5 daqiqada öqiladi

399 marta körilgan

Tilla baliqça xatosi. (Hikoya)

Iroda Xolbekova

Adaşmasam, töqqizinçi sinfda öqiyotgan vaqtlarim edi. Endigina qölimga qalam olib, ilk marta şeʼr qoralagan davrim… Öşanda hamma sinfdoşlarim meni şoir deb çaqirar, yondoş sinfdagi öquvçilar köçada körib qolişsa, qöllarini bigiz qilib: “Qaranglar, şoir kelyapti. Hoy, çala şoir, bizga atab şeʼr yozmaysanmi?” – deya masxara aralaş iltimos ham qilib qöyişardi. Men esa qaddimni ğoz tutib: “Haqiqiy şoirlar buyurtmaga şeʼr yozmaydilar, ular şeʼrni ilhom kelganida qoğozga tuşirişadi”, – deya mağrur qadam taşlardim.
Şeʼrim ilk bor gazetaga çiqqan kuni esimda. Maktabda tonggi saflaniş vaqtida adabiyot öqituvçimiz Faroğat opa çiqib, bu yangilikni eʼlon qilgandilar. Şunda direktorimiz meni yonlariga çaqirib, hammaning oldida:
– Şunday şoir bola bizning maktabda öqir ekan-u, bilmay yurgan ekanmiz, – deya yelkamga qoqib qöyganlarida kimdir menga havas bilan qaragan, kimlardadir hasad tuyğusi yanada avj olgan, ammo sinfdoşim Rohila heç narsaga eʼtibor bermas, menimça, öz xayollari bilan band edi.
Saflaniş tugagaç, maktab hovlisidan sinfxonaga qaytib kirar ekanman, hattoki boşqa sinfdagi qizlar ham şaxsan qöl berib tabrikladi. Asta ularning yonidan uzoqlaşarkanman, uç-törtta bölib uyulişib turgan qizlarning:
– Zör yozibdi-ya şeʼrini? – degan gaplari quloğimga çalinardi. Bundan söng battar öz-özimdan mağrurlanib ketdim.
Ammo öşa kuni na kulişimni, na yiğlaşimni bildim. Qaysi tomonga yurişini bilmay yarim yölda adaşib qolgan yölovçidek his etdim özimni. Xayolan şoirlikning maşhurlik tulporida sayr qilib yurar ekanman. Meni köçada uçratgan kişilar:
– Anavi şoir Azim Turdiyev emasmi? – deya kelib mendan dastxat olişadi.
Hali naşriyotlar kitoblarimni bosadi. Maşhur sanʼatkorlar şeʼrlarimni qöşiq qilib kuylaşadi…
Şunday öylar bilan özimni ovutaman. Şoirlarning yuragida bir dardi böladi, deb bekor­ga aytişmas ekan… Dardi bölganda ham yuragining tub-tubida bölar ekan. Rohila menga aqalli birgina eʼtibor qilsin, deb qança şeʼrlar yozaman, öqituvçilar ham faqat meni maqtaydi, hamma baholarim beş. Boşqa sinfdoşlarimga ozgina yaxşi gapirsam, yonimdan ketolmay qoladi. Ammo… Ammo Rohilaga umuman farqi yöq. Uni deb ölib-tirilib harakat qilayotganimning zarraça ham qiziği yöq…
Bir kuni Rohilaga atab şeʼr yozişga ahd qildim. Yaxşi şeʼr yozib, partasining tagiga qöyib ketaman yoki sumkasiga solib qöyaman. Öziga bersammikan? Yöq, öziga bersam, olmasligi mumkin, hammaning oldida bersam, olmay ketib qolsa, butun sinfga kulgi bölaman. Yaxşisi, buni özimdan boşqa heç kim bilmay qöya qölsin. Yopiğliq qozon yopiğligiça qolgani maʼqul. Darslarimni qilib bölgaç, oppoq qoğozga içimdagi dardlarimni tökib, qalam tebrata boşladim.
“Nega tilkalaysan bağrimni, aytgin?
Ayt, kimdan kamim bor?..”
Atigi ikki qatorgina yozib, töxtab qoldim. Ilhomim qoçib ketdi, şekilli. Adabiyot ustozim Faroğat opa: “Azimjon, bolam, agar şeʼr yozolmay qolsang, köproq kitob mutolaa qil, şeʼrlaringga rang kiradi. Ular ham sekin-asta ulğayişni boşlaydi. Sen köproq öqişing kerak”, – degandilar-a? Qiziq, şeʼrlarimda rang yöq, demoqçilarmi bu bilan? Afsus, öz öqituvçim ham menga hasad qilar, yutuqlarimni köra olmas ekan-da… Şoir böliş uçun köp ham kitob öqiş şart emas. Ilhom kelsa bas şoir uçun. Tamom, vassalom. Demak, köproq şeʼr yozişim kerak…
Şunday qilib, Rohilaga bağişlab şeʼr ham yoza olmadim. Keça tumanimizdagi gazeta tahririyatiga sal avvalroq yozilgan şeʼrlarimni olib bordim. Yana öşa gapni aytişdi: “Köproq öqing. Siz faqat gazetada çop etiş uçun şeʼr yozmang”. Yana özim bilan birga olib kelgan qoğozlarimni qölga olgança uyga qaytdim.
* * *
Tuşkun kayfiyatda maktabga bordim. Negadir sinfda Rohila körinmasdi. Joyimga ötirişim bilan örtoğim Javohirdan uning nega kelmaganini söradim:
– Eh, Majnun, Majnun… Laylining işqida kuyib, oxiri kul bölmasang, deb qörqaman, – dedi u. – Xavotir olma, buvisinikiga mehmonga ketgan ekan.
Javohirning gaplarini eşitib, könglim biroz joyiga tuşdi. Geografiya darsida xayol surib ötirgandim, öqituvçim hammaning oldida tanbeh berdi.
– Sinfdoşim, şoirlarga hamma narsa mumkin, – kesatdi Abduxoliq.
Öqituvçimdan uzr sörab, indamaygina joyimga ötirdim. Qirq beş daqiqa bir asrdek tuyildi. Qönğiroq çalingaç, birinçi bölib narsalarimni olib sinfdan çiqib ketdim va kutubxonaga kirdim.
– Kel, şoir yigit, – jilmaydi kutubxonaçimiz, – qanaqa kitob olasan?
Yuzimda soxta tabassum bilan arang jilmaygança salom berganimdan söng, qaysi kitobni tavsiya qilişlarini söradim.
– Abdulla Oripovni töliq öqi, – qatʼiy ohangda dedi kutubxonaçi opa, – avval ham öqigan bölsang kerak-a ustozning şeʼrlarini?
– Ha, Abdulla Oripovning ijodiga mehrim bölakça.
Kutubxonaçi opa yolğon gapirayotganimni qayerdan bilsin? Ey Xudo, özing keçir…
Kitoblar orasidan Abdulla Oripovning “Saylanma”sini topdik.
– Mana şu kitobni yaxşilab öqi. Nasib etsa, sen ham taniqli şoir bölasan, – dedi kitobni qölimga tutqazar ekan, – öşanda bizni tanimay qolmagin-a.
Indamaygina kulib qöydim va rahmat aytib, uyga şoşildim.

* * *
Kitobni mutolaa qilar ekanman, şoirning bir misrasi yuragimga umid bağişladiki, şodligimdan içimga siğmay ketdim. Dardni ham, darmonni ham şu kitobning özidan topdim.
“Baʼzan ğaliz jumla ustida
Soatlab boş qotirganim bor”.
Şoir şeʼrlarining mazmuni, saviyasi xuddi nihol unib, barg çiqarib va nihoyat, meva bergandek ösib bormoqda. “Tilla baliqça” nomli şeʼrga közim tuşib qoldi. Öqib, rostini aytsam, etim jimirlab ketdi. Demak, men ham öşa tilla baliqça kabi loyqa kölmakda suzib yurgan ekanman-da… Nahotki… Nahotki men ham şugina loyqa kölmakni dengiz deb tasavvur qilsam? Men xato qildim! Qarsak va maqtovlarga işonib qolganimni endi angladim. Ha, men ham öşa tilla baliqçalarning biriman…
Yillar va tinimsiz izlanişlar ijodkorning yozganlarini yuksaklikka kötaradi. Demak, tuşkunlikka tuşişim kerak emas. Hali menda vaqt bor.
“Hali qança tunlarni yana
ötkazişim kerak uyqusiz?”
Demak, şoir böliş uçun ilhomning özi kamlik qilar ekan. Nega şuni ertaroq anglamadim-a? Heçdan köra keç. Muhimi, angladim. Endi haqiqiy şeʼr yozaman. Haqiqiy şoir bölaman. Şunda Rohila ham mening şeʼrlarimni öqiydi, albatta, öqiydi…

Iroda Xolbekova

2021/7

“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822

Obuna haqida

Izohlar

Hozirça izoh yöq. Birinçi bölib fikringizni yozing.

Siz nima deysiz?

Izoh tahririyat körib çiqqaç, eʼlon qilinadi.

Şu ruknda köp öqilganlar

Barçasi (258)

Suv. Hikoya

– Öz oyoği bilan jildirabgina kelmagan suv suvlik qiladimi?! Ketaman bu Cahroyi kabirdan… ketama-an-n! Dilşod şunday deya örnidan sapçib turdi-yu, derazadan taşqariga termildi. U avval hovlisidagi qovjirab qolgan…

“Eynşteyn jumboği”

Dekabrning asov şamoli tun bağrida özini har yonga urib, böriday uvillaydi. Uylar ham sovuqdan junjikkanday bağridagi çiroqlarini öçirib, şamolga jör bölib, qoranği tun vajohatini yanada orttiradi. Biroq şu imoratlar…

Uluğbek Hamdam. Yöl (falsafiy roman

Men bir ojiz tomçiman, ammo yuragimda ummon soğinçi yaşaydi. Mavlono Rumiy TUŞDAN OLDINGI VOQEA Ovoz keldi! Ovo-o-oz!.. Eşityapsizmi, ğoyibdan bir ovoz keldi! Dunyolarni töldirib emas, yöq, balki yöl kabi uzun, yöl kabi…