(Hikoya)
Abdi parrak sigirni aylanib köra boşladi.
– Ança qariga öxşaydi?..
– Ozgina qari… – pönğilladi Şarif.
– Neça marta tuqqan?
– Köp…
– Hmm… Yaxşi sut bermay qöydimi?
– Yelini tölib turganini köryapsiz-ku!
– Unda nimaga sotmoqçisan?
– Ğunajinimiz oy oxirlarida buzoqlaydi, jöjabirdek jonga ikkita soğin sigir nima zaril?
– Jonivorgina, lekin biram yuvoş, biram aqlli edi-ya!.. – hovlining bir çetida ularni kuzatib turgan Malohat bexosdan gapirib yubordi-yu, savdolaşayotgan erkaklarning eʼtiboridan xijolat tortdi. Bir neça qadam orqaga yurib, römol uçi bilan oğzini berkitgança tağin şu tomon köz tikdi.
– Siz ham ezvordingiz, Abdi aka! – Şarif ham Abdi parrakning qattiqligidan, ham xotinining oraga suqilganidan aççiqlandi. – Bozor körib yurgan odamsiz… Bölarini ayting-da!
– Bölaaariii… – Abdi parrak narx aytişga oğiz juftladi-yu, ammo yana biroz gap çaynagisi keldi. – Sigir ança qari…
– Qariroq.
– Böğozligiyam gumon…
– Kafil bölsam-çi?
– Kamiga, rangiyam sariq ekan…
– Sariq bölsayam, zotdor, deyapman-ku!
– Buning oldidan şunday, xolos, özing qara, orqasi puçuq.
– Orqasi şunaqa körinsayam, sutining yarmi qaymoq! Ota-buvam birovni aldaganini eşitganmisiz?!
– Köramiz… Köramiz… – biroz yumşaganday tuyildi Abdi parrak. Sigirni qöyib, Şarifga yaqin keldi.
– Unda, inim… – dedi köngilni eritadigan bir ohangda, − bölari şu – yetti yuz.
– Insofniyam böri yegan ekan! − Şarifning hafsalasi pir bölib xotini tomon yurişga çoğlandi. – Bundan bozorga çiqarganim avla!
– Töxta, gapni eşit, – birdan uning qölidan mahkam uşladi Parrak. – Sen bilan men terisi yupqa odamlarmiz. Bozorga çiqsak, dallol boriniyam şilib oladi… Xöp… Anakay, bilasan, men bir yetim odamman…
– Obbooo!..
– Şoşmagin, töxta!.. Xöp!.. Yetti yuz-u ön berdim!
– Yetti yuz-u ellik, deng!
– Yigirma, dedim!
– Qirq, deng, heç bölmasa!
– Yigirma beş, boşqa bir tiyin ham qöşmayman!
– Uff! Yetti yuz-u öttiz deng, gapidan qaytgan nomard!
– Yigirma yetti, könsang şu!..
– E, bilagimni qöyvoring-ay!..
– Şoşma, ma, ol, yigirma sakkiz berdim!..
– Qölimni siqmang!
– Rozimisan?
– Barakasini bersin!
– Bu boşqa gap, Şarifboy! Pulini ikki oyda olasan.
– Bu nima deganingiz?
– Nima deganim, hozir bozorda pul yöq. Qisir molingga bir xaridor topay oldin. Senga mol olib sotiş osonmi…
* * *
Oğilda qolgan ikki tana, uç qöy dam-badam maʼrar, keçki ovqat uçun supaga ötirgan bolalari buning sababini bilsa ham, bilmagandek jim, qovoq solib ötirişar edi. Şu payt Malohat ovqat ustiga suzma quyib berayotib, ularga “Olinglar… Çakkimiz hademay tugaydi” degani ötga moy sepgandek böldi.
– Dada, Şalpangquloq endi butunlayga öşa bovaniki böldimi? – söradi soddalik bilan kenjatoy.
– U bova Şalpangquloğimizga yaxşi qararmikin? – qöşimça qildi, bundan foydalangan tönğiç öğil.
– Özi… Şalpangquloqning oti nimaga Şalpangquloq edi, dada? – gap ustiga gap qildi örtança farzandi – qizçasi ham.
– Buni unga onang qöygandi… − beixtiyor yuziga tabassum yoyilgan Şarif Malohatga yalt etib qaradi-yu, tabassumi tezgina öçib, közlarini olib qoçdi. – Şu… haligi… quloqlari… katta degani-da, özing bilasan-ku, qizim.
Malohatning hiqillagani hammaga eşitildi…
Çindan ham “Şalpangquloq” deb sigirga ön yilça oldin Malohatning özi ot qöygan va bu kutilmagan holda röy bergandi. Öşanda eri Şarif otasining “Mol olib, molboşi qilinglar”, deya jamğarib bergan pulni beliga tuggança bozorga çiqib ketgan, Malohat hali yörgakda yotadigan tönğiçini opiçlab erining bozordan qaytişini uyga kirmay, hovlida ötirib kutgan edi. Bir mahal u eti ustixoniga yopişgan, terisi qötir bosganidan junining yarmi tökilib ketgan, tusi sariqqa moyil tanaçani yetaklab keldi. Azbaroyi xijolatga tuşganidan beti qizarib, xotiniga izoh berdi: “Podaning orasida yurib, qaraşuv kam bölgan. Egiz tuğilgan buzoq emiş. Tuğsa, buyam egiz tuğadi, dedi egasi…” Ammo eri bekorga yurak hovuçlagan ekan. Sariq tanaçaning endi özlariniki ekanini eşitgan Malohatning çehrasi tovtoşda oçilgan bodroqday yayrab ketdi: “E, aylanib ketay, şumi bizning molboşi?! Quloqlarini qarang?! Şalpanguloq-ku bu, şalpangquloq!”
Şalpangquloq Malohatga tez örgandi, uzun junlari tökilib, qötir terini mayin sarğiş tuk qopladi. Er-xotin, katta xazina topganday, uning atrofida girdikapalak bölişar, şirin söz aytib erkalaşar, tanaça bunday paytlari uzun böynini çözib, egalariga iskalanar edi. “Buginaning faqat tili yöq, − deb aytardi şunday paytlari Malohat. – Emasam, hamma gapni tuşunadi! Qarang, suyganniyam biladi! Quloq qoqişini qarang! E, özim aylanay!..”
Şalpangquloq köklamning boşlarida egalariga bitta buzoqça tuğib berdi-yu, hurmat-izzati tağin ham oşdi. U ilk tuğişi bölganiga qaramay, çelakni töldirib sut berar, Malohat soğib olgan sutni sovutiş uçun qöyganida, sut ustida barmoqning bir böğini barobar qaymoq turardi…
Töğri, Şalpangquloq şu paytga dovur biror marta egiz tuğmagan. Biroq deyarli ön yildan beri bittadan buzoq tuğib, Şarifning rözğoriga baraka kiritgan, qöşimça mol-qöy orttirişiga sabab bölayotgandi.
* * *
Erkak ayolini quçganida özini yanada kuçli, navqiron sezadi. Şuning uçun dili siyoh paytlari ayolini bağriga bosişni, soçlaridan siypalab erkalatişni istab qoladi. Mitti-mitti yulduzlar tangaday soçilib ketgan osmonga termilib yotgan Şarif ham bolalarining bir tekisda nafas olişlarini kutib ança payt dilgir yotdi. Nihoyat, hamma tinçib qolgaç, xotinining yengidan asta tortdi. Ammo ayol, avvallari böladigandek, u tomon ögirilmadi. Şarif oldiniga, Malohat uxlab qolibdi, deb öylagandi, bir neça bor tortsa ham qaramaganidan keyin, xotini ataylab qilayotganini tuşundi.
Osmonga termilib Şalpangquloqni oliş uçun bozorga çiqqanini yana esladi Şarif. Öşanda uni qançaga xarid qilgandi? Uç yuzgami, ikki yuz-u ellikkami? Har holda, sigiri tuşmagur bozordagi eng arzon mollardan biri edi. Uni olib kelayotganida körgan odam borki: “Tanaçani oftob urganday, bunday mol öngarilmaydi”, deya koyiganlari esida. Lekin şundan beri Şalpangquloq biror marta kasal bölganmi? Yoki biror yil bölmasin buzoqlamay qoldimi? Bu yoqda dehqonning işi paçava bölsa! Agar şu jonivor har yili buzoq tuğib turmaganda, uning rözğorida oqlik qayoqda edi.
“Xotinim ranjiganiça bor, − könglidan ötdi Şarifning. – Şalpangquloq sigir emas, tirikçilik aravasining bir tomonini tortgan ğildirak edi. Baraka topkur, odam edi-ya, naq odam… Aslida, anavi Abdi parrakka öxşaganlarni mol desa böladi!”
* * *
Ertalab bolalari yoğli ovqat içmaymiz, deb xarxaşa qilişdi. Malohat qöşnidan bir kosa qatiq sörab çiqişiga töğri keldi. Töyimli bölsin deb qatiqqa qoşiqlab şakar soldi-yu, uç bolasining oldiga qöydi. Sut va qatiqni, ayniqsa, kenjatoy juda yaxşi körar − buning esa sabablari bor edi.
U uç yoşga tölay deb qolganida ham kökrakdan ajralavermagan, şunda ota-onasi uni sutdan ayiriş uçun toğalarinikiga berib yuborişga majbur bölgan edi. Toğalarinikida uç kun yurib qaytgan bola ona kökragi taʼmini esidan çiqarib ulguribdi, uyga qaytgaç, “emaman” deb tixirliq qilmadi. Ammo injiqlik qilmay tippa-tinç yurgan bolaning oradan uç-tört kun ötib, oxurdan yemiş yeyayotgan Şalpangquloqning sölqillagan yelinlariga közi tuşdi. Azbaroyi kökrak sutini qömsab yurganidan birpas gezarib toşday qotib turdi-yu, “Ana, mam-maaa!!!” deya birdan sigirga taşlandi! Şu-şu, kenjatoy kap-katta bölganida ham hammaning közini şamğalat qilib, Şalpangquloqni emib-emib oladigan odat çiqardi…
Hozir ham yuvoşgina Şalpangquloqning sutga tölib turadigan katta yelinini köz oldidan ötkazgan kenjatoy asta kosadan qoşiğini tortdi.
– Ha? − dedi bunga eng avval eʼtibor qilgan Şarif.
– Şör…
– Qatiğam şör böladimi?!
Ularning avzoyi buzuqligini payqab, könglidagini aytişning mavridini topmay turgan tönğiç öğil doimgiday vaziyatni qöldan çiqargisi kelmadi:
– Şalpangquloqning qatiği zardobsiz bölardi-da, dada, − dedi sekingina. – Bu aççiq… Şunga şunday deyapti.
Şarif xotiniga öqrayib qaradi. Öpkasi tölib turgan Malohat ham özini tutib turolmadi:
– Ha, nima qilay? Men örgatipmanmi?!
– Unda men nima qilay?! – baqirib berdi Şarif. – Keçadan beri zarda qilasanlar! Xöp, sotişga sotib böldim! Endi lafzimni harom qilib, öşa Parrakdan sigirimni sörab boraymi?! Bordim ham deylik, senlar qaytarib beradi, deb öylaysanlarmi u kopirni?!
Şu payt oçiq turgan darvozadan boş suqqan Abdi parrakning zaharli tovuşi hammani sergak torttirdi.
– Şarip! Şarip, dedim!
– Hov… Ha… – apil-tapil örnidan turib, supadan tuşişga çoğlandi Şarif. − Tinçlikmi?
– Tinçlikmimiş?! Molning olasi sirtida, odamniki içida, degani şu ekan-da, baççağar?!
– Bu nima deganingiz?!
– Töğri odamning bolasi deb gapingga çippa-çin işonib yuribman-a! Mundoq tortişmay, savdolaşmay aytgan narxingga olaveribman!
– Tuşunmadim…
– Nimasini tuşunmaysan?! Sotgan sigiring kasal ekan-ku, qasam urgur!
– A?!.. Öylab aytyapsizmi?!..
– Ha, öylab!.. Ana, oborganimdan beri na yemiş yeydi, na boşini kötarib atrofiga qaraydi! Uyga oborgunçayam içi idrab ketganday boşini solintirib ketişidan ham biluvdim-a!..
Darvozaga yetişiga oz qolgan Şarif şundagina Abdi parrakning Şalpangquloqni yetaklab olganini bildi. Unga qarab boşini azot kötargan sigirning katta-katta közlarida gina va mungni körib, munkib ketdi.
Bayram ALI
1991-yili Qaşqadaryo viloyatining Qamaşi tumanida tuğilgan.
Alişer Navoiy nomidagi Özbek tili va adabiyoti universitetini tamomlagan. “Bolangman, Dunyo”, “Kuz yomğirlari” kabi kitoblari naşr etilgan.
2024 / 5
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida


