4 daqiqada öqiladi

831 marta körilgan

Yoş yozuvçiga maslahatlar

Yoş yozuvçiga maslahatlar

Jurnalimizning uşbu sonidan boşlab jahon va özbek adabiyotida öz örniga ega maşhur adiblar sevib öqigan asarlar röyxatini eʼlon qilmoqçimiz. Şubhasiz, bu rukn, ayniqsa,  adabiyot ostonasidan endi hatlaşga çoğlanib turgan yoş qalamkaşlarga foydali böladi. Uluğ ijodkorlar eʼtirof etgan asarlar yöl boşidagi isteʼdod egalariga mayoq vazifasini ötasa, ajab emas.

Ruknimizni XX asrning buyuk söz ustalaridan biri Ernest Heminguey (Ernest Hemingway) tavsiyalari bilan boşlamoqdamiz. Uşbu maslahatlar  Heminguey huzuriga uzoq yöl bosib kelgan boşlovçi qalamkaş Arnold Samyuelsonga qarata aytilgan edi. Garçi u kelajakda maşhur yozuvçi bölib yetişmagan esa-da, bu hol Heminguey röyxatining qadrini tuşirgani yöq…

Stiven Kreyn. “Moviy mehmonxona”

Kreyn nafaqat Hemingueyga yoqqan,  Gerbert Uells ham uni öz avlodining eng yaxşi yozuvçisi deb tan olgan. Qörquv, zöravonlik va Ğarbiy Amerikaning sirli hayotiga bağişlangan uşbu hikoya yozuvçining eng yaxşi asarlaridan sanaladi.

Stiven Kreyn. “Oçiq dengizdagi qayiq”

Kema halokatidan söng omon qolgan tört kişi haqida hikoya qiluvçi mazkur asar Kreynga katta şon-şuhrat keltirdi. Bu asar Hemingueyning “Çol va dengiz” qissasiga ruhan yaqin bölib, unda ham insonning Koinotdagi örni va tabiat kuçlariga qarşi kuraşi aks ettirilgan.

Emiliya Bronte. “Dolğali dovon”

Köplab rejissyorlar qatori Luis Bunyuelga ham ilhom baxş etgan taʼsirli voqealar rivoji uşbu asarning yagona fazilati emas, albatta. Obrazlilik, psixologik tahlil, gotik motivlarning yangiça inʼikosi hamda personajlarning jonli qiyofalari nafaqat qizlarning qalbini, balki jiddiy yozuvçilar eʼtiborini ham zabt etadi. “Bu juda yaramas roman. Bu juda yaxşi roman. U rasvo. Unda gözallik bor. Bu dahşatli, uqubatli, kuçli va jöşqin kitob”,  degandi  Brontening bu asari haqida Heminguey qadrlagan Moem.

Jeyms Joys. “Dublinliklar”

Jeyms Joysning impressionistça ruhda yozilgan hikoyalar töplamida “Uliss” romanida gavdalanadigan baʼzi qahramonlar ham közga taşlanadi. Uşbu töplam mustaqil va kompozitsion jihatdan yakunlangan şaklda taqdim etilgan bölib, hikoya ixlosmandlari eʼtiborini tortişi şubhasiz.

“Ingliz şeʼriyati: Oksford töplami”

1900-yili Artur Kviller-Kauç tomonidan tuzilgan, ingliz şeʼriyatining durdonalari yiğilgan antologiya bir neça evrilişlardan ötib, nihoyat, oksfordlik professor Kristofer Riks qöliga tuşadi. Taniqli şoir Uistan Oden olimni “har qanday şoir orzu qiladigan tanqidçi” deb atagan edi.

Lev Tolstoy. “Anna Karenina”

Hemingueyning rus adabiyoti anʼanalariga yaqinligini köp tanqidçilar qayd etgan. Tolstoyning oilaviy va işqiy munosabatlar öta nozik talqin etilgan uşbu romani faqat mavzu jihatidan emas, ayni paytda realizmdan modernizmga ötişda köprik vazifasini ötagani bilan ham ahamiyatga molikdir.

Lev Tolstoy. “Uruş va tinçlik”

Qançalik ğalati körinmasin, “Uruş va tinçlik” romanidan Heminguey aniq va lönda yozişni örganadi. “Xalqni, hayotni qoyilmaqom tarzda, iç-içdan, haqqoniy ravişda aks ettirgani uçun “Uruş va tinçlik” romanini yaxşi köraman. Lekin men heç qaçon buyuk grafning mulohazakorlik qobiliyatiga işonmaganman, – deb taʼkidlaydi yozuvçi. – Uning tasavvur dunyosi nihoyatda hassos va haqqoniy ediki, bu dunyoda yaşab ötgan insonlar içida heç kim bu borada unga tenglaşa olmasdi. Lekin uning zalvorli va aqidaviy mulohazalari har qanday nasroniylik tarixi professorining xulosalaridan afzalroq emasdi va şu bois ham men undan özimning boş harfli Mulohazalarimga işonmaslikni va iloji boriça haqqoniy, töğri, obyektiv va oddiyroq yozişni örgandim”.

Tomas Mann. “Buddenbroklar”

Aslzoda şajaraning tört avlodi tarixi va halokati aks etgan mazkur asarning dastavval bunday keng qamrovli bölişi közda tutilmagan edi. Lekin Mann öz qahramonlariga işondi. Ehtimol, şunday “emin-erkinligi” bois roman eʼlon qilingandan söng öttiz yil ötgan bölsa-da, Nobel mukofotiga loyiq körildi.

Gyustav Flober. “Bovari xonim”

Şifokorning hayotdan zerikkan, özining biqiq dunyosidan çiqib ketişga uringan xotini haqidagi bu roman voqealar rivoji bilan emas, avvalo, inson hayotidagi taşqi va içki unsurlarni, ruhiy manzaralarni öta sinçkovlik bilan tasvirlagani uçun ham diqqatga sazovordir. Asar şu qadar taʼsirçanki, hatto muallif ham Emma Bovarining zaharlaniş sahnasini yozayotganda köngli aynib, özini noxuş his qilgan ekan…

Jorj Mur. “Salom va xayrlaşuv”

Irlandiyaning protestant ingliz-irland aslzodalari va örtahol katolik tabaqa örtasidagi kuraş aks etgan uç tomlik avtobiografik asar. Yozuvçining kuzatişlari öta ötkir bölib, Murning özi “Jamiyat aʼzolari bölinib qolgandi: kimlardir kitobga kiraman deb, yana boşqalar esa kirmay qolaman, deb qörqar edi”, deb taʼkidlagandi.

Fyodor Dostoyevskiy. “Aka-uka Karamazovlar”

“Men hanuz Dostoyevskiy haqida öylayman. Odam qanday qilib bunday yomon, haddan taşqari yomon yozişi va, ayni paytda, senga bu qadar kuçli taʼsir ötkazişi mumkin?!” deb yozgandi Heminguey. Bu romanni, şuningdek, Eynşteyn, Kafka, Joys va Vonnegut ham yuksak baholagan.

Stendal. “Qizil va qora”

Muhabbat va izzattalablik talqiniga bağişlangan ajoyib roman  Stendalni psixologik realizmning asosçilaridan biriga aylantirdi. Heminguey garçi undan özişni uddaladim, desa-da, Stendalni öziga ustoz deb bilardi…

Edvard Estlin Kammings. “Ulkan turmaxona”

Tört oyga yaqin fransuz qamoqxonasida ötirgan şoirning ötkir qoçirimlarga töla va qiziqarli ruhiy çizgilar aks etgan avtobiografik romani.

Somerset Moem. “Insoniy ehtiroslar jafosi”

Avtobiografik jihatlar bilan boyitilgan asarda boyoqiş yetim inson hayotining bemaʼniligini idrok etarkan, baribir öz baxtini topadi – harholda, şunga yaqin his-tuyğularni yaşaydi.

Henri Jeyms. “Amerikalik”

Haddan ziyod melodramatik ruhda bölsa-da, Eski va Yangi dunyo, burjuaziya va zodagonlarning özaro qiziqişi hamda ziddiyatlarini aks ettirgan bu asar tanqidçilarning ham, kitobxonlarning ham olqişini olgan..

Henri Xadson. “Olis va qadim”

Xadson tarjimayi holi yozuvçining Argentina daştlarida ötgan bolaligi haqida hikoya qiladi.  Yovvoyi tabiat gözalliklari taʼsirçan bolakayning keçinmalari, kuzatişlari va tarixiy çizgilar bilan qorişib ketadi. Heminguey Xadsonning boşqa asarlarini ham yoqtirardi. U “Fiyesta” romanida yozuvçining “Qirmizi yer” asarini esga oladi.

“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822

Obuna haqida

Izohlar

Hozirça izoh yöq. Birinçi bölib fikringizni yozing.

Siz nima deysiz?

Izoh tahririyat körib çiqqaç, eʼlon qilinadi.

Şu ruknda köp öqilganlar

Barçasi (164)