(Matn)
Bir mung keladi, qadimlardan töğri çiqib, kökragimni qiyib ötganiça ertangi kunimga tortilib turadi bu ingiçka sim dor. Bolalik kunlarim şu dorga tizilgan.
Oyim, tizzalarida tikiş, nigohlari igna teşigidan ötib, uzoq-uzoqlarga – qizliklari ötgan uzoq toğdagi Garaşa degan qişloqqa ketib qolgan. Oğir söliş olişlaridan bilaman: e-e, toşqörğonda turar edik, bir yonğoqlar bor edi, bir yonğoqlar! Xayolimga haybatli toğlar keladi, şarqiragan soylari böyi quyuq yonğoqzor. Oyim bir kuni suv olişga tuşsalar, bir odam osmonga şoxalab ketgan şunday yonğoqning tagida unga qarab turib: “E-eh-he! Aqqol solibdi bu!”, degan ekan, şiğil solib turgan yonğoq beçora şu zahoti örtasidan qars ayrilib, sinib tuşibdi. Közi şunaqa yomon odam, bir narsaga tikilmasin, töğri bölgani odammi, hayvonmi, öziça öysiz ösib yotgan daraxtmi, nima bölmasin, şikast yetar ekan. Yaxşi ham közi yonğoqqa tuşgan, oyimga qaramagan, qaragandami, Xudo körsatmasin, oyim ham, men ham bu yerda şunday ötirmagan bölar edik deb, neça-neça yillar oldingi xavotirdan endi seskanaman. Qörqqanidan yelkasidagi obkaşga ilingan satildagi suvgaça dir-dir titrayotgan kiçkina qiz köz oldimda kelib, Garaşaga, oyimning öşa yoşliklariga tuşib borib, közlik odamdan qörigim keladi.
Oyim Garaşani gapirişdan oldin bir çuqur nafas olib oladilar-u, meni bu yerda qoldirib ketadilar. Garaşani gapirayotganlarida egilib pastdan közlariga qarayman: yiği yöq, yiğlagani yoş qolmagan.
Bugunlarga kelib bilaman, yiğlaydigan köngillarini öşa Garaşaga qöyib kelganlar, bu köngil qöl böşab, tinçini topgani çoğlari “hiy-y” degan sözsiz faryod bölib izlanadi, yillarning tax-taxidan sizib ötib kelib, mening ham yuragimni simillatadi.
Samarqand uç yuzu oltmiş dara,
Körmadim heç bir odami dusara…
Matalmi, qöşiqmi, xirgoyimi, nimaligini bilmayman, boşqa davomi yöq. Oyim menga meni körmay bir qarab qöyadilar. Özimni keraksiz, begona sezib, yuragim şuvillab ketadi. Söraşga tilim aylanmaydi. Bilaman, e-e, bolam, odamzotning bir gapi-da bu ham, deb qöyadilar, xolos. Içimga ğulğula kirib, oyimga şu ötirişimda qarab turib, özim körmagan Samarqandning kungurali qoyalari ustidan uçib ötayotgan bölaman, pastdagi daralarda olomon şovqinlaydi, ğovir-ğuvurda otim ham umid bilan çiqib turadi, şu uçgan köyi yuragim taka-puka, odami dusaraning iziga tuşganman, uni izlayapman-u, uçratib qolişdan qörqaman; kallasi ikkitami yo orqa-oldi ham bet bitta boşmi deb köz oldimga keltirolmay ham ğam bosadi. Uning yöqligini, ming izlasam ham uçratmasligimni bilib, izlaş vahmidan qutulgim kelmaydi, şu vahmda uçiş nimadir mardlik ham berib, oyimning himoyasida kezaveraman.
Köp uçganman özim körmagan Samarqandning ustida.
Toşqörğoni qanaqa bölsa, uylari ham toşdan tiklanib, baland devorlar bilan öralganmikan? Ğaziramizdagi uylar xomğiştdan quriladi yo sinç. Imoratlarning qöşoşyonligi yöq. Çiqib bahorikordan qarasa, hammasi ustiga ğubor yoyilgan köklikka kömilib körinadi. Ğubdin toğimiz yetti çaqirim narida, qorlar birinçi öşa yoqqa tuşadi, lekin qişda turavermaydi, har qança yoqqani ham köklamning boşiga yetmay erib ketadi. Öynagani çiqqanda burgut-murgut degan narsalarni körmaganmiz. Arxar bölgan deyişadi, lekin bu ham mahovat, hamma toğda böladigan ayiqning uruği ham yöq. Hay, nomiga kakligi bor, odamlar tutib, törqovoqda sayratib qöyganini eşitib qolamiz. Toğimizning nari yoqlari içkarilab ketgan, juda katta deb gap qilişadi, ammo bu yoqdan, Ğaziramizdan kul bosgan tepalik misol körinadi. Toğ oti bölgandan keyin qör tökib tursa, unga qaraganda köngling kötarilib ketsa-da.
He-ye, bu yoqda siqilişdan boşing çiqmaydi. Oyim ustimda qarçiğaydek qanot yozib olganlar: hay bolam, u bilan öynama, bu bilan piyola alişma, xom suv içma, oftobaning oftobda qolganiga qölingni ham yuvma, terlab Qipçoqariqqa tuşma, nahor uydan oç çiqma, bir tişlam non bilan bir piyolagina çoy esingda tursin, yötalsang jon qoladimi menda, tirişma gapimga, aççiqçangdan örgildim… seni odam qilgunça özim ölib bölamanu…
Tugamaydi! Qaqşaşga meni ataylab tuqqanlar, tergab tolmaydilar. Ha, qöymang, deb baqirib ham beraman, yer tepaman, araz qilib sakrab turaman, dalaga ketib qolaman. E tavba, özimda es yöqmi! Axir, öynamaymi heç kim bilan, maktabga bormaymi, töyga kirmaymi! A, u odam ayirib ötirmasa, bir doridimi, keyin tamom, bu bola yaxşi bola, ovqatdan oldin qölini yuvadi, qölini kasali borlar bilan bir tovoqqa uzatmaydi, piyola alişmaydi deb qöyib qöymaydi, olib ketaveradi. Oyisining aytganini qiladimi, qilmaydimi deb sörab ötiradimi!
Lekin oyimdan kun yöq, juda oşib tuşadilar – suvga tuyilib qolsam ham yuraklari yoriladi!
Musallam men tengi, hamsoyamiz, oramizda bitta uvat, ularning oşkadisi palagi biznikiga ötib tugadi, olmurudimizning yarim şoxi ularnikiga solingan, dasturxon ustida ikki uy bir-birimizni körib ötiramiz, örtada ol tovoğim-ber tovoğim. Oyim özlari Ziynat xola bilan gurung qilib, bemalol piyola almaşib ötiradilar-u, menga kelganda, hay, u yoqqa ötma, öynama şu Musal bilan, deb şivirlab ular yoqqa çimrilaveradilar. Qattiq şivirlaydilar, baqirgandan ham battar: kasal bölmasa ham odam qörqib ketadi.
Musallam bilan bir sinfda öqiymiz. Bolaligimizda köp birga öynar edik. Keyin bir-birimizdan sal tortinadigan böldig-u, lekin maktabdan birga qaytamiz. Qoramağizdan kelgan, miqtigina, yugurib çarçamaydi, yötalib yurganini ham bilmayman, şunga otasidan kasal yuqmagan deb yurar edim.
Undan köm-kök paxtaning içida böynini çözgança oğzini oçib qarab turgani çizilgan rasmdek aniq xotira qolgan. Hali maktabga ham bormagan vaqtlarimiz, yaşinmaçoq öynab yuruvdik. Böyimizni kömadigan böliq ğöza, yotib qaramasa, ötirib bekingan Musallam körinmaydi, uni topaman deb ikki egat örtasiga endi boşimni qöyganimda birdan ğiyq-ğiyq, ğiçir-ğiçir bölib qoldi. Sakrab turdim, Musallam yonimda, bu egatda ekan, böynini çözdi. Ikki tomoni yakkam-dukkam tut yöldan qator arava ötyapti, yölning çuquridan faqat aravakaşu aravaga bosilgan beda körinadi, otning boşi silkinib çiqadi, misoli köm-kök köl suvida ğaram ortilgan ot boşli qayiq karvoni suzib ketayotgandek. Şu anqayib turişimizda qatorning boşida kelayotgan aravakaş bizni körib, şotida tikka turdi-da, qamçinini öqtalib, pöpisa qildi, “Ha, bemazalar! Aytib beraman!” deb baqirdi.
Bekorga tuhmatga qolayotganimizni bilmay, tomoşadan hayron Musallamning öşa beayb turişi hozir ham iç-içimda bir xörsiniq uyğotadi. Uning nima bölişini bilib, indamay yurgandek, bilib yordam qilmagandek, nimadir içimni ezib ötadi.
U yettinçi sinfda öqiyotganimizda ölib qoldi. Qança xastalandi, Pöşkinda yotib keldimi, yöqmi, bilmayman.. Ertalab uylaridan huvillab yiği çiqqanida bor edim, lekin kötarib ketişgani esimda qolmagan. Şu, çiqariş vaqti kelganda oyim meni, bola narsa, körib yurmasin deb, bor, mollaringga qarab, kitobingni öqi, tuşga kelmay, Bulunğurga tuşsang ham mayli, deb dalaga ketkizib yuborgan bölsalar ehtimol. Lekin keyin kelib uyimizning orqasiga çiqib, ikki çaqirim u yoqdagi Valibobo mozoratiga tikilib turaverganimni bilaman. Uning töp qayrağoçlari ustida qandaydir qora şarpalar izğigandek, osmon ham burqinib olgan; içida yotgan öliklar kuçanayotgandek dömbaygan görlar orasidagi yangi tuproq tagida boş-oyoği oqqa öroğliq Musallam tepaga qarab yotibdi, lahad qoronğisida qörquv bosib: “Ustimni oçinglar! Ölmagan edim! Nimaga eşitmaysizlar!” deb tinmay çinqiradi, çinqiriği ustidagi qalin tuproqni teşib ötib, quloğimgaça yetib keladi, men eşityapman, lekin tinç bir dahşatda qimirlamay turaveraman.
Bu mozoratda molimizni boqaman, piçan qilaman, ölik kömganlarida borib qarab ham turganman. Tomoşadan yuragim seskangani bilan, köpçilikning orasida, unça qörqmaganman. Lekin hozirlari ham izğirin alam bilan yuzimga çang solayotgandek, Musallamning bir özi yotgani meni ham tortib ketayotgandek bölaveradi.
Oyimning bizni jon halak qörib-qönjişlariça bor edi: köhna kasal Musallamlarning uyidan hammani quritmagunça ketmadi. Oldin otasini oldi, keyin Musallamni, dardlarda kuygan onasi söğin yiqildi, yöq, orada onaning ukasi, Musallamning katta toğasi Bahrom aka ötdi (u kişining xotin-bola-çaqasi nima böldi, yodimdan butkul öçgan, lekin ikkita rözğor bitta hovlida, Musallamning otasi içkuyov edi şekilli), söngra hali uylanmagan kiçik toğasi Hamdam aka ham qaytiş böldi. Bitta beş yoşli Teşani amakisi Eşim kal öziga olgandan keyin, şunça bolasini yutgan azaxonada ğam yutib bir boşi bilan Ziynat xolaning özi qoldi. Taraşaday qotgan, kasal ilinadigan eti ham yöq pitrak kampir endi yaşab ham nima qildim deb, dunyoga qöl siltab özi ham ketib yubordi. Tupirkilos obod bir hovlini sekin-sekin odam turmaydigan çoldevorga aylantirdi. Eşim kal öziga yangi joy qilganda bu uylarni buzib, bolorlarini olib ketgandan keyin devorlari osmonga angrayib, odamning yuragini uviştiradigan vahimazor böldi-qoldi. Bir özim bölsam, tiklab qaraşga ham yuragim betlamas edi: kimdir past bir yiği tovuşi bilan öziga çaqirayotgandek tuyulaverar, bu yiği Musallam ham bölar edi. Hovli neça yil taşlandiq yotdi, hamma yerda yuradigan ilon ham çiqmadi bu yerdan, balki şu palakat narsa ham omonatini avaylab bu yerga yaqin yölamagandir.
Asli butun baloning koni kunbotişdagi Pöşkinda edi. Şamol öşa yoqdan turadi, tupirkilos kasallarning yötalgan nafasini bizning Ğaziraga olib keladi! Şu zararlangan havo töğri öpkaga urilib turgandan keyin görga qoçasanmi! Sil kasalliklari şifoxonasini qurib qöygan öşa yerda, butun tumandan yotqizilgan sillar yötalib, köhna kasalni havoga yoyib yotadi. Nimaga bunaqa kasofatxona odamlarning orasida, qişloqning örtasida bölişi kerak? Ovloqroq joy qurib ketganmi? Ana, Ğubdinning tagidagi Qoraqasmoq, odam turmaydi, daraxtlari köp, sersoya, saratonda ham hur-hur şabada urib, toğdan beri yoyilgan bahorikorlarga ötib ketadi. Keyin, qadamjoy, yozdan odamlar borib jonliq qiladi, qöy söyadi, kasallarga ham yaxşi. Qişi qattiq, yozlari qaynab ketadigan past havoli, çang-çung Pöşkinda pişirib qöyibdimi!
Biz tomondan, Ğaziradan turib tikilib qarasa, tupirkilosning şu Pöşkin yoqdan, örtadagi Istalinning daraxtlari oşa imi-jimida siypalib ötib kelayotgani körinib qoladigandek ham tuyular edi.
Lekin nogahonda özi ham lop etib kelib qoladi. Maktabga borsak, oq terakmi-kök terak öynab, koptok tepadigan joyimizda sörrayib turgan böladi-da! Hamma yoği, oynalari ham bir xil oç kökka böyalgan uzun tobut! Qoçib ketişga oyoq ham işlamay qoladi. Ana, kasali oçilib qolişidan qörqdi, degan gap çiqişi bundan yomon… Qator navbatda turamiz, hamma özi bilan, özining joni taşvişida, atrofga javdiraymiz, bir-birimizga begonasirab möltiraymiz. Kasal emasman, kirmayman, menga tegmanglar, deb içimizda izillab yiğlayveramiz, lekin himoyaçi yöq, otamiz, onamiz bu yerda emas, muallimlarning esa özlari uşlab beryapti. Qoronğida qalt-qalt titrab, yalang kökragimizni rentgenning sovuq temiriga tutamiz, ğira-şira körinayotgan xalatli xotinga unsiz yolvorib qaraymiz. Avtobusdan tuşgandan, qaranglar, mana, bu kasal çiqdi, uşlanglar, deb yana şu avtobusga tiqib Pöşkinga jönatib yuborişadigandek, ğirra juftakni uramiz. Sinfda yo köçada nafas rostlab olgandan keyin, döxtir xotin heç nima demadi-ku deb, mardligimiz ham tutadi, rentgenga qörqmay tuşganimizni maqtanamiz, namoyişga qattiq-qattiq yötalib, bu boşqa narsadan deb bemalol izoh beramiz.
Yana bitta emlaşlari bor, bu ham qörqitadi-yu, lekin köpçilikning içida, rentgençalik emas. Bilakni çizib tilib, açitmaydigan ham bir dori qöyişadi: kasalni şunaqa qilib yuqtirib körişar ekan, agar tilingan joy qizarib şişsa, organizm soğlom, qarşilik körsatyapti; şunaqa gapga juda işonamiz, organizm nimaligini ham bilamiz, şişmasa – urdi Xudo, Pöşkinga talabgor, endi boşlanayotgan bölsa, semiz-semiz qöy göşti, quyruqmoyni uraveriş kerak, şunda qaytadi. Kattalarning oğzidan olingan bu gapga juda ixlos qöyganmiz.
Bir kuni nimadir iş bilan Puşkin kolxoziga borganimda öşa kasalxonaning oldidan ötdim. Dahşat – odamlar yaşaydigan joyning örtasiga qurilgan! Gird aylanasi hovlilar, egalari esa yonlarida şunaqa yuqma kasallar borligiga parvo qilmay, bemalol kirib-çiqib turibdi. Ey insonlar, axir, axir… nimaga bu yerda yaşaysiz, deb baqirgim keldi, lekin buni özlari ham biladi-ku, qayoqqa ham köçişsin, birov boşqa joyda uylar qurib, tayyorlab qöyibdimi, keyin özlari ham örganib, immunitet paydo bölgan, dedim yana içimda. Immunitetni ham köp gapirar edik: odamda şu kuçli bölsa, mingta kasalning içida balo ham urmaydi.
Tupirkilos Musallamlarning oilasidan şunça odamni olib ketib, örtada devor ham yöq, xudoga şukr, uyimizdan bittamizga ham közini tikmadi. Bu endi oyimning ğayratlaridan. Endi öylab qoyil bölaman, nima qilib bölsa ham bizga kasal tekizmaganlar-da.
Quşda tinim bor, menda tinim yöq, der edilar. Ertadan keçgaça rözğor bilan tomorqaga fido, közu quloqlari bizda, katta qidirişlari Ğaziraning bozoriga tuşib keliş. Hatto Samarqandga ham bormaganlar. Jinday nafas rostlab, qöllariga tikiş olgan paytlari Garaşani dard qilib qoladilar, uning toş qörğonlari oralab yonğoq tagida şarqiragan soyida hasratlari oqib ketadi.
Garaşani oyim bu yoqqa tuşganlaridan keyin qaytib körmaganlar, şundan u qişloq xayollari kun-kundan çiroy oçib, yonğoqlari tobora gurkirab, toği ham osmon qadar balandlab ketavergan. Faqat Samarqandda körinmagan odami dusara töğrisidagi mungli matallarining mağzini çaqa olmayman. Nimaga darasi uç yuzu oltmiş ekanini haligaça bilmayman. Lekin şuni aytsalar, nimagadir Garaşaning toğlari menga yaqin keladi, qorlaridan oqib kelgan havoday tip-tiniq suvlar böyida, toş qörğonlarida yaşaydigan odamlari yoniga kasal ham çiqa olmaydigandek tuyuladi, öşa yoqda bölganimizda oyim menga bunça köp javramagan bölur edilar.
Ğaziraning kökliklari içida suvga çökkandek yuraman, nimaga qişloğimiz toğda emas deb könglim çökadi. Ğubdinimizning bulut kölankasidek kelbatiga qarab özimni kamsitaman: nimaga bunça past, çöqqilari çöqqi emas, döngalak, qişdan yoqqan qordan yozda oq qalpoq kiymaydi, şu ham toğ böldiyu. Lekin Garaşa! Katta bölsam, oyimni olib boraman, deb şunçalar orzu qilamanki! Ammo katta bölib, özimdan böşamadim, maşinalik bölib, olib borişga imkoni kelgan payti esa oyim yotib qoldilar – armonlari menga qoldi.
Hozirlari şaharda yaşayman.
Men turgan joydan toğlar körinmaydi.
Ahmad AʼZAM
“Yoşliş” jurnali 2012-yil, 6-son
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida


