(Hikoya)
Bir kuni oqşom köylakka dazmol bosayotgan çoğim hayotimga özgariş kiritgan muhim voqea sodir böldi. Töğri, dabdurustdan xayolimga kelib qolgan fikr oddiy edi, ammo juda boşqaça, kişini öziga tortardi. Erim mehmonxonada televizor tomoşa qilib ötirardi. Men uning oldiga bordim va xayolimga kelgan gapni aytdim:
– Ijaraga ofis olmasam, bölmaydiganga öxşaydi?!
Erimga şunday deyişga dedim-u, bu gap özimga eriş tuyuldi. Menga ofis nima uçun kerak, özi? Uyimiz bor, tağin keng va şinam, yana deng, derazadan dengiz ham körinib turadi. Unda barça şaroit muhayyo: alohida yemakxona, yotoq, hammom va, bordi-yu, döstlaring kelib qolsa, çaqçaqlaşib ötiradigan xona ham bor. Yana-tağin, uyim atrofi boğ. Xullas, joy degani tanqis emas.
Lekin hozir bu yerda meni qiynayotgan narsa butunlay boşqa edi: men yozuvçiman. Yöq, bunday desam, özimga bino qöygan bölaman, töğriroği, göyo bu rasmiyatçilik uçun, işonçsizlik bilan aytilganga öxşaydi. Yaxşisi, mana bunday deya qolay: men yozişni maşq qilib turaman. Menimça, şunisi maʼqul. Xullas, men yozuvçi bölişga harakat qilyapman. Hozir aytayotganim oldingilaridan ham ötib tuşdi. Xuddi men özimni özim kamtar qilib körsatayotgandayman. Xöp, nima dey bölmasa?!
Umuman, hozir gap bular haqida emas, balki yozuvçining ijod qiliş jarayoni töğrisida ketyapti. Voqealarni birma-bir bayon qilarkansan, ana şu ajib jarayonda sözlar sokinlikdan çiqib, dunyoni köradi. Kişilar ana şu “söz”larni samimiyat va mehr bilan qabul qiladi, kimlardir qayğuli “söz”lardan közyoş tökadi. Yana kimlardir sen töqigan baxtli yakundan quvonadi. Şuning özi qanday ajoyib! Bu ijodkor uçun juda yoqimli va qiziqarli jarayon. Aynan nimani yozişingiz masalasi esa qalb amridir. Ijod menga özimni boğlab turgan çegaralarning yöqolişi, könglimni çoğ etiş va yana… yana könglimdagi dard-alamlarimni sokin bir ovoz bilan çiqariş imkoniyatidir. Ana şu ovoz yupatişdan tolsa-da, baribir sira sizdan nolimaydi, taʼna ham qilmaydi, faqatgina “O, beçoragina!” deydi, xolos.
Endi menga nima uçun ofis kerakligini bilib olgandirsiz. Ha, ijod qiliş uçun. Erimga ham şunday dedim. Bu gap “çunki” degan izohini eşitiş oson bölmagan mavzu ekanini, tağin könglimning köçasiga “qani, marhamat” deya erk bergandek yangraganini özim ham fahmladim. Hamma ham yoziş uçun yozuv maşinkasi yoki heç bölmasa qalam, qoğoz, stol-stul kerak bölişini yaxşi biladi. Umuman olganda, bu jihozlar yotoğimning bir burçagida turibdi ham. Lekin şunday bölsa-da, hozir men ofisga ehtiyoj sezyapman.
Garçi ijaraga olgan xonamni ijodxona qilgan taqdirimda ham u yerda biror narsani döndirişimga işonçim komil bölmasa-da, ahdim qatʼiy edi. Ehtimol, u yerda ötirib olganimça, mayli, menga yoqmasa ham devorlarga tikilib ötirarman. Ijodxona – men uçun tom maʼnoda özligimni anglatuvçi göşa. Ijodxonaga erişiş – mening öz oldimga qöygan behad jiddiy maqsadim. Öz-özidan maʼlumki, erimga bunday balandparvoz gaplarni aytib, izoh berib ötirmadim. Umuman, bunday gaplarni aytiş niyatim ham yöq edi, şu tufayli tuşuntiriş yöli özgartirildi.
Har qalay, uyda erkak kişining işlaşi uçun şaroit yaratilgan böladi. Işxonasida bitirolmay qolgan yozuv-çizuvlarini uyga olib kelsa, unga barça zarur şaroit muhayyo etiladi. Uydagilar uning işi muhimligini yaxşi tuşunadi va xalaqit qilişmaydi. “Jiring-jiring” qilgan telefonga javob bermaydi, uyda nima qayerda ekani undan söralmaydi, yana janjallaşayotgan bolalariga qozilik qilişi yoki muşugiga ovqat berişi ham şart bölmaydi. U eşigini içidan berkitib oladi-da, bemalol işlayveradi. Ana endi ayni şu holatga onani qöyib köraylik: u işlaş uçun xonasining eşigini içkaridan qulflab oladi. Onasining içkarida ekanini bilib turgan bolalar bundan vahimaga tuşişi aniq-ku. Eri va farzandlarining risoladagiday yaşaşiga masʼul bölgan ayol şu harakatlari bilan ularni qiynab qöymaydimi, bu axir hayotning ming yillik anʼanayu odatlarini buziş bölmaydimi? Zero, oilada ayolning burç va majburiyatlari erkak kişinikidan tubdan farq qiladi. Axir, ayol oilada ertalab yuvib dazmollangan kiyimlarni egniga ilib işga ketadigan va oqşom kelib, tayyor ovqatni yeb, joyiga borib uxlaydigan erkak bilan teng emas-ku. Uyni uy qilib uşlab turgan ayol barini qöyib, heç narsaga çalğimay, butun fikri yodi bilan uyda ijod qilib ötira olarmidi?!
(Mening bir odatim bor: nimadir ustida tortişayotgan mahal munosib javob qaytara olmaslikdan çöçib, fikrimni obrazli va taʼsirçan iboralar bilan ifodalaşga tutinaman. Endigina zamin yuzini körgan yam-yaşil maysalar uzra yomğir şivalagan, xuddi vaqt töxtab qolgandek tuyulgan mana şu bahor oqşomida könglimdagi gaplarni erimga tökib soldim-da, dengiz uzra hadsiz mehr bilan yiltirab, öziga çorlayotgan şuʼlalarga termulib derazalarni asta oçdim. Nazarimda, uy göyo kiçrayib, qaytadan yoğoçu ğiştlarga aylanib qolgandek, ular ham mana-mana qulab tuşadigandek tuyuldi. Göyo men bu uydagi turmuşimni şafqatsizlarça taşlab ketayotgandek, içim böm-böş bölib qoldi. Hozir erimga bildirgan fikrlarim bemaʼnilik hisoblanib, rad etilişiga içimda tayyor tursam-da, erkinlik deya boş kötarganimdan qaltirab turgan bölsam-da, ammo baribir hayotimda qatʼiy qadam taşlaganimdan özimni kuçli, kişanlardan xalos bölgandek his etdim. Birozdan söng vujudimdagi bu bezovtalik barham topdi: menga rozilik berildi.)
– Agar birorta arzonroq joy topsang, marhamat, – bari aytgan sözlarimga erimdan bor-yöği şu bir jumla javob böldi.
Körinib turibdiki, erimga bu niyatim yoqmadi, şu on mening ohu zorimni eşitib ötirişga toqati yöq edi. Nima ham derdim, bu qalbi kitobga oşno bölmagan insonning munosabati-da. Ijaraga ijodxona olganimdan keyin yozuvçilik faoliyatim qanday davom etadi, davom etadimi özi – unga bularning qiziği ham yöq edi.
Hatto mening özim ham vaqt ötib, yozuvçi sifatida nom çiqaraman deb öylamasdim. Balki öşa paytda bu menga erişib bölmas orzudek tuyulgandir. Men, qaniydi, möynali paltom, olmosli zanjirim bölsa, deb öylay olaman-ku. Balki, bu taqinçoqlar ayol kişi erişsa böladigan buyumlar bölgani uçun bemalol orzu qilgandirman. Bolalarim bu qarorimni amalga oşişi muşkul gapdek eʼtiborsizlik bilan qabul qilişdi. Oila aʼzolarimning işonçsiz munosabatiga qaramay işga kirişdim: uyimizdan ikki uy naridagi savdo-sotiq markaziga yöl oldim. Bir neça oydan buyon u yerdagi dorixona va pardozxona joylaşgan binoning yuqori qavati derazalariga ilingan “Ijaraga beriladi” degan eʼlonning menga qanday boğliq joyi borligini tuşunolmay, negadir öşa joyni doimo kuzatib yurar edim. Hozir şu binoning birinçi qavatidan yuqoriga çiqib borar ekanman, nazarimda, bu işni heç qaçon amalga oşirib bölmaydigandek tuyuldi. Şubhasiz, ijara oldi-berdisi, tağin ofislar masalasida mömay daromad degani edi. Tağin bu – şunday eʼlonga közingiz tuşgaç, u yerning eşigini qoqqaningizda “Mana, marhamat, şu joy sizni kutib turgan edi” qabilidagi javobni eşitasiz, degani emas. Ijaraga joy olişni niyat qilgan odamning aniq bir rejasi bölişi kerak-da. Ijaraga berayotganlar ham anoyi emas, maqsadlari pul işlaş bölsa.
Şunday qilib, eşigini taqillatişim kerak bölgan xonodonga kelganimda bunga hojat ham qolmadi. Böş ofislardan birining eşigi oçilib, qölidagi çangyutgiçini oyoğiga suyab bir ayol çiqib keldi-da, xolldan ötib kiriladigan, binoning orqa tomoniga qaragan eşigi oçiq katta xona tomon ketdi. Ayol eri bilan şu uyda yaşar ekan. Ular binoning egalari edilar. Mollilar oilasi binodagi xonalarni ijaraga beriş bilan şuğullanardilar. Men ayolga ijaraga xona olmoqçiman, dedim. U hozirgina tozalab çiqqan xonalar tiş döxtirlari uçun möljallanganini aytgaç, u yerga kirib ötirmadim. Söng ayol menga boşqa xonani körsatadigan böldi. Missis Molli meni körib, töxtab qoldi, çangyutgiçini hali xonasiga olib kirişga ham ulgurmagandi. Çangyutgiçni joyiga olib kirib qöyay, böş xonaning kalitini olib çiqaman, dedi, meni ham içkariga taklif qildi va bemalol kiraverişimni, bezovta qilişim mumkin bölgan heç kim yöqligini qöşib qöydi.
Qora soçli bu missis Molli, ehtimol, qirq yoşlarida jozibali ayol bölgandir. Uning ayolligini eslatib turuvçi nomiga surilgan qip-qizil lab böyoği, puştirang jun şippak, nazokat bilan özini mağrur tutişi – şu jihatlari bilan kişini haliyam biroz öziga jalb qilardi. Ruhi siniq, hayotning aççiq-çuçugini köp totgan, jonsarak körinardi. Bu esa sal narsaga kaltaklayveradigan, badjahl va içkilikboz odam bilan umrini ötkazganidan dalolat berib turardi. Men dastlab körganimdayoq ayolning qanday kunlarni boşidan keçirganini sezgan bölsam-da, özimni heç bir narsadan xabari yöq odamdek tutdim, albatta. Şunday er bilan yaşab, yana qöşimça taşviş orttirmay deb bola körişni ham istamagan bölsa kerak, degan xayolga ham bordim. Ha, yanglişmabman, çindan ham, uning farzandi yöq ekan.
Menga körsatilgan xona mehmonxona bilan ofisning qorişmasi ekani şundoq körinib turardi. Içkari kirişim bilan dastlab közimga taşlangan narsalar – XV–XVII asrlarga mansub katta ispan dengiz kemasi va yana sal möjazroq qadimiy kema maketlari, stol ustida qiroliça Mariya byusti, enli deraza rafi va televizor böldi. Kema maketlaridan ortgan joylarga gulli gultuvaklar qöyilgan, qolgan joylarda esa xitoyça uslubda yasalgan buğu kallasi, birinj otlar va katta-katta yaltiroq tamakidonlar qalaşib yotardi. Devorga suratlar va allaqanday diplomlar ilib taşlangan edi. Suratlardan biridan jingala jaydari it bilan buldog erkak va ayol libosida qarab turardi (itlarga bunday ortiqça mehr-oqibat odamning ensasini qotirar ekan). Surat ostida şunday bitik bitilibdi: “Qadrdon döstlar”. Ana şu aralaş-quralaş aşyolar orasida zarhal ramkaga solingan bir portret yarq etib ajralib turar edi. Bu yozuv stolida ötirgan, qora kostyum-şimli, aftidan, avji iş faoliyati gullab-yaşnagan, örta yoşlardagi, oq-sariqdan kelgan, sarğiş soç, istarasi issiq odamning portreti edi. Menga portretning bu xona devoriga ilinişi nomutanosib tuyuldi. Özi notaniş odam bölsa, öziça kimgadir nimanidir isbotlaş uçun ijaraga beriladigan joyga portretini osib ötirsa… bu hol portret egasiga begona kişi uçun ğalati körinişi aniq. “Xöş, nima qipti, men özi şunaqaman” qabilida iş tutiş, faqat özinikini töğri hisoblab, köngliga kelganini qiliş – borib turgan tentaklikdir.
Menga nima, bu Mollilarning işi bölsa. Garçi bu joy şifokorlar uçun möljallanib ikkiga ajratilgan va menga keragidan ham kattalik qilsa-da, baribir, kirganimga heç qança ötmay xona menga yoqib qoldi.
– Bir vaqtlar bu yerni xiropraktor1 ijaraga olgan edi, – dedi missis Molli negadir afsus bilan, – biroq u ketgan, – qöşib qöydi bu mavzuda ortiq gapirgisi kelmay.
Devorlar közni qamaştirib yuboradigan kulrang aralaş oq tusda edi. Ayni vaqtda bu xonaga talabgor birorta şifokor çiqmagani va missis Mollining özi bir qança vaqtdan buyon xona böş turganini yaşirmaganini inobatga olib, men bir oyga yigirma beş dollar ijara haqini taklif qildim. Missis Molli buni eri hal qilişini aytdi.
Kelgusi safar kelganimda ularga taklifim maʼqul tuşganini bildim, şunda men mister Molli bilan yuzma-yuz körişdim. Ötgan safar xotiniga aytganimdek, unga ham men ofis sifatida ijaraga olayotgan xonada doimo bölmasligimni, balki dam oliş kunlari, ora-sira oqşom paytlari kelişimni tuşuntirdim. Mister Molli xonani asli nima maqsadda ijaraga olayotganim bilan qiziqdi, garçi uning bu savoliga javob bergim kelmasa-da, lekin javob qaytarişga majburligimdan, stenografiya bilan şuğullanaman, deb qöya qoldim. Mister Molli javobimdan xursand böldi, qiziqib, yana meni söroqqa tutdi:
– E, siz hali yozuvçimisiz?
– Ha, şunday.
– Unday bölsa, sizga qölimizdan kelgan barça şaroitni muhayyo qilib beramiz, – dedi u oçiq çehra bilan. – Men özim hobbilarga mukkasidan ketgan odamman. Mana şu kema maketlarini ham özim yasaganman. Özingga yoqadigan maşğulot bilan şuğullaniş toliqqan asablarga huzur bağişlaydi. Odamlar asablarini asraş uçun birorta narsa bilan maşğul bölganlari durust. Mana, siz ham hobbi ketidan quvadiganlardan ekansiz.
– Xuddi şunday, – deb javob berdim uning gaplarini maʼqullab. Mening şunça harakatlarimni şunçaki hobbi deb tuşunganidan yengil tortdim.
“Bolalaringizga kim qaraydi, mabodo bunga eringiz qarşilik qilmaydimi?” deya söraydimi, deb kutgandim, yöq, xayriyat, indamadi. Köz oldimda turgan mister Molli portretdagi mister Mollidan ança farq qilar edi. Oradan ötgan ön, ehtimol, ön beş yil bu odamni ança muloyimlaştirib qöygani körinib turardi. Mister Mollining oyoq va böksalari şu qadar beöxşov semirib ketganidan hansirar, qorni şişib turgan par yostiqdek qappaygan, homilador ayollarga öxşaş harakatlari ham sust edi. Endi uning soçlariga oq oralagan, közlari xiralaşgan, yuziga ajin tuşgan, yoşlikdagi çörtkesarligi ezmalikka aylangan edi. Men unga ortiq eʼtibor qilmadim. Zotan, bu xonani odamlarning tabiatini örganiş uçun ijaraga olayotganim yöq.
Şunday qilib, hafta oxirida menga rozilik bergan oilamning yordamisiz ofisimga köçdim. Bu yerga yozuv maşinkamni, ğildirakli stolini, stul, yana ixçamgina yoğoçli stolça ham olib keldim; bu stolçaga plita, çovgum, bir şişa qahva, qoşiqça va sariq finjon qöyişni möljalladim. Bor budim şulargina edi. Xonam devorlariga heç nima qoqilmaganidan, keltirgan arzimas buyumlarimdan butunlay qoniqqan edim: bular tinimsiz çang artib, yiğiştiraverişga zarurat tuğdirmas edi.
Bunday kamtarona manzara mister Molliga maʼqul kelmadi. Men narsalarimni joylab bölganimdan heç qança ötmay, u eşikni taqillatdi. Ayrim narsalarga oydinlik kiritib oliş niyatida ekan. Xona qoronğilik qilmayaptimi, taşqaridan yetarliça yoruğlik tuşayaptimi, xonaning harorati mötadilmi, derazalar ustidagi jajji soyabon tomlar quyoşdan yaxşi pana qilyaptimi – meni mutlaqo qiziqtirmaydigan mana şunaqa mayda-çuydalarni oydinlaştirib olmoqçi ekan. Yana buyam kamlik qilganday, barça narsalarga öyçan qarab çiqdi-da, fikrini aytdi: bunday şaroit mendayin lediga munosib emasmiş.
– Aksinça, bu joy menga juda maʼqul, – dedim unga. Şu javobim bilan uni tinçlantirdim, deb öyladim va endi xonadan çiqib ketar deb umid qildim.
Men, albatta, unga könglimdagi gapni aytmadim. Özi, şunday noqulay vaziyatlarga duç kelib qolsam, jinim suymagan odamlar bilan gapni qisqa qiliş uçun hamişa şunday yöl tutaman. Baʼzida xuşmuomalalik bilan izzatini joyiga qöysam, bundaylardan tezroq qutulaman, degan anoyilarça umidga ham berilaman.
– Ilhom kelişini poylab turganingizda, yumşoqqina kresloda ötirişga nima deysiz? Birinçi qavatda ötgan yil onam vafot etganidan keyin qolgan kreslolar yotibdi, istaganingizni tanlab olsangiz böladi. Uyning bir burçagida heç kimga nafi tegmay qança gilamlar ham uyilib yotibdi. Biz xonangizga gilamlardan bittasini olib çiqib, töşab qöysak ham böladi, şunda özingizni uyingizda yurgandek his etasiz.
– Ovora bölmang, – dedim, – bu joy menga qanday bölsa, şundayligiça yoqyapti, gapim rost.
– Agar siz derazalarga parda ilaylik, desangiz, mayli, olib beraman. Bu xona uçun yorqin ranglar kerak, bunday diqqinafas xonada ötiraverib siqilib ketasizmi, deb qörqayapman.
– O, aslo, – dedim men kulib, – işonçim komil, bunday bölmaydi.
– Agar siz erkak kişi bölganingizdayam boşqa gap edi, lekin siz ayolsiz. Ayollar qulaylikni yaxşi köradi.
Axiyri örnimdan turib, deraza oldiga bordim. Derazaning taşqi tomonidan tutilgan gorizontal qavatli oçilib-yopiladigan yelim panjaradan pastga, şanba kunidagi böm-böş köçalarga termildim. Xayolimda uning löppi yuziga qarab zahar soçişdan özimni tiyib, qanday qilib vazminlik bilan javob bersamikin, deb tursam-da, tilim qursin, içimdagini sirtimga çiqarib yubordi:
– Mister Molli, iltimos, bunday narsalar bilan meni boşqa bezovta qilmasangiz. Bu şaroit meni qoniqtiradi, deb sizga aytdim-ku, axir. Menga nimaiki zarur bölsa, bari yetarli. Yoruğlik haqida qayğurganingiz uçun rahmat.
Lekin natija men kutganimday bölib çiqmadi, u meni yaxşigina uyaltirdi:
– Tabiiy, sizga xalal berişni xayolimga ham keltirganim yöq, – javob qaytardi mister Molli dangal, ovozida xafagarçilikdan asar ham yöq edi. – Bu gaplarni faqat sizning foydangizni közlab gapirdim, xolos. Örningizda bölganimda, axir menga qulaylik yaratib berişyapti-ku, deb indamay xonadan çiqib turgan bölardim.
Mister Molli çiqib ketgandan söng özimni ança yaxşi his qildim. U gapning indallosini aytib, meni uyaltirganiga qaramay, erişgan ğalabamdan xursand edim. “Hozir u bilan çaqçaqlaşib ötirib, keyin ertaga undan qutulolmay, boşimga balo orttirganimdan köra hozirdanoq vaqtimni olişlarini suymasligini bildirib qöyganim maʼqul”, dedim özimga özim.
Kelgusi hafta eşigim tağin taqilladi. Oçsam, ostonada yana mister Molli turibdi. Xuddi meni mazax qilayotgandek, özini beçoraga solib olibdi; ehtimol, rol öynamayotgandir, lekin endi bunga işonarmidim.
– Taşviş çekmang, men sira vaqtingizni olmoqçi emasman, – dedi. – Aslida sizga qiyinçilik tuğdiriş niyatim yöq edi. Ötgan safar sizni ranjitib qöyganim uçun uzr söray deb keldim, xolos. Meni keçiring. Qabul qilsangiz, aybimni yuviş uçun sizga arzimas bir sovğa olib kelgandim.
U xonaga men nomini ham bilmaydigan allaqanday gul kötarib kirdi. Puşti va oq zar qoğozlar bilan qalin qilib öralgan tuvakdagi gulning ziç ösgan barglari yaltirab turar edi.
– Manavi yerga qöyib qöyamiz, – dedi u gulni xona burçagiga olib borib. Menga ham gul uçun şu joy maʼqul körindi. – Oramizda heç qanday dilgirlik bölişi kerak emas. Töğri, öşa kuni ayb mendan ötdi. Mayli, xona jihozlanişini xohlamasa-xohlamas, keyin öyladim özimça, biroq gul noqulaylik tuğdirmas. Aksinça, gul ilhom bağişlaydi.
Qaniydi, şu dam yurak yutib: “Menga gul mutlaqo kerak emas!” deya olsam. Çunki negadir xonaki gullarni xuşlamayman. U menga gulni qanday parvariş qiliş, neça kunda suv quyiş, xullas, şularni örgatdi. Tabiiyki, men unga taşakkurimni aytdim. Ha, ayni vaziyatda uning hadyasi, ezmalangan uzrxohligidan könglim ozib, bazör tingladim va rahmat aytdim. Nima qilay, boşqa ilojim ham qolmagandi-da. Mister Molli yana boşqatdan, meni maʼzur tuting, qalbingizga ozor berdim, kabi ezma gaplari bilan suhbatni ulaşga tuşdi. Biroq men darhol hayotimda ötgan xoh yaxşi, xoh yomon voqealarni hadeb eslayvermasligimni aytib, uning oğziga urdim. Töğri-da, men unga kim bölibmanki, u mening “qalbimga ozor bergan” bölsa. Şunday xayol qilib ötirarkanman, yuragim siqildi: endi xirapaşşa mana şu mister Mollidan qanday qilib qutularkinman-a.
– Işlaringiz siljib qolgandir? – söradi u örtadagi köngilsizlikni unutib.
– Ha, ketyapti.
– Şunday deng, mayli… Ha-ya, mabodo yozay deganingizda ğoya tugab qolsa, menga murojaat qilavering. Menda ğoya deganingiz ğij-ğij. – U jim bölib qoldi. – Qarang-a, sizning vaqtingizni olyapman, – dedi yasama açiniş bilan.
Bu gapni şunçaki ösmoqçilab aytdi va mendan kutgan javobini ololmadi. Burçakni butunlay egallab olgan gulga qarab miyiğimda kuldim, bu – uning oxirgi jumlasini tasdiqlaganim edi.
Hozir bu xonani sizdan oldin ijaraga olgan xiropraktor yigit xayolimga keldi. U haqda kitob yozsangiz ham böladi.
Qölimdagi kalitni öynaşdan töxtab, uning gaplarini tinglaşga tutindim. Jurʼatsizlik tabiatimdagi katta qusurlardan edi. Qiziquvçanlikka kelsak, bu endi mutlaqo boşqa masala.
– Öşa yigitning qöli gul ekan deng, mana şu xonada katta işlar qildi. Javonga bilimini oşiradigan kitoblarni taxlaşdan köra bu joyni öziça özgartirişni maʼqul kördi. Özgartirganda ham öng-çapiga qaramay özgartirgan. Men u joylaşgandan ança keyin kirdim. Öşanda qanday manzaraning ustidan çiqqanman, bilasizmi? Xonaning ovoz ötkazmaydigan qoplama bilan örab çiqilganiga hayratda qolganman! Butun devor ovoz ötkazmaydigan qoplama bilan örab çiqilibdi-ya. Tağin buni heç kimning yordamisiz, yolğiz özi uddalaganini aytmaysizmi. Siz hikoyalaringizni yozib ötirgan mana şu xonani-ya. Biz buni qanday bilib qoldik, deng. Bir kuni notaniş xonim eşigimni taqillatdi. Xonim mening kalitim bilan xiropraktor eşigini oçib berişimni söradi. Sörasam, u eşigini oçmayapti, deydi. Men bölsam vaqtida xiropraktorimiz bu xonimni davolagandir, ayol qayta davolanmoqçidir, deb taxmin qilib ötiribman. Xonimning ayni yetilgan, durkun vaqti deng, şifokor yigitimizning ham ayni qirçillama payti. Gap qayoqqa borayotganini özingiz ilğagandirsiz. Tağin, u yigitning yoşgina ajoyib xotini, körsangiz suqingiz kiradigan ikki farzandi bor-a. Nafsi buzuq odamlar bu dunyoda ayşini ana şunday surib yuraverar ekan-da.
Menga, mister Molli bu voqeani şunçaki ğiybat uçun emas, balki yozuvçi bunday gaplarni eşitişga juda iştiyoqmand, deya öylab aytib berganini birmunça vaqtdan söng angladim. Yozuvçilik deganda erkak bilan ayol örtasidagi nozik munosabatlarni tasavvur qiladi, şekilli. Garçi bu hatto eʼtibor berişga ham arzimaydigan öta jön fikr bölsa-da, yana bunda yoşlikni qömsaş sezilib tursa-da, baribir bu hol menga, hozir zoye ketayotgan vaqtlaring uçun isyon qilsang-çi, degandek bölardi. Lekin hozirdan köra ertani öylab tilni tiyiş zarurligini yaxşi tuşunar edim. Bir aççiq gap bilan manavi misterning tanobini tortib qöyaman, deb yöl tutişim ayni damda katta xatolikka yöl qöyganim bölar edi.
Bu hafta menga çoynak hadya qilindi. Işlayotganimda faqat qahva içişimni, yaxşisi, buni missis Molli olgani maʼqul, deb turib oldim. Gapni qarang, asabiy odamlar uçun qahvadan köra çoy foydaliroq emiş va men mister Molliga öxşagan asabi çatoq inson ekanman. Atirgullar rasmi çekilgan, yaltiroq zarlar bilan zeb berib işlangan çoynak juda xunukligiga qaramay, baribir qimmatbaholigi bilinib turardi. Yana noiloj qolib, çoynakni oldim va uni stolim ustiga qöydim. Keyin nima qilarimni bilmay, xonamning burçagini egallab yotgan gulning barglari çangini tozalaşga tuşdim. Yöq, u xonamda bölsa, qanday qilib yozaman? Yana hotamtoy mister Molli mayda-çuyda yengil çiqindilarni taşlaş uçun içi va sirtiga xitoyça bitiklar bitilgan ajoyib idiş berdi. Tağin kreslom uçun teşik-teşik yumşoq rezina yostiqça ham olib keldi. Mana şu saxovat orqasidan unga meni işlagani qöying, deb şartta gapirolmayotganim uçun özimdan özim nafratlanib ketdim. Bu sermulozamat kuşandaning yuziga eşikni yopib qöya olmayotganim uçun, ijodxonamga kirişiga yöl qöyayotganim uçun bezovta bölardim, uni körişga közim, otişga öqim yöq edi. Öz navbatida, mister Mollidek odam ham mana şu şaqir-şuqurlari bilan mening toqatimga tovon tölayotgani va faqatgina gaplarini tinglab ötirişim uçun şunça ter tökayotganidan ham mendan nafratlanayotgani turgan gap edi.
Mana, endi u menga öz hayotini hikoya qila boşladi va, qarabsizki, şu bilan yana xonamda qoldi. Bundan maqsadi aytib berganlarimni axiri bir kun kitob qilar, degan ilinjda bölgani ravşan edi. Ehtimol, huda-behudaga yuzlab odamlarga öz hayot qissasini gapirib çiqqandir. Mayli, bularni yozişimga közi yetmas, ammo bu safargi bayon özgaça ruh bilan badiiy talqin etildi. Aksariyat insonlardan farqli ölaroq uning peşonasiga musibatlar izma-iz bitilgan ekan. Omad yuz ögirib, işlari orqaga ketganda birodarlari uni taşlab ketgan ekan. U sidqidildan yordam qölini çözgan, hamişa qöllab-quvvatlab kelgan döstlari bölsa, eh, ular unga xiyonat qilgan ekan. Boşida tegirmon toşi yurgizilgan öşa oğir damlarda kimlar deng, özi biror marta bölsin, körmagan, tağin uni mutlaqo tanimagan odamlar koriga yaragan ekan. Mana şu jabru sitamlar tufayli ham uning umri ming bir qiyinçiliklar içida ötgan ekan. Yana deng, bu musibatlar uning jufti haloliga öz asoratlarini qoldirmay qöymabdi: soğliğidan putur ketibdi, asablari tamom bölibdi. Xöş, u qanday qilib şunday körgiliklarni ortda qoldirib, mana şunday dorilamon kunlariga yetib kelibdi?
– Bu jumboqning yeçimiga siz öz közlaringiz bilan şohid bölib turibsiz, – dedi va qöllarini tepaga kötarib işora qildi. – Ha, nimaiki bölmasin, men hayotning şafqatsiz sinovlaridan öta oldim.
Mister Molli zör umid bilan özini tasdiqlaşimni kutib, menga qarab turardi, afsuski, bunday bölmadi.
Bu hafta kelganimda zinalardan oyoğimning uçida, ohista yurib çiqdim, eşikni oçayotganda ham kalitni avaylab buradim. Xöp, endi, yozuv maşinkang çiqillab, egam keldi, deb ovozini çiqarib tursa, kimdir şu tobda bu ehtiyotkorliging kimga kerak desa-çi?! Maşinkada emas, qölda yozsammikan, deb boş qotirdim, anovi xiropraktordek devorlarga ovoz ötkazmaydigan qoplama qoplasammikan, deb xayol qildim. Özimni boşi berk köçaga kirib qolgandek his etib, axir biror fikr çiqar, deya erimga yorildim. “Şu ham muammo böldi-yu”, degandek, erim şunday yeçim taklif etdi:
– Keçirasiz, hozir band edim, de, böldi, – aql örgatdi.
– Hamma gap ham şunda-da! Doim qölida biror sovğa böladi. Yo bölmasam, allaqanday bahona bilan kelib, eşigimni taqillatadi, keyin hol-ahvol söraydi. Men unga gapni qisqa qilib, hozir vaqtim yöq, yozayotgan edim, deb suhbatlaşiş mavridi emasligini oşkora bildiraman. Qani endi, öşa Molliga gap taʼsir qilsa. Fiğonimni çiqarib, xonangizga birrov kirsam degandim, unça vaqtingizni olmayman, deydi bezbetlarça. U hamişa xayolimdan ötayotgan gaplarni, tağin ijodxonamga kirib kelmasin-da, işiqilib, deb qörqib turişimni ham biladi. Bilib turadi-yu, baribir yuzingda közing bormi, demay bostirib kelaveradi.
Bir kuni qoronği bölgunça işlab, uyga qaytdim. Qarasam, poçtadan jönataman, deb yozib qöygan xatimni ofisda qoldiribman, uni olib keliş uçun ortimga qaytdim. Mollilar köçasiga yetib borganimda, derazadan ijodxonam çiroği yoniq turganiga közim tuşdi. Yana deng, mister Molli maşinkam ustiga egilib olgan edi. Demak, u keçalari kirib, yozganlarimni doim mana şunaqa qilib öqib yurgan! U oyoq tovuşlarimdan kelayotganimni bildi, çunki men xonaga kirganimda u özi bergan savatçaning içini böşatayotgan edi. Qaranglar-a, bu kişim xonani men uçun saranjomlab qöyayotgan ekan. Öşa safar boşimni qotirmay, darhol çiqib ketdi. Unga heç narsa demadim. Unga biror nima demadim-u, ammo ğazabdan titrab ketdim. Lekin şu çoğ içimda mamnuniyat his qildim. Axir, bu mister Molli deganlarini şunday voqea ustida uşlaş – şu qilmişi tufayli yuziga eşikni tars yopib qöyişim uçun zör imkoniyat paydo bölgan edi.
Şunday qilib, kelgusi hafta eşik içidan qulflab oldim. Biroz ötib, mister Mollining oyoq tovuşlari, söngra eşikning ohista, taqillaşi eşitildi. Men heç narsa eşitmayotgandek, maşinkamda çiqillatib yozib ötiraverdim, ora-sira töxtab ham qöyardim. Şuning uçun mister Molli men eşik taqillaganini eşitganimni bildi. Eşik oçilavermagaç, oxiri meni çaqirdi. Biroq men javob bermasdan indamay ötiraverdim. Aslida bunday bezbetlikka çiday olmasdim, nima qilay, joyimdan jilmay ötiraverdim. Şu kuni, xayriyat-ye, dunyoda quyoşning issiq tafti ham bor ekan-ku, dedim: nihoyat ijodxonamda asabim buzilmay, bamaylixotir işlaşga muyassar böldim.
Ammo buning oqibati keyin qanday bölişini öylab körmagan ekanman. Işlarimni yakunlab, endi eşikni qulflamoqçi edim, şunda eşikka yopiştirilgan, mister Molliga bir uçraşib ketsam, boşi kökka yetişi yozilgan qoğozga közim tuşdi. Mayli, bölar iş böldi, şu bilan bunga nuqta qöya qolay, deb uning xonasiga yöl oldim. Borsam, u stol yonida, özi maxsus almaştirgan chiroqning xira nurida ötirgan ekan. Eşikdan kirmasimdanoq, göyo men uning arpasini xom örgandek, qovoğini uyib, çimirildi, söng gapini yozuvçiligimni bilib, meni ijaraga qöyganidan boşladi.
– Sizga aytsam, yozuvçi va sanʼatkorlar qanday toifa odamlar bölişini köp va xöp eşitganman. Albatta, bunday odamlarga aslo rağbatim bölmagan. Lekin men şunga qaramay, Molli, hamma bir xil emas-ku, deb sizga xona berdim. Ha-ya, ularning qandayligini özingiz ham bilasiz.
Oçiği, gap nima haqida ketayotganini anglolmay qoldim.
– Özingiz mening huzurimga kelib, mister Molli, ijod qilişim uçun ijaraga xona olmoqçiman, dedingiz. Men esa sözlaringizga işonib, mana sizga xona, mana barça şaroit, dedim. Mana, men ana şunday odamman. Biroq siz şunga munosib yöl tutmadingiz. Hozir meni qattiq öylantirayotgan, aniqroği, lol qoldirayotgan işni özingiz ham sezib turibsiz.
– Nima lol qoldiryapti? – söradim men.
– Meni sizning xatti-harakatlaringiz hayron qoldiryapti. Eşikni içidan qulflab olib, taqillatişsa, oçmasligingiz, bir öylab köring-çi, öziga töğri odamning işimikan? Agar içkarida yaşiradigan holat bölmasa, albatta. Erim, bolalarim bor, degan xurlik ayol ijaraga ofis olib, maşinka çiqillatib ötirişi töğrimi?
– Siz mening xayolimga ham kelmagan…
U qölini kötarib, töxtang-töxtang, deya işora qildi.
– Endi asosiy gapga yetib keldik, sizdan söralayotgan birgina iltimosim, men bilan töğrisöz bölib, heç narsani yaşirmasangiz. Menimça, kamina bunday işonçga ança-munça munosibman. Siz ofisdan özga bir maqsadda foydalanayapsizmi yoki bu boşqalardan sir tutilişi kerakmi, döstlaringiz yoki, umuman, kim bölişidan qatʼi nazar, birortasi sizni körişga kelayaptimi?! Men şulardan voqif bölib turay, maʼqulmi?
– Tuşunmadim, siz nimani nazarda tutyapsiz?
– Sizning yozuvçiman, degan daʼvongiz esa keyingi masala. Men gazeta jurnallarni köp öqiyman, lekin buni qarangki, sizning ismi-şarifingizga közim tuşmagan ekan. Balki, hikoyalaringizni boşqa nomda çiqararsiz?
– Yöq, – javob berdim men.
– Töğri, men hali nomini ham eşitmagan yozuvçilar bor, albatta, – dedi muloyimlaşib. – Mayli, buni qöyaylik. Hozir siz menga boşqa firib bermaslikka, egallab turgan ofisingizda ayol kişining şaʼniga nomunosib işlar bilan şuğullanmaslikka vijdonan söz bersangiz.
Nimalar deb aljirayapti bu odam? Yöq, qandayligi peşonasiga yozib qöyilgan şu odamdan ahmoq bölib, qanaqa aqlli gap kutib ötirdim özi? Yöq, endi bunisi hammasidan ham oşib tuşdi. Uning quyuşqondan çiqib, gapirgan gapi qonimni qaynatib yubordi. Hoziroq örnimdan turib, bu yerdan çiqib ketmasam bölmaydi!
Xolldan yurib ötarkanman, u ortimdan vaysaganiça qoldi. Men uning oldidan jahldan böğilib, ofisi boşida qolsin, ketaman, deb çiqib ketdim. Biroq mana, hozir ijodxonamda ötirib, oldimda sevimli işimni körib, bu xona men uçun qançalik qadrli ekanini, bu yerda ilhom bilan işlaganimni anglab yetdim. Angladim-u, endi yutqazmaslikka ahd qildim. Nihoyat, örtamizda nizodan boşqa narsa qolmadi. Men bemalol eşikni qulfladim, uning eşikka yopiştirib ketgan “xat”lariga eʼtibor bermaslikni ham epladim hamda yuzma-yuz kelganda begonaday indamay ötib ketiş ham qölimdan keldi. Ijara haqini bölsa ortiqça töladim va menga agar oyning oxiriga yetmay çiqib ketadigan bölsam, tölagan pulimdan bir sent ham qaytarib berilmasligi aytildi. Bunga qarşilik qilmadim. Endi mister Molli öqimasin deb har kuni qölyozmalarimni uyga olib ketadigan böldim. Ana şu ehtiyotkorligim menga pand berganga öxşaydi. Mayli, şu öqisa öqiyversin edi, qoronğida timirskilanib yurgan siçqon bilan nimadir özgarib qolarmidi?
Bundan söng eşigimga yopiştirilgan qaydlarga bir neça bor közim tuşdi. Men öqimayman deb ahd qilardim-u, lekin baribir öqişga majbur edim. Mening ayblarim salmoği kundan-kunga oğirlaşib bormoqda edi. Xatlarda yozilişiça, xonamdan erkak kişining ovozini eşitibdi, azbaroyi şovqindan rafiqasi kunduzlari dam ololmayotgan emiş (tavba, dam oliş kunlarini aytmaganda heç qaçon kunduzi (?) bu yerga kelmaganman-ku). Yana u axlat çelakdan viskining şişasini topibdi.
Anavi xiropraktorga havasim keldi. Ha, bu yerda mister Mollining dahmazalariga bardoş berib ötiriş oson emas ekan.
Garçi uning “xat”lari orqali örtadagi adovat ortib borayotgan bölsa-da, yuzma-yuz töqnaşuvlarimiz barham topgan edi. Ahyon-ahyonda xollga kirib kelayotganimda körib qolmasin deb mendan berkinib engaşganiça orqasiga qaytib ketayotganiga közim tuşib qolardi. Asta-sekin örtamizdagi bu munosabatlar ğaroyib tus oldi. Endi mister Molli eşigimga yopiştirib ketayotgan xatlarida meni “Nyumero-Sink” xörandalari bilan “apoq-çapoq” bölayotganimda ayblay boşladi. “Nyumero-Sink” şu atrofdagi qahvaxona bölib, nazarimda, azbaroyi kimni topişni bilmaganidan şu joydagi xörandalarni rökaç qilgan. Böldi, mister Molli men uçun asrab qöygan gaplarini mana şunday yozaveradi, yozgan sari bu xatlarning menga taʼsiri yöqolib boraveradi, xullas, bu maşmaşa şundan u yoğiga ötmaydi, deb öyladim.
Yakşanba kuni soat ön birlar çamasi mister Molli eşigimni taqillatdi. Men endigina kelib paltomni yeçib, elektr plitasidagi çovgumga suv quyayotgan edim.
Eşikni oçdim. Bu safar uning yuzi özgaça qiyofa kasb etgan edi: meni ayblaydigan dalil topgandek yuzi xursandçilikdan porlab, sovuq irşayib turardi.
– Sizga malol kelmasa, – dedi u hayajon bilan, – hozir men bilan yursangiz degandim.
Yana nimani öylab topdi ekan, deya ortidan ergaşdim. U meni hojatxona oldiga boşlab bordi, u yerning çiroği yoniq edi. Bu hojatxona men ijaraga olgan xonaga tegişli bölib, u yerga mendan boşqa heç kimsa kirmasdi. Biroq menda hojatxona kaliti yöq bölib, doimo oçiq turar edi. Mister Molli hojatxona eşigi oldida töxtadi-da, eşikni itardi va indamay, xömrayib turib qoldi.
– Xöş, manavi kimning işi? – söradi u ranjigan ovoz bilan.
Hojatxona va qöl yuviş xonasining devorlari aji-buji rasmlar çizilib, har xil yozuvlar yozib taşlangandi. Odatda plyaj yoki men voyaga yetgan möjaz va körimsiz şaharlar aksariyat jamoat joylaridagi umumiy hojatxonalarida şunday manzarani kuzatiş mumkin edi. Aksar devorga lolab bilan yozilgan böladi. Odatda şanba kunlari tuni bilan dökonlar atrofida sanqib yuradigan biror daydi kirgan bölsa bordir, deb öyladim özimça.
– Hojatxona doim oçiq turadi, aslida keç kirgandan keyin qulflab qöyiş kerak, – tezroq şu vaziyatdan qutuliş uçun qatʼiy ohangda sovuqqonlik bilan dedim men. – Biror daydi bezori tunda kirib, devorlarni bezab çiqibdi, körinib turibdi-ku.
– Bu, şubhasiz, bezorilik. Balki, siz döstlaringizga atab hazil qilgandirsiz. Ammo mening nuqtayi nazarimda, bu juda qabih iş. Ertalab özingga tegişli mulkning eşigini oçsang-u, şunday manzarani körsang… Agar bilsangiz, bu juda yoqimsiz, albatta.
– Lab böyoği ekan, yuvsa, ketadi.
– Rafiqam bunga guvoh bölmaganidan astoydil quvondim. Yaxşi tarbiya körgan pokiza ayol bunday holdan ranjişi turgan gap. Xöş, döstlaringizni çelak-lattasi bilan bu yerga bir vaqtiçoğlik qilişga taklif etsangiz qanday bölarkin? Men bunday odamlarning öyin-kulgisini körişga qarşi emasman.
Endi xonamga qaytaman deb bir qadam taşlaganimni bilaman, u halloslab oldimga çiqdi va yölimni tösib oldi.
– Devorda bunday manzaraning şu tarzda namoyiş etilişi menga kundek maʼlum.
– Mabodo buni siz qildingiz, demoqçi bölsangiz, – dedim men juda vazmin ohangda, – u holda siz ötaketgan löttiboz ekansiz.
– Hojatxonaga begonalar qanday qilib kiradi? Bu yerga sizdan boşqa kim kiradi, ayting? A, kim?
– Hojatxona doim oçiq turgan. Şunday ekan, köçadagi duç kelgan ötkinçilar ham kirib ketaveradi. Ehtimol, keça men ketganimdan keyin birorta bola kirib qilgandir. Men buni qayoqdan bilay?
– Kattalarning özlari bolalarni şunday axloqsiz qilib tarbiyalab, yana hamma aybni ularga tönkaşlarining özi ötaketgan axloqsizlik. Avvalo, bunaqa gaplarni bir muşohada qilib köriş kerak. Bizda qonun bor. Bilasizmi, siz hozir qonunni oyoqosti qilyapsiz. Badiiy adabiyotda ham şunday talablar bor, bunga işonçim komil.
Umrimda birinçi marta muvozanatimni yöqotib qöymaslik uçun indamadim, faqat çuqur-çuqur nafas oldim, xolos. Çini bilan hozir uni böğib öldirişga tayyor edim. Şu turişda uning başarasi insonnikidan farq qilar edi, qarasang, köngling ozar edi: u göyoki öz qöllari bilan adolat örnatdi. U göyoki havodan emas, faqat erişgan intiqomi ğalabasidan nafas olayotgandek, burun kataklari kerib oçilgan, közlari suzilgan edi. Agar mana şu laʼnati devorlar bejalmaganda edi, u heç qaçon, ha, heç qaçon ğolib bölmagan bölardi. Ha, men yengildim. Mister Molli ğalaba naşidasini surib turgan ayni damda qalbimda tölib-toşgan nafrat yuzimda aks etdi, şekilli, u beixtiyor çetga tisarilib, menga yöl berdi. Menga yöl bersa-da, baribir yana vaysaqiligini boşladi. Balki, devordagi rasmlar men kelmasimdanoq oldin paydo bölgandir. Uning nazdida, göyoki döstlarimdan birortasi qilgandir. Men çurq etmay, xonamga kirdim-da, eşikni berkitdim.
Plitadagi çovgumdan dahşatli ovoz çiqar edi: qaynayverib suvi qurib qolibdi. Darrov uni plitadan oldim va plitani ham öçirdim. Bir muddat ğazabdan böğilib, nafas ololmay turib qoldim. Söng sekin bu oğriq ötdi. Men endi nima qilişim kerakligini yaxşi bilardim: yozuv maşinkamni, undagi qoğozlarimni olib, stulga qöydim, ular turgan stolimni esa eşik oldiga kötarib keldim. Bu yerga köçib kirganimda narsalarimni solib kelgan sumkamni şkafdan oldim va unga oğzini mahkamlab burab, şişadagi qahvamni, sariqrang finjonimni va kiçkina qoşiqçamni soldim. Yana bolaga öxşab, burçakda turgan tuvakdagi gulni, çiqindi savatçasini, gulli çoynakni, yostiqçani, ha-ya, unutibman, yelim qalam çiqargiçni olib ketib, mister Mollidan öç olgim ham keldi.
Narsalarimni maşinaga ortayotganimda missis Molli yetib keldi. Men uni avval bir körganimdan buyon deyarli körişmagan ham edim. U, aftidan, orada bölib ötgan voqealarni töğri qabul qilgan va hojatxona devorlaridagi manzaradan xafa ham emas edi.
– Mister Molli qilgan işidan puşaymon bölyapti, – dedi missis Molli. – U bundan özini yöqotib qöydi.
U menga yordamlaşib, qahva va finjonli sumkamni olib çiqib berdi. Bu ayol uni ilk bor körganimda qanday holatda bölsa, hozir ham şunday tuşkun kayfiyatda edi. Töğrisi, ayolning afti-angorini körib, ğazabim öz-özidan tarqab ketdi.
Şunday qilib, u yerdan ketganimdan buyon hali özimga ofis topganimça yöq. Kim biladi, biror kun izlab körarman, ammo hozir emas. Köz öngimda mister Molli bir qölida sovunli çelak, bir qölida latta bilan gavdalandi, mabodo xayolimdagi fikrlarni yozadigan bölsam, unga bu ikki dunyoda ham maʼqul kelmaydi: uning işonçiga xoinlik bilan javob berajak bölajak qissani tinimsiz öylamoqda edim. Ha, men hozir mister Molli öqtin-öqtin nafas olganiça hojatxona devorlarini besönaqay gavdasi bilan inqillab-sinqillab tozalayotganini, xayriyatki, közim bilan körmayapman. Sodir bölgan bu voqealar öz taʼsirini yöqotib, ongim avvalgi holatiga kelgunga qadar özimga ijod qiliş uçun ofis olişni bir çetga surib turişim kerak böladi. Söz mening doimiy hamrohim. Öylaymanki, sözlarim mister Molli degan odamdan qutuliş uçun ijaraga olgan ijodxonamdan ketişga majbur bölganimni töğri tuşunadi.
Elis Manro
1931-yili Kanadaning Ontario şahrida tuğilgan. Ilk hikoyalar töplami – “Baxtiyor soyalar raqsi” (1968) qizğin şov-şuvlarga sabab bölgan.
2013-yili Elis Manro adabiyot sohasida “Zamonaviy hikoya ustasi” deya eʼtirof etilib, Nobel mukofoti bilan taqdirlandi.
Ingliz tilidan
Gulhayo MAHAMADALIYEVA tarjimasi.
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida


