Muhabbat baxt berishi kerak

0
58
marta ko‘rilgan.

Gyustav Flober hikmatlaridan

 

* * *

Yozuvchining butun iste’dodi oxir-oqibat so‘z tanlashi bilan o‘lchanadi.

 

* * *

Dramatik san’at musiqaga o‘tgan geomet­riyadir.

 

* * *

Ayollar erkaklarni buyuk ishlarga ilhomlantiradilar, biroq ularni amalga oshirgani vaqt qoldirmaydilar.

 

* * *

Kitob – tirik jon. Begona qo‘l bilan qilingan har qanday jarrohlik amaliyoti, har qanday o‘zgarish uni mayibga aylantiradi. Balki u yaxshilanar, lekin baribir ilgarigi kitob bo‘lmaydi!

 

* * *

Agar reja juda uzoq vaqt va sinchiklab tuziladigan bo‘lsa, u oxir-oqibat yo‘q bo‘ladi.

 

* * *

Umidsizlanganingda hamisha umid qilishing, umidlanganingda esa shubhalanishing kerak.

 

* * *

Vijdonni toza saqlash uchun uni boshqalarning vijdonidan baland tutish kerak.

 

* * *

Agar iste’dodingni qadrlasang, ommani maftun etadigan vositalar ketidan chopmaysan.

 

* * *

Anglash ishtiyoqi – yorug‘ qalblar uchun buyuk quvonchlar manbaidir.

 

* * *

Statistika – noaniq fanlarning eng anig‘idir.

 

* * *

Xotirjam bo‘lish – hazilakam gap emas, bu – deyarli baxtli bo‘lish demakdir.

 

* * *

Bahslashish tushunishdan ko‘ra osonroq.

 

* * *

Omadsizlikka uchragan yeringda bir ahmoqning muvaffaqiyat qozonayotganini ko‘rishdan ko‘ra og‘irroq kamsitish yo‘q.

 

* * *

Yolg‘izlikni xotiralar bilan to‘ldirib bo‘lmaydi, ular tanholikni chuqurlashtiradi, xolos.

 

* * *

Yaxshi yozilgan asar hech qachon zeriktirmaydi. Uslub – hayotning o‘zi, u fikrlarning yugurik qonidir.

 

* * *

Yozuvchi salohiyatining bosh belgisi – nimani yozmaslikni bilishidir.

 

* * *

Muhabbat baxt berishi kerak. Baxt yo‘qmi, demak, adashibsan.

 

* * *

Fikrning aniqligi ifodaning aniqligiga zamin yaratadi.

 

* * *

Mavzu tanlanmaydi. Shoh asarning siri shunda: mavzu – yozuvchining mijozi ifodasidir.

 

Rus tilidan Orif Tolib Tarjimasi

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.