamiz”, “bizning yigitlar” yoki “olomon” haqida eslab qolgudek bölsa, men hamişa vaziyatdan çiqib ketiş yölini topardim. Şu orqali öşa odamning kimligini bilib oliş imkoniyati paydo bölardi.
– Eski joyimizga heç qaytib bordingmi? – söradi u.
– Biron marta ham bormadim, – dedim men qatʼiy işonç bilan. Şunaqa javob berişim juda şart edi. Men ana şu “eski joy”ni to men uning qayerdaligini eslamagunimça, suhbatimizga yölatmaslikni xohlardim.
– Eʼtiboring uçun, – davom ettirdi u, aslida bu istakning özi senda bölmagan.
– Ha, şunday, – deb javob berdim men sekingina.
– Tuşundim. Keçirasan, – dedi u va biz bir muddat jim qoldik.
Şunday qilib men birinçi oçkoni qölga kiritdim. Tuşundimki, men borişni unçalik ham xohlamayotgan öşa “eski joy” qayerdadir bor. Bu qanaqadir bino bölsa kerak.
Köp ötmay u yana gap boşladi.
– Ha, – dedi u, – baʼzan eski yigitlar bilan körişib qolaman va ular ayni paytda sen nimalar bilan bandliging haqida qiziqişadi.
“Beçoralar” – öyladim men, biroq buni ovoz çiqarib aytmadim.
Şu yerda men qatʼiy zarba beriş fursati yetganligini tuşundim. Şunga öxşaş vaziyatlarda foydalanadigan uslubimni qölladim. Qörqmasdan raqibimga nisbatan hujumga ötdim.
– Ayt-çi, – dedim men, – Billi qayerda? Sen u haqida biron narsa bilmaysanmi?
Bu eng xatarsiz yöl edi. Çunki har bir eski tödada Billi bölişi aniq.
– Albatta, – deb javob berdi mening qadrdonim, – bölmasam-çi, Billi ayni paytda Montanadagi dala hovlisida. Men uni şu yil bahorda Çikagoda körgandim. U taxminan 200 funtga egalik qiladi, sen uni tanimagan bölarding.
– Albatta, taniyolmagan bölardim, – minğirlab qöydim men öz özimga. – Pit-çi, u qayerda? – söradim men. Çunki Pit ismlilar hamma joyda uçraydi.
– Billining akasini aytyapsanmi? – dedi u.
– Ha, ha, Billining akasi Pitni, men uni tez tez eslab turaman.
– O-o-o, – javob berdi notaniş kişi, – Keksa Pit oldingidaymas, u mutlaqo özgargan…
Şu yerga kelganida u qiqirlab kula boşladi…
– Hozir u oilali, uylangan.
– Men bir neça bor senga xat ham yozmoqçi böldim, – dedi u ovozini pasaytirib maxfiy ohangda, – ayniqsa, sening boşingga tuşgan yöqotiş haqida eşitganimdan söng.
Men jim bölib qoldim. Men nimani yöqotdim? Pulmi? Agar şunday bölsa, qança miqdorda? Nimaga yöqotdim? Qiziq, bu yöqotiş meni butunlay xonavayron qildimi yoki qismanmi?
– Bunaqa yöqotişdan keyin odam özini heç qaçon önglab ololmaydi, – davom etdi u tantanavor ohangda.
Şubhasiz, men butunlay tamom bölibman. Biroq men heç narsa demadim, jim turib uning şijoati pasayişini kutdim.
– Ha, – davom etdi notaniş kimsa, – Ölim oğir judolik.
Ölim! Oh, hali şunaqamidi, şunaqamidi? Men quvonganimdan sakrab yuboray dedim. Endi buyoği xamirdan qil suğurgandek silliq ketadi. Suhbat öz iziga tuşdi. Endi faqat to kim ölganligini aniqlagunça jim ötirib kutiş lozim.
– Töğri, – minğirladim men, – judayam oğir, albatta. Lekin bu – hayot, qölimizdan nima ham kelardi…
– Töğri aytasan, ayniqsa bunaqa yoşda.
– Sen haqsan, bunaqa yoşda va bunaqangi hayotdan söng…
– To sönggi daqiqagaça soğlom va şijoat bilan, nazarimda… – davom etdi u hamdardlik bilan.
– Ha, – dedim men, – to sönggi nafasigaça birovga oğirligi tuşmadi. Öz özini idora qila oldi. Örnidan turib-ötirib sigaret çekardi.
– Nima? – söradi u taajjub bilan. – Buvingni aytyapsanmi?
Buvim! Mana gap qayoqda ekan!
– Keçirasan, – dedim öz ahmoqligimdan uyalib. – Çekadi, deganimda uning sigaret tutunini yaxşi körişini nazarda tutgandim. Bilasanmi, u yana nimani yaxşi körardi, kimdir uning yonida ötirib sigaret çekişini va ovoz çiqarib kitob öqişini. Faqat ana şu bilangina u tinçlanardi.
Bu gapni aytayotib men poyezdning pişqirib, taqa-taqlab yurib signal çalganini va tezlikni pasaytirayotganini eşitdim, biz navbatdagi stansiyada töxtaşga hozirlik körayotgan edik.
Şerigim şoşilgança oynadan taşqariga qaradi.
Uning yuzida hayajon aks etardi.
– Oh, xudoyim-yey! – dedi u. – Axir, bu umuman boşqa stansiya-ku. Men ötib ketibman. Men bundan oldingisida tuşib qolişim kerak edi. Ey, provodnik! – baqirdi u koridorga çiqib:
– Bu yerda qança turamiz?
– Ikki daqiqa, – javob berdi u. – Poyezd ozgina keçikib keldi, manzilga öz vaqtida yetib olişimiz uçun tezroq jönashimiz kerak.
Endi mening döstim çamadoni oldiga keldi, çöntagidan bir dasta kalitni çiqardi va goh u-goh bu kalit bilan uni oçişga urina boşladi.
– Telegramma berişga töğri keladiganga öxşaydi. Nima qilişga ham hayronman, – tönğilladi u. – Padariga ming laʼnat bu qulfning. Hamma pullarim şu çamadonda edi.
Endi men uning bu stansiyadan ham ötib ketib qolişidan xavotirlana boşladim.
– Ol, – dedim men çöntagimdan bir oz pul çiqarib, qulfni oçaman deb özingni qiynab yurma.
– Rahmat, – dedi u qölimdan bor pulimni sidirib olayotib (u qattiq hayajonda edi), – Faqat ulgursam böldi.
U vagondan sakrab tuşdi. Men oynadan uning kutiş zali böylab ketib borayotganini körib turardim. U sira ham şoşilmayotgandek tuyuldi. Men kuta boşladim.
Provodnik baqira boşladi:
– Vagonga! Vagonga!
Uçinçi marta signal çalingaç, vişillab buğ çiqargança poyezd joyidan siljidi.
“Ahmoq!” – öyladim men. Keçikdi! Örindiqda esa uning ellik dollarlik çamadoni yotardi.
Men ançagaça kutdim, har zamonda derazadan ortga qarab-qarab qöyarkanman öşa kimsaning kimligiga qiziqardim.
Tösatdan men yana provodnikning ovozini eşitdim. Menimça, u koridor böylab kimnidir yetaklab yurardi.
– Men hamma vagonlarni qarab çiqdim, janob, – dedi u.
Men uni anavi yerda, xotinim ötirgan kupeda qoldirgandim, dedi jahldor ovoz bilan kimdir va yaxşi kiyingan odam men ötirgan kupega boş suqdi.
Keyin uning yuzi xursandçilikdan yorişib ketdi. Lekin bu tabassum menga atalmagandi. U ellik dollarlik çamadon uçun edi.
– Eh, mana-ku, bu yerda ekan, – baqirdi u çamadonni kötarayotib.
Men esa dahşatdan özimni divanga otdim. Eski kompaniya! Pitning uylanişi! Buvimning ölimi! Yo Tangrim! Mening pullarim! Endi hammasi kundek ravşan.
Ahmoq!
Yöq, agar yana bir marta yöl-yölakay tasodifiy odamlar bilan suhbatlaşişga töğri kelib qolsa, özimni haddan taşqari aqlli qilib körsatişga umuman harakat qilmayman.
Stiven Likok
(1869–1944)
Kanadalik yozuvçi va iqtisodçi. Absurd, hajv va satira yönalişidagi asarlari bilan maşhur bölgan. Ilk töplami – “Literary Lapses” (“Adabiy doğlar”, 1910). Umri davomida 61 ta kitobi naşr etilgan. Asarlari bir neça tillarga tarjima qilingan. 1946-yili Kanadada eng yaxşi hajviy asarlar uçun Likok nomidagi mukofot taʼsis etilgan.
Ingliz tilidan
Madina ALLABERGANOVA
tarjimasi
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida


