7 daqiqada öqiladi

427 marta körilgan

Ijod haqida gurunglar

Ijod haqida gurunglar

“Tilla atirgul” kitobidan

Har bir daqiqa, har bir tasodifiy söz yoki nigoh, har bir teran yoki kulgili fikr, inson yuragining sezilmas har bir harakati (uni terakning uçar momiqlari yoki tun yotoğini yoritayotgan yulduzlar yoğdusiga qiyoslaş mumkin) – bularning bari tilla çang zarralaridir.

Biz, adabiyotçilar ularni ön yillar mobaynida töplaymiz, bu million-million qum zarralarini özimiz sezmagan holda özimiz uçun yiğamiz, qotişmaga aylantiramiz, söng ana şu qotişmadan öz “tilla atirgul”imizni – qissa, roman yoki dostonimizni yönamiz.

***

Yozuvçilik kasb-hunar yoki maşğulot emas. Yozuvçilik – qismatdir. Baʼzi sözlarni, ularning ohangini ilğaş barobarida sözlarning dastlabki maʼnosini topamiz…

Inson heç qaçon hunarmandçilikka çorlanmaydi. Burçni yoki oğir yumuşni bajariş uçun çorlanadi.

Yozuvçini goho oğriqli, lekin huzurbaxş bunday mehnatga nima çorlaydi?

Avvalo, öz yuragining ovozi. Eʼtiqod va vijdon ovozi kelajakda haqiqiy yozuvçini baçkigul singari yaşaşga qöymaydi, qalbini töldirib turgan turfa xil fikr va tuyğularni odamlarga hotamtoylik bilan ulaşişga majbur etadi.

Kişilarning köziga ozgina bölsa-da ziyo ulaşmagan yozuvçi yozuvçi emas.

Odam yuragining çorlovi bilangina yozuvçi bölib qolmaydi. Yurak ovozini biz köproq yoşligimizda eşitamiz, bu paytda tuyğularimizning pokiza olamini heç narsa quritmagan, payhon qilmagan böladi.

Lekin baloğat yillari ham keladi, yuragimiz tovuşidan taşqari yangi va kuçli çorlovni – öz davrimiz va xalqimizning, insoniyatning çorlovini eşitamiz.

***

Ijod haqida öylaganimda köpinça özimdan sörab qolaman: qaçon boşlangandi özi bu? Umuman, ijod qanday boşlanadi? Nima insonni umrining söngiga qadar qölidan qöymaslik şarti bilan qalam tutişga majbur etadi?

Qaçon boşlanganini eslolmayman. Menimça, yozuvçilik odamda taxlam-taxlam qoğozlarini qoralamasidan oldin, ruhiy holat sifatida dunyoga keladi. Balki ösmirligida, balki bolaligidadir.

Bolalik va ösmirlikda olamni katta bölganimizdagidan köra ayriça köramiz. Bolalikda quyoş taftliroq, maysalar qalin, yomğirlar möl-köl, osmon moviyroq va har bir odam favqulodda qiziqarli tuyuladi.

Bolalar uçun katta odam borki sirli körinadi – xoh u randa-teşa kötargan, kiyimlaridan payraxa hidi anqigan duradgor bölsin, xoh öt-ölanlar nimaga yaşil rangda ekanini biladigan olim bölsin.

Hayotni, atrof-borliqni şoirona his etiş – bizga bolalikdan ato etilgan qobiliyat.

Agar odam uzoq huşyorlik yillarida ana şu qobiliyatni boy bermasa, u yo şoir, yoki yozuvçi böladi.

Hayotni muntazam yangilaniş buloği sifatida his etiş sanʼat gullab-yaşnaşi va kamol topişi uçun katta manba-asosdir.

Töğrisi, gimnaziyada öqib yurganimda men ham şeʼrlar yozganman. Juda köp yozganimdan bir oyda semiz bir umumiy daftarni töldirardim.

Şeʼrlarning ahvoli maʼlum – balandparvoz, jimjimador edi. Lekin öşa paytda menga juda çiroyli körinardi…

***

…Badiiy asar ğoyasi qanday tuğiladi?

Bir paytda tuğilib, bir paytda ösib-rivojlanadigan ikki ğoya deyarli bölmaydi. Yuqoridagi savolga javobni umumiy emas, har bir alohida hikoya, roman yoki qissa bilan boğliq holda izlaş zarur.

Ğoya paydo bölişi uçun nima qiliş kerak yoki yanada quruqroq til bilan aytadigan bölsak, ğoya paydo bölişi uçun qanday şart-şaroitlar zarur, degan savolga oson javob beriş mumkin. Ğoyani yozuvçining içki olami tayyorlaydi va yuzaga çiqaradi.

Ğoya hosil bölişini qiyos yöli bilan yaxşiroq tuşuntiriş mumkin. Qiyoslaş baʼzida eng murakkab narsalarga ham favqulodda tuşunarlilik baxş etadi…

Ğoyaning paydo bölişini tuşunişga yordam beradigan qiyos birmunça sodda. Asar ğoyasi bu – çaqmoq. Yer ustida köp kunlar mobaynida elektr yiğiladi. Atmosfera elektr bilan limmo-lim tölganda töp-töp oq bulutlar momaqaldiroq soluvçi dahşatli qora bulutlarga aylanadi. Ular içida quyuq elektr dimlanişidan birinçi uçqun – çaqmoq paydo böladi.

Çaqmoq çaqqan zahotiyoq şarros yomğir quya boşlaydi.

Ğoya ham fikrlar, hissiyotlar va xotiralar bilan boyigan inson ongida çaqmoqday paydo böladi. Bularning bari asta-sekin yiğilib boradi va payti kelib töla böşaşni taqozo etadi. Siqilgan va hali pala-partiş bu olam çaqmoqni – ğoyani dunyoga keltiradi.

Ğoya xuddi çaqmoq singari arzimagan turtki sabab yuzaga çiqadi.

***

Ijod jarayoni haqida juda köp töqib-biçilgan fikrlar, xurofot gaplar bor. Baʼzilari şunday bemaza, şunday tuturuqsizki, ular oldida çorasiz qolasan kişi.

Hammasidan ham ilhom masalasi ana şu bemazalik qurboni bölgan.

U deyarli hamişa tuşuniksiz zavq bilan kökka tikilgan yoki qalam tişlab turgan şoir qiyofasida börttirilib taqdim etiladi. Nodonlar uçun şunday…

…Ilhom – insonning qatʼiy iş holatidir. Qalbdagi kötariliş sahnaga xos yasama turişu kötarinkilik bilan ifodalanmaydi. Şu bilan birga, oğiz köpirtirib maqtaladigan “ijod tölğoği” bilan ham.

Puşkin ilhomga aniq va sodda taʼrif bergan: “Ilhom – köngilning hissiyotlarni jonli qabul qilişga, tuşunçalarni tez fahmlaşga bölgan rağbatidir. U yuqorida sanalganlarni tuşuntiriş, anglatiş imkonini beradi”. “Tanqidçilar, – deb davom etgan u, – ilhom bilan zavq-şavqni çalkaştirib yuboradi”. Xuddi öquvçilar baʼzan haqiqat bilan haqiqatsimon narsani çalkaştirgani singari…

Çaykovskiy ilhom – qöllarni noz bilan silkitiş emas, xuddi hökizdek, bor kuç-ğayrat bilan işlaş ekanini taʼkidlaydi.

***

Kitobxonlar yozuvçilardan asarlariga qay tarzda va qança vaqt mobaynida material yiğişini tez-tez söraydi. Ataylab material yiğilmasligi aytilganida esa köpinça hayron qolişadi.

Yuqoridagi fikrlar yozuvçining u yoki bu kitobi uçun zarur bölgan ilmiy materialni örganişiga aloqador emas, albatta. Gap jonli hayotni kuzatiş haqida ketyapti.

Hayotiy material, Dostoyevskiy taʼbiri bilan aytsak, “hayot tafsilotlari” örganilmaydi. Taʼbir joiz bölsa, yozuvçilar ana şu material içida yaşaydi – umr keçiradi, qayğu çekadi, öylaydi, quvonadi, katta va kiçik voqealarda qatnaşadi. Şubhasiz, hayotning har bir kuni ularning ongi va yuragida öz izini qoldiradi.

Öquvçilar (aytgança, yoş yozuvçilar ham) tasavvurlarini özgartirişlari kerak: yozuvçi yondaftarini kötarib har yerda kezib yuruvçi, hayotni kuzatib, qoğozga köçirib boruvçi odam emas.

Özini kuzatuvlar yiğişga, (şunçaki unutib qöymaslik uçun) qaydlar töplaşga majburlagan kişi, albatta, bir dunyo narsa yiğadi, biroq ulardan foyda yöq, ular – ölik. Boşqaça aytganda, agar ana şu kuzatişlarni qayddaftardan olib, nasrning jonli töqimalariga köçirib ötkazilsa, deyarli barça hollarda ular ifodaliligini yöqotadi va begonaligi yaqqol sezilib qoladi.

Heç qaçon anavi bir tup çetan yoki manavi oqsoçli barabançi qaçondir hikoyamga kerak bölib qoladi, şuning uçun diqqat bilan, hatto bir qadar yasamalik bilan ularni kuzatişim kerak, deb öylamaslik zarur. Tabiiy şaklda, “yurak amri bilan” kuzatiş darkor.

Heç qaçon hatto eng muvaffaqiyatli kuzatuvlarni ham hikoyaga majburlab kiritmaslik kerak. Kerak bölganda ular özlari keladi va öz örnini topadi. Qaçondir bölgan va butunlay unutilgan voqea yoki qandaydir tafsilot aynan eng zarur paytda xayoliga lop etib tuşganidan yozuvçining özi ham köpinça hayron qoladi.

Yozuvçilikning asoslaridan biri – yaxşi xotiradir.

***

Deyarli har bir yozuvçining ilhomlantiruvçisi bor. Bunday ajoyib ilhomçi odatda boşqa bir yozuvçi böladi.

Bunday adibning asaridan bir neça jumla öqişning özi kifoya – öşa zahotiyoq sening ham nimadir yozging kelib qoladi. Göyo bir neça kitobdan maʼjun-şarbat otilib çiqadi-da, bizni sarxuş etib, qölga qalam olişga majburlaydi.

Hayron qolarlisi, köpinça bunday mehribon daho ijodining xarakteri, yösini va mavzulariga köra bizdan uzoq böladi.

Men bir yozuvçini bilaman – borini boriça yozadigan qatʼiy realist, jiddiy va vazmin odam. Ammo unga fantast yozuvçi Aleksandr Grin asarlari ilhom bağiş­laydi.

Arkadiy Gaydar Dikkensni ilhomçim deb ataydi. Özimga keladigan bölsak, Stendal qalamiga mansub “Rimdan maktublar”ning istalgan sahifasi menda yoziş istagini uyğotadi. Biroq men Stendal nasridan juda uzoq narsalar yozaman, bu hol hatto özimni ham hayratga soladi. Bir kuz Stendalni öqib, Pra daryosi böyidagi qöriqxona-örmonlar haqidagi “273-kordon” hikoyamni yozganman. Unda Stendalga boğliq biror narsani mutlaqo topib bölmaydi.

Tan olaman, bu holat haqida boş qotirib körmaganman. Balki unga ham biror izoh, sabab topiş mumkindir. Bir qaraganda ahamiyatsiz körinadigan, ammo yozuvçiga işlaşida yordam beradigan köplab vaziyat va könikmalar borligini aytiş uçungina bu haqda esladim…

Konstantin PAUSTOVSKIY

(1892–1968)

Rus mumtoz adabiyoti vakili. Ilk kitobi – “Röparadagi kemalar” (1928). “Qoraböğoz” qissasi bilan şuhrat qozongan. “Şarl Lonsvil taqdiri”, “Kolxida”, “Qora dengiz”, “Tozi it yulduzlar turkumi”, “Şimol qissasi”, “Meşyora tomonlarda” kabi qissalar, “Romantiklar”, “Yarqiroq bulutlar” kabi romanlar, bir qator pyesa, hikoya, oçerk va ertaklar muallifi. Asarlari asosida qator filmlar suratga olingan. “Tilla atirgul” qissasida ijod mohiyati haqida söz boradi.

Rus tilidan

Orif Tolib

tarjimasi.

“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822

Obuna haqida

Izohlar

Hozirça izoh yöq. Birinçi bölib fikringizni yozing.

Siz nima deysiz?

Izoh tahririyat körib çiqqaç, eʼlon qilinadi.

Şu ruknda köp öqilganlar

Barçasi (164)