Bir kuni Mark Tven…

0
27
marta ko‘rilgan.

She’r ko‘tarib keldimikin?

Mark Tven ishlayotgan tahririyatga bir kuni qurollangan bosqinchi kirib, tahdid qiladi:

– Qo‘lingni ko‘tar! Yo pulni berasan, yo o‘lasan! Qani, tezroq qimirla!

– Hayriyat-yey! – deydi muharrir kulib, – yana kimdir she’r ko‘tarib keldimikin deb qo‘rquvdim.

 

Imzoning o‘zi keldi

Mark Tven gazetada muharrir edi. Kunlardan bir kun tahririyatga, chamasi, muharrirdan norozi bo‘lib yurgan kimsadan bir og‘izgina “Cho‘chqa” deb yozilgan xat keladi. Ertasi kuni gazetada muharrirning o‘sha xatga yozilgan shunday javobi e’lon qilinadi:

“Tahririyatimizga ko‘pincha imzosiz xatlar kelib turadi. Ammo kuni kecha birinchi marta faqat imzoning o‘zi keldi”.

 

Qaroqchining uzri

Mark Tven oqshomda uyiga qaytayotgan edi. Pastqam bir joyda noma’lum kishi uni to‘xtatib, ko‘ksiga to‘pponcha tiraydi:

– Soatni chiqar!

Yozuvchi qaroqchiga sinchiklab tikiladi:

– Soatni o‘tgan hafta olgansiz!

– Kechirasiz, – deydi qaroqchi, – bu orada yangisini olgan bo‘lsangiz kerak deb o‘ylovdim.

 

Javob xat

Mark Tven bir gazetada muharrir ekanida tahririyatga kelgan yaroqsiz qo‘lyozmalardan rosa bezor bo‘ladi. Shunaqa qo‘lyozmani yuborgan muallifga bir kuni g‘alati javob yuboradi: “Aziz do‘stim! Ming afsuski, gazetamiz sahifalarida joy yetishmaganligi uchun asaringizni bosolmadik. Ammo siz umidsizlanmang. Yaqin orada tahririyatimiz keraksiz qog‘ozlar solib qo‘yiladigan bir necha katta qop sotib olmoqchi. O‘shanda bajonidil asarlaringizni o‘sha qoplarga joylab qo‘yamiz”.

 

Shodmon Otabek tarjimasi.

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.