Viktor Hyugo hikmatlaridan

0
40
marta ko‘rilgan.

*

Hech nimaga ishonmaydigan odam baxtsizdir

 

*

O‘zga yurtdagi sayyoh pul solingan qopga o‘xshaydi. Har qanday odam uni bo‘shatib olmoqchi bo‘ladi.

 

*

Bekorchilik bolalarning baxti, keksalarning baxtsizligidir.

 

*

Hech nimaga ishonmaydigan odam baxtsizdir.

 

*

Qilichni sindirish mumkin, g‘oyani mahv etib bo‘lmaydi.

 

*

Maktab ochish turmani yopishdir.

 

*

Omadning ko‘zi ko‘r, u o‘z suyganlarini ham so‘qir qilib qo‘yadi.

 

*

Mashhurlik – mayda chaqa shaklidagi shuhratdir.

 

*

Odamning buyukligi bo‘yi bilan o‘lchanmagani kabi xalqning buyukligi ham soni bilan belgilanmaydi.

 

*

Diplomat o‘z maqsadlaridan tashqari sizga nima foydali bo‘lsa hammasini oshkor qiladi.

 

*

Jur’atli bo‘ling! Juda ko‘p muvaffaqiyatlarning u yoki bu qismi jasoratga berilgan mukofotdir.

 

*

Boshqa bir dardni keltirib chiqaradigan dard shohona asar yaratilishiga sabab bo‘ladi. Ishonmayapsizmi? Bo‘lmasa sinab ko‘ring.

 

*

Insonni o‘zgartirishni uning buvisidan boshlash kerak.

 

*

Qirq – yoshlikning qariligi, ellik qarilikning yoshligi.

 

*

Taraqqiyot – insonning turmush yo‘lidir.

 

*

Juda ko‘p oshna-og‘aynilar quyosh soatlariga o‘xshaydi: ular vaqtni faqat nur tushgandagina ko‘rsatadi.

 

*

Yer yuzida tili endigina chiqqan bolaning ovozidan ko‘ra shirinroq madhiyaning o‘zi yo‘q.

 

*

Sevgi daraxtga o‘xshaydi: o‘zidan-o‘zi paydo bo‘ladi, o‘sadi, butun vujudimizga tomir otadi, hatto yuragimizning eng vayrona go‘shalarini ham yashillikka, gulga burkaydi.

 

*

Sherning yoliga burga joylashib olgan. Shunday mitti, ojiz maxluqdan azob chekayotgan sher o‘zini xo‘rlanganday sezishi mumkin, burga esa: “Menda sherning qoni oqyapti!” deb maqtanishi hech gap emas…

 

*

Erkinlik kinoyadan boshlanadi.

 

Orif Tolib tarjimasi

 

 

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.

This site uses Akismet to reduce spam. Learn how your comment data is processed.