(Hikoya)
Vaqtning tez ötişini qarang?! Bundan roppa-rosa yigirma yil muqaddam, avji saraton pallasi Respublika yoş ijodkorlarining Zomin seminarida hayʼat aʼzosi sifatida iştirok etgandim. Öşanda ham közlari çaqnab turgan yoş yigit-qizlarning maşqlarini öqigandik, imkonimiz darajasida baholab, tavsiyalar bergandik, özimizça yöl-yöriqlar körsatgandik.
Navbatdagi Zomin seminarida nasr yönalişi böyiça iştirokçilar soni öndan oşdi. Albatta, bizni miqdor ösişi sifat özgarişiga olib kelarmikan, degan mulohaza ham bor edi. Şukrki, yurtimizning turli göşalaridan taşrif buyurgan iştirokçilar orasida adabiy isteʼdodi “yarq” etib közga taşlanib turgan qalamkaşlar bor ekan. Asli qaşqadaryolik Javlon Jovliyev mana şunday salohiyatli yoşlardan biri.
Javlonning maşqlari muallif tanlagan mavzular kölami kengligi, jiddiy masalalarga dadil qöl urişi, eng muhimi, tiniq tasvir vositasida tirik Inson obrazini yarata olganligi bilan eʼtiborimizni tortdi. Suhbat jarayonida muallifning bilimdonligi, öz yozganlariga nisbatan talabçanligi bejiz emasligiga iqror böldik: kam yozib, köp öqiydigan, öqiganlarini uqişga harakat qiladigan Javlon bemisl tafakkur xazinasi bölgan kutubxonada işlar ekan.
Javlon Jovliyevning eʼtiboringizga havola etilayotgan hikoyasi muhabbat haqida. Abadiy mavzu bu. Javlonga tengdoş havaskorlar “yotib olib” yozadigan mavzu bu. Biroq muallifimiz inson qalbining eng tubida yotgan bu ilohiy tuyğu haqida yangi gap aytişga, yangi obraz yaratişga urinadi va bunga qaysidir darajada muvaffaq ham böladi. Zero, Javlonning qahramonlari biz köça-köyda köradigan yoinki köngiloçar naşrlarning sahifasidan sahifasiga köçib yuradigan, havasni işq deb biladigan tayinsiz yigit yoinki qiz emas. Javlonning qahramonlari “Inson kimnidir sevişi emas, özi sevgi degan tuyğuga aylanişi kerak. Inson tuyğuga aylanişiga işonasizmi?” deya mulohaza yuritadigan, muhabbat orqali özini, özligini taniyotgan yigit-qizlardir. Balki mana şu voqelik taʼsiridir, yakunda hikoyadagi hazin ohang öquvçini ğussaga solmaydi, bilʼaks, dilga yoruğ tuyğular baxşida etadi…
Hikoyadagi “Dadam mast bölib, uxlab qolgan tunlari dala qorovulligiga onam meni yuborardi. Öşanday paytlari çayla ustida qörquvni yengiş uçun yulduzlarday porlovçi kelajak haqida öy surardim. Şunda yulduzlar bilan örtamizdagi masofa yaqinlaşganday tuyular, xuddi osmon biroz egilib özida bölayotgan tomoşalarni ulkan ekranda menga namoyiş etayotgandek bölardi”, “Lobar juda sodda, işonuvçan, taʼsirçan qiz edi. Uning orzusidagi öşa yigit sifatlarini ssenariyga tuşirsam-u, kimdir bu rolni öynasa, Lobar uning qölida qöğirçoq bölib raqs tuşadiganday tuyulardi. Şuning uçun undan xavotirlanardim” yoki “Muhabbat möjiza emas, buyuk qörquvdir… Yöq! Muhabbat buyuk qörquv emas, dunyodagi eng katta jasoratdir” kabi ohorli jumlalar esa Javlonning adabiy mahoratga ega bölib borayotganidan darak beradi.
Men “Yoşlik” jurnalining talabçan öquvçilari sinovidan ötayotgan yoş muallifimiz Javlon Jovliyev adabiyotga bir umr havas bilan emas, asl muhabbat bilan qaraşini, asarlarini şunga mutanosib ravişda yonib-kuyib yozişini tilab qolardim.
Abduqayum Yöldoşev,
yozuvçi
I
“– Keling, körişaylik. Negadir, bugun… kim bilandir dardlaşgim kelayapti.
– Soat neçida?
– Işdan çiqqan paytizda-da…
Qölimda telefon tutgança, ötirğiçga suyanaman. Lobar betoqat yana nimalardir deydi. Derazadan közim quyoşga tuşadi. Quyoş qizğiş ranglar bilan xayrlaşiş tasvirini çizardi.
– Kelişdik.
– Ey… Faqat, ötgan safargidagiday keçikmang.
– Xöp.
– Aniq! Keçikmang, kutaman”.
Telefonni qöyib, ötirgan joyimda toşdek qotaman. Tanam titrab ketadi. Burnim açişib, közim negadir namlanadi. Bu na anduh, na armon, na hayrat köz yoşlari… Bu mening xotiram, bu umrimning ajib va nurli yoşlaridir. Men orzum osmoniga soçilgan yulduzdek yoşlarimni izlab yölga tuşaman…
– Lobar, Lobar, Lobarjonginam…
II
U fariştali, oppoqqina qiz. Bu oqlikka qasdlangan qoş-közlar tim qora. Çehrasida fayz, silliq yuzlarida nafis kulgiçi bor. Na-da yanoqlar, qavoqlar ham tabassum qiladi, bunga şaydo kipriklari ham unga qöşilib birdek tölqinlanadi. Jigarrang közlar tubi çeksizlikka tutaşganday sirli, tarovatli, ohangli va yana allambalo.
Men uni ilk bor körganimda oq köylakda, serqatnov yölda onasining qölini mahkam uşlab turardi. U imtihoni haqida tinmay gapirar, onasi faqat savol berişga, tez-tez tasdiqlaşgagina fursat topardi. Men bölsa unga telbalarça tikilib qolgandim. Bunga avvali eʼtibor bermagan ona-bola biroz vaqt ötib savol nazarida menga qaraşdi. Keyin Lobar onasini qöyib yubormay yurib ketdi. Va menga boşini biroz eggança, çap qöli bilan quyoş nuridan yuzini pana qilib söz qotdi.
– Siz ham mening yönalişimga topşirgansiz-a?! Boya imtihonda körganday böldim!
U menga biroz yaqinlaşdi. Öşa onda uning közlari bor xazinasini oçdi. Bu közga tikilib bor dunyoni unutib qöydim. Hozirgina öqişga kiriş uçun muhim sinovdan ötganimni, buning uçun qayerdan, qanday qiyinçiliklar bilan kelganimni ham bir dam esdan çiqargandim. Quyoş tiğida kuygan yuz, uzun oriq qöllar, allaqaçon şahar urfidan çiqib ketgan va keça yölga çiqayotib onam yedirgan qovun hidi anqib turgan ust-boşim bilan oq, harir köylak kiygan şaharlik suluv yonida lol qolgandim. Qiz esa beparvo sözlar, keskin kuraşlar bilan ötgan imtihon tahliliga tuşib ketgandi. Undan öşanda taralgan xuşböy ifor hali hamon meni mast qiladi.
Uning nigohlari ötkir edi. Birdan xayolimga bu şaharlik qiz qayda-yu, men qayda degan öy keldi va közlarimni olib qoçdim. Yuragimda qörquv paydo böldi. U sepgan xuşböy atirlar qayda-yu, mening çala-çulpa qayçilangan soçlarimda yaltillayotgan ter qayda. Uning köngli qayda-yu, mening xayolparastligim qayda… Lekin ğörlik xayollari meni bu sirli va ajoyib muhabbat olamiga qandaydir katta kuç bilan itarardi. Qizning xayolidan bunday manzaralar ötmayotganligi, u boşqa olamdan kelib qolgan qizga aylanişini juda istardim. Öşa onda diqqatim uning gaplarida emas, jigarrang közlari sehriga mağlub edi, bir notavon mahbus edi.
– Sizni bilmadim-u, men köpgina savollarning javobini könglimga qöyib berdim. Könglimga yoqqanini belgiladim. Yuragim şuni buyurdi, men şuni qildim. Nega indamay turasiz? Nima, xato qilibmanmi?
– Yöq!
– Siz ham öqişga kiring. Sizlarni Xudo qöllasin! – dedi uning yonida hayrat bilan boqib turgan ayol.
Onasi borligi yodimga keldi. Böyi yetgan qizi bor barça onalar kabi jigarbandini juda nozik va qimmatli yaratiqdek asraşi şundoq közlaridan bilinib turardi.
– Biz, albatta, kursdoş bölamiz? Negadir imtihon topşirayotganlarning hammasi menga badqavoq körindi. Axir, hammaga nasib qilgani böladi-ku!
Uning savollariga javob berişda ham özimni noçor his qilardim. Ha, men qayda-yu, u qayda…
Onaning duosi ijobat böldi. Ikkimiz kursdoş böldik. Öşanda u haqdagi fikrlarim bekor emasligini, Lobarning öziga xos va gözal dunyosi borligini angladim. Lobar doim tölqinlanuvçi qirğoqqa öxşardi. Tölqinlanib sözlar, tez hayratlanar, öta taʼsirçan edi. Ovozi ham aniq va şirali… Töğri, u qizning çidaş muşkul tomonlari ham bor edi. Bu uning haddan taşqari ehtiyotkorligida edi. Sababi keyinçalik maʼlum böldi. Onasi uni yolğiz katta qilgan ekan. Özi yolğon qurboni bölgan bu jafokaş ayol yolğiz farzandini gödaklikdan har narsaga şubhalanib boqişga örgatgandi. Şuning uçun yaqinlar bilan çegaralangan doira içida ösdi, ular bilangina sirlaşdi, ular bilangina öynadi. Şuning uçun begona odamlarga tez qöşilib keta olmas, hammaga öz sirlarini oçavermasdi. Lekin uning şunday tölqinlangan paytlari bölardiki, dengizdek qirğoğidan toşar, öşa onda har kimni yaqin olar, u bilan sirlaşib, yiğlab olişi ham mumkin edi.
Biz tört yillik taʼlim davomida faqat döst böldik. Faqat döstmi?! Ammo mendagi tuyğularni döstlik desam, bu şarafli sözga xiyonat qilgan bölaman. Rosti…
Bir kun unga dil daftarimni oçişim uçun qulay imkoniyat böldi. Bu kun sira yodimdan çiqmasa kerak. Teatr tomoşasidan söng uni kuzatib qöymoqçi böldim. Qalbimni qiynayotgan barça hislarni oçiq-oydin aytişning, oğir va azobli yukdan qutulişning ayni payti ekanligini his qilib turardim. Lekin şu his oyoğimga tuşov solganday bölib, qadamlarimni oğirlaştirib qöydi. Yuragim esa betoqat, kökragimni yorişga tayyor azamatdek tepaga sapçirdi. Lobar esa teatrdagi çol obrazi haqida tölqinlanib gapirardi. Uning aytişiça, aktyor juda börttirib yuboribdi. Quloğimga heç nima kirmas, uning tösatdan bergan savollariga ham garangga öxşab javob qaytarmay qöyaqolardim. Men jurʼatsizlarça qadam taşlar, borgan sari butun vujudim titroqqa aylanayotganini his qilib turardim. Hatto olayotgan nafasim ham vujudimga yuk bölayotganday qadamim sekinlaşardi. Şunda Tangrimga yolvordim, umid bilan kökka boqdim. Bolalik çoğlarimdagi kabi kökdagi döstlarimni, yaʼni yulduzlarni qidirdim. Xira bölsa-da, bitta bölsa-da. Ular mening bolalikdagi “jimitday” döstlarim edi. Dadam mast bölib, uxlab qolgan tunlari dala qoravulligiga onam meni yuborardi. Öşanday paytlari çayla ustida qörquvni yengiş uçun yulduzlarday porlovçi kelajak haqida öy surardim. Şunda yulduzlar bilan örtamizdagi masofa yaqinlaşganday tuyular, xuddi osmon biroz egilib özida bölayotgan tomoşalarni ulkan ekranda menga namoyiş etayotgandek bölardi.
Hozir esa menda qörquv bor edi. Ammo men endi qoronğilikdan emas, közlarida yulduz berkingan qizdan, uning menga beradigan javobidan qörqardim. Turli aççiq tutunlar, turmuş çiqindilarining irkit uvadalariga tölib ketgan osmon bağridan yulduz qidirardim. Şunda orqa tarafda bir xira yulduzga közim tuşdi. Keyin uning oldida yana bittasi körindi. Ular menga kuç berganday böldi. Tangriga yolvordim. Joyimda birdan töxtab qoldim. Lobar ham hayron.
– Nima böldi, yuring, yuring, oyim kutvotti…
– Lobar!
– Bunaqa qaramang, iltimos sizdan, voy buni. Nima «sevib qoldim» deb aytmoqçimisiz, jinnivoy. E, örtamizda sevgi bölişi mumkin emas. Sizday döstimni yöqotmoqçimasman.
– …
– Jinnilik qilmang, siz mening idealimdagi yigit emassiz.
– Kim sizni sevaman demoqçi, özingizni xursand qilyapsizmi…
– Ha, qaraşingiz ğalati-da. Keçirasiz… Ha, töxtang sevsangiz nima böpti?
– Quribdimi boşqa qiz… Qişloq töla qiz.
– Ey, men ham qişloq işlarini uddalayman. Faqat men sevgan odam bölsa böldi.
– Yaxşi…
Soniyalik zulmat qaʼridan, köz oldimda minglab yulduzlar paydo böldi. Ular juda yoruğ, lekin juda kiçkina edi. Yölimizni yoritayotgan tunggi çiroqlar bilan birga mening közlarimda çaraqlardi. Lekin bular mening yulduzlarim, ular közlarimdan oqib, milt-milt yonayotgan yuragim tubiga yomğir bölib tomçilardi.
III
Şu voqeadan söng men na Lobarga döst, na oşiq böldim. Lekin u meni juda yaqin döst deb bilar, menga esa bu maqomni kötarib yuriş juda oğir edi. Yillar ötdi. U heç özgarmadi. Tinmay öqir, izlanardi. Bu uning kursda ajralib qolişiga olib keldi. Qizlar uni yoqtirmas, yigitlar sergap va erta qarigan sohibjamolga çiqarib qöyişdi. Buning ustiga, boşi tez-tez oğrib turar, bir oylab öqişga kelmay qöyardi. Şunda men uni körgani şifoxonaga borib turardim. U bilan öşa joyda qilgan suhbatlarimizning özi bir jahon edi. Lobar qalbida yotgan va javohirdek saqlayotgan niyatlarini döstona örtoqlaşardi.
U orzusidagi yorni intiqlik bilan, kutiş yillari qança çözilişini bilmay umid va işonç bilan kutardi. Orzu qilgan öşa nomaʼlum yigit uning eng yoruğ yulduzi edi. Ammo Lobar juda sodda, işonuvçan, taʼsirçan qiz edi. Uning orzusidagi öşa yigit sifatlarini ssenariyga tuşirsam-u, kimdir bu rolni öynasa, Lobar uning qölida qöğirçoq bölib raqs tuşadiganday tuyulardi. Şuning uçun undan xavotirlanardim.
Lobar öqişni tugatib, tezda muvaffaqiyat qozona boşladi. Ilk yozgan ssenariysi suratga olinib, unga kutilmagan şuhrat olib keldi. Uning kiyimlari, gap-sözlari biroz özgardi. Şundan söng qator filmlari şuhratiga yana şuhrat qöşdi. Uning atrofida turli rejissyorlar, operatorlar parvona bölardi. Men bularni eşitib xursand edim. Çunki u bilan muomalaga kirişib, hamma ham işlay olmasdi. U işiga juda talabçan, iş bitmagunça neça kunlab mijja qoqmaydigan, şeriklarini ham tindirmaydigan kuyunçak sanʼatkor edi. Bundan taşqari, ziğirça adolatsizlik, ozgina manfaatparastligu nohaqlikka ham çidab turolmas, öşa inson bilan barça hamkorlikni töxtatib qöyardi. Men bunday odamlarga doim qiyin bölişini anglardim. Şuning uçun uning erişgan muvaffaqiyatlaridan, özini tuşunadigan odamlar davrasida ekanligidan çeksiz baxtiyor edim. Biroq u hamon qalban yolğiz edi. Yillar uning asablariga, sabriga taʼsir ötkazmay qolmasdi. Ammo hamon sadoqat bilan qalbidagi öşa, eng yoruğ yulduzni kutardi. Yuragidagi eng nurli insonni… Biroq u kim edi? U qaçon keladi?
Bu orada mening hayotimda yangilik böldi. Qişloğimizda bir qiz bilan unaştirildim. Sinfdoş döstimning töyiga borganda körib qolgandim. Juda çiroyli, quralay közli qiz edi. U mening, balki ota-onamning ham orzusidagi mehnatkaş va, eng muhimi, tagli-tugli xonadondan edi.
Bu xabardan Lobarning xursand bölişini kutgandim. Ammo u unaştirilganimni eşitganda közlarini olib qoçdi. Bemaʼno jilmaydi. U heç qaçon bunaqa quruq jilmaymasdi. Söngra mendan bölğusi rafiqamning rasmini söradi. Men telefondagi qizil palto kiyib tuşgan rasmini körsatdim. U tikilib qarab qoldi va “Nurli qiz ekan, yuzida fariştasi bor-a! Uni ehtiyot qiling”, dedi-da, boşqa bu haqda oğiz oçmadi.
IV
Belgilangan vaqtda u aytgan joyga yetib bordim. Lobar ança ozibdi, közlari kirtayib qolganini körib, yuragim zil ketdi. U men borişim bilan örnidan turdi va jilmaygança salom berdi. Restoran gavjum edi. Şovqin-suron avjida. Asosan bolalar baqir-çaqir qilişardi. Röparamizda bir oila ötirar, ayol bugun keçki ovqat qilişdan qutulib, restoranga keliş niyati amalga oşganidan xursand, eri esa olaygan közlari bilan xotining gaplarini beeʼtibor eşitar, tez-tez telefoniga qarab qöyar, allaqaçon bunday ötirişlardan bezgan, tezroq borib uxlaşni maqsad qilgan odamga öxşardi.
Lobar bilan söraşganday böldik. Göyo har kun körişib turgandek, unga qanday gap topişga qiynalardim. Şundoq oldimizda kiçkina akvarium ham bor ekan. Unda mittigina, kattasi barmoqday keladigan qizil, qora, oq, yaşil, sariq, binafşa rangli baliqçalar suzib yurardi. Lobar ataylab şu yerga ötirganligini aytdi. Lekin özi biror marta baliqlar tomonga qarab qöymadi. U ham röparadagi oilani kuzatardi.
Men muzqaymoq yalab, uning nozik barmoqlari asabiy titrayotganini sezdim. Lobarni bir dard ezayotgandi. U jiddiy bölib körinişga harakat qilmas, bolasini yolğondan yumşoq joyiga urayotgan boyagi uy bekasiga maʼnosiz qarab turardi. Tösatdan menga ötkir nigoh bilan tikilib, hozir aytmasa yorilib ketadigandek gapira ketdi.
– Jinni deb öylaşingiz mumkin. Lekin sizga bir nimalarni aytmasam bölmaydi.
– Ayting, bemalol. Özi sizni eşitgani keldim.
– Menga nima muhim ekanligini bilolmay halakman. Bilasiz, men uzoq yillardan beri kimnidir, “oq otli şahzoda”mni kutaman. Xuddi ösmir qizaloqlarday.
– Özi yoşsiz-da.
– U kelişiga işonaman. «U! U! U!» deyişdan çarçadim! Qaçon uning nomi maʼlum böladi, bilmadim. Qayerdadir yurgandir-da… Sandirağlab… Lekin qay biri muhimligini ertaroq aniqlaşim kerak. Nima muhim? Biz köpinça şu birgina savolga javob bera olmay, uni tanimay turib, turli joylarga boş urib köramiz. Natijada biz haqiqiy baxtdan mahrum bölamiz. Masalan, mana bu erkak, boyatdan beri menga bir-ikki marta yomon qarab qöydi. Eʼtibor qilmadingiz-a? Közlari buloq suvidek tiniq qizçalari oldida-a! Mehribon xotinini qarang, qançalik baxtga taşna, bu kun tugaşini u sira ham xohlamayapti. Er esa muhim narsa nimaligini hali ham bilmaydi. Buni u öylab körmagandir ham. Balki unaqamasdir. Juda yaxşi odamdir. Nahot faqat qora ranglarni közim körayotgan bölsa…
– Yöq, Lobar!
– Men kutgan yigit yonimdan, şundoq burnimning tagidan ötib ketgan bölsa, men nima qilaman-a! Butun umrim uni kutiş va öylaş bilan ötsa-yu, u allaqaçon eʼtiborsiz qolib, kibr oşgan biror manzilimda qolib ketgan bölsa. Xudo qaytarib berarmikan uni!
– Lobar…
– Nimalar deyapman. Çalkaştirib taşlayapman…
U menga tikilib turar ekan, kipriklari uçar, soniyalar almaşgan sayin közlariga maʼyuslik va umidsizlik ruhi çökardi.
– Hammasi tuşunarli. Uni mabodo taniy olmay qolgan bölsangiz, bir kun kelib, albatta, qayta uçratasiz.
– Lekin unga bu közlar bilan boqişning aslo iloji bölmay qolsa-çi? Doim inson bir xil yaşayvermaydi-ku! Axir, umr ham qisqa, qum zarralari kabi çeksiz emas, aslida, ular ham çeklangan. Inson öyu orzulari, armonlari oldida-ku, qumlar ham juda qaşşoqlanib qoladi. Aytmoqçi, mening filmimni kördingizmi, yaqinda suratga olindi. Kuni keça premyerasi böldi.
– Yöq.
– Rejissyor Ahmedov, bizdan bir-ikki yil oldin drama rejissyorligi yönalişini tugatgan. Taniysiz!
– Ha, böldi, uni yaxşi taniyman.
– Öşa filmda bir qiz obrazi bor. Şu qizning peşonasidagi taqdir çiziği mening hayotimga juda yaqin. Balki öşa qiz mendirman. Axir, film ssenariysini özim yozdim-ku. Öşa qahramon qizning dösti yöq, muhabbati yöq, yaqinlari taşlab ketgan, ammo orzulari va armonlari çeksiz. Xuddi mening özim kabi. Uning şunday gaplari bor: “Soğliğim kötarganda sportçi bölardim. Eng kuçli sportçi, eng kuçli. Şunda bunday köngil yöllarida aynimagan bölarmidim”. Ha…
– …
– Boşimda qadrdon kasal bor. Ey, mayli, bilasizmi, mening ismimni oyim, avvaliga Parizod qöymoqçi bölgan ekan, keyin nimadir bölib Lobar qöygan. Buni avval ham sizga aytmaganmidim?
– …
– Aytganmidim. Nega jim turasiz?
– Yöq.
– Buni onam menga birinçi marta gap orasida şunçaki aytganda közimdan yoş çiqib ketay degan. Özimni zörğa uşlab turganman. Xudoning qudratini qarang, men gödakligimdan şu nomni orzu qilardim, şu sözning maftuni edim. Parizod, pari…
– Parilarga öxşaysiz.
– O!.. Töğrisini aytsam, men filmni körmaganizni bilardim. Özim uçun yana bir işonç hosil qilib oldim-da. Demak, hammasi töğri ketyapti. Xullas, bir muhabbat tarixi haqida gap ketadi. Işonçsizdek tuyulişi mumkin. Lekin buning bari haqiqat. Odamlar muhabbatni maʼlum sözgagina singdirmoqçi böladi. Muhabbat bu çarağon manzara, tabiatning çeksiz va qaytarilmas kuyi, dunyoning eng yoqimli iforidir… U osmondagi bulutlardan erkinroq. Inson kimnidir sevişi emas, özi sevgi degan tuyğuga aylanişi kerak. Inson tuyğuga aylanişiga işonasizmi? Unda şakl yöqolib ketişi mumkin deb öylaysizmi? Öşa öz tuyğusi uning özi, yaʼni ismi, borliği, taqdir va ölimi bölişi lozim.
– Nima böldi sizga, Lobar?
– Aslida, men ham muhabbatning mevasiman. Bu his şu qadar yoruğ, şu qadar keng va şu qadar zalvorliki, köp hollarda bu tuyğuni pok saqlamoq uçun kuçimiz yetmay qoladi. Özimiz bilmagan holda şu yuk bilan siylanamiz va bekor ortilgan oğirlikdan vaqti kelib qutulişni istab qolamiz. Bizga berilgan bu nodir tuyğuni biz toş singari oğir yukka aylantirib qöyamiz. Muhabbatni yerga yotqizib sudradik va yana böynimizga oldik, yana yerga otdik va yana sudradik, balçiqqa otdik. Natijada tuyğularimiz qora balçiq tubiga mangu singib ketdi…
– Lobar kimnidir nihoyat sevib qolibdi!? Kim u baxtli yigit? Rasmi bormi telefonizda?
– Muhabbat eng şirin taom, eng şirin meva … Masalan, men şaftolini yaxşi köraman, şaftolidan ming barobar şirin taʼmni bilasizmi? Lekin men muhabbatni heç qaçon taniy olmaganman, u qanday özi? Muhabbat dunyodagi yagona real möjizadir balki, a?!
– Özingizni göllikka solmang! Kim u baxtli, şunça kuttirgan yigit, fotosurati bormi? Men taniymanmi?
– Negadir siz bilan körişgim keldi. Bugun…
– Nega? Qaraşingiz ğalati? Meni sevib qolgan bölmang tağin. Axir, siz mening döstimsiz? Sizni yöqotişni istamayman.
– Siz ham mening döstimsiz.
Lobar uzr söragança örnidan turib, qayergadir ketdi. Şunda yana közim baliqlarga tuşdi-yu, ular közimga soxta maxluqlardek körinib ketdi. Undagi hamma narsa, darhaqiqat, soxta? Ovqatlari, taşqi dunyo bilan boğlovçilari, toşlari, uylari, balki özlari ham sunʼiy urçitilgandir. Qiziq va dahşatli hayot! Akvarium içida bitta sopoldan yasalgan kiçkina kema ağnab yotardi. Ulkan kemaning juda mayda şakli. Baliqlar uning palubalarida göyoki ulkan baliqday suzib yurardi. Şunda akvariumda bir oq baliq ölib yotganiga közim tuşdi. Uni sariq rangga böyalgandek tovlanuvçi, özi jimitdek bölsa-da, közlari bilan olayib qaraydigan baliqça tumşuği bilan sargardon qilib, u yoqdan bu yoqqa koptokdek öynatardi. Oq baliqning dumi allaqaçon tuşib ketgan, tanasining rangi ham biroz özgargandi. Demak, ölganiga köp bölgan.
Lobar kelişi bilan menga “Iltimos, ketaylik”, dedi. Men ofitsiantni çaqirdim va hisob-kitob qildim. Çiqayotib akvariumga qarab qöydim. Jonsiz oq baliqçani hamon sap-sariq malʼun tumşuği bilan sudrab yurardi.
Taşqari ança salqin ekan. Men kostyumni Lobarning oçiq yelkalariga taşlab qöyganimda, u menga mamnun közlari bilan şunday dilbar qaradiki, öşa onda uni men hamon jonimdan ortiq körişimni his qildim. Keyin restorandagi erkakdan farqim yöqligini öylab, özimdan jahlim çiqib ketdi.
Yöq, muhabbat möjiza emas, buyuk qörquvdir.
Öşa kuni yulduzlar osmonda porlardi. Mayin esayotgan şabada Lobarning tarqoq soçlarini siypalar, ularni soçib, turli tomonga yetaklab öynatar, namlangan lablarini noziklik bilan quritardi. U uzun poşnali tuflisi bilan, tik qadam taşlab yurar, yelkasiga taşlangan kostyum yenglari ham u bilan birga olğa qadam bosayotgandek havoda likillardi. Uzun poşnalardan çiqayotgan taq-tuq ovoz menga bir musiqadek eşitilar, bizga hamdam yoqimli muzdek havo bu sirli taronaga raqsga tuşardi..
– Piyoda ketgim keldi. Sizni ham özimning ortiqça injiqliklarim bilan juda qiynab qöydim.
– Nimaga, siz bilan piyoda yurib mazza qilyapman, köpdan beri bunday yurmagandik.
– Yaxşiyam, siz borsiz!
– Nima böldi…
– Hammasi yaxşi…
– Öxşamiydi-ku? Yaxşi dam olib çiqdingizmi?
– Ha, davolandim. Erkalik qildim-da onamga.xozir esa nima qilişni bilmay qolganman? Men onamni juda qiynab qöydim.
– Nimaga?
– Men onam öylaganidek baxtimni topa olmayapman!
– Bir kuni kelib, albatta, topasiz! Men bunga işonaman.
– Men sevmay ötib ketişim mumkinmi? Siz sevgansiz-ku! Qança qizlar şu muhabbat oğusidan telbaga aylanişadi-ku! Nega men seva olmayapman? Juda oğir dard bu, juda oğir… Lekin eng yomoni, sevgan odamingni özing bosib ötgan yölingdan ança yillar ötib topib olişingdir! Ha..
Biz öşa kun xuddi sevişganlardek, manzilga eltuvçi qadamlarni qizğanib sekin yurib borardik. Uning şirin böylaridan men mast edim, dardlarining ustunligi oldida esa past edim.
Lobar men bilan xayrlaşar ekan, yana öşa mamnunlik va mehr közlari bilan boqdi. Kostyum içida özini juda erkin va kuçli his qilganini aytganda qöllari titrab ketdi.
Biz xayrlaşdik. Şunda u hammasi juda öxşaydi, degandek gap qildi. Men uning nega unaqa deganini söraganimda, şunçaki, deb jilmayib qöya qoldi.
V
Oradan söng ikki oy ötib tasodifan Lobar aytgan film afişasiga közim tuşib qoldi va özimdan uyalib ketdim. Axir, u şu filmga tuşişimni qançalik xohlagandi. Işlarga şönğib, unutib qöyibman.
Film afişasi zangori rangda bezatilgan bölib, unda bir qiz kökka boqqança turar, közlaridan durdek yoş tomçilari yerga yumalardi. Afişaning özi bir sanʼat asari edi. Film nomi ham ajoyib, ham mungli: “Yulduzini yöqotgan Parizod”
Men kinozalda edim. Göyo Lobar bilan birga ötirardim, u bilan kino kördim. Yöq! Yöq! Biz rol ijro etar etdik.
Film, haqiqatan, uning hayoti, Lobar olamining obrazli tasviri edi. Ammo filmda men ham bor edim. Biz ötgan yöl, ilk tanişuvimiz, ilk qaraşlarim, hatto hozirgi holatim ham bor edi. Men ötirgan joyimda unsiz yiğlardim, meni öynayotgan aktyor ham yiğlardi. Aktyor kulardi, men ham alam-la kulardim. U qizni sevib, umidsiz qiynalardi, men esa kuyardim. Söngra qayerda ötirganimni ham bilmay qoldim. Köz oldimda Lobar men bilan yoruğ nur ostida birga edi. Nur körsatayotgan tasvirlar bizning taqdir oynamiz edi. Bizning tomirlarimizdan nur – qon olib, közlarimizga armon hislarini quyardi.
Lobar xuddi sehrgardek film işlagan ekan. U umuman adaşmagan, men u körgan va his qilgan ahvolda edim. Faqat aktyor biroz börttirardi, xolos.
Köpçilik film hayotdan olinadi, baʼzilar şundoq hayotdan köçiriladi, deyişadi. Bunda esa filmdan hayot quriladi. Filmdagi qiz öz baxtini uzoqlardan izlaydi. Hayotini ideallaştirib taşlagani uçun biror inson uning zirhlangan köngil devoriga yaqinlaşa olmaydi. Samimiy tuyğular qiz injiqliklari ostida halok böladi. Qiz qattiq adaşgandi. Qiz turfa azoblar iskanjasida telbaga aylanişdan oldin bir film işlaydi. Unda özining qismatini başorat qiladi. Yigit esa qizning sevgisini u oğir azoblar iskanjasida jon bergan kuni, qiz işlagan film orqaligina biladi. Ammo yigit juda keçikib çipta sotib olgandi.
Men titrardim. Öşa ekran oçilsa-yu, meni yutib ketsa derdim.
Yöq! Muhabbat buyuk qörquv emas, dunyodagi eng katta jasoratdir. Faqat bu jasoratga hamma ham haqli emas!
VI
Köçaga otildim…
Hayqirgim kelar, ammo ovozim çiqmasdi. Faqat Lobarning şirin tovuşinigina eşitardim.
– Siz yulduzlarni yaxşi körasiz-a?
– Men sening közlaringni yaxşi köraman
– Buning uçun men katta, eng yoruğ, eng sirli, eng jilvakor yulduzga qarab turişim kerak ekan-da, şunda közlarimda ajib yulduzlar tomoşasini körasiz. Eng yoruğ yulduz! Öşa yulduz bormikan-a? Keling, qidirib köraylik, topmagunça qidiramiz. Men eng yoruğ, eng katta, eng jilvakor yulduzni izlab ketayapman. Men uni topaman va siz, albatta, mening közlarimda öşa yulduzlarni körasiz!
Kinoteatr yölagida odamlarga urilib-surilib ildamlab ketar ekanman, kimdir orqamdan çopib kelib töxtatdi.
– Nima böldi sizga, uka? Şunça çaqirsam ham eşitmaysiz? Telefoningiz qolib ketibdi. Ötirgan joyingizda. Tinmay jiringlayapti. Film körayotganlarga xalal berdingiz. Ana, yana qönğiroq qilişyapti? Oling! Ey… qanaqa odamlar bor-a?.. – deb tinmay gapirayotgan Ahmedov meni tanib qoldi. Birpas gapini yöqotgan boladay kalovlandi. Va birdan tilga kirdi:
– Eşitdingizmi?
– Nimani?
– Lobar qazo qilibdi…
Keyin nima böldi, u yana nimalar haqida gapirdi – buni eslay olmayman. Oçiği, boşqa biror gapini eşitmaganman. Yölakda qança ötirganligimni bilmayman, film tomoşasidan çiqayotgan odamlarning şovqin-suronidan özimga keldim. Qayerdandir quloğimga bir qizning hayajonli sözalari çalindi. “Film hayotiylikdan uzoq ekan, börttirişibdi”. Ha, haqiqatan, börttirişibdi. U şunçaki pari edi, Parizod edi…
Taşqariga çiqqanimda osmon töla yulduzlar porlardi. Oldga qadam taşlagandim, bir mitti yulduzçani bosib olay dedim. Zamin töla yulduzlar edi. Ular şunday yoruğ, ular şunday çaroğon ediki, men endi qadam bosolmay qoldim.
VII
“– Keling, körişaylik. Negadir, bugun… kim bilandir dardlaşgim kelayapti.
– Soat neçida?
– Işdan çiqqanda-da…
Kompyuterning soatiga qarayman, iş tugaşiga yarim soat bor. Qölimda telefon tutgança, ötirğiçga suyanaman. Lobar betoqat yana nimalardir deydi. Derazadan közim quyoşga tuşadi. Quyoş qizğiş ranglar bilan xayrlaşiş tasvirini çizardi”.
Javlonbek JOVLIYEV
1991-yili tuğilgan.
Özbekiston davlat sanʼat va madaniyat institutini tamomlagan.
Respublika yoş ijodkorlarining Zomin seminari iştirokçisi.
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida


